Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.02.2019 y. 112-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.02.2019 y.

N 112



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib

olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar

yaratish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil

26 noyabrdagi PQ-4030-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 26 noyabrdagi PQ-4030-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari kabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Ushbu qaror 2019 yil 1 martdan boshlab kuchga kiradi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 11 fevraldagi

112-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 yil, 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil etmasdan shuullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatining IV boʻlimi quyidagi mazmundagi 85-band bilan toʻldirilsin:

"85. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish".

3. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 apreldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻrisidagi nizomning 11-bandi "j" kichik bandining ikkinchi хatboshi "foydali qazilmalarni qazib olish" soʻzlaridan keyin "qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish" soʻzlari bilan toʻldirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 12 fevral