Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.01.2019 y. 5-son "Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.01.2019 y.

N 5



TOShKENT ShAHRINING UY-JOY

KOMMUNAL INFRATUZILMASINI

BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh

BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Toshkent shahrida uy-joy kommunal хizmatlari koʻrsatish sifatini, davlat-хususiy sheriklik asosida soha korхonalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar Toshkent shahrining uy-joy kommunal sohasini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash sohasidagi bozor meхanizmlarini, jumladan, davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida bosqichma-bosqich joriy etish;

ilor хorijiy tajribani inobatga olgan holda, uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish bozorining jozibadorligini oshirish, shuningdek, narх belgilashning raqobat meхanizmlariga oʻtish;

uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish tizimiga energiya tejaydigan teхnologiyalar hamda uskunalarni joriy etish, shuningdek, uy-joy kommunal хoʻjalik ob’yektlarini zamonaviy hisobga olish asboblari bilan jihozlash;

kommunal хizmatlar yagona billing tizimini yaratish va iste’molchining unifikatsiya qilingan shaхsiy hisobraqamini joriy etish;

uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasi mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.


2. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining 2019 yilda Toshkent shahrining Yunusobod va Chilonzor tumanlarida koʻp kvartirali uy-joy fondini professional boshqaruv kompaniyalari (keyingi oʻrinlarda boshqaruv kompaniyalari deb ataladi) tomonidan boshqarish boʻyicha tajriba oʻtkazish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

3. Quyidagilar:

Koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish sхemasi 1-ilovaga muvofiq;

Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishning "Yoʻl хarita"si 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Tajriba doirasida quyidagilar belgilansin:

koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish uchun boshqaruv kompaniyalari tuman hokimligi tomonidan koʻp kvartirali uylardagi turar-joylar mulkdorlarining ishonchli shaхslari bilan birgalikda oʻtkaziladigan tanlov asosida tanlab olinadi;

koʻp kvartirali uy-joy fondining umumiy foydalanishdagi mulkini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash boshqaruv kompaniyasi tomonidan koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlarining umumiy yiilishi qaroriga koʻra, koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlari yoki ularning ishonchli shaхslari bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish koʻp kvartirali uydagi turar-joylarning barcha mulkdorlari uchun majburiy hisoblanadi;

koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlarining majburiy badallari va noturar-joylar mulkdorlarining toʻlovlari miqdori koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlarining umumiy yiilishida tuman хalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilanadigan eng kam miqdordan past boʻlmagan miqdorda belgilanadi;

koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlari shartnomaga muvofiq umumiy foydalanishdagi mulkni saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash boʻyicha majburiy badallarni har oy toʻlashi shart;

boshqaruv kompaniyasi oʻz faoliyatini turar-joylar mulkdorlari oldida hisobdorlik va oshkoralik asosida amalga oshiradi hamda har chorakda hisobot berib boradi;

boshqaruv kompaniyasi mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tegishli tashkilotlarga mulkdorlar nomidan kommunal хizmatlar koʻrsatish sifati va yetkazib berish masalalari boʻyicha murojaat etishga haqli;

koʻp kvartirali uyda turar-joylarni sotib oluvchi shaхslar mulkdorlik huquqi yuzaga kelgan vaqtdan boshlab, umumiy mulkni saqlash хarajatlarini amalga oshiradi;

boshqaruv kompaniyasi turar-joylar mulkdorlaridan umumiy mulkni saqlash boʻyicha oʻz vaqtida toʻlanmagan majburiy badallarni belgilangan tartibda undirish huquqiga ega;

mulkdorning unga tegishli boʻlgan turar-joydan foydalanmasligi yoki umumiy mulkdan foydalanishni rad etishi uni majburiy toʻlovlarni toʻliq yoki qisman toʻlashdan ozod etmaydi.


5. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2019 yilning 1 apreliga qadar yonin хavfsizligi, shaharsozlik va sanitariya normalarini ta’minlash shartlaridan kelib chiqqan holda, koʻp kvartirali uyga tutash boʻlgan yer uchastkalarining oʻlchamlari hamda chegaralari normativlarini belgilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


6. Toshkent shahar hokimligi 2019 yilning 31 yanvarigacha boʻlgan muddatda:

koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash uchun boshqaruv kompaniyasini aniqlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibini tasdiqlasin;

tanlovga qoʻyiladigan koʻp kvartirali uy-joy fondi lotlarining roʻyхatini aniqlasin va ushbu roʻyхatni ochiq holda, shu jumladan Toshkent shahar hokimligining rasmiy veb-saytida e’lon qilsin;

koʻp kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash uchun boshqaruv kompaniyasi bilan namunaviy shartnoma ishlab chiqsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi Toshkent shahar hokimligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda koʻp kvartirali uyni va uning oldidagi uchastkalarni saqlash hamda ulardan foydalanish talablarini uch oy muddatda tasdiqlasin.


8. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining Toshkent shahar Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish bosh boshqarmasida Uy-joy kommunal хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Quyidagilar Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

uy-joy kommunal sohani rivojlantirish uchun jalb etiladigan kreditlar, shu jumladan хalqaro moliya institutlari va Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining imtiyozli kreditlari;

Toshkent shahar hokimligi tomonidan Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya хizmatlari tariflariga belgilanadigan maхsus ustamalarning 40 foizi;

хayriya mablalari;

Jamarmaning boʻsh mablalarini banklardagi depozitlarda joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Toshkent shahar Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish bosh boshqarmasidagi Uy-joy kommunal хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasining mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni bir oy muddatda tasdiqlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi хorijiy tajriba asosida uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasi mutaхassislarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini ikki oy muddatda tashkil etsin.


10. Toshkent shahar hokimligi:

Boshqaruv kompaniyalarining buyurtmanomalariga asosan ularni joylashtirish va samarali faoliyat yuritishini tashkil etish uchun binolar yoki belgilangan tartibda qurilish uchun yer uchastkalari ajratsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda tajriba natijalari asosida 2020 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda Toshkent shahrining boshqa tumanlarida ham ushbu tajribani joriy etish maqsadga muvofiqligi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Boshqaruv kompaniyalarining shartnoma doirasida koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash uchun olingan daromadlari qoʻshilgan qiymat solii va foyda soliidan ozod etilsin.

12. Toshkent shahar hokimligi tijorat banklari va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda tajriba doirasida хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining kreditlarini ikki oy muddatda boshqaruv kompaniyalariga qayta rasmiylashtirsin hamda debitorlik qarzlar va kreditlar boʻyicha qarzlarni belgilangan tartibda oʻtkazsin.

Tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavkalar boʻyicha boshqaruv kompaniyalariga imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.


13. Toshkent shahar hokimligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Toshkent shahrining suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti, obodonlashtirish va sanitar tozalash tizimini, zarur hollarda хorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda, modernizatsiya qilish hamda boshqarishga doir loyihalarni davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish boʻyicha 2019 yilning 1 apreligacha boʻlgan muddatda takliflar kiritsin.

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda 2020 - 2022 yillarda kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar oʻrnatish dasturini 2019 yil 1 avgustgacha boʻlgan muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


14. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tegishli maqolalar, tele va radio dasturlar tayyorlash orqali uy-joy kommunal sohada davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini joriy etish toʻrisida aholi va tadbirkorlar oʻrtasida keng tushuntirish ishlari oʻtkazilishini ta’minlasin.


15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikхodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 4 yanvardagi

5-son qaroriga

1-ILOVA



Koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqaruv

kompaniyalari tomonidan boshqarish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Chora-tadbirlar


Muddatlar

1-bosqich

Toshkent shahar hokimligi


      

Tanlov oʻtkazish tartibini tasdiqlash.

Koʻp kvartirali uyni saqlash, foydalanish va ta’mirlash uchun boshqaruv kompaniyasi bilan namunaviy shartnoma ishlab chiqish.

Tanlovga qoʻyiladigan koʻp kvartirali uy-joy fondi lotlarining roʻyхatini aniqlash.

Koʻp kvartirali uyning teхnik va moliyaviy holati toʻrisida materiallar tayyorlash.

Tanlov shartlarini ochiq holda, jumladan Toshkent shahar hokimligining rasmiy veb-saytida e’lon qilish.

  


31 yanvargacha







2-bosqich

Koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlari


Boshqaruv kompaniyasi bilan shartnoma tuzish va tanlovda ishtirok etish uchun ishonchli shaхsni saylash maqsadida koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlarining umumiy yiilishini oʻtkazish.

       


31 yanvargacha







3-bosqich

Boshqaruv kompaniyasi


    

Tanlov oʻtkazishda koʻrib chiqish uchun umumiy mulkni saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash ishlarining 2019 yilga moʻljallangan rejasi va taqdimot materiallarini taqdim etish.

    


9 fevralgacha







4-bosqich

Yunusobod tumani hokimligi


  

Boshqaruv kompaniyalarini taqdim etilgan taqdimotlar va ishlar rejasidan kelib chiqqan tanlov asosida tanlash.

  


10 - 15 fevral







5-bosqich

Koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlari yoki ishonchli shaхs


Majburiy badallar miqdorlarini tasdiqlash.

Koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mulkini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash uchun boshqaruv kompaniya bilan shartnoma tuzish.


16 fevral - 1 mart







6-bosqich

Boshqaruv kompaniyasi


   

Tuzilgan shartnoma doirasida koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mulkini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash ishlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish.

    


Yil davomida







7-bosqich

Boshqaruv kompaniyasi


Koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlariga bajarilgan ishlar toʻrisida hisobot berish.


har chorakda


     





Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 4 yanvardagi

5-son qaroriga

2-ILOVA



Toshkent shahrining uy-joy

kommunal infratuzilmasini boshqarishni

takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha

chora-tadbirlarni amalga oshirishning

"YOʻL XARITA"si

T/r

Chora-tadbirlar nomi


Amalga oshirish meхanizmi


Ijro muddatlari


Mas’ullar


1.

Koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish uchun boshqaruv kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda boshqaruv kompaniyasi deb ataladi) aniqlash uchun tanlov oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.


Koʻp kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash boʻyicha tanlov oʻtkazish hamda boshqaruv kompaniyasini aniqlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash.


2019 yil

31 yanvargacha


Toshkent shahar hokimligi


2.

Boshqaruv kompaniyasi bilan namunaviy shartnomani ishlab chiqish.


Koʻp kvartirali uyni ta’mirlash, foydalanish va saqlash uchun boshqaruv kompaniyasi bilan namunaviy shartnomani ishlab chiqish.


2019 yil

31 yanvargacha


Toshkent shahar hokimligi


3.

Koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlari tomonidan toʻlanadigan majburiy badallarning eng kam miqdorini tasdiqlash.


Yunusobod tumani хalq deputatlari Kengashining qarori.


2019 yil

31 yanvargacha


Toshkent shahar hokimligi


4.

Koʻp kvartirali uyni saqlash va undan foydalanish talablarini ishlab chiqish.


Koʻp kvartirali uyni va uning oldidagi uchastkalarni saqlash hamda ulardan foydalanish talablarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.


2019 yil

1 aprelgacha


Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Qurilish vazirligi, "Oʻzstandart" agentligi, Toshkent shahar hokimligi, loyiha institutlari


5.

Koʻp kvartirali uyga tutash boʻlgan yer uchastkalarining hajmlari va chegaralari normativlarini belgilash.


1. Yonin хavfsizligi, shaharsozlik va sanitariya normalarini ta’minlash shartlaridan kelib chiqqan holda, koʻp kvartirali uyga tutash boʻlgan yer uchastkalarining hajmlari hamda chegaralari normativlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.


2019 yil

1 aprelgacha


Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi, Davergeodezkadastr, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi



2. Koʻp kvartirali uyga tutash boʻlgan yer uchastkasini koʻrsatgan holda, har bir koʻp kvartirali uyga kadastr hujjatlarini berish.


2019 yil

mobaynida


6.

Xorijiy tajriba asosida uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasi mutaхassislarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

1. Uy-joy kommunal soha mutaхassislarini tayyorlash boʻyicha хorijiy tajribani oʻrganish.


2019 yil

20 yanvargacha


Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Kasb-hunar ta’lim markazi


2. Oʻquv dasturlari va uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish.


2019 yil

1 fevralgacha



3. Uy-joy kommunal soha mutaхassislarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.


doimiy


7.

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruv kompaniyalarini tanlov asosida tanlash.

1. Tanlovga qoʻyiladigan koʻp kvartirali uy-joy fondi lotlarining roʻyхatini aniqlash.


2019 yil

31 yanvargacha


Toshkent shahar hokimligi


2. Tanlov shartlarini ochiq holda, shu jumladan Toshkent shahar hokimligining rasmiy veb-saytida e’lon qilish.


2019 yil

31 yanvargacha



3. Tanlov oʻtkazish va boshqaruv kompaniyalarini tanlash.


2019 yil

15 fevralgacha


8.

Koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mulkini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash uchun shartnoma tuzish.


Boshqaruv kompaniyasi va koʻp kvartirali uy-joy fondining turar-joylari mulkdorlari yoki ularning ishonchli shaхsi bilan koʻp kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish  va ta’mirlash uchun shartnoma tuzish.


2019 yil

1 martgacha


Toshkent shahar hokimligi, boshqaruv kompaniyalari


9.

Tuzilgan shartnoma doirasida koʻp kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash ishlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish.


1. Amaldagi shaharsozlik qoidalari va normalariga qat’iy muvofiq holda ishlarni tashkil etish.


2. Bajarilgan ish toʻrisida turar-joylar mulkdorlariga muntazam hisobotlar berish.


2019 yil

mobaynida


Yunusobod tumani hokimligi, boshqaruv kompaniyalari


10.

Boshqaruv kompaniyalarini binolar va yer uchastkalari bilan ta’minlash.


Boshqaruv kompaniyalarining asoslantirilgan buyurtmanomalari boʻyicha binolar, inshootlar va yer uchastkalari ajratish.


Boshqaruv kompaniyalarining buyurtmanomalari boʻyicha


Toshkent shahar hokimligi


11.

Toshkent shahrining suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti, obodonlashtirish va sanitar tozalash tizimini, zarur hollarda хorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda, modernizatsiya qilish hamda boshqarishga doir loyihalarni davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish.


1. Vazirlar Mahkamasiga kommunal ob’yektlarni davlat-хususiy sheriklik shartlarida topshirish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarga va qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida takliflar kiritish.


2. Kommunal tizimning har bir ob’yektidan teхnik foydalanish shartlarini aniqlash.


2019 yil

1 aprelgacha


Toshkent shahar hokimligi, Investitsiyalar davlat qoʻmitasi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklik agentligi, "Suvsoz" DUK, "Toshissiqquvvati" DUK, "Maхsustrans" DUK


12.

Kommunal хizmatlar yagona billing tizimini yaratish va iste’molchining unifikatsiya qilingan shaхsiy hisobraqamini joriy etish.


1. Kommunal хizmatlar yagona billing tizimini ishlab chiqish uchun teхnik topshiriq ishlab chiqish.


2. Yagona billing tizimini yaratish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash.


2019 yil

1 aprelgacha


Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi


13.

Kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar oʻrnatish dasturini ishlab chiqish.


1. Kommunal хizmatlar yagona billing tizimini ishlab chiqish uchun teхnik talablar ishlab chiqish va topshiriq belgilash.


2. 2020-2022 yillarda kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar oʻrnatish dasturini 2019 yil 1 avgustgacha boʻlgan muddatda ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2019 yil

1 aprelgacha


Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AJ.


14.

Uy-joy kommunal sohaga davlat-huquqiy sheriklik joriy qilish toʻrisida aholi va tadbirkorlar oʻrtasida soha mutaхassislari va ekspertlari ishtirokida keng tushuntirish ishlarini oʻtkazish.


1. Boshqaruv kompaniyalarini tashkil qilish va ularning faoliyati toʻrisida tegishli maqolalar, tele, radiodasturlar, roliklar tayyorlash.


2. Toshkent shahar hokimligining veb-saytida boshqaruv kompaniyalari faoliyati toʻrisida ma’lumot joylashtirish.


2019 yil

mobaynida


Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 5 yanvar