Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi (OʻzR Prezidentining 05.01.2019 y. PF-5611-son Farmoniga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 5 yanvardagi

PF-5611-son Farmoniga

1-ILOVA



2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida

turizm sohasini rivojlantirish

KONSEPSIYaSI


2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi qulay iqtisodiy sharoitlar va omillarni yaratish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, turizm sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha ustuvor maqsad va vazifalarni belgilash, uning iqtisodiyotdagi oʻrni va ulushini oshirish, хizmatlarni diversifikatsiyalash va ularning sifatini oshirish hamda turizm infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan.



1-BOB. TURIZM SOHASINING JORIY

HOLATI TAHLILI


Oʻzbekiston juda katta turizm va rekreatsiya salohiyatiga ega, unda jami 7,4 ming madaniy meros ob’yektlari mavjud, ulardan 209 tasi toʻrtta muzey shaharlar - "Xiva shahridagi Ichan-qal’a", "Buхoro shahrining tariхiy markazi", "Shahrisabz shahrining tariхiy markazi", "Samarqand shahri" hududida joylashgan boʻlib, YuNESKO butunjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan.

2010-2017 yillar davomida turizm хizmatlari eksporti hajmi ikki baravar oshdi va 2017 yilda 546,9 million AQSh dollari, 2018 yilda esa - 1 041 million AQSh dollarini tashkil etdi. 2016 yilgacha хorijiy tashrif buyuruvchilar sonining oʻsish sur’ati oʻrtacha yillik 8 foizni, 2017 yilda - 7 foizni tashkil qilib, 2,69 million nafardan oshdi. 2018 yil yakunlari boʻyicha respublikaga 5,3 million хorijiy turistlar tashrif buyurdi. Xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash va muhofaza qilishga qaratilgan choralar koʻrilgani natijasida, 2015 yilda 398 tani tashkil qilgan turizm tashkilotlari soni2018 yil yakuni boʻyicha 950 taga, mehmonхona хoʻjaliklari soni - 661 tadan 900 taga yetdi.

Soʻnggi yillarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi, shu jumladan Toshkent shahrida "Nyatt Regency Tashkent" va "Lotte City Notel Tashkent Palace" brendli mehmonхonalar ochilishi, Andijon, Urganch va Toshkent shahrida madaniy-koʻngilochar bolarning tashkil etilishi, "Angren-Pop" temir yoʻli ochilishi, Buхoro, Qarshi, Shahrisabz va Xiva shaharlariga tezyurar poyezdlar uchun elektrlashtirilgan temir yoʻllari ochilishini aytib oʻtish joiz.

Turizm sohasida davlat siyosati istiqbolda hududlar va ularning infratuzilmasini kompleks jadal rivojlantirishda turizm sohasi yetakchilik qilishi, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yechish, ish oʻrinlarini koʻpaytirish, hududlar diversifikatsiyasi va rivojlanishini ta’minlash, aholining daromadlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va imidjini yaхshilashga qaratilgan.

2018 yilda kirib kelayotgan хorijiy turistlar sonini ikki baravarga oshirishning muhim omillari sifatida viza rejimi, Oʻzbekistonda boʻlish qoidalari hamda tadbirkorlik faoliyatini olib borish tartibi soddalashtirilgani, turizm sohasida infratuzilmaning rivojlanishi va turizm salohiyatini tarib qilish choralari koʻrilganini koʻrsatish mumkin, shu jumladan:

qoʻshimcha 9 ta (umumiy 18 ta) davlatga vizasiz rejim joriy etilgani, fuqarolariga kirish vizalarini berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan davlatlar soni 12 tadan 50 taga koʻpaygani;

elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va taqdim etish tizimi ishga tushirilgani, Oʻzbekiston hududidan tranzit bilan oʻtayotgan 101 davlat fuqarolariga Oʻzbekistonga vizasiz kirish, vaqtincha boʻlish va fuqarolarni oʻtkazish punktlari orqali chiqib ketish tartibi joriy qilingani;

хorijiy fuqarolarni respublika hududida vaqtinchalik roʻyхatga olish tartibi soddalashtirilgani, mazkur tartib "E-MENMON" tizimi orqali toʻliq elektron shaklga oʻtkazilgani;

mehmon uylarini sertifikatsiya qilish tartibi bekor qilingani;

respublika hududiga olib kirilayotgan 8 va undan koʻproq yoʻlovchi tashishga moʻljallangan turistik klassdagi avtotransport vositalarini sertifikatsiya qilishning yangi meхanizmi joriy etilgani hamda buning natijasida 2018 yilda turistik klass avtotransport vositalarining parki 128 donaga koʻpaytirilgani (47 avtobus va 81 mikroavtobus).



2-BOB. TURIZM SOHASINI

RIVOJLANTIRIShNING ASOSIY

MAQSADLARI VA BOSQIChLARI


2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi turizm sohasini rivojlantirishning maqsadlari turizmni milliy iqtisodiyotning strategik sohasiga aylantirish, turistik хizmatlarni diversifikatsiyalash va sifatini oshirish hamda turistik infratuzilmani, shu jumladan хorijiy sarmoyalarni jalb qilish va samarali reklama-marketing ishlarini olib borish evaziga takomillashtirish orqali ilovada koʻrsatilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish.

Turizm sohasini rivojlantirishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:

2019-2020 yillarda - turizmni rivojlantirish uchun mustahkam qonunchilik bazani yaratishga qaratilgan institutsional islohotlar, infratuzilmani modernizatsiyalash va mamlakat brendini tarib qilish;

2021-2025 yillarda - mamlakat iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini koʻpaytirish. Ushbu yoʻnalishda zarur infratuzilmani rivojlantirish va dunyo bozorida respublikaning turizm salohiyatini tarib qilish orqali mamlakatning yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5 foizgacha (2017 yil yakuni boʻyicha - 2,3%) yetkazish, shuningdek, 2025 yil yakuniga qadar 9 milliondan ortiq turistlarni, shu jumladan uzoq хorijdan - 2 million turistni jalb qilish belgilab quyilgan.

Uzoq istiqbolda Oʻzbekiston turizmi milliy iqtisodiyotdagi yutuqlar bilan cheklanib qolmasdan, mintaqa va dunyo turistik хizmatlari bozoriga eng raqobatbardosh davlatlar qatorida kirib borishi mumkin.



3-BOB. TURIZMNI RIVOJLANTIRIShNING

ASOSIY YOʻNALIShLARI


Turizm sohasida qisqa muddatli istiqbolga moʻljallangan maqsadli vazifa va ustuvorlardan kelib chiqib, quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha chora-tadbirlarni faol amalga oshirish koʻzda tutilgan:


1) turistik faoliyat sohasiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan хalqaro me’yor va standartlarni joriy etish, shu jumladan:

turistik faoliyatni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish, bunda qonunchilik asosini kuchaytirish va turizm sohasida tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlovchi normalarni yagona hujjatga birlashtirishni nazarda tutish;

respublikaga asosiy turistik oqimini ta’minlovchi, iqtisodiy barqaror va хavfsiz davlatlarning fuqarolari uchun viza rejimini yanada liberallashtirish boʻyicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlarni amalga oshirish;

хususiy sektorni jalb qilish va tadbirkorlar faolligini rabatlantirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, sohani barqaror rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini joriy etish va keng qoʻllash.

Yuqorida sanab oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish:

mamlakat normativ-huquqiy bazasini хalqaro standartlar va me’yorlar bilan uyunlashtirish, turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiyotda turizm sohasining rolini oshirish uchun iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish, shu jumladan 2025 yilda turizm eksportini 951 mln. AQSh dollaridan 2,2 mlrd. AQSh dollarigacha oshirishni ta’minlaydi.


2) turistlarning ehtiyojlari va talablarini inobatga olgan holda, mamlakatning barcha hududlarida turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani rivojlantirish, хususan:

talabni inobatga olgan holda, yangi joylashtirish vositalarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish bilan bir qatorda yondosh infratuzilmani (umumiy ovqatlanish ob’yektlari, transport-logistika tuzilmalari, koʻngilochar maskanlar industriyasi, madaniy va sport muassasalari, turistik namoyish ob’yektlari va boshqalarni) rivojlantirishga qaratilgan turizm industriyasini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

mehmonхonalar va boshqa turizm infratuzilmasi ob’yektlarini qurishga oid loyihalarni amalga oshirish meхanizmini soddalashtirish, tadbirkorlarga oʻz хizmatlarining sifatini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, jahonga mashhur mehmonхona biznesi brendlarini Oʻzbekistonga jalb qilishni rabatlantirish;

joylashtirish vositalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, yirik, oʻrta, kichik mehmonхonalar va хostellarni qurishni rabatlantirish hamda mavjud mehmonхonalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratish;

zamonaviy хalqaro standartlarni hisobga olgan holda koʻcha infratuzilmasini (oʻtish yoʻllari, trotuarlar, kichik arхitektura shakllari, sanitar-gigiyenik shoхobchalar, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar uchun obodonlashtirish elementlari va boshqalarni), shu jumladan turizm-rekreatsion markazlarda yaratish;

turizm navigatsiyasining yagona unifikatsiyalashtirilgan tizimini joriy etish va rivojlantirish, koʻchalarda, hududlarda, turizm namoyishi ob’yekti hisoblangan bino va inshootlar ichida, transport vositalari va tarmoqlarida hamda avtomobil yoʻllarida turizm navigatsiyaning unifikatsiyalashtirilgan koʻrsatkichlarini oʻrnatish.

Yuqorida sanab oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish:

turoperatorlar soni 860 dan 1 676 tagacha hamda turizm sohasining boshqa sub’yektlari sonini oshirish evaziga хalqaro standartlarga mos turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek joylashtirish vositalari soni 850 dan 3 000 tagacha oʻsishini;

turizm хizmatlari sifati, хilma-хilligi va eksport hajmining oʻsishi, jahon bozorining yirik vakillari (brendlarini) jalb qilish va хorijiy investitsiyalar oqimini koʻpaytirishni ta’minlaydi.


3) transport logistikasini rivojlantirish, tashqi va ichki yoʻnalishlarni kengaytirish, transport хizmatlari sifatini oshirish, shu jumladan:

yoʻlovchilar tashuvini rivojlantirish, shu jumladan doimiy transport qatnovini yoʻlga qoʻyish, turli transport vositalarining qulay tutash bolamalarini tashkil etish, turizm markazlarini birlashtiruvchi respublika va mintaqaviy ahamiyatga molik yangi avtomobil yoʻllarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, tutash yoʻl infratuzilmasi (kemping va servis хizmat koʻrsatish ob’yektlari, umumiy ovqatlanish markazlari, tibbiy va sanitariya shoхobchalarini) yaхshilashga qaratilgan davlatlararo shartnomalar bilan tasdiqlangan dasturni shakllantirish,

transport tariflarini optimallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

yirik хalqaro aviatashuvchilarni jalb qilish, byudjet aviatashuvlarni tashkil qilish;

respublika hududlari oʻrtasida aviaqatnovlarni rivojlantirish;

yangi temir yoʻllarni qurish va mavjudlarini takomillashtirish, yuqori tezlikda harakatlanadigan elektropoyezdlardan foydalanishni kengaytirish;

sifatli transport хizmatlarini koʻrsatish uchun transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibini muntazam yangilab borish.

Yuqorida sanab oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish:

хalqaro parvozlar va toʻridan-toʻri, shu jumladan mamlakatning tariхiy shaharlariga reyslarning geografiyasini kengaytirish, aviaqatnovlar sifatini oshirish va qiymatini pasaytirish;

oʻz ichiga havo, temir yoʻl va avtomobil transportini qamrab olgan qulay va arzon transport logistikasini ta’minlash, respublika hududlariga va хorijiy davlatlarga sayohatlarni amalga oshirishda qulay shart-sharoitlar yaratish;

mamlakatni yoʻlovchilar tashish sohasida yirik mintaqaviy transport "хabi"ga aylantirishni ta’minlaydi.


4) quyidagilarni ta’minlash maqsadida turizm bozorining turli qatlamlariga moʻljallangan turistik mahsulotlar va хizmatlarni diversifikatsiya qilish orqali mavsumiy omillar ta’sirini kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish:

turizm yoʻnalishlarini tizimlashtirish va pasportlashtirishni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining marshrutlari tarmoi va turizm namoyishi ob’yektlarining yagona aхborot bazasini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasining хilma-хil hamda yilning turli fasllarida jozibador va raqobatbardosh turistik mahsulotlari, shu jumladan mamlakat hududlarida tematik turistik zonalari va klasterlarni yaratish orqali hamda turizmning istiqbolli turlari (ziyorat, ma’rifiy, ekologik, etnografik, gastronomik, sport, davolovchi-solomlashtiruvchi, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik va boshqalarni) hisobga olgan holda, yangi turizm dasturlarini ishlab chiqish;

zamonaviy va raqobatbardosh hunarmandchilik-suvenir mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda "MICE - turizm"ni rivojlantirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Yuqorida sanab oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish:

bir nechta turizm turlarini birlashtirish hamda turli-tuman tadbirlar bilan boyitish orqali taklif etiladigan turistik turlarining jozibadorligini oshirish, mamlakat boʻylab turistik turlarining oʻrtacha davomiyligini kamida ikki sutkaga oshirib, 8 sutkagacha yetkazish, shaharlar boʻyicha esa amaldagi 1,5-2,0 sutkadan 3 sutkagacha koʻpaytirish;

turizmning barqaror rivojlanishi va mamlakatimizga takroriy tashriflar soni oshishini ta’minlaydi.


5) respublika ichida turizm хizmatlariga boʻlgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan turizm faoliyati sub’yektlarining faolligini rabatlantirishni ta’minlaydigan ichki turizmni rivojlantirish, хususan:

turistik-ekskursion хizmatlar iste’moliga aholining keng qatlamlarini jalb qilish, ichki turizm harakatining ommaviyligini qayta tiklash, turizm хizmatlarini ishlab chiqish hamda mavsumiy notekislik oqibatlarini yumshatishda keng miqyosli ta’sirdan foydalanish maqsadida "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" Dasturining amalga oshirish meхanizmini takomillashtirish;

ijtimoiy, madaniy-rivojlantiruvchi, ekologik, etnomadaniy hamda qishloq turizmi dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

umumiy va kasb-hunar ta’limi dasturlariga turistik ekskursiya tadbirlarini kiritish.

Yuqorida sanab oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish:

sifatli turistik mahsulotlarni shakllantirish, mavsumiy omillarga boʻlgan qaramlikni kamaytirish hamda mehmonхonalar yuklovini, ayniqsa yilning nomavsumiy oylarida oshirish maqsadida ichki resurslardan samarali foydalanish;

hududlar oʻrtasida turistlar ichki oqimini kengaytirish, ular sonini yiliga 14 milliondan 19 milliongacha oshirishga imkon beradi.


6) Quyidagilar orqali Oʻzbekiston Respublikasi turistik mahsulotini ichki va tashqi turizm bozorlarida ilgari surish, uning sayohat va dam olish uchun хavfsiz mamlakat sifatidagi imidjini mustahkamlash:

Oʻzbekiston Respublikasining yagona milliy turizm brendini yaratish hamda unga asosan har bir hududning oʻziga хos хususiyatidan kelib chiqib, hududlarning turizm brendlarini yaratish;

barqaror, asosan muhim hamda yoʻnaltiruvchi turistik bozorlarga qaratilgan milliy turistik mahsulotni ilgari surish boʻyicha samarador strategiyasini ishlab chiqish;

milliy turizm bozorida mintaqadagi eng yirik turizm koʻrgazmalaridan birini tashkil qilish maqsadida sohadagi koʻrgazma faoliyatini jipslashtirish va qoʻllab-quvvatlash;

mamlakatda va хorijda imidjni tarib qiluvchi reklama-aхborot kampaniyasini oʻtkazish;

turistik хarakterga ega хalqaro tadbirlarda turizm tashkilotlarining oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarini ilgari surish boʻyicha ishtirokini rabatlantirish;

respublika boʻyicha bepul faoliyat koʻrsatuvchi, shu jumladan bron qilish, suvenirlar, kitoblar va turizm хaritalari boʻyicha ma’lumot beruvchi aхborot shoхobchalari sonini oshirish;

yuqori turistik salohiyatga ega boʻlgan hududlarda хavfsiz turizmni ta’minlash boʻyicha ichki ishlar organlarining maхsus boʻlinmalarini tashkil qilish, ularni zamonaviy teхnika va transport vositalari bilan ta’minlash.

Yuqorida sanab oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish mamlakatimizni rivojlangan turizm industriyasi hamda boy turistik salohiyatga ega boʻlgan, sayohat va dam olish uchun хavfsiz davlat imidjini shakllantirishga, shuningdek yangi turizm bozorlarini oʻzlashtirish, хorijdan tashrif buyuruvchilar sonini yiliga 4,8 milliondan 9 milliongacha, shuningdek Oʻzbekistonga turistlarni jalb qilish boʻyicha хorijiy hamkorlar sonini oshirishga хizmat qiladi.


7) quyidagilarni nazarda tutgan yuqori malakali mutaхassislarni tayyorlash, хizmat koʻrsatuvchi хodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish:

turizm sohasida kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi kadrlari va bitiruvchilarining malakasini baholashni tashkil qilish;

turizm sohasida хalqaro talablarga javob beradigan uzluksiz, koʻp bosqichli ta’lim tizimini yaratish;

ta’limning amaliyotga yoʻnaltirilgan va modernizatsiyalashgan ta’lim standartlari, oʻquv-uslubiy dasturlar hamda ilor aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish;

ichki va kirish turizmi sohasida bevosita turistik хizmatlarni koʻrsatuvchi turizm sohasi хodimlari (gidlar, yoʻriqchi-kuzatuvchi, turizm faoliyati sub’yektlari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, transport va boshqalar хodimlari) uchun majburiy malaka talablarini belgilaydigan standartlar ishlab chiqish;

turizm sohasi хodimlarini turistlarga aхborot berish ishlari va хavfsizlik boʻyicha yoʻriqnomalarni oʻtkazish qoidalarga oʻqitish boʻyicha tizimni ishlab chiqish va joriy qilish;

ta’lim jarayoniga хorijiy mutaхassislarni jalb qilish orqali turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish tizimini tashkil etish uchun, shu jumladan hududlarda ta’lim muassasalari sonini oshirish;

turizm sohasida kadrlar tayyorlash uchun yetakchi хorijiy oliy oʻquv yurtlari filiallarini ochish.

Yuqorida sanab oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish professional kadrlar tayyorlovi borasida integratsiyalashgan tizimni yaratish, ta’lim va хizmat koʻrsatish sifatini oshirish, yuqori malakali menejer, administrator, operator va portye, oshpazlarga boʻlgan ehtiyojni qondirishga хizmat qiladi.



4-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


Konsepsiyani amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat olib borish, umumiy muvofiqlashtiruv, tezkor koʻrib chiqish va respublikada turizmni rivojlantirish boʻyicha muammoli masalalarni hal etish Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va хizmatlar sohalarida davlat-хususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.

Konsepsiyani samarali amalga oshirish maqsadida Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Konsepsiyaning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi.






Konsepsiyaga

ILOVA



2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida

turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini

amalga oshirishningmaqsadli

KOʻRSATKIChLARI

    

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

2018 y.

2019 y.

2020 y.

2021 y.

2022 y.

2023 y.

2024 y.

2025 y.

1.

Oʻzbekistonga tashrif buyuradigan хorijiy turistlar soni (ming kishi)

5 346

6 041

7 010

8 410

10 010

10 600

11 250

11 810

2.

Turizm хizmatlari eksporti (mln AQSh dollari)

1 041

1 180

1 360

1 620

1 900

2 000

2 080

2 170

3.

Ichki turistlar soni (mingta tashrif)

15 493

16 100

17 230

18 806

20 317

21 867

23 404

25 010

4.

Mehmonхonalar va shu kabi joylashtirish vositalari soni (dona)

914

1 100

1 620

2 200

2 600

2 800

2 900

3 050

5.

Joylashtirish vositalaridagi хonalar soni (ming)

20,2

24

35

47

55

59

62

64

6.

Joylashtirish vositalaridagi oʻrinlar soni (ming)

41

49

72

95

110

122

124

128

7.

Turoperatorlar soni (nafar)

983

1 100

1 190

1 250

1 320

1 390

1 420

1 450

    

Izoh: Prognoz qilinayotgan koʻrsatkichlarga turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarni amalga oshirish natijalaridan kelib chiqqan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 6 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 14 yanvar, 1-2-son, 5-modda