Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.12.2018 y. 1055-son "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.12.2018 y.

N 1055



QIMMATBAHO METALLAR VA QIMMATBAHO

TOShLARDAN ZARGARLIK VA BOShQA BUYuMLAR

IShLAB ChIQARIShNI LITsENZIYaLASh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 sentyabrdagi 777-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 9-son, 221-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 27 dekabrdagi

1055-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 sentyabrdagi 777-son

qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va

qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar

ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4. Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziya (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) uning amal qilishi boʻyicha cheklanmagan muddatga beriladi".


2. 22-bandning ikkinchi хatboshidagi "yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish" soʻzlari chiqarib tashlansin.


3. 47-banddagi "uzaytirilgan" soʻzi chiqarib tashlansin.


4. 6-bobning nomidagi "unga amal qilish muddatini uzaytirish" soʻzlari chiqarib tashlansin.


5. 63-bandning uchinchi хatboshidagi va 77-bandning toʻrtinchi хatboshidagi "va amal qilish muddati tugagan sana" soʻzlari chiqarib tashlansin.


6. 69-bandning uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


7. 70-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. 83-bandda:

a) "d" kichik band chiqarib tashlansin;

b) "j" kichik banddagi "amal qilish muddatini uzaytirish" soʻzlari chiqarib tashlansin.


9. Nizomning 3, 9, 10, 12 va 14-ilovalaridagi "Litsenziyaning amal qilish muddati: 20_ y "__"_____ gacha (yil, sana, oy)" soʻzlari chiqarib tashlansin.


10. Nizomning 11-ilovasidagi "Litsenziyaning amal qilish muddati: 20_ y "__"_____ gacha (yil, sana, oy)" va "2. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagan" soʻzlari chiqarib tashlansin.


11. Nizomga 13-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 29 dekabr