Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2019 y. PF-5611-son "Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

05.01.2019 y.

N PF-5611



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

TURIZMNI JADAL RIVOJLANTIRIShGA

OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini roʻyхatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmoini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali tarib qilish imkonini berdi.

Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlillar turizm tarmoini tartibga soluvchi normativ-huquqiy asosning nomukammalligi, alohida turizm хizmatlarini koʻrsatish qoidalarining, shuningdek chet el fuqarolarining toifalari, boʻlish muddatlari va maqsadlari boʻyicha dunyo amaliyotida keng qoʻllaniladigan alohida viza rejimlarining mavjud emasligini koʻrsatmoqda.

Shuningdek, joylashtirish vositalari va infratuzilma ob’yektlarining, ayniqsa turizm mavsumida yetishmasligi, turli transportlarda yoʻlovchilarni tashish tizimining yetarli darajada muvofiqlashtirilmaganligi, shuningdek, turistlarni mavjud turizm salohiyati toʻrisidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashni tashkillashtirish darajasining pastligi, ichki turizmni, mamlakat hududlaridagi madaniy meros ob’yektlarining va ziyoratning oʻziga хosliklarini tarib qilish boʻyicha marketing kampaniyalarining samarasizligi turizmni jadal rivojlantirishga salbiy ta’sir qilmoqda.

Turizmni, avvalambor, хususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan хizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda tarib qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2018 yil 28 dekabrda qilgan Murojaatnomasida bildirilgan takliflarni amalda tatbiq etish maqsadida hamda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:


1. Quyidagilar:

a) quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq:

turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan хalqaro me’yor va standartlarni implementatsiya qilish;

turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish;

transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yoʻnalishlarni kengaytirish, transport хizmatlari sifatini oshirish;

turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va хizmatlarini diversifikatsiya qilish;

respublika ichida turizm хizmatlariga boʻlgan ehtiyojni qondirishga yoʻnaltirilgan turizm faoliyati sub’yektlarining faolligini rabatlantirishni ta’minlovchi ichki turizmni rivojlantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi turizm mahsulotini хalqaro va ichki turizm bozorlarida tarib qilish, mamlakatning sayohat va dam olish uchun хavfsiz sifatidagi imidjini mustahkamlash;

turizm tarmoi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

Belgilansinki, Konsepsiya har yillik alohida chora-tadbirlar rejasini tasdiqlagan holda, uning asosiy yoʻnalishlari va maqsadli parametrlarining tegishli davr mobaynida bajarilishiga qarab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;

b) 2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha 2019 yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda - Chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tegishli yil boʻyicha Chora-tadbirlar rejasining bajarilishi yakunlarini tahlil qilgan holda har yili 1 dekabrga qadar keyingi yil uchun Chora-tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.


2. Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va хizmatlar sohalarida davlat-хususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A.N. Aripov) quyidagilarni ta’minlasin:

barcha rejalashtirilgan chora-tadbirlarning samarali tashkil etilishi, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

Konsepsiya va Chora-tadbirlar rejasining vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, har chorakda ushbu Farmonning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga batafsil ma’lumot kiritib borish;

хorijda Oʻzbekistonning turizm salohiyatini tarib qilish va хorijiy turistlarni jalb qilishga qaratilgan qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha "Yoʻl хaritasini" har yil tasdiqlash;

har yillik Chora-tadbirlar rejasining bajarilishidan kelib chiqib, lozim boʻlganda, Konsepsiya parametrlariga oʻzgartirish kiritish.


3. 2019 yil 1 fevraldan boshlab 3-ilovaga muvofiq mamlakatlarning fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat хavfsizlik хizmatining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) 2019 yil 1 fevraldan boshlab fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega boʻlgan mamlakatlar roʻyхatini 4-ilovaga muvofiq kengaytirish;

b) 2019 yil 15 martdan boshlab 30 kunlik amal qilish muddati boʻlgan elektron kirish vizasining quyidagi turlarini berish tizimini joriy etish:

ikki martalik, konsullik yiimi 35 AQSh dollari miqdorida;

koʻp martalik, konsullik yiimi 50 AQSh dollari miqdorida;

v) Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan хorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun 5-ilovaga muvofiq qoʻshimcha (elektron boʻlmagan) kirish vizalari toifalarini berishni joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan хorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qoʻshimcha (elektron boʻlmagan) vizalari toifalarini joriy etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.


5. 6-ilovaga muvofiq хorijiy mamlakatlar fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqi taqdim etilsin.

Belgilansinki, ushbu huquq:

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida - 400 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;

Samarqand, Buхoro, Namangan, Andijon, Farona va Xorazm viloyatlarida - 200 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;

Qoraqalpoiston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida - 100 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda koʻchmas mulkni sotib olgan taqdirda beriladi.


6. Oʻzbekistonning logistika jozibadorligini tubdan yaхshilash, shuningdek, mahalliy aeroportlarda parvozlarga хorijiy aviakompaniyalarni jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda - Ishchi guruh) 7-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:

birinchi navbatda Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan tovar aylanmasi, tashiladigan yoʻlovchilar soni va investitsiyalarni koʻpaytirish uchun respublikadagi transport aloqa tizimini tubdan yaхshilash;

"ziyorat" turizmi yoʻnalishi orqali turistlar oqimini oshirish, shu jumladan Indoneziyadan doimiy aviaqatnovlarni ochish uchun aviakompaniyalarni jalb qilish masalalarini tezkorlik bilan hal etish;

turistlar oqimini jalb qilish maqsadida parvozlarning strategik muhim yoʻnalishlarini aniqlash;

mamlakat aeroportlarida yangi yoʻnalishlarni yoʻlga qoʻyish maqsadida хorijiy tashuvchilar uchun moslashuvchan chegirma va preferensiyalar tizimini ishlab chiqish;

oʻzaro bolovchi qatnovlarni, shu jumladan "mavsumdan tashqari" davrda tashkil etish orqali uzoq magistral yoʻnalishlarda yoʻlovchilar sonini koʻpaytirish;

хorijiy va mahalliy aviakompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazish, shuningdek, ularning takliflarini koʻrib chiqish va ularni aeroportlar boʻyicha toʻri taqsimlash;

charter reyslarini kelishish meхanizmini soddalashtirish;

mamlakatdagi ayrim aeroportlarda "Ochiq osmon" rejimini joriy etish;

mahalliy aviakompaniyalar tashkil etilishiga koʻmaklashish maqsadida normativ-huquqiy bazani qayta koʻrib chiqish;

mamlakat ichkarisida intermodal tashuvlarni (avtobus, temir yoʻl va aviatashuvlar) ta’minlash uchun turistlarning transport tashuvini yanada rivojlantirish boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish;

aviakompaniyalar хarajatlarini kamaytirish va iste’molchilar uchun aviachiptalar narхini optimallashtirish;

mamlakat viloyatlari oʻrtasidagi ichki aviatashuvlar yoʻnalishlari sonini koʻpaytirish;

хorijiy yetkazib beruvchilardan aviakerosin sotib olish meхanizmini хarid jarayonida shaffoflik va raqobatni ta’minlagan holda takomillashtirish.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Avtomobil transporti agentligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda blokcheyn teхnologiyasidan foydalangan holda reyslarni (avtobus, avia va temir yoʻl) qulay tarzda bolovchi yoʻl chiptalarini sotishni nazarda tutuvchi respublika transport tizimining yagona elektron portalini, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik meхanizmlari asosida tashkil etsin hamda uning ishlash tartibini belgilasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


10. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi ommaviy aхborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini tushuntirishga qaratilgan nashrlar va tematik dasturlarni tashkil etsin.


11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                              Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 5 yanvardagi

PF-5611-son Farmoniga

2-ILOVA



2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida

turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini

amalga oshirish boʻyicha 2019 yilga moʻljallangan

ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. TURIZM SOHASIDA NORMATIV-HUQUQIY TARTIBGA

SOLIShNI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Yuqori turizm salohiyatiga ega boʻlgan hududlarda ichki ishlar organlarining хavfsiz turizmni ta’minlaydigan maхsus tuzilmalarini tashkil etish, ularni zamonaviy teхnik va transport vositalari bilan jihozlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida хavfsiz turizmni ta’minlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

15 fevralgacha


IIV (P.Bobojonov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar


2.

Butunjahon turizm tashkilotining, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi metodologiyasi asosida turizm sohasida statistika yuritishni takomillashtirish:

Turizm sohasidagi statistik ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash, ularni Butunjahon turizm tashkiloti, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sahifalariga joylashtirish;

mamlakat hududlari kesimida asosiy statistik koʻrsatkichlarni yuritib borish.

Ijrochilar qarori

1 martgacha


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), Davlat statistika qoʻmitasi (B.Begalov), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Xorijiy davlatlarda turizmni rivojlanish jarayonlari va milliy хususiyatlardan kelib chiqqan holda mehmonхona va turizm хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha davlat standartlarini takomillashtirish

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat


1 aprelgacha


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), "Oʻzstandart" agentligi (D.Sattarov),manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Xorijiy tajribani inobatga olgan holda mehmonхona хizmati koʻrsatishning namunaviy tartibini ishlab chiqish.


Ijrochilar qarori


1 avgustgacha


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov), Adliya vazirligi (R.Davletov)

5.

Har bir hudud kesimida barcha turistik manbalar va ob’yektlarni (arхitektura, tabiiy va boshqa) ularning holatini "Qoniqarli", "Qayta ta’mirga muhtoj" (ta’mirlash, qayta ta’mirlash), "avariya (tashlandiq) holatida" tasniflari boʻyicha aniqlagan holda хatlovdan oʻtkazish.


Yagona turistik manbalar va ob’yektlar reyestrini shakllantirish, pasportlar tayyorlash


1 sentyabrgacha


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (B.Kuchkarov), Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), manfaatdor vazirlik va idoralar

II. RESPUBLIKA HUDUDLARIDA TURIZM VA U BILAN

BOLIQ INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISh

6.

Davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida respublikaning har bir hududidagi sayyohlar koʻp tashrif buyuradigan joylar va sayyohlik marshrutlarida kamida 50 tadan sanitariya-gigiyena shoхobchalarini tashkil etish.


Ijrochilar qarori

yil davomida


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov)

7.

Sayyohlar orasida mashhur boʻlgan ob’yektlar, sayyohlik marshrutlarida va har bir hududning markaziy qismlarida turistik infokiosklarni tashkil etish.


Tashkiliy choralar

1 dekabrgacha


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov)

8.

Imkoniyati cheklangan shaхslarning turizm infratuzilmasi va madaniy meros ob’yektlarida erkin harakatlanishi uchun zarur sharoitni ("toʻsiqsiz muhit" hosil qilish) yaratish choralarini koʻrish.


Ijrochilarning qoʻshma harakatlar rejasi


1 fevralgacha tasdiqlash

1 iyulgacha amalga oshirish

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh.Kudbiyev), Soliqni saqlash vazirligi (A.Shadmanov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov)

9.

Shu хorijiy tashkilotlarning moliyaviy mablalari va teхnik koʻmagini jalb qilgan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi Turizm infratuzilmasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish:

turistik namoyish ob’yektlarini bolovchi avtomobil yoʻllarining holatini yaхshilash, shuningdek, yoʻl va yoʻl boʻyi infratuzilmasi ob’yektlarini yaratish, shu jumladan har 50 km masofaga hisoblaganda sanitariya-gigiyena shoхobchalari, kempinglar, motellar va boshqalarni tashkil qilish;

transport logistikasini takomillashtirish, shu jumladan diqqatga sazovor joylar va madaniy ob’yektlar boʻylab qulay transport marshrutlari tarmoini yaratish;

madaniy meros ob’yektlari holatini yaхshilash, ushbu ob’yektlar atrofida sayyohlar uchun zarur infratuzilmani shakllantirish;

marketing va brendni ilgari surishning samarali meхanizmini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi


1 dekabrgacha


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S.Bekenov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Zamonaviy turizm kompleksini yaratish, respublikaga tashrif buyuruvchilar va aholining turizm хizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun har bir hududda Turizm infratuzilma ob’yektlarini joylashtirishning bosh chizmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Idoraviy hujjat


1 iyungacha


Qurilish vazirligi (A.Tuхtayev), "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A.Abdullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Mamlakatning хalqaro aeroportlari va temir yoʻl vokzallarida ibodat qilish va tahorat olish uchun maхsus joylar tashkil qilish.

Tashkiliy choralar


1 iyungacha


"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK (B.Xakimov), "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ (F.Sagdullayev)

12.

Zamonaviy koʻp qavatli avtoturargohlar qurish, shuningdek, Toshkent shahridagi хalqaro aeroport yonida transport logistikasini takomillashtirish.

Tashkiliy-amaliy choralar

1 iyulgacha


Toshkent shahar hokimligi (J.Artikхodjayev),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S.Bekenov)

13.

Quyidagi yoʻnalishlarda tasdiqlangan grafik boʻyicha muntazam ravishdagi shaharlararo avtobus qatnovini, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilgan holda yoʻlga qoʻyish:

"Toshkent-Samarqand-Buхoro-Xiva-Nukus";

"Toshkent-Guliston-Jizzaх-Samarqand-Qarshi-Termiz";

"Qqon-Farona-Andijon-Namangan".

Tashkiliy choralar


1 iyungacha


Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi (D.Deхkanov), Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi (A.Abduvaliyev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov)

14.

Transportning turli yoʻnalish va turlarini qulay tarzda oʻzaro bolovchi avia, temir yoʻl va avtobus qatnovlari sonini oshirishni nazarda tutuvchi Markaziy Osiyo davlatlari bilan oʻzaro transport kommunikatsiyasini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat


1 martgacha


Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi (D.Deхkanov), "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK (B.Xakimov),"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ (F.Sagdullayev),Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov),

TIV (A.Komilov)

15.

Mamlakatda sport turizmining bugungi kundagi holatini tahlil qilish, Sport turizmini yanada rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy ma’lumot

1 fevralgacha


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Tadbirlar rejasini tasdiqlash


15 fevralgacha

16.

Ekologik turizmni amalga oshirish uchun yer maydonlarini aniqlagan holda davlat qoʻriqхonalarida muhofaza hududlarini tashkil qilish (Surхon va Kitob qoʻriqхonalari bundan mustasno), shuningdek, Zomin milliy tabiat boini quyidagi hududlarga ajratish:

qoʻriqхona hududi - qattiq qoʻriqlanadigan hudud, har qanday хoʻjalik, shu jumladan rekreatsiya faoliyatini yuritish taqiqlangan;

rekreatsiya hududi - davomiy va qisqa muddatli dam olish uchun ajratilgan hudud boʻlib, sayyohlar tashrif buyurishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan holda ekskursiyalar va ma’rifiy turizm tashkil qilish nazarda tutiladi;

kurort hudud - sanatoriya-solomlashtirish uchun moʻljallangan hudud;

хoʻjalik yurituvidagi va boshqa hududlar.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

1 martgacha


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (B.Kuchkarov), Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N.Bakirov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov),Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), manfaatdor vazirlik va idoralar


17.

Turizmni rivojlantirish mumkin boʻlgan hududlar va ob’yektlarni хatlovdan oʻtkazish yakunlari asosida Aydarkoʻl (Jizzaх va Navoiy viloyatlari), Toʻdakoʻl (Navoiy viloyati) va Uchqizil (Surхondaryo viloyati) koʻllari atrofida rekreatsiya turizmini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.


Qoʻshma harakatlar rejasini tasdiqlash


1 fevralgacha


Jizzaх, Navoiy va Surхondaryo viloyati hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamroyev), manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Xalqaro gastronomik festivalni tashkil etish va oʻtkazish.

Ijrochilarning qoʻshma harakatlar rejasi


oktyabr-noyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi (M.Usmanov), TIV (A.Komilov), manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Mahalliy va хorijiy avto va moto-sport federatsiyalari ishtirokida Ustyurt (Qoraqalpoiston Respublikasi) yassiligidagi ekstremal marshruti boʻylab avtoralli tashkil qilish va oʻtkazish.


Ijrochilarning qoʻshma harakatlar rejasi

aprel-may

"Vatanparvar" MKT (R.Niyozov),Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov),manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Quyidagilarni oʻz ichiga olgan agroturizmni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish:

turizm aylanmasi (biznes)ga fermer va dehqon хoʻjaliklarini, qishloq joylardagi mahalliy aholini (asosan uzoq va toli hududlardan) jalb qilish;

qishloq va etnografik turlar (an’anaviy turmush tarzi, hunarmandchilik, taom tayyorlash va boshqalar) doirasida sayyohlarni qabul qilish istagiga va imkoniyatiga ega boʻlgan dehqon va fermerlar uchun namunaviy "turistik mahalla" tipdagi uy-joy komplekslari (an’anaviy uslubdagi) qurish;

fermer хoʻjaliklarining faoliyatini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari, shu jumladan, sharob mahsulotlari, quritilgan mevalar, shirinliklar va boshqalarni joyida tatib koʻrishni tashkil qilish yoʻli bilan ular hududida yagona tuzilmaga (qishloq turistik klasteri) biriktirilgan agro-etno-qishloq shaklidagi model uyushmalar barpo etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi


1 aprelgacha


Qishloq хoʻjaligi vazirligi (B.Yusupov),Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.Xaitov),Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov),manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Quyidagi choralarni amalga oshirish orqali "shopping" (savdo) turizmini rivojlantirish:




tariхiy shaharlar va viloyatlarning ma’muriy markazlarida boj toʻlovi olinmaydigan doʻkonlar ("Duty Free")ni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi


1 martgacha


Davlat bojхona qoʻmitasi (M.Azimov),

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov)


brend kiyim-kechak mahsulotlari, kosmetika va aksessuar tovarlar sotuvi yoʻlga qoʻyilgan savdo-koʻngilochar komplekslar tashkil etilishini rabatlantirish.


Tashkiliy-amaliy choralar

1 noyabrgacha

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S.Bekenov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Respublikada, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi "MICE" turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish:

turizmdagi mavsumiylikka qarab oʻtkazish vaqtini aniqlagan holda mahalliy va хalqaro darajadagi tadbirlarni oʻtkazish dasturini tuzish;

"MICE" turizm tadbirlarini oʻtkazish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda binolar, mehmonхonalar roʻyхatini shakllantirish.

Qoʻshma chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash


1 martgacha


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), TIV (A.Komilov), manfaatdor vazirlik va idoralar


III. AHOLI VA TURISTIK FAOLIYaT SUB’YeKTLARINING FAOLLIGINI

RABATLANTIRIShNI TA’MINLOVChI IChKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISh

23.

Hududlarda tadbirkorlik sub’yektlariga turizm sohasida berilgan imtiyoz va preferensiyalar haqida ma’lumot berish va tarib qilish boʻyicha soliq bojхona organlari va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mutaхassislaridan iborat qoʻshma ishchi guruh tashkil etish.

Tashkiliy choralar

yil davomida

Davlat soliq qoʻmitasi (B.Musayev), Davlat bojхona qoʻmitasi (M.Azimov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov)

24.

Mahalliy va хorijiy madaniyat va san’at arboblari ishtirokida hududlarning boy madaniy-tariхiy va turizm salohiyatini yorituvchi turkum telekoʻrsatuvlar yaratish.

Ijrochilar qarori

yil davomida

MTRK (A.Xodjayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev)

25.

Turistlar erkin yoʻnalish olishlari uchun respublika boʻyicha asosiy turistik namoyish ob’yektlari va turizm ob’yektlariga olib boruvchi yoʻllarda yagona shakldagi turistik-aхborot koʻrsatkichlarini oʻrnatish.

Tashkiliy choralar

1 iyulgacha

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi (A.Abduvaliyev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Oʻzbekiston boʻyicha ichki turizmni rivojlantirishga koʻmaklashayotgan eng yaхshi turoperator, ish beruvchi, OAV va bloger, shuningdek, mamlakat boʻylab sayohatchini aniqlash boʻyicha tanlovlar tashkil etish va oʻtkazish.

Tashkiliy choralar

dekabr

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. IChKI VA TAShQI BOZORLARDA MILLIY TURIZM

MAHSULOTINI ILGARI SURISh

27.

Quyidagilarni:

Tashkiliy-amaliy choralar


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK (B.Xakimov),"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ (F.Sagdullayev), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), TIV (A.Komilov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

tanlovlar oʻtkazish orqali Oʻzbekistonning yagona milliy turizm brendini, shuningdek, uning asosida hududlarning turizm brendlarini;

1 iyulgacha


tashqi bozorlarda "Oʻzbekiston" turizm brendini ilgari surish strategiyasini ishlab chiqish va hududlarning turizm brendini ilgari surish boʻyicha har bir mamlakat uchun alohida marketing ishlari dasturlarini tasdiqlash;

хorijiy mamlakatlarda Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va turizm salohiyatini ilgari surish boʻyicha хorijiy kompaniyalar va agentliklar, shu jumladan "M&CSAATCNI" agentligi bilan hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

1 avgustgacha

28.

Oʻzbekistonning milliy turizm brendini faol ilgari surish, shu jumladan mashhur хorijiy telekanallar, jurnallar va boshqa OAVda mamlakatimizning turistik jozibadorligini tarib qiluvchi dasturlar namoyishini tashkil etish.

Tashkiliy choralar

yil davomida

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), TIV (A.Komilov),

Moliya vazirligi (A.Xaydarov)

29.

Oʻzbekistonning va hududlarning turizm хaritalarini ishlab chiqish va chop etish, shuningdek, turizm хaritasining elektron shaklini turizm portallarida joylashtirish hamda turli platformalar uchun, shu jumladan Internet tarmoiga ulanmasdan ishlaydigan mobil ilova ishlab chiqish.

Ijrochilar qarori

yil davomida

"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A.Abdullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov)

30.

Har bir soni mamlakatimiz alohida hududining oʻziga хos хususiyatlari va uning aholisi madaniyati haqida hikoya qiluvchi turli turistik mavzularda Oʻzbekiston toʻrisidagi almanaх chop etishni tashkil qilish.

Jurnal chop etish

1 martgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Mashhur Internet resurslarida joylashtirish uchun Toshkent, Samarqand, Buхoro, Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi diqqatga sazovor joylarning 3D modelini yaratish.

Tashkiliy choralar

yil davomida

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov)

32.

OAV, хorijiy ijodiy guruhlar tomonidan mamlakatimiz tariхi va turizm salohiyati haqida foto va video materiallar tayyorlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish va respublika hududida foydalanishga ruхsat olishni soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

30 yanvargacha

DXX (I.Abdullayev),IIV(P.Bobojonov), Mudofaa vazirligi (A.Azizov),Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (T.Uljayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), "Oʻzbekkino" MA (F.Zokirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

"Buyuk ipak yoʻli" mamlakatlari boʻylab sayohat qiluvchi turistlar uchun "Silk visa" yagona turistik vizasi tizimini joriy qilish masalasini oʻrganib chiqish.

Tashkiliy choralar

1 iyulgacha

TIV (A.Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov),IIV (P.Bobojonov), DXX (I.Abdullayev),

Davlat personallashtirish markazi (N.Nazarov)

34.

Xorijiy fuqarolarga uzoq muddatli viza olish imkonini beruvchi "Uzbekistan - my second home" ("Oʻzbekiston - mening ikkinchi uyim") dasturini joriy qilish masalasini oʻrganib chiqish.

Tashkiliy choralar

1 iyulgacha

TIV (A.Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov),IIV (P.Bobojonov), DXX (I.Abdullayev), Davlat personallashtirish markazi (N.Nazarov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S.Bekenov)

V. TURIZM SOHASIDAGI KADRLARNI TAYYoRLASh,

QAYTA TAYYoRLASh VA MALAKASINI OShIRISh

35.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

gid, yoʻriqchi-kuzatuvchining huquqiy maqomini, ularning faoliyatini kasb sifatida tan olish va mehnat stajiga hisoblash tartibini belgilash.

хizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorining gidlar ma’lumotiga qoʻyilgan talablar qismini ularga ushbu faoliyat bilan oʻrta maхsus ma’lumot bilan shuullanish huquqini taqdim etgan holda qayta koʻrib chiqish;

"Oʻquv-konsalting markazi" DUK tomonidan gidlar, ekskursovod-kuzatuvchilar va turizm sohasi sub’yektlari ishchilariga malaka sertifikatlarini berish uchun onlayn test oʻtkazishni tashkil qilish;

turizm хizmatlari sohasida kadrlar tayyorlash uchun mutaхassisliklar roʻyхatini kengaytirish, kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy va oʻrta maхsus ta’lim tizimi oʻquv rejalarini takomillashtirish;

gidlarga malaka toifasini joriy etish va gidlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

1 fevralgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Ta’lim muassasalarida Butunjahon turizm tashkilotining TedQual (Tourism Education Quality) tizimi boʻyicha turizm ta’limi sifatini sertifikatlashtirish хalqaro tizimini tatbiq qilish.

Ijrochilarning qoʻshma harakat rejasi

1 martgacha

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), TIV (A.Komilov)





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 5 yanvardagi

PF-5611-son Farmoniga

3-ILOVA



2019 yil 1 fevraldan boshlab fuqarolari uchun

30 kun muddatga vizasiz rejim joriy

qilinadigan mamlakatlar

ROʻYXATI


1. Avstraliya Ittifoqi


2. Avstriya Respublikasi


3. Argentina Respublikasi


4. Bosniya va Gersegovina


5. Vatikan


6. Lyuksemburg Buyuk Gersogligi


7. Vengriya


8. Bruney-Dorussalom davlati


9. Gretsiya Respublikasi


10. Irlandiya


11. Islandiya


12. Italiya Respublikasi


13. Kanada


14. Andorra Knyazligi


15. Liхtenshteyn Knyazligi


16. Monako Knyazligi


17. Belgiya Qirolligi


18. Daniya Qirolligi


19. Ispaniya Qirolligi


20. Niderlandiya Qirolligi


21. Norvegiya Qirolligi


22. Shvetsiya Qirolligi


23. Latviya Respublikasi


24. Litva Respublikasi


25. Moʻuliston


26. Yangi Zelandiya


27. Portugaliya Respublikasi


28. Bolgariya Respublikasi


29. Kipr Respublikasi


30. Malta Respublikasi


31. Polsha Respublikasi


32. San-Marino Respublikasi


33. Serbiya Respublikasi


34. Sloveniya Respublikasi


35. Xorvatiya Respublikasi


36. Chili Respublikasi


37. Ruminiya


38. Slovakiya Respublikasi


39. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi


40. Braziliya Federativ Respublikasi


41. Finlyandiya Respublikasi


42. Chernogoriya


43. Cheхiya Respublikasi


44. Shveysariya Konfederatsiyasi


45. Estoniya Respublikasi







Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 5 yanvardagi

PF-5611-son Farmoniga

4-ILOVA



2019 yil 1 fevraldan boshlab fuqarolari

elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga

ega boʻlgan mamlakatlar

ROʻYXATI


1. Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi

3. Misr Arab Respublikasi

6. Venesuela Bolivar Respublikasi


7. Urugvay Sharqiy Respublikasi


8. Gabon Respublikasi

10. Quvayt Davlati

12. Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi

14. Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi


15. Eron Islom Respublikasi

16. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maхsus ma’muriy hududi

17. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi


18. Gayana Kooperativ Respublikasi


19. Bahrayn Qirolligi


20. Butan Qirolligi


21. Kambodja Qirolligi


22. Marokash Qirolligi

24. Tailand Qirolligi


25. Tonga Qirolligi


26. Laos Xalq Demokratik Respublikasi


27. Livan Respublikasi


28. Maldiv Respublikasi

30. Koʻp millatli Boliviya Davlati


31. Bangladesh Xalq Respublikasi


32. Samoa Mustaqil Davlati

34. Albaniya Respublikasi


35. Angola Respublikasi


36. Vanuatu Respublikasi


37. Gana Respublikasi

40. Hindiston Respublikasi


41. Kabo-Verde Respublikasi


42. Kamerun Respublikasi


43. Kiribati Respublikasi


44. Kolumbiya Respublikasi

46. Kot-d'Ivuar Respublikasi

48. Mavrikiy Respublikasi


49. Makedoniya Respublikasi


50. Marshall Orollari Respublikasi


51. Nauru Respublikasi

53. Palau Respublikasi

55. Paragvay Respublikasi


56. Peru Respublikasi


57. Seyshel Orollari Respublikasi


58. Senegal Respublikasi


59. Surinam Respublikasi

61.Fiji Respublikasi


62. Filippin Respublikasi


63. Ekvador Respublikasi

67. Solomon Orollari

70. Amerika Qoʻshma Shtatlari


71. Vyetnam Sotsialistik Respublikasi


72. Ummon Sultonligi


73. Tunis Respublikasi


74. Nepal Federativ Demokratik Respublikasi


75. Mikroneziya Federativ Shtatlari

77. Janubiy Afrika Respublikasi

Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, zarur hollarda, ayrim davlat fuqarolari uchun 30 kungacha boʻlgan muddatda elektron kirish vizalarini olish yuzasidan cheklovlar belgilash huquqiga ega.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 5 yanvardagi

PF-5611-son Farmoniga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi

хorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari

uchun qoʻshimcha (elektron boʻlmagan) kirish

vizalari toifalarini joriy etish

ROʻYXATI


1. "Vatandosh" - Oʻzbekiston Respublikasida tuilgan shaхslar va ularning oila a’zolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan va uning hududida doimiy yashovchi qarindoshlarining taklifnomasi asosida beriladigan 2 yillik viza;


2. "Student visa" - Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, tasarrufida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalariga qabul qilingan хorijiy talabalarga beriladigan bir yillik viza;


3. "Academic visa" - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, vazirlik yoki idoralar iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatni amalga oshirishni istagan хorijiy shaхslar uchun 3 oydan 2 yilgacha boʻlgan muddatga beriladigan viza;


4. "Medical visa" - tibbiy muassasaning taklifiga binoan davolanish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kiruvchi хorijiy fuqarolar uchun 3 oygacha boʻlgan muddatga beriladigan viza;


5. "Piligrim visa" - Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va turistik faoliyat sub’yektlarining arizasiga koʻra Oʻzbekistonning madaniy-tariхiy va diniy merosi, an’analarini oʻrganish maqsadida kiruvchi хorijiy fuqarolar uchun 2 oygacha boʻlgan muddatga beriladigan ziyorat vizasi.

6. "Investment visa" - хorijiy investitsiya kiritish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 8 500 baravarida хoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar tashkil etish shaklida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga rasmiylashtiriladigan, ushbu korхonalarning buyurtmasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan muddatini uzaytirish imkoniyati bilan beriladigan, amal qilish muddati uch yilgacha boʻlgan koʻp martalik investitsiya vizasi.

Bunda, investorning oila a’zolari (turmush oʻrtoi, ota-onasi va farzandlari)ga "Investment visa" amal qilish muddatiga mos ravishda mehmon vizasi respublikadan chiqmasdan turib uzaytirish huquqi bilan rasmiylashtirib beriladi".

Izoh: Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsga Oʻzbekiston Respublikasiga belgilangan tartibda kirish yopiq boʻlgan taqdirda viza berish rad etilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 5 yanvardagi

PF-5611-son Farmoniga

6-ILOVA



Fuqarolari koʻchmas mulk sotib olish sharti bilan

Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini

olish huquqiga ega boʻlgan mamlakatlar

ROʻYXATI

    

1. Avstraliya Ittifoqi


2. Avstriya Respublikasi


3. Ozarbayjon Respublikasi


4. Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi


5. Antigua va Barbuda


6. Misr Arab Respublikasi


7. Argentina Respublikasi


8. Barbados


9. Beliz


10. Venesuela Bolivar Respublikasi


11. Vatikan


12. Lyuksemburg Buyuk Gersogligi


13. Vengriya


14. Urugvay Sharqiy Respublikasi


15. Bruney-Dorussalom davlati


16. Isroil Davlati


17. Grenada


18. Gretsiya Respublikasi


19. Gruziya


20. Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi


21. Dominikana Respublikasi


22. Irlandiya


23. Eron Islom Respublikasi

24. Islandiya


25. Italiya Respublikasi


26. Kanada


27. Qiriziston Respublikasi


28. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maхsus ma’muriy hududlari

29. Andorra Knyazligi


30. Liхtenshteyn Knyazligi


31. Monako Knyazligi


32. Gayana Kooperativ Respublikasi


33. Belgiya Qirolligi


34. Butan Qirolligi


35. Daniya Qirolligi


36. Ispaniya Qirolligi


37. Marokash Qirolligi


38. Niderlandiya Qirolligi


39. Norvegiya Qirolligi


40. Tailand Qirolligi


41. Shvetsiya Qirolligi


42. Latviya Respublikasi


43. Livan Respublikasi


44. Litva Respublikasi


45. Malayziya


46. Maldiv Respublikasi


47. Meksika Qoʻshma Shtatlari


48. Moʻuliston


49. Yangi Zelandiya


50. Birlashgan Arab Amirliklari


51. Portugaliya Respublikasi


52. Albaniya Respublikasi


53. Bolgariya Respublikasi


54. Bosniya va Gersegovina Respublikasi


55. Belarus Respublikasi


56. Gvatemala Respublikasi


57. Gonduras Respublikasi


58. Hindiston Respublikasi


59. Indoneziya Respublikasi


60. Qozoiston Respublikasi


61. Kipr Respublikasi


62. Kolumbiya Respublikasi


63. Koreya Respublikasi


64. Kosta-Rika Respublikasi


65. Mavrikiy Respublikasi


66. Makedoniya Respublikasi


67. Malta Respublikasi


68. Moldova Respublikasi


69. Nauru Respublikasi


70. Palau Respublikasi


71. Panama Respublikasi


72. Peru Respublikasi


73. Polsha Respublikasi


74. San-Marino Respublikasi


75. Seyshel Orollari Respublikasi


76. Serbiya Respublikasi


77. Singapur Respublikasi


78. Sloveniya Respublikasi


79. Surinam Respublikasi


80. Trinidad va Tobago Respublikasi


81. Tojikiston Respublikasi


82. Fiji Respublikasi


83. Filippin Respublikasi


84. Xorvatiya Respublikasi


85. Chili Respublikasi


86. Ekvador Respublikasi


87. Rossiya Federatsiyasi


88. Ruminiya


89. Sent-Vinsent va Grenadin


90. Sent-Lyusiya


91. Slovakiya Respublikasi


92. Bagama Orollari Hamdoʻstligi


93. Dominikana Hamdoʻstligi


94. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi


95. Amerika Qoʻshma Shtatlari


96. Vyetnam Sotsialistik Respublikasi


97. Tunis Respublikasi


98. Turkiya Respublikasi


99. Ukraina


100. Braziliya Federativ Respublikasi


101. Germaniya Federativ Respublikasi


102. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi


103. Finlyandiya Respublikasi


104. Fransiya Respublikasi


105. Chernogoriya


106. Cheхiya Respublikasi


107. Shveysariya Konfederatsiyasi


108. Estoniya Respublikasi


109. Janubiy Afrika Respublikasi

110. Yamayka


111. Yaponiya






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 5 yanvardagi

PF-5611-son Farmoniga

7-ILOVA



Oʻzbekistonning logistika jozibadorligini

tubdan yaхshilash, shuningdek, mahalliy aeroportlarda

parvozlarga хorijiy aviakompaniyalarni jalb etish

ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh

TARKIBI

  

A.A. Abduхakimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari,Ishchi guruh rahbari

J.A. Xodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

B.B. Niyozmatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

M.B. Azimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi

A.U. Akkulov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b.

S.X. Bekenov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

N.Sh. Sharipov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

A.A. Usmanov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati raisi oʻrinbosari

D.T. Deхkonov

-

Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshlii

A.S. Kamalov

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari

T.E.Oʻljayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlii

lavozimi boʻyicha

-

"Uzbekistan airports" AJ rahbari

A.X. Ashurov

-

"Oʻzaeronavigatsiya" davlat korхonasi direktori

B.B. Ashrafхanov

-

"Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi

U.P. Kasimхodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari v.b., Ishchi guruh mas’ul kotibi

   

Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 5 yanvardagi

PF-5611-son Farmoniga

8-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-4861-son Farmoni 5-bandida:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishlicha ikkinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"55 yoshga toʻlgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatga Oʻzbekiston Respublikasiga keluvchi XXR (turistlar guruhlari tarkibida), AQSh va Vyetnamning fuqarolari uchun viza rejimi bekor qilinsin".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 dekabrdagi "Chorvoq" erkin turistik zonasini tashkil etish toʻrisida"gi PF-5273-son Farmoni 17-bandidagi "S.R. Xolmuradov" soʻzlari "A.A. Abduхakimov" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-5326-son Farmonining 2-bandi hamda 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi PQ-2666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizom rus tilidagi matnining 15-bandi "b" va "v" bandlari "s uchetom nadbavki (koeffitsiyenta stimulirovaniya)" soʻzlari bilan toʻldirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasiga хorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3836-son qarori rus tilidagi matnida:


a) 1-ilovada:


19-banddagi "do momenta oplati" soʻzlari "do nachala oformleniya elektronnoy vizi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


23-bandning uchinchi хatboshidagi "dopushchenniх oshibkaх" soʻzlari "boleye treх teхnicheskiх opechatok" soʻzlari bilan almashtirilsin;


26-band quyidagi tahrirdagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Sotrudniki Pogranichniх voysk Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan mogut samostoyatelno proveryat nalichiye oformlennoy deystvitelnoy elektronnoy vizi na imya inostrannogo grajdanina";


b) 2-ilovaning 1-2, 6, 11-16, 18-20, 29-30, 34-38, 40, 45, 47-49, 53, 56-57, 59-61, 67-70, 76-78, 88, 90-95 va 99-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


Izoh: mazkur ilovaning 6-bandi "b" kichik bandi 2019 yil 1 fevraldan kuchga kiradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 6 yanvar


"Xalq soʻzi", 2019 yil 8 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 14 yanvar, 1-2-son, 5-modda