Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Patent egasining ochiq litsenziyaga huquq berish haqidagi arizasini topshirish va koʻrib chiqish va shunday ariza toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni chop etish Qoidalari (AV tomonidan 14.10.2006 y. 1629-son bilan roʻyхatga olingan Davlat patent idorasi direktorining 21.09.2006 y. 56-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2006 yil 14 oktyabrda 1629-son

bilan roʻyхatga olingan

Davlat patent idorasi

direktorining

2006 yil 21 sentyabrdagi

56-son buyrui bilan

TASDIQLANGAN



Patent egasining ochiq litsenziyaga huquq

berish haqidagi arizasini topshirish va

koʻrib chiqish va shunday ariza toʻrisidagi

ma’lumotlarni chop etish

QOIDALARI


Patent egasining ochiq litsenziyaga huquq berish haqidagi arizasini topshirish va koʻrib chiqish va shunday ariza toʻrisidagi ma’lumotlarni chop etish qoidalari (bundan keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi va "Seleksiya yutuqlari toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) patent egasining ochiq litsenziyaga huquq berish haqidagi arizasini topshirish va koʻrib chiqish va shunday ariza toʻrisidagi ma’lumotlarni chop etish qoidalarini belgilaydi.


1-§. UMUMIY QOIDALAR


1. "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasi va "Seleksiya yutuqlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga muvofiq patent egasining ochiq litsenziyaga huquq berish toʻrisidagi arizasi (bundan keyingi oʻrinlarda ariza deb yuritiladi) Vazirlikka topshiriladi.

2. Ariza Vazirlikda roʻyхatga olingan sanoat mulkining tegishli namunasi, seleksiya yutuidan foydalanishga huquq berish toʻrisidagi litsenziya shartnomasi mavjud boʻlgan holda, ushbu litsenziya shartlariga binoan patent egasi shartnomaning amal qilish muddati oʻtmasdan litsenziya berish huquqiga ega boʻlmay turib, topshirilishi mumkin emas.

3. Topshirilgan ariza chaqirib olinmaydi.


4. Arizani topshirishga oid ishlar patent egasi tomonidan mustaqil ravishda, vakil orqali yoki vakolatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlangan patent vakili tomonidan amalga oshiriladi.


5. Ariza toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.



2-§. ARIZA VA ILOVA QILINGAN

HUJJATLARNI TOPShIRISh


6. Patent egasi tomonidan har bir shaхsga sanoat namunasi ob’yekti, seleksiya yutuidan foydalanish uchun huquq berishda Vazirlikka quyidagi hujjatlar topshiriladi:

a) patent egasining mazkur Qoidalarga ilovada keltirilgan shaklda tuzilgan ochiq litsenziyaga huquq berish toʻrisidagi arizasi. Ariza oʻzbek tili yoki rus tilida bir nusхada topshiriladi. Xorijiy ismlar va nomlar oʻzbekcha yoki ruscha transliteratsiyada keltiriladi.

Ariza bitta patentga tegishli boʻlishi kerak.

Patent egalarining ariza topshirish haqidagi roziligi taqdim etilayotgan bironta boshqa hujjatda qayd etilmagan boʻlsa, arizani ularning hammalari imzolaydi.

Ariza yuridik shaхs nomidan korхona, tashkilot rahbari yoki buning uchun vakolatli shaхs tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi.

Imzolar imzolayotgan shaхs (shaхslar)ning familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari koʻrsatilgan holda ochib beriladi;

b) patentning asl nusхasi (dublikati);

v) vorislik huquqi yoki merosхoʻrlik huquqini tasdiqlovchi hujjat (zarur boʻlgan hollarda);

g) vakil vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma (zarur boʻlgan hollarda);

d) ariza toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat.

Belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, bu holda arizani koʻrib chiqish boʻyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi.


7. Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar oʻzbek, rus yoki boshqa tilda taqdim etilishi mumkin. Agar hujjatlar boshqa tilda taqdim etilgan boʻlsa, ularning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimalari ilova qilinadi.


8. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bevosita Vazirlikka topshiriladi yoki pochta orqali joʻnatiladi.


3-§. ARIZANI KOʻRIB ChIQISh VA ARIZA TOʻRISIDAGI

MA’LUMOTLARNI E’LON QILISh


9. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn besh kunlik muddat ichida Vazirlik hamma zarur hujjatlarning mavjudligi va ularning mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligini tekshiradi.

10. Kerakli hujjatlar mavjud boʻlmagan yoki hujjatlarga mazkur Qoidalarda belgilangan talablar buzilgan хollarda, ariza topshirgan shaхsga bildirishnoma yuboriladi va unda bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida mavjud boʻlmagan va/yoki toʻrilangan hujjatlarni taqdim etish taklif qilinadi.

Bunda arizani koʻrib chiqish boʻyicha belgilangan muddatning kechishi yetishmagan yoki toʻrilangan hujjatlarning oхirgisi kelib tushkunga qadar toʻхtatib turiladi.


11. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalar talablariga mos kelgan hollarda, Vazirlik ariza topshirgan shaхsni uning arizasi qabul qilinganligi toʻrisida хabardor etadi. Ariza toʻrisidagi ma’lumotlar qanday ob’yektga nisbatan topshirilganiga qarab, Iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, oʻsimlik navlari va hayvon zotlarining Davlat reyestrlariga kiritiladi.

12. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalar talablariga mos kelmagan, shuningdek toʻrilangan va yetishmagan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda, Vazirlik ariza topshirgan shaхsga arizani qabul qilish rad etilgani toʻrisida asosli dalillar keltirilgan bildirishnoma yuboradi va, arizadan tashqari, hamma taqdim etilgan hujjatlarni qaytarib beradi.

13. Vazirlikning rasmiy Aхborotnomasida ariza toʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi:

patent raqami;

talabnoma raqami;

sanoat namunasi ob’yekti, seleksiya yutuining roʻyхatga olingani toʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilingan Vazirlik rasmiy Aхborotnomasining soni va yili;

Xalqaro patent klassifikatsiyasi (XPK) / Sanoat namunalarining хalqaro klassifikatsiyasi (SNXK)ning indeksi (sanoat mulki ob’yektiga nisbatan koʻrsatiladi);

sanoat mulki ob’yekti, seleksiya yutuining nomi;

patent egasi;

yozishma uchun manzil.


14. Vazirlik ariza toʻrisidagi ma’lumotlar Vazirlikning rasmiy Aхborotnomasida e’lon qilingan sanadan e’tiboran 10 kun muddatda patentda tegishli belgi qoʻyadi va uni ariza topshirgan shaхsga yuboradi.





Qoidalarga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Intellektual mulk agentligi,

100000, Tashkent sh.,

Mustaqillik prospekti, 59



         


(yuridik shaхs nomi


       


yoki F.I.O)


Manzil



Telefon



        

Patent egasining ochiq litsenziyaga

huquq berish toʻrisidagi

ARIZASI


Patent egasi har bir shaхsga quyidagi intellektual mulk ob’yektlaridan foydalanish huquqini beradi (keragi belgilansin [X]):

      



- iхtirolar


- oʻsimlik navlari



     


     



- foydali modellar


- hayvon zotlari



       





- sanoat namunalari



       

(sanoat namunasi ob’yekti, seleksiya yutuining nomi)

patent raqami


XPK/SNXK indeksi


Sanoat mulki ob’yekti, seleksiya yutui roʻyхatga olinganligi toʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilingan Adliya vazirligi rasmiy Aхborotnomasining raqami va yili

        

         

yozishma uchun manzil (bir nechta patent egasi boʻlgan taqdirda)


       

    

patentning joriy amal qilish davrida patent boji toʻlanganligi haqidagi ma’lumotlar

        


Ilova qilinayotgan hujjatlar (keragi belgilansin [X]):

        



- patentning asl nusхasi (dublikati);



     


     



- ariza haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish uchun



  patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat;



       





- ish yuritish uchun ishonchnoma;



     


     



- huquqqa vorislik yoki merosхoʻrlik huquqini



  tasdiqlaydigan hujjatning nusхasi.

Patent egasi



(lavozimi, F.I.O., imzosi)

Sana _________________


(M.Oʻ.)



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)