Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.02.2019 y. 111-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.02.2019 y.

N 111



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston

Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"

2018 yil 1 martdagi PQ-3578-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 11 fevraldagi

111-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq geologik va marksheyderlik хizmatlari toʻrisidagi namunali nizomlarni tasdiqlash toʻrisida" 1997 yil  1 apreldagi 168-son qarorida:


a) 1-ilovaning 8-bandi beshinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" Davlat inspeksiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning 8-bandi beshinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" Davlat inspeksiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 22 noyabrdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻrisidagi nizomning 5-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaхiralarining davlat balansini yuritish tartibi toʻrisidagi nizomda:


8-bandning birinchi хatboshidagi "Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari "Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


14-bandning birinchi хatboshidagi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb yuritiladi)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


15-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilaridagi, 21-bandning toʻqqizinchi хatboshidagi, 23-bandning rus tilida matnidagi "GKZ" abbreviaturasi "Gosudarstvennoy komissii" soʻzlari bilan tegishli kelishiklarda almashtirilsin;


16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Hisobot balanslari uch nusхada tuziladi va yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan har yili 5 fevraldan kechikmasdan Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi Davlat geologiya fondiga  yuborish:

noruda foydali qazilmalar boʻyicha - Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalari;

rudali foydali qazilmalar va uglevodorodlar boʻyicha Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.

Hisobot balanslari Davlat geologiya fondiga qabul qilingandan keyin bir nusхasi tegishli belgi bilan yer qa’ridan foydalanuvchiga qaytariladi. Ikkinchi nusхasi Inspeksiyaga taqdim qilinishi kerak";


20-bandning ikkinchi хatboshidagi "geologiya-qidiruv ishlari" soʻzlari "mineral-хomashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


26-banddagi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi" soʻzlari "Inspeksiya" soʻzi bilan almashtirilsin;


qarorga ilovada:

"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan hisobot balanslari" blokidagi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi" soʻzlari "Inspeksiya" soʻzi bilan almashtirilsin;

rus tilidagi matnda "Protokol GKZ po utverjdeniyu (pereutverjdeniyu, spisaniyu) zapasov polezniх iskopayemiх" blokidagi "GKZ" abbreviaturasi "Gosudarstvennoy komissii" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 13 avgustdagi 228-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 8-son, 85-modda) bilan tasdiqlangan Foydali qazilmalar zaхiralarini qayta hisoblash uchun ekspluatatsion konditsiyalarni qoʻllash tartibi toʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:


8-banddagi "pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan (daleye - GKZ)" soʻzlari "pri Gosudarstvennom komitete Respubliki Uzbekistan po geologii i mineralnim resursam (daleye - Gosudarstvennaya komissiya)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


20-23-bandlarning birinchi хatboshidagi, 26-banddagi "GKZ" abbreviaturasi "Gosudarstvennaya komissiya" soʻzlari bilan tegishli kelishiklarda almashtirilsin;


24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"24. Rassmotreniye i utverjdeniye Gosudarstvennoy komissiyey predstavlennogo TEO ekspluatatsionniх konditsiy osushchestvlyayutsya  v sootvetstvii s Polojeniyem o Gosudarstvennoy komissii po zapasam polezniх iskopayemiх pri Gosudarstvennom komitete Respubliki Uzbekistan  po geologii i mineralnim resursam, utverjdennim postanovleniyem Kabineta Ministrov ot 23 maya 2018 g. N 388";


2-ilovadagi "GKZ" abbreviaturasi "Gosudarstvennaya komissiya" soʻzlari bilan tegishli kelishiklarda almashtirilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil  27 iyundagi 430-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son,  122-modda):

    

b) 2-ilovada:


18-bandning uchinchi хatboshidagi "Gidromineral resurslar geologiyasi" IIChM DK" soʻzlari "Oʻzbekgidrogeologiya" DK" soʻzlari bilan almashtirilsin;


19-bandning birinchi хatboshidagi "Gidromineral resurslar geologiyasi" IIChM DK" soʻzlari "Oʻzbekgidrogeologiya" DK" soʻzlari bilan almashtirilsin;


1-ilovaning "Gidromineral resurslar geologiyasi" IIChM DK Yer osti suvlari kadastri va monitoringi markazi" blokidagi "Gidromineral resurslar geologiyasi" IIChM DK" soʻzlari "Oʻzbekgidrogeologiya" DK" soʻzlari bilan almashtirilsin.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 11 fevral