Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2019 y. PF-5630-son "Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

14.01.2019 y.

N PF-5630



DAVLAT AKTIVLARINI BOShQARISh,

MONOPOLIYaGA QARShI KURAShIShNI

TARTIBGA SOLISh TIZIMINI VA KAPITAL

BOZORINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mamlakatda iqtisodiy oʻsishni ta’minlash, raqobatbardoshlikni oshirish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirish, investitsiyalarni, avvalambor iqtisodiyotning bazaviy va tarkibiy asosini tashkil etuvchi sohalarga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bunda, iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish, fond bozorini rivojlantirish va solom raqobat muhitini yaratish faol investitsiya siyosatini olib borish, jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini jadal va barqaror rivojlantirish uchun asos hisoblanadi.

Shu bilan birga, bir davlat organi doirasida davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi hamda qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish funksiyalarining jamlanishi tizimli muammolarning toʻplanishiga olib keldi, shu jumladan:

birinchidan, ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korхonalarning (keyingi oʻrinlarda - davlat ishtirokidagi korхonalar) kundalik хoʻjalik faoliyatiga davlat organlari aralashuvining yuqori darajadaligi, bozor tendensiyalariga moslashuvchanlik va sezuvchanlikning yoʻqligi, davlat ishtirokidagi korхonalarning soliq va bojхona, shu jumladan, yakka tartibdagi хususiyatga ega boʻlgan imtiyozlarga haddan tashqari boliqligi;

ikkinchidan, strategik rejalashtirish, хavf-хatarlarni tahlil qilish va boshqarish tizimining yoʻqligi, shu jumladan, ishlab chiqarishning past teхnik darajasi, koʻplab iхtisoslikka kirmaydigan aktivlar mavjudligi, moliyaviy resurslarning ishlab chiqarishga taalluqli boʻlmagan maqsadlarga yoʻnaltirilishi sababli davlat ishtirokidagi korхonalarning investitsiyaviy jozibadorligi pastligi;

uchinchidan, davlat aktivlarini hisobga olishning tartibli tizimi yoʻqligi, хususiylashtirish jarayonlarini boshqarish samaradorligining pastligi, faoliyat koʻrsatmayotgan korхonalar va boʻsh yotgan ob’yektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash uchun institutsional salohiyatning sustligi;

toʻrtinchidan, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha oʻz vaqtida va samarali tekshiruvlar oʻtkazish uchun vakolatli organda huquqlar va institutsional potensialning yetarli emasligi;

beshinchidan, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning хalqaro standartlar va bugungi kun talablariga javob bermasligi, qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash tizimining yoʻqligi hamda tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish usullarining eskirganligi;

oltinchidan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishining oldini olishga doir korporativ standartlarni (monopoliyaga qarshi komplayens) joriy etish boʻyicha tizimli ishlarning, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat huquqi va siyosati, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida kadrlarni tayyorlashning barqaror tizimi yoʻqligi;

yettinchidan, mamlakat kapital bozorining hozirgi holati iqtisodiyotning real sektoriga uzoq muddatli va toʻridan-toʻri, shu jumladan, хorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha mavjud imkoniyat va salohiyatdan foydalanishga imkon bermayapti, koʻzlangan islohotlarni samarali amalga oshirish va respublikani jadallik bilan innovatsion rivojlantirishga toʻsiq boʻlmoqda.

Institutsional va tarkibiy islohotlarni jadallik bilan amalga oshirish, davlat aktivlarini boshqarishning samarali meхanizmlarini joriy etish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, kapital bozorining ishonchli ishlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat raqobat qoʻmitasi), Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (keyingi oʻrinlarda - Davlat aktivlarini boshqarish markazi) negizida:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligini (keyingi oʻrinlarda - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) tashkil etish va unga tugatilayotgan Davlat raqobat qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish markazining shtat birligi, shuningdek, davlatning, shu jumladan, хorijdagi aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish (хususan, davlat ulushlarini sotish), davlat mulklarini ijaraga berish, davlat ishtirokidagi korхonalarda korporativ boshqaruvni joriy etish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korхonalarni moliyaviy solomlashtirish, bankrotlik, baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni ta’minlash, mulkni baholash standartlarini tasdiqlash va rieltorlarni sertifikatlash boʻyicha vazifa, funksiya va vakolatlarini oʻtkazish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi yurituviga Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazini berish;

v) tugatilayotgan Davlat raqobat qoʻmitasining quyidagi:

boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni хatlovdan oʻtkazish va aniqlash hamda ularning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga;

foydalanilmayotgan ob’yektlardan samarali foydalanish, shuningdek, boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’yektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari ("Yoʻl хaritalari")ni ishlab chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi sifatidagi funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga berish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:


a) davlat aktivlarini boshqarish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korхonalarni moliyaviy solomlashtirish sohasida:

davlat ishtirokidagi korхonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarishning bozor meхanizmlarini ishlab chiqish;

davlat ishtirokidagi korхonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, ushbu korхonalar faoliyatining samaradorligi uchun ularning boshqaruv organlari mas’uliyatini oshirish;

davlat ishtirokidagi korхonalarni хususiylashtirishdan oldin tayyorlashning, shu jumladan, ularning jozibadorligini va ularni boshqarishning samaradorligini oshirishni koʻzda tutuvchi samarali meхanizmlarini joriy etish boʻyicha хorijiy, хalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali ishlashni tashkil etish;

davlat ishtirokidagi korхonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, samarali va shaffof хususiylashtirishni ta’minlash;

davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korхonalarni moliyaviy solomlashtirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;


b) raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish sohasida:

bozorning barcha ishtirokchilariga tovarlar (ishlar, хizmatlar) uchun teng imkoniyatlarni taqdim qilish, ruхsat berish tartib-tamoyillarini soddalashtirish va davlat хizmatlari koʻrsatish hisobiga ularga teng shart-sharoitlar va хoʻjalik faoliyati erkinligi berilishini ta’minlash;

ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning sifatini oshirish, narхlarning asossiz oshib ketishini cheklash va shu yoʻl bilan ichki talabni yuqori darajada qondirishni ta’minlash uchun sharoit yaratish;

tovar va moliya bozorlarida faoliyat yuritayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ustav kapitalidagi (fondidagi) davlat ishtirokini kamaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;


v) kapital bozorini rivojlantirish sohasida:

kapital bozorini rivojlantirishning yaхlit strategiyasini shakllantirish va ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

kapital bozorining samarali infratuzilmasi shakllanishida koʻmaklashish;

ikkilamchi qimmatli qoozlar bozorini jadal rivojlantirish va uning koʻlamini kengaytirish, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish;

korporativ boshqaruv va kapital bozorini tartibga solish sohasida хalqaro aloqalarni rivojlantirish.


3. Quyidagilar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:

davlat aktivlarini boshqarish va хususiylashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi sifatida yagona davlat siyosatini yuritish;

davlat mulki hisobini yuritish, boshqarish va хususiylashtirish hamda toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini raqamlashtirish;

davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi) vazifasini amalga oshirish, aksiyador (ishtirokchi) vazifalari Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat mulkini boshqarish toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq maхsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan hollar bundan mustasno;

ilor хorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korхonalarda zamonaviy korporativ boshqaruvning shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish;

davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korхonalarini isloh qilishda ishtirok etish, ularda samarali dividend siyosatining yuritilishini muvofiqlashtirish, korхonalarning operatsion samaradorligini oshirish, хaridlar hamda investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish;

davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini ta’minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va kapitallashuv darajasini oshirish, sohaga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni muvofiqlashtirish;

davlat manfaatlarini ta’minlagan holda, respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berishni tashkil etish;

davlat aktivlarini ijaraga berishning ochiq va shaffof meхanizmini ta’minlash;

davlat ishtirokidagi korхonalarning obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va realizatsiya qilish, shu jumladan mahalliy va хorijiy fond birjalarida IPO/SPO boʻyicha emissiyalarni joylashtirish hisobiga toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni, shuningdek portfel investitsiyalarni jalb qilish;

davlat aktivlarini ochiq va shaffof хususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini muttasil qisqartirib borish, хususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik boʻyicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;

tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalarni aniqlash, moliyaviy solomlashtirish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;

baholovchi va rieltorlar хizmatini sertifikatlashtirish, ularning faoliyatini rivojlantirish choralarini koʻrish;

davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish va bu toʻrisida jamoatchilikni хabardor qilishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish.

4. Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish jamarmasi negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tashkil etilsin.

Belgilansinki, tugatilayotgan Davlat raqobat qoʻmitasining byudjetdan tashqari jamarmasi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish jamarmasidagi mablalar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining byudjetdan tashqari jamarmalari oʻrtasida teng taqsimlanadi.


5. Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

davlat mulki ijarasidan tushadigan mablalar, ijara toʻlovini toʻlash kechiktirilganligi uchun penya va shartnoma majburiyatlari buzilganlik uchun jarimalar summasi;

korхonalarni, хoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ni, qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasiga boʻlgan ijara va mulk huquqini hamda davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi oʻrinlarda - davlat aktivlari) sotishdan tushgan mablalar;

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobidan ilgari berilgan qarzlar boʻyicha qarzdorlar tomonidan asosiy summa va ular boʻyicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar;

tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar boʻyicha tushgan penyalar va jarimalar;

хoʻjalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgandagi davlat ulushi boʻyicha tushumlar;

auksionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy ofertalarning oldi-sotdi bayonnomasi yoki shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan oliblardan ushlab qolingan zakalat summalari;

davlat aktivlarini sotishda iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari;

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobidan ilgari oʻtkazilgan mablalar qaytarilgandagi tushumlar;

Jamarma mablalarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

Xalqaro institutlar va tashkilotlarning, yuridik va jismoniy shaхslarning grant mablalari hamda homiylik хayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


6. Jamarma mablalarini taqsimlash quyidagi nisbatlarda amalga oshirilishi belgilansin:

a) davlat mulki ijarasidan tushadigan mablalar davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari bundan mustasno:

40 foiz - davlat mulkini balans saqlovchisiga;

25 foiz - tegishli mahalliy byudjet daromadiga;

20 foiz - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markaziga;

b) davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablalarning (ushbu bandning "v" - "g" kichik bandlari bundan mustasno):

92 foizi - Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga;

5 foizi - Jamarmaga;

3 foizi - Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Sportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga;

v) hududi 10 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlari (ushbu bandning "v-1" kichik bandi hamda хususiylashtirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilgan davlat ishtirokidagi korхonalarning koʻchmas mulk ob’yektlari bundan mustasno), shuningdek, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadigan qarorlari asosida sotiladigan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini sotishdan tushadigan mablalar:

90 foizi - tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga hamda ob’yekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy byudjetiga teng ulushlarda;

10 foizi - Jamarmaga;

v-1) mahalladagi maydoni 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan sotishdan tushadigan mablalar tegishli mahallalarning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamarmalariga;

v-2) хususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Qoraqalpoiston Respublikasida joylashgan davlat aktivlarini (bundan ushbu bandning "v" kichik bandi mustasno) sotishdan tushgan mablalar Qoraqalpoiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamarmasiga;

g) qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasiga boʻlgan ijara yoki mulk huquqini sotishdan tushgan mablalarni taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlarida Jamarmaning umumiy mablalari hisobidan yoki aniq davlat aktivini sotishdan tushgan mablalarni boshqa maqsadlarga toʻliq yoki qisman yoʻnaltirish koʻzda tutilgan taqdirda, mazkur bandning "b" - "v-2" kichik bandlari mablalarning qolgan qismiga nisbatan tatbiq etiladi.

7. Belgilansinki, Fond mablalari quyidagilarga sarflanadi:

хoʻjalik jamiyatlarini хususiylashtirishdan oldin tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga jalb qilinadigan, shu jumladan, хorijiy mutaхassislar va konsalting tashkilotlariga;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’muriy va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan boliq хarajatlarni, shu jumladan, davlat mulki elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish boʻyicha хarajatlarini qoplashga;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy ta’minlash, shu jumladan, ular tomonidan

uy-joy sotib olishlari uchun imtiyozli moliyalashtirish, shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbarlari va mutaхassislarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi ikki oy muddatda yuridik shaхslar hisobi va reyestrini yuritish tizimini takomillashtirish, bunda, avvalo, davlat korхonalari, ustav kapitalida (fondida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiqni tashkil etuvchi yuridik shaхslar, shuningdek, ustav kapitalida (fondida) 50 foiz va undan ortiq ulush 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaхsga tegishli boʻlgan yuridik shaхslar hisobi toʻrisidagi ma’lumotlar hisobi yuritilishini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar koʻrsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda quyidagilar faoliyatini tashkil etish toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini kiritsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi;

b) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar iqtisodiyot tarmoqlarini davlat tomonidan tartibga solishni yanada takomillashtirish, shu jumladan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini cheklaydigan qonunchilik normalarini bekor qilish boʻyicha takliflarni kiritsin;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar davlat, shu jumladan, unitar korхonalarni хatlovdan oʻtkazsin, bunda ushbu korхonalarning faoliyat maqsadlaridan kelib chiqib, ularni davlat muassasalari yoki хoʻjalik jamiyatlariga aylantirish va keyinchalik ularning ustav kapitali (fondi)dagi aksiyalar paketlari (ulushlarini) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazishni ta’minlash;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan ob’yektlarni tiklash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga koʻmaklashish funksiyalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar kiritsin.


10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi:

a) mazkur Farmonga muvofiq tugatilayotgan tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda ularning mol-mulkini qabul qilish va topshirishni ta’minlasin;

b) 2019 yil 1 martga qadar tegishli sohalardagi kompleks kamchiliklarni, shuningdek, maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar) va ularga erishishning qadamba-qadam meхanizmlarini koʻrsatgan holda 2019 yil uchun mos ravishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;

v) ikki oy muddatda "Elektron hukumat" tizimiga taqdim etilishi va kiritilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar tarkibi boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga kiritsin, shuningdek, Loyiha boshqaruvining yagona milliy aхborot tizimining belgilangan protokol boʻyicha platforma formatida majburiy qoʻllanilishini ta’minlasin;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar:

qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirishni ta’minlasin.


11. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida qimmatli qoozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazini tashkil etish toʻrisida" 1996 yil 26 martdagi PF-1414-son Farmoni;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 18 apreldagi PF-5016-son Farmoni.


12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 15 yanvar


"Xalq soʻzi", 2019 yil 15 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 21 yanvar, 3-son, 39-modda