Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 27.10.2018 y. 34/5-son "Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 28.12.2018 y. 2693-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

28.12.2018 y.

N 2693-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

27.10.2018 y.

N 34/5


QARORI



Tijorat banklari kapitalining

monandligiga qoʻyiladigan talablar

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va

qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 13 iyundagi 14/3-son qarori (roʻyхat raqami 2693, 2015 yil 6 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank Raisi                                                 M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklari kapitalining

monandligiga qoʻyiladigan talablar

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17. Bank aktivlari tavakkalchilik darajasi boʻyicha quyidagi guruhlarga boʻlinadi:

I guruh - tavakkalchilik darajasi 0 foiz;

II guruh - tavakkalchilik darajasi 20 foiz;

III guruh - tavakkalchilik darajasi 50 foiz;

IV guruh - tavakkalchilik darajasi 100 foiz;

V guruh - tavakkalchilik darajasi 150 foiz;

VI guruh - tavakkalchilik darajasi 200 foiz;

VII guruh - tavakkalchilik darajasi 300 foiz.".


2. 20-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"20. Tavakkalchilik darajasi boʻyicha I guruhga quyidagilar kiradi:

bankda va uning filiallarida naqd pul koʻrinishida saqlanayotgan milliy va chet el valyutasi (jumladan, bank omborlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki omborlarida saqlanayotgan tijorat banklariga tegishli oltin quymalar)".


3. 21-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"21. Tavakkalchilik darajasi boʻyicha II guruhga quyidagilar kiradi:".


4. 22-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"22. Tavakkalchilik darajasi boʻyicha III guruhga quyidagilar kiradi:".


5. 23-bandda:

birinchi va ikkinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"23. Tavakkalchilik darajasi boʻyicha IV guruhga quyidagilar kiradi:

bank tomonidan berilgan barcha kreditlar, mazkur Nizomning 20, 21, 22, 24, 24-1 va 24-2-bandlarida koʻrsatilgan kreditlar bundan mustasno;";

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"dastlabki garov huquqi bankka tegishli boʻlmagan kreditlar;".


6. 24-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"24. Tavakkalchilik darajasi boʻyicha V guruhga quyidagilar kiradi:";

quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"aholiga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditni qaytarish muddatining qolgan qismi 1 yilgacha va yillik foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasining 2 barobari va undan yuqori boʻlgan kreditlar;

aholiga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditni qaytarish muddatining qolgan qismi 1 yildan 3 yilgacha va yillik foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasining 1,5 barobaridan 2 barobarigacha boʻlgan kreditlar;

aholiga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditni qaytarish muddatining qolgan qismi 3 yil va undan uzoq va yillik foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasining 1,5 barobari va undan past boʻlgan kreditlar.".


7. Quyidagi mazmundagi 24-1 va 24-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

"24-1. Tavakkalchilik darajasi boʻyicha VI guruhga quyidagilar kiradi:

aholiga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditni qaytarish muddatining qolgan qismi 1 yildan 3 yilgacha va yillik foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasining 2 barobari va undan yuqori boʻlgan kreditlar;

aholiga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditni qaytarish muddatining qolgan qismi 3 yil va undan uzoq va yillik foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasining 1,5 barobaridan yuqori boʻlgan kreditlar.

24-2. Tavakkalchilik darajasi boʻyicha VII guruhga avtomobil sotib olish uchun:

yuridik shaхslarga ajratilgan kreditning garov ta’minotiga avtomobil qabul qilingan kreditlar;

aholiga ajratilgan kreditning qoldii sotib olingan avtomobil qiymatining 75 foizidan ortiini tashkil etgan kreditlar.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 28 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 31 dekabr, 52-son, 1005-modda