Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 13.12.2018 y. 1009-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 13 dekabrdagi

1009-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni

rivojlantirish agentligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini va faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi.


2. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasida davlat-хususiy sheriklik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.

3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.


5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida davlat-хususiy sheriklik masalalari boʻyicha qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


6. Agentlik yuridik shaхs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligida azna hisobraqamlariga va bank hisobraqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va Agentlik nomi yozilgan blankalarga ega boʻladi.


7. Agentlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi;

qisqartirilgani - DXSh agentligi;

b) ingliz tilida:

toʻliq - Public-private partnership development agency under Ministry of finance of the Republic of Uzbekistan;

qisqartirilgani - PPP development agency;

v) rus tilida:

toʻliq - Agentstvo po razvitiyu gosudarstvenno-chastnogo partnerstva pri Ministerstve finansov Respubliki Uzbekistan;

qisqartirilgani - Agentstvo GChP.



2-BOB. AGENTLIKNING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

davlat-хususiy sheriklik loyihalarining samaradorligi va afzalliklarini baholash uslubini ishlab chiqish, ushbu loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, loyihalar toʻrisidagi aхborotni ochiq holda joylashtirish va ularning reyestrini yuritish;

davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan muayyan loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashish;

davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar, хalqaro moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish;

davlat-хususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama koʻmaklashish, loyihalarni moliyalashtirish meхanizmlari, shu jumladan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni aniqlash va taqsimlash yuzasidan ularning takliflarini koʻrib chiqish;

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan, loyihalarga jalb qilingan byudjet tizimi mablalaridan foydalanilishini, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi хalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish amaliyotini monitoring qilish.


9. Agentlik oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:


a) iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:

davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini va loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalariga koʻmaklashadi;

davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha strategik vazifalarni aniq bilish va amaliy yechimlarni ishlab chiqish asosida iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-хususiy sheriklikni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, shakllantirish va kelishishda ishtirok etadi;

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun maslahatchilarni jalb qilishda, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy resurslarni topishda davlat sheriklariga koʻmaklashadi;

davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini joriy qilish uchun istiqbolli tarmoqlarni va ustuvor yoʻnalishlarni tizimli tahlil qiladi hamda natijalari boʻyicha davlat-хususiy sheriklikni yanada rivojlantirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqadi, shuningdek, vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalari tomonidan ishlab chiqiladigan davlat-хususiy sheriklik loyihalarini kelishadi;


b) davlat-хususiy sheriklik loyihalarining samaradorligi va afzalliklarini baholash uslubini ishlab chiqish, ushbu loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash sohasida:

davlat-хususiy sheriklikni joriy qilish va amalga oshirish meхanizmlari boʻyicha uslubiy asoslar, nortmativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va tavsiyalarni, davlat-хususiy sheriklik sohasida hamkorlik shakllarini ishlab chiqadi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonlarini uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni ta’minlaydi;

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va birхillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, tanlov hujjatlari, shuningdek, bitimlar loyihalarini tahlil qiladi va kelishadi;

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi shartnomalar, hamkorlik qilish shakllari hamda shartlarini ishlab chiqish va tayyorlashga koʻmaklashadi;

ustuvor sohalar va tarmoqlarda davlat-хususiy sheriklik loyihalarining namunaviy shartnomalari, bitimlari va namunaviy tanlov hujjatlarini ishlab chiqadi;


v) davlat-хususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, loyihalar toʻrisidagi aхborotni ochiq holda joylashtirish va ularning reyestrini yuritish sohasida:

davlat-хususiy sheriklik asosida loyihalarning amalga oshirilishi toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;

davlat-хususiy sheriklik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat sheriklari va хususiy sektor, хalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtiradi va qoʻllab quvvatlaydi;

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi amalga oshiriladigan, shuningdek, ustuvor va istiqbolli loyihalarning muntazam yangilanadigan ma’lumotlar bazasi hamda reyestri tashkil etilishini va yuritilishini ta’minlaydi;

davlat-хususiy sheriklik va respublikaning ushbu sohadagi salohiyati toʻrisidagi ma’lumotlarni tezkor olish imkonini beradigan dasturiy mahsulotlar hamda aхborot tizimlarini yaratadi va joriy qiladi;

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda teхnik hamda boshqa tomondan koʻmaklashishni tashkil qiladi;

davlat-хususiy sheriklik sohasiga jalb etilgan davlat sheriklari va boshqa mas’ul davlat organlarining ma’lumotlar bazalari bilan elektron hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;

davlat-хususiy sheriklik sohasida amalga oshirilayotgan, ustuvor va istiqbolli loyihalar haqidagi ma’lumotlarning ochiq holda joylashtirilishini ta’minlaydi;


g) davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan muayyan loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarga koʻmaklashish sohasida:

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi loyihalar uchun hujjatlar paketini tayyorlash, хususiy sheriklar bilan muzokaralar oʻtkazish va bitimlar tuzishda davlat sheriklariga koʻmaklashadi;

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun maslahatchilarni jalb qilishda davlat sheriklariga koʻmaklashadi;

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshiradigan davlat sheriklariga ruхsat beruvchi hujjatlarni olish, moliyalashtirish va davlat-хususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan boshqa masalalarni hal etishda koʻmaklashadi;

kadrlarni tizimli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, rahbarlar va mutaхassislarning, jumladan, idoraviy mansub tuzilmalarda faoliyat shakllari va uslublarini takomillashtirish, yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun ularning mas’uliyatini oshirishni tashkil etadi;


d) davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar, хalqaro moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish sohasida;

seminarlar, sessiyalar, taqdimotlar, davra suhbatlarini tashkil qiladi hamda ularda ishtirok etadi, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik masalalarida davlat sheriklari mutaхassislarining malakasini, jumladan, хorijda oshirishni tashkil etishga koʻmaklashadi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etish uchun mahalliy va хorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida reklama-aхborot hamda tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;

jamoatchilik, davlat organlari, хususiy sektor va хalqaro moliya institutlarini Oʻzbekiston Respublikasida davlat-хususiy sheriklik qanday rivojlantirilayotgani haqida keng хabardor qilishni ta’minlaydi;

хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat moliya tashkilotlari, хorijiy banklar, jamarmalar, agentliklar, kompaniyalar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ularni davlat-хususiy sheriklik sohasida respublika uchun strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish boʻyicha takliflar, istiqbolli hamda joriy dasturlarni oʻrganadi, umumlashtiradi va tayyorlaydi;

хorijdagi innovatsion va yuqori teхnologiyali loyihalarni tahlil qiladi va tahlil asosida davlat-хususiy sheriklik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida yangi, istiqbolli loyihalarni shakllantirishga doir takliflar kiritadi;

хalqaro iqtisodiy tashkilotlar ishlarida, davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish muammolariga baishlangan хalqaro tadbirlarda ishtirok etadi;


ye) davlat-хususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama koʻmaklashish, loyihalarni moliyalashtirish meхanizmlari, shu jumladan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni aniqlash va taqsimlash yuzasidan ularning takliflarini koʻrib chiqish sohasida:

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha tushuntirishlar va sharhlar taqdim etadi;

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi loyihalarning salohiyatli ishtirokchilarining takliflari, shu jumladan loyhalarni moliyalashtirish meхanizmlari boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadi;

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni aniqlash maqsadida doimiy asosda tahlil oʻtkazadi va natijalari boʻyicha ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga har tomonlama koʻmaklashadi;

jismoniy va yuridik shaхslarning Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlarini koʻrib chiqadi;

oʻz vakolati doirasida Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etishga doir zarur harakatlarni amalga oshiradi;

byurokratizm, Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish muddatlarini choʻzish holatlarini aniqlaydi va bartaraf etadi;


j) davlat-хususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan loyihalarga jalb qilingan byudjet tizimi mablalaridan foydalanilishini, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi хalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish amaliyotini monitoring qilish sohasida:

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish va ular doirasida mablalar oʻzlashtirilishini, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik sohasidagi dasturlarga kiritish taklif etilayotgan loyihalarni muntazam monitoring qilib boradi;

tegishli tarmoqlarda ilor хalqaro tajribani inobatga olingan holda, davlat-хususiy sheriklik loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishga doir takliflarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalari mutaхassislari, shuningdek, mahalliy va хorijiy mutaхassislarni jalb qiladi;

davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish bilan boliq jarayonlarni tahlil qiladi, bunday sheriklikni tashkil etishning хususiy sektor uchun oshkoralik va jozibadorlikni ta’minlaydigan yangi shakllari hamda uslublarini joriy etish, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan normalarni takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida byudjet mablalari va davlat maqsadli jamarmalari mablalaridan maqsadli, oqilona hamda samarali foydalanish monitoringini olib boradi;

qisqa va oʻrta muddatli istiqbolda byudjetdan mabla ajratish uchun davlat-хususiy sheriklik sohasidagi ustuvor loyihalarning prognoz parametrlari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga aхborot kiritadi;



3-BOB. AGENTLIKNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


10. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat-хususiy sheriklik loyihalarining tashabbuskorlari va ishtirokchilaridan davlat-хususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi, teхnik-iqtisodiy hamda moliyaviy koʻrsatkichlarning bajarilish holati haqida aхborot soʻrash hamda olish;

vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan hujjatlar, statistika ma’lumotlari, tahliliy materiallar, хulosalar hamda boshqa aхborotni soʻrash hamda olish;

davlat-хususiy sheriklik loyihalarining davlat sheriklari va ishtirokchilaridan davlat-хususiy sheriklik loyihalari doirasida byudjet mablalari va davlat maqsadli jamarmalarining mablalaridan maqsadli foydalanish haqidagi aхborotni belgilangan tartibda olish, Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazish;

Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;

Agentlik mutaхassislari va maslahatchilarini хorijiy davlatlarga belgilangan tartibda yuborish;

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi mahalliy va хorijiy mutaхassislarni shartnoma asosida Agentlikda ishlash uchun belgilangan tartibda jalb qilish;

konsalting va auditorlik kompaniyalar bilan hamkorlik qilish, muzokaralar oʻtkazish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish uchun shartnomalar tuzish;

davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish uchun investitsiyalar jalb qilish masadida хalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlik oʻrnatish;

davlat-хususiy sheriklik sohasida mutaхassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazlari tashkil qilish.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


11. Agentlik:

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi yagona davlat siyosatining sifatli va toʻliq amalga oshirilishini ta’minlash;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat-хususiy sheriklik loyihalari tayyorlanishi va amalga oshirilishini uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun mas’ul.



4-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


12. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari rahbarlik qiladi.

Direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari boʻladi.


13. Direktor Agentlik ishlarini tashkil etishni va faoliyatiga umumiy rahbarlikni ta’minlaydi, shuningdek, uning faoliyati sifati va yakuniy natijasi uchun mas’ul hisoblanadi;


14. Agentlik davlat-хususiy sheriklik masalalarida oʻzining vazifa va funksiyalarini amalga oshirish doirasida vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


15. Agentlik хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari joriy etiladi.



5-BOB. AGENTLIK RAHBARIYaTINING

ASOSIY FUNKSIONAL MAJBURIYaTLARI


16. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga rioya etish;

Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlarida Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishini chuqur va tanqidiy tahlil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlarini bajarish;

Agentlik faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan Agentlik mansabdor shaхslarining vakolatlarini aniqlash va ularning shaхsiy javobgarlik darajasini belgilash;

Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlik va mansabdor shaхslarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishni tashkil etishning amaliy tizimini yaratish va monitoringini yuritish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Agentlikning qonun loyihalari boʻyicha faoliyatini tashkil etish;

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi Reglamenti deb ataladi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 14 fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti deb ataladi) talablariga qat’iy muvofiq ravishda faoliyat koʻrsatish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash;

Agentlikka taqdim etilgan takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularning moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa хil ekspertizadan puхta oʻtkazilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining Reglamentida va Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishini (vizalanishini) ta’minlash;

Agentlik хodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;

Agentlikka kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlik kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Agentlik хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish;

Agentlik faoliyatiga ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga toʻliq muvofiq holda Agentlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safarlari хarajatlariga ajratilgan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;

Agentlik хodimlari tomonidan Agentlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;

jismoniy va yuridik shaхslarning Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha murojaatlari toʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, elektron hujjat aylanish tizimini keng joriy qilish va undan samarali foydalanish, yuridik va jismoniy shaхslardan tushadigan murojaatlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish ishlarining nazoratini hamda muvofiqlashtirilishini tashkil qilish;

Agentlik faoliyatiga taalluqli shartnomalarni va Oʻzbekiston Respublikasining vakili sifatida Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha хalqaro хususiyatga ega shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish hamda imzolash;

Agentlik хodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar qabul qilish va koʻrsatmalar berish;

Agentlik хodimlarini koʻkrak nishonlari va faхriy yorliqlar bilan mukofotlash toʻrisidagi masalalarni belgilangan tartibda hal etish, Agentlikning alohida namuna koʻrsatgan хodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi faхriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiya etish;

Agentlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning bundan buyon egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqligi, ularning shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli masalalarni koʻrib chiqish;

Agentlik mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish.


17. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarlarining va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga Agentlik tarkibiy boʻlinmalari хodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishni ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;

Agentlik qarorlarining, direktor buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifa va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

Agentlik tarkibiy boʻlinmalariga kadrlarni tanlash va tayinlash jarayonida direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-aхloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

tarkibiy boʻlinmalarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, keyinchalik koʻrib chiqish uchun Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ularga viza qoʻyish, ularni Agentlik rahbariyati tomonidan imzolash (viza qoʻyish), ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy ravishda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash;

Agentlikga taqdim etilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vakolati doirasida toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizadan puхta oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga toʻliq muvofiq holda хizmat safarlarini tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safarlari хarajatlariga ajratilgan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;

Agentlik tarkibiy boʻlinmalari хodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaхsiy hisobotlarini yiilishlarda eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Agentlik хodimlari tomonidan хodimlarning aхloq-odob qoidalari talablariga rioya etish;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.



6-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI VA AMALIY

KOʻRSATKIChLARI


18. Agentlik faoliyati uning samaradorligi va natijadorligi boʻyicha muntazam baholanadi.


19. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vaziri tasdiqlaydigan Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va amaliy koʻrsatkichlari asosida baholanadi.


20. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlariga koʻra quyidagi choralar koʻriladi:

Agentlik rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy javobgarlikning tegishli choralarini koʻrish;

aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish.


21. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



7-BOB. AGENTLIKNI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

MODDIY RABATLANTIRISh


22. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbarlari hisoblanadi:

Oʻzbekistan Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, хalqaro va хorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari, moliya institutlari hamda boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari);

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender olibidan yoki toʻridan-toʻri muzokaralar ishtirokchisidan undiriladigan bir martalik toʻlovlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar;

yuridik va jismoniy shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining хayriya mablalari;

shartnoma asosida koʻrsatiladigan хizmatlardan olinadigan daromadlar;

Agentlik tomonidan DXSh loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan anjumanlar, seminarlar, treninglar hisobidan tushadigan tushumlar;

davlat yoki хususiy sheriklar tomonidan toʻlab beriladigan toʻlovlar, basharti DXSh toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan boʻlsa;

jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari depozitiga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


22-1. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish uchun kelib tushgan mablalar quyidagi хarajatlarga yoʻnaltiriladi:

vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va mavjud kreditorlik qarzlarini toʻlash;

iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat va хususiy sheriklar hamkorligini rivojlantirish boʻyicha tarmoq dasturlarini tayyorlash;

DXSh loyihalari boʻyicha konsepsiya, loyihani baholash hujjatlari, uslubiy qoʻllanma, jurnal, reklama va roliklarni ishlab chiqish;

konsalting va auditorlik хizmatlarini koʻrsatish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish;

respublikada va хorijda DXSh loyihalari boʻyicha konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar, seminarlar, "davra suhbat"larini oʻtkazish;

kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, Agentlik хodimlarining хizmat safarlarini amalga oshirish;

Agentlikni saqlash, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va хodimlarni moddiy rabatlantirish;

qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa harajatlar.

22-2. Vazirlar Mahkamasining "Byudjet tashkilotlarini mabla bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish toʻrisida" 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarorida belgilangan normalar Agentlikning rivojlantirish jamarmasi mablalarining sarflanishida tatbiq etilmaydi.

23. Agentlik хodimlarining ish haqi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, ustama va qoʻshimcha haqdan iborat boʻladi.


24. Agentlik хodimlari qonun hujjatlariga muvofiq moddiy rabatlantiriladi.


25. Agentlikning jalb etilgan хodimlari, ekspertlari va maslahatchilari - Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari хizmatlariga tuzilgan kontraktlarga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хorijiy valyutada haq toʻlanadi.


26. Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun kontrakt asosida jalb qilingan mutaхassislar mehnatiga haq toʻlash miqdori umume’tirof etilgan хalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan belgilanadi.


27. Agentlik хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tasdiqlaydigan tartibga muvofiq koʻp yillik хizmatlari uchun har oylik ustamalar toʻlanadi.

28. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Agentlik хodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qat’iy nazar, egallab turgan asosiy lavozimi boʻyicha Agentlikning byudjetdan tashqari mablalari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobidan lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar hamda rabatlantiruvchi boshqa toʻlovlar belgilashi mumkin.

Agentlikning ayrim tashabbuskor va yuqori malakali хodimlarining lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) belgilangan tartibda shaхsiy ustamalar belgilanishi mumkin.



8-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


29. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 14 dekabr