Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 158-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2018-85-son "Alkogolli mahsulotlar uchun yeng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida"gi 24.12.2018 y. Qarori (AV tomonidan 28.12.2018 y. 3107-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

28.12.2018 y.

N 3107

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

24.12.2018 y.

N 158


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

24.12.2018 y.

N 2018-85


QARORI



Alkogolli mahsulotlar uchun yeng kam

ulgurji-sotish va chakana narхlarni

qayta koʻrib chiqish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 dekabrdagi 327-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni joriy etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017 yil 27 dekabrdagi 187, 2017-74-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 2959, 2017 yil 29 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 52-son, 1275-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qaror 2019 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Moliya vaziri

D. Kuchkarov

Davlat soliq qoʻmitasi raisining

birinchi oʻrinbosari

B. Musayev

      





Qarorga

ILOVA



Alkogolli mahsulotlar* uchun eng kam

ulgurji-sotish va chakana narхlar

Sotilayotgan tovarning nomi


Ishlab chiqaruvchi

korхonalarning eng kam

ulgurji-sotish narхi


Eng kam

chakana narх


Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


8 000

9 600

Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


29 000

34 600

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


19 400

23 200

*) Pivodan tashqari.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 28 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 31 dekabr, 52-son, 1009-modda