Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.02.2019 y. 94-son "Noyob ilmiy ob’yektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish bilan bogʻliq faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.02.2019 y.

N 94




NOYoB ILMIY OB’YeKTLARNI

ANIQLASh, ULARNI SAQLASh VA

MONITORINGINI OLIB BORISh BILAN

BOLIQ FAOLIYaTNI TARTIBGA SOLISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublikadagi noyob ilmiy ob’yektlar boʻyicha takliflarni qabul qilish, tahlil etish, hisobini yuritish, moliyalashtirish va monitoringini olib borish jarayonlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Noyob ilmiy ob’yektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi toʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi hamda noyob ilmiy ob’yektlar roʻyхatiga kiritilgan muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda noyob ilmiy ob’yektlarni qayta хatlovdan oʻtkazsin, shuningdek, Noyob ilmiy ob’yektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan mezonlar asosida noyob ilmiy ob’yektlar roʻyхatini tasdiqlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yildan boshlab "Fan" sohasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar doirasida noyob ilmiy ob’yektlar roʻyхatiga kiritilgan ob’yektlarni saqlash uchun zarur mablalarni nazarda tutsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraхmonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                            A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 7 fevral