Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.01.2019 y. 50-son "Toshkent shahridagi kommunal soha korхonalarining aktivlaridan samarali foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.01.2019 y.

N 50



TOShKENT ShAHRIDAGI KOMMUNAL

SOHA KORXONALARINING AKTIVLARIDAN

SAMARALI FOYDALANIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Toshkent shahridagi kommunal soha korхonalarining aktivlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining "Sergeli tumani kommunal ta'mirlash-avariyani tiklash xizmati" MChJ, "Bektemir tumani kommunal ta'mirlash-avariyani tiklash xizmati" MChJ, "Mirzo-Ulug'bek tumani kommunal ta'mirlash-avariyani tiklash xizmati" MChJ, "Chilonzor tumani kommunal ta'mirlash-avariyani tiklash xizmati" MChJ va "Yashnobod tumani kommunal ta'mirlash-avariyani tiklash xizmati" MChJlar ustav kapitalidagi davlat ulushlari boʻyicha ishtirokchi funksiyasini Toshkent shahar hokimligiga berish va keyinchalik ularni belgilangan tartibda tugatish haqidagi takliflari ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan хoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushlari boʻyicha ishtirokchi funksiyasi belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligiga berilishini ta’minlasin.


3. Toshkent shahar hokimligi belgilangan tartibda:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan хoʻjalik jamiyatlari ta’sis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini;

ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan хoʻjalik jamiyatlarining tugatilishini va tugatish jarayonlari yakunlangandan soʻng ularning mol-mulkidan samarali foydalanilishini ta’minlasin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikхodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                           A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 yanvar