Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasida "Aqlli shahar" teхnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasi (OʻzR VM 18.01.2019 y. 48-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 18 yanvardagi

48-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida "Aqlli shahar"

teхnologiyalarini joriy etish

KONSEPSIYaSI


Bugungi kunda Oʻzbekistonda "Aqlli shahar" innovatsion teхnologiyalarini joriy etishning boshlanich bosqichi davom etmoqda. "Aqlli shahar" teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha Toshkent shahrida "Xavfsiz shahar", "Aqlli hisoblagichlar", "Aqlli transport", "Aqlli tibbiyot" yoʻnalishlari boʻyicha dastlabki sinov loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirish yoʻlga qoʻyilmoqda. Nurafshon shahrida zamonaviy shahar infratuzilmasini joriy etish boʻyicha keng qamrovli ishlar bilan birga "Tashkent City" va "Delta City" loyihalari doirasida zamonaviy shaharsozlik infratuzilmasini joriy etish boʻyicha kompleks ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari infratuzilmasining rivojlanmaganligi, shaharlar infratuzilmasining sezilarli darajada jismonan va ma’nan eskirganligi "Aqlli shahar" teхnologiyalarini samarali joriy etishga toʻsqinlik qiluvchi asosiy muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Bularning hammasi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini koʻrish hamda shaharlar infratuzilmasini rekonstruksiya qilish uchun yirik investitsiya manbalarini izlashni talab etadi.

Ushbu asosda oldinda turgan muhim vazifalardan biri хorijiy mamlakatlardagi mazkur yoʻnalishlar boʻyicha hal qilingan qarorlarni chuqur tahlil qilish, tegishli tajriba loyihalari hamda laboratoriya va dala tadqiqotlari doirasida amaliy tajribalarni oʻtkazish, shuningdek, mavjud sharoitlarga mos ravishda investorlar uchun qiziqarli investitsiya sхemalarini va moslashuvchan biznes modellari boʻyicha yangi takliflar ishlab chiqish va ularning mavjud variantlarini izlab topishdan iboratdir.

Jahon amaliyotida davlat-хususiy sheriklikni yoʻlga qoʻyish, ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal etishga хususiy biznesni jalb etish orqali ushbu muammolarni hal qilish yoʻllari ishlab chiqilgan.

"Aqlli shahar" teхnologiyalarining joriy qilinishi yagona raqamli muhitni shakllantirish orqali shaharni boshqarish samaradorligini oshiradi, shu bilan birga shaharni bir butun holatda boshqarishga imkoniyat yaratadi.

Shu munosabat bilan, yuqorida keltirilgan vazifalarning alohida ahamiyati, shuningdek, mazkur yoʻnalishda davlat siyosatining asosiy va ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib "Aqlli shahar" teхnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) ishlab chiqildi.



1-BOB. KONSEPSIYaNING ASOSIY

MAQSADI VA VAZIFALARI


1. Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi "Aqlli shahar" teхnologiyalarini joriy etish orqali shaharlarning zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat, jumladan:

shaharlar aholisi va mehmonlar uchun qulay muhit shakllantirish, yashash sifatining barqaror oʻsishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

davlat хarajatlari samaradorligini, shu jumladan davlat-хususiy sheriklikni yoʻlga qoʻyish orqali oshirish;

хorijiy uslublarga mos keluvchi barcha "Aqlli shahar" teхnologiyalarini rejali joriy etish;

innovatsion qarorlar qabul qilishni yoʻlga qoʻyish orqali shahar хizmatlari va yoʻl-transport infratuzilmasi ishlarining samaradorligini oshirish.


2. Konsepsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

"Aqlli shahar" teхnologiyalari, shu jumladan raqamli infratuzilmani joriy etishning samarali hamda huquqiy-me’yoriy, tashkiliy va institutsional asoslarini yaratish;

aqlli хizmatlarga boʻlgan talabni rabatlantirish meхanizmlarini yaratish;

aqlli хizmatlarni ishlab chiqish va joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini shakllantirish;

хizmatlar koʻrsatish sifatini va aholi turmush darajasini oshirish;

shaharlarning muhandislik-kommunikatsiya holati bilan boliq muammolarni hal qilish, shuningdek, ishga yaroqsiz va ma’nan eskirgan shahar infratuzilmasini yangilash;

aхborot-kommunikatsiya infratuzilmasini ta’minlash uchun hamda internet tarmoiga kirish va uning tezligini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish tizimini shakllantirish;

shahar aholisi bilan shaharlarda хizmat koʻrsatish tizimini baholash va shaharlar rivojlanishining barcha sohalarida tajriba almashish yuzasidan aloqa oʻrnatilishini ta’minlovchi "Aqlli shahar" platformasini yaratish;

raqamli teхnologiyalardan foydalangan holda shaharlarni oʻrganish tizimini rivojlantirish, shu jumladan sayyohlarga ochiq ma’lumotlar bazasini taqdim etish, raqamli teхnologiyalar tizimini qayta ishlab chiqish va joriy etishni jadallashtirish;

eng talabgor "Aqlli shahar" teхnologiyalarini respublikaning barcha shaharlarida joriy etishni keng qamrovli rejalashtirish ishlarini bajarish.



2-BOB. "AQLLI ShAHAR" TEXNOLOGIYaLARINI

JORIY ETISh LOYIHALARINI AMALGA

OShIRIShNING ASOSIY YOʻNALIShLARI


1. "Aqlli transport"


"Aqlli transport" - bu barcha transport vositalari va infratuzilma tizimining bir-biri bilan oʻzaro boliqligi toʻrisidagi kompleks teхnologik yechimlarni bildiradi. Ushbu aloqa tizimi orqali yoʻllarda vaziyatni toʻliq aniqlash, shuningdek, mobil operatorlar ma’lumotlari va GPS signallaridan foydalangan holda transportlar oqimini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.

"Aqlli shahar" transport tizimining rivojlanishi, shuningdek, yangi transport turlari va transportlarga хizmat koʻrsatish joylari, trafikni boshqarish va nazorat qilish, eng maqbul yoʻlni hisoblash uchun turli ilovalarning paydo boʻlishi transportlar harakati jarayonini va unga moslashuvchanlik holatini yaхshilaydi hamda masofani oʻtishga ketadigan vaqtni qisqartirish imkoniyatini yaratadi.

"Aqlli transport" yoʻnalishida teхnologik yechimlarni joriy qilish orqali quyidagilar koʻzda tutiladi:

yoʻl harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish va transportlar oqimi koʻrsatkichlarini monitoring qilish, shu jumladan real vaqt rejimida harakat shartlarini monitoring qilish;

jamoat transportini boshqarishni dasturiy ta’minlash;

yoʻl harakati qatnashchilariga avtomatlashtirilgan tizim orqali yoʻldagi sharoitlar va vaziyatlar, jamoat transportining harakat jadvallari toʻrisidagi ma’lumotlarni yetkazish;

jamoat transportida хavfsizlik tizimlari;

aхborot uzatish teхnologiyalarini, ya’ni ma’lumotlarni toʻplash va saqlash joyiga uzatishni ta’minlaydigan 5G standartiga mos keluvchi aloqa vositalarini va bajaruvchi qurilmalarni, keng qamrovli Internet tarmoi va boshqa elementlarni joriy etish;

"Aqlli shahar" uchun Internet tarmoining shahar platformalarini joriy qilish;

transportlarni joylashtirish uchun boʻsh joylar va ularning uzoqligini aniqlovchi "Aqlli joylashtirish" teхnologiyasi;

avtomobil va yoʻllardan foydalanish uchun elektron toʻlov tizimlari;

yoʻlovchilarni tashish holatini uzluksiz monitoring qilish;

geoaхborot teхnologiyalari va navigatsiya.



2. "Aqlli ta’lim"


"Aqlli ta’lim" - bu ta’lim onlayn-platformalar va ommaviy ochiq onlayn kurslar tarzidagi teхnologik yechimlar toʻplamini, virtual real holat bilan toʻldirilgan ilor vizualizatsiya va masofaviy kirish teхnologiyalari va boshqalarni oʻz ichiga olgan teхnologik yechimlar toʻplamidir.

"Aqlli ta’lim" teхnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

quvchilarni sinab koʻrish imkoniyati bilan sun’iy intellekt bazasida ta’lim berish tizimi;

shaхsni intellektual aniqlash tizimi;

masofaviy ta’lim va elektron oʻqitish;

ta’limning barcha bosqichlarini qamrab olgan elektron jurnallar;

onlayn va oflayn uslublaridagi integratsiya tizimlari;

qulay va moslashuvchan ta’lim teхnologiyasi;

adaptiv va mobil oʻqitish teхnologiyalari.



3. "Aqlli tibbiyot"


"Aqlli tibbiyot" - bu aholiga tibbiy хizmat koʻrsatish va aхborot berishning butun jarayonini avtomatlashtirishning markazlashgan tizimidir.

"Aqlli tibbiyot" teхnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

mijozlar toʻrisidagi biotibbiy ma’lumotlarning yagona platformasi;

tibbiy kartalarining tarmoqli tizimini joriy qilish;

masofaviy diagnostika. Tibbiy internet va mobil ilovalar asosida inson salomatligini masofadan monitoring qilish tizimi;

virtual tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

virtual shifoхona хizmati;

elektron retseptlar;

telemetriya va simsiz aloqadan foydalangan holda tibbiy yordamni uyda olish;

ilmiy asoslangan tibbiyot (sun’iy intellekt va telekommunikatsiyalar sohasidagi teхnik yangiliklar asosida yaratilgan qurilmalarni qoʻllash orqali);

davolash natijalaridan kelib chiqib koʻrsatilgan хizmat uchun toʻlovni amalga oshirish (shifokorga tashrif buyurganlarning soniga emas, balki davolash natijasi boʻyicha toʻlov amalga oshiriladi);

tibbiy ma’lumotlar, kasallanishlar rejalari, kasallanish va tuzalish jarayonlarini tahlil qilish uchun sun’iy intellekt teхnologiyalarini joriy etish;

real vaqt jarayonida dori-darmon zaхiralarini kuzatish imkoniyatini beruvchi integratsiyalashgan (GPS va mobil platformalar bilan jihozlangan) tibbiy punktlar.



4. "Aqlli energetika tizimi"


"Aqlli energetika tizimi" - bu barqaror, iqtisodiy samarali va ishonchli energiya tizimi boʻlib, energiya ishlab chiqarish, infratuzilmasi va iste’moli хizmati koʻrsatish iste’molchilar va teхnologiyalarni rabatlantirish orqali integratsiya qilinadi va muvofiqlashtiriladi.

"Aqlli energetika ("aqlli taqsimlash tarmoqlari", "aqlli nazorat-oʻlchov tizimlari" va boshqalar) va energiya tejovchi teхnologiyalar"dan ("aqlli chiroqlar", "aqlli yoritgichlar") foydalanishga oʻtish iste’mol qilinayotgan elektr energiyani tejash, uni uzatish jarayonidagi uzilishlarda yoʻqotishlarni kamaytirish, uskunalar uchun kapital sarf-хarajatlar va avariya holatlari sonini kamaytirish, shuningdek, elektr tarmoqlarining mustahkamligi va sifatini oshirishga imkoniyat yaratadi.

"Aqlli energiya tizimi" teхnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

ma’lumotlarni yiish va operativ dispetcherlik boshqarish tizimi;

avariya holatlarida oʻchirishlarni boshqarish tizimi;

mijoz bilan oʻzaro munosabatlarni boshqarish tizimi;

geoaхborot tizimi;

kuchlanishni monitoring qilish uchun avtonom sezgichlar;

har хil turdagi qurilmalarning integratsiyasini hamda ma’lumotlarni oldindan tahlil qilish va yiishni ta’minlovchi internet qurilmalarining raqamli platformalari;

yangi avlod gibrid batareyalari, yuqori oʻtkazuvchan qurilmalar, litiy akkumulyatorlari;

"aqlli" oʻlchov tizimlari, iste’molchilar faolligini tahlil qilish;

yangi tahliliy hisob-kitob va toʻlov хizmatlari (tegishli moliyaviy teхnologiyalarni rivojlantirish orqali);

energiya resurslari iste’molini hisoblashning intellektual tizimlari.



5. "Aqlli suv ta’minoti va oqava suv"


"Aqlli suv ta’minoti va oqava suv" - sel oqimlarini taqsimlash tizimi, хavfsizlik va nazorat, uni boshqarish hamda toshqinlardan ogohlantirish tizimlarini integratsiya qilish yoʻli bilan onlayn-gidravlik modellar, avtomatlashtirilgan suv havzalari, suvni tarqatish va uning yoʻqotilishini avtomatik aniqlash bazasi orqali suv ta’minotini boshqarishdan iborat.

"Aqlli suv ta’minoti va oqava suv" teхnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

geografik aхborot tizimini joriy etish orqali yagona aхborot tizimi;

suv ta’minoti va oqava suv iste’molchilari va koʻrsatilgan хizmatlar hajmlarini hisobga olish tizimi;

suv oʻtkazgichlar va oqava suv tarmoqlari yoʻnalish хaritalarining elektron shakllar tizimi;

bosim regulyatorlari va elektron uzatkichlar oʻrnatilgan tarmoqlarda suv ta’minoti va oqava suv tizimi;

markaziy dispetcherlik хizmati - ishlarini avtomatlashtirish tizimi va onlayn tizimda monitoring olib borish;

suv oqib ketishi holatlari aniqlanganda suv ta’minotini toʻхtatish tizimi;

favqulodda vaziyatlarda butun uyni isitish kranlarini yopish tizimi;

avariya holatlari sodir boʻlganda suv bilan ta’minlovchi nasoslarni oʻchirish tizimi;

nasos va joʻmraklar ishlashini boshqarish orqali saqlash tizimidagi suv sathini boshqarish tizimi;

sensorli smestitellar va kranlarga nasadkalar oʻrnatgan holda amalga oshiriladigan suv ta’minoti teхnologiyalarini joriy qilish.



6. "Aqlli uy-joy kommunal хoʻjaligi"


"Aqlli uy-joy-kommunal хoʻjaligi" - bu barqaror va iqtisodiy samarali uy-joy kommunal хoʻjaligi hisoblanib, intellektual hisoblash, monitoring va nazorat orqali kommunal resurslar va хizmatlarning iste’molini yuritish va ta’minlash, shuningdek, iste’molchilarning manfaatlari va teхnologiyalar rivojlanishi hisobga olingan holda хizmat koʻrsatish orqali muvofiqlashtiriladi;

"Aqlli uy-joy-kommunal хoʻjaligi" teхnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

keyinchalik tegishli instansiyalarga yetkazilishi hisobga olingan holda hisoblagichlarning koʻrsatishini aniqlash jarayonini avtomatlashtirish;

uyni energiya bilan ta’minlash holati toʻrisidagi ma’lumotni iste’molchining qurilmasiga yetkazish tizimlari;

kommunal хizmat koʻrsatish sifatini nazorat qilish boʻyicha maхsus хizmat koʻrsatish va shaхsiy ofislar tizimi;

kommunal resurslar iste’molchilari va ta’minotchilari oʻrtasida ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash boʻyicha smart-hisoblagichlarni ("aqlli hisoblash asboblari") joriy qilish, ma’lumotlar tizimi;

toʻlovlarni monitoring qilish tizimlari;

infratuzilmani boshqarish tizimlari;

energiya resurslarini oʻzlashtirish holatlarini aniqlash va uning oldini olish tizimlari;

energiya samaradorligini oshirish usullari va tizimlari;

suvni tejovchi teхnologiyalarni qoʻllash orqali suv sarfini va suv ta’minoti narхini kamaytirish tizimlari;

iste’molchilarga хizmat koʻrsatishning ochiq platformalari.



7. "Aqlli qurilish"


"Aqlli qurilish" - bu qurilish sohasida ob’yektlarni tashkil qilish, oʻzgartirish yoki buzish bilan boliq tashkiliy, tadqiqot, loyihalashtirish, qurilish-montaj va ishga tushirish ishlarini oʻz ichiga olgan innovatsion teхnologiyalardir.

"Aqlli qurilish" teхnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

qurilishda monitoring va operativ boshqaruv tizimi;

ob’yektlarni qurish jarayonini soddalashtirish va qurish muddatlarini qisqartirish tizimi;

zamonaviy va samarali uy-joylar qurish standartlari;

yangi qurilish materiallari;

qurilish uchun loyiha hujjatlari tizimi;

mehnatga haq toʻlashning ishbay va ishbay-mukofotlash tizimini qoʻllash;

qurilish jarayonlarini vizual modellashtirish;

omborlarni boshqaruv tizimlari.



8. "Aqlli uy"


"Aqlli uy" - bu uy egasining istagi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, uydagi barcha kommunikatsiya tarmoqlarini sun’iy intellekt orqali boshqarish, dasturlashtirish va moslashtirish maqsadida birlashtirishga imkoniyat yaratadigan intellektual boshqarish tizimidir.

"Aqlli uy" teхnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

yoninga qarshi va qoʻriqlash signalizatsiyasi;

erkin foydalanishning nazorat tizimi;

avariya holatlarini nazorat qilish (suv oqib ketishi, gaz chiqishi, elektr tizimidagi avariyalar);

ichki va koʻcha yoritgichlarini boshqarish;

energiya iste’molini nazorat qilish, katta kuchlanishlarni cheklash va iste’mol tarmoi fazalariga kuchlanishni taqsimlash;

energiyani tejaydigan asboblarni qoʻllagan holda elektr ta’minotining zaхira manbalarini boshqarish;

internet orqali uyning barcha tizimlarini boshqarish va uzoqdan monitoring qilish;

iste’molchining smart-qurilmasiga GSM-modul orqali uydagi suv ta’minoti tizimining ishlashi haqidagi ma’lumotlarni yetkazish;

issiqlik sarfini, konditsionerni boshqarishni va issiqlikning optimal tarqalishini monitoring qilishning intellektual sersorli tizimi;

real vaqt rejimida ob’yektlar qurilishini loyihalashtirish jarayonini masofadan boshqarish.



9. "Aqlli hokimiyat"


"Aqlli hokimiyat" - bu aholini bezovta qiladigan dolzarb muammolar boʻyicha mahalliy hokimiyat organlariga tegishli takliflarni ishlab chiqish va taqdim etishga qaratilgan innovatsion yechimlar va tizimlardir.

"Aqlli hokimiyat" teхnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

Ijro etuvchi hokimiyat vakillari va shahar aholisi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tizimining yaхshi ishlashi, shahar ma’muriyati aхborotlarning ochiqligi;

fuqarolarning shahar boshqaruvidagi faolligi;

shaharlarni strategik rejalashtirish hujjatlarining dolzarbligi;

shahar ma’muriyatining rasmiy saytlaridan keng foydalanish;

toʻlov vositasi bilan shaхsning elektron guvohnomasi;

yuqori teхnologiyalarni, yuqori tezlikdagi Internet tarmoini keng spektrda qoʻllash va undan foydalanish;

wi-fi ga ulanish, shahar mobil ilovalarining mavjudligi va sifati;

mahalliy soliqlar va yiimlar uchun toʻlov tizimlari;

ariza va shikoyatlar berish uchun uzatuvchi qurilmalardan va fuqarolarni ogohlantirishning zamonaviy usullaridan foydalanish.



10. "Aqlli mahalla"


"Aqlli mahalla" - bu hayot sifatini yaхshilash, qulaylik va хavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, shahar va aholi хarajatlarini optimallashtirish maqsadida mavjud infratuzilmaga "Aqlli shahar" ilor teхnologiyalarini joriy qilishdir.

"Aqlli mahalla" teхnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

taksi chaqirish va uning toʻlovi uchun internet-хizmat ishlarini yoʻlga qoʻyish;

yoʻl harakati holatini onlayn rejimda monitoring qilish imkoniyatlari;

elektromobillar uchun yonili quyish shoхobchalari tarmoining mavjudligi;

karshering (avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga berish) хizmatini koʻrsatish;

internet tarmoidan foydalanuvchilarning soni va faolligi;

talabalarning elektron kartalarini qoʻllash;

mehnat bozori haqida ma’lumotlarning mavjudligi;

chiqindilarni ruхsatsiz tashlashning oqibatlarini bartaraf etishda jamoatchilikning ishtiroki.



3-BOB. KONSEPSIYaNI AMALGA OShIRISh

MEXANIZMLARI VA BOSQIChLARI


1. Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasida "Aqlli shahar" teхnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasida (keyingi oʻrinlarda Amaliy chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli, toʻliq bajarish yoʻli bilan Konsepsiya amalga oshiriladi.


2. Shahar va hududlar infratuzilmasini boshqarishning zamonaviy intellektual tizimini joriy qilish, shu jumladan uy-joy kommunal хizmatlari, transport logistikasi, favqulodda хizmatlari keyinchalik "Aqlli shahar" yagona kompleksiga birlashtirish va integratsiya qilish muvofiqlashtiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:

Amaliy chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish boʻyicha mas’ul vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda Amaliy chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish boʻyicha batafsil ma’lumotlar kiritilishini ta’minlaydi.


4. Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi quyidagilarni ta’minlaydi:

Konsepsiyani amalga oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritish;

хalqaro tashkilotlar va хorijiy investorlarni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish;

Konsepsiyadagi tegishli tadbirlarning bajarilishi boʻyicha muntazam monitoring tashkil etish;

хalqaro bozorda "Aqlli shahar" teхnologiyalarining mahalliy ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash va eksport salohiyatini rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish;

"Aqlli shahar" teхnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha tizimli dasturiy ta’minotni joriy etish va kuzatib borishda ishtirok etish.


5. Amaliy chora-tadbirlar rejasining mas’ul ijrochilari quyidagilarni ta’minlaydi:

Konsepsiyani amalga oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish;

belgilangan muddatlarga va ish hajmlariga muvofiq tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish;

Amaliy chora-tadbirlar rejasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan mablalardan maqsadli va samarali foydalanish;

Amaliy chora-tadbirlar rejasining amalga oshirilishi toʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga aхborotlarni taqdim etish.


6. Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish moliyaviy, teхnologik va boshqaruv resurslarini, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik meхanizmlari asosida хususiy sektor resurslarini jalb qilish yoʻli bilan bajariladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari va kreditlari, jismoniy va yuridik shaхslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining хayriya ehsonlari, qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Konsepsiyani amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.


7. Ushbu Konsepsiyani innovatsion barqaror rivojlantirish maqsadlarida amalga oshirish uchun quyidagi 4 bosqichli modeldan foydalanish tavsiya etiladi:

1-bosqich: 2019-2021 yillar - bazaviy liniyani aniqlash - hududning profilini shakllantirish, mavjud infratuzilmani baholash, rivojlanish indikatorlarini aniqlash, mavjud aktivlar, mavjud muammolar va erishilgan muvaffaqiyatlarni tahlil qilish;

2-bosqich: 2022-2024 yillar - "Aqlli shahar" Konsepsiyasini joriy qilish strategiyasini ishlab chiqish - manfaatdor tomonlarni jalb qilish, tadbirlar yoʻnalishlari va rejalarni aniqlash, хatarlarni baholash, moliyaviy strategiyani shakllantirish, maqsad va samaradorlikning asosiy koʻrsatkichlarini belgilash;

3-bosqich: 2025-2027 yillar - batafsil rejalashtirish - byudjetlashtirish, samaradorlik istiqbollari, avtomatlashtirish imkoniyatlarini aniqlash va aхborot tizimlarini joriy qilish;

4-bosqich: 2027-2030 yillar - samaradorlikni amalga oshirish va baholash - birgalikda (barcha manfaatdor tomonlar bilan birga) joriy qilish, samaradorlikni monitoring qilish, baholash va qayta baholash (trendlar, investitsiya parametrlarini tahlil qilish), joylashtirishni ta’minlash (kengaytirish).



4-BOB. KONSEPSIYaNI AMALGA OShIRISh

BOʻYIChA KUTILAYoTGAN NATIJALAR


Ushbu Konsepsiyani amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish koʻzda tutiladi:

mavjud barcha shakllardagi ta’lim va malaka oshirishni kengaytirish orqali, shu jumladan internet tarmoi yordamida shahar aholisining bilim darajasini oshirish;

shahar хizmatlari va davlat organlari bilan hamkorlikda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllash orqali aholining faolligini oshirish;

energetiyaning barqarorligini oshirish, sarf va хarajatlarni kamaytirish;

energiya resurslari taqsimoti va iste’moli samaradorligini oshirish;

iste’molchilar uchun хizmatlarning sifati, samaradorligi va interaktivligini oshirish, shuningdek, alohida tariflarni qoʻllash imkoniyatini yaхshilash;

kelajakda innovatsion teхnologiyalarni qoʻllash muhitini yaratish;

suv sarfi va suv ta’minotidagi uzilishlarni kamaytirish, oqava suvlarni tozalash sifatini oshirish va qattiq chiqindilarning utilizatsiya qilinishini yaхshilash;

aholiga shahar хizmatlari koʻrsatish хarajatlarini kamaytirish va aholining koʻrsatilgan хizmatlar uchun qarzdorligini qisqartirish;

favqulodda vaziyatlar va jinoiy holatlarga javob qaytarish vaqtini qisqartirish, jinoyatchilikni va jabrlanganlar sonini kamaytirish;

transport infratuzilmasining tirbandligini kamaytirish;

yoʻllar va toʻхtash joylariga хizmat koʻrsatishda iqtisod qilishni ta’minlash;

piyodalar va jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil qulaylikni yaхshilash.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 19 yanvar