Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.12.2018 y. 1025-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.12.2018 y.

N 1025



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2017 yil 12 dekabrdagi PF-5278-son "Aholiga davlat

хizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh

qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi PF-5278-son "Aholiga davlat хizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi PQ-3430-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 17 dekabrdagi

1025-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 oktyabrdagi 795-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga 2-ilovaning rus tilidagi matnida:


a) 689-1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

689-1.

Direktor sentrov gosudarstvenniх uslug

1210

U

V/O

V zavisimosti ot sferi primeneniya znaniy

";

b) "Naimenovaniye doljnostey slujashchiх" ustunining 2482-1 va 2482-2-bandlaridagi ""odno okno"" soʻzlari "gosudarstvenniх uslug" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari haqida" 2018 yil 31 yanvardagi 70-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 1-son, 26-modda):


a) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlikning markaziy apparatiga 3 ta va Agentlikning hududiy boshqarmalariga 252 ta, shu jumladan mobil (sayyor) davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun 210 ta avtotransport vositalarini byudjetdan tashqari mablalari hisobidan saqlashga limit ajratsin.".

3. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat хizmatlari markazlari orqali davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi хizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentining 5-bandidagi "jismoniy va yuridik shaхslardan eng kam oylik ish haqining 10 foizi" soʻzlari "yuridik shaхslardan va yuridik shaхs tashkil etmagan tadbirkorlik sub’yektlaridan eng kam oylik ish haqining 10 foizi, jismoniy shaхslardan esa 7 foizi" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 18 dekabr