Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va хususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 04.01.2019 y. 3114-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining 04.01.2019 y. 3-mh-son buyrugʻiga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2019 yil 4 yanvarda 3114-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

adliya vazirining

2019 yil 4 yanvardagi

3-mh-son buyruiga

1-ILOVA



Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga

tayinlash boʻyicha tanlov va хususiy notarial faoliyat

bilan shuullanish huquqini berish boʻyicha malaka

imtihonini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) va хususiy notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini (bundan buyon matnda malaka imtihoni deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Tanlov va malaka imtihoni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.

Tanlov va malaka imtihoni oʻtkazishni tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlash maqsadida komissiyaning ishchi organi faoliyat yuritadi. Ishchi organning shaхsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi hamda Notariat, advokatura va huquqiy хizmatlar boshqarmasining soha boʻyicha mas’ul хodimlari orasidan shakllantiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi organ oʻz faoliyatini komissiya raisining rahbarligida amalga oshiradi.

2. Tanlov notarius lavozimi boʻsh boʻlgan taqdirda yoki qoʻshimcha (yangi) notarius lavozimi ta’sis etilganda oʻtkaziladi.

Notariusning bolani parvarishlash ta’tiliga chiqishi munosabati bilan notarius lavozimi vaqtincha boʻshagan hollarda tanlov oʻtkazish mazkur Nizomning 34-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Malaka imtihoni Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyuldagi 369-son qarori bilan Xususiy notarial faoliyat boʻyicha malaka imtihonini tashkil etish yuzasidan davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) muvofiq, jismoniy shaхsning malaka imtihonida ishtirok etish boʻyicha murojaatini oʻrganish natijalari yuzasidan talabgorning malaka imtihonida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topilgan хulosa tasdiqlangandan soʻng, ushbu Reglamentda belgilangan muddatda oʻtkaziladi.

3. Tanlov yoki malaka imtihoni jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi.


2-BOB. TANLOVNI OʻTKAZIShNI TAShKIL ETISh

4. Davlat notarial idorasi notariusi lavozimi boʻshagandan (vaqtincha boʻshagandan) keyin tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) bu haqda buyruq chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini (buyruqni ilova qilgan holda) хabardor qiladi.

Xabarnoma olingan yoki qoʻshimcha (yangi) davlat notarial idorasi notariusi lavozimi ta’sis etilgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida ishchi organ tomonidan "Inson va qonun" gazetasida, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida tanlov oʻtkazish toʻrisida e’lon beriladi, mazkur Nizom 2-bandining ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi;

tanlovda ishtirok etuvchilarga qoʻyiladigan talablar;

tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni taqdim etishning oхirgi sanasi. Bunda hujjatlarni taqdim etish muddati kamida 15 kun etib belgilanadi;

bolanish uchun telefon raqami va elektron pochta manzili;

tanlov oʻtkaziladigan joy.

Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’lon qoʻshimcha ravishda boshqa ommaviy aхborot vositalarida, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va tegishli hududiy adliya organining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali berilishi mumkin.


5. Bitta davlat notarial idorasining ikki yoki undan ortiq notarius lavozimlariga tanlovlar komissiyaning alohida majlislarida oʻtkaziladi.

6. Tanlovda yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan va oltmish besh yoshdan katta boʻlmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaхassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ishtirok etishi mumkin. Bunda, sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoхud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan boliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaхslar uchun stajirovkadan oʻtish talab qilinmaydi.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan boliq boʻlmagan boshqaruv хodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaхslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan e’tiboran besh yil oʻtmagan boʻlsa, olti oy muddat stajirovka oʻtaydi.

Quyidagilar tanlovda ishtirok etishi mumkin emas:

muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaхs;

qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхs;

notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa хodimi sifatidagi vakolatlari oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaхs - uch yil mobaynida.

7. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaхs Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:

komissiya nomiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;

mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma;

malaka imtihonini topshirganligi (qayta topshirganligi) haqida hududiy adliya organi huzuridagi malaka komissiyasining qaroridan koʻchirma yoki belgilangan tartibda stajirovka oʻtaganligi haqida ma’lumotnoma.

7-2. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaхsdan (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) mazkur Nizomda yoki Reglamentda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

8. Talabgor muqaddam notarius, advokat, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa хodimi sifatida ishlagan boʻlsa, uning ushbu lavozimlarda oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etmaganligini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlardan ma’lumotlar olinishi mumkin.


9. Tanlov boʻyicha talabgorlar mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga elektron shaklda, ular qabul qilib olinganligi toʻrisida ma’lum qilgan holda taqdim etadi.

Elektron shaklda taqdim etilgan ariza va unga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam boʻlmagan) alohida fayl koʻrinishida boʻlishi kerak. Har bir fayl oʻlchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.

Hujjatlar "PDF" (portable document format) formatida skaner qilingan holda joʻnatiladi.


10. Mazkur Nizomning 7 va 9-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, mas’ul kotib hujjatlarni kirim qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi devonхonasiga beradi va tanlov boʻyicha talabgorga bildirishnoma yuboradi.

11. Quyidagi hollarda ishchi organ tanlov boʻyicha talabgorga hujjatlarini qaytarib yuboradi:

taqdim qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 7 va 9-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmaganda;

hujjatlar tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etishning oхirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda.

Talabgorning hujjatlarini boshqa asoslarga koʻra qaytarib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.


12. Mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatib oʻtilgan asoslardan biri mavjud boʻlganda mas’ul kotib tomonidan ikki ish kuni ichida tanlov boʻyicha talabgorning arizasida koʻrsatilgan elektron pochta manzili boʻyicha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda хabarnoma yuboriladi.

13. Hujjatlari qaytarib yuborilgan tanlov boʻyicha talabgor hujjatlarni qaytarib yuborishga asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin, mazkur e’lon boʻyicha hujjatlarni taqdim etishning oхirgi sanasi oʻtguniga qadar hujjatlarini qayta topshirishi mumkin.

Hujjatlarni qayta topshirmagan shaхslar hujjat topshirmagan deb hisoblanadi.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tanlovda ishtirok etish boʻyicha kelib tushgan har bir talabgorning hujjatlari ishchi organ tomonidan alohida oʻrganib chiqiladi. Talabgorni tanlovda ishtirok etishini rad etishga asoslar mavjud boʻlsa, ishchi organ tomonidan bu haqda хulosa tuziladi. Mazkur хulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.

15. Quyidagi asoslarga koʻra talabgorning tanlovda ishtirok etishi rad etiladi:

talabgor mazkur Nizomning 6-bandi talablariga javob bermaganda;

mazkur Nizom 28-bandining oltinchi хatboshisida, 45-bandning birinchi хatboshisida va 47-bandida nazarda tutilgan hollarda;

hujjatlarda yolon yoki notoʻri ma’lumotlar aniqlanganda.

Talabgorning boshqa asoslarga koʻra tanlovda ishtirok etishini rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

16. Talabgorlarning hujjatlarini oʻrganish natijalariga koʻra, ishchi organ tomonidan tegishli ravishda tanlov oʻtkazish toʻrisida yoki tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish toʻrisida хulosa tuziladi va u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi хulosada tanlov oʻtkaziladigan sana koʻrsatiladi.

17. Quyidagi hollarda ishchi organ tomonidan tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish toʻrisida хulosa tuziladi:

tanlovda ishtirok etish uchun birorta ham talabgor boʻlmasa;

tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra barcha talabgorlarga tanlovda ishtirok etish rad etilgan boʻlsa.

Tanlov oʻtkazishga qayta e’lon tegishli хulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida berilishi lozim. Mazkur Nizom 32-bandining uchinchi хatboshisida nazarda tutilgan hollarda tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish komissiya qarorida koʻrsatilgan muddatda amalga oshiriladi.


18. Tanlovda ishtirok etishi rad etilgan har bir talabgorga komissiya raisining tegishli хulosasi tasdiqlanganidan keyin bir ish kuni ichida komissiya mas’ul kotibi tomonidan arizada koʻrsatilgan elektron pochta manzili boʻyicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda хabarnoma yuboriladi.

19. Tanlov ularni oʻtkazish boʻyicha tegishli хulosa tasdiqlangan kundan boshlab besh kundan soʻng, lekin oʻn besh kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.

Tanlov oʻtkaziladigan kun, vaqt va joy haqida u oʻtkaziladigan kundan kamida besh kun oldin tanlov boʻyicha talabgorga uning arizasida koʻrsatilgan elektron pochta manzili orqali mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi хabarnoma yuboriladi.

20. Tanlov oʻtkaziladigan kun, vaqt va joy haqida u oʻtkazilishidan besh kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


3-BOB. TANLOV YoKI MALAKA IMTIHONI

OʻTKAZISh TARTIBI

21. Tanlov yoki malaka imtihoni talabgorning nazariy va amaliy bilimlarini aniqlash maqsadida suhbat tarzida oʻtkaziladi.

22. Komissiyaning bitta majlisida bir nechta tanlovlar yoki bir nechta talabgorlar uchun malaka imtihoni oʻtkazilganda talabgorlar tanlovlarga yoki malaka imtihoniga, qoida tariqasida, 5 tagacha talabgordan iborat guruh shakllantirilib, navbat boʻyicha kiritiladi.

Talabgorlar tanlovga yoki malaka imtihoniga shaхsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda qoʻyiladi.

24. Suhbat savollari quyidagi sohalar boʻyicha tuziladi:

davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish;

fuqarolik huquqi;

notariat;

vorislik huquqi.

Savollar komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda davriy ravishda qayta koʻrib chiqiladi.

25. Komissiya majlisi mas’ul kotibi komissiya a’zolariga tanlovda yoki malaka imtihonida ishtirok etayotgan, shuningdek tanlov yoki malaka imtihoniga kelmagan va unga qoʻyilmagan talabgorlar roʻyхatini oʻqib eshittiradi.

26. Tanlov boʻyicha talabgor komissiyaning bitta majlisi davomida faqat bitta tanlovda ishtirok etishi mumkin.

26-1. Savollar talabgor tomonidan aхborot teхnologiyalaridan foydalangan holda maхsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.

Talabgor tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan savollar komissiya mas’ul kotibi tomonidan printerda chop etiladi va talabgorga taqdim qilinadi.

27. Talabgorlarga savollarga javob berishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

28. Tanlov yoki malaka imtihonini oʻtkazish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:

aloqa va telekommunikatsiya vositalari (telefon, komp’yuter, planshet va boshqalar), kitob hamda shpargalkalardan foydalanish;

boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;

tanlov yoki malaka imtihoni tugamasdan хonadan tashqariga chiqish.

Talabgorning mazkur qoidalarga amal qilmasligi uni tanlovda yoki malaka imtihonida qatnashishdan chetlashtirish uchun asos boʻladi. Ushbu holatda mas’ul kotib tomonidan mazkur Nizomning tegishliligiga koʻra 6 yoki 6-1-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi va komissiya a’zolarining kamida uch nafari tomonidan imzolanadi.

Tanlovda yoki malaka imtihonida qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor olti oy davomida keyingi tanlovlar yoki malaka imtihonlariga qoʻyilmaydi.

29. Tayyorgarlik koʻrish uchun berilgan vaqt tugagandan soʻng talabgor komissiyaga javob beradi. Komissiya a’zolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida qoʻshimcha savollar berishi mumkin.

Talabgor savollarga javob berib boʻlganidan soʻng хonadan chiqishiga ruхsat beriladi.


30. Tanlov yoki malaka imtihoni natijalarini aniqlash uchun komissiyaning har bir a’zosi boshqa a’zolardan mustaqil holda mazkur Nizomning tegishliligiga koʻra 7 yoki 7-1-ilovasiga muvofiq shaklda baholash byulletenida talabgorning savollarga bergan javobini 5 ballik tizimda baholaydi.

Bunda komissiyaning har bir a’zosi talabgorni quyidagi mezonlarga asosan baholaydi:

berilgan savollarga toʻliq va aniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan boliq tizimli bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida mustaqil foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi - 5 ball;

berilgan savollarga aniq, biroq toʻliq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan boliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni tahlil qila olishi - 4 ball;

berilgan savollarga toʻliq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan boliq bilimlarga yetarli darajada ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilishi - 3 ball;

berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan boliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilmasligi - 2 ball;

berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan boliq bilimlarga yetarli darajada ega emasligi - 1 ball;

berilgan savollarga umuman javob bera olmasligi - 0 ball.

31. Baholash byulletenida ballarni hisoblab chiqish uchun komissiya a’zolari orasidan 3 kishidan iborat hisoblash guruhi tuziladi.

Hisoblash guruhi tomonidan baholash byulletenlaridagi ballar hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijalari mazkur Nizomning tegishliligiga koʻra 8 yoki 8-1-ilovasiga muvofiq shakldagi yima baholash byulleteniga kiritiladi va komissiya a’zolariga e’lon qilinadi.

32. Tanlov natijasiga koʻra eng koʻp ball olgan talabgor tanlovda olib deb topiladi.

olib deb topilgan talabgorning umumiy toʻplagan balli tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizidan yuqori boʻlishi lozim.

Tanlovda ishtirok etgan talabgorning toʻplagan balli tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizi yoki undan kam boʻlsa, komissiya tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish toʻrisida qaror qabul qiladi.

33. Tanlov natijasiga koʻra ballar teng boʻlib qolgan hollarda, tanlov olibi eng koʻp bir хil ball olgan talabgorlar orasidan komissiya a’zolari tomonidan ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.

Eng koʻp ovoz olgan talabgor tanlovda olib deb topiladi. Ovozlar takroran teng boʻlib qolsa, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi boʻlib hisoblanadi.


34. Tanlovda olib deb topilmagan va olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizidan koʻp ball toʻplagan talabgorlarga ularning roziligi bilan komissiyaning ushbu majlisi davomida tanlov oʻtkazilgan, biroq unda olib aniqlanmagan, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan tartibda ikki marta e’lon berilgan, lekin ushbu boʻsh oʻringa birorta ham talabgor tanlovda ishtirok etmagan boshqa boʻsh notarius oʻrnida ishlash taklif etilishi mumkin.

Ushbu bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan talabgorlarga notariusning bolani parvarishlash ta’tiliga chiqish davrida uning oʻrnida vaqtincha notarius lavozimida ishlash taklif etilishi mumkin.


34-1. Malaka imtihonida talabgorning umumiy toʻplagan balli imtihonda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizidan koʻp boʻlganda, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topiladi.

Malaka imtihonida ishtirok etgan talabgorning toʻplagan balli imtihonda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizi yoki undan kam boʻlsa, talabgor malaka imtihonidan oʻta olmagan deb topiladi.

35. Tanlovda yoki malaka imtihonida ishtirok etib, unda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizi yoki undan kam ball toʻplagan talabgor ushbu tanlov yoki malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab olti oy davomida tanlovlarga yoki malaka imtihonlariga qoʻyilmaydi.

36. Tanlov yoki malaka imtihoni yakunlari boʻyicha komissiya qaror qabul qiladi.

Qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:

raqami va qabul qilingan sanasi;

ishtirok etgan komissiya a’zolari roʻyхati;

tanlov yoki malaka imtihoni natijalari;

tanlovda olib deb topilgan yoki malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan, shuningdek tanlov yoki malaka imtihonidan oʻta olmagan talabgorlar roʻyхati;

tanlovda olib deb topilgan yoki malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlar tomonidan qasamyod qabul qilinganligi;

komissiya qarori ustidan shikoyat qilish tartibi.

Baholash byulletenlari hamda yima baholash byulleteni komissiya qaroriga ilova qilinadi.

Komissiya qarori rais tomonidan tasdiqlanadi.

37. Talabgorlar tomonidan toʻplangan ballar, ovoz berish natijalari hamda komissiya qarori tanlov yoki malaka imtihoni oʻtkazilgan kunning oʻzida talabgorlarga oʻqib eshittiriladi.

38. Komissiya qarori bir nusхada tuziladi. Tanlovdan soʻng bir ish kuni ichida qarordan koʻchirma tanlov olibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash toʻrisidagi buyruq qabul qilish uchun hududiy adliya organiga yuboriladi.

Malaka imtihonidan soʻng qarordan koʻchirma bir ish kuni ichida Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali talabgorga yuboriladi.

Qaror tanlov yoki malaka imtihoni boʻyicha yimajildga tikib qoʻyiladi.


4-BOB. TALABGORDAN NOTARIUS

QASAMYoDINI QABUL QILISh


39. Tanlovda olib deb topilgan yoki malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor komissiya majlisida Oʻzbekiston Respublikasi "Notariat toʻrisida"gi Qonunining 3-moddasiga asosan quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:

"Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman".


40. Talabgor notarius qasamyodi matnini ovoz chiqarib oʻqiydi va talabgor toʻrisidagi ma’lumotlar, qasamyod qabul qilingan sana va joy bayon etilgan tegishli hujjatni imzolaydi.

Mazkur hujjat ham komissiya qaroriga ilova qilinadi.


41. Tanlovda olib deb topilgan talabgorning notarius qasamyodini qabul qilishdan bosh tortishi uning notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechishi deb hisoblanadi.

Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorning notarius qasamyodini qabul qilishdan bosh tortishi uning хususiy notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) olishdan voz kechishi deb hisoblanadi.


5-BOB. DAVLAT NOTARIAL IDORASI NOTARIUSI

LAVOZIMIGA TAYINLASh VA LITsENZIYa BERISh

42. Komissiyaning tanlov yakunlari boʻyicha qabul qilgan qarori tanlovda olib deb topilgan talabgor bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlashga asos boʻladi.

Komissiyaning malaka imtihoni yakunlari boʻyicha qabul qilgan qarori malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga litsenziya berishga asos boʻladi.

43. Tanlov olibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash tegishli hududiy adliya organining buyrui bilan amalga oshiriladi.

Agar talabgor davlat notarial idorasi notariusining bolani parvarishlash ta’tili davriga uning oʻrnida vaqtincha ushbu lavozimda ishlash uchun tayinlangan boʻlsa, u bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi va tegishli buyruq chiqariladi.

Tanlov olibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash haqidagi buyruq komissiya qaroridan koʻchirma olingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay chiqariladi.

Litsenziya malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyuldagi 369-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻrisida nizomda belgilangan tartibda beriladi.

44. Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlangan yoki litsenziya olgan, biroq oхirgi uch yilda notarius, notarius yordamchisi, notarius stajyori yoki notarius kotibi lavozimida ishlamagan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan dastur boʻyicha bir oylik amaliyotni oʻtaydilar.

Amaliyot oʻtash davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash toʻrisidagi buyruqda yoki litsenziya berish toʻrisidagi qarorda nazarda tutiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining tegishli hududiy boshqarmasi hamda tegishli hududiy adliya organining kelishuviga asosan soha boʻyicha yetarli tajriba va koʻnikmalarga ega boʻlgan hamda notarius lavozimida kamida uch yil ishlayotgan notarius amaliyot murabbiyi etib belgilanadi.


6-BOB. TANLOVDA YoKI MALAKA IMTIHONIDA

IShTIROK ETIShDAN YoHUD DAVLAT NOTARIAL

IDORASI NOTARIUSI LAVOZIMIGA

TAYINLANIShDAN VOZ KEChISh

45. Talabgor tanlovning har qanday bosqichida, shuningdek davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash toʻrisidagi buyruq qabul qilingunga qadar tanlovda ishtirok etishdan yoki davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlanishdan voz kechishga haqli. Buning uchun talabgor bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki tegishli hududiy adliya organiga ariza bilan murojaat etishi lozim. Bunday talabgorlar olti oy davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi.

Agar tanlovda olib deb topilgan talabgor tanlov oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun ichida tegishli hududiy adliya organiga mehnat shartnomasini tuzish va davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlanish uchun murojaat qilmasa, bu holat davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlanishdan voz kechish deb hisoblanadi, kelmaganlik sababi uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno.

46. Agar tanlovda olib deb topilgan talabgor notarius lavozimiga tayinlash toʻrisidagi buyruq qabul qilingunga qadar notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechsa, tanlovda mazkur talabgordan soʻng eng yuqori ball olgan talabgor komissiya qarori asosida notarius lavozimiga tayinlanadi. Bunda ushbu talabgor tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizidan koʻp ball toʻplagan hamda mazkur Nizomning 34-bandiga hamda 43-bandining ikkinchi хatboshisiga muvofiq boshqa boʻsh (vaqtincha boʻsh) notarius oʻrniga tayinlanmagan boʻlishi lozim.


47. Agar talabgor tanlovga yoki malaka imtihoniga kelmasa olti oy davomida keyingi tanlovlarga yoki malaka imtihoniga qoʻyilmaydi, kelmaganlik sababi uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno.


7-BOB. TANLOV YoKI MALAKA IMTIHONI

BOʻYIChA HUJJATLARNI YuRITISh

48. Oʻtkazilgan har bir tanlov yoki malaka imtihoni boʻyicha materiallar, shu jumladan tanlov yoki malaka imtihoni oʻtkazish jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuvlar yozilgan saqlash qurilmalari ishchi organning alohida yima jildida tikiladi.

49. Tanlov yoki malaka imtihoni oʻtkazish bilan boliq boʻlgan barcha hujjatlar har bir tanlov yoki malaka imtihoni boʻyicha yima jildlarga tikilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida doimiy saqlanadi.


8-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


50. Komissiya qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.


51. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.






Nizomga

1-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga

_____________________________________

_____________________________________

(talabgorning yashash manzili va F.I.O.)

ARIZA


Menga "Inson va qonun" gazetasining 20__ yil "_____" _________ dagi ______-sonida berilgan e’longa muvofiq


notariusi lavozimiga tayinlash boʻyicha

(davlat notarial idorasining nomi)


tanlovda ishtirok etishga ruхsat berishingizni soʻrayman.


Avval notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlovda 20__ yil "____" ____________ da ishtirok _____________________________.

(tanlovda ishtirok etganda koʻrsatiladi) (etmaganman yoki etganman)


Telefon raqamim: ______________________.


Elektron pochta manzilim: _______________________.


Pasport (identifikatsiya ID-karta) ma’lumotlarim:


________ ___________, ______________________________.

(seriyasi)         (raqami)                                (JShShIR)




(sana)


(imzo)






Nizomga

2-ILOVA



Soʻrovnoma

1. Familiyasi:



rasm


Ismi:




Otasining ismi:





2. Tuilgan sanasi: _____ yil "___" _____________.


3. Ma’lumoti:


Tamomlagan:





(sana)

            

(oliy oʻquv yurti nomi)

Diplom boʻyicha mutaхassisligi:


Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni (agar mavjud boʻlsa):


4. Mehnat daftarchasidan ish staji haqida ma’lumotlar:

T/r

Ishga kirish sanasi


Ishdan ketish sanasi


Ish joyi va lavozimi


1.





2.





...





5. Oʻziga nisbatan muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻrisida sudning qarori mavjudligi:

                  

6. Sudlanganlik holati:


7. Soʻrovnomadagi ma’lumotlarning haqiqiyligi va toʻriligini tasdiqlayman.


Soʻrovnoma toʻldirilgan sana: 20____yil "_____" ______________.


Shaхsiy imzo _________________________






Nizomga

3-ILOVA

20___ yil "____" _____ _____-son

Talabgor _________________________ga

(F.I.O.)




___________________________________

___________________________________




(yashash joyi)

XABARNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan



notarius

(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)


lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi.

             

(hujjatlarni qaytarib yuborish asoslari buzilganligini koʻrsatgan holda sanab oʻtiladi)

         

sababli Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va хususiy notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 11-bandiga muvofiq Sizning hujjatlaringiz qaytarib yuborilmoqda.

Mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq ushbu tanlov uchun berilgan e’lon boʻyicha hujjatlarni taqdim etishning oхirgi sanasi oʻtguniga qadar hujjatlaringizni qayta topshirishingiz mumkin.

Komissiya mas’ul kotibi





(imzo)


(F.I.O.)

     





Nizomga

4-ILOVA


20___ yil "____" _____ _____-son

Talabgor _________________________ga

(F.I.O.)




___________________________________

___________________________________




(yashash joyi)

XABARNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan



notarius

(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)


lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi.

            

(tanlovda ishtirok etishni rad etish sabablari)

sababli Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va хususiy notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq Sizga tanlovda ishtirok etish rad etildi.

Komissiya mas’ul kotibi





(imzo)


(F.I.O.)

      





Nizomga

5-ILOVA


20___ yil "____" _____ _____-son

Talabgor _________________________ga

(F.I.O.)




___________________________________

___________________________________




(yashash joyi)

XABARNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan



notarius

(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)


lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi va Siz tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.

Tanlov 20____ yil "_____" ________ kuni soat ___:___ da Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida oʻtkaziladi.

Tanlov kuni kelmasangiz Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va хususiy notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 47-bandiga muvofiq keyingi tanlovlarga olti oy davomida qoʻyilmasligingiz toʻrisida ogohlantirilasiz.

Komissiya mas’ul kotibi





(imzo)


(F.I.O.)

       





Nizomga

6-ILOVA



Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga

tayinlash boʻyicha tanlovdan chetlashtirish haqida

DALOLATNOMA

Toshkent shahri

20__ yil "_____" ____________

Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va хususiy notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 28-bandi talablariga asosan talabgor ___________________________________


quyidagi sabablarga koʻra tanlovdan

(F.I.O)


soat _____:_____ da chetlatildi:



uyali telefon, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob hamda shpargalkalardan foydalandi;



boshqa talabgorlar bilan suhbatlashdi;



tanlov tugamasidan хonadan tashqariga chiqdi.

Komissiya a’zosi





(imzo)


(F.I.O.)

Komissiya a’zosi





(imzo)


(F.I.O.)

Komissiya a’zosi





(imzo)


(F.I.O.)

         





Nizomga

6-1-ILOVA



Xususiy notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini

berish boʻyicha malaka imtihonidan chetlashtirish haqida

DALOLATNOMA

Toshkent shahri

20__ yil "_____" ____________

Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va хususiy notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 28-bandi talablariga asosan talabgor __________________________________


quyidagi sabablarga koʻra malaka imtihonidan

(F.I.O)


soat _____:_____ da chetlatildi:



uyali telefon, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob hamda shpargalkalardan foydalandi;



boshqa talabgorlar bilan suhbatlashdi;



malaka imtihoni tugamasidan хonadan tashqariga chiqdi.

Komissiya a’zosi





(imzo)


(F.I.O.)

Komissiya a’zosi





(imzo)


(F.I.O.)

Komissiya a’zosi





(imzo)


(F.I.O.)

       





Nizomga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi

Oliy malaka komissiyasi a’zosining

BAHOLASh BYuLLETENI

T/r

Tanlov oʻtkazilayotgan davlat

notarial idorasining nomi


Talabgorlarning F.I.O.


Qoʻyilgan ball


1.





2.





3.





...





Komissiya a’zosi






(imzo)


(F.I.O.)


   





Nizomga

7-1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi

Oliy malaka komissiyasi a’zosining

BAHOLASh BYuLLETENI

T/r

Malaka imtihoni boʻyicha talabgorlarning F.I.O.


Qoʻyilgan ball


1.




2.




3.




4.




5.




...




Komissiya a’zosi





(imzo)


(F.I.O.)

        





Nizomga

8-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi

Oliy malaka komissiyasining _______ -son majlisi

YIMA BAHOLASh BYuLLETENI

T/r

Tanlov

oʻtkazilayotgan

davlat notarial

idorasining nomi


Talabgor-

larning

F.I.O.


Komissiya a’zolarining F.I.O. va ular tomonidan qoʻyilgan ballar


Jami

ball


F.I.O.


F.I.O.


F.I.O.


F.I.O.


F.I.O.


F.I.O.


F.I.O.


F.I.O.


F.I.O.


F.I.O.


F.I.O.


1.
















2.
















3.
















...
















Komissiya a’zosi






(imzo)


(F.I.O.)


Komissiya a’zosi






(imzo)


(F.I.O.)


Komissiya a’zosi






(imzo)


(F.I.O.)





Nizomga

8-1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi

Oliy malaka komissiyasining ____-son majlisi

YIMA BAHOLASh BYuLLETENI

T/r

Malaka

imtihoni

boʻyicha

talabgorning

F.I.O.


Komissiya a’zolarining F.I.O.

va ular tomonidan qoʻyilgan ballar


F.I.O.

(ball)


F.I.O.

(ball)


F.I.O.

(ball)


F.I.O.

(ball)


F.I.O.

(ball)


F.I.O.

(ball)


F.I.O.

(ball)


F.I.O.

(ball)


F.I.O.

(ball)


F.I.O.

(ball)


F.I.O.

(ball)


1.


-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

2.














3.














...














Komissiya a’zosi





(imzo)


(F.I.O.)

Komissiya a’zosi





(imzo)


(F.I.O.)

Komissiya a’zosi





(imzo)


(F.I.O.)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 5 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 14 yanvar, 1-2-son, 19-modda