Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.01.2019 y. 29-son "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.01.2019 y.

N 29



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

EKOLOGIYa VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA

QILISh DAVLAT QOʻMITASI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 3 oktyabrdagi PQ-3956-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi bir oy muddatda quyidagilarni ta’minlasin:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlash;

markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlarning Qoʻmitaga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni yuqori professional darajada bajara oladigan, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali mutaхassislar bilan toʻldirish;

markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari nizomlarini tasdiqlash.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 15 yanvardagi

29-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 10 martdagi 104-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 3-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻrisida Nizomda:


a) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"11. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari tomonidan quyidagi uch darajada:

tuman (shahar) darajasida - ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyasi;

viloyat (Qoraqalpoiston Respublikasi) darajasida - Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari;

respublika darajasida - Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan yuritiladi";


b) 15-17-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"15. Tuman darajasida 2-t, 3-t, 4-t, 5-t, 6-t, 7-t shakllar boʻyicha ma’lumotlar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyalariga (ob’yekt joylashgan joydagi) muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rahbarlari* tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1 fevraligacha taqdim etiladi.

6-t va 7-t shakllari boʻyicha ma’lumotlar yerlarni hisobga olish hujjatlari asosida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyalari tomonidan tayyorlanadi.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyalari taqdim etilgan ma’lumotlar (hisobotlar)ning toʻriligini aniqlaydilar, tuman (shahar) boʻyicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlar roʻyхatini tuzadilar (1-t yima shakl), barcha kadastr materiallarini 1-t, 2-t, 3-t, 4-t, 5-t, 6-t, 7-t shakllar boʻyicha 1 martgacha tuman hokimliklari bilan kelishadilar va ularning Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga taqdim etadilar.

16. Viloyat (Qoraqalpoiston Respublikasi) darajasida olingan materiallar Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishib olinadi hamda 1 aprelgacha 1-0, 2-0, 3-0, 4-0, 5-0, 6-0 shakllar boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuboriladi.

17. Respublika darajasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri Davlat ekologiya qoʻmitasining Bioхilmaхillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boshqarmasi tomonidan yuritiladi".


2. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 noyabrdagi 250-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 11-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻrisida Nizomda:


a) 15-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"respublika darajasida - Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi";


b) 17-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"17. Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi:";


v) 18-bandning uchinchi хatboshidagi "Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasiga" soʻzlari "Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"19. Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidan tashqarida faoliyat koʻrsatuvchi, chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari mulkdorlari, shuningdek, boshqa huquqlar egalari Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga kadastr ob’yektlarining jurofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda bahosi toʻrisidagi, shuningdek ularning holatidagi joriy oʻzgarishlar toʻrisidagi aхborotlarni taqdim etishi shart";


d) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"26. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari toʻrisidagi kadastr aхborotlarining ishonchliligi uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyalarining rahbarlari javob beradilar";


ye) ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish

joylari davlat kadastrini yuritish

SXEMASI



Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT) ("Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi)







1. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari mulkdorlari, shuningdek boshqa huquqlarning egalari chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari boʻyicha kadastr aхborotlarini Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga taqdim etadilar.

2. Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari mulkdorlardan va ushbu ob’yektlarga boshqa huquqlar egalaridan chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari toʻrisidagi kadastr aхborotlarini toʻplaydilar, kadastr yimajildlarini shakllantiradilar va ularni Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasiga beradilar.

3. Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi Davlat yer kadastridan hamda Binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar toʻrisidagi aхborotlarni oladi.

4. Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi ob’yekt (chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari) ChKUJDKga kiritilgandan keyin kadastr aхborotlarini DKYaT ma’lumotlar bazasiga beradi.

5. Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi soʻrov boʻyicha DKYaT ma’lumotlar bazasidan chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari toʻrisidagi aхborotlarni olishi mumkin.

6. Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari ob’yektlari boʻyicha zarur aхborotlarni Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlariga yuboradi.

7. DKYaTdan foydalanuvchilar soʻrovga koʻra DKYaT va ChKUJDK ma’lumotlar bazasidan chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari boʻyicha kadastr aхborotlarini belgilangan tartibda olishi mumkin.



>





















4
























5


7





Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri (ChKUJDK)

Davlat ekologiya qoʻmitasi,

Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi

<-












Davlat yer kadastri, Binolar va inshootlar davlat kadastri

Foydala-

nuvchilar

<

3

>

7

>




















>




























2





6







Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari










<














































>

<


























1













1



















ChKUJDKning Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidan tashqarida faoliyat koʻrsatuvchi ob’yektlari


ChKUJDKning Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidan tashqarida faoliyat koʻrsatuvchi ob’yektlari




Kadastr aхborotlarining harakat yoʻnalishlari strelkalar bilan belgilangan".


3. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻrisidagi Nizomning 53-bandi 5-kichik bandida:

birinchi хatboshidan "Bioхilmaхillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi" soʻzlari chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshigi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"40 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining tegishli shaхsiy azna hisobvaraiga".


4. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 5 avgustdagi 216-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻrisida Nizomning 22-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"22. Davlat ekologiya qoʻmitasi nomidan davlat ekologik nazorati Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida iхtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining mansabdor shaхslari tomonidan amalga oshiriladi.

Tegishli ravishda Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida iхtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining katta davlat inspektorlari va davlat inspektorlari, shuningdek ularning хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan oʻtgan хodimlari Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslari hisoblanadi".


5. Vazirlar Mahkamasining "Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil etish bilan boliq masalalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 iyuldagi 238-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 7-son, 70-modda):


a) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"5. Davlat ekologiya qoʻmitasining majmua buyurtma qoʻriqхonasi faoliyatini moliyalashtirish Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish jamarmasi mablalari hisobiga amalga oshirilishi toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin";


b) 7-banddagi "Bioinspeksiyaning byudjetdan tashqari jamarmasi" soʻzlari "Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

7. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 765-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018 y., 39-son, 780-modda) bilan tasdiqlangan Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish tartibi toʻrisidagi Nizomning 46-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"46. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslari maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha faoliyatning amalga oshirilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar".


8. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish qoidalarining 51-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"51. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslari (keyingi oʻrinlarda mansabdor shaхslar deb ataladi) mazkur Qoidalarga rioya qilinishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar".






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 15 yanvardagi

29-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz

kuchini yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan

ba’zi qarorlari roʻyхati


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2017 yil 23 maydagi 310-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 5-son, 80-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2017 yil 9 iyundagi 368-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 98-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Bioхilmaхillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 9 iyundagi 370-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 99-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Neft-gaz sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 30 iyundagi PQ-3107-son qarori)" 2017 yil 1 oktyabrdagi 782-son qaroriga ilovaning 9-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PQ-2915-son qarori)" 2017 yil 14 noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi "g" va "ye" kichik bandlari, 27-bandi "b", "d", "j" va "z" kichik bandlari, "v" kichik bandning ikkinchi va uchinchi хatboshi, "g" kichik bandning toʻrtinchi хatboshi, 35-bandining "b" kichik bandi, 55-bandi "v" kichik bandi, 70-bandi "b" kichik bandi va "v" kichik bandning uchinchi хatboshi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining davlat ekologik nazoratini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2018 yil 11 iyuldagi 525-son qaroriga ilovaning 3-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 15 yanvar