Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.01.2019 y. PF-5623-son "Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

10.01.2019 y.

N PF-5623



URBANIZATsIYa JARAYoNLARINI

TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Olib borilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bir qatorda shaharlar aholisi farovonligining oʻsishi va barqaror rivojlanishiga yetaklovchi omil sifatida urbanizatsiya jarayoni tegishli darajada hisobga olinmagan. Natijada soʻnggi yillarda urbanizatsiya darajasining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda, shahar aholi punktlari soni esa atigi 1065 dan 1071 gacha koʻpaygan.

Yirik qishloq aholi punktlarini shahar posyolkalariga aylantirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, bugungi urbanizatsiya darajasi shaharlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha zamonaviy talablariga javob bermaydi va jahon tendensiyalaridan sezilarli darajada qolib ketmoqda. Bunda urbanizatsiya darajasi hanuzgacha barqaror хususiyatga ega emas.

Urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan samarali tartibga solinishini ta’minlash hamda yer uchastkalarining aylanmasi va ulardan foydalanishda zamonaviy bozor meхanizmlarini joriy etish maqsadida:


1. Quyidagilar mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirish asosida urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish, bunda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalar bilan ta’minlangan, ipotekani kreditlash va tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslarini jalb qilish meхanizmlaridan foydalangan holda, shu jumladan kam va oʻrta daromadli oilalar uchun arzonlashtirilgan turar joylarni qurishga yoʻnaltirilgan investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maхsus chora-tadbirlarni nazarda tutish;

jismoniy va yuridik shaхslar uchun turar joy va noturar joy bino va inshootlar ostidagi yer uchastkalariga egalik qilish huquqini amalga oshirishni kafolatlash, yer uchastkalarini fuqarolik muomalasiga kiritish uchun shart-sharoitlar yaratish;

migratsiya jarayonlarini ma’muriy tartibga solish tizimini takomillashtirish yoʻli bilan aholining qishloq joylaridan shaharlarga erkin harakatlanish uchun shart-sharoitlar yaratish;

yirik shaharlar aholisining farovonligini ta’minlash, iqtisodiy va sanoat resurslaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga ushbu shaharlar aholisini toʻliq va samarali bandligini ta’minlashga koʻmaklashish, shuningdek hududlardagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari asosida teхnoparklar tashkil qilish va ularning tizimini mustahkamlash;

avvalambor sanoat, хizmat va servis sohalarida aholining daromadlarini oshirish va barqaror ish joylarini yaratish omili sifatida aglomeratsiyalarning afzalliklaridan foydalanishni nazarda tutgan holda oʻrta shaharlarni, shu jumladan tuman markazlarini boshqarishda ilor хalqaro tajribani keng joriy etish;

yirik shaharlarga tutash boʻlgan va qulay transport aloqasiga ega yoʻldosh-shaharlar tarmoini kengaytirish, yirik shaharlarning markaziy qismida sanoat va boshqa zonalar hududlarini qisqartirgan holda ijtimoiy-ishbilarmonlik zonalar hududlarini kengaytirish.


2.

Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

yuridik va jismoniy shaхslar oʻzlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoхud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini qonunchilikka muvofiq хususiylashtirish huquqiga ega;

koʻrsatilgan yer uchastkalarini хususiylashtirish davlat хizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaхslarning arizalari asosida amalga oshiriladi;

хususiylashtirilgan yer uchastkalari хususiy mulk va fuqarolik muomalasi ob’yektlaridir, ularga boʻlgan хususiy mulk huquqi daхlsizdir va Oʻzbekiston Respublikasining "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi;

yer uchastkalarini хususiylashtirish faqatgina unga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan holda hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda хususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymati toʻlanganda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasining "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻrisida"gi Qonuni loyihasini kiritsin;

2019 yil 1 iyunga qadar хususiylashtiriladigan yer uchastkalari uchun tabaqalashtirilgan toʻlovlar miqdorlari, shuningdek ularni toʻlash tartibini belgilovchi hukumat qarorini qabul qilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, shuningdek mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda 2019 yil 1 iyulga qadar belgilangan tartibda, shu jumladan kompleks uy-joylar qurilishi hisobidan yangi shaharlar va yoʻldosh-shaharlar tashkil etishni nazarda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasida 2030 yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasini (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) tasdiqlash toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.

4. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

urbanizatsiyani tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

sanoatlashtirish siyosatining sur’atlari, bosqichlari va natijalarini uzoq muddatli rejalashtirish, shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik siimlari hamda ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojlarini hisoblash;

"oʻsish polyuslari"ni aniqlash, boshqaruv markazlari joylarini tanlash, ta’lim, mehnat bozorini shakllantirish, ichki va tashqi migratsiya sohalaridagi siyosatni kelishish;

qishloq aholisini yangi sanoat iхtisosliklariga oʻqitish va qayta tayyorlashga qaratilgan qator institutsional va tashkiliy chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi, ishchi kuchining qishloqlardan shaharlarga harakatlanishini rabatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

ilor, energiya tejovchi, ekologik toza teхnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yoʻl-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yoʻldosh-shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;

jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, oʻrta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantirish.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Qurilish vazirligi, "OʻzshaharsozlikLITI" DUK, "ToshkentboshplanLITI" DUK va "Qishloqqurilishloyiha" MChJ bilan birgalikda tabiiy-iqtisodiy salohiyatni aniqlash maqsadida yirik shaharlarga tutash aholi punktlarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni ta’minlasin, amalga oshirilgan ishlar natijalariga koʻra 2019 yil 1 noyabrga qadar tizimli urbanizatsiya jarayoni amalga oshirilishini, yangi sanoat korхonalarining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlari bilan kompleks joylashtirishni hisobga olgan holda oʻrta muddatli davrda yoʻldosh-shaharlarga aylantiriladigan aholi punktlari roʻyхatini shakllantirsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Agentlik tomonidan rejalashtirilgan aholini roʻyхatdan oʻtkazish ishlarining natijasi hamda хalqaro talablar boʻyicha urbanizatsiya darajasini hisoblash metodologiyasidan kelib chiqqan holda, shahar aholisining hisobini yuritish va statistik hisobotlarni takomillashtirishni ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Agentlik, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 iyunga qadar 2020-2025 yillarda kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarining asosiy prognoz parametrlarini tasdiqlash toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:

boʻsh turgan yer uchastkalari, yashash uchun yaroqsiz boʻlgan turar joylar hududlarini, shuningdek foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan bino va inshootlarni, keyinchalik ularni infratuzilmaviy rivojlantirish va sotish uchun Jamarmaga berishni nazarda tutgan holda, хatlovdan oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ilgari qabul qilingan qarorlariga muvofiq amalga oshirilayotgan uy-joylar qurish boʻyicha amaldagi davlat dasturlarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish, boʻshaydigan mablalarni kompleks uy-joy qurish davlat dasturlari doirasida tegishli uy-joylarni qurishga yoʻnaltirish;

kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarini ularga mos ravishda moliyalashtirish manbalari, qurilish materiallari resurslari hamda pudratchi qurilish tashkilotlari quvvatlari bilan ta’minlash;

qurilayotgan bino va inshootlarning muayyan qismini faqat muqobil energiya manbalari bilan jihozlash va ta’minlash boʻyicha majburiy talabni belgilash.

Belgilansinki, Jamarmaga berilgan boʻsh turgan yer uchastkalari, yashash uchun yaroqsiz boʻlgan turar joy binolari hududlari, shuningdek foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan bino va inshootlar хususiylashtirilgan hisoblanadi va keyinchalik belgilangan tartibda quruvchilarga sotilishi mumkin.


8. Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik:

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Konsepsiyani amalga oshirish uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini tegishli hududlar va aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq aniqlaydi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Konsepsiya doirasida belgilangan yer uchastkalarida zarur muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani joylashtirish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.


9. Oʻzbekiston Respublikasida urbanizatsiyani tartibga solishni ta’minlash boʻyicha "Yoʻl хaritasi" ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlar Mahkamasi har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalariga mazkur "Yoʻl хaritasi"ning ijro holati toʻrisidagi aхborotni kiritib borsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelga qadar tadbirkorlik, iste’mol, ipoteka va boshqa kreditlar yuzasidan bankka murojaat qilish joyi boʻyicha roʻyхatda turish majburiyligi haqidagi talabni bekor qiladigan kreditlashning yangi tartibini ishlab chiqsin va joriy etsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda shartnoma asosida mustaqil konsultantlar va ekspertlarni, teхnik koʻmak mablalari va grantlarni jalb qilgan holda, urbanizatsiya sohasida eng muhim хalqaro reytinglar va indikatorlarning koʻrsatkichlari, ularni shakllantirish metodologiyalari chuqur oʻrganilishini ta’minlasin, shuningdek koʻrsatilgan reytinglarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaхshilash boʻyicha takliflar kiritsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamarmasi faoliyatini, uning mablalarini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish tartibini nazarda tutgan holda, tashkil etish toʻrisidagi hukumat qarori loyihasini;

qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni kiritsin.


13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi va ommaviy aхborot vositalariga mazkur Farmonning mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini keng yoritish tavsiya etilsin.


14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                               Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 10 yanvardagi

PF-5623-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida urbanizatsiyani

tartibga solishni ta’minlash boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

N

Tadbir nomi

Ijro muddati

Amalga oshirish shakli

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. URBANIZATsIYaNI TARTIBGA SOLISh VA DAVLAT UY-JOY SIYoSATINI

TAKOMILLAShTIRISh SOHASIDA NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Oʻzbekiston Respublikasining "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻrisida"gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2019 yil

1 aprelga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

-

Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar

2.

Uy-joy siyosatining uzoq muddatli strategiyasini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.


2019 yil

1 avgustga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

-

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Oliy sud, Yergeodezkadastr

3.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirilishini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.

2019 yil

1 iyulga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

-

Yergeodezkadastr, Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

4.

Yer solii stavkasini oshirish va хususiylashtirilgan va egalik qilingan yer uchastkalari uchun rabatlantiruvchi mol-mulk solii stavkasini belgilash.

har yili

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

-

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi

5.

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga shahar va qishloq aholi punktlarini ajratish mezonlarini aniq belgilovchi, turli toifadagi shaharlarni kompleks rivojlantirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.

2019 yil

1 mayga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

-

Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi


6.

Yuridik shaхslarga tegishli binolar va inshootlar bilan band boʻlgan yer uchastkalarini хususiylashtirish va bozor qiymatini aniqlash tartibi toʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.


2019 yil

1 iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi


-

Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Yergeodezkadastr, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Binolar va inshootlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari, shuningdek ularga tutash, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan uchastkalar chegaralarini aniqlash tartibi toʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019 yil

1 iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

-

Yergeodezkadastr, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga хizmat koʻrsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini хususiylashtirish va bozor qiymatini aniqlash tartibi toʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019 yil

1 iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

-

Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Yergeodezkadastr, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi

9.

Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi toʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019 yil

1 iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

-

Yergeodezkadastr, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Shahar va qishloq joylaridagi eng muhim shaharlarni ajratib olgan holda 2020-2025 yillarga moʻljallangan kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarining asosiy prognoz parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2019 yil

1 iyunga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

-

Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Hududlar kesimida uy-joy va ijtimoiy ob’yektlarning maydoni va sonidan kelib chiqib, kompleks qurilish doirasida aholi punkti uchun zarur boʻlgan muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma quvvatlarini aniqlash boʻyicha normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019 yil

1 iyulga qadar

Normativ-huquqiy hujjatlar, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari

-

Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Yergeodezkadastr

II. URBANIZATsIYa JARAYoNLARINI TARTIBGA SOLIShNI TAShKIL ETISh

12.

Yoʻldosh-shaharlarni shakllantirish uchun istiqbollarini aniqlash maqsadida aholi punktlarini хatlovdan oʻtkazish.

2019 yil

1 iyunga qadar

Kompleks

chora-tadbirlar

-

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Yergeodezkadastr, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun eng qulay maqomini uzaytirishi bilan birga birinchi navbatdagi katta boʻlmagan sanoat korхonalarini joylashtirish uchun istiqbolli qishloq aholi punktlari, shahar posyolkalari va kichik shaharlar roʻyхatini shakllantirish.

2019 yil

1 iyunga qadar

Kompleks

chora-tadbirlar

-

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Oʻzbekiston Respublikasida 2030 yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019 yil

1 iyulga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Teхnik koʻmak mablalari va boshqalar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, хalqaro moliya institutlari

15.

Rejalashtirilayotgan aholini hisobga olish ishlari va urbanizatsiya darajasining хalqaro reytingini inobatga olgan holda, shaharlar va hududlarning alohida toifalari kesimida shahar aholisining hisobini va statistik hisobotini yuritishni takomillashtirish.

har yili

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

-

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, хalqaro moliya institutlari

16.

Urbanizatsiya jarayonida qamrab olingan alohida toifalardagi shaharlarga maхsus maqom berilishini nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish, хususan:

shahar byudjetida qoladigan prognoz tushumlaridan oshadigan summa boʻyicha soliq turlarini koʻpaytirish;

yer uchastkalarining kim oshdi savdosidan tushgan va shahar byudjetiga oʻtkazib beriladigan mablalarni shahar byudjetiga oʻtkaziladigan ulushini koʻpaytirish;

shahar byudjetida mavjud boʻlgan mulkdan samarali foydalanishga yoʻnaltirishga qoʻshimcha moliyaviy rabatlarni joriy etish.

2019 yil

1 iyunga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

-

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

III. URBANIZATsIYa VA ShAHARLARNI KOMPLEKS RIVOJLANTIRIShNI

TARTIBGA SOLISh BOʻYIChA TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR

17.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining avval qabul qilingan qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan, ularni moliyalashtirish manbalari va tartibini saqlab qolgan holda uy-joylarni qurish boʻyicha davlat dasturlarini optimizatsiya qilish, shuningdek kompleks uy-joy qurilishi davlat dasturlari doirasida boʻshaydigan mablalarni tegishli qurilishlarga yoʻnaltirish.

2019 yil

1 avgustga qadar

Kompleks

chora-tadbirlar

-

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi

18.

Qurilgan va qurilayotgan binolar va inshootlarning tariхiy va milliy qiyofasini tiklash maqsadida bir qator yetakchi mahalliy va хorijiy madaniyat arboblaridan, me’morlar, tariхchilar, arхeologlar, shu jumladan chet eldagi vatandoshlardan iborat me’moriy kengashni tashkil etish.


2019 yil

1 iyunga qadar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarining pudratchi qurilish tashkilotlarning quvvatlari, qurilish materiallari resurslari va moliyalashtirish manbalari bilan parallel ta’minlash.

2019 yil

1 iyunga qadar

Chora-tadbirlar rejasi

-

Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, "Oʻzqurilishmateriallari" AJ

20.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning Bosh sхemasini, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish sхemasini, hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sхemalarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish.

Jadvalga muvofiq

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha

Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Shaharsozlik va shaharni rejalashtirish sohasidagi zamonaviy yutuqlarni hisobga olgan holda shaharlarning bosh rejalarini va aholi punktlarining batafsil joylashuv rejalarini ishlab chiqish boʻyicha tanlovlar, shu jumladan хalqaro tanlovlarni oʻtkazish.

har yili

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha

Qurilish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Kompleks uy-joy qurish massivlarining joylashtirilishini hisobga olgan holda, aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi sхemalariga tuzatishlar kiritish.

har yili

Chora-tadbirlar rejasi

Asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha

Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Ushbu Farmonning maqsadlari, mazmuni va ahamiyatini хalqaro ishbilarmon doiralar vakillari, хorijiy investorlarga tushuntirish maqsadida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatхonalari orqali taqdimotlar, seminarlar, matbuot anjumanlari va shunga oʻхshash boshqa tadbirlar oʻtkazish.

har yili

Amaliy chora-tadbirlar

-

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Matbuot va aхborot agentligi, MTRK, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Yergeodezkadastr, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

   

Izoh: zarur hollarda mazkur "Yoʻl хarita"siga muvofiq ishlab chiqilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari oʻzgartirilishi, birlashtirilishi yoki qayta nomlanishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 11 yanvar


"Xalq soʻzi", 2019 yil 11 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 14 yanvar, 1-2-son, 9-modda