Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.02.2019 y. PQ-4170-son "Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)" loyihasini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

09.02.2019 y.

N PQ-4170



"QARShI NASOS STANSIYaLARI

KASKADINI KAPITAL-QAYTA TIKLASh

(III FAZA)" LOYIHASINI AMALGA OShIRIShGA

OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Qashqadaryo viloyatidagi suoriladigan yerlarni suv bilan kafolatlangan ta’minlash, Qarshi nasos stansiyalari kaskadi ishonchliligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza) loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)" loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 19 maydagi PQ-2977-son qarorini amalga oshirish doirasida 2018 yil 3 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya taraqqiyot jamarmasi oʻrtasida 43,2 mln. AQSh dollari miqdorida Qarz bitimi imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligida хorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Saudiya taraqqiyot jamarmasi bilan tuzilgan Qarz bitimi shartlariga muvofiq "Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)" loyihasi (keyingi oʻrinlarda - loyiha) amalga oshiriladigan davrda toʻrt shtat birligidan iborat loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin.

Belgilab qoʻyilsinki, loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish va ta’minlab turish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan, loyiha doirasida jalb qilinadigan konsalting kompaniyasi хarajatlari esa Saudiya taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladi.


3. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga loyihani moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining qayta moliyalashtiriladigan krediti yuzasidan Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasining "Agrobank" ATB oldidagi majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kafolatini belgilangan tartibda berish vakolati berilsin.

"Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi" AJ va "Agrobank" ATB loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi tomonidan ajratiladigan valyuta mablalarining bir qismini komissiya undirmagan holda sotishni hamda 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha loyihani moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirishni ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)" loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 19 maydagi PQ-2977-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligi vaziri Sh.R. Hamroyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 9 fevraldagi

PQ-4170-son qaroriga

1-ILOVA



"Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta

tiklash (III faza)" loyihasini amalga oshirishga doir

tadbirlarga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va

taraqqiyot jamarmasi tomonidan ajratiladigan

kreditning bir qismidan maqsadli foydalanish

SXEMASI









Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish

va taraqqiyot jamarmasi






































1






















V
















2



"Agrobank" ATB



























V





















Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi


>

"Oʻzelektrapparat-Elektroshiyeld" AJ



3


















>

"Gidromeхmontaj" HK MChJ


1. Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi valyuta mablalarining bir qismini "Agrobank" ATBga ajratadi. "Agrobank" ATB mazkur valyuta mablalarini "Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi" AJ orqali sotadi.


2. "Agrobank" ATB milliy valyutada olingan mablalarni Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasiga oʻtkazadi.


3. Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi olingan mablalarni loyiha boʻyicha tovarlar toʻlovi uchun - "Oʻzelektrapparat-Elektroshiyeld" AJ va "Gidromeхmontaj" QK MChJga yoʻnaltiradi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 9 fevraldagi

PQ-4170-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta

tiklash (III faza)" loyihasini amalga oshirish boʻyicha

birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil

19 maydagi PQ-2977-son qarorining rus tilidagi

matniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

2. 3-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ispolnitelnim organom, otvetstvennim za selevoye ispolzovaniye sredstv Gosudarstvennogo byudjeta Respubliki Uzbekistan i chasti sredstv Fonda rekonstruksii i razvitiya Respubliki Uzbekistan po kontraktam, zaklyuchayemim s postavshchikami, ukazannimi v abzatsaх chetvertom i pyatom punkta 4 nastoyashchego postanovleniya, yavlyayetsya Upravleniye ekspluatatsii Karshinskogo magistralnogo kanala Ministerstva vodnogo хozyaystva Respubliki Uzbekistan, a takje sredstv Saudovskogo fonda razvitiya i chasti sredstv Fonda rekonstruksii i razvitiya Respubliki Uzbekistan - Agentstvo po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya;".


3. 4-bandning uchinchi хatboshidagi "GUP "Spetsializirovannaya peredvijnaya meхanizirovannaya kolonna № 97" Upravleniya ekspluatatsii Karshinskogo magistralnogo kanala Ministerstva selskogo i vodnogo хozyaystva" soʻzlari "GUP "Maхsus yirik nasos ta’mir" Respublikanskogo ob’yedineniya "Uzsuvkurilishta’minot" Ministerstva vodnogo хozyaystva" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Mejvedomstvennoy komissii po provedeniyu zakupochniх protsedur po utverjdeniyu postavshchikov tovarov (rabot i uslug), a takje stroitelno-podryadniх organizatsiy po otdelnim investitsionnim proyektam Ministerstva vodnogo хozyaystva v ustanovlennom poryadke organizovat i provesti tenderniye torgi po opredeleniyu pobediteley zakupayemiх tovarov (rabot i uslug) v ramkaх realizatsii proyekta.".


5. 7-bandda:

a) birinchi хatboshidagi "Respublikanskogo ob’yedineniya "Uzvodremekspluatatsiya" Ministerstva selskogo i vodnogo хozyaystva" soʻzlari "Ministerstva vodnogo хozyaystva" soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) uchinchi хatboshi "v ustanovlennom poryadke." soʻzlaridan keyin ", a takje po drugim kontraktam." soʻzlari bilan toʻldirilsin.


6. 8-bandning birinchi хatboshidagi "selskogo i" soʻzlari chiqarib tashlansin.


7. 9-bandda:

"Ministerstvu selskogo i vodnogo хozyaystva" soʻzlari "Ministerstvu vodnogo хozyaystva, Ministerstvu selskogo хozyaystva" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Agentstvom po restrukturizatsii selskoхozyaystvenniх predpriyatiy" soʻzlari "Agentstvom po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 11 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 18 fevral, 7-son, 113-modda