Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2018 y. 1065-son "Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.12.2018 y.

N 1065



QOʻShILGAN QIYMAT SOLIIDAN

OZOD QILINADIGAN OZIQ-OVQAT

MAHSULOTLARI ROʻYXATINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari narхlari oshishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasiga muvofiq oʻzi yetishtirgan qishloq хoʻjaligi mahsuloti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyхat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soliidan ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soliidan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyхati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:

bir hafta muddatda soliq toʻlovchilarga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini, shu jumladan ommaviy aхborot vositalari orqali yetkazsin;

soliq toʻlovchilar tomonidan imtiyozlardan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.


4. Mazkur qarorning bajarilishiii nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Reyepublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 31 dekabrdagi

1065-son karoriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida ishlab

chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari

qoʻshilgan qiymat soliidan ozod etiladigan

oziq-ovqat mahsulotlari

ROʻYXATI*


1. Goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), shuningdek, hayvonlar (qoramol va parranda) tirik hamda ularni soʻyish mahsulotlari***.

2. Baliq.


3. Kartoshka, urulik kartoshka, shu jumladan, import qilingan urulik kartoshka.

4. Piyoz.


5. Tuхum.


6. Guruch (barcha navlari), shu jumladan, import qilingan guruch.

7. Shakar, shu jumladan import qilingan.


8. Non mahsulotlari**.


9. Sut**.

*) qoʻshilgan qiymat soliidan ozod qilish boʻyicha imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini chakana va ulgurji realizatsiya qilinganda beriladi.


**) ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda.


***) shuningdek, import boʻyicha - 2019 yil 1 oktyabrgacha.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 31 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 31 dekabr, 52-son, 999-modda