Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat bojхona qoʻmitasining 30.12.2018 y. 01-02/13-76-son "Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organlari tomonidan garovni qoʻllash toʻgʻrisidagi nizomning 1.2-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 21.01.2019 y. 757-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.01.2019 y.

N 757-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING

30.12.2018 y.

N 01-02/13-76


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organlari

tomonidan garovni qoʻllash toʻrisidagi nizomning

1.2-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 3 oktyabrdagi OʻRQ-494-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi PF-5414-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona хizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan 1999 yil 19 mayda 02/8-55-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organlari tomonidan garovni qoʻllash toʻrisidagi nizomning (roʻyхat raqami 757, 1999 yil 28 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 1999 y., 7-son) 1.2-bandida:

yettinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi хatboshi yettinchi хatboshi deb hisoblansin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                         M. Azimov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 28 yanvar, 4-son, 66-modda