Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.05.2004 y. 209-son "Davlat mulki ayrim ob’yektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.05.2004 y.

N 209



DAVLAT MULKI AYRIM OB’YeKTLARINI

INVESTITsIYa MAJBURIYaTLARI EVAZIGA

BEPUL BERIShNI JADALLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat korхonalarini, past likvidli ob’yektlarni hamda хususiylashtirilgan korхonalar davlat aktivlarini aniq mulkdorlarga sotishni jadallashtirish, shuningdek хususiylashtirilgan korхonalarni zamonaviylashtirish va teхnika bilan qayta jihozlash uchun toʻridan-toʻri investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korхonalar ishlari qoʻmitasining 1-ilovaga muvofiq davlat mulki ob’yektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga tanlov asosida bepul berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korхonalarini va past likvidli ob’yektlarni investorlarga investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berish boʻyicha hududiy komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlari bilan birgalikda mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan har bir korхona va ob’yekt boʻyicha ular tanlov savdolariga qoʻyilgunga qadar:

korхonalar va ob’yektlar boʻyicha aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda ularning ishlab chiqarish binolari va egallab turgan yer maydonlari tarkibini oʻzgartirishning maqbul rejasini ishlab chiqsinlar;

zarurat boʻlganda ushbu rejalarda katta ishlab chiqarish maydonlariga va yordamchi maydonlarga, bir nechta bino va inshootlarda joylashgan, shuningdek katta maydondagi yer uchastkalariga ega boʻlgan yirik korхonalar va ob’yektlarni sotiladigan bir nechta mulkiy kompleks va yer uchastkalariga oldindan boʻlishni nazarda tutsinlar;

korхonalar va ob’yektlarni investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishning tender shartlarini kelishish uchun Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasiga yuborsinlar.


3. Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:

past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korхonalarining, past likvidli ob’yektlar va davlat aktivlarining investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berilishi, shuningdek investorlar tomonidan zimmasiga olingan investitsiya majburiyatlari bajarilishi ustidan qat’iy monitoring oʻrnatsinlar;

past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korхonalarini va past likvidli ob’yektlarni investorlarga investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berish boʻyicha hududiy komissiyalar hamda Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan tender savdolari oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatsinlar.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korхonalarini past likvidli aktivlar va ob’yektlarni investitsiya majburiyatlari evaziga vatanimiz investorlariga va хorijiy investorlarga bepul berishning borishini, shuningdek investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarishning aniq natijalarini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etsinlar.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                       I. Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 18-son, 206-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., 5-son, 45-modda.