Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat bojхona qoʻmitasining 13.12.2018 y. 01-02/16-72-son "Bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda majburiy tartibda bojхona ekspertizasi oʻtkaziladigan tovarlar roʻyхatini tasdiqlash haqida"gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 18.12.2018 y. 2787-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

18.12.2018 y.

N 2787-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING

13.12.2018 y.

N 01-02/16-72


QARORI




"Bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda

majburiy tartibda bojхona ekspertizasi oʻtkaziladigan

tovarlar roʻyхatini tasdiqlash haqida"gi qarorni

oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5582-son "Bojхona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining 2016 yil 18 apreldagi 01-02/16-27-son "Bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda majburiy tartibda bojхona ekspertizasi oʻtkaziladigan tovarlar roʻyхatini tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2787, 2016 yil 17 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 20-son, 225-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                        M. Azimov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 19 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 24 dekabr, 51-son, 983-modda