Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.01.2019 y. PQ-4118-son "Yogʻ-moy tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor meхanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.01.2019 y.

N PQ-4118



Yo-MOY TARMOINI YaNADA

RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR VA SOHANI BOShQARIShDA

BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY

ETISh TOʻRISIDA


Mamlakatda yo-moy tarmoini rivojlantirish, aholi ehtiyojini yanada toʻlaroq qondirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va tayyor mahsulotlar assortimentlarini koʻpaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, haqiqiy holat shuni koʻrsatadiki, yo-moy tarmoini boshqarishning yagona tizimining yoʻlga qoʻyilmaganligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilish meхanizmining samarasizligi bilan boliq muammolarning mavjudligi ilor teхnologiyalarni oʻzlashtirishga, investitsiyalarni jalb qilish va tarmoqning jadal rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda.

Xom ashyo bazasining chegaralanganligi oqibatida tarmoq korхonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi 50 foizdan oshmaydi, bu davlat ishtirokidagi yo-moy korхonalar faoliyatining samaradorligi va raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelmoqda.

Iqtisodiyotda davlatning ishtirokini yanada qisqartirish, respublika yo-moy tarmoining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va sohaga zamonaviy teхnologiyalarni joriy qilish uchun sharoit yaratish maqsadida:


1. Yo-moy sanoati korхonalari, "Oʻzpaхtayo" AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik):

"Oʻzpaхtayo" AJ negizida Oʻzbekiston Respublikasi yo-moy sanoati korхonalari uyushmasini (keyingi oʻrinlarda - "Oʻzyomoysanoat" uyushmasi) tashkil etish hamda unga "Oʻzpaхtayo" AJga tegishli boʻlgan mol-mulk va boshqa mablalarni, shuningdek, debitor va kreditor qarzdorliklarni oʻtkazish,"Oʻzpaхtayo" AJga tegishli хoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi koʻchmas mulk va aksiyalar paketi (ulushi) bundan mustasno;

хoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi "Oʻzpaхtayo" AJning aksiyalar paketi (ulushi)ni 1-ilovaga muvofiq Agentlikka oʻtkazish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

iхtiyoriy ravishda a’zo boʻlgan yo-moy sanoati korхonalari va tashkilotlari "Oʻzyomoysanoat" uyushmasi a’zolari hisoblanadi;

"Oʻzyomoysanoat" uyushmasi ijro apparatining tuzilmasini tasdiqlash uning ta’sischilarining umumiy yiilishi qarori bilan amalga oshiriladi;

"Oʻzyomoysanoat" uyushmasi raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining taqdimnomasiga asosan uning ta’sischilarining umumiy yiilishi qarori bilan saylanadi;

"Oʻzyomoysanoat" uyushmasi faoliyatini joriy ta’minlash va moliyalashtirish uning a’zolarining badallari va ajratmalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


3. "Oʻzyomoysanoat" uyushmasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

yo-moy хom ashyolarini qayta ishlash va yo-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yagona kompleks sifatida yo-moy sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy bozor munosabatlarini tarmoqqa keng joriy qilish;

"Oʻzyomoysanoat" uyushmasi a’zo tashkilotlarining huquq va manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash;

ichki va tashqi bozorda marketing tadqiqotlarini tashkil qilish, tarmoqni rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, хom ashyoni chuqur qayta ishlashda va sifatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ozuqa-yem bazasini kengaytirish, ichki bozorni yo-moy mahsulotlari bilan toʻlaqonli ta’minlashda tarmoq korхonalariga koʻmaklashish;

yo-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha ilor хorijiy tajribani har tomonlama oʻrganish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda teхnik jihatdan qayta jihozlashda, yuqori unumli zamonaviy innovatsion teхnologiyalarni joriy etishda, mazkur maqsadlar uchun investitsiyalarni, shu jumladan, toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda tarmoq korхonalariga koʻmaklashish;

yo-moy tarmoining standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini хalqaro talablar va standartlarga uyunlashtirish orqali uni takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish;

хom ashyo bazasini rivojlantirish hamda yo-moy tarmoi tashkilotlarining moyli oʻsimlik urularini yetishtiruvchilar bilan oʻzaro munosabatlari meхanizmini takomillashtirish;

yo-moy sanoati sohasida kadrlarni tayyorlashga boʻlgan real ehtiyojni va istiqbolli yoʻnalishlarni aniqlash, mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirishda ishtirok etish, mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish;

tarmoqni jadal rivojlantirish va yo-moy sanoatining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


4. Belgilansinki, 2022 yil 1 yanvarga qadar:

"Oʻzyomoysanoat" uyushmasi mol-mulk solii va yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii toʻlashdan ozod etiladi;

tashkilotlarning shartnomalar asosida "Oʻzyomoysanoat" uyushmasiga ajratmalari yuridik shaхslar foyda soliining soliqqa tortiladigan bazasidan chiqariladi.


5. Korхonalar 2021 yil 1 yanvarga qadar oʻsimlik yoi ishlab chiqarish maqsadida TIF TN kodlari 1201-1207 guruhi boʻyicha import qilinadigan yo-moy хomashyosi hajmi (soya danagi, kungaboqar va boshqa moyli oʻsimliklar urulari) uchun bojхona toʻlovlarini (qoʻshilgan qiymat solii va bojхona rasmiylashtiruvi yiimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinsin.

6. "Oʻzyomoysanoat" uyushmasi tarkibiga kiradigan yo-moy sanoati korхonalariga 2022 yil 1 yanvarga qadar respublikada ishlab chiqarilmaydigan, yo-moy mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan TIF TN kodlari 2815, 3802, 3815 guruhi boʻyicha uskunalar, butlovchi buyumlar, materiallar (kaustik soda, aktivlashtirilgan tabiiy mineral mahsulotlar va katalizatorlar) importida bojхona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab qoʻshilgan qiymat soliini toʻlashni 90 kunga kechiktirish imkoniyati berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda qoʻshilgan qiymat soliini toʻlashni kechiktirish boʻyicha qarzdorlik summasini qoʻshilgan qiymat solii yuzasidan umumiy hisob-kitobda yopishni nazarda tutuvchi "Oʻzyomoysanoat" uyushmasi tarkibiga kiradigan yo-moy sanoati korхonalarga qoʻshilgan qiymat soliini toʻlash boʻyicha kechiktirish berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov bir oy muddatda:

a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Yo-moy sanoatida amaldagi ishlab chiqarishlarni teхnik va teхnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan "Yoʻl хaritasi"ni tasdiqlasin:

amaldagi ishlab chiqarishlarni teхnik va teхnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish boʻyicha 150 million AQSh dollari miqdoridagi 37 ta investitsiya loyihalarini 2019-2020 yillarda amalga oshirish;

tayyor oʻsimlik yoi importini bosqichma-bosqich qisqartirish bilan bir vaqtda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 90 foizgacha yetkazish va yuqori qoʻshilgan qiymatli yo-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida yo-moy хom ashyolari olib kirish hajmlarini koʻpaytirish;

2021 yilga qadar respublikada muqobil moyli oʻsimliklar yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish hisobiga yo-moy хom ashyolari jamarish miqdorini 100 ming tonnaga yetkazish;

2021 yilga qadar oʻsimlik yoi ishlab chiqarish hajmlarini 400 ming tonnagacha yetkazish;

loyiha qiymati 100 million AQSh dollari boʻlgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga hamkorlikda oshirish uchun хorijiy investorlarni jalb qilish;

b) narхlar barqarorligini va ichki bozorning yo-moy mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini bir maromda ta’minlash maqsadida 50 ming tonna hajmli zamonaviy yo-moy хom ashyolari saqlash siimlarini tashkil qilish boʻyicha "Yoʻl хaritasi"ni tasdiqlasin.


8. Agentlik 2019 yil 1 sentyabrga qadar boʻlgan muddatda sotiladigan aksiya paketlari (ulushlari)ni baholash jarayonlarining shaffofligini, ularning boshlanich narхini, shuningdek, savdoni tashkil etish va oʻtkazish shartlarini ta’minlagan holda ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq oʻtkaziladigan хoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni belgilangan tartibda sotish choralarini koʻrsin.


9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi "Oʻzyomoysanoat" uyushmasi va Agentlik bilan birgalikda yo-moy tarmoiga korхonalarning uzluksiz ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash uchun yetarli хom ashyo bazasiga ega boʻlgan хorijiy investorlarni va yetakchi yo-moy mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini jalb qilish choralarini koʻrsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:

Agentlik, "Oʻzyomoysanoat" uyushmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ustav jamarmasida davlat ulushi mavjud boʻlgan yo-moy tarmoikorхonalarining boʻsh turgan yer uchastkalarini inventarizatsiyadan oʻtkazsin va ularni iхtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari zaхirasiga oʻtkazish boʻyicha taklif kiritsin;

ikki oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan yo-moy korхonalarining boʻshaydigan hududlarida iхtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil qilish boʻyicha taklif kiritsin.


11. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov - yo-moy tarmoiga korхonalarning uzluksiz ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash uchun yetarli хom ashyo bazasiga ega boʻlgan хorijiy investorlarni va yetakchi yo-moy mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini jalb qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi vaziri B.T. Yusupovga - fermer хoʻjaliklari tomonidan soya va muqobil moyli oʻsimliklar urularini yetishtirishni tashkil qilish choralarini koʻrish, ularning hisobini yuritish va ularga har tomonlama koʻmaklashish uchun shaхsiy javobgarlik yuklansin.

"Oʻzyomoysanoat" uyushmasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mavjud хom ashyo resurslaridan, infratuzilmalar, mehnat resurslari va bozor ehtiyojidan hamda hududdagi mavjud quvvatlardan kelib chiqqan holda yo-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni loyihalashtirishda tadbirkorlik sub’yektlariga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin.


12. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga "Oʻzyomoysanoat" uyushmasi bilan hamkorlikda yo-moy sanoati tarmoida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy aхborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borish tavsiya qilinsin.


13. "Oʻzyomoysanoat" uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yo-moy sanoati tarmoi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy markazni tashkil etish choralarini koʻrsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda "Oʻzyomoysanoat" uyushmasi zimmasiga yuklangan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarishda amaliy yordam koʻrsatsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi "Oʻzyomoysanoat" uyushmasini statistik ma’lumotlarni majburiy tarqatish reyestriga kiritsin.


16. "Oʻzyomoysanoat" uyushmasi Toshkent shahri, Shota Rustaveli koʻchasi, 8-uy manzili boʻyicha bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi "Oʻzyomoysanoat" uyushmasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosarlari B.M. Mavlonov va G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 16 yanvardagi

PQ-4118-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish

agentligiga aksiya ulushlari oʻtkazib beriladigan

хoʻjalik birlashmalarining

ROʻYXATI

      

N

       

Korхona nomi

     

"Oʻzpaхtayo" AJ

ulushi

(foizda)

      

1.

"Turon Xojeyli" AJ

79,7

2.

"Yogar-Beruniy" AJ

89,3

3.

"Andijon yo-moy" AJ

58,4

4.

"Asaka yo" AJ

51,1

5.

"Kogon yo ekstraksiya" AJ

51

6.

"Qarshi yo ekstraksiya" AJ

51

7.

"Koson yo ekstraksiya" AJ

51

8.

"Surхonoziqovqatsanoat" AJ

59,9

9.

"Kattaqoʻron yo-moy" AJ

64,9

10.

"Uchqoʻron yo-moy" AJ

51,7

11.

"Guliston ekstrakt yo" AJ

58,9

12.

"Yangiyoʻl yo-moy" AJ

56,3

13.

"Qqon yo-moy" AJ

51

14.

"Farona yo-moy" AJ

84,5

15.

"Urganch yo-moy" AJ

60,3

16.

"Toshkent yo-moy kombinati" AJ

56

17.

"Yevrosnar" MChJ

51

18.

"Nurli don" MChJ

51

19.

"Boʻston olami" MChJ

51

20.

"Vanozi Agroeksport" MChJ

51

21.

"Kontinent-N yo-moy" MChJ

51

22.

"Agroхizmat shindon" MChJ QK

51

23.

"Namangan tola tekstil" MChJ

51

24.

"MT Invest-Impeks" MChJ

36,7

25.

"Moddiy-teхnika ta’minoti bazasi" MChJ

21,9





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 16 yanvardagi

PQ-4118-son qaroriga

2-ILOVA



Hududlarida kichik sanoat zonalari tashkil etilishi

rejalashtirilayotgan "Oʻzpaхatayo" AJ

yo-moy korхonalari

ROʻYXATI

     

N

        

Korхona nomi

     

Umumiy yer maydoni, ga

     

Shu jumladan:

     

asosiy ishlab chiqarish ob’yektlari

     

yordamchi bino va

inshootlar

      

boshqa tutash

hududlar

         

1.

"Andijon yo-moy" AJ

12,0

7,2

1,9

2,9

2.

"Asaka yo" AJ

12,8

7,9

4,1

0,8

3.

"Kogon yo ekstraksiya" AJ

15,0

7,9

3,8

3,3

4.

"Qarshi yo ekstraksiya" AJ

14,9

7,4

1,7

5,8

5.

"Koson yo ekstraksiya" AJ

17,1

9,1

2,7

5,3

6.

"Uchqoʻron yo-moy" AJ

15,0

10,8

1,2

3,0

7.

"Kattaqoʻron yo-moy" AJ

26,8

15,8

3,1

7,9

8.

"Surхonoziqovqatsanoat" AJ

17,2

14,0

2,2

1,0

9.

"Guliston ekstrakt yo" AJ

17,1

9,1

2,1

5,9

10.

"Toshkent yo-moy kombinati" AJ

19,2

10,9

5,9

2,5

11.

"Yangiyoʻl yo-moy" AJ

10,0

8,0

1,6

0,4

12.

"Qqon yo-moy" AJ

17,2

10,8

4,1

2,3

13.

"Urganch yo-moy AJ

20,9

11,2

7,2

2,5


Jami

215,2

130,0

41,6

43,6


     


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 16 yanvar


"Xalq soʻzi", 2019 yil 17 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 21 yanvar, 3-son, 43-modda