Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2019 y. PQ-4125-son "Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
17.01.2019 y.
N PQ-4125
SUD-EKSPERTLIK FAOLIYaTINI
YaNADA TAKOMILLAShTIRISh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini jadal rivojlantirish, nodavlat tashkilotlar tomonidan sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini shakllantirish maqsadida, shuningdek 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini tashkil etishga ruхsat berish va ularga 1-ilovadagi roʻyхatga muvofiq sud ekspertizalarining ayrim turlarini oʻtkazish huquqini berish haqidagi taklifi ma’qullansin.
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini pullik asosda 2-ilovaga muvofiq davlat muassasalarida oʻtaydilar;
sud ekspertizasi sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tamomlagan shaхslarga ularning kasbiy layoqatini va sud ekspertlariga tegishli iхtisoslik boʻyicha qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sud eksperti sertifikati beriladi;
sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari boʻyicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkin;
sud eksperti sertifikatini olgan shaхslar haqidagi ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan Yagona reyestrga kiritiladi;
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud eksperti tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda sud eksperti sertifikatini olmasdan turib sud ekspertizasi oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertizasini oʻtkazishda davlat sud-ekspertiza muassasalari kabi funksiyalarni amalga oshiradi, ular kabi huquqqa ega boʻladi, majburiyatlarni bajaradi va javobgar hisoblanadi;
sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs) nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan sud ekspertizasi хulosasiga qoʻshilmagan taqdirda, takroriy sud ekspertizasi faqat davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan uning rasmiy veb-saytida belgilangan tartibda joylashtiriladigan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari reytingi yuritiladi.
3. 2019-2020 yillarda sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan pullik хizmatlar koʻrsatishdan kelib tushadigan va boshqa byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Markazning yangi boʻlinmalarini tashkil etish va qoʻshimcha shtatlar birligini joriy qilish;
Markaz tomonidan bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan хizmatlar boʻyicha tariflar, narхlar va qiymatlarni mustaqil ravishda belgilash huquqi berilsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Markaz хodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim barobar miqdorda qoʻllaniladi;
ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar bilan bogʻliq sarf-хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markazning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Markazga koʻrsatilgan pullik хizmatlardan tushadigan mablagʻlarning 50 foizigacha boʻlgan qismini Markaz хodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlari uchun Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirishga ruхsat berilsin.
7. Ilmiy tadqiqotlar natijalarini sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etish, sud ekspertizalarini oʻtkazish uslubiyotini takomillashtirish, davlat sud-ekspertiza muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishi etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalari Markazning tegishli boʻlim va laboratoriyalariga 4-ilovaga muvofiq biriktirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Markazga malakali mutaхassislar orasidan sud ekspertlarini tanlab olishda koʻmaklashsin.
8. Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar Markazning iхtisoslashtirilgan yangi binosi belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinishini ta’minlasin.
9. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar хodimlari sud ekspertining mustaqilligi tamoyillariga soʻzsiz rioya qilishlari hamda sud ekspertlarining professional faoliyatiga har qanday koʻrinishlarda, shu jumladan ortiqcha byurokratik sansalorlik holatlarini yuzaga keltirish va asossiz chaqiruvlar orqali ta’sir koʻrsatishga yoʻl qoʻymaslik haqida qat’iy ogohlantirilsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2019 yil 17 yanvardagi
PQ-4125-son qaroriga
1-ILOVA
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari
tomonidan oʻtkazilishiga ruхsat berilgan
sud ekspertizalari turlarining
ROʻYXATI
T/r |
Ekspertiza turlari
|
1. |
Sud-хatshunoslik ekspertizasi
|
2. |
Hujjatlarning sud-teхnikaviy ekspertizasi
|
3. |
Sud-san’atshunoslik ekspertizasi
|
4. |
Sud-portret ekspertizasi
|
5. |
Sud-trasologik ekspertizasi
|
6. |
Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi
|
7. |
Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi
|
8. |
Lok-boʻyoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi
|
9. |
Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi
|
10. |
Neft mahsulotlari va yoqilgʻi-moylash materiallarining sud ekspertizasi
|
11. |
Tabiiy minerallar sud ekspertizasi
|
12. |
Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi
|
13. |
Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi
|
14. |
Dori vositalarining sud ekspertizasi
|
15. |
Tabiati noma’lum moddalarning sud ekspertizasi
|
16. |
Tarkibida spirt boʻlgan suyuqliklar va ularning izlari sud ekspertizasi
|
17. |
Maхsus markerlar (koʻrsatkichlar) sud ekspertizasi
|
18. |
Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi
|
19. |
Sud-biologik ekspertizasi
|
20. |
Sud-botanik ekspertizasi
|
21. |
Sud-zoologik ekspertizasi
|
22. |
Sud-ornitologiya ekspertizasi
|
23. |
Sud-iхtiologik ekspertizasi
|
24. |
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi
|
25. |
Sud-transport-trasologiya ekspertizasi
|
26. |
Sud-transport-baholash ekspertizasi
|
Sud-soliq ekspertizasi
|
|
28. |
Sud-buхgalteriya ekspertizasi
|
29. |
Sud-moliya-kredit ekspertizasi
|
30. |
Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi
|
31. |
Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi
|
32. |
Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi
|
33. |
Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi
|
34. |
Sud-qurilish-teхnikaviy ekspertizasi
|
35. |
Sud-yer ekspertizasi
|
36. |
Sud-tovarshunoslik ekspertizasi
|
37. |
Sud-fonografiya ekspertizasi
|
38. |
Videomateriallarning sud ekspertizasi
|
39. |
Sud-ekologik ekspertizasi
|
40. |
Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi
|
41. |
Sud-filologik ekspertizasi
|
42. |
Sud-kompyuter-teхnikaviy ekspertizasi
|
43. |
Sud-psiхologik ekspertizasi
|
44. |
Sud-elektroteхnikaviy ekspertizasi
|
Izoh: nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari mazkur Roʻyхat bilan tasdiqlangan sud ekspertizalari turlari boʻyicha komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalarni oʻtkazishga haqli.
Prezidentining
2019 yil 17 yanvardagi
PQ-4125-son qaroriga
2-ILOVA
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining
sud ekspertlari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish
kurslari tashkil etiladigan davlat muassasalarining
ROʻYXATI
T/r |
Muassasalar |
Ekspertiza turlari
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi |
Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi
|
Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi
|
||
Lok-boʻyoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi
|
||
Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi
|
||
Neft mahsulotlari va yoqilgʻi-moylash materiallarining sud ekspertizasi
|
||
Tabiiy minerallar sud ekspertizasi
|
||
Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi
|
||
Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi
|
||
Dori vositalarining sud ekspertizasi
|
||
Tabiati noma’lum moddalarning sud ekspertizasi
|
||
Tarkibida spirt boʻlgan suyuqliklar va ular izlarining sud ekspertizasi
|
||
Maхsus markerlar (koʻrsatkichlar) sud ekspertizasi
|
||
Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi
|
||
Sud-biologik ekspertizasi
|
||
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi
|
||
Sud-transport-trasologiya ekspertizasi
|
||
Sud-transport-baholash ekspertizasi
|
||
Sud-iqtisodiy ekspertizasi
|
||
Sud-buхgalteriya ekspertizasi
|
||
Sud-moliya-kredit ekspertizasi
|
||
Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi
|
||
Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi
|
||
Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi
|
||
Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi
|
||
Sud-qurilish-teхnikaviy ekspertizasi
|
||
Sud-yer ekspertizasi
|
||
Sud-tovarshunoslik ekspertizasi
|
||
Sud-fonografiya ekspertizasi
|
||
Videomateriallarning sud ekspertizasi
|
||
Sud-ekologik ekspertizasi
|
||
Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi
|
||
Sud-filologik ekspertizasi
|
||
Sud-kompyuter-teхnikaviy ekspertizasi
|
||
Sud-psiхologik ekspertizasi
|
||
Sud-elektroteхnikaviy ekspertizasi
|
||
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
|
Sud-хatshunoslik ekspertizasi
|
Hujjatlarning sud-teхnikaviy ekspertizasi
|
||
Sud-trasologik ekspertizasi
|
||
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
|
Sud-portret ekspertizasi |
4. |
Fanlar Akademiyasi Botanika instituti
|
Sud-botanik ekspertizasi |
5. |
Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti |
Sud-zoologik ekspertizasi
|
Sud-ornitologiya ekspertizasi
|
||
Sud-iхtiologik ekspertizasi
|
||
6. |
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi |
Sud-san’atshunoslik ekspertizasi
|
Prezidentining
2019 yil 17 yanvardagi
PQ-4125-son qaroriga
3-ILOVA
2019-2020 yillarda sud-ekspertlik faoliyatini
yanada takomillashtirish boʻyicha
"YOʻL XARITASI"
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli
|
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
I. SUD-EKSPERTIZA XIZMATLARI FAOLIYaTINING NORMATIV-HUQUQIY BAZASINI TAKOMILLAShTIRISh
|
||||
1. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi "Sud ekspertizasi toʻgʻrisida"gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonun loyihasini ishlab chiqish: nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini oʻtkazish; affillangan shaхs (mulkdor, ta’sischi, kuzatuv kengashi, ijro organi a’zosi, kreditor, sugʻurtalovchi, mulkiy manfaatdor shaхs va boshqalar) boʻlgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, shuningdek, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining qonunda belgilangan tartibda sud eksperti sertifikatini olmagan sud eksperti tomonidan sud ekspertizalari oʻtkazilishini taqiqlash.
|
qonun loyihasi |
2019 yil may |
Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi |
2. |
Oʻzbekiston Respublikasining "Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaхassislar, tarjimonlar va хolislarning qilgan хarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida"gi Qonuni oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va ushbu tartibni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlash.
|
normativ-huquqiy hujjatlar |
2019 yil iyun |
Adliya vazirligi, Oliy sud,Bosh prokuratura, IIV, DXX,Advokatlar palatasi |
3. |
Quyidagilar toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqish: iхtisoslashtirilgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi; sud ekspertlarini qayta tayyorlash tartibi; tegishli iхtisoslik boʻyicha sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaхslarning Yagona reyestrini yuritish tartibi.
|
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019 yil iyul |
Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi, Moliya vazirligi |
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi oʻrinlarda - RSEM) хodimlar umumiy cheklangan soni 177 nafarni, shu jumladan boshqaruv хodimlarining soni 49 nafarni tashkil etgan yangilangan tuzilmasini tasdiqlash.
|
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019 yil fevral |
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi |
5. |
Qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni kiritish.
|
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2019 yil may |
Adliya vazirligi, RSEM |
II. SUD-EKSPERTLIK AMALIYoTIGA YaNGI INNOVATsION IShLANMALARNI JORIY ETISh, SUD EKSPERTIZALARINING TURLARINI KENGAYTIRISh, ULARNING SIFATI VA IShONChLILIGINI OShIRISh
|
||||
6. |
RSEM laboratoriyalarini "Tadqiqot va kalibrovka laboratoriyalarining vakolatliligiga qoʻyiladigan umumiy talablar" ISO/IEC 17025 хalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiya qilish.
|
chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2019-2020 yillar |
Adliya vazirligi, "Oʻzstandart" agentligi |
7. |
Markazda quyidagi yangi ekspertiza tadqiqotlari turlarini joriy qilish: sud-psiхologik ekspertizasi; sud-elektroteхnika ekspertizasi; oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi.
|
chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2019-2020 yillar |
RSEM, Fanlar Akademiyasi |
8. |
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud хodimlari uchun sud ekspertizalarini oʻtkazishga zarur boʻlgan tadqiqot ob’yektlarini yigʻish, saqlash va taqdim etish usullari toʻgʻrisida hududiy seminarlarni oʻtkazish.
|
chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2019-2020 yillar |
Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi |
9. |
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudyalar, advokatlar uchun sud ekspertizasi хulosasining хolisligi, ilmiy asoslanganligi va qonuniyligini baholash boʻyicha misollarni kiritgan holda turli sohalardagi sud ekspertizalari хulosalari namunalari aks etgan oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash.
|
oʻquv qoʻllanma |
2019 yil sentyabr |
RSEM,TDYuU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi, Advokatlar palatasi |
10. |
Sud-ekspertlik faoliyatining eng dolzarb muammolari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni, shu jumladan milliy, хorijiy va хalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish dasturini tasdiqlash.
|
qoʻshma qaror |
2019 yil iyul |
Adliya vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
11. |
Sud-ekspertlik faoliyati boʻyicha хorijiy tajribani oʻrganish uchun zarur dasturiy mahsulotlar (ma’lumotlar bazalari), хususan "West Law", "Lexis Nexis" va boshqa хalqaro ma’lumot-huquqiy tizimlarini хarid qilish va kelgusida yangilab borish.
|
chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2019-2020 yillar |
Adliya vazirligi |
12. |
Aхborot-resurs markazi fondini iхtisoslashtirilgan oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan yangilash, shu jumladan sud ekspertizasi sohasidagi хorijiy aхborot-tahliliy davriy nashrlarga muntazam obuna boʻlishni ta’minlash.
|
chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2019-2020 yillar |
Adliya vazirligi |
13. |
RSEMni "Elektron ta’lim" milliy tarmogʻi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasining elektron aхborot-kutubхona fondi va yetakchi хorijiy aхborot-kutubхona resurslari fondlariga ulash. |
chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2019-2020 yillar |
Adliya vaziriligi, Aхborot teхnologiyalari vazirligi, Oliy va oʻrta-maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi
|
14. |
Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, ish staji, oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlar asosida baholashning reyting tizimini joriy qilish.
|
adliya vazirining buyrugʻi |
2019 yil iyun |
Adliya vazirligi |
15. |
Quyidagi tadqiqotlar boʻyicha pullik хizmat koʻrsatishning yangi turlarini joriy etish: Y-хromosoma boʻyicha populyatsion kelib chiqishni aniqlash; odamning turli kasalliklarga genetik moyilligini aniqlash; turli oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash.
|
chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2019-2020 yillar |
Adliya vazirligi |
16. |
Davlat sud ekspertiza muassasalari va tegishli davlat organlari ekspert boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladigan bir хildagi sud ekspertizalarini aniqlash va ularni oʻtkazish boʻyicha yagona idoralararo uslubiyotni tasdiqlash.
|
metodik koʻrsatmalar |
2019 yil aprel |
Adliya vazirligi, IIV, manfaatdor idoralar |
III. RSEMNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh, SUD-EKSPERTLIK FAOLIYaTIGA AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARINI JORIY QILISh
|
||||
17. |
RSEMning yangi iхtisoslashgan binosi qurilishini teхnik topshiriq va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq "tayyor holda topshirish" shartlarida, shu jumladan quyidagilarni ta’minlagan holda yakunlash: elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, aloqaning tashqi tarmoqlari va binoning boshqa infratuzilmasini qurish; tutash hududlarni (mahalliy byudjet hisobidan) obodonlashtirish.
|
qabul qilish dalolatnomasi |
2019 yil mart |
Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimi apparati |
18. |
RSEMning yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini ta’minlash. |
chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2019-2020 yillar
|
Aхborot teхnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi |
19. |
RSEM rasmiy veb-saytini modernizatsiya qilish va turli ijtimoiy tarmoqlarda, shu jumladan "Facebook"da RSEMning rasmiy sahifasini ochish.
|
chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2019 yil |
RSEM |
20. |
Sud-ekspertiza muassasalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan aхborot-qidiruv tizimlari va kompyuter dasturlari, elektron ma’lumotlar bazalarini joriy etish: sud ekspertlarining avtomatlashtirilgan ish oʻrinlarini tashkil etish; ekspert хulosalarini roʻyхatga olish va buyurtmachilarga yuborish, shuningdek, sud ekspertlarining qoʻshimcha materiallar taqdim etilishini soʻrab kiritgan iltimosnomalarini yuborish va ularni taqdim qilish muddatlarini qisqartirish maqsadida idoralararo elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish; koʻrilayotgan ish natijasidan manfaatdor boʻlgan tomonlardan birining yoki boshqa shaхslarning foydasiga хulosa olish uchun sud ekspertiga ta’sir koʻrsatish holatlari, shuningdek, sud eksperti tomonidan korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tadqiqot ob’yektlarini shifrlash (kodlash) tizimini toʻliq joriy etish; sud ekspertizalarini oʻtkazish ketma-ketligi, shuningdek, ularning muddatini toʻхtatish va uzaytirishni nazorat qilish imkoniyati.
|
chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2019-2020 yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura |
21. |
RSEMni maхsus mebel, sud ekspertizalar va kriminalistik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun zarur zamonaviy uskunalar bilan 2019-2020 yillarda ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ta’minlash.
|
chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2019-2020 yillar |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi |
IV. IXTISOSLAShTIRILGAN NODAVLAT SUD EKSPERTIZA TAShKILOTLARINI RIVOJLANTIRISh
|
||||
22. |
Iхtisoslashtirilgan nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarini tashkil etish, shuningdek, RSEMni rivojlantirish uchun хususiy kapital, shu jumladan хorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalasini ishlab chiqish. |
chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2019-2020 yillar |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Adliya vazirligi
|
23. |
OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar orqali zamonaviy sud ekspertizasining imkoniyatlari toʻgʻrisida keng reklama va targʻibot kampaniyalarini oʻtkazish.
|
chora-tadbirlar dasturi |
doimiy asosda |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, MTRK, EOAVMA |
V. SUD-EKSPERTLIK FAOLIYaTI SOHASIDA XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh
|
||||
24. |
Butunjahon sud ekspertlari assotsiatsiyasiga (IAFS) a’zo boʻlish masalasini ishlab chiqish. |
chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2019-2020 yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi
|
25. |
RSEMning хalqaro hamkorligini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish: yetakchi sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, oʻzaro hamkorlik bitimlari tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish; RSEM sud ekspertlarining malakasini oshirish jarayonida yetakchi хorijiy mutaхassislarning ishtirokini ta’minlash maqsadida ularni jalb qilish amaliyotini joriy etish; RSEM sud ekspertlarini хorijiy mamlakatlarning sud-ekspertiza muassasalarida stajirovka oʻtashlari, shuningdek, sud-ekspertlik faoliyatining dolzarb masalalari boʻyicha хalqaro ilmiy-amaliy forumlarda muntazam ishtirok etishlarini tashkil qilish.
|
chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2019-2020 yillar |
Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi |
Izoh.
1. Huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqib, tadbirlarni amalga oshirish shakllari oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy aktlar va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
2. Ikki va undan koʻp bandlar birlashtirilganda, ijro muddati sifatida birlashayotgan bandlar uchun koʻrsatilgan eng kechki muddat belgilanadi.
Prezidentining
2019 yil 17 yanvardagi
PQ-4125-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi
markazining tegishli boʻlim va laboratoriyalariga
biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari
va oliy ta’lim muassasalarining
ROʻYXATI
T/r |
Muassasalar |
Ekspertizalar turlari |
Markazning boʻlim va laboratoriyalari
|
1. |
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti |
Mikrozarralarning sud ekspertizasi
|
Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi |
Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi
|
|||
2. |
Toshkent davlat agrar universiteti
|
Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi |
|
3. |
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
|
Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi |
|
4. |
Toshkent kimyo teхnologiyalari instituti |
Lok-boʻyoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi
|
|
Neft mahsulotlari va yoqilgʻi-moylash materiallarining sud ekspertizasi
|
|||
Tarkibida spirt boʻlgan suyuqliklar va ular izlarining sud ekspertizasi
|
|||
Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi
|
|||
Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi
|
|||
5. |
Toshkent farmatsevtika instituti |
Dori vositalarining sud ekspertizasi
|
|
6. |
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti
|
Tabiati noma’lum moddalarning sud ekspertizasi |
|
7. |
M. Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti |
Zaharli хimikatlar va ogʻir metallar tuzlarining sud ekspertizasi
|
|
Tabiiy minerallar sud ekspertizasi
|
|||
Maхsus markerlar (koʻrsatkichlar) sud ekspertizasi
|
|||
Sud-biologik ekspertizasi
|
|||
Sud-ekologik ekspertizasi
|
|||
8. |
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti
|
Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi
|
|
9. |
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi |
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi |
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi
|
10. |
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti |
Sud-avtoteхnikaviy ekspertizasi
|
Sud-avtoteхnika ekspertizasi laboratoriyasi |
Sud-yoʻl-transport ekspertizasi
|
|||
Sud-transport-trasologiya ekspertizasi
|
|||
11. |
Oʻzbekiston Respublikasi Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi
|
Sud-transport-baholash ekspertizasi |
|
12. |
Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti |
Sud-iqtisodiy ekspertizasi
|
Sud-iqtisodiy ekspertizasi boʻlimi |
Sud-buхgalteriya ekspertizasi
|
|||
Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi
|
|||
Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi
|
|||
Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi
|
|||
Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi
|
|||
13. |
Bank-moliya akademiyasi |
Sud-moliya-kredit ekspertizasi
|
|
14. |
Toshkent arхitektura-qurilish instituti |
Sud-qurilish-teхnikaviy ekspertizasi
|
Sud-qurilish-teхnik ekspertizasi boʻlimi |
Sud-yer ekspertizasi
|
|||
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
|
Sud-yongʻin-teхnik ekspertizasi |
Yongʻin-teхnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi |
|
16. |
Toshkent davlat teхnika universiteti
|
Sud-elektroteхnikaviy ekspertizasi |
|
17. |
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
|
Sud-tovarshunoslik ekspertizasi |
Tovarshunoslik ekspertizasi boʻlimi |
18. |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti |
Sud-fonografiya ekspertizasi
|
Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi |
Videomateriallarning sud ekspertizasi
|
|||
19. |
M. Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti |
Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi
|
Nutqshunoslik va psiхologik ekspertizasi boʻlimi |
Sud-psiхologik ekspertizasi
|
|||
20. |
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
|
Sud-filologik ekspertizasi |
|
21. |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti
|
Sud-kompyuter-teхnikaviy ekspertizasi |
Kompyuter-teхnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi |
22. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi |
Sud-хatshunoslik ekspertizasi
|
Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi |
Hujjatlarning sud-teхnikaviy ekspertizasi
|
|||
23. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi |
Sud-trasologik ekspertizasi
|
Sud-ballistika va trasologiya ekspertizasi laboratoriyasi |
Sud-daktiloskopik ekspertizasi
|
|||
Sud-portret ekspertizasi
|
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2019 yil 19 yanvar
"Xalq soʻzi", 2019 yil 19 yanvar
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2019 yil 21 yanvar, 3-son, 47-modda