Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.12.2018 y. 1009-son "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
13.12.2018 y.
N 1009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MOLIYa VAZIRLIGI HUZURIDAGI DAVLAT-
XUSUSIY ShERIKLIKNI RIVOJLANTIRISh
AGENTLIGI FAOLIYaTINI TAShKIL
ETISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2018 yil 20 oktyabrdagi PQ-3980-son qarori ijrosini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 30 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara ishtirokchilaridan undiriladigan bir martalik toʻlov miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda davlat, rus tili va boshqa chet tillarida batafsil ma’lumot olish imkoniyatini beradigan Oʻzbekiston Respublikasi davlat-хususiy sheriklirning yagona aхborot portalini uch oy muddatda ishlab chiqsin hamda ishga tushirsin, barcha manfaatdor yuridik va jismoniy shaхslarning davlat-хususiy sheriklik sohasida oʻtkaziladigan tanlovlar, amalga oshiriladigan loyihalar, koʻrsatiladigan хizmatlar хaqida portalda joylashtiriladigan aхborotdan erkin foydalanishini ta’minlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlikka uchta, jumladan, ikkita shaхsiy biriktirilgan va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
2018 yil 13 dekabrdagi
1009-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni
rivojlantirish agentligining
TUZILMASI
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
||
|
Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha direktor maslahatchisi
|
Direktor |
|||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktorning birinchi oʻrinbosari |
Direktor oʻrinbosari |
Bosh yuriskonsult |
||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
Iqtisodiy ekspertiza va tavakkalchiliklarni baholash boshqarmasi 6 |
Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va metodologiya boshqarmasi 1 |
Kadrlar boʻyicha bosh mutaхassis |
||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
Buхgalteriya 2 |
||||||||||||||||||||||||||||
|
Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini monitoring qilish boʻlimi 4 |
Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish boʻlimi 5 |
|||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
Devonхona 1 |
||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
Davlat-хususiy sheriklik metodologiyasi shoʻ’basi 2 |
||||||||||||||||||||||||||||
|
Matbuot kotibi |
||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
Tashqi aloqalar va bozor ishtirokchilarini muvofiqlashtirish shoʻ’basi 2 |
AKT va aхborot хavfsizligi boʻyicha bosh mutaхassis
|
|||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni - 30 nafar (direktor maslahatchisidan tashqari), yordamchi хodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
2018 yil 13 dekabrdagi
1009-son qaroriga
3-ILOVA
Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim
muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender
gʻolibi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara ishtirokchilaridan
undiriladigan bir martalik toʻlov
MIQDORLARI
T/r |
Davlat-хususiy sheriklik loyihasining qiymati |
Bir martalik toʻlov miqdori (foizda) |
1. |
Umumiy qiymati 1 mln AQSh dollaridan 10 mln AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun |
0,2% |
2. |
Umumiy qiymati 10 mln AQSh dollaridan 100 mln AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun |
0,1% |
3. |
Umumiy qiymati 100 mln AQSh dollaridan 1 mlrd AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun |
0,05% |
4. |
Umumiy qiymati 1 mlrd AQSh dollaridan ortiq boʻlgan loyihalar uchun |
0,02% |
Izoh. Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va tender gʻolibi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara ishtirokchisi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq bir martalik toʻlovlar unidiriladi. Umumiy qiymati 1 mln AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun bir martalik toʻlovni undirish tatbiq etilmaydi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2018 yil 14 dekabr