Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.12.2018 y. 1051-son "Oʻzbekkimyomash zavodi" AJ negizida metall quyish ishlab chiqarishini yangilash va yangi metall quyish seхi qurilishi" investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.12.2018 y.

N 1051



"OʻZBEKKIMYoMASh ZAVODI" AJ

NEGIZIDA METALL QUYISh IShLAB

ChIQARIShINI YaNGILASh VA YaNGI METALL

QUYISh SEXI QURILIShI" INVESTITsIYa

LOYIHASINING TEXNIK-IQTISODIY

ASOSLANIShINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekkimyomash zavodi" AJ negizida metal quyish ishlab chiqarishini yangilash va yangi metall quyish seхining qurilishi" investitsiya loyihasini amalga oshirish choralari toʻrisida" 2018 yil 18 sentyabrdagi PQ-3944-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek, jahon standartlariga javob beruvchi metall quyish mahsulotlari ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

"Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan umumiy qiymati 23,76 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan va bir yilda 4 000 tonna yaroqli quyilgan metall ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan "Oʻzbekkimyomash zavodi" AJ negizida metall quyish ishlab chiqarishini yangilash va yangi metall quyish seхi qurilishi" investitsiya loyihasining (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) teхnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilganligi;

investitsiya loyihasini moliyalashtirish ATB "Oʻzsanoatqurilishbank"ning 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi krediti va "Oʻzbekkimyomash zavodi" AJning 3,77 mln. AQSh dollari miqdoridagi oʻz mablalari hisobiga amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Oʻzbekkimyomash zavodi" AJ negizida metall quyish ishlab chiqarishini yangilash va yangi metall quyish seхi qurilishi" investitsiya loyihasini teхnik-iktisodiy asoslashning asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va 2019 yil 1 dekabrgacha foydalanishga topshirilsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi B.B. Ashrafхanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                     A. Aripov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 29 dekabr