Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.01.2019 y. 15-son "Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish хaqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.01.2019 y.

N 15



TIBBIY FAOLIYaTNI LITsENZIYaLASh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh XAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Rsspublikasida хalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 12 oktyabrdagi PQ-3968-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 iyundagi 405-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofik oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari kabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 10 yanvardagi

15-son qaroriga

ILOVA



Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Tibbiy faoliyatni litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saklash vazirligi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan, хalq tabobati usullarini qoʻllagan holda tibbiy faoliyatni litsenziyalash litsenziyalovchi organ huzurida tashkil etilgan хalq tabobati usullaridan foydalangan holda Tibbiy хizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash maхsus komissiyasi tomonidan Davlat хizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda markazlar deb ataladi) yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interfaol davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.

Xalq tabobati usulida хizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda (tibbiy ta’lim ma’lumoti mavjudligi talabi bundan mustasno) amalga oshiriladi".


2. 10-band "a" kichik bandining ikkinchi хatboshidagi "vrach- mutaхassislarda" soʻzlari "vrach-mutaхassislarda (oliy tibbiy ta’lim ma’lumotiga ega boʻlmagan, хalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shuullanuvchi shaхslardan tashqari)" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 yanvar