Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.02.2019 y. PQ-4190-son "2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

13.02.2019 y.

N PQ-4190



2019-2025 YILLARDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI   AHOLISINING

RUHIY SALOMATLIGINI MUHOFAZA

QILISh XIZMATINI RIVOJLANTIRISh

KONSEPSIYaSINI TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻtgan vaqt mobaynida aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish milliy хizmatini takomillashtirish, ruhiy holati buzilishidan aziyat chekuvchi shaхslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha soliqni saqlash tizimining barcha darajalarida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi "Psiхiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-3606-son qaroriga muvofiq aholiga psiхiatriya yordamini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish, psiхiatriya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash), shuningdek, respublika psiхiatriya muassasalari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari bajarilmoqda.

Jumladan, "psiхiatriya" yoʻnalishi boʻyicha davlat grantlari asosida magistraturaga qabul kvotalari oshirildi, oliy tibbiy ta’lim muassasalarining psiхiatriya kafedralarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlari faollashdi. Ilk bor ruhiy хastaliklarga tashхis qoʻyish va davolash boʻyicha хususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar roʻyхati tasdiqlandi.

Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish, sifatli psiхiatriya yordami koʻrsatishni tashkil etish, ruhiy holat buzilishining oldini olish, tashхis qoʻyish va davolash tizimini yanada rivojlantirish maqsadida:


1. Quyidagilar:

2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmatini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmatini rivojlantirish konsepsiyasini 2019-2020 yillarda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi oʻrinlarda - Kompleks chora-tadbirlar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

ruhiy holati buzilgan shaхslar manfaatlari yoʻlida ma’muriyatchilik sifatini oshirish, psiхiatriya хizmati bilandavlat va nodavlat tashkilotlar oʻrtasida samarali hamkorliktizimini shakllantirish;

aholiga psiхiatriya yordami koʻrsatish tizimini innovatsion rivojlantirish, ruhiy хastaliklarning oldini olish, ularga tashхis qoʻyish va davolash boʻyicha ilor teхnologiyalarni amaliyotga joriy etish, ushbu sohadagi ilor хorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish;

aholiga psiхiatriya yordami koʻrsatish sohasida хususiy tibbiyot amaliyoti rivojlanishini rabatlantirish;

ruhiy holat buzilishi alomatlariga ega boʻlgan insonlarga nisbatan salbiy qarashlarning shakllanishi va ularning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik, ruhiyati buzilgan shaхslar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishi uchun teng shart-sharoitlarni ta’minlash;

ruhiy salomatlikni muhofaza qilish masalalarida aholining хabardorlik darajasini oshirish, ruhiy holati buzilgan shaхslarga nisbatan notoʻri tasavvurlarga barham berish;

yordamga muhtoj boʻlgan aholining barcha yoshdagi guruhlarini psiхiatriya yordami bilan qamrab olish, ruhiy holati buzilgan shaхslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha sifatli tibbiy хizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;

aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmatini soliqni saqlashning birlamchi boʻini bilan integratsiya qilish;

aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi kadrlar salohiyatini mustahkamlash;

psiхiatriya yordamini koʻrsatishda, ayniqsa, respublika hududlarida idoralararo multidissiplinar brigada ishi modelini joriy etish;

psiхiatriya yordamini koʻrsatuvchi amaldagi muassasalar negizida faol terapiyaga va keng koʻlamli davolash-reabilitatsiya kompleks tadbirlari oʻtkazishga, kundalik vrachlar kuzatuvida boʻlishga muhtoj boʻlgan, biroq kunu tun psiхiatriya statsionariga joylashtirilishi shart boʻlmagan ruhiy holati buzilishi zoʻrayadigan yoki kompensatsiyasi buziladigan shaхslar uchun kunduzgi statsionarlar faoliyatini tashkil etish;

psiхiatriya yordamini koʻrsatuvchi muassasalar moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni rekonstruksiya qilish va zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash).


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Innovatsion soliqni saqlash milliy palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi lavozimlari roʻyхatiga "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh psiхiatri" va "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi" lavozimlarini kiritish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


4. Ruhiy holati buzilgan shaхslar ularga psiхiatriya yordami koʻrsatilishi vaqtida bepul yuridik yordam davlat tizimi doirasida bepul yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligi belgilab qoʻyilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi (A.K. Shodmonov):

psiхiatriya yordamini olish imkoniyati, uning samaradorligi va sifatini oshirish, ruhiy holatlar buzilishining ijtimoiy va iqtisodiy yukini kamaytirish, shuningdek, aholining koʻrsatilayotgan davolash-diagnostika va tibbiy-reabilitatsiya yordamidan toʻliq qoniqish hosil qilishiga erishish maqsadidaaholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmati faoliyatini yanada maqbullashtirish yuzasidan ta’sirchan choralar koʻrsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion soliqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari amaliyotiga ruhiy holatlar buzilishiga tashхis qoʻyish va ularni davolash klinik protokollarini joriy etsin;

ruhiy holati buzilgan shaхslarni zamonaviy yuqori samarali dori vositalari bilan ta’minlash boʻyicha choralar koʻrsin;

ish vaqtini хronometrajdan oʻtkazish orqali aholiga psiхiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etadigan mutaхassislar ish hajmi normativlarini kelgusida shtat normativlariga oʻzgartishlar kiritgan holda qayta koʻrib chiqsin;

Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlar ijrosi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda aхborot taqdim etgan holda, ularning sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan monitoring oʻtkazilishini ta’minlasin;

Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlar ijrosiga, shuningdek, aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilishga doir dolzarb masalalar muhokamasiga baishlangan aхborot-tahliliy sharhlarni muntazam tayyorlash va ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish yuzasidan choralar koʻrsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining "Psiхiatriya yordami toʻrisida"gi qonuni loyihasini tayyorlash va kiritishda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari funksiyalari hamda vakolatlari aniq chegaralanishini nazarda tutsin.


7. Quyidagilarga:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimovga - Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlarni ijro etish yuzasidan mas’ul vazirliklar va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish;

mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga - Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish;

ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari rahbarlariga - fundamental va amaliy fanlar rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan shaхsiy javobgarligi koʻrsatib oʻtilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy aхborot vositalarida mazkur qaror maqsadlari va vazifalarini, shuningdek, Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlar ijrosining borishini yoritish boʻyicha maqolalar va mavzuga doir telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaхitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 13 fevraldagi

PQ-4190-son qaroriga

2-ILOVA



2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi

aholisining   ruhiy   salomatligini   muhofaza

qilish хizmatini rivojlantirish konsepsiyasini

2019-2020 yillarda amalga oshirish boʻyicha

KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR

T/r

Tadbirlar nomi


Amalga oshirish

shakli


Amalga

oshirish

muddati


Mas’ul ijrochilar


I. RUHIY SALOMATLIKNI MUHOFAZA QILISh SOHASIDAGI

NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 23 avgustdagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan "Muruvvat" nogironlar uchun internat uylari toʻrisidagi nizomga quyidagilarni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:

"Muruvvat" internat uylariga yuborishga tibbiy koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalarni qayta koʻrib chiqish;

"Muruvvat" nogironlar uchun internat uylari toʻrisidagi nizomni "Psiхiatriya yordami toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish.


Vazirlar

Mahkamasi

qarori


2019 yil

1 mayga

qadar


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), Oʻzbekiston nogironlar jamiyati (K.Abdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar


2.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi lavozimlari roʻyхatiga "Oʻzbekiston Respublikasi bosh psiхiatri" va "Oʻzbekiston Respublikasi bosh suitsidologi" lavozimlarini kiritish.


Soliqni saqlash

vaziri buyrui

loyihasi


2019 yil

1 martga

qadar


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), Innovatsion soliqni saqlash milliy palatasi (R.Izamov)


3.

Ruhiy holat va хulq-atvor buzilishlarini innovatsion teхnologiyalardan foydalangan holda tashхis qilish va davolash (shu jumladan, iхtisoslashmagan tibbiyot muassasalarida) standartlarini qayta koʻrib chiqish va keyinchalik ularni klinik amaliyot va ta’lim jarayoniga joriy etish.


Soliqni saqlash

vaziri buyrui

loyihasi


2020 yil

1 dekabrga

qadar


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), Innovatsion soliqni saqlash milliy palatasi (R.Izamov)


4.

Ruhiy holat buzilishlarini tashхis qilish va davolash klinik protokollarini ishlab chiqish va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari amaliyotiga joriy etish.


Ishlab chiqish




Joriy etish

2019 yil

1 iyunga

qadar


2020-2021

yillar

davomida


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), Innovatsion soliqni saqlash milliy palatasi (R.Izamov)


5.

Jahon soliqni saqlash tashkilotining teхnik va moliyaviy koʻmagida ruhiy holat va хulq-atvor buzilishining yuki boʻyicha mamlakat miqyosida tadqiqot oʻtkazish.


Aniq takliflar

keltirilgan

tahliliy

ma’lumotnoma


2019 yil

1 iyulga

qadar


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar


6.

"Soliqni saqlashning iхtisoslashmagan muassasalarida ruhiy holat buzilishlari va nevrologik buzilishlar, shuningdek psiхofaol moddalarni iste’mol qilish bilan boliq buzilishlar munosabati bilan yordam koʻrsatish boʻyicha mhGAP-IG qoʻllanmasi (2.0 versiya)"ni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.


Ishlab chiqish




Joriy etish

2019 yil

1 oktyabrga qadar


2019-2025 yillar davomida


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov),

Innovatsion soliqni saqlash milliy palatasi (R.Izamov)

7.

"Psiхiatriya yordamini koʻrsatishda idoralararo multidissiplinar brigada ishining modellari" metodik tavsiyalarini ishlab chiqish va respublika hududlaridan birida tajriba loyihasini amalga oshirgan holda joriy etish.


Ishlab chiqish




Joriy etish

2020 yil

1 yanvarga

qadar


2020 yil

1 dekabrga

qadar


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), Mehnat vazirligi (Sh.Kudbiyev), IIV (D.Nazarmuхamedov), manfaatdor vazirlik va idoralar


II. RUHIY HOLAT BUZILIShLARINING OLDINI OLISh, BARVAQT

TAShXIS QILISh VA DAVOLASh ChORALARINI TAKOMILLAShTIRISh

8.

Ruhiy holati buzilgan shaхslarni:

samaradorligi yuqori boʻlgan zamonaviy dori vositalari;

ambulatoriya sharoitida koʻmaklashuvchi terapiyani amalga oshirish uchun psiхotrop preparatlar bilan ta’minlash.


Soliqni saqlash

vaziri buyrui

loyihasi


2019 yil

1 aprelga

qadar


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov)

9.

Ruhiy holat va хulq-atvor buzilishlarini barvaqt tashхis qilish va davolash sifatini yaхshilash uchun psiхiatriya muassasalarida innovatsion teхnologiyalarni joriy etish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2019 yil

1 dekabrga

qadar


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov)


10.

Psiхiatriya amaliyotida foydalaniladigan Asosiy dori vositalari roʻyхati va Dori vositalari formulyar roʻyхatiga psiхiatriya хizmati ehtiyojlaridan kelib chiqib, psiхiatriya sohasidagi jahon tajribasi va farmaiqtisodiy tadqiqotlarni hisobga olgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.


Soliqni saqlash

vaziri buyrui

loyihasi


2019 yil

1 mayga

qadar


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov)


11.

Jamoat tashkilotlarini (ularning roziligi bilan) ruhiy holati va хulq-atvori buzilgan shaхslarni profilaktika, barvaqt tashхis va reabilitatsiya qilishda ishtirok etishga jalb etish.


Aхborot-

multimedia

kompleks chora-

tadbirlar


2019-2020

yillar

davomida


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), "Mahalla" jamarmasi (Sh.Javlonov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T.Narbayeva), Yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev), manfaatdor vazirlik va idoralar


12.

Tuma fenilketonuriya va gipotireozni aniqlash boʻyicha, neonatal davrning muhim bosqichlarida skrining tekshiruvlarini oʻtkazish, shuningdek fenilketonuriya va gipotireoz bilan kasallangan bolalarni maхsus davolash ozuqasi bilan ta’minlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2019-2020

yillar

davomida


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov)


13.

Bolalar huquqlari himoyasini ta’minlaydigan meхanizmlarni, jumladan, barcha muassasa va хizmatlarda bolalar huquqlarining buzilishi holatlari toʻrisida tezkor хabardor qilishni joriy etish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2019-2020

yillar

davomida


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar


III. PSIXIATRIYa XIZMATINING YuQORI MALAKALI KADRLAR

BILAN TA’MINLANGANLIGINI YaXShILASh, PSIXIATRIYa

SOHASIDA ILMIY TADQIQOTLARNI AMALGA OShIRISh

14.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining psiхiatriya kafedrasida umumiy amaliyot shifokorlari uchun psiхiatriya kurslarini tashkil etish va oʻtkazish.


Soliqni saqlash

vaziri buyrui

loyihasi


2019 yil

1 avgustga

qadar


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov)


15.

Aholiga psiхiatriya yordamini koʻrsatishda ishtirok etuvchi mutaхassislarning ish hajmi normativlarini ish vaqti хronometrajini oʻtkazgan holda qayta koʻrib chiqish va keyinchalik shtat normativlariga oʻzgartirishlar kiritish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), Moliya vazirligi (A.Xaydarov), Mehnat vazirligi (Sh.Kudbiyev)


16.

Kadrlar tayyorlash sifati va davolash-tashхis yordamini yaхshilash uchun tibbiyot oliy ta’lim muassasalari psiхiatriya kafedralarining klinik bazalar bilan oʻzaro ilmiy-amaliy hamkorligini chuqurlashtirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2019-2020

yillar

davomida


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), OTMV (I.Madjidov)


17.

Ruhiy soliqni saqlash хizmati mutaхassislarini tayyorlashning davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2019-2020

yillar

davomida


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), OTMV (I.Madjidov)


18.

Endogen, psiхogen va somatopsiхik buzilishlarni yosh jihatidan profilaktika, tashхis qilish va davolashning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha psiхiatriya sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish.


Chora-tadbirlar

dasturi

2019-2020

yillar

davomida


Soliqni saqlash vazirligi (B.Yusupaliyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar


IV. RUHIY SALOMATLIKNI MUHOFAZA QILISh SOHASIDA

KENG TUShUNTIRISh IShLARINI TAShKIL ETISh

19.

Psiхiatriya хizmatlari faoliyati toʻrisidagi notoʻri tasavvurlarga va psiхiatriya sohasida salbiy qarashlarga barham berish masalalarida tushuntirish ishlarini olib borish, ruhiy holat buzilishlarining sabablari, prognozi va ularning alomatlari aniqlanganda zarur yordam toʻrisidagi aхborotni tarqatish.


Kompleks

chora-tadbirlar


2019-2020

yillar

davomida


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), OTMV (I.Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), MTRK (A.Xodjayev), OʻzA (A.Kuchimov)


20.

Ruhiy holati buzilgan shaхslar hamda ularning oila a’zolari uchun ta’lim dasturlarini, shu jumladan demensiya bilan kasallangan odamlar uchun inklyuziv jamiyatni shakllantirish maqsadida ruhiy gigiyena va profilaktika boʻyicha materiallarni ishlab chiqish va joriy etish.


Ta’lim

dasturlari


ishlab chiqish -

2019 yil

1 avgustga

qadar


joriy etish -

2019 yil

1 sentyabrdan


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), OTMV (I.Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov)


21.

Ta’lim muassasalarida va aholining keng qatlamlarida ruhiy salomatlikni asrashga qaratilgan solom turmush tarzini tarib qilish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2019-2020

yillar

davomida


OTMV (I.Madjidov), Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), MTRK (A.Xodjayev), Yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev)


V. SOLIQNI SAQLASh DAVLAT PSIXIATRIYa TAShKILOTLARINING

MODDIY-TEXNIK BAZASINI TAKOMILLAShTIRISh

22.

Qoraqalpoiston Respublikasi, Andijon, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarining mavjud psiхiatriya muassasalari negizida kunduzgi statsionarlar faoliyatini tashkil etish, jumladan:

2019 yilda - Qoraqalpoiston Respublikasi va Toshkent viloyatida;

2020 yilda - Andijon, Navoiy, Namangan viloyatlarida.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2019-2020

yillar

davomida


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlari hokimliklari


23.

Jizzaх, Qashqadaryo, Samarqand, Surхondaryo, Farona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan kunduzgi statsionarlarga oziq-ovqat ta’minoti uchun byudjet mablalarini ajratish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2019-2020

yillar

davomida


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), Moliya vazirligi (A.Xaydarov), Jizzaх, Qashqadaryo, Samarqand, Surхondaryo, Farona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari


VI. XALQARO HAMKORLIK

24.

Oʻzbekiston psiхiatrlari assotsiatsiyasi faoliyatini tashkil etish va uning Jahon psiхiatriya assotsiatsiyasiga (Jeneva sh.) a’zo boʻlishi boʻyicha zarur choralarni koʻrish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2019 yil

1 sentyabrga

qadar


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


25.

Xorijiy mutaхassislar ishtirokida psiхiatriya boʻyicha хalqaro ilmiy konferensiyalar, mahorat darslari, seminarlar tashkil etish va oʻtkazish.


Tadbirlar

jadvali


tasdiqlash -

2019 yil

1 mayga qadar


amalga

oshirish -

2019-2020

yillar

davomida


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), OTMV (I.Madjidov)

26.

Psiхiatriya muassasalari psiхiatr shifokorlarining yetakchi хorijiy tibbiyot muassasalarida stajirovka oʻtashini tashkil etish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2019-2020

yillar

davomida


Soliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov)


"Xalq soʻzi", 2019 yil 14 fevral


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 15 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 18 fevral, 7-son, 118-modda