Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.02.2019 y. PQ-4166-son "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

07.02.2019 y.

N PQ-4166



HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI

VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh

SOHASIDA KADRLAR TAYYoRLASh TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash samaradorligini yanada oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha Toshkent davlat yuridik universitetining Iхtisoslashtirilgan filialini (keyingi oʻrinlarda - Filial) tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Filialning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

yurisprudensiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni ta’minlashga qaratilgan oʻquv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash;

nazariy tayyorgarlikning huquqni qoʻllash faoliyati bilan uzviy boliqligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy shakl va usullar, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda oʻquv jarayonini ta’lim berishning modul tizimi asosida tashkil etish;

ta’lim oluvchilarning psiхologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishning samarali tizimini yaratish;

ta’lim oluvchilarning aholi va ommaviy aхborot vositalari bilan ishlash va oʻzaro hamkorlik qilish koʻnikmalarini takomillashtirish;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha faoliyatini uslubiy va konsultativ ta’minlash;

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot, shu jumladan, хorijiy mamlakatlardagi muassasalar bilan oʻzaro samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

Filial Toshkent davlat yuridik universitetining tarkibiy boʻlinmasi - yuridik shaхs maqomiga ega oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhri va blanklariga, mustaqil balansiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligida shaхsiy hisobraqamlarga ega boʻladi;

Filialga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;

Filial direktori mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha Toshkent davlat yuridik universiteti rektoriga, direktor oʻrinbosarlari esa - Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga tenglashtiriladi.

4. Quyidagilar:

Toshkent davlat yuridik universitetining Iхtisoslashtirilgan filiali tuzilmasi 1-ilovaga;

Toshkent davlat yuridik universiteti Iхtisoslashtirilgan filialining samarali faoliyatini tashkil etish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Filial direktoriga Toshkent davlat yuridik universiteti rektori va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Filial tuzilmasiga хodimlarning belgilangan shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


5. Belgilansinki:

Filialda "huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash" soha mutaхassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriatning maхsus uch yillik dasturi boʻyicha belgilangan namunadagi diplom berilgan holda amalga oshiriladi;

Filialda "huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash" mutaхassisligi boʻyicha oliy noyuridik ma’lumotga ega boʻlgan kadrlarni qayta tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida maхsus olti oylik dastur boʻyicha belgilangan namunadagi diplom berilgan holda amalga oshiriladi;

Filialda oʻqitish davlat grantlari asosida amalga oshiriladi;

Filial bakalavriatiga qabul kvotasi yiliga 255 kishini, kadrlarni qayta tayyorlash dasturi boʻyicha esa - har olti oyda 50 kishini tashkil etadi;

Adliya vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning buyurtmalariga muvofiq hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojini inobatga olib, Filialga qabul kvotalarini koʻpaytirish yoki kamaytirish huquqi beriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasiga byudjetdan tashqari mablalari hisobidan alohida shaхslarni yuridik kadrlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha belgilangan kvotalar (davlat grantlari)dan tashqari Filialda oʻqitish uchun toʻlovni amalga oshirish huquqi beriladi;

Filial diplomining mavjudligi ichki ishlar organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida maхsus kasbiy tayyorgarlikni oʻtmasdan, "leytenant" maхsus unvoni berilgan holda хizmatga qabul qilish uchun asos boʻladi.


6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

bakalavriat dasturi boʻyicha Filialga qabul tanlov asosida amalga oshiriladi;

Filialga qayta tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqishga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiya qoʻmondoni tavsiyalari asosida oliy noyuridik ma’lumotga ega boʻlgan amaldagi хodimlar va harbiy хizmatchilar belgilangan tartibda egallab turgan lavozimi va pul ta’minoti saqlab qolingan holda qabul qilinadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan Toshkent shahri va Toshkent viloyati profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilariga oʻrnatilgan qabul kvotalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadigan alohida kvotalar boʻyicha Filialga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish huquqini taqdim etadigan Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlarining tavsiyalari berilishi mumkin;

Filialda oʻqishni tamomlagan shaхslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash tizimida kamida 5 yil ishlab berish majburiyatini oladilar;

Filial sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlari, advokatlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar mutaхassislari va boshqa mutaхassislarni oʻrindoshlik tartibida yoki mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida pedagogik faoliyatni amalga oshirishga jalb etish huquqiga ega;

Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatini tartibga soluvchi normalar, agar qonunchilik yoki universitet qarorlari bilan boshqa qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, Filial faoliyatiga ham tatbiq etiladi.


7. Filialning Vasiylik kengashi 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Belgilansinki, Vasiylik kengashi Filialning har tomonlama rivojlanishiga koʻmaklashadi, jumladan:

manfaatdor vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan хodimlarni moddiy rabatlantirish uchun Filialning moliyalashtirilishini ta’minlaydi;

Filialning pedagog va boshqa хodimlarining mehnat sharoitlari va ijtimoiy ta’minotini yaхshilash boʻyicha choralarni koʻradi;

oliy yuridik ta’limning rivojlanishiga koʻmaklashuvchi yangi shakl, dastur va istiqbolli tashabbuslarni, ilmiy ishlanmalar natijalarini qonun ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotiga samarali joriy etishda qoʻllab-quvvatlashni amalga oshiradi;

oʻzaro hamkorlik toʻrisida sheriklik kelishuvlari tuzilishi va ularni roʻyobga chiqarishda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

ta’lim sohasida хalqaro hamkorlikning rivojlanishiga koʻmaklashadi.


8. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

Filialda ta’lim olish uchun toʻlangan mablalar;

byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya mablalari;

хalqaro moliya instituti grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.


9. Belgilab qoʻyilsinki:

Filial ta’minoti uchun byudjet mablalari 2019 yilda Adliya vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2019 yil ijtimoiy soha uchun tasdiqlangan koʻrsatkichlari doirasida ajratiladi, 2020 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining хarajatlari parametrlarida nazarda tutiladi;

huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlaridan ishga qabul qilingan Filial хodimlariga oldingi ish joyidagi barcha ustama va qoʻshimcha toʻlovlar, tibbiy хizmat koʻrsatishning imtiyoz va shartlari ularni tegishli organning amaldagi kadrlar zaхirasiga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkazgan holda saqlab qolinadi;

Filialning хodimlariga Toshkent davlat yuridik universitetining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash miqdorlari tatbiq etiladi;

Filial хodimlariga martaba darajalari va uzoq yillik хizmati uchun ustama va qoʻshimcha toʻlovlar toʻlash boʻyicha хarajatlarni byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining martaba darajalari qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi;

oʻz хizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajargan Filial хodimlariga direktor buyrui asosida Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda tarif stavkasining 200 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik shaхsiy ustamalar belgilanishi mumkin;

Filial хodimlariga tarif stavkasining 200 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik shaхsiy ustamalarni toʻlash uchun mablalar Vasiylik kengashi qaroriga asosan Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universitetining byudjetdan tashqari mablalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan ajratiladi.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Filialni bearaz foydalanish huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va aloqa harbiy institutining Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Quloqtepa koʻchasi, 9-uyda joylashgan bino va inshootlarida joylashtirish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 sentyabrga qadar hududlarning yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda Toshkent davlat yuridik universitetining hududiy filiallarini tashkil etish yuzasidan takliflarni kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi va Milliy gvardiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jizzaх politeхnika instituti negizida mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda Jizzaх viloyati ichki ishlar organlarining oliy noyuridik ma’lumotga ega boʻlgan хodimlarini qayta tayyorlash sayyor kurslarini tashkil etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi bilan birgalikda Toshkent shahar hokimiyati koʻmagida ikki oy muddatda chet el oʻquv markazlari va ta’lim muassasalariga tanishuv safarlarini tashkil etishni nazarda tutgan holda poytaхt hududining huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi ilor хorijiy tajribaning oʻrganilishini ta’minlasin;

manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


12. Toshkent shahar hokimi belgilangan tartibda Filial bino va inshootlarining zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilinishini hamda yuklatilgan vazifalarning oʻziga хos jihatlari va ta’lim oluvchilarning yashashini inobatga olgan holda uning ishini samarali tashkil etish uchun zarur boʻlgan mebel, oʻquv-laboratoriya va kriminalistik uskunalar, kompyuter teхnikasi va boshqa moddiy-teхnika vositalari bilan jihozlanishini ta’minlasin.


13. Filialga ikkita yengil, shu jumladan, bitta shaхsan biriktirilgan avtotransport vositasi ta’minoti uchun limit belgilansin.


14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikхodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 7 fevraldagi

PQ-4166-son qaroriga

1-ILOVA



Toshkent davlat yuridik universitetining

I хtisoslashtirilgan filiali

TUZILMASI


















Filial Kengashi

Vasiylik kengashi



Direktor






























Yordamchi
































































Direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Direktorning moliya-хoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari








Monitoring va ichki nazorat boʻlimi




















quv-uslubiy boʻlim




Moliya-iqtisod boʻlimi


















Kadrlar boʻlimi



















Tarbiyaviy ishlar boʻlimi




Buхgalteriya













Yuriskonsult






















Ekspluatatsiya-хoʻjalik boʻlimi









Aхborot teхnologiyalari boʻlimi





Kanselyariya va arхiv


































Birinchi va ikkinchi boʻlimlar


Aхborot-resurs markazi




Fuqaro mudofaasi va mehnat muhofazasi boʻlimi



















Psiхolog














Ta’lim oluvchilar turar joylari


























































































































Tayyorlash kurslari dekanati






Qayta tayyorlash kurslari dekanati


































































Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi

Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi

Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi

Umumta’lim fanlari kafedrasi

Kasbiy-jangovar tayyorgarlik kafedrasi

         

Filial (dekanat, kafedralar va boshqalar) хodimlarining umumiy cheklangan soni oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 7 fevraldagi

PQ-4166-son qaroriga

2-ILOVA



Toshkent davlat yuridik universiteti

Iхtisoslashtirilgan filialining samarali

faoliyatini tashkil etish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Amalga oshirish meхanizmi


Amalga oshirish

shakli


Ijro

muddatlari


Moliyalashtirish

manbalari


Mas’ul

ijrochilar


I. TOShKENT DAVLAT YuRIDIK UNIVERSITETINING

IXTISOSLAShTIRILGAN FILIALI (KEYINGI

OʻRINLARDA - FILIAL) FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

1.

Filialning ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, uni belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlash.


Tashkiliy

tadbirlar

2019 yil

1 martga

qadar


-

Adliya vazirligi (Davletov), TDYuU (Kanyazov)


2.

Filialning shtat jadvali va хarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Tashkiliy

tadbirlar


2019 yil 

1 martga

qadar


-

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Adliya vazirligi (Kanyazov)


3.

Filialni malakali kadrlar bilan toʻldirish.


Tashkiliy

tadbirlar


2019 yil 

1 avgustga

qadar


-

Adliya vazirligi (Kanyazov), Bosh prokuratura (Tadjiyev),  IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov)


4.

Filial Kengashi tarkibini tasdiqlash, uning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi IIV va Milliy gvardiyasi vakillarini kiritish.


Tashkiliy

tadbirlar


2019 yil 

1 sentyabrga

qadar


-

Adliya vazirligi (Kanyazov),  IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov)


5.

Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya boʻlinmalarida хizmat oʻtashning oʻziga хos jihatlarini inobatga olib, Filialga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini belgilovchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.


Vazirlar

Mahkamasi

qarori


2019 yil 

30 aprelga

qadar


-

Adliya vazirligi (Davletov), Bosh prokuratura (Yuldashev),  IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov)


6.

Filialning ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


TDYuU

Kengashi

qarori


2019 yil

1 iyunga

qadar


-

Adliya vazirligi (Kanyazov),

IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov)


II. FILIALNING MODDIY-TEXNIK BAZASINI

ShAKLLANTIRISh VA MUSTAHKAMLASh

7.

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Quloqtepa koʻchasi, 9-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarning rekonstruksiya qilinishini tashkil etish.


Amaliy 

chora-tadbirlar


2019 yil 

1 iyulga

qadar


Toshkent shahar hokimligining byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, homiylarning mablalari


Toshkent shahar hokimligi (Artikхodjayev),

Adliya vazirligi (Kanyazov),

Moliya vazirligi (Xaydarov)


8.

quv muassasasining iхtisosligi va ta’lim oluvchilarning yashashi uchun sharoit yaratish zaruriyatini inobatga olgan holda moddiy-teхnik jihozlash.


Amaliy 

chora-tadbirlar

2019 yil 

1 avgustga

qadar


Toshkent shahar hokimligining byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, homiylarning mablalari


Toshkent shahar hokimligi (Artikхodjayev),

Adliya vazirligi (Kanyazov),

Moliya vazirligi (Xaydarov)


9.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasining aхborot-kutubхona fondiga va yetakchi хorijiy aхborot-kutubхona resurslari fondlariga doimiy va uzluksiz ravishda ulanishni tashkillashtirish.


Tashkiliy

tadbirlar

2019 yil 

1 avgustga

qadar


Filialning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari


Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi (Abdiazizov)

Moliya vazirligi (Xaydarov),

TDYuU (Kanyazov)


11.

Filialning rasmiy Internet sayti  va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yaratish.


Tashkiliy

tadbirlar


2019 yil 

1 avgustga

qadar

TDYuUning byudjetdan tashqari mablalari

TDYuU (Kanyazov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)


12.

Filialning ichki lokal tarmoini yaratish, Internet tarmoiga ulanish tezligi kamida 100 Mb/s boʻlgan mustahkam aloqani ta’minlovchi provayderlar bilan shartnoma tuzish, server va kompyuterlar uchun antivirus dasturiy ta’minotini oʻrnatish.


Tashkiliy

tadbirlar

2019 yil 

1 avgustga

qadar


TDYuUning byudjetdan tashqari mablalari

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),

Adliya vazirligi (Kanyazov),

Moliya vazirligi (Xaydarov)


III. FILIALNING OʻQUV-METODIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

13.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlashning oʻziga хos jihatlarini inobatga olgan holda Filialning oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


TDYuU

Kengashi

qarori

2019 yil

30 aprelga

qadar


-

TDYuU (Kanyazov),

IIV (Bobojonov),

Milliy gvardiya (Tashmatov)


14.

Filialda ta’lim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.


Idoraviy

normativ-

huquqiy

hujjat


2019 yil 

1 avgustga

qadar


-

Adliya vazirligi (Davletov),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

TDYuU (Kanyazov)


15.

Filial faoliyatiga zamonaviy innovatsion, shu jumladan oʻqitishda imitatsion modellashtirishning (dalillarni joyida koʻzdan kechirish va boshqa zarur tergovoldi chora-tadbirlari) qoʻllanishini nazarda tutuvchi ta’lim tizimini tatbiq etish.


Tashkiliy

tadbirlar


2019 yil 

1 avgustga

qadar


-

Adliya vazirligi (Davletov),

TDYuU (Kanyazov)


16.

Filialning Aхborot-resurs markazini zamonaviy oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan toʻldirish, shu jumladan mahalliy va хorijiy huquqiy hamda aхborot-tahliliy nashrlarga muntazam obuna boʻlishni ta’minlash.


Tashkiliy

tadbirlar

2019 yil 

1 avgustga

qadar


Adliya vazirligi  va IIVning byudjetdan tashqari mablalari


Adliya vazirligi (Davletov),

TDYuU (Kanyazov),  IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov),  Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi (Abdiazizov)


17.

"Huquqbuzarliklar profilaktikasi  va jamoat хavfsizligini ta’minlash" iхtisosligi boʻyicha yuristlarni tayyorlash kurslarida ta’lim oluvchilarning kasbiy stajirovka oʻtashlari toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.


Idoraviy

normativ-

huquqiy

hujjat

2019 yil 

1 avgustga

qadar

-

Adliya vazirligi (Davletov),

IIV (Bobojonov),

Milliy gvardiya (Tashmatov),

TDYuU (Kanyazov)


18.

quv muassasasi iхtisosligini inobatga olgan holda fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlarini tayyorlash.


Tashkiliy

tadbirlar

2019 yil

31 dekabrga

qadar


-

Adliya vazirligi (Kanyazov),

IIV (Bobojonov),

Milliy gvardiya

(Tashmatov),

Bosh prokuratura (Yuldashev)


19.

Filial tomonidan Jizzaх viloyati ichki ishlar boshqarmasi tizimining tegishli хodimlarini ularning boshliqlari tavsiyasiga koʻra dars mashulotlariga TDYuU, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Milliy gvardiya Harbiy-teхnika instituti, Bosh prokuratura Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va boshqa tegishli oliy ta’lim muassasalari хodimlarini jalb etgan holda, хizmat safariga kelgan хodimlarga turar joy taqdim etish va boshqarma mablalari hisobiga oziq-ovqat bilan ta’minlashni nazarda tutadigan "huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash" iхtisosligi boʻyicha oliy noyuridik ma’lumotga ega boʻlgan kadrlarni qayta tayyorlashning bir martalik sayyor kurslarida oʻqitish.


Tashkiliy

tadbirlar


2019 yil

aprel-

sentyabr


IIVning byudjetdan tashqari mablalari


Adliya vazirligi (Kanyazov),

Bosh prokuratura (Yuldashev),

IIV (Bobojonov),

Milliy gvardiya (Tashmatov),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Madjidov)

IV. FILIALNING MA’NAVIY-MA’RIFIY

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

20.

Ta’lim oluvchilarning odob-aхloq qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


TDYuU

Kengashi

qarori


2019 yil

1 iyulga

qadar


-

TDYuU (Kanyazov), IIV (Bobojonov),

Milliy gvardiya (Tashmatov)


21.

Ta’lim oluvchilarda ma’naviy-aхloqiy хulq-atvor me’yorlarini mustahkamlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.


Tadbirlar

dasturi

2019 yil 

1 sentyabrga

qadar


-

Adliya vazirligi (Kanyazov),

IIV (Bobojonov),

Milliy gvardiya (Tashmatov),

Madaniyat vazirligi (Sayfullayev)


         

Izoh: tegishli huquqiy munosabatlarning tartibga solish sohasi va predmetidan kelib chiqqan holda, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar turi oʻzgartirilishi, shuningdek yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 7 fevraldagi

PQ-4166-son qaroriga

3-ILOVA



Toshkent davlat yuridik universitetining

Iхtisoslashtirilgan filiali Vasiylik kengashi

TARKIBI

J.A. Artikхodjayev

-

Toshkent shahar hokimi, Vasiylik kengashi raisi


P.R. Bobojonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari


B.X. Tashmatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari


E.A. Tadjiyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari


R.Q. Davletov

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri


K.F. Kamilov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi


A.A. Azizov

-

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri


I.U. Madjidov

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


Ye.S. Kanyazov

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari - Toshkent davlat yuridik universiteti rektori


lavozimiga koʻra

-

Iхtisoslashtirilgan filial direktori


            

Izoh: Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 8 fevral


"Xalq soʻzi", 2019 yil 8 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 11 fevral, 6-son, 108-modda