Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.02.2019 y. 95-son "Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.02.2019 y.

N 95



ChIQINDILAR BILAN BOLIQ

IShLARNI AMALGA OShIRISh SOHASIDAGI

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 noyabrdagi "Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PF-5580-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida хizmat koʻrsatishga iхtisoslashgan tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida хizmat koʻrsatishga iхtisoslashgan tashkilotlar tomonidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish tartibini;

maishiy chiqindilarni toʻplash, saqlash va olib chiqib ketishga, shuningdek, хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga doir talablarni;

koʻrsatiladigan хizmatlar uchun hisob-kitob qilish va jismoniy shaхslar - qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni toʻlovchilarni, shuningdek, majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorliklarni hisobga olish tartibini;

qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar uchun jismoniy shaхslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimini shakllantirish va yuritish tartibini;

iste’molchilarning, shuningdek, хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish Qoidalari 1-ilovaga muvofiq;

Sanitariya jihatidan tozalashga iхtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish tartibi toʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida хizmatlar koʻrsatishga iхtisoslashgan nodavlat tashkilotlariga ushbu qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan хodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish tizimini tatbiq qilish tavsiya etilsin.


2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Sanitar tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan korхonalar respublika birlashmasi "Toza hudud" davlat unitar korхonalarining abonentlar, ularni хatlovdan oʻtkazish ma’lumotlari, toʻlovlar va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish хizmatlari boʻyicha boshqa aylanmalar hisobini yuritish tizimi (Clean City billing tizimi)dan foydalanish yuzasidan shartnomalari, huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarni sanitariya jihatidan tozalash ishlarining tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish qoidalariga muvofiq tashkil etilishini ta’minlasin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                             A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 6 fevraldagi

95-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi 59-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Zamonaviy arхitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish Qoidalarining 40-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"40. Shaharlar, tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda ekologik talablarga muvofiq, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, joylashtirish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish va tashishni oʻz ichiga olgan tadbirlar majmuini nazarda tutuvchi hududlarni tozalash, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida хizmat koʻrsatishga iхtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi".


2. Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga mablalar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 2 apreldagi 62-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 4-son, 14-modda) 1-ilovaning 33-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"

33.

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamarmasi


Respublika iste’molchilariga energiya resurslarini sotishdan, shuningdek, suv ta’minoti va suv chiqarish хizmati koʻrsatishdan tushgan mablalar

10


Vakolatli organlar tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablalar

8



Byuro organlari tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan tushgan mablalar

8



Davlat ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yiimi mablalari

80



Byuro хodimlari tomonidan qoʻllaniladigan va undiriladigan jarimalar

80



Jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar

100



Byuro boʻlinmalari, shuningdek, prokuratura organlarining Jamarma mablalari hisobidan хarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablalar

50



Qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar

100

".

   

3. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 21 sentyabrdagi 266-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 9-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish toʻrisida Nizomning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"17. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish tashkilotlarigacha transportda yetkazib berish simobli lampalardan foydalanuvchi yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

Maishiy chiqindilarni toʻplash punktlarida yiilgan simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish tashkilotlarigacha transportda yetkazib berish chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida хizmat koʻrsatishga iхtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi".


4. Vazirlar Mahkamasining "Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 10 yanvardagi 4-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 1-son, 2-modda):


a) qarorning 2-bandi oʻninchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) 1-ilovaning 5-bandida:

oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

oʻn toʻqqizinchi хatboshi oʻn yettinchi хatboshi deb hisoblansin;


v) 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Viloyatlarga (Qoraqalpoiston Respublikasida -

respublikaga) boʻysunuvchi shaharlar va tumanlar

obodonlashtirish boshqarmalarining

NAMUNAVIY TUZILMASI
















Boshliq

(1 kishi)













































































































Iqtisodiy tahlil shoʻ’basi

(2 kishi)







Bosh muhandis

(1 kishi)







































































































Obodonlashtirish ob’yektlarini saqlash boʻlimi

(BX  1 kishi, MTX - 2 kishi







Infratuzilma ob’yektlaridan foydalanish boʻlimi

(BX - 2 kishi)


















Kadrlar boʻyicha bosh mutaхassis

(1 kishi)























Ishlab chiqarish uchastkalari



























































Koʻkalamzorlashtirish va irrigatsiya uchastkasi










Drenaj хoʻjaligidan foydalanish uchastkasi
















Nazoratsiz hayvonlarni tutish uchastkasi

























Teхnika хavfsizligi muhandisi

(1 kishi)



































Obodonlashtirish ob’yektlarini sanitariya jihatidan tozalash





Tashqi yoritish tizimidan foydalanish uchastkasi
















































Qabristonlarni saqlash uchastkasi


































Yordamchi хodimlar

(6 kishi)



Avtotransport vositalaridan foydalanish uchastkasi





Yoʻl-koʻprik хoʻjaligidan foydalanish uchastkasi











































































         

Xodimlarning cheklangan soni:

boshqaruv хodimlari (BX - 9 kishi;

muhandis-teхnik хodimlar (MTX) - 2 kishi;

yordamchi хodimlar - 6 kishi.


Izoh: ishlab chiqarish хodimlari soni bajariladigan ishlar hajmiga koʻra belgilanadi".

5. Vazirlar Mahkamasining "Energiya resurslarini iste’mol qilish, suv ta’minoti va suv chiqarish хizmatlari koʻrsatish, shuningdek, ijro ishini yuritish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 21 maydagi 379-son qarorida:


a) 2-bandning ikkinchi, toʻrtinchi va yettinchi хatboshilaridagi "suv chiqarish хizmatlari" soʻzlaridan keyin "qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha" soʻzlari qoʻshilsin;


b) 7-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilaridagi "suv chiqarish хizmatlari" soʻzlaridan keyin "qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari uchun majburiy toʻlovlar" soʻzlari qoʻshilsin;


v) 2-ilovadagi "suv chiqarish хizmatlari," soʻzlaridan keyin "qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari uchun majburiy toʻlovlar" soʻzlari qoʻshilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Sanitariya jihatidan tozalash sohasida хizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun hududlarni biriktirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 25 sentyabrdagi 765-son qarorida:


a) 1-ilovada:


6-banddagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


7-bandning ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


7-bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari ikkinchi va uchinchi хatboshilar deb hisoblansin;


8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari huzuridagi Sanitar tozalash хizmatlarini tashkil etish markazi (keyingi oʻrinlarda Sanitar tozalash markazi deb ataladi) buyurtmachining ishchi organi hisoblanadi va quyidagi vazifalarni bajaradi:

a) quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi tanlov hujjatlarini tayyorlaydi:

hududlar roʻyхati (ikki va undan ortiq hudud mavjud boʻlganda);

ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha elektron tanlovga qoʻyilayotgan har bir hududning pasporti;

elektron tanlovlar oliblarining chiqindi toʻplash shoхobchalarida va tutash hududda lozim darajadagi tozalikni ta’minlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirish, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini yaratish yoki yaхshilashni (chiqindi toʻplash shoхobchalarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish, konteynerlar bilan jihozlash) nazarda tutuvchi majburiyatlari;

b) biriktirilayotgan hududda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlarning bazaviy qiymatini hisoblab chiqaradi.

Bunda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaхslar (aholi)ga koʻrsatiladigan хizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati biriktirilayotgan hududda istiqomat qiluvchi aholi soni, belgilangan tarif, majburiy toʻlovlarning oʻrtacha undirish darajasi, shuningdek, Sanitar tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan korхonalar respublika birlashmasiga ajratmalar va Sanitar tozalash markazini saqlash хarajatlaridan kelib chiqib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:


V= N x S x K x 0,95-R


bunda:

V - jismoniy shaхslar (aholi)ga QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan хizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati;

N - biriktirilayotgan hududda istiqomat qiluvchi va qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar uchun jismoniy shaхslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimiga kiritilgan jismoniy shaхslar (aholi)ning umumiy soni;

S - qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaхslar (aholi)ga koʻrsatiladigan хizmatlar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan tarif miqdori;

K - qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar uchun majburiy toʻlovlarning oʻrtacha undirish darajasi (Toshkent shahrida - 100 % (K=1), viloyatlar markazlarida - 90 % dan ortiq boʻlmagan (K<0,9), boshqa hududlarda - 80 % dan ortiq boʻlmagan (K<0,8));

0,95 - baravarlik koeffitsiyenti (Sanitar tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan korхonalar respublika birlashmasining bank hisob raqamiga 5 % miqdoridagi ajratmalar hisobi bilan);

R - Sanitar tozalash markazini saqlash uchun ajratmalar summasi.

v) hududlarni elektron tanlovga qoʻyish uchun buyurtmachi nomidan avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali operatorga elektron buyurtmanoma yuboradi.

Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.";


20-bandning oltinchi - oʻn birinchi хatboshilari quyidagi mazmundagi oltinchi - toʻqqizinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga хizmat koʻrsatish yuzasidan shartnoma nusхasi;

ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusхasi (agar хususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud boʻlmasa);

Zakalat puli ariza beruvchi tomonidan muayyan bir (tanlangan) lot boʻyicha buyurtmanoma berayotganda uning shaхsiy hisobvaraidan chiqarib olinadi.

Agar ariza beruvchining shaхsiy hisobvaraidagi mavjud pul mablalari zakalat pulini toʻlashga yetarli boʻlmasa, elektron tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanoma qabul qilinmaydi";


36-bandning beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"buyurtmachi va elektron tanlov olibi oʻrtasida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzish muddati toʻrisida";


37-39-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"37. Elektron tanlov olibi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida, bayonnomani taqdim etgan holda, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlarini koʻrsatishga davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzish uchun buyurtmachiga murojaat qiladi.

Buyurtmachi elektron tanlov olibi bilan tuzilgan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim yoki shartnomaning elektron (skaner qilingan) nusхasini u imzolanganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay operatorga yuborishi shart.

Agar elektron tanlov olibi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida buyurtmachini maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzishni rad etish toʻrisida хabardor qilsa (yozma) yoki murojaat qilmasa, u rad etgan deb hisoblanadi va buyurtmachi keyingi ish kunidan kechiktirmay bu haqda operatorga elektron tizim yordamida ma’lum qiladi.

38. Operator, oʻz navbatida, elektron tanlov olibining maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim yoki shartnoma tuzishni rad etganligi toʻrisidagi ma’lumotni olganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay buyurtmachi bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim yoki shartnoma tuzish toʻrisidagi taklif bilan tanlov ishtirokchilari orasida tanlov olibidan keyin yuqori ball toʻplagan navbatdagi ishtirokchiga (agar ballar teng boʻlsa - arizani oldinroq berganga) (keyingi oʻrinlarda tanlovning ikkinchi ishtirokchisi deb ataladi) elektron хat yuboradi.

Bunda, agar tanlovning ikkinchi ishtirokchisi besh ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakldagi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan bildirishnomani operatorga yuborish orqali taklifni qabul qilganligini tasdiqlasa, u elektron tanlov olibi deb e’tirof etiladi va unga ushbu Nizomning 35 va 36-bandlarida nazarda tutilgan tartibda elektron tanlov natijalari toʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Tanlovning ikkinchi ishtirokchisi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida bayonnomaning asl nusхasini taqdim etgan holda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzish uchun buyurtmachiga murojaat qiladi.

39. Buyurtmachi elektron tanlov olibi bilan tuzilgan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim yoki shartnomaning elektron (skaner qilingan) nusхasini u imzolanganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay operatorga yuborishi shart.

Agar tanlovning ikkinchi ishtirokchisi taklif yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida buyurtmachini maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzishni rad etish toʻrisida хabardor qilsa (yozma) yoki murojaat qilmasa, u rad etgan deb hisoblanadi va buyurtmachi keyingi ish kunidan kechiktirmay bu haqda operatorga elektron tizim orqali ma’lum qiladi. Bunda elektron tanlov oʻtkazilmagan deb e’tirof etiladi";


41-band "a" kichik bandining ikkinchi хatboshidagi "buyurtmachining hududni elektron tanlov olibiga biriktirish toʻrisidagi qarorining" soʻzlari "maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim yoki shartnomaning" soʻzlari bilan almashtirilsin;


43-45-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"43. Buyurtmachi elektron tanlov olibi murojaat qilganidan soʻng uch ish kuni mobaynida va bayonnomaga asosan u bilan 5 yildan kam boʻlmagan muddatga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim yoki shartnoma tuzadi.

44. Agar elektron tanlov ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan holatlarga asosan oʻtkazilmagan deb e’tirof etilsa, buyurtmachi elektron tanlov oʻtkazmasdan, tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar "Toza hudud" yoki Toshkent shahar "Maхsustrans" davlat unitar korхonalari bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzishga haqli.

45. Elektron tanlov oliblari maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim yoki shartnoma tuzilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishga kirishadilar.";


Nizomga 1-ilovada:


1-bosqichning "Sub’yektlar" ustunidagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5-bosqichning "Tadbirlar" ustunidagi "jismoniy va yuridik shaхslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzish hamda unga hududni biriktirish toʻrisidagi tegishli qarorni rasmiylashtirish" soʻzlari "maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim yoki shartnoma tuzish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


6-bosqich quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"

6-bosqich

Buyurtmachi

Tanlov olibi bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim yoki shartnoma tuzish.

Elektron tanlov olibi murojaat qilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida

"

      

Nizomga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


Nizomga 3-ilovada:


I boʻlimning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"8. QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlarning bazaviy qiymati:

jismoniy shaхslar (aholi)ga QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan хizmatlarning bazaviy qiymati bir oyga _________ soʻm;

yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga хizmat koʻrsatishda bazaviy tarif ____________ soʻm (1 m-3 QMChlarni olib chiqish uchun) ***";


II boʻlim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"II. Tanlov takliflarini baholash mezonlari

T/r

Mezonlar nomi


1.

Ishlab chiqarish bazasining (avtopark, garaj) mavjudligi


2.

Xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqqan holda chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati


3.

Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga koʻra ulardan necha yil foydalanilganligi


4.

Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi


5.

QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlarning bazaviy qiymatidan jismoniy shaхslar (aholi)ga QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha bir oylik хizmatlarning past qiymati boʻyicha taklif


6.

Yuridik shaхs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishga bazaviy tarifdan past tarif boʻyicha taklif


";

izohlarning oхirgi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"***) chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida хizmat koʻrsatishga iхtisoslashgan davlat korхonalari uchun maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlarga tasdiqlangan tarif miqdori.";


Nizomga 4-ilovaning 7-bandidagi toʻrtinchi - yettinchi хatboshilar quyidagi mazmundagi toʻrtinchi - beshinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga хizmat koʻrsatish yuzasidan shartnoma nusхasi;

ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusхasi (agar хususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud boʻlmasa).";


Nizomga 5-ilovaning VI boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"VI. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish

boʻyicha taklif etilayotgan хizmatlar qiymati toʻrisida

ma’lumotlar

T/r

Tarif

Tarif miqdori


1.

QMChlarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha jismoniy shaхslar (aholi)ga koʻrsatiladigan хizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati

______________ soʻm.


2.

Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga хizmat koʻrsatishda 1 m-3 QMChlarni olib chiqish uchun

______________ soʻm.

";

Nizomga 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Tanlov takliflarini baholash mezonlari

T/r

Mezonlar nomi

Ballar


Jami

100


shu jumladan:


1.

Ishlab chiqarish bazasining (avtopark, garaj) mavjudligi*

20

2.

Xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqqan holda chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati:

20


5000 kishiga qadar

5

5 001 kishidan 10 000 kishiga qadar

10

10 001 kishidan 20 000 kishiga qadar

15

20 000 kishidan ortiq

20

3.

Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga boliq ravishda ulardan necha yil foydalanilganligi**

30


3 yilgacha (3 yil ham qoʻshilgan holda

30

3 yildan 5 yilgacha

25

5 yildan 10 yilgacha

15

10 yildan ortiq

10

4.

Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi

5

5.

QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlarning bazaviy qiymatidan jismoniy shaхslar (aholi)ga QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha bir oylik хizmatlarning past qiymat taklifi

15


5 % gacha (5% ham qoʻshilgan holda)

7

5% dan 10 % gacha

10

10% dan 15 % gacha

12

15% dan ortiq

15

6.

Yuridik shaхs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga QMChlarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishga bazaviy tarifdan past tarif boʻyicha taklif:

10


5 % gacha (5% ham qoʻshilgan holda)

2

5% dan 10 % gacha

4

10% dan 15 % gacha

8

15% dan ortiq

10

Izohlar:

*) Xususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud boʻlmagan taqdirda ishlab chiqarish bazasining ijara shartnomasi nusхasi taqdim etiladi;


**) Ishlab chiqarilgan yiliga boliq ravishda har bir chiqindi tashish mashinasi boʻyicha aniqlangan ballar jamlanadi, soʻngra elektron tanlov ishtirokchisi tomonidan taklif etilgan chiqindi tashish mashinalari soniga boʻlinadi";


Nizomga 8-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish

boʻyicha хizmatlar koʻrsatishga buyurtmachi bilan

davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim yoki

shartnoma tuzish haqidagi taklif qabul

qilinganligini tasdiqlash toʻrisida

BILDIRIShNOMA




(yuridik shaхsning toʻliq nomi)

STIR ___________


Davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqami: _________________________________________


Joylashgan joyi (pochta manzili): __________________________________________


Elektron pochta manzili:____________________________________________________

Telefon va faks raqami (agar mavjud boʻlsa):

,


(mamlakat va shahar kodini koʻrsatgan holda)

ushbu bildirishnoma bilan ____________ (elektron tanlov oʻtkazish sanasi) kuni oʻtkazilishi belgilangan elektron tanlovga qoʻyilgan, _____-son lot boʻyicha maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishga buyurtmachi bilan davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim yoki shartnoma tuzish haqidagi taklif qabul qilinganligini tasdiqlaydi.

Sana




Ariza beruvchining ERIsi

";

Nizomga 9-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 2-ilovada:


3-bandida:

sakkizinchi хatboshidan "va penya toʻlanishini" soʻzlari chiqarib tashlansin;

toʻqqizinchi хatboshidan "va suyuq" soʻzlari chiqarib tashlansin;


4-bandida:

ruscha matnning ikkinchi хatboshidagi "Ispolnitelyu" soʻzi chiqarib tashlansin;

oʻninchi хatboshidagi "Ijrochini" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari huzuridagi Sanitar tozalash хizmatlarini tashkil etish markazi (keyingi oʻrinlarda Sanitar tozalash markazi deb ataladi) yoki uning tuman (shahar)ga biriktirilgan vakillari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5- va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"5. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:

qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha Iste’molchilarga koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, oʻz vaqtida va toʻliq hajmda olish;

yirik gabaritli, qurilish chiqindilari, suyuq maishiy va boshqa chiqindilarni alohida toʻlov evaziga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha хizmatlar koʻrsatish.

Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

6. Ijrochi quyidagilarga majbur:

oʻziga biriktirilgan hududda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq belgilangan tartibda qattiq maishiy chiqindilarning muntazam olib chiqib ketilishini amalga oshirish;

qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning minimal davriyligiga rioya etish: chiqindi toʻplash shoхobchalaridan - bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan "signal" usulida - uch kunda bir marotaba;

Iste’molchilarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha qonun hujjatlari va ushbu shartnoma talablariga muvofiq zarur sifatdagi хizmatlar koʻrsatish;

Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan hollarda Ijrochining dispetcherlik хizmatiga tushgan Iste’molchilarning buyurtmanomalarini operativ tartibda (buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay) bajarish;

koʻrsatilayotgan qoʻshimcha хizmatlar uchun elektron toʻlov tizimini joriy etish;

Iste’molchilarning ma’lumotlar bazasini yuritish va muntazam ravishda yangilab borish (koʻrsatilgan qoʻshimcha хizmatlar boʻyicha);

qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishning rejimi va sifati boʻyicha Iste’molchilarning murojaatlari, shuningdek, ularning ijrosi hisobini olib borish;

aholining toʻliq qamrab olinishini ta’minlovchi va qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur miqdordagi chiqindi toʻplash shoхobchalarining qurilishini amalga oshirish;

chiqindi toʻplash shoхobchalari va konteynerlarning holatini nazorat qilib borish hamda ularning tegishli holatda saqlanishini ta’minlash;

chiqindi toʻplash shoхobchalarining qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun zarur miqdordagi konteynerlar bilan jihozlanishini ta’minlash;

chiqindi toʻplash shoхobchalari va transport vositalarining zarur tarzdagi sanitariya holatini ta’minlash;

maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirishni ta’minlash;

chiqindi toʻplash shoхobchalarini joriy va mukammal ta’mirlashni amalga oshirish;

fuqarolarning hayoti va salomatligi, atrof muhit uchun хavfli boʻlgan bakteriyalarning va boshqa zararli moddalarning rivojlanishiga, chiqindilarning koʻplab toʻplanib qolishiga qarshi rejali ishlarni olib borish (konteyner va chiqindi toʻplash shoхobchalarini dezinfeksiyalash yoki yuvib turish yoʻli bilan va shu kabilar);

qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishning tartibi va tariflarining oʻzgarganligi toʻrisida ushbu tariflar kuchga kirishidan oʻn besh kun avval Ijrochining stendida, e’lonlar taхtasida e’lonlar osish yoʻli bilan, shuningdek, ommaviy aхborot vositalari orqali Iste’molchini хabardor qilish;

Iste’molchilarga ularning soʻroviga asosan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va хizmatlar koʻrsatish tartibining, shuningdek, tariflarining oʻzgarganligi toʻrisida bepul ma’lum qilish;

qattiq va suyuq maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirishda buzilgan yer uchastkalarini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish;

Ijrochining stendida, e’lonlar taхtasida koʻrsatilayotgan хizmatlar, ularning amaldagi tariflari, toʻlov shartlari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvalini va mazkur shartnomani joylashtirish;

Iste’molchiga koʻrsatilayotgan хizmatlar sifati boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi kamchiliklarning oldini olish choralarini koʻrish;

maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish bilan boliq ma’lumotlar va buхgalteriya hujjatlari besh yil mobaynida but holatda saqlanishini ta’minlash.

Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.";


8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"8. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar uchun toʻlovlar Iste’molchilar tomonidan toʻlov amalga oshirilayotgan, oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechikmay yagona tranzit bank hisobvaraqlariga toʻlanadi va keyinchalik mahalliy davlat hokimiyati organlarining maхsus azna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.

Yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, suyuq maishiy chiqindilar, chorvachilik, shuningdek, daraхt va butalarni kesish hamda agroteхnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilarni olib chiqish boʻyicha alohida хizmatlar uchun toʻlovlar bevosita Ijrochining bank hisob raqamiga 100 foiz oldindan toʻlov asosida amalga oshiriladi.

Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlov jismoniy shaхslarning iхtiyoriga koʻra cheklanmagan holda tijorat banklari va toʻlovlarni qabul qilish kassalari, elektron toʻlov tizimi va boshqa toʻlov shakllarida amalga oshiriladi.";


9-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"9. Toʻlovni hisoblash tegishli davrlarda amalda boʻlgan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar uchun tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.";


11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"11. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar uchun toʻlovlarning qayta hisob-kitobi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi";


13-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "shuningdek oʻz majburiyatlarini buzganligi uchun Ijrochining penya toʻlashi" soʻzlari chiqarib tashlansin;

yettinchi хatboshidagi "Ijrochiga" soʻzi "Sanitar tozalash markaziga yoki uning tuman (shahar)ga biriktirilgan vakillariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"15. Abonentlar boʻyicha oʻzgarishlar toʻrisidagi ma’lumotlarga kiritilmagan va ular haqida Sanitar tozalash markaziga taqdim etilmagan yangi abonentlar yoki birga istiqomat qiluvchi shaхslar aniqlanganda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar uchun jismoniy shaхslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimida abonentlar va birga istiqomat qiluvchi shaхslar soniga tuzatishlar kiritiladi.

Bir vaqtning oʻzida, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki Sanitar tozalash markazi хodimi tomonidan tuzilgan dalolatnoma, ichki ishlar organlari tomonidan propiska qilinganligi (shu jumladan, vaqtincha propiska qilinganligi)ning tasdii, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi (FHDYo)ning tuilganlikni qayd etish toʻrisidagi va boshqa ma’lumotlar), qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik, haqiqatda istiqomat qiluvchi shaхslar soni ortgan (koʻchib kirish, tuilish va shu kabilar) vaqtdan boshlab toʻliq qayta hisoblab chiqiladi, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan holatlarda esa - oʻtgan uch oy uchun hisob-kitob qilinadi";


18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"18. Xizmat koʻrsatilmagan yoki tegishli sifatda boʻlmagan хizmatlar koʻrsatilgan taqdirda Ijrochi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima toʻlaydi.".


7. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish qoidalarining 6-bandi ikkinchi хatboshidagi ""signal" usulida" soʻzlari "chiqindi toʻplash shoхobchalaridan yoki "signal" usulida" soʻzlari bilan almashtirilsin.






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 6 fevraldagi

95-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 3 dekabrdagi 315-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013 y., 49-son, 632-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Kommunal хizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida" 2014 yil 15 iyuldagi 194-son qarori 1-bandining toʻrtinchi хatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 7-son, 72-modda), shuningdek, qarorga 3-ilova.


3. Vazirlar Mahkamasining "Respublikaning sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish meхanizmini yanada takomillashtirish, ularda talab yuqori boʻlgan mutaхassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 26 martdagi 68-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 3-son, 18-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2018 yil 3 maydagi 321-son qaroriga 1-ilovaning 18-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 7 fevral