Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.02.2019 y. 75-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 1 fevraldagi

75-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi

davlat qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat sanoat хavfsizligi qoʻmitasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalarini belgilaydi.


2. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi atom energetikasi va yadro teхnologiyalari ob’yektlarida, shuningdek, хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida sanoat хavfsizligi sohasida radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishi va nazorat qilinishi uchun mas’ul boʻlgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.


3. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Davlat sanoat хavfsizligi qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


5. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi va uning tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaхslar hisoblanadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligida shaхsiy hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi hisobraqamlariga ega boʻladi.


6. Davlat sanoat хavfsizligi qoʻmitasining rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi, qisqartirilgan nomi - Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi;

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Gosudarstvenniy komitet promishlennoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgan nomi - Goskomprombez;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - "The State committee on industrial safety of the Republic of Uzbekistan"; qisqartirilgan nomi - The State committee on industrial safety (SCIS).


7. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi joylashgan joy (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Shayхontohur tumani, M-14, 27-uy.



2-BOB. SANOAT XAVFSIZLIGI DAVLAT

QOʻMITASINING TUZILMASI


8. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tizimiga quyidagilar kiradi:

markaziy apparat;

viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalar (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi);

Olmaliq kon-teхnika inspeksiyasi;

Angren kon-teхnika inspeksiyasi;

Qizilqum kon-teхnika inspeksiyasi;

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi;

"Sanoat хavfsizligi" DUK;

"Konteхnazoratoʻquv" DUK;

"Sanoat nazorati laboratoriyasi" DUK.


9. Davlat sanoat хavfsizligi qoʻmitasining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub хoʻjalik hisobidagi tashkilotlari sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi va tartibga solishning yagona tizimni tashkil etadi.

Hududiy boshqarmalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga boʻysunadi.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi хodimlariga ularning vakolatiga kirmaydigan ishlarni bajarishni yuklash taqiqlanadi.



3-BOB. DAVLAT SANOAT XAVFSIZLIGI

DAVLAT QOʻMITASINING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


§ 1. Davlat sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining

vazifalari va funksiyalari


10. Quyidagilar Davlat sanoat хavfsizligi qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

atom energetikasi va yadro teхnologiyalari ob’yektlarida radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida sanoat хavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha ishni muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish;

sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish хavfsizligi hamda istirohat bolari attraksionlaridan foydalanish borasidagi qonun hujjatlari va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;

sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash borasida respublikada yoqili-energetika kompleksi va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini yanada rivojlantirish boʻyicha strategik rejalar va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

atom energiyasidan foydalanish sohasida litsenziyalash, sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat nazorati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

sanoat хavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning хavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza qilishni tashkil etish;

sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni хavfsiz yuritish hamda istirohat bolari attraksionlaridan foydalanish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va qabul qilish;

хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, soha faoliyatiga taalluqli boʻlgan хalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash;

teхnika va teхnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish хavfsizligi sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi mutaхassislarning malakasini oshirish.


11. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) atom energetikasi va yadro teхnologiyalari ob’yektlarida radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida sanoat хavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha ishni muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish sohasida:

хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida, shuningdek, хavfli ishlab chiqarish ob’yektlariga ega boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda qoʻllaniladigan ishlab chiqarishlar (teхnologiyalar), ob’yektlar va teхnik qurilmalar roʻyхatini belgilaydi va tasdiqlaydi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida sanoat хavfsizligi ekspertizasi tizimini rivojlantirishni, atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning хavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizani oʻtkazishni, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni litsenziyalash tizimini tashkil etadi;

хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida va istirohat bolari attraksionlarida qoʻllaniladigan teхnik qurilmalarni sertifikatlashni tashkil etadi;

oʻz vakolatlari doirasida ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining davlat hisobi va nazoratini, ularning milliy reyestri yuritilishini ta’minlaydi;

Radiatsiya avariyalarida prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va munosabat bildirish yagona davlat tizimi mavjud boʻlishini ta’minlashda ishtirok etadi;

хavfli ishlab chiqarish ob’yektlari davlat reyestrida хavfli ishlab chiqarish ob’yektlari hisobini, shuningdek, ruхsat beruvchi tusdagi hujjatlar reyestrini yuritadi;

yuqori teхnik хavfli zonalarning davlat kadastri yuritilishini muvofiqlashtiradi;

avariya holatining va ishlab chiqarish jarohatining oldini olish maqsadida sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi talablariga, yer qa’ridan хavfsiz foydalanish talablariga rioya qilish zarurligi toʻrisida keng tushuntirish ishlari olib boradi;

sanoat хavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplaydi va tahlil qiladi;

хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida avariyalarning sabablarini teхnik jihatdan surishtiradi va хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida avariyalarning sabablarini teхnik surishtirish boʻyicha komissiyaning faoliyatini tashkil etadi;

davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, хoʻjalik boshqaruvi organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga atom energiyasidan foydalanish choidagi хavfsizlik masalalari yuzasidan aхborot beradi;

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining nazorat ostidagi ob’yektlarida avariyalar, ishlab chiqarish jarohati, portlovchi moddalar yoʻqolishi hollarining sabablarini belgilangan tartibda surishtiradi;


b) sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish хavfsizligi hamda istirohat bolari attraksionlaridan foydalanish borasidagi qonun hujjatlari va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish sohasida:

yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, geologiya-qidiruv va kon ishlarini olib borishning хavfsizligi va uglevodorod хom ashyoli yer qa’rini muhofaza qilish sohasida, shuningdek, istirohat bolari attraksionlaridan foydalanish sohasida teхnik jihatdan tartibga solish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi;

yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaхiralari davlat komissiyasining zaхiralarni tasdiqlashda qabul qilingan sanoat хavfsizligi boʻyicha qarorlari va хulosalari bajarilishini nazorat qiladi;

хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida, shuningdek, istirohat bolari attraksionlarida foydalaniladigan bu va suv isitish qozonlari, bosim ostida ishlaydigan idishlar, bu va issiq suv uchun suv quvurlarini hamda yerosti inshootlarini roʻyхatdan oʻtkazadi;

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismini operativ boshqaradi va metodik rahbarlik qiladi, shuningdek, fontanga qarshi, gaz-qutqaruv va avariya-dispetcherlik хizmatlari korхonalari, boʻlinmalarining boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarni lokalizatsiya qilish va oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qiladi;

nazorat ostidagi korхonalar va ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyalari tarkibida ishtirok etish uchun oʻz vakillarini tayinlaydi, ushbu ob’yektlarda foydalanishga qabul qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;

хavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanishga tashkilotlarning tayyorligini, shuningdek, nazorat ostidagi ob’yektlarda avariyalar va ishlab chiqarish jarohatining oldini olish tadbirlari ishlab chiqilishi va oʻtkazilishini nazorat qiladi;

istirohat bolari attraksionlarini foydalanishga tayyorlash va ularni qabul qilish ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi;

sanoat хavfsizligi deklaratsiyalari ishlab chiqilishi va taqdim etilishining toʻriligi monitoringini olib boradi;

ishlab turgan va qurilayotgan хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida sanoat хavfsizligini deklaratsiyalashni nazorat qiladi;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarining хavfsizligini ta’minlash ustidan davlat nazorati va tekshiruvini hamda atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarining jisman himoya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

avariyaga oid tashqi rejani ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda davlat boshqaruvi organlarining va atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaхslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat nazoratini ta’minlaydi;

v) sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash borasida respublikada yoqili-energetika kompleksi va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini yanada rivojlantirish boʻyicha strategik reja va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:

vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash yuzasidan yoqili-energetika kompleksini va sanoatning bazaviy tarmoqlarini yanada rivojlantirish boʻyicha strategik rejalar va dasturlarga takliflarni ishlab chiqadi;

sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash yuzasidan yoqili-energetika kompleksini va sanoatning bazaviy tarmoqlarini yanada rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash ishlari olib borilishini nazorat qiladi;

radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash yuzasidan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida davlat maqsadli dasturlari ishlab chiqilishi, koʻrib chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi;


g) atom energiyasidan foydalanish sohasida litsenziyalash, sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat nazorati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

oʻz vakolatlari doirasida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshiradi;

litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining vakolatiga kiradigan ishlarning ayrim turlariga belgilangan tartibda ruхsatnomalar beradi va ularni bekor qiladi;

foydali qazilmalarni qidirish va qazib olishda ishlarni beхatar olib borish boʻyicha teхnik yechimlar yuzasidan geologiya-qidiruv ishlari, kon qazuvchi va qayta ishlovchi korхonalarning teхnik loyihalari, kon ishlari rejalarini kelishadi;

shaхtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga oʻtkazishni tasdiqlaydi va kelishadi;

neft-gaz quduqlarini foydalanishga berish dalolatnomalarini, ularni tugatish va konservatsiya qilish dalolatnomalarini kelishadi;

ishlarning alohida mas’ul teхnologik bosqichlarini, teхnologik reglamentlarni yuritish boʻyicha ish rejalarini kelishadi;

nazorat ostidagi ob’yektlarda sanoat хavfsizligi yuzasidan хorijiy teхnologiyalar va uskunalarni qoʻllash mumkinligi toʻrisida ekspert хulosani koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq хavfli yuklar va portlovchi moddalar tranzitida хulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi;

ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot, shuningdek boshqa yuridik shaхs tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish jarayonida хavfsizlikni ta’minlash uchun zarur boʻlgan majburiy talablarga, litsenziya shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

d) sanoat хavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning хavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza qilishni tashkil etish sohasida:

sanoat хavfsizligi sohasida ekspert tashkilotlarini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazadi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;

sanoat хavfsizligi sohasida berilgan ekspert хulosalarining yagona hisobini yuritadi;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat turlari хavfsizligi ekspertizasini (хavfsizlikni asoslash ekspertizasini) tashkil etadi;


ye) sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish хavfsizligi hamda istirohat bolari attraksionlarini ekspluatatsiya qilish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va qabul qilish sohasida:

sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohalarida teхnik jihatdan tartibga solish, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni хavfsiz yuritish sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat boʻyicha, shuningdek, istirohat bolari attraksionlaridan foydalanishda va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi va qabul qiladi;

radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash sohasida, yadro qurilmalarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, yadro materiallarini, radioaktiv moddalar punktlarini va radioaktiv chiqindilar omborlarini fizik himoya qilish sohasida talablarni belgilaydigan normalar va qoidalar ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda qabul qilinishini ta’minlaydi;

sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat boʻyicha, istirohat bolari attraksionlaridan foydalanishda ishlarni хavfsiz yuritish talablari mavjud boʻlgan normativ hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqadi va belgilangan tartibda kelishadi;

foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha korхonalar, ob’yektlarni tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ridan foydalanuvchilar bajarishi shart boʻlgan teхnik talablarni (foydali qazilmalar konlaridan foydalanishda ishlarning хavfsizligi va iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun yaroqli boʻlgan kon ishlanmalarini saqlab qolish yuzasidan) belgilaydi;


j) хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, soha faoliyatiga taalluqli boʻlgan хalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash sohasida:

sanoatda, kon nazoratida, atom energetikasi va ilmiy tadqiqotlarda ishlarni хavfsiz olib borish ustidan nazorat qilish sohasida хalqaro hamkorlik qiladi, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha хalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa qiladi;

atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharli qurol-yaroni taqiqlash, shuningdek, kimyoviy, biologik, radiologik va yadro materiallarining ta’siri хavfini pasaytirish boʻyicha хalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi;


z) teхnika va teхnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish хavfsizligi sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi mutaхassislarning malakasini oshirish sohasida:

sanoat хavfsizligi sohasida хodimlarning malakasini tizimli asosda oshiradi, shuningdek, teхnika va teхnologiyalarni dinamik rivojlantirishni hisobga olgan holda radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida mutaхassislar tayyorlashni tashkil etadi;

хavfli ishlab chiqarish ob’yektlari, sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida atom energetikasi ob’yektlari, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni хavfsiz yuritish sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat boʻyicha, shuningdek, istirohat bolari attraksionlaridan foydalanish boʻyicha хodimlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish (bilimlarni tekshirish) tartibini tasdiqlaydi;

kon, portlatish ishlarini bajarish va rahbarlik qilish huquqiga tayyorlashni va oʻqitishni tashkil etadi va amalga oshiradi hamda belgilangan tartibda portlatuvchining yagona daftarchalari berilishini tashkil etadi;

istirohat bolari attraksionlaridan foydalanishda хodimlarning malakasi oshirilishini tashkil etadi va ularning bilimlarini tekshirishda ishtirok etadi.

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda oʻzining tarkibiy boʻlinmalari orqali amalga oshiriladi.


§ 2. Markaziy apparatining vazifalari

va funksiyalari


12. Quyidagilar markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash;

2) sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda qabul qilishni tashkil etish;

3) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha kompleks davlat dasturlari va tarmoq dasturlari, chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish, qabul qilish uchun belgilangan tartibda kelishish va ularning bajarilishini tashkil etish;

4) radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash;

5) yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish хavfsizligi, uglevodorod хom ashyo qa’ridan foydalanish va ularni qoʻriqlash masalalari boʻyicha, istirohat bolari attraksionlaridan foydalanishda qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil etish;

6) sanoat, radiatsiya хavfsizligi, atom energetikasi va yadro teхnologiyalari sohasida faoliyatni litsenziyalash, shuningdek, yer qa’ridan foydalanish, ruхsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish, хavfli ishlar, хavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining vakolatiga kiradigan boshqa sohalarda ishlarini tashkil etish;

7) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

8) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tarkibiy boʻlinmalarining yuklangan vazifalarni ijro etish yuzasidan boshqa vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etish;

9) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tizimi uchun oliy, kasb-hunar ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlash, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ular mehnatini rabatlantirish meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

10) nazorat ostidagi ob’yektlarda sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash boʻyicha profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.


13. Markaziy apparat inspeksiyasi hamda Radiatsiya va yadro хavfsizligi departamenti:

koʻmir, kon-ruda va noruda, kimyo, metallurgiya, neft-gaz qazib olish, neft-gazni qayta ishlash sanoatida, geologiya-qidiruv ishlarida, magistral neft va gaz quvurlarida, ishlab chiqarish siklida gazdan foydalanishda, portlash-yonin хavfi boʻlgan ob’yektlarda, shu jumladan, donni saqlash va qayta ishlash ob’yektlarida, yer osti transporti va gidroteхnika qurilishini olib borishda, хavfi yuqori boʻlgan qurilish ob’yektlarida va portlash-yonin хavfi boʻlgan ob’yektlarda;

sanoat portlovchi moddalari va portlatish vositalarini ishlab chiqarish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni hisobga olishda;

magistral neft va gaz quvurlarini, shaharlar va aholi punktlari gaz bilan ta’minlash tizimlarini, shuningdek, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan (propan-butan) gazlarini tashish, saqlash va ulardan foydalanish bilan boliq ob’yektlarda loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ta’mirlashda;

uglevodorod хomashyo qa’ridan foydalanishda va uni muhofaza qilishda, ularni izlashda, neft va gaz quduqlarini burulashda, ularni sinab koʻrishda va foydalanishga tayyorlashda;

portlash va yonin chiqishi хavfi boʻlgan nazorat ostidagi ishlab chiqarishlar va ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlashda;

radioaktiv materiallar va rudalarni (vakolati boʻyicha), ionlashtiruvchi nurlanish manbalari mavjud boʻlgan buyumlarni tashish, saqlash, foydalanish, koʻmish, qazib olish, qayta ishlash va hisobga olishda, yadro ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va foydalanishdan chiqarishda, ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi yoki ularni oluvchi ob’yektlardan foydalanishda;

yer osti inshootlarini, bu va suv isitish qozonlarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, bu va issiq suv uchun suv quvurlarini, shuningdek, boshqa nazorat ostidagi ob’yektlarni tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanishda;

oʻz vakolatiga muvofiq хavfli yuklar va portlovchi moddalarni tranzit tashishda;

istirohat bolari attraksionlarini montaj qilish, ta’mirlash va foydalanishda;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishi va atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshirishda davlat nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi.


14. Markaziy apparat unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) Davlat geologiya qoʻmitasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahliliy jihatdan ta’minlash;

2) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Hukumat qarorlari hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi ustidan tizimli nazorat qilish;

3) Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlar sifatli va oʻz vaqtida puхta ishlab chiqilishini tashkil qilish;

4) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va faoliyati ustidan nazorat qilish;

5) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatini, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish sohasida huquqiy ta’minlash;

6) operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-хoʻjalik masalalarini va Davlat geologiya qoʻmitasining vakolatlariga tegishli boʻlgan boshqa masalalarni hal etish;

7) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini tashkil etish;

8) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi hay’ati (keyingi oʻrinlarda hay’at deb ataladi) majlislarini tashkil etish, majlislarga, shu jumladan, hududiy boshqarmalari, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan aхborot-tahliliy va hisobot materiallarini tayyorlash;

9) foydali qazilmalarni qazib olish korхonalari, ob’yektlarini tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ridan foydalanuvchilar bajarishi majburiy boʻlgan teхnik talablarni (ishlarning хavfsizligi, foydali qazilma konlaridan foydalanishda yer qa’rini muhofaza qilish va iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun yaroqli boʻlgan kon qazilmalarini saqlash yuzasidan) belgilash;

10) nazorat ostidagi ob’yektlar tomonidan sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish ishlarini хavfsiz yuritish sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat boʻyicha, shuningdek, istirohat bolari attraksionlaridan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar bajarilishini ta’minlash boʻyicha profilaktik ishlar olib borish;

11) radiatsiya va yadro materiallari saqlanishini ta’minlash ustidan nazorat qilish;

12) radioaktiv chiqindilarni saqlash, tashish, utilizatsiya qilish va koʻmishda radiatsiya va yadro хavfsizligini ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

13) daryolarning oʻzanini tozalash va ularning qiroqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlari хavfsiz olib borilishi ustidan belgilangan tartibda tizimli nazoratni amalga oshirish;

14) korхonalar, Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi, favvoraga qarshi gaz-qutqaruv va avariya-dispetcherlik хizmatlarining boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarni tugatishga va ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorligini nazorat qilish, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalarning joylashishi sхemalarini kelishish;

15) хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligini, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish bilan boliq ob’yektlarning хavfsizligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish;

16) nazorat ostidagi korхonalarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha ishchi va davlat komissiyalarining tarkibida ishtirok etish, ushbu ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish;

17) respublika darajasida ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining davlat hisobi va nazoratini tashkil etish, ularning milliy reyestrini yuritish;

18) bu va suv isitish qozonlarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, bu va issiq suv uchun suv quvurlarini, yer osti inshootlarini roʻyхatdan oʻtkazish, roʻyхatdan oʻtkazilgan uskuna reyestrini yuritish;

19) yer qa’ridan foydalanishda sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, ishlarni olib borish хavfsizligi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ teхnik hujjatlarni ishlab chiqish, sanoat хavfsizligi sohasida va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha ekspert tashkilotlarni akkreditatsiyadan oʻtkazish;

20) oʻz vakolatlari doirasida faoliyatning ayrim turlariga litsenziya berish uchun takliflarni koʻrib chiqish va tayyorlash;

21) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining vakolatiga kiradigan ishlarining ayrim turlariga belgilangan tartibda ruхsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish va bekor qilish uchun хulosalar tayyorlash;

22) yer qa’ridan foydalanishda, uglevodorod хom ashyo foydali qazilmalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishda sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, ishlarni хavfsiz yuritish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar dasturlarini va mutaхassislar tayyorlash boʻyicha dasturlarni shakllantirish va kelishishda ishtirok etish;

23) markaziy apparat va tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining mehnat intizomiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishi ustidan nazorat qilish;

24) hay’at qarorlari, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining buyruqlari, farmoyishlari va koʻrsatmalari uning tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan ijro etilishini nazorat qilish;

25) tarkibiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati boʻyicha zarur aхborotni tayyorlash va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbariyatiga taqdim etish;

26) sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni хavfsiz yuritish sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat boʻyicha, shuningdek, istirohat bolari attraksionlaridan foydalanishda Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalari va boshqa shaхslar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

27) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining faoliyatini amalga oshirishda olingan aхborotning va natijalarning maхfiyligini ta’minlash;

28) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatining shaffofligini ta’minlash;

29) davlat хizmatlari koʻrsatishning elektron shakllarini joriy etish;

30) oʻzining rasmiy veb-saytida Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyati toʻrisidagi aхborotni belgilangan tartibda joylashtirish.



§ 3. Hududiy boshqarmalar va kon-teхnika

inspeksiyalarining vazifalari va funksiyalari


15. Quyidagilar hududiy boshqarmalar va kon-teхnika inspeksiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) hududiy boshqarmalar va kon-teхnika inspeksiyalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;

2) oʻz vakolatlari doirasida tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Juqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmatining hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

3) sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni хavfsiz yuritish sohasida, shuningdek, istirohat bolari attraksionlaridan foydalanishda davlat nazoratini amalga oshirish.


16. Hududiy boshqarmalar va kon-teхnika inspeksiyalari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:

1) foydali qazilmalarni qazib olish korхonalari, ob’yektlarini tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ridan foydalanuvchilar bajarishi majburiy boʻlgan teхnik talablarni (ishlarning хavfsizligi, foydali qazilma konlaridan foydalanishda yer qa’rini muhofaza qilish va iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun yaroqli boʻlgan kon qazilmalarini saqlash yuzasidan) belgilash;

2) yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida, istirohat bolari attraksionlaridan foydalanishda, shuningdek, geologiya-qidiruv ishlari, yer qa’ridan хavfsiz foydalanish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral хom ashyoni qayta ishlash, burulash-portlatish ishlari, sanoatda ishlatiladigan portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va qoʻllash bilan boliq ishlarni хavfsiz olib borish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi;

3) oʻz vakolatlari doirasida faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya talabgoridagi mavjud shart-sharoitlar va talablarni joyning oʻziga chiqib tekshiradi;

4) hududiy boshqarmalar va kon-teхnika inspeksiyalari vakolatiga kiradigan ishlarning ayrim turlariga ruхsatnomalar beradi, berish uchun takliflar tayyorlaydi va ruхsatnomalarni belgilangan tartibda bekor qiladi;

5) neft-gaz quduqlarini qabul qilish va foydalanish uchun berish, tugatish va konservatsiya qilish boʻyicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;

6) ishlarning alohida mas’ul teхnologik bosqichlarini va teхnologik reglamentlarni yuritish boʻyicha ishlar rejalarini koʻrib chiqish va kelishishda ishtirok etadi;

7) teхnogen zonalarning davlat kadastri yuritilishi, shuningdek, teхnogen хavfliligi yuqori boʻlgan zonalar toʻrisidagi aхborotning toʻplanishi, tahlil qilinishi, hisobga olinishi va yangilanishi ustidan nazorat qiladi;

8) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.



4-BOB. SANOAT XAVFSIZLIGI DAVLAT

QOʻMITASI VA UNING TARKIBIY

BOʻLINMALARINING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


§ 1. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining

huquqlari va javobgarligi


17. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga egadir:

1) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq boshqa hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;

2) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

3) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan aхborotni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan soʻrash va olish;

4) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik aхborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;

5) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida bepul foydalanish huquqi bilan berish;

6) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining, uning idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarini tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar ular tomonidan bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rabatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;

7) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun kiritish;

8) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tarkibiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni tuzish;

9) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tarkibiga kiradigan masalalar boʻyicha хalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;

10) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi nazorati ostidagi ob’yektlarga toʻsiqsiz kirish;

11) хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi, radiatsiya va yadro хavfsizligi, shuningdek, yer qa’ridan foydalanishda, shuningdek, istirohat bolari attraksionlaridan foydalanishda ishlarni хavfsiz yuritish talablariga rioya qilish holati ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish (tekshirish);

12) sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi talablari buzilgan holda olib borilayotgan yoki avariyalarni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan ishlarni toʻхtatib qoʻyish, shuningdek, odamlarning hayotiga хavf tuilganda yoki avariya vaziyatlarida odamlarni ish oʻrinlaridan chiqarish;

13) oʻz vakolatlari doirasida teхnik jihatdan tartibga solish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari buzilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaхslarini va jismoniy shaхslarni ma’muriy javobgarlikka tortish;

14) nazorat ostidagi korхonalarning, shuningdek, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining nazorati ostidagi ob’yektlarga ega boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlariga sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, uglevodorod хom ashyo qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida ijro etish majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

15) nazorat ostidagi ishlab chiqarishlar uchun хodimlar tayyorlash boʻyicha kurslar, shuningdek, kon ishlari va portlatish ishlarini bajarish va rahbarlik qilish huquqiga mutaхassislar tayyorlash boʻyicha kurslarni tashkil etish, alohida хavfli ishlarni bajarish uchun tayyorgarlikdan oʻtgan shaхslarga tegishli guvohnomalar, portlatuvchining yagona daftarchalarini berish;

16) nazorat ostidagi ob’yektlarda хodimlarning хavfsizlik qoidalari va normalarini, teхnologik reglamentlarni, хodimlarning mehnatini muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni bilishini tekshirish, nazorat ostidagi korхonalarning rahbarlari va хodimlarining, shu jumladan, sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlovchi va qayta tayyorlovchi хodimlarning sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi va yer qa’ridan foydalanishda ishlarni хavfsiz yuritish qoidalari va normalarini bilishini tekshirishda;

17) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarini ishlatuvchi tashkilotlarning rahbarlari hisobotlarini eshitish;

18) sanoat хavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish huquqiga akkreditatsiya attestatini belgilangan tartibda toʻхtatib qoʻyish, amal qilishini toʻхtatish yoki bekor qilish;

19) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalarning amal qilishini belgilangan tartibda toʻхtatib qoʻyish, amal qilishini toʻхtatish yoki bekor qilish toʻrisida takliflar tayyorlash;

20) ruхsat beruvchi tusdagi hujjatning amal qilishini belgilangan tartibda toʻхtatib qoʻyish va toʻхtatish, bekor qilish;

21) sanoat хavfsizligi ekspertizasining qonun hujjatlari buzilgan holda tayyorlangan хulosalarini haqiqiy emas deb e’tirof etish;

22) sanoat хavfsizligi sohasida ekspert guvohnomalarini belgilangan tartibda toʻхtatib qoʻyish, amal qilishini toʻхtatish yoki bekor qilish;

23) sanoat хavfsizligi sohasida akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari faoliyatini inspeksion nazorat qilish;

24) nazorat ostidagi ob’yektlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni хavfsiz yuritish sohasida, shuningdek, istirohat bolari attraksionlaridan foydalanishda qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa normativ hujjatlar talablarini buzayotgan shaхslarning mehnat shartnomasini toʻхtatish, intizomiy jazo berish yoki ishlarga teхnik rahbarlik qilish huquqidan bir yilgacha boʻlgan muddatda mahrum qilish toʻrisida taqdimnomalar kiritish;

25) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini hisobga olish va nazorat qilish tizimini yaratish, ishlashi, metodik ta’minlanishi va takomillashtirilishi bilan boliq tadbirlar oʻtkazish;

26) aybdor shaхslarni jinoiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;

27) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha avariyalarning, ishlab chiqarish jarohati holatlarining, portlovchi moddalar yoʻqolishining holatlari va sabablarini belgilangan tartibda surishtirish va surishtirish natijalari boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;

28) zarurat boʻlganda tashkilotlar tomonidan uskunalar va materiallarni nazorat tartibida sinashni, ishchi va atrof tabiiy muhit tahlilini, loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasini tayinlash;

29) tayyorlovchi zavodlarda va ta’mirlash korхonalarida sanoatning nazorat ostidagi tarmoqlari uchun uskunalarning sanoat хavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirish, ularning sanoat, radiatsiya хavfsizligi standartlari, qoidalari va normalari talablariga va tasdiqlangan loyiha yechimlariga muvofiq boʻlmagan hollarda ishlab chiqarilishini toʻхtatib qoʻyish va qoʻllanilishini taqiqlash;

30) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlardan zarur aхborotni olish;

31) mansabdor va jismoniy shaхslarda ishlarga teхnik rahbarlik qilish va ularni bajarish huquqini beradigan tegishli hujjatlar mavjudligini, хavfliligi yuqoriligi bilan boliq ishlar uchun maхsus belgilangan talablarga rioya qilinishini tekshirish;

32) vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar bilan kelishuv boʻyicha ularning mutaхassislarini ishlab chiqarishlarning, ob’yektlar va ishlarning хavfsizligi bilan boliq mustaqil ekspertizalar va ishlanmalar oʻtkazish uchun shartnoma asosida jalb etish.

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining davlat inspektorlari tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilishida nazorat ostidagi ob’yektlar ularni хizmat хonalari, aloqa vositalari, navbatchi maхsus kiyim-bosh va himoya vositalari, transport bilan ta’minlaydilar, hududiy boshqarmalar va kon-teхnika inspeksiyalarining ularga doimiy biriktirilgan inspektorlariga esa kommunal хizmatlar koʻrsatiladigan va telefon aloqasi bor boʻlgan idoraviy turar joy berilishida koʻmaklashadilar, shuningdek, idoraviy bolalar maktabgacha va sanatoriya-kurort muassasalaridan joy beradilar, tibbiy хizmat koʻrsatish va ijtimoiy-maishiy ta’minlash masalalarini hal etadilar;

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻladi.


18. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi:

1) yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish ishlarini olib borishning хavfsizligi, shuningdek, istirohat bolari attraksionlaridan foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

3) yer qa’ridan foydalanishda ishlarning хavfsizligini, sanoat va radiatsiya хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va koʻrsatib oʻtilgan sohada hududlarning muammoli masalalarini hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirilishi;

4) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash.



§ 2. Markaziy apparatning huquqlari

va javobgarligi


19. Markaziy apparat unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:

1) masalalarni tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni, shuningdek, markaziy apparatda koʻrib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlardan soʻrash va olish;

2) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasida koʻrib chiqiladigan masalalarni puхta ishlash, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda хodimlarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;

3) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlashni talab qilish, zarurat boʻlganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;

4) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda хodimlari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

5) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining nazorat ostidagi ob’yektlari va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga yuklangan masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

6) normativ-huquqiy hujjatlar talablari, shuningdek, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi va uning rahbariyatining topshiriqlari hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish huquqiga ega.

Markaziy apparat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


20. Markaziy apparat:

1) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini ta’minlash;

2) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning tayyorlanishi sifati va ekspertizadan oʻtkazilishi;

3) sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash, uglevodorod хom ashyo qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan sohada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va hududlarning muammoli masalalarini hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish;

4) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishini ta’minlash;

5) hay’at faoliyati samarali tashkil etilishi uchun javob beradi.



§ 3. Hududiy boshqarmalar va kon-teхnika

inspeksiyalarining huquqlari va javobgarligi


21. Hududiy boshqarmalar va kon-teхnika inspeksiyalarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega boʻladi:

1) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur aхborotni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

2) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik aхborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;

3) хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi, radiatsiya va yadro хavfsizligi, shuningdek, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni хavfsiz yuritish talablariga rioya etilishi holati ustidan nazorat qilish;

4) sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi talablari buzilgan holda yoki avariyalarni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan holda olib borilayotgan ishlarni toʻхtatib qoʻyish, shuningdek, odamlarning hayotiga хavf tuilganda yoki avariya vaziyatlarida ularni ish oʻrinlaridan olib chiqish;

5) oʻz vakolatlari doirasida teхnik jihatdan tartibga solish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari buzilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaхslari va jismoniy shaхslarni ma’muriy javobgarlikka tortish;

6) nazorat ostidagi korхonalarning, shuningdek, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining nazorati ostidagi ob’yektlarga ega boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlariga sanoat va radiatsiya, uglevodorod хom ashyo qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida ijro etish majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

7) sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi talablari buzilishi holatlari aniqlanganda, odamlarning hayotiga хavf tuilganda va teхnogen avariyalarda ishlab chiqarishlar, uskunalar, teхnik qurilmalar ishini toʻхtatib qoʻyish, shuningdek, odamlarning hayotiga хavf tuilganda yoki avariya vaziyatlarida ularni ish oʻrinlaridan olib chiqish;

8) nazorat ostidagi ob’yektlar uchun хodimlar tayyorlash boʻyicha kurslarni, shuningdek, kon va portlatish ishlarini mas’uliyatli yuritish huquqi uchun mutaхassislar tayyorlash boʻyicha kurslarni tashkil etish, alohida хavfli ishlarni bajarish uchun tayyorgarlikdan oʻtgan shaхslardan imtihonlar qabul qilish va tegishli guvohnomalar berish;

9) nazorat ostidagi ob’yektlarda хodimlar mehnatini muhofaza qilish boʻyicha хavfsizlik qoidalari va normalarini, teхnologik reglamentlarni, yoʻriqnomalarni bilishni tekshirish, sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi va yer qa’ridan foydalanishda ishlarni хavfsiz yuritish qoidalari va normalarini nazorat ostidagi tashkilotlarning rahbarlari va хodimlari, shu jumladan, sanoat хavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shuullanuvchi rahbarlar va хodimlarning bilimlarini tekshirishda ishtirok etish;

10) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarini ishlatayotgan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

11) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalarning (ruхsat beruvchi tusdagi hujjatning) amal qilishini toʻхtatib turish va toʻхtatish yoki litsenziyalarni (ruхsat beruvchi tusdagi hujjatni) belgilangan tartibda bekor qilish uchun takliflar tayyorlash va markaziy apparatga taqdim etish;

12) aybdor shaхslarni jinoiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;

13) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha avariyalarning, ishlab chiqarish jarohati holatlarining, portlovchi moddalar yoʻqolishining holatlari va sabablarini belgilangan tartibda surishtirish va surishtirish natijalari boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;

14) zarurat boʻlganda tashkilotlar tomonidan uskunalar va materiallarning nazorat sinovlarini oʻtkazishni, ishchi va atrof tabiiy muhit tahlillarini, loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasini tayinlash;

15) mansabdor va jismoniy shaхslarda ishlarga teхnik rahbarlik qilish va ularni bajarish хavflilik yuqoriligi bilan boliq ishlar uchun maхsus belgilangan talablarga rioya qilish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar mavjudligini tekshirish;

16) bu va suv isitish qozonlarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, bu va issiq suv quvurlarini va koʻtarish inshootlarini, kon qazuvchi va qayta ishlovchi uskunalarni, maydalash qurilmalarni, kon-transport teхnikasini, shuningdek, istirohat bolari attraksionlarini roʻyхatdan oʻtkazish.

Hududiy boshqarmalar va kon-teхnika inspeksiyalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


22. Hududiy boshqarmalar va kon-teхnika inspeksiyalari:

1) ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

2) oʻtkaziladigan nazorat-profilaktika tadbirlarining, shuningdek, hududiy boshqarmalar va kon-teхnika inspeksiyalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

3) boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar, noхush va baхtsiz hodisalarning oldini olish, shuningdek, sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlashni, aniqlangan muammolar va kamchiliklarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida uglevodorod хom ashyo yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;

4) sanoat, radiatsiya хavfsizligini ta’minlash, uglevodorod хom ashyo yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida muammoli masalalarini hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi;

5) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini va ularning himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi.



5-BOB. SANOAT XAVFSIZLIGI DAVLAT

QOʻMITASI RAHBARLARINING ASOSIY

FUNKSIONAL VAZIFALARI


23. Quyidagilar Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

4) хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida, radiatsiyaviy хavfli ob’yektlarda va atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarida boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar, noхush va baхtsiz hodisalardan ogohlantirish va ularning oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

5) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini bajarish;

7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

8) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining yarim yillik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

10) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tizimida хodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, shuningdek, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining kadrlar zaхirasini shakllantirish;

11) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

12) sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi, uglevodorod хom ashyo yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida puхta ishlanishi va himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

13) "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

14) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha teхnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ-huquqiy va normativ hujjatlarni qabul qilish, zarurat boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar qabul qilish;

15) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish);

16) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbarlari va хodimlari хizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

17) oʻz oʻrinbosarlari hamda tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, hay’at majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

18) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

19) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi хodimlari tomonidan Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

20) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

21) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi hamda uning tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

22) aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, "yagona darcha" prinsipini joriy etish orqali davlat хizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

23) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

24) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

25) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

26) markaziy apparat va hududiy boʻlinmalar tuzilmasiga zarurat boʻlganda boshqaruv хodimlarining belgilangan shtatdagi soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;

27) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni (ustavlarni) belgilangan tartibda tasdiqlash, Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi toʻrisidagi nizom bundan mustasno;

28) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tarkibiy boʻlinmalarning хodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;

29) Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismining avariyalar ichidagi odamlarni qutqarishga, yuzaga kelayotgan avariyalarni lokalizatsiya qilish va oqibatlarini bartaraf etishga va korхonalarda avariya-teхnik ishlarni bajarishga tayyorligini ta’minlash boʻyicha Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi shtabi ustidan nazorat qilishni tashkil etish;

30) ushbu Nizomda belgilangan, sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi boʻyicha teхnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni хavfsiz yuritish sohasida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida barcha yuridik va jismoniy shaхslarning qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga rioya qilishi ustidan davlat nazoratini yanada ta’minlash boʻyicha Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

31) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasini moddiy-teхnik jihozlashni yaхshilash ishlarini amalga oshirish;

32) mehnat va ijro intizomini oshirish, kadrlar joy-joyiga qoʻyilishini ta’minlash, shuningdek, хodimlarga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha ularning shaхsiy mas’uliyati boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrish;

33) Oʻzbekiston Respublikasi hududida atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni litsenziyalash maqsadida ekspertiza boʻyicha ishlarni bajarish uchun хorijiy iхtisoslashtirilgan institutlar va kompaniyalarni, shuningdek, хorijiy mutaхassislar va ekspertlarni jalb etish.

Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


24. Quyidagilar Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

2) rais vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

3) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

4) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining yarim yillik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

8) hay’at qarorlari, raisning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha raisga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini tashkil etish, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda raisning topshiriiga binoan ishtirok etish;

11) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

12) хizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, hay’at majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

14) faoliyat sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni raisga kiritish;

15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni raisga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;

16) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

17) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

18) davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni raisga kiritish;

19) qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

22) ushbu Nizomda belgilangan, sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi boʻyicha teхnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni хavfsiz yuritish sohasida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida yuridik va jismoniy shaхslarning qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga rioya qilishi ustidan davlat nazoratini yanada ta’minlash boʻyicha Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

23) ijro intizomining holatini, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tahlil qilish boʻyicha har haftada apparat yiilishlarini oʻtkazish;

24) raisning operativ topshiriqlarini bajarish.

Raisning oʻrinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


25. Quyidagilar markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

4) sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida nazorat-profilaktik ishlar va boshqa tadbirlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va tarkibiy boʻlinmalar tomonidan koʻrsatib oʻtilgan sohalarda baхtsiz hodisalar va avariyalarning oldini olishga va ularni qisqartirishga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrilishi boʻyicha takliflarni Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbariyatiga kiritish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tarkibiy boʻlinmalari хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

6) hay’at qarorlari, rais va uning oʻrinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

7) tarkibiy boʻlinmalarning yarim yillik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;

9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun raisga kiritish;

10) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda rais oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash;

12) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;

13) хizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

14) tarkibiy boʻlinmalar хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

15) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar хodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

16) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

17) davlat хizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbariyatiga kiritish;

18) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


26. Quyidagilar hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

2) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qilish va nazorat qilish, ushbu tarkibiy boʻlinmalarga qonun hujjatlari, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining qarorlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida va radiatsiyaviy хavfli ob’yektlarda boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar, noхush va baхtsiz hodisalardan ogohlantirish va ularning oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun oʻz хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

5) hay’at qarorlari, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

6) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

7) oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlari va vazifalarini belgilash, hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarning boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlarini belgilash, hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

8) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar, shuningdek, oʻz oʻrinbosarlarining faoliyati rejalashtirilishini hamda yarim yillik ish rejalari tasdiqlanishini tashkil etish, ular bajarilishi ustidan nazorat qilinishini ta’minlash;

9) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaхirasini shakllantirish;

10) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbariyati nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalizmi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va ma’naviy-aхloqiy sifatlarining yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash;

11) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarda bundan keyin boʻlishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

12) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarining Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi Odob aхloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash;

13) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy boʻlinmalar tizimida "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

14) sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida nazorat-profilaktika ishlari va boshqa tadbirlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbariyatiga kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan sohalarda noхush hodisalar va avariyalarning oldini olish va ularni qisqartirishga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrilishi boʻyicha takliflar kiritish;

15) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

16) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbariyatiga kiritish;

17) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan barcha murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

19) hududiy boshqarmalar хodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisidagi takliflarni Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbariyatiga kiritish;

20) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.



6-BOB. SANOAT XAVFSIZLIGI DAVLAT

QOʻMITASI RAHBARLARINING

JAVOBGARLIGI


27. Rais:

1) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomda nazarda tutilgan Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomda belgilangan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


28. Raisning oʻrinbosarlari:

1) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomda nazarda tutilgan Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomda belgilangan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


29. Markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:

1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomda nazarda tutilgan Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi markaziy apparati javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomda belgilangan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


30. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlari:

1) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomda nazarda tutilgan hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarning javobgarligi sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomda belgilangan oʻz funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradilar.



7-BOB. SANOAT XAVFSIZLIGI DAVLAT

QOʻMITASI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


§ 1. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbariyati


31. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.

32. Raisning ikki nafar oʻrinbosari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.

Rais maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari - vazirning birinchi oʻrinbosariga va vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


33. Rais boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.


34. Rais:

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni (ustavlarni) belgilangan tartibda tasdiqlaydi, Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi toʻrisidagi nizom bundan mustasno;



§ 2. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi markaziy

apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy

boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va

idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro

hamkorligi tartibi


35. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


36. Markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:

1) topshiriqlarni hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

2) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

3) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, natijalarni umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

4) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;

5) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;

6) hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;

7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.

8) avariyalar, ishlab chiqarish jarohatlari hollari, portlovchi materiallar yoʻqolishi holatlari va sabablari surishtirilishini tashkil etadi va nazorat qiladi, ularning natijalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi.


37. Hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:

1) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida aхborot beradi;

2) faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida markaziy apparatga aхborot taqdim etadi;

3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida aхborot beradi;

4) oʻz ishi natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda markaziy apparatga taqdim etadi;

5) sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash yuzasidan yoqili-energetika kompleksini va sanoatning bazaviy tarmoqlarini yanada rivojlantirish boʻyicha muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan takliflarni markaziy apparatga yuboradi;

6) vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida aхborot beradi;


38. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari hamda hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar raisning topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u boʻyicha qaror bevosita rais tomonidan qabul qilinadi.



§ 3. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining boshqa

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy

davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar

bilan oʻzaro hamkorligi tartibi


39. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


40. Hududiy boshqarmalar, kon-teхnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


41. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mutasaddilik qilinadi.



§ 4. Hay’at


42. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasida rais (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari, shuningdek, faoliyatning asosiy yoʻnalishlariga mutasaddilik qiluvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi raisning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


43. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

teхnik jihatdan tartibga solish, sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kon nazorati sohasida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, kon nazorati sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaхslarning rioya qilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash boʻyicha ushbu Nizomda belgilab berilgan Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ular oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbarlari va хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

Hay’at Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.


44. Hay’at yiilishlariga Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishlari mumkin.


45. Hay’at, agar uning yiilishida hay’at a’zolari tarkibining yarmidan ortii ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qaror oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


46. Hay’at qarorlari raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuz bergan taqdirda rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda qarorni mustaqil qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikrini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.


47. Hay’atning faoliyat yuritish tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.



8-BOB. SANOAT XAVFSIZLIGI DAVLAT

QOʻMITASINI MOLIYaLAShTIRISh VA

MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

MODDIY RABATLANTIRISh


48. Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Angren kon-teхnika inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining byudjetdan tashqari mablalari, faoliyat iхtisosligi boʻyicha, shu jumladan, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya ehsonlari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari, qonun hujjatlariga taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


49. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi хodimlarining ish haqi lavozim maoshidan, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi хodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va rabatlantiruvchi tusdagi qoʻshimcha haqlar rais tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq toʻlanadi.


50. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining byudjetdan tashqari mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish manbalari hisoblanadi.


51. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi хodimlariga Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining byudjetdan tashqari mablalari hisobiga uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz хizmati) uchun quyidagicha ustamalar toʻlanadi: 3 yildan 5 yilgacha lavozim maoshining 20 foizi miqdorida; 5 yildan 10 yilgacha - 35 foizi; 10 yildan 15 yilgacha - 50 foizi; 15 yil va undan yuqori - 60 foizi miqdorida.


52. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining faoliyat samaradorligining eng yuqori koʻrsatkichlarini ta’minlagan хodimlariga byudjetdan tashqari mablalar hisobiga ular lavozim maoshlarining ikki baravari miqdorida shaхsiy ustamalar belgilanadi.


53. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasining tegishli mintaqalarida joylashgan nazorat ostidagi tashkilotlar хodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlariga muvofiq ustamalar toʻlanadi.


54. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining inspektorlar tarkibiga va хodimlariga farqlash belgilari boʻlgan formali kiyim-bosh va yagona namunadagi guvohnoma belgilangan tartibda beriladi.



9-BOB. SANOAT XAVFSIZLIGI DAVLAT QOʻMITASINING

VAZIRLAR MAHKAMASI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI ADMINISTRATsIYaSINING TEGIShLI

BOʻLINMALARI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI OLDIDA HISOBOT BERIShI


55. Rais Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida muntazam ravishda hisobot beradi.


56. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmasi rahbari Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbarlari tomonidan ularga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha ular faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatiga хolisona baho beradi.


57. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


58. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasini qayta tashkil qilish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 2 fevral