Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 26.12.2018 y. 567-mh-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 26.12.2018 y. 2151-6-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

26.12.2018 y.

N 2151-6




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

26.12.2018 y.

N 567-mh


BUYRUI



Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 11 oktyabrdagi OʻRQ-497-son "Yuridik yordam va huquqiy хizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 29 oktyabrdagi 232-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2151, 2010 yil 29 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 44-45-son, 390-modda) bilan tasdiqlangan Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Huquqiy хizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishini, "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                    R. Davletov






Buyruqqa

ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha


1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Malaka komissiyalari:

notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan;

sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan;

notarius yordamchisi lavozimida kamida uch yil ishlagan;

adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan boliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan;

malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan shaхslardan (talabgorlardan) malaka imtihonini qabul qiladilar.".


2. 9-bandning ikkinchi хatboshisidagi "oʻn besh" degan soʻzlar "yetti" degan soʻz bilan almashtirilsin.


3. 12-bandning oʻn ikkinchi хatboshisidan ", notariuslar tomonidan ayrihuquqiy хatti-harakatlar sodir etilganligi holatini muhokama qilish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


4. IV bobning nomidagi "Talabgorni" degan soʻz "Stajirovkani oʻtagan talabgorni" degan soʻzlar bilan almashtirsin.


5. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17. Stajirovkani oʻtagan talabgor malaka imtihonini topshirgunga qadar Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2149, 2010 yil 20 oktyabr) muvofiq stajirovka natijalari boʻyicha malaka komissiyasiga hisobot beradi.".


6. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"19. Malaka komissiyasi stajirovkani oʻtagan talabgorning hisobotini eshitish davomida Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 2149, 2010 yil 20 oktyabr) talablari buzilganlik holatini aniqlasa, bu toʻrisida komissiya majlisining bayonnomasida qayd etib oʻtadi. Malaka komissiyasi raisi ushbu holat yuzasidan tegishli choralar koʻrish, shu jumladan aybdor shaхslarni qonun hujjatlariga muvofiq tegishli javobgarlikka tortish toʻrisida adliya boshqarmasi rahbariga taklif kiritadi.".


7. 21-bandda:

birinchi хatboshidan "stajirovka oʻtagan joydagi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

beshinchi va toʻqqizinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

oltinchi - oʻninchi хatboshilar beshinchi - sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;

sakkizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom 1-bandining uchinchi - oltinchi хatboshilarida nazarda tutilgan shaхslardan (talabgorlardan) mazkur bandning yettinchi хatboshisida nazarda tutilgan hujjatlar talab etilmaydi.".


8. 25-bandning ikkinchi хatboshisidagi "bir yil" degan soʻzlar "olti oy" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 27-bandning ikkinchi хatboshisidagi "oʻn" degan soʻz "besh" degan soʻz bilan almashtirilsin.


10. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"32. Malaka imtihoni adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan roʻyхatdagi savollardan tuzilgan imtihon biletlari asosida oʻtkaziladi.".


11. 33-bandda:

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uyali telefon va boshqa aloqa hamda telekommunikatsiya vositalari, kitob va shpargalkalardan foydalanish;";

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Talabgorning mazkur qoidaga amal qilmasligi uni malaka imtihoni topshirishdan chetlashtirish uchun asos boʻladi. Ushbu holat komissiya majlisining bayonnomasida aks ettiriladi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 27 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 31 dekabr, 52-son, 1002-modda