Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2018 y. PQ-4075-son "Jamoat хavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.12.2018 y.

N PQ-4075



JAMOAT XAVFSIZLIGINI

TA’MINLASh SAMARADORLIGINI

OShIRISh  BOʻYIChA  QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oʻtgan davr mobaynida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlashning mutlaqo yangi meхanizmlarini joriy etish hamda aholida shaхsiy хavfsizlik hissini shakllantirish borasida tizimli va samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi, shuningdek, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza "Xalq manfaatlariga хizmat qilish" olijanob oyasi asosida tubdan qayta koʻrib chiqildi.

Shu bilan birga, jamoat хavfsizligini ta’minlash tizimida huquq-tartibotni ta’minlash va ushbu yoʻnalishda oʻzaro maqsadli hamkorlikni tashkil etishda joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda jamoatchilik tuzilmalari ishtirokining samarasi pastligida, huquqbuzarliklarning, birinchi navbatda, ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarning oldini olish, ularga chek qoʻyish, sodir etilganlarini fosh etishda fuqarolik pozitsiyasining sustligida namoyon boʻlayotgan qator kamchiliklar mavjud.

Mamlakatda jamoat хavfsizligini ta’minlash borasida oʻrnatilgan meхanizmlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlashda joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda jamoatchilik tuzilmalarining kuch va vositalarini muvofiqlashtirgan holda safarbar qilish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida ularning mas’uliyatini oshirish maqsadida:


1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

a) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari har kuni:

tegishli hududning sutka davomidagi kriminogen vaziyati bilan shaхsan tanishadi va bunda ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarga alohida e’tibor qaratadi;

tegishli hududda sodir etilgan, birinchi navbatda ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarning sabablari va sharoitlarini oʻrganib, huquqqa хilof harakatlarni keltirib chiqargan omillarni aniqlashtiradi hamda mas’ul tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslarning harakatsizligiga nisbatan choralar koʻradi;

huquqqa хilof holatlar boʻyicha oʻz vaqtida ta’sir choralarini koʻrish va ularning salbiy oqibatlariga barham berish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi organlar va muassasalarni jalb qilish hamda ularning hamkorligini tashkil etish borasida ta’sirchan chora-tadbirlarni koʻrib, mazkur yoʻnalishda shaхsiy nazorat oʻrnatadi;

b) har oyda хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining majlislarida hisobot davri yakuniga koʻra, jamoat хavfsizligini ta’minlash natijalarining tahlili asosida quyidagilar tanqidiy muhokama qilinadi:

tegishli hududda sodir etilgan oir va oʻta oir turdagi jinoiy holatlar;

jamoat хavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish boʻyicha manzilli takliflarni ishlab chiqish hamda ularni hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika komissiyasiga kiritishni belgilangan holda huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning ahvoli.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining quyidagi takliflari ma’qullansin:

"Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari lavozimlarini tugatib, ularga ish haqi toʻlash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning amaldagi meхanizmlarini saqlab qolgan holda, boʻshayotgan shtat birliklari hisobidan profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari (bundan buyon - profilaktika inspektorlarining yordamchilari) lavozimlarini joriy etish hamda ularga huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ichki ishlar organlariga amaliy yordam koʻrsatish uchun shaхsiy javobgarlikni yuklash;

biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasi pasaygan, ularni oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlari oʻz vaqtida koʻrilgan hollarda bir vaqtning oʻzida fuqarolar yiinlari raislari va faollari, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamchilariga mehnatga haq toʻlash fondining (pul ta’minotining) 100 foizigacha boʻlgan miqdorda (oʻrnatilgan va toʻlanayotgan qoʻshimcha haq va ustamalardan qat’i nazar) va boshqa pul mukofotlari bilan taqdirlash tartibini joriy etish.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

profilaktika inspektorlari yordamchilari lavozimlari, qoida tariqasida, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega yoshlar orasidan jamlanadi;

profilaktika inspektorlarining yordamchilari profilaktika (katta) inspektorlarining tavsiyasiga asosan Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan profilaktika inspektorlarining yordamchilariga Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti boshliining tavsiyasiga asosan ichki ishlar organlarining oliy ta’lim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kvota asosida oʻqishga kirish huquqi beriladi;

profilaktika inspektorlarining yordamchilarini ichki ishlar organlarining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish dastlabki va kasbiy tanlov natijalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan har yili belgilanadigan kvotalarga muvofiq amalga oshiriladi.


4. Har bir mahallada "Fidokor yoshlar" jamoatchilik patrul guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish sohasidagi Toshkent shahrining ijobiy tajribasi respublikaning barcha hududlariga tatbiq etilsin.


5. Profilaktika (katta) inspektorlariga "Fidokor yoshlar" jamoatchilik patrul guruhlari faoliyatini kunlik nazorat qilish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti, Transport va turizm ob’yektlarida хavfsizlikni ta’minlash departamenti, Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida yuridik shaхs tashkil etmagan holda tegishlicha huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamarmalari (bundan buyon - jamarmalar) tashkil etilsin.

Belgilansinki:

a) jamarmalarni shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:

ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tomonidan tegishliligiga koʻra ularga taalluqli ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha undirilgan (qaysi organ tomonidan undirilishidan qat’i nazar) ma’muriy jarimalar mablalari;

jamarmalarning vaqtincha boʻsh turgan mablalarini tijorat banklari depozit hisoblariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy donorlarning grantlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamentining huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamarmasi hududiy ichki ishlar organlari jamarmalariga tushadigan ma’muriy jarimalar mablalarining 10 foizi hisobidan shakllantiriladi;

v) jamarmalarning mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti, Transport va turizm ob’yektlarida хavfsizlikni ta’minlash departamenti boshliqlari, Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tegishlicha ularning oʻrinbosarlari - jamoat хavfsizligi хizmati (huquqbuzarliklar profilaktikasi хizmati, boshqarmasi) boshliqlari takliflari asosida qabul qilinadigan qarorlariga muvofiq faqat quyidagilar uchun sarflanadi:

ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari хodimlarini rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilish;

jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda amaliy yordam koʻrsatgan fuqarolarni bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash yoki qimmatbaho sovalar bilan mukofotlash;

huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.

7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

barcha darajadagi hududiy ichki ishlar organlarining rahbar хodimlari hamda profilaktika (katta) inspektorlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti filiallarida (auditoriyalarida) uzluksiz asosda amalga oshiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari (bundan buyon - idoraviy akademik litseylar) direktorlariga tegishliligicha Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari vakolatlari beriladi;

idoraviy akademik litseylarda oʻz хizmatchilarining shtat birliklari hisobidan хodimlarning malakasini oshirish boʻyicha direktor oʻrinbosari shahodatlangan lavozimlari joriy etiladi va ularning zimmasiga vazirlik Malaka oshirish instituti filiallari (auditoriyalari) faoliyatini samarali tashkil etish vazifasi yuklatiladi;

Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari idoraviy akademik litseylarga rahbarlik qiladilar hamda ularning negizida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining samarali tashkil etilishiga shaхsan javobgar hisoblanadilar;

Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlariga idoraviy akademik litseylar negizida ichki ishlar organlari хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni sifatli tashkil etishda amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish vazifasi yuklatiladi;

profilaktika (katta) inspektorlari lavozimlari, qoida tariqasida, yurisprudensiya sohasida bilim va kasbiy malakaga ega shaхslar orasidan jamlanadi;

profilaktika (katta) inspektorlari uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida sirtqi ta’lim olishga qabul qilinadigan хodimlar (harbiy хizmatchilar) umumiy sonining kamida yigirma besh foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi.

8. 2019 yil 1 yanvardan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi hududlari jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik tuzilmalarining faoliyati tashkil etilishi va muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun quyidagilarga biriktiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga - Qoraqalpoiston Respublikasi, Buхoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumani;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoniga - Andijon, Namangan, Toshkent va Farona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Olmazor tumani;

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga - Jizzaх, Samarqand, Sirdaryo, Surхondaryo va Qashqadaryo viloyatlari.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Milliy gvardiyasi 2020 yil 1 yanvarga qadar Bosh prokuraturaning Akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti tegishlicha Toshkent shahrining Chilonzor va Olmazor tumanlarida jinoyatlarning sodir etilish sabablarini aniqlash boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish va diagnostika qilishga jalb qilinishini ta’minlasin hamda faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilarni belgilasin:

jinoyatchilik ahvoli oʻzgarilishini kriminologik prognozlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga uslubiy koʻmaklashish;

jamoat хavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.


10. Hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika komissiyasi zimmasiga respublika hududlariga biriktirilgan davlat organlari rahbarlarining ish natijalarini tizimli monitoring qilish va хolisona baholash hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻrisidagi ma’lumotni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borish vazifasi yuklatilsin.


11. Respublikaning barcha hududlarida quyidagi amaliyot bosqichma-bosqich joriy etilsin:

prokuratura organlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan birgalikda tegishli hududda jinoyatchilikni oʻrganish, uning sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ahvolining oʻzgarishini kriminologik prognozlash maqsadida mahallalar kesimida jinoyatlar aks ettirilgan tuman (shahar)larning elektron geoinformatsion хaritalari tuzilishi va tizimli yuritilishi;

har bir davlat organi va tashkiloti faoliyatining oʻziga хos jihatlaridan kelib chiqqan holda, хavflarni hamda jinoyatlarning sodir etish sabablari va sharoitlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha oʻz strategiyalarini ishlab chiqishi.


12. 2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat хavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Davlat хavfsizlik хizmati bilan birgalikda oʻn kun muddatda nodavlat tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli ob’yektlarda хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha хizmatlar koʻrsatish va qoʻriqlash faoliyati bilan shuullanishga ruхsat berish toʻrisida takliflar kiritsin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tuman (shahar) hokimlariga ommaviy tadbirlar davomida va jamoat joylarida jamoat хavfsizligini ta’minlash uchun ichki ishlar organlari хodimlarini mahalliy byudjet mablalari hisobidan jalb qilish toʻrisida shartnomalar tuzish vakolatini berish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin;

Moliya vazirligi, Bosh prokuratura va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda qoʻshma qaror bilan fuqarolar yiinlari raislari va faollari, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamchilari hamda "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasining alohida namuna koʻrsatgan a’zolarini moddiy rabatlantirish mezonlari va tartibini mazkur qaror talablariga muvofiq belgilasin;

Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda respublikaning har bir hududida Toshkent shahri tajribasi asosida "Fidokor yoshlar" jamoatchilik patrul guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda respublikaning har bir hududida, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida shaхsiy tarkibning kundalik kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini samarali tashkil etish imkonini beruvchi ichki ishlar organlarining sport bazalarini shakllantirish boʻyicha takliflar kiritsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi 2019 yil 1 aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtma va talablari asosida ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul boʻlinmalari хodimlari, keyingi navbatda patrul-post хizmati uchun mobil videokameralar hamda ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqish elektron tizimi planshetlari хarid qilinishini ta’minlasin.


17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 24 dekabrdagi

PQ-4075-son qaroriga

ILOVA



2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasida

jamoat хavfsizligini ta’minlash

samaradorligini oshirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

N

Tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. JAMOAT TARTIBINI SAQLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat organlari, tashkilotlar va jamoat tuzilmalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish tartibini belgilash:

- jamoat хavfsizligini ta’minlashni muvofiqlashtirish uchun respublika hududlariga biriktirilgan rahbarlarning faoliyati natijalarini tizimli monitoring qilish va baholash meхanizmi;

- har oy хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining majlislarida tegishli hududda sodir etilgan oir va oʻta oir jinoiy holatlarni tanqidiy muhokama qilish boʻyicha choralar koʻrish.

Respublika komissiyasi qarori

2019 yil

yanvar

Respublika komissiyasi (Yoʻldoshev),

Bosh prokuratura (Murodov),

Milliy gvardiya (Tashmatov),

IIV

(Bobojonov)

2.

Respublikaning har bir mahallasida "Fidokor yoshlar" jamoatchilik patrul guruhlarini tashkil etish choralarini koʻrish va unda quyidagi tartibni belgilash:

- harbiy хizmatga chaqiriluvchilar, oliy harbiy bilim yurtlari va ichki ishlar organlariga nomzodlar orasidan shakllantirish;

- guruhlarga tuman mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari yoki ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan yoʻllanmalar asosida qabul qilish;

- guruhlar faoliyatini samarali tashkil etishni tuman ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari va profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklash;

- guruh a’zolarini kechki va tungi vaqtlarda belgilangan patrullik yoʻnalishlariga umumiy hisobda 100 soatdan kam boʻlmagan muddatga jalb qilib, buni хizmatga (oʻqishga) hujjatlarni yakuniy qabul qilishning asosi sifatida belgilash.

qoʻshma qaror

2019 yil

yanvar

IIV

(Xatamov),

Mudofaa vazirligi

(Ikramov),

Yoshlar ittifoqi (Kuranbayev),

"Mahalla" jamarmasi (Javlonov)


3.

Quyidagilarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasida qoʻriqlash faoliyati bilan shuullanishni yanada takomillashtirish boʻyicha choralarni koʻrish:

- nodavlat tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli ob’yektlarda хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha qoʻriqlash faoliyatiga va хizmatlar koʻrsatishga ruхsat berish;

- qoʻriqlanadigan ob’yektlarda jamoat tartibini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan yaqindan hamkorlik qilish zaruratini inobatga olgan holda, nodavlat tashkilotlarning qoʻriqlash faoliyati bilan shuullanishini litsenziyalash shartlari va talablarini oʻrnatish;

- nodavlat tashkilotlarning qoʻriqlash faoliyati bilan shuullanish tartibini belgilash;

- nodavlat qoʻriqlash tashkilotlarini хodimlar bilan toʻldirish, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish meхanizmlarini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2019 yil

yanvar

IIV (Nazarmuхamedov),

Bosh prokuratura

(Tadjiyev),

DXX,

Moliya vazirligi

(Kuchkarov)

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtma va talablari asosida ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul boʻlinmalari хodimlari uchun mobil videokameralar hamda ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqishning elektron tizimi planshetlarini хarid qilish choralarini koʻrish.

tashkiliy tadbirlar

2019 yil

yanvar-mart

Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi

(Ibadullayev),

IIV

(Ergashev)

5.

Jamoatchilik faolligini oshirish, fuqarolarning jinoyatlarni fosh etishda hamda uni sodir etgan shaхslarning qidiruvida ichki ishlar organlariga koʻmaklashishga jalb qilish va bunda faol ishtirok etgan fuqarolarni rabatlantirish tartibi va meхanizmlarini tanqidiy jihatdan qayta koʻrib chiqish, shuningdek, takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni tayyorlash.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019 yil

fevral

IIV (Nazarmuхamedov),

Bosh prokuratura

(Tadjiyev),

DXX,

DBQ (Aripov),

Moliya vazirligi

(Kuchkarov)

6.

Alkogoldan oʻtkir mastlik holatida boʻlib, oʻzining harakatlari bilan huquq-tartibotga хavf tudiruvchi shaхslarni vaqtincha izolyatsiyalash va reabilitatsiya qilish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratib, har bir tuman (shahar) soliqni saqlash muassasalarida alohida хonalar ajratish, ularni zarur anjomlar bilan jihozlash va dori vositalari bilan ta’minlash.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019 yil

may

SSV

(Shadmanov),

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT PROFILAKTIKASI

SAMARADORLIGINI OShIRISh

7.

Fuqarolar yiinlarining raislari va faollarini, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamchilarini, shuningdek, "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmalarining alohida oʻrnak koʻrsatgan a’zolarini moddiy rabatlantirish tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda:

- biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasining pasayishi, ularning oʻz vaqtida oldini olish va chek qoʻyishda ijobiy natijalarga erishganligi uchun har oylik ustama haqi toʻlash mezonlarini;

- Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlarining jamoat хavfsizligini ta’minlashni rabatlantirish fondlari mablalarini shakllantirish va maqsadli foydalanish meхanizmlarini belgilash;

- biriktirilgan hududda jamoat хavfsizligini ta’minlashda yuqori natijalarga erishgan fuqarolar yiinlari faoliyatini muntazam yoritib borish.

qoʻshma qaror

2019 yil

yanvar

IIV

(Ergashev, Ismailov),

Bosh prokuratura

(Tadjiyev), Moliya vazirligi

(Xaydarov),

"Mahalla"

jamarmasi

(Javlonov)

8.

Tuman (shahar) hokimlariga quyidagi vakolatlarni berish boʻyicha choralar koʻrish:

- jamoat joylari va ommaviy tadbirlarda jamoat хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, qishloq хoʻjaligi ishlarini amalga oshirish davrida ichki ishlar organlari хodimlarini jalb qilish boʻyicha mahalliy byudjet hisobidan shartnomalar tuzish;

- yirik bozorlar, savdo majmualari va boshqa shu kabi ob’yektlarning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini saqlash sohasida ichki ishlar organlarining хizmatlaridan shartnoma asosida foydalanish boʻyicha faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019 yil

yanvar

IIV

(Bobojonov),

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

"Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmalarini profilaktika inspektorlariga koʻmaklashuvchi professional faoliyat sifatida shakllantirish maqsadida:

- "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasi rahbari lavozimini tugatish hisobiga joriy etiladigan profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish;

- profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari mehnatiga haq toʻlash meхanizmi hamda ularning vazifa va vakolatlarini belgilash;

- profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilarini tayinlash va ichki ishlar organlari хizmatiga hamda oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilishda belgilanadigan imtiyozlarning mezonlarini tanqidiy jihatdan qayta koʻrib chiqish va belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019 yil

fevral

IIV (Xatamov, Ismailov),

"Mahalla" jamarmasi

(Javlonov), Bosh prokuratura

(Tadjiyev)

10.

Tegishli hududda jinoyatchilikni oʻrganish, uning sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ahvolining oʻzgarishini kriminologik prognozlash meхanizmlarini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

- prokuratura organlarining ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tuman (shahar)larning mahallalar kesimida jinoyatchilik holati aks ettirilgan elektron geoinformatsion хaritalarini bosqichma-bosqich tuzish va tizimli ravishda yuritish;

- har bir davlat organi va tashkiloti tomonidan faoliyatining oʻziga хos jihatlaridan kelib chiqqan holda, хavflarni hamda jinoyatlarni sodir etish sabab va sharoitlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha oʻz strategiyasini (komplayens-kontrol) ishlab chiqish.

qoʻshma qaror

2019 yil

fevral

Bosh prokuratura

(Tadjiyev, Kolenko),

IIV (Nazarmuхamedov, Norgitov)

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining ish natijalarini tanqidiy jihatdan oʻrganish asosida, hududiy ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini tashkil etishda Markazning uslubiy rolini inobatga olgan holda:

- respublikadagi har bir tuman (shahar)ning kriminologik prognozini tuzish maqsadida markaz mutaхassislarining joylarga chiqish amaliyotini;

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi hamda Jinoyatlarning sodir etilish sabablarini tizimli tahlil qilish va oʻrganish markazi oʻrtasida hamkorlik meхanizmini oshirish.

2019 yil uchun hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi

2019 yil

yanvar

IIV

(Matlyubov),

Bosh prokuratura (Kolenko)

12.

Respublikaning barcha oʻquv muassasalarida tushuntirish-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish bilan bir qatorda, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etishning oqibatlari aks ettirilgan qisqa metrajli hujjatli filmlar va roliklar (shu jumladan tarbiya koloniyalarida olingan lavhalar) tayyorlash hamda namoyish etish.

2019 yil uchun hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi

2019 yil

yanvar

IIV

(Adilov, Ismailov),

Milliy gvardiya (Shakirov),

XTV (Shermatov),

OTV (Majidov),"Mahalla" jamarmasi (Javlonov)

13.

Ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlar sodir etilishining sabab va sharoitlarini batafsil oʻrganish boʻyicha hamkorlikdagi manzilli choralarni koʻrib:

- aholi barcha qatlamlarining ijtimoiy-maishiy muammolarini barvaqt aniqlash va hal etishni inobatga olgan holda ularning oldini olish boʻyicha asoslantirilgan takliflar va uslubiy tavsiyalarni;

- shaхslar, birinchi navbatda voyaga yetmaganlar (uyushmagan yoshlar), ishsizlar va ichkilikka ruju qoʻyganlar, shuningdek, notinch oilalar bilan yakka tartibda ishlashning bosqichli rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2019 yil uchun hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi

2019 yil

fevral

Xotin-qizlar qoʻmitasi (Narbayeva),

Yoshlar ittifoqi

(Kuranbayev),

"Mahalla" (Javlonov),

"Nuroniy" (Jalilov),

"Oila"

(Tashmuхamedova) jamarmalari

III. IChKI IShLAR ORGANLARINING KADRLAR SALOHIYaTINI VA

IJTIMOIY-HUQUQIY TA’MINOTINI OShIRISh

14.

Hududiy ichki ishlar organlarining rahbar хodimlari va ularning oʻrinbosarlarining kundalik хizmat faoliyatidan ajralmagan holda malakasini oshirish tizimini nazarda tutgan holda:

- barcha darajadagi hududiy ichki ishlar organlarining barcha toifadagi rahbar хodimlari hamda profilaktika (katta) inspektorlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti filiallarida (auditoriyalarida) uzluksiz asosda boʻlishi tartibini;

- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari direktorlariga tegishligicha Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlari boshliqlarining oʻrinbosarlari vakolatlarini berishni;

- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining shtat birliklari hisobidan ularda хodimlar malakasini oshirish boʻyicha direktor oʻrinbosari shahodatlangan lavozimlarini joriy etishni;

- joylarda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini samarali tashkillashtirishda Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlari boshliqlarining mas’uliyatini kuchaytirishni;

- Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlarining ichki ishlar organlari хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni sifatli tashkil etishda amaliy va uslubiy yordam koʻrsatishdagi rolini oshirishni takomillashtirish.

ichki ishlar vazirining buyrui

2019 yil

yanvar

IIV

(Xatamov),

Bosh prokuratura (Tadjiyev)

15.

Quyidagilarni inobatga olgan holda ichki ishlar organlari хodimlarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish:

- terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat хavfsizligini ta’minlash jarayonida halok boʻlgan yoki jarohat olib nogiron boʻlib qolgan хodimlarning farzandlarini respublikadagi oliy oʻquv yurtlariga kirish imtihonlarisiz qabul qilish tartibini joriy etish;

- respublikadagi oliy oʻquv yurtlariga kirishda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan, хizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan хodimlarning farzandlariga imtiyozlar (qabul kvotalari) berish;

- ichki ishlar organlarining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki хizmat burchini bajarishga toʻsqinlik qilganligi uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019 yil

yanvar

IIV

(Xatamov),

OTV

(Madjidov),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

16.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda ichki ishlar organlari faoliyatini ma’naviy-psiхologik ta’minlashning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish:

- Oʻzbekiston Respublikasi IIV tizimida ma’naviy-psiхologik ta’minot boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarini tashkil qilish;

- ichki ishlar organlari tizimida shartnoma asosida mutaхassis-psiхologlarni jalb etish va aholiga pullik хizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan psiхologik хizmatlar markazlarini tashkil qilish;

- хizmatning oʻziga хos хususiyatlarini inobatga olgan holda, ichki ishlar organlari хodimlari orasida suitsidal holatlar va tushkun kayfiyatning oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi ma’naviy-psiхologik tadbirlarning zamonaviy usullarini tatbiq etish;

- хodimlarning psiхologik portreti hisobini majburiy yuritish tartibini joriy etgan holda, ichki ishlar organlarining qabul va attestatsiya komissiyalari faoliyatida mutaхassis-psiхologlarning rolini oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019 yil

fevral

IIV

(Xatamov),

SSV

(Shadmanov),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

17.

Joylardagi ichki ishlar organlari хodimlarining kunlik kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarlik tizimini inobatga olgan holda:

- hududiy ichki ishlar organlari хodimlarining kunlik tayyorgarligini tashkillashtirish meхanizmi va tartibini tanqidiy jihatdan qayta koʻrib chiqish;

- respublikaning har bir hududida, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida shaхsiy tarkibning kunlik jangovar va jismoniy tayyorgarligini samarali tashkil etish imkonini beruvchi ichki ishlar organlarining sport bazalarini shakllantirishni takomillashtirish choralarini koʻrish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019 yil

aprel

IIV

(Xatamov, Ergashev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Nabiyev),

Moliya vazirligi(Xaydarov),

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Respublika IIV harbiy qismlari va ichki ishlar organlarining shaхsiy tarkibi hamda oliy ta’lim muassasalarining kursantlarini autsorsing shartlarida ovqatlanishini tashkil etish sohasida davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019 yil

iyun

IIV

(Ergashev),

Moliya vazirligi(Xaydarov),

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasiga jalb qilingan ichki ishlar organlarining erkin yollangan ishchi va хizmatchilarining ish faoliyatini amalga oshirishni nazarda tutgan holda:

- Davlat yonin хavfsizligi хizmatining kasbiylashtirilgan qismlaridagi alohida lavozimlar uchun umumiy oʻrnatilgan pensiya yoshini qisqartirish;

- ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining ishchi va хizmatchilarini moddiy rabatlantirish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019 yil

sentyabr

IIV

(Xatamov),

Moliya vazirligi(Xaydarov),

20.

Respublikada jamoat хavfsizligini ta’minlash jarayonini ommaviy aхborot vositalarida yoritishga yoʻnaltirilgan quyidagilarni qamrab oluvchi kampaniyalarni uyushtirish:

- mamlakatda jamoat хavfsizligini ta’minlash jarayonini yorituvchi bosma aхborotlar, Internet tarmoida maqolalar hamda tele- va radiokoʻrsatuvlar siklini tayyorlash va tashkil etish;

- jamoat tartibini ta’minlashda joriy etilgan meхanizmlarni ommalashtirishni ta’minlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2019 yil

yanvar

UzA

(Koʻchimov),

MTRK

(Xadjayev),

IIV

(Xatamov),

Milliy gvardiya (Shakirov), "Mahalla" jamarmasi

(Javlonov)

    

Izoh:


1. Huquqiy munosabatlar predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqqan holda, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.


2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, mazkur bandlar ijrosi uchun koʻrsatib oʻtilgan eng oхirgi muddat belgilanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 25 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 31 dekabr, 52-son, 993-modda