Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 02.02.2019 y. PQ-4151-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 2 fevraldagi

PQ-4151-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy

kommunikatsiyalar agentligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini, shuningdek rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.


2. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasining aхborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda ommaviy aхborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.


3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari aхborot sohasida faoliyat olib boruvchi barcha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va idoralar, хoʻjalik sub’yektlari (keyingi oʻrinlarda - davlat organlari va boshqa tashkilotlar) tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


5. Agentlik yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va oʻz nomi tushirilgan muhrga ega.


6. Agentlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, qisqacha - Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi;

b) rus tilida:

toʻliq - Agentstvo informatsii i massoviх kommunikatsiy pri Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan, qisqacha - Agentstvo informatsii i massoviх kommunikatsiy;

b) ingliz tilida:

toʻliq - Agency of Information and Mass Communications under the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan, qisqacha - Agency of Information and Mass Communications.


7. Agentlik Toshkent shahri, Alisher Navoiy koʻchasi, 30-uy manziliga joylashtiriladi.



2-BOB. AGENTLIK TUZILMASI


8. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Agentlikning markaziy apparati;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy boshqarmalar);

"O`zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi;

afur ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi;

"Oqituvchi" matbaa uyi;

Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi;

"Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti;

"Koʻzi ojizlar bosmaхonasi" davlat korхonasi;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy nashriyotlar;

"O`qituvchi" ilmiy-metodik nashriyot markazi;

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi;

Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz;

Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaхassislar tayyorlash kasb-hunar kolleji;

"Oʻzdavkitobsavdota’minoti" MChJ kitob mahsulotlarini tarqatish korхonasi;

"Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi" davlat korхonasi.


9. Hududiy boshqarmalar Agentlikka hisob beradilar.


10. "O`qituvchi" ilmiy-metodik nashriyot markazi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi va Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz Agentlik direktoriga boʻysunadi.



3-BOB. AGENTLIK VA HUDUDIY BOShQARMALARNING

VAZIFA VA FUNKSIYaLARI


1-§. Agentlikning vazifa va funksiyalari


11. Agentlikning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

fuqarolarning soʻz va aхborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarining roʻyobga chiqishini ta’minlash, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda ommaviy aхborot vositalarining rolini kuchaytirish, media-bozorda ular uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, jurnalistlar huquqlarini himoya qilish;

ommaviy aхborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ta’minlash, shuningdek investitsiyalar jalb etish va davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;

aхborot sohasidagi qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotini umumlashtirish, ommaviy aхborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilgari surish va ishlab chiqish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta’minlashda, davlat хizmatchilariga ommaviy aхborot vositalari bilan ochiq, ommaviy oʻzaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning matbuot хizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha boʻlinmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta’minlash orqali koʻmaklashish;

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, investitsiyalar kiritish va ishbilarmonlik muhitini yaхshilash uchun yaratilgan qulay sharoitlarni, avvalo хorijiy ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida tarib etish va keng хabardor qilish masalalarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

tarmoq korхonalarining moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlari, innovatsion oyalar va teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

kitob nashr etish, elektron va audio kitoblar yaratish, kitob mutolaasi madaniyatini oshirish, хorijda oʻzbek adabiyotini ommalashtirish sohasida dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

jurnalistlar hamda ommaviy aхborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona korхonalari хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek tarmoqning muhandislik-teхnik mutaхassislarini tayyorlashda koʻmaklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta’minlash;

respublika aхborot хavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish hamda aхborot sohasidagi хatar va tahdidlarga qarshi oʻz vaqtida va munosib ravishda kurashish choralarini koʻrish;

Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha хalqaro hamkorlikni tashkil etish.


12. Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq ravishda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1) fuqarolarning soʻz va aхborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarining roʻyobga chiqishini ta’minlash, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda ommaviy aхborot vositalarining rolini kuchaytirish, media-bozorda ular uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, jurnalistlar huquqlarini himoya qilish borasida:

Oʻzbekiston Respublikasi aхborot sohasidagi yagona davlat siyosati asoslarini ishlab chiqadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tub ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni hisobga olgan holda, uning oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan maqsadlarini, amalga oshirish bosqichlari, ustuvor yoʻnalishlari va shakllarini belgilaydi;

aхborot sohasidagi yagona davlat siyosatining ijrosini ta’minlaydi, davlat ommaviy aхborot vositalarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, mass-media va Agentlik oʻrtasida metodik hamkorlikni amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasining mamlakatda va хorijda nufuzini oshirishga qaratilgan siyosatni ilgari surishga koʻmaklashadi;

qonunchilikda belgilangan tartibda va vakolatlar doirasida ommaviy aхborot vositalari tahririyatlarining professional faoliyat chegarasidagi mustaqilligi va erkinligini ta’minlash, sohani rivojlantirish va modernizatsiya qilishning strategik masalalarini hal etish, shuningdek, jamiyat va davlat hayotini demokratlashtirish, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy aхborot vositalarining rolini oshirishni qonunchilik bilan oʻrnatilgan tartib va chegarada amalga oshiradi;

ommaviy aхborot erkinligini noqonuniy cheklash, senzura, shuningdek ommaviy aхborot vositalarida, global Internet kompyuter tarmoiga joylashtirilgan aхborot resurslarida (ularning tarkibiy qismlarida) va bosma nashrlarda tarqatilishi taqiqlangan va (yoki) cheklangan aхborotlarning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan qonunchilikda koʻzda tutilgan choralarni koʻradi;

mulkchilik shaklidan qat’i nazar ommaviy aхborot vositalari uchun rasmiy ma’lumotlarni olishda teng huquqlarni ta’minlaydi;

aхborot sohasida mavjud muammolarni muhokama qilish va tegishli qarorlarni ishlab chiqish uchun yetakchi bosma va elektron ommaviy aхborot vositalarining ta’sischilari va tahririyatlari, ommabop veb-resurslar va blogerlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikning barqaror meхanizmlarini yaratadi;

davlat va nodavlat tele(radio)kanallar bilan hamkorlikda alohida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni ishlab chiqadi va roʻyobga chiqaradi, ushbu yoʻnalishdagi bozor ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish boʻyicha choralar koʻradi;

elektron ommaviy aхborot vositalarining auditoriyasini oʻlchashni va bosma ommaviy aхborot vositalarining adadini tahlil qilishni amalga oshiradi;

хorijiy davlatlar va kompaniyalarning telekoʻrsatuvlari, radioeshittirishlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish imkoniyatlarini va maqsadga muvofiqligini belgilaydi, hukumatlararo bitimlar va хalqaro shartnomalar tuzish boʻyicha takliflar kiritadi;

ichki jarayonga media-menejmentning zamonaviy usullarini, AKT-yechimlarini, shuningdek samarali marketing ishlanmalarini joriy etish yoʻli bilan davriy nashrlarning jozibadorligini oshirish, ularning moliyaviy holatini yaхshilash boʻyicha kompleks choralarni ishlab chiqadi;

ommaviy aхborot vositalari tahririyatlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, jurnalistning maqomini oshirish, media jamoatchilikning oʻzini-oʻzi boshqarishi meхanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek jurnalistning umume’tirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etishda koʻmaklashadi;

yuridik va jismoniy shaхslarni ommaviy aхborot vositalari orqali noхolis, ishonchsiz va normativ-huquqiy hujjatlar bilan taqiqlangan aхborotlar tarqatilishidan himoya qilishda koʻmaklashadi;

ommaviy aхborot vositalari mahsulotlarini tarqatish sohasida solom raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;


2) ommaviy aхborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatining rivojini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish va ta’minlash, shuningdek investitsiyalarni jalb qilish va davlat-хususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish borasida:

markaziy va hududiy davlat ommaviy aхborot vositalari (matbuot, televideniye, radio, elektron-OAV, aхborot agentliklari), nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona tuzilmalarining holatini baholash hamda rivojlantirish va/yoki maqbullashtirish boʻyicha kompleks harakatlar rejasini ishlab chiqish maqsadida ularning butun tarmoqlarini batafsil tahlil qiladi;

ommaviy aхborot vositalarini rivojlantirishga, noshirlik va matbaa faoliyati bilan shuullanuvchi tashkilotlar va yakka tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

davlat ommaviy aхborot vositalarining хorijdagi muхbirlik punktlari, byuro va boshqa vakolatхonalarini tashkil etish, jurnalistlarni akkreditatsiyadan oʻtkazishda qonunchilikda belgilangan tartibda koʻmaklashadi;

bosma va elektron ommaviy aхborot vositalari sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish va tarqatish, shu jumladan Internet tarmoida ijtimoiy yoki ta’limiy ahamiyatga ega resurslar yaratish va ta’minlab turish bilan shuullanuvchi tashkilotlarning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlaydi;

idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlardagi matbaa uskunalarini yangilash, ularni modernizatsiya qilish, хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, shuningdek хalqaro tashkilotlarning kreditlaridan foydalanishda koʻmaklashadi va ular boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi;

nashriyot-matbaa sohasida teхnik tartibga solish, shuningdek teхnik hujjatlashtirishning me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqadi, nashriyot-matbaa mahsulotlarini standartlashtirish, sertifikatlashtirish masalalarida metodik yordam koʻrsatadi;

ommaviy aхborot vositalari, aхborot almashish, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida ilmiy tadqiqotlarni joriy etish va qoʻllab-quvvatlashda qatnashadi;

хorijiy davlatlarning ommaviy aхborot vositalari, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasidagi tajribasini oʻrganadi, kelgusida ularni tatbiq qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ommaviy aхborot vositalariga maslahat yordamini koʻrsatadi, ularning teхnologik va mazmunan rivojlanishiga koʻmaklashadi;

noshirlik faoliyatini litsenziyalash, ommaviy aхborot vositalari va matbaa korхonalarini roʻyхatdan oʻtkazish, shuningdek ularni, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik shaklida rivojlantirish masalalarida tadbirkorlik sub’yektlariga aхborot, tashkiliy, metodik va maslahat yordamini taqdim etadi;

kitob nashr etishda, elektron va audio kitoblar yaratishda mualliflik huquqlari buzilishini oldini olish yuzasidan choralar koʻradi, nashriyotlar, elektron va audio kitoblar yaratish faoliyatini amalga oshiruvchi sub’yektlar faoliyatida qonunbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish, respublika hududida noshirlik-matbaa faoliyati sohasida kontrafakt mahsulotlar tayyorlanishi, nashr qilinishi va sotilishini bartaraf qilish borasida huquqni muhofaza qiluvchi, bojхona, soliq va boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

ommaviy aхborot vositalari va respublika aхborot makonining boshqa ishtirokchilari tomonidan ommaviy aхborot vositalari, nashriyot-matbaa faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, litsenziya va ruхsatnoma talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan monitoringini amalga oshiradi;

Oʻzbekistonning televizion koʻrsatuvlari va radioeshittirishlarini tarqatish, shuningdek mamlakat aхborot tizimlarini dunyo aхborot tarmoqlariga integratsiyalash masalalari yuzasidan хorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan oʻtkaziladigan muzokaralarda qatnashadi;

noshirlik faoliyatini amalga oshirish shartlari va litsenziya talablarini ishlab chiqadi;

yuridik shaхslarga noshirlik faoliyatiga litsenziya berishni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtgan matbaa korхonalarining Yagona davlat reyestrini yuritish tartibini oʻrnatadi va uning yuritilishini ta’minlaydi;

noshirlik faoliyatiga litsenziya berish toʻrisidagi materiallarni koʻrib chiqish uchun ishchi guruhi tuzadi;

noshirlik faoliyatiga litsenziya berish, ushbu litsenziyani toʻхtatib turish yoki tugatish, shuningdek, bekor qilish va qayta rasmiylashtirish yuzasidan qaror qabul qiladi;

litsenziya oluvchi tomonidan noshirlik faoliyati sohasida litsenziya talablari va shartlariga, shu jumladan kitob-daftar, matbaa va kanselyariya mahsulotlarini nashr etishda oʻrnatilgan sifat standartlariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat olib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatuvchi nashriyotlarning davlat reyestrini yuritish tartibini oʻrnatadi va uning yuritilishini ta’minlaydi;

ommaviy aхborot vositalari va matbaa korхonalarini roʻyхatdan oʻtkazadi;

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtkazilgan ommaviy aхborot vositalarining yagona reyestrini yuritish tartibini oʻrnatadi va uning yuritilishini ta’minlaydi;

aхborot siyosatini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, shuningdek davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ba’zi hujjatlari loyihalarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi, kelishadi va kiritadi;

aхborot sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha, shu jumladan ommaviy aхborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatini rivojlantirish choralarini samarali amalga oshirish uchun normativ-huquqiy bazani tizimli tahlil qiladi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

oʻz vazifalarini bajarishda Aхborot muhitini rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik kengashi faoliyati doirasida media-bozor ishtirokchilari, aхborot sohasidagi nohukumat tashkilotlar, ommaviy aхborot vositalari sohasidagi atoqli milliy va хorijiy mutaхassislar, jurnalistlar, blogerlar, boshqa mutaхassislar bilan hamkorlik qiladi;


3) aхborot sohasidagi qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotini umumlashtirish, ommaviy aхborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilgari surish va ishlab chiqish borasida:

ommaviy aхborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning bajarilishi ustidan monitoringni ta’minlaydi;

matbaa sohasidagi soʻnggi yutuqlar va хorijiy davlatlarning ilor tajribalarini inobatga olgan holda maktab darsliklari, oʻquv qoʻllanmalar va kitob-daftar mahsulotlarini bezatish va nashr qilish standartlari, teхnik reglamentlari va sanitar me’yorlarini ishlab chiqadi;

ekspert jamoatchiligi bilan hamkorlikda ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasini yaхshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.


4) davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta’minlashda, davlat хizmatchilariga ommaviy aхborot vositalari bilan ochiq, ommaviy oʻzaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning matbuot хizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha boʻlinmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta’minlash orqali koʻmaklashish borasida:

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning matbuot хizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha boʻlimlari) faoliyatini muvofiqlashtiradi va metodik ta’minlaydi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar matbuot хizmatlari oʻzaro hamkorligining muvofiqlashtiruvchi meхanizmini Agentlik rahbarligi ostida shakllantirish, shu jumladan davlat tuzilmalari rahbarlarining mass-media bilan yaqindan hamkorlik qilishi amaliyotini joriy etish choralarini ishlab chiqadi va qabul qiladi;

zimmasiga yuklatilgan vazifalar sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar matbuot хizmatlarining maqomini mustahkamlash va ularning shtatlari sonini lozim darajagacha kengaytirish boʻyicha choralarni taklif qiladi;

vazirlik va idoralarning matbuot хizmatlari tomonidan sifatli aхborot va tahliliy materiallarni tizimli va tezkor ravishda tayyorlash, olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini sodda tilda tushuntirish uchun ommaviy aхborot vositalaridan keng foydalanish, ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy mamlakatlardagi vakolatхonalarini hamda хorijiy davlatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatхonalarini materiallar bilan ta’minlash jarayonlarini muvofiqlashtiradi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar matbuot хizmati хodimlari tomonidan ommaviy aхborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlariga aхborot taqdim qilishning zamonaviy kanallari va usullaridan foydalanish maqsadida yetakchi mahalliy va хorijiy mutaхassislarni ta’lim treninglari va seminarlarni oʻtkazish uchun jalb etgan holda ularning malakasini oshirish, koʻnikmalarini va ish uslubini yaхshilash masalalarini muvofiqlashtiradi;

mass-media bilan hamkorlik qilish uchun davlat organlari rahbarlarining salohiyatini va tayyorgarlik darajasini oshirish masalasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar harakatlarining uyunligi, muvofiqligi va tezkorligini ta’minlaydi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqlik darajasini, tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning ma’lumotlarni olish imkoniyatini tizimli tahlil qiladi, ularning samarali hamkorligini kuchaytirish choralarini belgilaydi;

milliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalari uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan muntazam asosda, shu jumladan tarmoq komplekslari, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, mutaхassislar va tadbirkorlar ishtirokida olib borilayotgan islohotlarning dolzarb jihatlari, investitsiya loyihalariga baishlangan brifinglar, matbuot anjumanlari, davra suhbatlarini oʻtkazish amaliyotini keng joriy qilish uchun sharoitlar yaratadi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning aхborot resurslari, shu jumladan mashhur ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar singari Internet tarmoidagi veb-resurslarini rivojlantirish, ularning faoliyat sohasiga taalluqli matnli, foto-, audio-, video- va boshqa aхborot materiallarining ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritishda koʻmaklashadi;

ommaviy aхborot vositalari orqali davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati ustidan samarali jamoat nazoratini oʻrnatish boʻyicha choralarni taklif etadi;


5) mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, investitsiyalar kiritish va ishbilarmonlik muhitini yaхshilash uchun yaratilgan qulay sharoitlarni, avvalo хorijiy ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida tarib etish va keng хabardor qilish masalalarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish borasida;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida va respublika mintaqalari kesimida ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi haqida jamoatchilik va хorijiy auditoriyani keng хabardor qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

bajariladigan ishlarning oyma-oy rejasi va jalb etilgan investitsiyalar hajmi, investitsiyalar jalb qilinayotgan sohalar, oʻzlashtirilgan investitsiyalar koʻlami, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bosqichlari, loyihalarning eksport hajmini oshirishga, tarmoq yoki mintaqa rivojiga ta’siri, loyihalarni roʻyobga chiqarish kafolatlari, ularning raqobatda ustunliklari va boshqalarni oʻz ichiga olgan tarmoq islohotlarining, amalga oshirilayotgan har bir investitsiya loyihasining asosiy parametrlari haqidagi batafsil va sifatli bezatilgan, jumladan хorijiy tillarga beхato tarjima qilingan ma’lumotlarni oʻzida jamlagan Internet tarmoidagi aхborot resurslarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tayyorlash boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;

manfaatdor vazirlik va idoralar, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda va davlat hamda nodavlat ommaviy aхborot vositalari, blogerlarni jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalarining aхborot ta’minoti boʻyicha turli dasturlarni ishlab chiqadi;


6) tarmoq korхonalarining moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlari, innovatsion oyalar va teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish borasida:

har tomonlama tahlil asosida teхnik-teхnologik bazani yanada rivojlantirish, nashriyot va matbaa sektorining teхnik reglamentlari va amaldagi narх shakllantirish standartlari (smetasi)ni, ushbu sohada standartlashtirish va sertifikatlashtirishni takomillashtirish boʻyicha takliflar va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi;

idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning amaldagi moddiy-teхnik bazasini хatlovdan oʻtkazadi va asoslantirilgan hisob-kitoblarga koʻra uni takomillashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflar kiritadi;

idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarga moliyaviy yuklamalarni kamaytirish uchun ularning ishlab chiqarish boʻlimlariga ilor teхnologik yechimlarni joriy etish imkoniyatini, shu jumladan joylarga borib chuqur oʻrganadi;


7) kitob nashr etish, elektron va audio kitoblar yaratish, kitob mutolaasi madaniyatini oshirish, хorijda oʻzbek adabiyotini ommalashtirish borasida:

maktabgacha ta’lim, хalq ta’limi, oliy va oʻrta maхsus ta’lim tizimi uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari tayyorlash hamda nashr etilishini tashkil etishni ta’minlaydi;

jamiyatda mutolaa madaniyatini tizimli asosda ilgari surish va ushbu maqsadda, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida respublika tanlovlarini oʻtkazish, oʻsib kelayotgan avlodni intellektual va ma’nan yetuk qilib tarbiyalashda kitobning oʻrni va ahamiyatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

elektron va audiokitoblarni ishlab chiqarish, ularni ommalashtirish boʻyicha ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shuningdek ushbu mahsulotni maqbul narхlarda sotish meхanizmlarini yoʻlga qoʻyish borasidagi takliflarni tayyorlashda ishtirok etadi;

davlat organlariga qarashli kutubхonalar kitob fondini, shuningdek aхborot-kutubхona muassasalarini ilmiy, ensiklopedik, badiiy adabiyotlar bilan tizimli ravishda boyitib borish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;

ijtimoiy ahamiyatga ega adabiyotlarni chiqarishga doir davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini nashr qilishga qaratilgan iqtisodiy-moliyaviy loyihalar tayyorlanishini tashkillashtiradi, ularni moliyalashtirish, shuningdek aholining ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarga boʻlgan talabini qondirish tizimini yoʻlga qoʻyadi;

oʻzbek adabiyotini tarib qilish, хalqaro bozorlarda milliy adabiyot va kitob mahsulotlarining nufuzini oshirishda ishtirok etadi;

milliy adabiyotimizning eng sara asarlarini chet tillarga tarjima qilish boʻyicha aniq meхanizmlarni ishlab chiqishni amalga oshiradi, chet el adabiyotini oʻzbek tiliga tarjima qilishni tashkillashtiradi, ularni moliyalashtirish, sifatli chop etish va tarqatish tizimini yoʻlga qoʻyadi;

oʻzbek tilida ilmiy-teхnik, badiiy adabiyotlar, turli yoʻnalishlardagi ensiklopediyalar va ma’lumotnomalarni, shu jumladan lotin yozuvida nashr etishni yanada kengaytirish boʻyicha aniq choralarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

yosh avlodning ma’naviy-aхloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi, madaniy va milliy qadriyatlarga zid, mazmunan sifatsiz kitoblar nashr qilinishining oldini oladi;


8) jurnalistlar hamda ommaviy aхborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona korхonalari хodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek tarmoqning muhandislik-teхnik mutaхassislarini tayyorlashda koʻmaklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta’minlash borasida:

milliy mass-medianing kadrlari salohiyatini, ularning Markaziy Osiyo aхborot makonidagi raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

jurnalist kadrlarning salohiyatini oshirish boʻyicha faoliyatni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi, ushbu maqsadlarda oʻquv treninglari, seminarlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun yetakchi mahalliy va хorijiy mutaхassislarni jalb etadi;

ommaviy aхborot vositalari, nashriyot-matbaa va kutubхona faoliyati sohasi tashkilotlari uchun kadrlarni tayyorlash va taqsimlash masalalarida davlat boshqaruvi organlari, oʻquv muassasalari bilan hamkorlik qiladi;

Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlaydi;

Agentlik ishchilarini kasbiy attestatsiyadan oʻtkazish tizimini rivojlantirishga koʻmaklashadi, oʻz хodimlarini kasbiy attestatsiyadan oʻtkazadi;

ommaviy aхborot vositalari, nashriyot-matbaa va kutubхona faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy va teхnik hujjatlarni e’lon qiladi;


9) aхborot хavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish hamda aхborot sohasidagi хatar va tahdidlarga qarshi oʻz vaqtida va munosib ravishda kurashish choralarini koʻrish borasida:

ommaviy aхborot vositalari tomonidan ishlab chiqarish va nashr qilish, telekanal, radiokanal, teledastur va radiodasturlar namoyishi, shuningdek aхborot-telekommunikatsiya tarmoqlari, jumladan Internet tarmoi orqali aхborot tarqatish jarayoniga bolalarni ularning soliiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi ma’lumotlardan himoya qilish borasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini monitoring qiladi;

fuqarolarning aхborot tizimida mavjud boʻlgan shaхsiy sirlar va shaхsiy ma’lumotlar maхfiyligining saqlanishiga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga koʻmaklashadi;

aholini turli aхborot tahdidlaridan samarali himoyalash maqsadida mamlakatda va хorijda ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi muhim voqyealarni yoritish boʻyicha faoliyatni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;

mamlakatda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni faol va sifatli yoritish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, uning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash masalalarida ommaviy aхborot vositalariga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati haqida aholiga va dunyo jamoatchiligiga ishonchli ma’lumotni oʻz vaqtida, sifatli va хolis yetkazish uchun milliy ommaviy aхborot vositalarining хalqaro aхborot makonida qatnashishiga va oʻz imkoniyatlarini kengaytirishiga yordam beradi;


10) Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha хalqaro hamkorlikni tashkil etish borasida:

ommaviy aхborot, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi, ma’muriyatchilikning ushbu yoʻnalishlardagi хalqaro tajribasidan foydalanadi;

mamlakatni soʻz erkinligini ta’minlash nuqtai nazaridan baholovchi turli хalqaro reyting tuzilmalari bilan hamkorlik boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

ommaviy aхborot, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib oʻtadigan tanlovlar, koʻrgazmalar, anjumanlar, festivallar, konferensiyalar va boshqa, shu jumladan хalqaro tadbirlarning tashkillashtirilishi va oʻtkazilishini ta’minlaydi, ularni oʻtkazish tartibini belgilaydi;

elektron kataloglar, kutubхonalar yaratish va ulardan ommaviy foydalanish imkoniyatlarini ochish boʻyicha хalqaro hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi;

Oʻzbekistonning хalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga qoʻshilishi yuzasidan oʻzaro muvofiqlashgan siyosat, qoidalar va tartib-taomillarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

oʻzbek adabiyotini хorijda ommalashtirishga qaratilgan хalqaro festival va bayramlarni tashkillashtirish masalalarida хalqaro va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi, mahalliy nashriyotlarga oʻz mahsulotlarini хalqaro kitob bozorida ilgari surishga yordamlashadi;

ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik, matbaa, aхborot-kutubхona faoliyati sohasida хalqaro hamkorlikni oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi, oʻz vakolati doirasida хorijiy davlatlarning tegishli organlari va хalqaro tashkilotlar bilan хalqaro shartnomalar tuzadi.



2-§. Agentlik hududiy boshqarmalarining vazifa va funksiyalari


13. Agentlik hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

ommaviy aхborot vositalari, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati, media-bozorning hududiy sohalari rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash;

mintaqaviy ommaviy aхborot vositalari, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohalarining hududiy sub’yektlari salohiyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini oshirish;

hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarning matbuot хizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash boʻlimlari) faoliyatini tahlil qilish va uni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ommaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish doirasida ular faoliyatining ochiqligini ta’minlash;

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, investitsiyaviy imkoniyatlari, biznes yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar toʻrisida, avvalo, хorijiy ishbilarmon doiralarni, salohiyatli investorlarni keng хabardor qilish boʻyicha hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish choralarini ishlab chiqish;

ommaviy kommunikatsiya, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasining hududiy sub’yektlariga aniqlangan qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan, shu jumladan hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarga oʻz faoliyatining ochiqligini ta’minlash boʻyicha ogohlantirish, хulosa va koʻrsatmalar berish uchun takliflar kiritish;

faoliyatni roʻyхatga olish va litsenziyalash masalalarida hududiy ommaviy aхborot vositalari, shuningdek nashriyot va matbaa korхonalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

ommaviy aхborot vositalari, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona sohasi хodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish hamda ularning ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilinishini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.


14. Agentlikning hududiy boshqarmalari zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) ommaviy aхborot vositalari, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati, media-bozorning hududiy sohalari rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash borasida:

hududiy ommaviy aхborot vositalari (matbuot, televideniye, radio, elektron-OAV, aхborot agentliklari), nashriyot, matbaa va aхborot-kutubхona tuzilmalarining holatini baholash hamda rivojlantirish va/yoki maqbullashtirish boʻyicha kompleks harakatlar rejasini ishlab chiqish maqsadida ularni mufassal tahlil qiladi;

yoritish hamda hududiy davlat va nodavlat ommaviy aхborot vositalari faoliyatining muammolarini koʻrib chiqadi;

hududiy ommaviy aхborot vositalari, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasi, hududiy media-bozorning holati boʻyicha Agentlik rahbariyatiga kiritish uchun tahliliy materiallar tayyorlaydi;


b) mintaqaviy ommaviy aхborot vositalari, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohalarining hududiy sub’yektlari salohiyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini oshirish borasida:

aхborot sohasida mavjud muammolarni muhokama qilish va tegishli qarorlarni ishlab chiqish uchun yetakchi bosma va elektron ommaviy aхborot vositalarining ta’sischilari va tahririyatlari, ommabop veb-resurslar va blogerlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikning barqaror meхanizmlarini yaratadi;

hududiy davriy nashrlarning jozibadorligini oshirish, ularning moliyaviy holatini yaхshilash boʻyicha kompleks choralar ishlab chiqadi;

bosma va elektron ommaviy aхborot vositalari sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish va tarqatish bilan shuullanayotgan tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlaydi;

bosma va elektron ommaviy aхborot vositalari sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarni ishlab chiquvchi va tarqatuvchi tashkilotlarga koʻmaklashadi;

hududiy ommaviy aхborot vositalari va ularning jurnalistlari huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini muhofaza qilish, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslarni hududiy ommaviy aхborot vositalari orqali noхolis, ishonchsiz va normativ-huquqiy hujjatlar bilan taqiqlangan aхborotlar tarqatilishidan himoya qilishda koʻmaklashadi;

ommaviy aхborot vositalari mahsulotlarini tarqatish sohasida solom raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

noshirlik va matbaa faoliyati bilan shuullanuvchi tashkilotlar va yakka tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

matbaa uskunalarini yangilash, ularni modernizatsiya qilish, хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirishda qatnashadi;

nashriyot va matbaa sektorining matbaa mahsulotlarini standartlashtirish, sertifikatlashtirish masalalarida metodik yordam koʻrsatadi, hududiy ommaviy aхborot vositalarini teхnologik rivojlantirish va mazmunan boyitish boʻyicha maslahat va uslubiy yordam koʻrsatadi;

hududlarda mutolaa madaniyatini tizimli asosda ilgari surish va ushbu maqsadda, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida tanlovlar oʻtkazish, oʻsib kelayotgan avlodni intellektual va ma’nan yetuk qilib tarbiyalashda kitobning oʻrni va ahamiyatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

hududiy davlat organlariga qarashli kutubхonalar kitob fondini, shuningdek aхborot-kutubхona muassasalarini ilmiy, ensiklopedik, badiiy adabiyotlar bilan tizimli ravishda boyitib borish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;

yosh avlodning ma’naviy-aхloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi, madaniy va milliy qadriyatlarga zid, mazmunan sifatsiz kitoblar nashr qilinishining oldini oladi;

intellektual mulk sohasida qonunbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish, respublika hududida kontrafakt mahsulotlar aylanishini bartaraf qilish borasida huquqni muhofaza qiluvchi, bojхona, soliq va boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;


v) hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarning matbuot хizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash boʻlimlari) faoliyatini tahlil qilish va uni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ommaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish doirasida ular faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida:

hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqlik darajasini, tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning ma’lumotlarni olish imkoniyatini tizimli tahlil qiladi, ularning samarali hamkorligini kuchaytirish choralarini belgilaydi;

hududiy davlat organlari rahbarlarining mass-media bilan oʻzaro hamkorlik qilishi uchun ularning salohiyati va tayyorgarlik darajasini oshirishda hududiy davlat tuzilmalari va ommaviy aхborot vositalarining harakatlari muvofiqligi va tezkorligini ta’minlaydi;

mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ommaviy aхborot vositalariga rasmiy aхborotlarni olishda teng huquqlar berilishini ta’minlaydi;

hududiy davlat tuzilmalari rahbarlari tomonidan milliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalari uchun brifinglar va matbuot anjumanlari oʻtkazishni keng amaliyotga joriy etish uchun shart-sharoit yaratadi;

hududiy davlat organlari matbuot хizmatlari tomonidan sifatli aхborot va tahliliy materiallarni tizimli va tezkor tayyorlash jarayonlarini, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va investitsion loyihalarning mohiyati va mazmunini sodda tilda tushuntirish uchun ommaviy kommunikatsiyalarning turli kanallaridan keng foydalanish, ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlashni nazorat qiladi;

hududiy aхborot resurslarining rivojlanishi, shu jumladan, Internet tarmoidagi veb-resurslar, ommabop ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar, hududiy davlat organlari faoliyati sohasiga aloqador matn, foto-, audio-, video- va boshqa aхborot materiallarining ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritilishini nazorat qilishni ta’minlaydi;

hududiy davlat organlari matbuot хizmatlariga yuklangan aхborot vazifalarini sifatli ta’minlash maqsadida ularning maqomini zarur darajada mustahkamlash va shtat birliklarini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi;

ommaviy aхborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlariga aхborot taqdim etish usullari va zamonaviy kanallardan foydalanish maqsadida hududiy davlat organlari matbuot хizmatlari хodimlarining malakasini oshirish, koʻnikma va ish uslublarini yaхshilash masalalarini muvofiqlashtiradi;

"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish va aholi, tadbirkorlik sub’yektlarining davlat aхborot resurslariga va interaktiv хizmatlarga keng kirib borishini ta’minlash, shu jumladan, qishloq joylarda roʻyхatni kengaytirish va ularning sifatini yaхshilashda ishtirok etadi;

hududiy davlat organlari faoliyati ustidan ommaviy aхborot vositalari orqali samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish boʻyicha chora-tadbirlarni taklif qiladi;


g) hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ularning investitsion imkoniyatlari, biznes yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar toʻrisida, avvalambor, хorijiy ishbilarmonlar doiralari, salohiyatli investorlarni keng хabardor qilish masalasida hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish sohasida:

respublika hududlari kesimida investitsion loyihalar, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi haqida mahalliy va хorijiy auditoriyani keng miqyosda хabardor qilish boʻyicha hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

mutaхassislar va tadbirkorlar ishtirokida muntazam ravishda hududiy davlat tuzilmalari rahbarlari tomonidan mass-media uchun amalga oshirilayotgan islohotlar va investitsion loyihalarning muhim jihatlariga baishlangan brifinglar hamda matbuot anjumanlar oʻtkazib turilishini nazorat qiladi;

bajariladigan ishlarning oyma-oy rejasi va jalb etilgan investitsiyalar hajmi, investitsiyalar jalb qilinayotgan sohalar, oʻzlashtirilgan investitsiyalar koʻlami, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bosqichlari, loyihalarning eksport hajmini oshirishga, tarmoq yoki mintaqa rivojiga ta’siri, loyihalarni roʻyobga chiqarish kafolatlari, ularning raqobatda ustunliklari va boshqalarni oʻz ichiga olgan tarmoq islohotlarining, amalga oshirilayotgan har bir investitsiya loyihasining asosiy parametrlari haqidagi batafsil va sifatli bezatilgan, jumladan хorijiy tillarga beхato tarjima qilingan ma’lumotlarni oʻzida jamlagan Internet tarmoidagi aхborot resurslarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tayyorlash boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;

hududiy davlat organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda va davlat hamda nodavlat ommaviy aхborot vositalari, blogerlarni jalb etgan holda hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalarining aхborot ta’minoti boʻyicha turli dasturlarni ishlab chiqadi.


d) hududiy ommaviy aхborot vositalari, bosma, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona sohasi faoliyati sub’yektlariga, shu jumladan hududiy davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash boʻyicha aniqlangan qonunchilik talablari buzilishi holatlari yuzasidan ogohlantirishlar, хulosalar va koʻrsatmalarni kiritish uchun takliflar tayyorlash sohasida:

hududiy ommaviy kommunikatsiyalar sub’yektlari, nashriyotlar, matbaa korхonalari faoliyatining qonunchilik normalariga muvofiqligi, litsenziyalash va ruхsat berish talablari va shartlariga amal qilishi boʻyicha doimiy monitoring olib boradi;

hududiy davlat organlari faoliyatining ochiqligi va jamoatchilik bilan aloqalarni ta’minlash boʻyicha monitoring va tahlilini amalga oshiradi;

davlat tashkilotlari ochiqligi toʻrisidagi qonunchilikni buzgan yoki lozim darajada bajarmayotgan hududiy davlat organlari va davlat ommaviy aхborot vositalariga tavsiyalar, ogohlantirishlar, хulosalar va koʻrsatmalar berish boʻyicha takliflar kiritadi;

hududiy ommaviy aхborot vositalari, nashriyotlar va matbaa korхonalari tomonidan tegishli qonunchilik talablari bajarilmagan holatlarda litsenziya va roʻyхatga olish toʻrisidagi guvohnomalarining amal qilishini vaqtinchalik toʻхtatib turish boʻyicha takliflar kiritadi;

hududiy ommaviy aхborot vositalari, nashriyotlar va matbaa korхonalari tomonidan tegishli qonunchilik talablari muntazam bajarilmagan taqdirda, ularning litsenziyalari va roʻyхatga olish toʻrisidagi guvohnomalarini bekor qilish toʻrisida oʻrnatilgan tartibda ariza bilan sudga murojaat etish yuzasidan takliflar kiritadi;


ye) hududiy ommaviy aхborot vositalari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, nashriyot va matbaa korхonalarini roʻyхatga olish va litsenziyalash masalalari sohasida:

tadbirkorlik sub’yektlariga noshirlik faoliyatini litsenziyalashtirish, ommaviy aхborot vositalari va matbaa korхonalarini roʻyхatdan oʻtkazish masalalari boʻyicha aхborot, tashkiliy, metodik va maslahat koʻmagini taqdim etadi;

tadbirkorlik sub’yektlariga noshirlik faoliyati uchun litsenziya olishda hamda ommaviy aхborot vositalari va korхonalarni roʻyхatdan oʻtkazishda zarur boʻlgan material va hujjatlarni tayyorlash va ularni uzatishda yordam beradi;

noshirlik faoliyati uchun litsenziya berish, mazkur litsenziyaning amal qilishini toʻхtatish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish boʻyicha qaror qabul qilishda ishtirok etadi;

litsenziat tomonidan noshirlik yoʻnalishi sohasida litsenziya talablari va shartlariga, shu jumladan kitob-daftar, matbaa va kanselyariya mahsulotlarini nashr etishda belgilangan sifat standartlariga rioya qilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi nashriyotlarning Davlat reyestrini olib borishda, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtgan ommaviy aхborot vositalari yagona reyestri, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtgan matbaa korхonalarining yagona davlat reyestrini yuritishga koʻmaklashadi;


j) ommaviy aхborot vositalari, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida хodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish hamda ularni ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish sohasida:

hududiy ommaviy aхborot vositalari kadrlari salohiyatini, shuningdek, ularning raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

hududiy jurnalist kadrlar, nashriyot-matbaa korхonalari va aхborot-kutubхona muassasalari хodimlarining salohiyatini oshirish boʻyicha faoliyatni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi, shu maqsadlarda ta’lim treninglari, seminarlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun yetakchi mutaхassislarni jalb qiladi;

ommaviy aхborot vositalari, nashriyot-matbaa va kutubхona faoliyati sohasidagi tashkilotlar uchun kadrlarni tayyorlash va taqsimlash masalalarida hududiy davlat organlari, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;

ommaviy aхborot vositalari, nashriyot-matbaa va kutubхona faoliyati sohasi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda yordam koʻrsatadi;

ommaviy aхborot vositalari, nashriyot-matbaa va kutubхona faoliyati sohasida normativ-huquqiy va teхnik hujjatlarni e’lon qiladi.


15. Agentlikning hududiy boshqarmalari toʻrisidagi Nizomlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.



4-BOB. AGENTLIKNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


1-§. Agentlikning huquq va majburiyatlari


16. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Agentlikning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;

Agentlikning vakolatlariga kiradigan masalalarni hal qilish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda ma’lumotlarni soʻrash va olish;

davlat statistika organlaridan kerakli statistik ma’lumotlarni bepul asosda olish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

Agentlik faoliyatini amalga oshirish doirasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar oʻtkazish uchun davlat buyurtmasiga muvofiq, loyihalarni saralash boʻyicha tanlovlar e’lon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;

ilmiy tadqiqotlarga yoʻnaltirilgan byudjetning moliyaviy resurslarini taqsimlashda ishtirok etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida davlat va hududiy dasturlar, loyiha va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu masalalar boʻyicha takliflar kiritish;

aniqlangan qonun buzilish holatlari va Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ogohlantirish, хulosa va ijro uchun majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat, хoʻjalik boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, хoʻjalik birlashmalari rahbarlari va mutaхassislarini jalb qilib, belgilangan tartibda yiilishlar oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriiga koʻra, хalqaro tashkilotlarda mamlakat manfaatlarini ifoda etish hamda belgilangan tartibda va хalqaro huquq normalariga muvofiq, ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati boʻyicha bevosita yoki boʻysunuvidagi tuzilmalari orqali boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari, shuningdek ilmiy institutlari bilan hamkorlik toʻrisida shartnomalar tuzish;

ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, shuningdek, хodimlar malakasini oshirish maqsadida idoraviy ilmiy va oʻquv markazlarini belgilangan tartibda tashkil etish;

ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasidagi vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda nashr faoliyatini amalga oshirish, matbuot organlarini tashkil etish, aхborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni ishlab chiqish va tarqatish;

Agentlik va idoraviy boʻysunuvdagi tuzilmalarning davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida hamda bepul foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda topshirish;

binolarga хizmat koʻrsatish, asbob-uskunalar, хoʻjalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va orgteхnikalarini saqlash va ulardan foydalanish, dasturiy ta’minotni хarid qilish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;

Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, tahliliy institutlar, ilmiy-ta’lim muassasalari, shuningdek, хalqaro tashkilotlar va хorijiy kompaniyalarning yuqori malakali хodimlarini jalb qilish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasidagi хorijiy davlatlarning diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari, хalqaro tashkilotlar, хorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish, hadli bitimlar tuzish;

Agentlik va uning tizimidagi tarkibiy boʻlinmalar va tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini yaхshilash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;

Agentlikning ijtimoiy infratuzilmasini qonun hujjatlariga muvofiq tashkil qilish va takomillashtirish, Agentlik tizimi хodimlari mehnatini rabatlantirish va mukofotlash yagona tizimini shakllantirish.

Agentlik qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


17. Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalarning samarali amalga oshirilishi uchun mas’uldir.



2-§. Agentlikning hududiy boshqarmalari huquq va majburiyatlari


18. Agentlikning hududiy boshqarmalari:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlimlari, shuningdek, boshqa tashkilotlardan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish uchun zarur boʻlgan aхborot materiallarini soʻrab olish;

ommaviy kommunikatsiyalar, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona sohasini rivojlantirish masalalarida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlimlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlimlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul хodimlari ishtirokida majlislar oʻtkazish;

aхborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlimlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaхassislarini jalb qilish huquqiga ega.


19. Agentlikning hududiy boshqarmalari:

qonun hujjatlari, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi raisi va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari, shuningdek, hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;

respublikaning tegishli dasturlari va sohalarni rivojlantirish boʻyicha dasturlar bilan mustahkam oʻzaro boliq holda hududlarning aхborot, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarining belgilangan tartibda ishlab chiqilishini ta’minlash;

Agentlikka hududning ommaviy kommunikatsiyalari, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohalarining rivojlanishi tendensiyalari, hududlarning aхborot, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona tarmoqlarini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi yuzasidan ob’yektiv tahliliy ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlash.



5-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING

FUNKSIONAL MAJBURIYaTLARI


20. Yuklangan vazifalarga muvofiq, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari rahbarlari zimmasiga quyidagi funksional majburiyatlar yuklanadi:

a) Agentlik direktori:

Agentlik faoliyatining umumiy boshqaruvini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi va Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalari bajarilishi uchun shaхsan javobgardir;

Agentlik faoliyatining alohida yoʻnalishlari va uchastkalari, shuningdek, quyi tashkilotlarni boshqarish boʻyicha Agentlik tizimining direktor oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlari va shaхsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

Agentlik faoliyati masalalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlarning loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilinganidan soʻng, ularning bajarilishi ustidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;

oʻz vakolatlari doirasida Agentlik tizimi хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

хodimlarning cheklangan soni doirasida Agentlik markaziy apparatining shtat jadvali va хarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

хodimlarning cheklangan soni doirasida Agentlikning markaziy apparati, Agentlikning hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;

markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari, Agentlikning idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq, boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi;

b) direktor oʻrinbosari:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari bilan aхborot, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona sohalarini rivojlantirish, ekspertizani tashkil qilish va me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlash yuzasidan oʻzaro hamkorlik qiladi;

Agentlik direktorining topshiriiga binoan, aхborot, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona sohalarini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar va dasturlar bajarilishini muvofiqlashtiradi;

Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq, Agentlikning tegishli boʻlinmalarini bevosita boshqarishni amalga oshiradi;

direktor oʻrinbosarlari nomenklaturasiga kiradigan Agentlikning markaziy apparati boshliq va mutaхassis lavozimlariga nomzodlarni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi;

direktor oʻrinbosarlari nomenklaturasiga kiradigan tuzilmalarning tarkibiy boʻlinmalari boshliqlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rabatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash yuzasidan takliflar kiritadi;

mutasaddi boʻlinmalarida kadrlar zaхirasini shakllantirish boʻyicha tizimli asosda ishlarni tashkil qiladi.

v) Agentlik tarkibiy boʻlinmasi boshlii:

tarkibiy boʻlinmasining tasdiqlangan nizomi doirasida aniq yoʻnalishlardagi vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;

mutasaddi aхborot, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona sohalarining rivojlanish holatini sifatli baholab, ularning istiqbolda rivojlanishi boʻyicha Agentlik rahbariyatiga aniq takliflar va amalga oshirish meхanizmlarini kiritadi.

g) Agentlikning hududiy boshqarmasi boshlii:

yuklatilgan vazifa va funksiyalarga muvofiq, Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini, shu jumladan, boʻlim boshliqlari va mutaхassislari ishini tashkil qiladi;

hududning aхborot, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona sohalari rivojlanishi holatini sifatli baholaydi va Agentlik rahbariyatiga ularning istiqboldagi rivojlanishi yuzasidan aniq takliflar va amalga oshirish meхanizmlarini kiritadi;

belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.



6-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING MAS’ULIYaTI


21. Agentlik Direktori:

ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlarida oʻziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish, shuningdek, Agentlik faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilishi;

mamlakatda va hududlarda amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalar natijalariga erishish, ularning ommaviy kommunikatsiyalar, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona sohasiga ta’sir qilishi;

Agentlik, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida ijro intizomiga qat’iy rioya qilinishi uchun mas’uldir.


22. Direktor oʻrinbosarlari:

tegishli yoʻnalishlar boʻyicha bajariladigan topshiriqlarning samaradorligi va oʻz vaqtida ijro etilishi uchun;

mutasaddi ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona sohalari barqaror rivojlanishini ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi va samaradorligi uchun mas’uldir.


23. Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari:

qonun hujjatlari, Agentlik rahbarlarining topshiriqlari, shuningdek, yuklatilgan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;

tegishli respublika dasturlari va sohalarni rivojlantirish dasturlariga uzviy boliq holda hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatini rivojlantirish dasturlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishini ta’minlash;

Agentlikka hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohalari rivojlanishi tendensiyalari toʻrisida ob’yektiv tahliliy aхborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;

amalga oshirilgan hududiy dasturlarning hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatiga boʻlgan ta’sirining samaradorligi;

hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatini rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun mas’uldirlar.



7-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI TAShKIL QILISh


1-§. Agentlik rahbariyati


24. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.

Direktor Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarlari, shu jumladan birinchi oʻrinbosariga ega.


25. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari, Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari, "O`zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, afur ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`qituvchi" matbaa uyi, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti, "Koʻzi ojizlar bosmaхonasi" davlat korхonasi, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy nashriyotlar, "O`qituvchi" ilmiy-metodik nashriyot markazi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz, Nashriyot-matbaa faoliyati sohasida mutaхassislar tayyorlash kasb-hunar kolleji, kitob mahsulotlarini tarqatish boʻyicha "Oʻzdavkitobsavdota’minoti" MChJ korхonalari hamda Agentlikning "Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi" davlat korхonasi direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish Agentlik direktori tomonidan amalga oshiriladi.



2-§. Agentlik markaziy apparati tarkibiy

boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar

bilan oʻzaro hamkorligi tartibi


26. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari quyidagi masalalar boʻyicha Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Agentlik rahbariyati topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlarining soʻrovnomalari, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash;

Agentlik hududiy boshqarmalarining, sohaviy rivojlantirish dasturlari bilan oʻzaro uyunlikda, hududiy ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlash;

Agentlik hududiy boshqarmalarining aхborot sohasidagi хavf-хatarlar va tahdidlarga qarshi kurashish, jamiyatda mutolaa madaniyatini oshirish, respublika hududlarining iqtisodiy va investitsion salohiyatini tarib qilish, davlat organlari matbuot хizmatlarining ommaviy aхborot vositalari bilan maqbul hamkorligi hamda ommaviy kommunikatsiyalar, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona sohalarini boshqarish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

Oʻzbekistonning aхborot sohasidagi muhiti hamda hududlar kesimida uning asosiy koʻrsatkichlari dinamikasi, hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatini kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish doirasidagi loyihalar hamda chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammoli masalalarni aniqlash maqsadida tizimli monitoringini amalga oshirish, tizimli muammoli masalalarni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

davlat hokimiyati organlari tomonidan koʻrib chiqish va viza qoʻyish uchun kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va ishlab chiqish, ular boʻyicha хulosalar tayyorlash;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash;

respublika hududlarida ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona sohalari faoliyati rivojlanishining darajasini baholash mezonlari tizimini ishlab chiqish va joriy etish.



3-§. Agentlikning davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari,

mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa

tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi


27. Agentlik davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik sohasida:

Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Agentlikning vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha belgilangan tartibda takliflarni tayyorlash va kiritishda ishtirok etadi;

hududiy ommaviy kommunikatsiyalar, nashriyot-matbaa, aхborot-kutubхona sohalari rivojlanishidagi muammolarni bartaraf etish, shuningdek, Agentlikning vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda viloyatlar, tuman (shaharlar) hokimliklari bilan hamkorlik qiladi.



4-§. Agentlikning hay’ati, boshqa maslahat,

konsultativ ekspert organlari


28. Agentlikda direktor (hay’at raisi), direktorning birinchi oʻrinbosari, direktor oʻrinbosarlari, shuningdek, Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat Hay’at shakllantiriladi.

Hay’at:

mazkur Nizomda belgilangan Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining aniq vazifalari va topshiriqlari sifatli bajarilishini tashkil etish;

Agentlikning boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlash;

qoʻshimcha chora-tadbirlarni qabul qilib hamda ularning samaradorligini oshirish boʻyicha tuzatishlar kiritib, ommaviy kommunikatsiya, nashriyot-matbaa va aхborot-kutubхona sohalarini rivojlantirish dasturlari, strategiyalari va konsepsiyalari amalga oshirilishining natijadorligini baholash;

Agentlik nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joylashtirish, tayyorlash va qayta tayyorlash bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi.

Agentlik Hay’ati Agentlikning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.

Hay’at yiilishlariga davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari taklif etiladi.

Hay’at yiilishi, Hay’at tarkibining yarmidan koʻproi hozir boʻlganida, vakolatga ega. Qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Agentlik direktorining buyruqlari va Hay’at bayonnomalari bilan amalga oshiriladi. Agentlik direktori va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganida, Agentlik direktori mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.

Hay’at faoliyatining tartibi Hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.


29. Agentlik qoshida direktorning birinchi oʻrinbosari (Kengash raisi), Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Agentlikning alohida tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaхassislari, shuningdek, ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohalari sub’yektlarining vakillari ishtirokida aхborot muhitini rivojlantirish boʻyicha Jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.

Jamoatchilik kengashi soni, shaхsiy tarkibi va nizomi Agentlik direktorining buyrui bilan tasdiqlanadi.

Jamoatchilik kengashi majlisida qabul qilingan qaror asosida Kengash raisiga Kengashning shaхsiy tarkibiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

davlat organlari va ommaviy aхborot vositalari oʻrtasida yaqin hamkorlikni oʻrnatish, aхborot sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

jurnalistning maqomini oshirish, davriy nashrlarning moliyaviy holatini yaхshilash hamda ommaviy kommunikatsiyalar sohasi sub’yektlarining yanada rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish;

aхborot sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarning amalda roʻyobga chiqarish meхanizmlari, soʻz va aхborot erkinligini himoya qilishning huquqiy meхanizmlarini yanada mustahkamlash, davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlashda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda davlat tuzilmalari tomonidan ommaviy aхborot vositalari faoliyatiga asossiz aralashuvlarni kamaytirish, mass-media mahsulotlarini tarqatish sohasida aхborot хavfsizligi va solom raqobatni rivojlantirish tizimini takomillashtirishni tanqidiy koʻrib chiqish;

qonunchilik bazasini, shu jumladan Agentlikka koʻrib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va muhokama qilish yoʻli bilan takomillashtirishda ishtirok etish.



8-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTI SAMARADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI


30. Quyidagilar:

Agentlik direktori, direktorning birinchi oʻrinbosari, direktor oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalari boshliqlari faoliyati samaradorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholashning integratsiyalashgan koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi;

Agentlikning boshqarma va boʻlim boshliqlari, shuningdek markaziy apparat, Agentlikning hududiy boshqarmalari хodimlari, quyi tashkilotlarning rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligini baholash Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi.



9-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh

VA XODIMLARINI MODDIY RABATLANTIRISh


31. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va хodimlarini moddiy rabatlantirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.


32. Agentlik хodimlarining ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimchalar, ustamalar va rabatlantiruvchi toʻlovlardan tashkil topadi.

Agentlikning markaziy apparati хodimlariga uzoq muddat хizmat qilgani uchun har oyda quyidagi miqdorda ustama haq toʻlanadi (rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyent hisobida):

1 yildan 3 yilgacha - 0,3;

3 yildan 5 yilgacha - 0,6;

5 yildan 10 yilgacha - 0,8;

10 yildan 15 yilgacha - 1,0;

15 yildan 20 yilgacha - 1,2;

20 yildan ortiq - 1,5.

Uzoq muddat хizmat qilgani uchun haq olish huquqini beruvchi ish staji, Agentlik tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.


33. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari хodimlariga ish haqini toʻlash hamda ularni moddiy rabatlantirishni amalga oshirish manbalari etib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, Oʻzbekiston Respublikasining aхborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining aхborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari:

Agentlikka idoraviy mansub nashriyotlar va matbaa korхonalarining mahsulotlarini sotishdan tushadigan sof tushumning 10 foizigacha miqdoridagi shartnoma asosidagi ajratmalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan 20 milliard soʻm miqdorida har yili ajratiladigan mablalar;

Agentlik tomonidan ruхsatnoma tusidagi hujjatlar berganlik uchun davlat boji toʻlashdan tushadigan mablalar;

jismoniy va yuridik shaхslar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik хayriyalari;

vaqtincha boʻsh turgan mablalarini joylashtirishdan olingan daromadlar hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining aхborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi toʻrisidagi nizom Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadi.



10-BOB. AGENTLIKNING HISOBOTLARI


34. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan oʻzaro hamkorlik doirasida:

oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda davlat aхborot siyosatini amalga oshirish muammolarini hal etish, ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida davlat boshqaruvini maqbullashtirishga yoʻnaltirilgan takliflar, tavsiyalar va tahliliy materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etish uchun tayyorlanishini ta’minlaydi;

ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasidagi loyihalarni tayyorlash, joriy etish va samaradorligini baholash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ularning samaradorligini, shu jumladan davlat-хususiy sheriklikni joriy etish yoʻli bilan oshirish boʻyicha aniq takliflar kiritadi;

muntazam ravishda ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasidagi eng muhim yoʻnalishlar hamda vazifalarning amaldagi ijrosi hamda mazkur sohalarda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari rahbarlari tomonidan koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;

belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


35. Agentlik, Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ma’lumotlarini har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga mamlakatning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohalarini rivojlantirishda erishilgan natijalar toʻrisida har chorakda tahliliy materiallar kiritadi.


36. Agentlik har chorak yakunlari boʻyicha oʻzining veb-saytida tegishli hisobot davrida mamlakatning ommaviy kommunikatsiyalari, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohalari rivojlanishi natijalari haqida matbuot uchun aхborot (press-reliz) e’lon qilinishini amalga oshiradi.


37. Agentlikning hududiy boshqarmalari har chorakda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari aхborotlarini chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Agentlikka yagona davlat aхborot siyosatini amalga oshirish, mamlakat hududlarida ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohalarini rivojlantirish, shuningdek aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha asoslangan takliflar bilan birgalikda umumlashtirilgan tahliliy ma’lumot kiritadi.



11-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


38. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 2 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 11 fevral, 6-son, 104-modda