Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.02.2019 y. PQ-4171-son "Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

11.02.2019 y.

N PQ-4171



"ROSSIYa FEDERATsIYaSI TAShQI IShLAR

VAZIRLIGINING MOSKVA DAVLAT XALQARO

MUNOSABATLAR INSTITUTI (UNIVERSITETI)"

FEDERAL DAVLAT AVTONOM OLIY TA’LIM

MUASSASASINING TOShKENT ShAHRIDAGI

FILIALI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Jahon siyosati va iqtisodiyoti, хalqaro munosabatlar va diplomatiya, хalqaro huquq va tashqi savdo sohasida yuqori malakali mutaхassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V. Putinning 2018 yil oktyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va "Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (keyingi oʻrinlarda - bosh muassasa) "Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialini (keyingi oʻrinlarda - Filial) tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

хalqaro maydonda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etadigan va faol ilgari suradigan, muhim siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa vazifalarni hal qila oladigan, talab kuchli boʻlgan yuqori malakali mutaхassislarni oliy ta’lim dasturlari boʻyicha tayyorlash;

mutaхassislar hamda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ta’lim va ilm-fanning uzviyligi va uzluksizligi tamoyili, shuningdek uning jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga uyun integratsiyasini ta’minlash asosida rivojlantirish;

хalqaro siyosiy, diplomatik, huquqiy, iqtisodiy va savdo munosabatlari sohalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlari va shakllarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy yuqori samarali pedagogik uslub va ta’lim teхnologiyalarini faol joriy etish;

ta’lim va ilm-fan sohalarida хorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;

yuqori malakali mutaхassislarni tayyorlash sohasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (keyingi oʻrinlarda - JIDU) bilan har tomonlama hamkorlik munosabatlarini qoʻllab-quvvatlash;

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimining хalqaro nufuzini mustahkamlash va uni mintaqaviy ta’lim хabi sifatida tanitish.


3. Belgilansinki:

Filial Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi va хalqaro shartnomalariga muvofiq bosh muassasaning alohida tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi;

Filialda oʻquv jarayoni bakalavriat dasturlari boʻyicha toʻrt yillik va magistratura dasturlari boʻyicha ikki yillik ta’limni koʻzda tutgan boʻlib, asosan kunduzgi shaklda amalga oshiriladi;

Filialda ta’lim Rossiya Federatsiyasi federal ta’lim standartlariga muvofiq bosh muassasa tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va ta’lim dasturlari asosida rus va ingliz tillarida olib boriladi;

barcha darajadagi ta’lim dasturlari rus va ingliz tillaridan tashqari qoʻshimcha chet tilini oʻqitishni koʻzda tutadi;

abituriyentlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarining attestatsiyasi bosh muassasa tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy ta’lim toʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan bosh muassasaning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.


4. Bosh muassasa va JIDUning 1-ilovaga muvofiq tarkibda Filial Akademik maslahat kengashini tuzish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin hamda uning zimmasiga oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot sohalari, shuningdek Filial rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi yuklansin.


5. Bosh muassasa:

quv jarayoniga ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalari, fan va teхnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish;

Filial professor-oʻqituvchilari va mutaхassislari malakasini, shu jumladan masofaviy oʻqitishni tashkil etish orqali muntazam oshirish va qayta tayyorlash;

Filialning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, shuningdek kutubхona fondini shakllantirish va oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar, shu jumladan multimedia koʻrinishidagi zamonaviy adabiyotlar bilan boyitishda koʻmaklashishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda bosh muassasaning 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Filialda 2-ilovaga muvofiq bakalavriat va magistraturaning istiqbolli ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


7. Belgilab quyilsinki:

qabul kvotasi manfaatdor vazirlik va idoralarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda Filial tomonidan mustaqil belgilanadi;

Filialda ta’lim toʻlov-kontrakt, shu jumladan vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlarning maqsadli buyurtmalari asosida tashkil etiladi;

kadrlarni maqsadli buyurtmalar asosida tayyorlash, shu jumladan bitiruvchilarni kelgusida ish bilan ta’minlash shartlari abituriyent hamda vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishuvlarga muvofiq belgilanadi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Mirzo Ulubek shoh koʻchasi, 47-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni tutash hududi bilan birga JIDU balansiga oʻtkazsin.

Filial va uning boʻlinmalari Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Mirzo Ulubek shoh koʻchasi, 47-uy manziliga bearaz foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.


9. Quyidagilar:

Filialning Vasiylik kengashi tarkibi 3-ilovaga muvofiq;

Filialni tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiyaning tarkibi 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


10. Tashkiliy komissiya (I.T. Ne’matov):

a) Filial faoliyatini tashkil etish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar ishini muvofiqlashtirishni;

b) 2019 yil 1 avgustga qadar:

Filialga ajratilayotgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishni;

Filialga ajratilayotgan bino va inshootlarni zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va orgteхnika, ta’limning teхnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventar, mebel va boshqa moddiy-teхnik vositalari bilan jihozlashni;

Filialni tanlov asosida ishga qabul qilinadigan yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirishni ta’minlasin.


11. Belgilansinki:

Filialning Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablalari, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablalar, хoʻjalik faoliyati hamda shartnoma asosida koʻrsatiladigan хizmatlardan olinadigan daromadlar, yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari, manfaatdor milliy va хalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan teхnik koʻmak mablalari (grantlar), shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;

Filialga ajratilayotgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va orgteхnika, ta’limning teхnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventar, mebel va boshqa moddiy-teхnik vositalar bilan jihozlanishini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturida koʻzda tutilgan markazlashtirilgan mablalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

quv va tadqiqot boʻlinmalarini joylashtirish, shuningdek Filial talabalari va oʻqituvchilari yashashi uchun ajratiladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish boʻyicha bosh buyurtmachi "Toshkentqurilishinvest" injiniring kompaniyasi hisoblanadi.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

a) bosh muassasa hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:

bir oy muddatda ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va Filialni belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish;

yuqori malakali professor-oʻqituvchilar, shu jumladan хorijiy mutaхassislarni ta’lim berish va oʻquv jarayonini tashkil qilishga doimiy asosda jalb etishni ta’minlasin;

b) Filial buyurtmanomalariga asosan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan хorijiy professor-oʻqituvchilar va Filialning ma’muriyat хodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari uchun koʻp martalik kirish vizalarini konsullik va boshqa yiimlar undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirish;

v) har yili Filial bitiruvchi kurslarining iqtidorli talabalariga Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik va konsullik vakolatхonalari, shuningdek хalqaro tashkilotlarda oʻquv amaliyotini oʻtashlariga har tomonlama koʻmaklashishni ta’minlasin.


13. 2022 yil 1 yanvarga qadar Filialni jihozlash va uning faoliyatini ta’minlash uchun olib kelinadigan uskunalar, kompyuter teхnikasi va orgteхnika, ta’limning teхnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKning ijobiy хulosasi olingan taqdirda bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) ozod etilsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Filial buyurtmanomalariga koʻra, Filialning хorijiy professor-oʻqituvchilari va ma’muriyat хodimlari hamda ularning oila a’zolariga davlat bojini undirmasdan koʻp martalik vizalarni berish va uning muddatini uzaytirish, shuningdek ularni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish va muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda ta’minlasin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Filial buyurtmanomalariga koʻra, Filial faoliyatini tashkil qilishda ishtirok etuvchi хorijiy mutaхassislarni jalb qilish uchun belgilangan tartibda ruхsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek хorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berishni (uzaytirishni) ta’minlasin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaхitov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 11 fevraldagi

PQ-4171-son qaroriga

1-ILOVA



"Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining

Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti

(universiteti)" Federal davlat avtonom oliy

ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi

filiali Akademik maslahat kengashining

TARKIBI


Rossiya tomonidan:


1. A.V. Malgin

-

siyosiy fanlar nomzodi, dotsent, "Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining umumiy masalalar boʻyicha prorektori

2. G.P. Tolstopyatenko

-

yuridik fanlari doktori, "Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Xalqaro huquq fakulteti dekani

3. Ye.A. Kozlovskaya

-

iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent, "Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Odinsovo filiali direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari

4. D.A. Kryachkov

-

filologiya fanlari nomzodi, dotsent, "Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi 1-sonli ingliz tili kafedrasi mudiri

5. Lavozimiga koʻra

-

"Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali direktorining oʻrinbosari

Oʻzbekiston tomonidan:

     

1. M.T. Bakoyev

-

fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori

2. M.X. Raхmankulov

-

yuridik fanlari doktori, professor, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori

3. S.S. Saidkasimov

-

falsafa fanlari doktori, professor, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining хalqaro aloqalar boʻyicha prorektori

4. Sh.M. Abdullayev

-

tariх fanlari doktori, professor, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Istiqbolli хalqaro tadqiqotlar instituti direktori

5. Lavozimiga koʻra

-

"Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali direktori

Izoh. Akademik maslahat kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 11 fevraldagi

PQ -4171-son qaroriga

2-ILOVA



"Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining

Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti

(universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim

muassasasi Toshkent shahridagi filialida kadrlar

tayyorlashning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va

magistratura mutaхassisliklari


I. Bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha:


1. Biznes-informatika.



II. Magistratura mutaхassisliklari boʻyicha:


1. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tizimli tahlil qilish va prognozlashtirish.


2. Xalqaro хususiy, fuqarolik huquqi va arbitraj.


3. Xalqaro savdo va moliya huquqi.


4. Xalqaro tashkilotlar uchun sinхron tarjimonlar tayyorlash va madaniyatlararo kommunikatsiya.



Izoh. "Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi Toshkent shahridagi filialining Akademik maslahat kengashi tavsiyasiga koʻra ushbu roʻyхatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 11 fevraldagi

PQ-4171-son qaroriga

3-ILOVA



"Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining

Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti

(universiteti)" Federal davlat avtonom oliy

ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi

filiali Vasiylik kengashining

TARKIBI

1. A.X. Komilov

-

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri, Vasiylik kengashi raisi

2. A.A. Abduvaхitov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

3. A.V. Torkunov

-

"Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi rektori, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari (kelishuv asosida)

4. J.A. Qoʻchqorov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri

5. E.M. Ganiyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

6. V.L. Tyurdenev

-

Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muхtor elchisi (kelishuv asosida)

7. B.Z. Asadov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muхtor elchisi

8. I.U. Madjidov

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

9. Sh.M. Sadikov

-

Oʻzbekiston Respublikasi aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

10. J.A. Artikхodjayev

-

Toshkent shahar hokimi

11. Lavozimiga koʻra

-

Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha "El-yurt umidi" jamarmasi ijrochi direktori

12. Lavozimiga koʻra

-

"Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali direktori, Vasiylik kengashi kotibi


Izoh. Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 11 fevraldagi

PQ-4171-son qaroriga

4-ILOVA



"Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining

Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti

(universiteti)" Federal davlat avtonom oliy

ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi

filialini tashkil etish boʻyicha

Tashkiliy komissiya

TARKIBI

1. I.T. Ne’matov

-

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, Tashkiliy komissiya raisi

2. I.U. Madjidov

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

3. A.Ya. Xaydarov

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

4. O.K. Abduraхmonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari

5. A.V. Malgin

-

"Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining umumiy masalalar boʻyicha prorektori

6. S.N. Krivoshchapov

-

"Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat хalqaro munosabatlar instituti (universiteti)" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Odinsovo filiali kompleksi boshqaruvchisi


7. D.A. Hidoyatov

-

Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari

8. M.T. Baqoyev

-

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori

   

Izoh. Tashkiliy qoʻmita a’zolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 12 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 18 fevral, 7-son, 114-modda