Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirining 29.11.2018 y. 27-mh-son "Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 18.12.2018 y. 2923-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

18.12.2018 y.

N 2923-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

JISMONIY TARBIYa VA SPORT

VAZIRINING

29.11.2018 y.

N 27-mh


BUYRUI



Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini

e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish

hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PF-5368-son "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 369-son "Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017 yil 7 avgustdagi 5-mh-son qarori (roʻyхat raqami 2923, 2017 yil 29 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 35-son, 939-modda) bilan tasdiqlangan Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                              D. Nabiyev






Buyruqqa

ILOVA



Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini

e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish

hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 369-son "Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash hakida"gi qaroriga muvofiq sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibini belgilaydi.


2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi."


3. 10-bandning "d" kichik bandi oltinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 18 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 24 dekabr, 51-son, 982-modda