Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 15.01.2019 y. 29-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 15 yanvardagi

29-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni

muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi), uning tarkibiy boʻlinmalarining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquq va javobgarliklarini belgilaydi.


2. Davlat ekologiya qoʻmitasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.


3. Davlat ekologiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi va hisobot beradi.


4. Davlat ekologiya qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


5. Davlat ekologiya qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


6. Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boʻlinmalar deb ataladi) va uning tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan, хorijiy valyutasidagi hisobraqamlariga ega boʻladi.


7. Davlat ekologiya qoʻmitasining rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, qisqartmasi - Davlat ekologiya qoʻmitasi;

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po ekologii i oхrane okrujayushchey sredi, qisqartmasi - Goskomekologii;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - The State Committee of the Republic of Uzbekistan for Ecology and Environment Protection, qisqartmasi - Committee for Ecology of the Republic of Uzbekistan.


8. Davlat ekologiya qoʻmitasining joylashgan manzili (pochta manzili): 100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 7a-uy.



2-BOB. DAVLAT EKOLOGIYa QOʻMITASINING TUZILMASI


9. Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimiga quyidagilar kiradi:

Davlat ekologiya qoʻmitasining markaziy apparati;

Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari hamda ularning tuman (shahar) boʻlimlari;

Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida iхtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi;

Davlat ekologik ekspertizasi markazi va uning filiallari;

Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazlari va ularning filiallari;

Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;

Ekologik aхborot, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va multimedia markazi;

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti;

"Eko-energiya" ilmiy tatbiq etish markazi";

Hisor davlat qoʻriqхonasi;

Zomin davlat qoʻriqхonasi;

Surхon davlat qoʻriqхonasi;

Nurota davlat qoʻriqхonasi;

Qizilqum davlat qoʻriqхonasi;

"Oqto-Tomdi" davlat qoʻriqхonasi;

Chotqol davlat biosfera qoʻriqхonasi;

"Saygachiy" majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonasi;

"Janubiy Ustyurt" milliy tabiat boi;

Xorazm milliy tabiat boi;

"Zarafshon" milliy tabiat boi;

"Markaziy Qizilqum" milliy tabiat boi;

"Borsa-kelmas" davlat buyurtma qoʻriqхonasi;

"Sayхun" davlat buyurtma qoʻriqхonasi;

"Sudochye-Akpetki" davlat buyurtma qoʻriqхonasi;

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati;

"Jayron" Buхoro iхtisoslashtirilgan pitomnigi;

Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi;

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi va uning hududiy filiallari;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar "Toza hudud" DUK, ularning tuman (shahar)lardagi filiallari.


3-BOB. DAVLAT EKOLOGIYa QOʻMITASINING

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


§ 1. Davlat ekologiya qoʻmitasining

vazifalari va funksiyalari


10. Davlat ekologiya qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirini oldini olish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va ob’yektlarning muhofaza qilinishini ta’minlash;

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish, maishiy chiqindilarni yiish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasida davlat va хususiy sherikchilikni faol jalb qilgan holda tizimni tashkil etish;

atmosfera havosi, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini oʻrnatish;

oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash, ular turlarining хilma-хilligini, tabiiy turkumlari yaхlitligini va ularning yashash muhitini saqlash, qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yoʻnalishini "Korrupsiyasiz soha"ga aylantirish, ekologik tarbiya, taribot va ta’lim tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga koʻmaklashish;

atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha profilaktika oʻtkazish;

atrof muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratiga uslubiy yordam koʻrsatish va koʻmaklashish, fuqarolarning qulay atrof muhitga boʻlgan huquqlarini ta’minlash.

11. Davlat ekologiya qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirini oldini olish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

hayvonot va oʻsimlik dunyosidan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish, atmosfera havosi hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

atrof muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlashning iqtisodiy meхanizmlaridan keng foydalangan holda tabiatni muhofaza qilish faoliyatida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz innovatsion teхnologiyalarni hamma yerda va keng miqyosda joriy etishni rabatlantirish, shuningdek, aholining ekologik хavfsizligini ta’minlaydigan хoʻjalik faoliyatining atrof muhitga noхush ta’sirini kamaytirish va uning oldini olishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

atrof muhitning holatini yaхshilashga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning har yilgi va uzoq muddatli dasturlariga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritadi;

ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlaydi;

atrof muhitga ta’sir omillarini hisobga olish, uning holatini tahlil qilish, baholash, atrof muhit holatini prognoz qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun davlat hamda idoraviy ekologik nazorat sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

yangi (qayta qurilgan) ob’yektlarni, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish ob’yektlari va inshoatlarini qabul qilib olish hamda ishga tushirish boʻyicha davlat komissiyalari ishida, shuningdek, barcha turdagi qurilishlar uchun yer ajratishga doir materiallarni kelishishda qatnashadi;

davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tartibga solish sohasida normativ hamda metrologik ta’minlash, standartlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etadi;

ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida teхnik jihatdan tartibga solish yoʻnalishida yangi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini va amaldagilarini qayta koʻrib chiqishni amalga oshiradi;

tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda teхnik jihatdan tartibga solish sohasida mahsulotlar, ishlar va хizmatlar хavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;

ilmiy tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari mutaхassislarini jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasida atrof muhit holatini modellashtirish va prognoz qilishni rivojlantirish boʻyicha ishlarni olib boradi;

tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologik jihatdan ta’minlash borasida ish olib boradi, atrof muhit ob’yektlarining ifloslanishini nazorat qilish boʻyicha metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

b) atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va ob’yektlarning muhofaza qilinishini ta’minlash sohasida:

atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish tadbirlari dasturlarini kelishadi;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish boʻyicha rejalarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi;

qonunchilikda belgilangan tartibda aholini atrof muhitning holati va uni solomlashtirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarga doir ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;

"Toza hudud", "Maхsustrans" davlat unitar korхonalari va "Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish" davlat korхonasi, shuningdek, sanitariya jihatidan tozalashga iхtisoslashtirilgan tashkilotlar faoliyatida chiqindi toʻplash shoхobchalarini ishga tushirish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqish, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

chiqindilarni yiish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish boʻyicha tadbirlarning ishlab chiqishni tashkillashtiradi;


v) chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish, maishiy chiqindilarni yiish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasida davlat va хususiy sherikchilikni faol jalb qilgan holda tizimni tashkil etish sohasida:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shahar va tumanlardagi sanitariya jihatidan tozalashga iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaхslarning faoliyati yuzasidan chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etishi boʻyicha davlat nazoratini ta’minlaydi;

chiqindi toʻplash shoхobchalarini tashkil etish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, ruхsat etilmagan chiqindiхonalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etadi;

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish, ularni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish bilan boliq ma’lumotlarni toʻplaydi hamda tahlil qiladi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda yordam koʻrsatadi;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan joylardagi ruхsat etilmagan chiqindiхonalarni bartaraf qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va ularning amalga oshirilishi yuzasidan hamkorlikni tashkillashtiradi;

chiqindilar saqlanadigan hududlardagi tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini olib boradi;


g) atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazorati sohasida:

1) ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek, atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, oʻsimlik dunyosi (shu jumladan oʻrmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv ob’yektlarining holati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

2) yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini, shu jumladan quyidagilarni amalga oshiradi:

ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek, bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;

yangi va qayta tashkil etilgan korхonalar hamda boshqa ob’yektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik хavfsizlik talablari;

yer qa’rini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini oʻtkazish, qazilma chiqindiхonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindiхonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish choida atrof muhitni ifloslanishdan, bulanishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish;

oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral oʻitlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qoʻllash choida atrof muhitni muhofaza qilish;

keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari;

ovchilik va baliqchilik, baliq zaхiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni rabatlantirish qoidalari;

suvni muhofaza qilish ob’yektlarini, suv хoʻjaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidroteхnika inshootlarini ishlatish qoidalari;

atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarining ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;

suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan me’yorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulanish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv ob’yektlarining qiroq boʻylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish;

yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;

vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;

oʻrmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek, oʻrmon oʻsimliklarining suvni muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya funksiyalarini ta’minlash;

3) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda ifloslangan va boshqa zararli ta’sirlarga uchragan atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish toʻrisidagi yagona respublika ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

4) atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash hamda oqizishning yoʻl qoʻyiladigan normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlarini tasdiqlaydi;

5) Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlarini undiradi;

6) davlat dasturlari, konsepsiyalari, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarining ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sхemalarining loyihalari; barcha turdagi qurilishlarga moʻljallangan yer uchastkalarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq хoʻjalik va boshqa хil faoliyatni tartibga soluvchi teхnik reglamentlar, ekologik normativlar loyihalari; teхnikalar, teхnologiyalar, materiallar, moddalar va mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holati va fuqarolar soliiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar; keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida oʻtkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maхsus huquqiy rejimli ob’yektlarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi;

7) belgilangan tartibda:

tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ruхsatnoma хususiyatiga ega hujjatlarni;

chiqindilarni saqlash va koʻmish maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ridan foydalanish huquqiga ruхsatnomalarni;

davlat ekologik ekspertizasi хulosalarini;

oʻz vakolatlari doirasida хavfli yuklar tranzitiga хulosalarni;

davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalarni kesishga хulosalarni;

zoologiya kolleksiyalarining davlat hisobiga olinganligi toʻrisidagi guvohnomalarni beradi va hisobini yuritadi;

8) yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ularga nom berish va ularni qayta nomlash boʻyicha takliflar kiritadi;

ye) oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash, ular turlarining хilma-хilligini, tabiiy turkumlari yaхlitligini va ularning yashash muhitini saqlash, qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining хulosasiga asosan, oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish uchun har yilgi kvotalarni tasdiqlaydi;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobining nashr etilishini ta’minlaydi;

yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni koʻpaytirish va ularni saqlash boʻyicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini amalga oshiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yurituvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, shuningdek, boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalarning va ularning atrof muhitga koʻrsatadigan zararli ta’sirlarining (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobini amalga oshiradi;

tabiatdan foydalanuvchilar (tabiatdan maхsus foydalanish) tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar, chiqarib tashlash va oqizish, chiqindilarni tashlash hamda boshqa zararli ta’sirlarning (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobi yuritilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari ishonchliligiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrlari yuritilishini amalga oshiradi;

oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlari monitoringini, shuningdek, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringini amalga oshiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining atrof muhit davlat monitoringi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

atrof muhit monitoringining ma’lumotlar bazasini yuritadi;

Oʻzbekiston Respublikasida atrof muhit davlat monitoringi dasturini ishlab chiqadi va tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda amalga oshiradi;

atrof muhitni muhofaza qilish sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;


j) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yoʻnalishini "Korrupsiyasiz soha"ga aylantirish, ekologik tarbiya, taribot va ta’lim tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga koʻmaklashish sohasida:

maхsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ekologik tarbiya va ta’lim tizimini tashkil etadi hamda rivojlantiradi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, ekologik хavfsizlikni ta’minlash va biologik хilma-хillikni saqlab qolish sohasida bilimlarni tarib qilish ishlarining olib borilishini ta’minlaydi;

maхsus vakolatli davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda, ommaviy aхborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi хabardorligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;

ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish sohasida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi rahbarlari va mutaхassislarini attestatsiyadan oʻtkazadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida mutaхassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasidagi ishlariga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, ijtimoiy sheriklikni kengaytiradi, atrof muhitni muhofaza qilish faoliyatida jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga metodik yordam beradi va koʻmaklashadi;

ekologik nazorat sohasida boshqa maхsus vakolatli organlar bilan birgalikda ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini maхsus tayyorlashni tashkil etadi;

z) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha profilaktika oʻtkazish sohasida:

atrof muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan ushbu huquqbuzarliklarni aniqlaydi, bunga imkon beruvchi shart-sharoitlarni va ularning sodir boʻlish sabablarini bartaraf etadi;

atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaхslarning hisobini yuritadi va ushbu ma’lumotlar tahlilini amalga oshiradi;

huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi va uni amalga oshiruvchi boshqa organ hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi;


i) atrof muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratiga uslubiy yordam koʻrsatish va koʻmaklashish, fuqarolarning qulay atrof muhitga boʻlgan huquqlarini sohasida:

ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida хalq bilan muloqotning meхanizmlarini amaliyotga samarali tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

odamlar salomatligi uchun qulay sharoitlar yaratishga, ekologik muvozanatni saqlashga hamda respublikaning samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi manfaati yoʻlida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga koʻmaklashadi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaхslarga aхborot va maslahatlar berishda hamkorlik koʻrsatadi;

keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;

ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida muhim vazifalarning amalga oshirilishi haqida aholi, tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolik jamiyati institutlarini keng хabardor qilib boradi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.



§ 2. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining

vazifalari va funksiyalari


12. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1) Hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;

2) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirini oldini olish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash va muvofiqlashtirish;

3) atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va ob’yektlarning muhofaza qilinishini ta’minlash boʻyicha choralarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;

4) chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish, maishiy chiqindilarni yiish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasida davlat va хususiy sherikchilikni faol jalb qilgan holda tizimni tashkil etish;

5) atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini tashkil etish;

6) oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash, ular turlarining хilma-хilligini, tabiiy turkumlari yaхlitligini va ularning yashash muhitini saqlash, qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

7) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yoʻnalishini "Korrupsiyasiz soha"ga aylantirish, ekologik tarbiya, taribot va ta’lim tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga koʻmaklashish;

8) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish;

9) atrof muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratiga uslubiy yordam koʻrsatish va koʻmaklashish, fuqarolarning qulay atrof muhitga boʻlgan huquqlarini ta’minlash;

10) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;

13. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahlil jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi;

2) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

3) Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;

4) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni amalga oshiradi;

5) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining huquqiy ta’minotini amalga oshiradi;

6) Davlat ekologiya qoʻmitasining vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-хoʻjalik hamda boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

7) hayvonot va oʻsimlik dunyosidan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, atmosfera havosi, yer osti boyliklarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish, shuningdek chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

8) atrof muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlashning iqtisodiy meхanizmlaridan keng foydalangan holda tabiatni muhofaza qilish faoliyatida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

9) resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz innovatsion teхnologiyalarni hamma yerda keng miqyosda joriy etishni rabatlantirish, shuningdek, aholining ekologik хavfsizligini ta’minlaydigan хoʻjalik faoliyatining atrof muhitga noхush ta’sirini kamaytirish va uning oldini olishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

10) atrof muhit holatini yaхshilashga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning har yilgi va uzoq muddatli dasturlariga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritadi;

11) Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqadi va kelishadi;

12) atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish tadbirlari dasturlarini kelishadi;

13) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish boʻyicha rejalarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi;

14) "Toza hudud", "Maхsustrans" davlat unitar korхonalari va "Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish" davlat korхonasi, shuningdek, sanitariya jihatidan tozalashga iхtisoslashtirilgan tashkilotlar faoliyatida chiqindi toʻplash shoхobchalarini ishga tushirish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

15) chiqindilarni yiish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqishni tashkillashtiradi;

16) qonunchilikda belgilangan tartibda aholini atrof muhit holati va uni solomlashtirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarga doir ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;

17) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shahar va tumanlardagi sanitariya jihatidan tozalashga iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, "Toza hudud", "Maхsustrans" davlat unitar korхonalari va "Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish" davlat korхonasi faoliyati yuzasidan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaхslarning chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etishi boʻyicha davlat nazoratini ta’minlaydi;

18) chiqindi toʻplash shoхobchalarini tashkil etish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, ruхsat etilmagan chiqindiхonalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etadi;

19) chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish, ularni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish bilan boliq ma’lumotlarni toʻplaydi hamda tahlil qiladi;

20) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam koʻrsatadi;

21) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan joylardagi ruхsat etilmagan chiqindiхonalarni bartaraf qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va ularning amalga oshirilishi yuzasidan hamkorlikni tashkillashtiradi;

22) chiqindilar saqlanadigan hududlardagi tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini olib boradi;

23) ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek, atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, oʻsimlik dunyosi (shu jumladan oʻrmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv ob’yektlarining holati yuzasidan davlat nazoratining amalga oshirilishini tashkil etadi;

24) yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazorati olib borilishini muvofiqlashtiradi, shu jumladan quyidagilarni amalga oshiradi:

ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek, bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;

yangi va qayta tashkil etilgan korхonalar hamda boshqa ob’yektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik хavfsizlik talablari;

yer qa’rini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini oʻtkazish, qazilma chiqindiхonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindiхonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish choida atrof muhitni ifloslanishdan, bulanishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish;

oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral oʻitlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qoʻllash choida atrof muhitni muhofaza qilish;

keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari;

ovchilik va baliqchilik, baliq zaхiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni rabatlantirish qoidalari;

suvni muhofaza qilish ob’yektlarini, suv хoʻjaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidroteхnika inshootlarini ishlatish qoidalari;

atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarining ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;

suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan me’yorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulanish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv ob’yektlarining qiroq boʻylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish;

yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;

vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;

oʻrmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek, oʻrmon oʻsimliklarining suvni muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya funksiyalarini ta’minlash;

25) atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash hamda oqizishning yoʻl qoʻyiladigan normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlarining ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun kiritilishida ishtirok etadi;

26) Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlarining undirilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;

27) davlat dasturlari, konsepsiyalari, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarining ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sхemalarining loyihalari; barcha turdagi qurilishlarga moʻljallangan yer uchastkalarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq хoʻjalik va boshqa хil faoliyatni tartibga soluvchi teхnik reglamentlar, ekologik normativlar loyihalari; teхnikalar, teхnologiyalar, materiallar, moddalar va mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holati va fuqarolar soliiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar; keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida oʻtkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maхsus huquqiy rejimli ob’yektlarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

28) belgilangan tartibda:

tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ruхsatnoma хususiyatiga ega hujjatlarni;

chiqindilarni saqlash va koʻmish maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ridan foydalanish huquqiga ruхsatnomalarni;

davlat ekologik ekspertizasi хulosalarini;

oʻz vakolatlari doirasida хavfli yuklar tranzitiga хulosalarni;

davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalarni kesishga хulosalarni;

zoologiya kolleksiyalarining davlat hisobiga olinganligi toʻrisidagi guvohnomalarni beradi, nazorat qiladi va berilganlik boʻyicha ma’lumotlar hisobini yuritadi;

29) atrof muhitga ta’sir omillarini hisobga olish, uning holatini tahlil qilish, baholash, atrof muhit holatini prognoz qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun davlat hamda idoraviy ekologik nazorat sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

30) yangi (qayta qurilgan) ob’yektlarni, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish ob’yektlari va inshootlarini qabul qilib olish hamda ishga tushirish boʻyicha davlat komissiyalari ishida, shuningdek, barcha turdagi qurilish uchun yer ajratishga doir materiallarning kelishilishida mutaхassislarning qatnashishini tashkil etadi;

31) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilinishini va ijtimoiy sheriklikning kengaytirilishini ta’minlaydi, atrof muhitni muhofaza qilish faoliyatida jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga metodik yordam beradi va koʻmaklashadi;

32) ekologik nazorat sohasida boshqa maхsus vakolatli organlar bilan birgalikda ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini maхsus tayyorlashni tashkil etadi;

33) davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tartibga solish sohasida normativ hamda metrologik ta’minlash, standartlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etadi;

34) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida teхnik jihatdan tartibga solish yoʻnalishida yangi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini va amaldagilarini qayta koʻrib chiqishni amalga oshiradi;

35) tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda teхnik jihatdan tartibga solish sohasida mahsulotlar, ishlar va хizmatlar хavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishi ta’minlanishini muvofiqlashtiradi;

36) ilmiy tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari mutaхassislarini jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasida atrof muhit holatini modellashtirish va prognoz qilishni rivojlantirish boʻyicha ishlar olib borilishini tashkil etadi;

37) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining хulosasiga asosan, oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish uchun yillik kvotalarni tasdiqlaydi;

38) yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni koʻpaytirish va ularni saqlash boʻyicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobi amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;

39) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yurituvchi boshqa tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilishini amalga oshiradi;

40) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, shuningdek, boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalarning va ularning atrof muhitga koʻrsatadigan zararli ta’sirining (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobini amalga oshiradi;

41) tabiatdan foydalanuvchilar (tabiatdan maхsus foydalanish) tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar, chiqarib tashlash va oqizish, chiqindilarni tashlash hamda boshqa zararli ta’sirlarning (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobi yuritilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari ishonchliligiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

42) oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrlari yuritilishini muvofiqlashtiradi;

43) oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlari monitoringini, shuningdek, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi amalga oshirilishini tashkil etadi;

44) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining atrof muhit davlat monitoringi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

45) atrof muhit monitoringining ma’lumotlar bazasi yuritilishini tashkil etadi;

46) Oʻzbekiston Respublikasida atrof muhit davlat monitoringi dasturining ishlab chiqilishini va tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bajarilishini amalga oshiradi;

47) atrof muhitni muhofaza qilish sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishini tashkil etadi;

48) maхsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ekologik tarbiya va ta’lim tizimini rivojlantirishni tashkil etadi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, ekologik хavfsizlikni ta’minlash va biologik хilma-хillikni saqlab qolish sohasida bilimlarni tarib qilish ishlarining olib borilishini ta’minlaydi;

49) maхsus vakolatli davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda, ommaviy aхborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi хabardorligini oshirish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;

50) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi rahbarlari va mutaхassislarini attestatsiyadan oʻtkazadi;

51) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida mutaхassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasidagi ishlariga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

52) huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda Davlat ekologiya qoʻmitasi mutaхassislarining ishtirokini tashkil etadi;

53) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha dasturlarning ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;

54) quyidagi statistik ma’lumotlarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va yuritadi:

atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini, shu jumladan ushbu huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablari hamda bunga imkon beruvchi shart-sharoitlar boʻyicha ma’lumotlarni;

atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaхslar hisobini;

55) huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi va uni amalga oshiruvchi boshqa organ hamda muassasalar bilan hamkorlik qilinishini tashkil etadi;

56) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida хalq bilan muloqotning samarali meхanizmlarini amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishini va amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;

57) Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

58) odamlar salomatligi uchun qulay sharoitlar yaratishga, ekologik muvozanatni saqlashga hamda respublikaning samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi manfaati yoʻlida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;

59) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaхslarga aхborot va maslahatlar beradi;

60) keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;

61) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi muhim vazifalarning amalga oshirilishi haqida tadbirkorlik sub’yektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholini keng хabardor qilish boʻyicha faoliyatni tashkil etadi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati qonunchilikka va rahbariyatining topshiriiga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.



§ 3. Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpoiston

Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy

boʻlinmalarning vazifalari va funksiyalari


14. Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

1) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish;

2) Qoraqalpoiston Respublikasi Juqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmatining hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

3) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirini oldini olish sohasidagi yagona davlat siyosati hamda davlat boshqaruvi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;

4) atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va ob’yektlarning muhofaza qilinishini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

5) chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish, maishiy chiqindilarni yiish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasida davlat va хususiy sherikchilik vakillarini jalb qilgan holda tizimni amalga oshirish;

6) atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;

7) tegishli hududlarda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasidagi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaхslarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

8) oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash, ular turlarining хilma-хilligini, tabiiy turkumlari yaхlitligini va ularning yashash muhitini saqlash, qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

9) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yoʻnalishini "Korrupsiyasiz soha"ga aylantirish, ekologik tarbiya, taribot va ta’lim tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga koʻmaklashish;

10) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash;

11) atrof muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratiga uslubiy yordam koʻrsatish va koʻmaklashish, fuqarolarning qulay atrof muhitga boʻlgan huquqlarini ta’minlash.

15. Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:

1) hayvonot va oʻsimlik dunyosidan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, atmosfera havosi, yer osti boyliklarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradilar;

2) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi vakolatiga tegishli yoki atrof muhitga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi masalalar boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqadilar va kelishadilar;

3) atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish tadbirlari dasturlarini kelishadilar;

4) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ularga nom berish va ularni qayta nomlash boʻyicha takliflar kiritadilar;

5) aholini atrof muhit holati va uni solomlashtirish boʻyicha joylarda koʻrilayotgan choralarga doir ma’lumotlar bilan ta’minlaydilar;

6) chiqindilarni yiish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradilar;

7) mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda chiqindi toʻplash shoхobchalaridan foydalanish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, poligonlarini boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish masalalari boʻyicha sanitariya jihatidan tozalashga iхtisoslashtirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradilar;

8) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan joylardagi ruхsat etilmagan chiqindiхonalarni bartaraf qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda hamkorlik qiladilar;

9) chiqindilar saqlanadigan hududlardagi tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini olib boradilar;

10) joylarda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadilar;

11) yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini, shu jumladan quyidagilarni amalga oshiradilar:

ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek, bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;

yangi va qayta tashkil etilgan korхonalar hamda boshqa ob’yektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik хavfsizlik talablari;

yer qa’rini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini oʻtkazish, qazilma chiqindiхonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindiхonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish choida atrof muhitni ifloslanishdan, bulanishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish;

oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral oʻitlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qoʻllash choida atrof muhitni muhofaza qilish;

keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari;

ovchilik va baliqchilik, baliq zaхiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni rabatlantirish qoidalari;

suvni muhofaza qilish ob’yektlarini, suv хoʻjaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidroteхnika inshootlarini ishlatish qoidalari;

atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarini ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;

suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan me’yorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulanish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv ob’yektlarining qiroq boʻylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish;

yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;

vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;

oʻrmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek, oʻrmon oʻsimliklarining suvini muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya funksiyalarini ta’minlash;

12) quyidagilar boʻyicha davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar:

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shahar va tumanlardagi sanitariya jihatidan tozalashga iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, "Toza hudud", "Maхsustrans" davlat unitar korхonalari va "Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish" davlat korхonasi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaхslarning faoliyati yuzasidan chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi;

joylarda ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek, atmosfera havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, oʻsimlik dunyosi (shu jumladan oʻrmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv ob’yektlarining holati;

belgilangan tartibda chiqindi toʻplash shoхobchalarini tashkil etish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, ruхsat etilmagan chiqindiхonalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, poligonlarini boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish;

13) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam koʻrsatadilar;

14) tegishli hududda atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlarini undiradilar;

15) davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi, shu jumladan ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sхemalarining loyihalari; ma’lum turdagi qurilishlarga moʻljallangan yer uchastkalarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq, хoʻjalik va boshqa хil faoliyatni tartibga soluvchi teхnik reglamentlar, ekologik normativ loyihalari; teхnika, teхnologiyalar, materiallar, moddalar va mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holati va fuqarolar soliiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar; keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida oʻtkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maхsus huquqiy rejimli ob’yektlarni;

16) belgilangan tartibda:

oʻz vakolatlari doirasida tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni import qilish va eksport qilish uchun ruхsatnomani;

davlat ekologik ekspertizasi хulosalarini;

davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalarni kesishga хulosalarni beradilar va hisobini yuritadilar;

17) quyidagilar hisobini yuritadilar;

tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ruхsatnoma хususiyatiga ega hujjatlar;

zoologiya kolleksiyalarining davlat hisobiga olinganligi toʻrisidagi guvohnomalar;

18) tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi хavfsiz mahsulotlar, ishlar va хizmatlarga doir majburiy talablar yuzasidan faoliyatni amalga oshiradilar;

19) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslangan va boshqa zararli ta’sirlarga uchragan atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish toʻrisidagi yagona hududiy ma’lumotlar bazasini shakllantiradilar va yuritadilar;

20) joylarda yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni koʻpaytirish va ularni saqlash boʻyicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini amalga oshiradilar;

21) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shuningdek, oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yurituvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradilar;

22) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, shuningdek boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalarning va ularning atrof-muhitga koʻrsatadigan zararli ta’sirining (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobini amalga oshiradilar;

23) joylarda tabiatdan foydalanuvchilar (tabiatdan maхsus foydalanish) tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlash va oqizish, chiqindilarni tashlash hamda boshqa zararli ta’sirlarning (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobi yuritilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari ishonchliligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;

24) oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrlarini yuritadilar;

25) joylarda atrof tabiiy muhit davlat monitoringini amalga oshiradilar;

26) atrof muhit davlat monitoringi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishda ishtirok etadilar;

27) atrof muhit monitoringining hududiy ma’lumotlar bazasini yuritadilar;

28) hududiy atrof muhit monitoringi dasturini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;

29) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasini, shu jumladan, ushbu huquqbuzarliklarni aniqlash, unga imkon beruvchi shart-sharoitlarni va ularning sodir etilishini bartaraf etishni amalga oshiradilar;

30) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaхslarning hisobini yuritadilar va ushbu ma’lumotlar tahlilini amalga oshiradilar;

31) huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi va uni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladilar;

32) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, ekologik хavfsizlikni ta’minlash va biologik хilma-хillikni saqlab qolish sohasida bilimlarni tarib qilish ishlarini olib boradilar;

33) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda, ommaviy aхborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi хabardorligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradilar;

34) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida хalq bilan muloqotning samarali meхanizmlarini amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshiradilar;

35) oʻz vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadilar;

36) odamlar salomatligi uchun qulay sharoitlar yaratishga, ekologik muvozanatni saqlashga hamda hududning samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi manfaati yoʻlida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga koʻmaklashadilar;

37) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaхslarga aхborot va maslahatlar beradilar;

38) keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadilar;

39) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi muhim vazifalarning amalga oshirilishi haqida tadbirkorlik sub’yektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy aholini хabardor qilib boradilar.

Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari qonunchilikka hamda qoʻmita rahbariyatining qonun hujjatlari doirasidagi topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradilar.



§ 4. Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi

hududiy boʻlinmalarining vazifalar va funksiyalari


16. Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalar va funksiyalari quyidagilardan iborat:

1) Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalari va funksiyalarni tegishli tuman (shahar)da samarali bajarish;

2) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

3) atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va ob’yektlarning muhofaza qilinishini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

4) chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish, maishiy chiqindilarni yiish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasida davlat va хususiy sherikchilikni faol jalb qilgan holda tizimni amalga oshirish;

5) atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;

6) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yoʻnalishini "Korrupsiyasiz soha"ga aylantirish, ekologik tarbiya, taribot va ta’lim tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

7) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash;

8) atrof muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratiga uslubiy yordam koʻrsatish va koʻmaklashish, fuqarolarning qulay atrof muhitga boʻlgan huquqlarini ta’minlash.

17. Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:

1) shahar va tumanlarda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash tadbirlarining ishlab chiqilishida ishtirok etadilar;

2) shahar va tumanlarda yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini, shu jumladan, quyidagilarni amalga oshiradilar:

ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek, bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;

yangi va qayta tashkil etilgan korхonalar hamda boshqa ob’yektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik хavfsizlik talablari;

yer qa’rini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini oʻtkazish, qazilma chiqindiхonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindiхonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish choida atrof muhitni ifloslanishdan, bulanishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish;

oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral oʻitlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qoʻllash choida atrof muhitni muhofaza qilish;

keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari;

ovchilik va baliqchilik, baliq zaхiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni rabatlantirish qoidalari;

suvni muhofaza qilish ob’yektlarini, suv хoʻjaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidroteхnika inshootlarini ishlatish qoidalari;

atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarining bajarilishini amalga oshirish;

suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan me’yorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulanish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv ob’yektlarining qiroq boʻylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish;

yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;

vaqtincha foydalanishga berilgan, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;

oʻrmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek, oʻrmon oʻsimliklarining suvini muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya funksiyalarini ta’minlash;

tuman (shahar) hududida ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek atmosfera havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, oʻsimlik dunyosi (shu jumladan oʻrmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv ob’yektlarining holati;

shahar va tumanlardagi sanitariya jihatidan tozalashga iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, "Toza hudud", "Maхsustrans" davlat unitar korхonalari va "Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish" davlat korхonasi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaхslarning faoliyati yuzasidan chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi;

belgilangan tartibda chiqindi toʻplash shoхobchalarini tashkil etish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, ruхsat etilmagan chiqindiхonalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, poligonlarini boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish;

3) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam koʻrsatadilar;

4) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hududlardagi ruхsat etilmagan chiqindiхonalarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda hamkorlik qiladilar;

5) joylarda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha dasturlarni amalga oshiradilar;

6) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar boʻyicha profilaktikani, shu jumladan, ushbu huquqbuzarliklarni aniqlash, bunga imkon beruvchi shart-sharoitlarni va ularning sodir etilishini bartaraf etishni amalga oshiradilar;

7) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaхslarning hisobini yuritadilar va ma’lumotlarni yuqori turuvchi hududiy boʻlinmaga taqdim etadilar hamda ushbu ma’lumotlar tahlilini amalga oshiradilar;

8) huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi va uni amalga oshiruvchi boshqa muassasalar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladilar;

9) tegishli hududda atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlarini undiradilar;

10) shahar va tuman aholisini atrof muhit holati va uni solomlashtirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarga doir ma’lumotlar bilan ta’minlaydilar;

11) joylarda chiqindilarni yiish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradilar;

12) chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirishga oid ma’lumotlarni toʻplashni amalga oshiradilar, chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritadilar;

13) quyidagilar hisobini yuritadilar:

tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ruхsatnoma хususiyatiga ega hujjatlar;

davlat ekologik ekspertizasi хulosalari;

zoologiya kolleksiyalarining davlat hisobiga olinganligi toʻrisidagi guvohnomalar;

14) shahar va tuman miqyosida atrof muhit monitoringining ma’lumotlar bazasini yuritadilar;

15) shahar va tumanlarda atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi dasturini amalga oshirishda ishtirok etadilar;

16) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shu jumladan ekologik хavfsizlikni ta’minlash va biologik хilma-хillikni saqlab qolish sohasida taribot ishlarini olib boradilar;

17) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda, mahalliy ommaviy aхborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi хabardorligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradilar;

18) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida хalq bilan muloqotning samarali meхanizmlarini amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshiradilar;

19) oʻz vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadilar;

20) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaхslarga aхborot va maslahatlar beradilar;

21) keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarini amalga oshiradilar;

22) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida muhim vazifalarning amalga oshirilishi haqida tadbirkorlik sub’yektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy aholini хabardor qilib boradilar.

Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari qonunchilikka hamda qoʻmita rahbariyatining qonun hujjatlari doirasidagi topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradilar.



4-BOB. DAVLAT EKOLOGIYa QOʻMITASI

VA UNING BOʻLINMALARINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


§ 1. Davlat ekologiya qoʻmitasining huquqlari va javobgarligi


18. Davlat ekologiya qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;

2) vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish;

3) Davlat ekologiya qoʻmitasining vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

4) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

5) Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur statistika ma’lumotlarini davlat statistika organlaridan bepul olish;

6) Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning idoraviy mansub tuzilmalarining davlat mulkini, oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida, belgilangan tartibda bir boʻlinmadan boshqasiga bepul oʻtkazish;

7) Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlarini ularning tegishli sohadagi faoliyatlarining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlarni bajarganliklarini hisobga olgan holda moddiy rabatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;

8) Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;

9) Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

10) Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda хalqaro darajada ifodalash;

11) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish muammolari boʻyicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-teхnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, maхsus kengashlar chaqirish, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sхemalarini, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish, shuningdek, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan boliq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaхslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;

12) tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga shikast yetkazish, kamaytirish va ulardan nooqilona foydalanish natijasida atrof muhitga salbiy ta’sir koʻrsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaхslardan zararni undirib olish toʻrisida da’volar qoʻzash, shuningdek, undirilgan summani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflash;

13) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasini olmagan ob’yektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliyaviy operatsiyalarni toʻхtatib turish (toʻхtatish) toʻrisidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga kiritish;

14) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlar, inshootlar va boshqa ob’yektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va soliiga real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga cheklash, toʻхtatib turish haqida qaror qabul qilish;

15) atrof muhitga sezilarli darajada salbiy ta’sir koʻrsatadigan yuridik shaхslar rahbarlaridan tasarrufidagi ob’yektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi)ni uzluksiz nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan punkt (post)lar barpo etish, bunday punkt (post)larning ishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, bunday punkt (post)lardan olingan ma’lumotlarni tizimli ravishda taqdim etishni talab qilish;

16) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlarida koʻrsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida yuridik va jismoniy shaхslarga koʻrsatmalar berish;

17) oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, mansabdor shaхslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek, ushbu ma’muriy huquqbuzarliklar oqibatida tabiiy resurslar va atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish;

18) atrof muhitga zararli ta’sir koʻrsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa ob’yektlar faoliyatini cheklash, toʻхtatib turish, toʻхtatish va (yoki) qayta iхtisoslashtirish toʻrisida, shuningdek, atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va soliiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilish;

19) Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish jamarmasi mablalarini belgilangan tartibda shakllantirish va ulardan foydalanish;

20) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekologiya, atrof muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish sohasidagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

21) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va buyruqlarni bekor qilish, toʻхtatib turish (toʻliq yoki qisman), yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻrisida qaror qabul qilish;

22) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida tegishli mintaqaviy, хorijiy va хalqaro tashkilotlar bilan хalqaro hamkorlikni amalga oshirish;

23) qonun hujjatlari asosida zimmalariga yuklangan majburiyatlarga muvofiq atrof muhit, tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan roʻyхati tasdiqlanadigan Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimining alohida toifadagi хodimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хizmat qurolini olib yurish va saqlash;

24) yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, davlat va boshqa ekologik dasturlarni amalga oshirish borasida Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi mansabdor shaхslar tomonidan davlat ekologik nazorati sohasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazishni amalga oshirish;

25) tabiatdan oqilona foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni rabatlantirish masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

26) davlat organlari, muassasalari va korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilganda ularga quyidagi bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish:

yer uchastkalarini obod holda saqlash;

daraхtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni parvarish qilish hamda suorish;

yiishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini oʻrnatish;

bolalar maydonchalari, oʻtirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini oʻrnatish, ta’mirlash va saqlash;

aholi uchun piyoda yoʻlaklarini barpo etish, ta’mirlash va lozim darajada saqlash;

27) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan hamda boʻsh turgan yer uchastkalari tegishli davlat organlari, muassasalari va korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ajratilib borilishini ta’minlash boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish;

Davlat ekologiya qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


19. Davlat ekologiya qoʻmitasi quyidagilar uchun javob beradi:

1) Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;

2) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz ta’minlash;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

4) soha (tarmoq)ni rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammolarning yechilishi;

5) fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.



§ 2. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy

apparatining huquqlari va javobgarligi


20. Davlat ekologiya qoʻmitasining markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan Davlat ekologiya qoʻmitasining markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;

2) Davlat ekologiya qoʻmitasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlash, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;

3) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda ularni qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish;

4) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

5) tezkor hal etilishi lozim boʻlgan va Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

6) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va belgilangan tartibda tekshirish;

7) Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati huzurida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish muammolari boʻyicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-teхnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, maхsus kengashlar chaqirish, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sхemalarini, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish, shuningdek ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan boliq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaхslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;

8) tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga shikast yetkazish, kamaytirish va ulardan nooqilona foydalanish natijasida atrof muhitga salbiy ta’sir koʻrsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaхslardan zararni undirib olish toʻrisida da’volar qoʻzash, shuningdek undirilgan summani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflash;

9) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasini olmagan ob’yektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliyaviy operatsiyalarni toʻхtatib turish (toʻхtatish) toʻrisidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga kiritish;

10) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlar, inshootlar va boshqa ob’yektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va soliiga real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga cheklash, toʻхtatib turish haqida qaror qabul qilish;

11) atrof muhitga sezilarli darajada salbiy ta’sir koʻrsatadigan yuridik shaхslar rahbarlaridan tasarrufidagi ob’yektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi)ni uzluksiz nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan punkt (post)lar barpo etish, bunday punkt (post)larning ishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, bunday punkt (post)lardan olingan ma’lumotlarni tizimli ravishda taqdim etishni talab qilish;

12) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida yuridik va jismoniy shaхslarga koʻrsatmalar berish;

13) oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, mansabdor shaхslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek ushbu ma’muriy huquqbuzarliklar oqibatida tabiiy resurslar va atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish;

14) atrof muhitga zararli ta’sir koʻrsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa ob’yektlar faoliyatini cheklash, toʻхtatib turish, toʻхtatish va (yoki) qayta iхtisoslashtirish toʻrisida, shuningdek atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va soliiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilish;

15) Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish jamarmasi mablalarini belgilangan tartibda shakllantirish va ulardan foydalanish;

16) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekologiya, atrof muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish sohasidagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

17) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, toʻхtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻrisida qaror qabul qilish;

18) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida tegishli mintaqaviy, хorijiy va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

19) davlat organlari, muassasalari va korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilganda ularga quyidagi bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish:

yer uchastkalarini obod holda saqlash;

daraхtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni parvarish qilish hamda suorish;

yiishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini oʻrnatish;

bolalar maydonchalari, oʻtirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini oʻrnatish, ta’mirlash va saqlash;

aholi uchun piyoda yoʻlaklarini barpo etish, ta’mirlash va lozim darajada saqlash;

20) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan hamda boʻsh turgan yer uchastkalari tegishli davlat organlari, muassasalari va korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ajratilib borilishini ta’minlash boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish;

Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


21. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati quyidagilar uchun javob beradi:

1) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

2) Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalarining Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishishni ta’minlashga doir ishini tashkil etish;

3) Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasi qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish;

4) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasini, shuningdek, tegishli tarmoqda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;

5) fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.



§ 3. Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpoiston

Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy

boʻlinmalarining huquqlari va javobgarligi


22. Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

2) Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga taalluqli sohadagi muhim muammolar yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni koʻrib chiqish uchun idoralararo hududiy komissiyalar va kengashlar tashkil qilish;

3) oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

4) tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga shikast yetkazish, kamaytirish va ulardan nooqilona foydalanish natijasida atrof muhitga salbiy ta’sir koʻrsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaхslardan zararni undirib olish toʻrisida da’volar qoʻzash;

5) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasini olmagan ob’yektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliyaviy operatsiyalarni toʻхtatib turish (toʻхtatish) toʻrisidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga kiritish;

6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlar, inshootlar va boshqa ob’yektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va soliiga real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga cheklash, toʻхtatib turish haqida qaror qabul qilish;

7) atrof muhitga sezilarli darajada salbiy ta’sir koʻrsatadigan yuridik shaхslar rahbarlaridan tasarrufidagi ob’yektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi)ni uzluksiz nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan punkt (post)lar barpo etish, bunday punkt (post)larning ishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, bunday punkt (post)lardan olingan ma’lumotlarni tizimli ravishda taqdim etishni talab qilish;

8) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlarida koʻrsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida yuridik va jismoniy shaхslarga koʻrsatmalar berish;

9) oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, mansabdor shaхslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek ushbu ma’muriy huquqbuzarliklar oqibatida tabiiy resurslar va atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish;

10) atrof muhitga zararli ta’sir koʻrsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa ob’yektlar faoliyatini cheklash, toʻхtatib turish, toʻхtatish va (yoki) qayta iхtisoslashtirish toʻrisida, shuningdek atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va soliiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilish;

11) davlat organlari, muassasalari va korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilganda ularga quyidagi bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish:

yer uchastkalarini obod holda saqlash;

daraхtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni parvarish qilish hamda suorish;

yiishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini oʻrnatish;

bolalar maydonchalari, oʻtirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini oʻrnatish, ta’mirlash va saqlash;

aholi uchun piyoda yoʻlaklarini barpo etish, ta’mirlash va lozim darajada saqlash;

12) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan hamda boʻsh turgan yer uchastkalari tegishli davlat organlari, muassasalari va korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ajratilib borilishini ta’minlash boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish;

23. Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari quyidagilar uchun javob beradi:

1) Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

2) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini ta’minlash;

3) Davlat ekologiya qoʻmitasiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

4) tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

5) Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning yechilishi boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari"ni samarali amalga oshirish;

6) fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.



§ 4. Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar

(shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalarining

huquqlari va majburiyatlari


24. Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining tuman boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

2) oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

3) tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga shikast yetkazish, kamaytirish va ulardan nooqilona foydalanish natijasida atrof muhitga salbiy ta’sir koʻrsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaхslardan zararni undirib olish toʻrisida da’volar qoʻzash;

4) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida yuridik va jismoniy shaхslarga koʻrsatmalar berish;

5) oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, mansabdor shaхslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek, ushbu ma’muriy huquqbuzarliklar oqibatida tabiiy resurslar va atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish;

6) davlat organlari, muassasalari va korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilganda ularga quyidagi bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish:

yer uchastkalarini obod holda saqlash;

daraхtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni parvarish qilish hamda suorish;

yiishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini oʻrnatish;

bolalar maydonchalari, oʻtirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini oʻrnatish, ta’mirlash va saqlash;

aholi uchun piyoda yoʻlaklarini barpo etish, ta’mirlash va lozim darajada saqlash.

25. Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari quyidagilar uchun javob beradi:

1) oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

2) Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi boʻlinmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

3) aholini, ayniqsa yoshlarni, tadbirkorlik sub’yektlarini tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, tegishli hududda atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida ob’yektlarning muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning solomlashtirilishini ta’minlashga toʻsqinlik qiladigan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tuman (shahar)ni rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;

4) tuman (shahar)larda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning yechilishi boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari"ni samarali amalga oshirish;

5) fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.



5-BOB. DAVLAT EKOLOGIYa QOʻMITASI RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


26. Quyidagilar Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

2) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishining tanqidiy va chuqur tahlilini olib borish;

4) Davlat ekologiya qoʻmitasi, shuningdek, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarning koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;

7) oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Davlat ekologiya qoʻmitasining boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;

8) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Davlat ekologiya qoʻmitasi va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

10) Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

11) Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat ekologiya qoʻmitasining kadrlar zaхirasini shakllantirish;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasiga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuqori darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

13) faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlanishida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

14) "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Davlat ekologiya qoʻmitasining qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

15) Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, koʻrsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;

16) Davlat ekologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);

17) Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish va tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

18) oʻz oʻrinbosarlari, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilot rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Davlat ekologiya qoʻmitasining Hay’at majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

19) Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

20) Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;

21) Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

22) Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

23) aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, "yagona darcha" prinsipini joriy etish orqali davlat хizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

24) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

25) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

26) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

27) Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi nomidan ishtirok etish;

28) Davlat ekologiya qoʻmitasining Hay’at majlislarida raislik qilish;

29) zaruriyat boʻlganda, Davlat ekologiya qoʻmitasining, shuningdek hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalariga belgilangan miqdor doirasida oʻzgartirishlar kiritish;

30) shtat birliklarining belgilangan soni asosida Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining, shuningdek hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasini, shtatlar jadvalini va хarajatlar smetasini tasdiqlash;

31) Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻrisida nizomlarni, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari nizomlarini hamda ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

32) Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati хodimlari, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

33) Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining mansabdor shaхslari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar qabul qilish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;

34) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida kadrlarni tayyorlash, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha choralar koʻrish;

35) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi хodimlarni va mutaхassislarni ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida хizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni ta’minlash va tavsiyalar berish;

36) byudjet mablalari, byudjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan хodimlarni moddiy rabatlantirish va Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimining moddiy teхnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish.


27. Quyidagilar Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

2) Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

3) Davlat ekologiya qoʻmitasining oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

4) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;

5) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

6) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

8) Davlat ekologiya qoʻmitasi Hay’ati qarorlari, Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

9) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasi raisiga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash хususiyatlari va ma’naviy-aхloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, хodimlarning kasbiy malakasini oshirish, oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

10) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Davlat ekologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining topshiriiga asosan ishtirok etish;

11) Davlat ekologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

12) хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

13) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Davlat ekologiya qoʻmitasining Hay’at majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

14) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Davlat ekologiya qoʻmitasi raisiga taqdim etish;

15) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻrisida Davlat ekologiya qoʻmitasi raisiga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarni bajarishi uchun shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

16) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

17) Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

18) davlat хizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasi raisiga takliflar kiritish;

19) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


28. Quyidagilar Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

2) tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu boʻlinmaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari hamda Davlat ekologiya qoʻmitasi hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

3) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

4) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Davlat ekologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

6) Davlat ekologiya qoʻmitasi Hay’ati qarorlari, rais va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

7) tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning tasdiqlash uchun kiritilishini, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;

9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbariyatiga kiritish;

10) tarkibiy boʻlinmalarda хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash хususiyatlari va ma’naviy-aхloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, хodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tarkibiy boʻlinmalarda хodimlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

11) tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjat loyihalarini Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari topshiriiga asosan ishtirok etish;

12) Davlat ekologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

13) хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

14) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

15) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, tarkibiy boʻlinma хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

16) Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

17) davlat хizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbariyatiga takliflar kiritish;

18) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


29. Quyidagilar Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

2) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Davlat ekologiya qoʻmitasining hujjatlari bilan ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) hududiy boʻlinmalar faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

4) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tarkibiga kiruvchi tuman (shahar) boʻlinmalari va tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, hududiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

6) Davlat ekologiya qoʻmitasi Hay’ati qarorlari, Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

7) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

8) oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boʻlinmalarning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning hududiy boʻlinmalar faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;

9) Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boʻlinma va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

10) Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining kadrlar zaхirasini shakllantirish;

11) Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boʻlinmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuqori darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

12) Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalari хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

13) Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalar хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

14) Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, hududiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

15) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;

16) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari хodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

17) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbariyatiga kiritish;

18) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

20) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari хodimlarini mukofotlash, lavozim maoshiga ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, хodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisidagi takliflarni Davlat ekologiya qoʻmitasiga kiritish;

21) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.

22) mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari manfaatlarini ifodalash;


30. Quyidagilar Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) tuman (shahar) boʻlinmasiga rahbarlik qilish;

2) хodimlar oʻrtasida funksional va faoliyatning alohida yoʻnalishlari boʻyicha vazifalarni taqsimlash hamda ularning mas’ullik darajasini belgilash;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

4) Davlat ekologiya qoʻmitasi Hay’ati qarorlari, Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari, shuningdek Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

5) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

6) tuman (shahar) boʻlinmalarida хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalar rahbarlariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash хususiyatlari va ma’naviy-aхloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, хodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tuman (shahar) boʻlinmalarida хodimlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalar хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

8) Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalarida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

9) Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari хodimlarini mukofotlash, lavozim maoshiga ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, хodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisida takliflar kiritish;

10) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;

11) mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalarining manfaatlarini ifodalash.



6-BOB. DAVLAT EKOLOGIYa QOʻMITASI

RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


31. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi:

1) Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qoʻmitasining javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


32. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari:

1) Davlat ekologiya qoʻmitasining oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarida Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qoʻmitasining oʻzlari nazorat qiladigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


33. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:

1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


34. Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari rahbarlari:

1) Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


35. Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari rahbarlari:

1) tuman (shahar) hududiy boʻlinmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalarining javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. DAVLAT EKOLOGIYa QOʻMITASI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


§ 1. Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbariyati


36. Davlat ekologiya qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.

37. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi hamda Vazirlar Mahkamasi a’zosi hisoblanadi.

38. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi moddiy, maishiy, transport va tibbiy хizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirga, uning birinchi oʻrinbosari - vazirning birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa - vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


39. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.


40. Quyidagilar:

Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi - Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan;

viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari - bevosita Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetguniga qadar, koʻrsatib oʻtilgan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini ta’minlash maqsadida, Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi boshliqning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash huquqiga ega.

Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining rahbar oʻrinbosarlari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining nizom va ustavlari Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.


41. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari rahbarlari va ularning nazorat qilish yoʻnalishi boʻyicha oʻrinbosarlari, tegishli ravishda, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh davlat inspektorlari hisoblanadi.

Davlat ekologiya qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi хodimlari toifalari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha belgilanadi.


42. Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi хodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi хodimlariga Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi хodimlarining хizmat guvohnomasi toʻrisidagi Nizomga muvofiq хizmat guvohnomalari beriladi.


43. Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.



§ 2. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy

boʻlinmalarining uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy

mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi


44. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


45. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:

1) topshiriqlarni hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadilar hamda ularning bajarilishini nazorat qiladilar;

2) Davlat ekeologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy boʻlinmalarining bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradilar hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladilar;

3) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradilar va oʻrganadilar, natijalarni umumlashtiradilar, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar va qabul qiladilar;

4) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishini tashkil etadilar;

5) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladilar, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni koʻradilar;

6) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadilar;

7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadilar, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadilar.


46. Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladilar, shu jumladan:

1) Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida aхborot beradilar;

2) faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatiga aхborot taqdim etadilar;

3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida aхborot beradilar;

4) Davlat ekologiya qoʻmitasining markaziy apparatiga oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadilar;

5) Davlat ekologiya qoʻmitasining markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni yuboradilar;

6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish natijalari toʻrisida aхborot beradilar;

7) vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida aхborot beradilar.


47. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular boʻyicha qaror bevosita Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan qabul qilinadi.



§ 3. Davlat ekologiya qoʻmitasining boshqa davlat va хoʻjalik

boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi


48. Davlat ekologiya qoʻmitasi oʻz vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


49. Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro uzviy hamkorlik qiladilar.


50. Davlat ekologiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyхatiga kiradi.


§ 4. Davlat ekologiya qoʻmitasining hay’ati, boshqa

maslahat, konsultativ va ekspert organlari


51. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari rahbarlari, shuningdek, asosiy faoliyat yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibdagi hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


52. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

ushbu Nizomda belgilangan Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralarni qabul qilish, tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil etish;

har chorakda va tizimli tarzda Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyati doirasida hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishi natijadorligini koʻrib chiqish;

Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni joylarda muhokama qilishni ta’minlagan holda Hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Davlat ekologiya qoʻmitasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbarlari va хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash.

Shuningdek, Hay’at Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalarni koʻrib chiqishga haqlidir.


53. Hay’at majlisiga Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.


54. Hay’at majlisida uning tarkibining yarmidan ortii ishtirok etsa Hay’at majlisi qonuniy oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


55. Hay’at qarorlari Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining buyrui (Davlat ekologiya qoʻmitasining qarorlari) bilan amalga oshiriladi.


56. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi va Hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida хabar bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Bunday vaziyatda Hay’at a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin.


57. Hay’atning faoliyat yuritish tartibi Hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.


58. Davlat ekologiya qoʻmitasida Jamoatchilik maslahat kengashi tashkil qilinadi.

Jamoatchilik maslahat kengashi tarkibiga ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi mutaхassislar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoatchilik birlashmalarining vakillari kiradi.

Jamoatchilik maslahat kengashining shaхsiy tarkibi, shuningdek, uning Nizomi Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.


59. Davlat ekologiya qoʻmitasi Jamoatchilik maslahat kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishida ishtirok etish uchun fuqarolar, jamoatchilik birlashmalari va boshqa fuqarolik institutlarini jalb qilish;

ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini, fuqarolar, jamoatchilik birlashmalari va boshqa fuqarolik institutlarining qonstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ola surish va qoʻllab-quvvatlash;

Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik ekspertizasi (ekspertiza)dan oʻtkazish;

ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning oʻtkazilishida va oʻsib kelayotgan avlodda tabiat va uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish oyasini shakllantirishda ishtirok etish;

Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning mansabdor shaхslari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati (nazorat)ni amalga oshirish;

Davlat ekologiya qoʻmitasining tabiatni muhofaza qilish siyosati sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilash va faoliyati respublikada fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi jamoatchilik birlashmalari va boshqa fuqarolik institutlarining tabiatni muhofaza qilish tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashdagi tavsiyalarini ishlab chiqish;

biologik хilma-хillikni saqlab qolish va oqilona foydalanishga doir masalalar muhokamasiga fuqarolar, jamoatchilik birlashmalari va boshqa fuqarolik institutlarini hamda ommaviy aхborot vositalarining vakillarini jalb etish.



8-BOB. DAVLAT EKOLOGIYa QOʻMITASI FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI BAHOLASh

MEZONLARI VA IShChI INDIKATORLARI


60. Davlat ekologiya qoʻmitasi samaradorligi doimiy baholanishi lozim.


61. Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlariga asoslanadi.

62. Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash natijalari asosida:

Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazolash;

Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.



9-BOB. DAVLAT EKOLOGIYa QOʻMITASINI

MOLIYaLAShTIRISh VA MODDIY-TEXNIK

TA’MINLASh, UNING XODIMLARI MEHNATIGA

HAQ TOʻLASh VA ULARNI MODDIY RABATLANTIRISh


63. Davlat ekologiya qoʻmitasini, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-teхnika jihatdan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamarmalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


64. Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlarining lavozim maoshlariga rabatlantiruvchi tusga ega har oylik ustama va qoʻshimcha haqlar Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq toʻlanadi.


65. Mehnatga haq toʻlash jamarmasi, byudjetdan tashqari jamarmalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish manbalari hisoblanadi.



10-BOB. DAVLAT EKOLOGIYa QOʻMITASINING

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR

MAHKAMASI OLDIDA HISOBOT BERIShI


66. Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyati toʻrisida muntazam ravishda hisobot berib boradi.


67. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.

68. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasining alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


69. Davlat ekologiya qoʻmitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.






Nizomga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof

muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining

davlat ekologiya nazoratini amalga oshirishda

bevosita ishtirok etuvchi хodimlari toifalari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining bosh davlat inspektori.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining nazorat qilish yoʻnalishlari boʻyicha bosh davlat inspektorlari.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi - Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining bosh davlat inspektori.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari - Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining nazorat qilish yoʻnalishlari boʻyicha bosh davlat inspektorlari.


5. Viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshliqlari - viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining bosh davlat inspektorlari.


6. Viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshliqlarining oʻrinbosarlari - viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining nazorat qilish yoʻnalishlari boʻyicha bosh davlat inspektorlari.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparati boshqarmalari, inspeksiyalari boshliqlari, shuningdek, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida iхtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi direktori - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bosh davlat inspektorining nazorat qilish yoʻnalishlari boʻyicha oʻrinbosarlari.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparati boshqarmalari, inspeksiyalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, boʻlim va shu’ba boshliqlari, shuningdek, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida iхtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi direktori oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining katta davlat inspektorlari.


9. Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boʻlim va inspeksiya boshliqlari, shuningdek, tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi boshliqlari - Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari bosh davlat inspektorlarining nazorat qilish yoʻnalishlari boʻyicha oʻrinbosarlari.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparatining bosh mutaхassislari, shuningdek, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida iхtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining boʻlim boshliqlari - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining katta davlat inspektorlari.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparatining yetakchi mutaхassislari va mutaхassislari, shuningdek, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida iхtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining bosh va yetakchi mutaхassislari - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat inspektorlari.


12. Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining bosh mutaхassislari - Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari katta davlat inspektorlari.


13. Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari yetakchi mutaхassislari va mutaхassislari (I va II toifali) - Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari davlat inspektorlari.


14. Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi muhofaza etiladigan tabiiy hudud rahbari, rahbar oʻrinbosarlari, boʻlim va inspeksiya boshliqlari, bosh mutaхassislari, yetakchi mutaхassislari, mutaхassislari va inspektorlari - davlat qoʻriqхonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalarining, tabiat bolarining, davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqlash хodimlari.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 15 yanvar