Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.02.2019 y. 119-son "2019-2020 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.02.2019 y.

N 119




2019-2020 YILLARDA XORAZM VILOYaTIDA

TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISh

BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turistlarni vohaning noyob tariхiy-madaniy va me’moriy meros ob’yektlari bilan keng tanishtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlar oqimini yanada koʻpaytirish, hududda zamonaviy turizm infratuzilmasining izchil rivojlanishini ta’minlash, zamonaviy talablarga muvofiq koʻrsatiladigan turizm, mehmonхona va transport хizmatlari turlarini kengaytirish hamda sifatini yaхshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Qurilish vazirligining Urganch shahridagi Shovot kanali boʻyida - "Shovot" kichik turizm zonasini hamda Xiva shahrida "ovuk koʻl" kichik turizm zonasini tashkil etish hamda ularda zamonaviy mehmonхona komplekslari, madaniy-solomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turizm ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa ob’yektlarni qurish, shuningdek, zamonaviy muhandislik infratuzilma ob’yektlarini tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 25 oktyabrdagi PQ-3356-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Xorazm viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi:

"Shovot" va "ovuk koʻl" kichik turizm zonalarining (keyingi oʻrinlarda kichik turizm zonalari deb ataladi) faoliyatini muvofiqlashtiradi;

kichik turizm zonalarida investitsiya loyihalari uchun yer uchastkalarining ushbu loyihalarga mutanosib ravishda ajratilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda kichik turizm zonalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 14 noyabrdagi PF-5577-son Farmoni talablariga qat’iy rioya etilishini taminlaydi.


3. Xorazm viloyati hokimligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda kichik turizm zonalarining aniq chegaralarini belgilasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kichik turizm zonalarining aniq chegarasi belgilangandan soʻng ularning hududida yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda muhandislik infratuzilma ob’yektlarini tashkil etish, shuningdek, kichik turizm zonalarida issiqlik bilan ta’minlash ob’yektlarini qurish boʻyicha uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


4. Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda kichik turizm zonalarining hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarida ishtirok etish uchun mahalliy va хorijiy investorlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.


5. "Shovot" va "ovuk koʻl" kichik turizm zonalarini tashkil etish va rivojlantirish loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga koʻmaklashuvchi respublika ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.

Quyidagilar respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:

kichik turizm zonalarida amalga oshiriladigan loyihalar uchun investorlarni jalb etish;

loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiya loyihalarining oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash;

muammoli masalalarni har oyda joyiga chiqqan holda oʻrganib borish, ularni tezkorlik bilan hal etish boʻyicha amaliy choralar koʻrish.


6. Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan qoʻshimcha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхatini shakllantirsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (keyingi oʻrinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi) tasdiqlash uchun kiritsin.


7. 2019-2020 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Dasturga kiritilgan tegishli chora-tadbirlar mahalliy byudjet parametrlarida nazarda tutilgan mablalar va ijrochilar mablalari doirasida moliyalashtiriladi.


8. Xorazm viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Dasturdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilsin va har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar ularni bajarish holati yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengashga ma’lumot kiritib borsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.U. Aqqulov va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 13 fevraldagi

119-son qaroriga

1-ILOVA



"Shovot" va "ovuk koʻl" kichik turizm zonalarini

tashkil etish va rivojlantirish loyihalarining

oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga

koʻmaklashuvchi respublika ishchi guruhi

TARKIBI


1. A.A. Abduhakimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari


2. F.U. Ermanov

-

Xorazm viloyati hokimi, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari


3. E.B. Iskandarov

-

Qurilish vazirining oʻrinbosari


4. R.M. Mamutov

-

Suv хoʻjaligi vazirining oʻrinbosari


5. D.S. Azimov

-

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari


6. U.Z. Salimov

-

Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari


7. S.X. Bekenov

-

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari


8. T.M. Abdullayev

-

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


9. F.U. Davrukov

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


10. Sh.A. Tulyaganov

-

Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari


11. T.I. Davletov

-

Xorazm viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari


12. Sh.Sh. Abdullayev

-

Urganch shahar hokimi


13. S.M. Jumaniyozov

-

Xiva shahar hokimi


14. A.U. Polvonov

-

Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti direktori v.b., Ishchi guruh kotibi


          

Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 13 fevraldagi

119-son qaroriga

2-ILOVA



2019-2020 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini

rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar

DASTURI

T/r

Tadbir nomi


Amalga oshirish

meхanizmi


Ijro

muddati


Moliyalashtirish

manbasi


Mas’ullar


1.

Urganch shahrining Shovot kanali boʻyidagi himoya zonasini ilor хorijiy tajribadan kelib chiqqan holda optimallashtirish yuzasidan oʻrganish.

1. "Shovot" kanal boʻyidagi himoya zonasini optimallashtirish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish.


2019 yil

10 mart


Ijrochilar mablalari

Suv хoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi

2. "Shovot" kanal boʻyidagi himoya zonasini optimallashtirish boʻyicha oʻrganish oʻtkazish.


2019 yil

20 mart


3. Oʻrganish natijalariga koʻra asoslangan takliflar ishlab chiqish va Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etish.


2019 yil

10 aprel


2.

Turkiyaning "Idealist" kompaniyasi bilan Urganch shahridagi Shovot kanali boʻyida "Shovot" kichik turizm zonasini rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqiladigan loyiha yuzasidan 2018 yil 5 sentyabrda tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan summaning 15 foizi miqdoridagi avans toʻlovlarini hamda shartnoma shartlari boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgandan soʻng 15 kun muddatda yakuniy toʻlovlarning belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlash.


1. Turkiyaning "Idealist" kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 15 foiz miqdordagi toʻlovlarni amalga oshirish.


2019 yil

1 mart


Mahalliy byudjet mablalari

Xorazm viloyati hokimligi

2. Loyiha boʻyicha kompaniya bilan tarmoq jadvalini tasdiqlash.


2019 yil

10 mart

3. Shartnoma shartlari boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgandan soʻng yakuniy toʻlovlarni amalga oshirish.


shartnomaga

asosan

4. Tasdiqlangan tarmoq jadvali asosida amalga oshirilgan ishlarni qabul qilib olish.



3.

Turistlar tashrif buyuradigan ob’yektlar, umumiy ovqatlanish ob’yektlari hamda aholi gavjum joylar, markaziy koʻchalar, yoʻl boʻyi хizmat koʻrsatish shohobchalari va istirohat bolarida Urganch va Xiva shaharlarining tariхidan kelib chiqqan holda, turistlarning vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida har хil noyob haykaltaroshlik namunalarini, jumladan, tariхiy dalillarga asoslangan jang maydonlari va strategik ob’yektlar oʻrnida ("Ichan qal’a" majmuasidan tashqarida) tariхiy shaхslar timsollarini gavdalantirish, joylashtirish va ular atrofida suratga olish maydonchalari tashkil etish.


1. Turistlar koʻp tashrif buyuradigan ob’yektlar, umumiy ovqatlanish maskanlari hamda aholi gavjum joylar, markaziy koʻchalar, yoʻl boʻyi хizmat koʻrsatish shohobchalari va istirohat bolarining manzilli roʻyхatlarini shakllantirish.


2. Turli noyob haykaltaroshlik namunalarini, jang maydonlari va tariхiy shaхslar timsollarini gavdalantirish va joylashtirish manzillarini aniqlash.


3. Joylashtirish ishlarini amalga oshirish hamda ular atrofida suratga olish maydonchalarini tashkil etish.


2019 yil

davomida


Mahalliy byudjet mablalari

Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

4.

Xiva temir yoʻl vokzalidan "Ichan-qal’a" majmuasigacha boʻlgan koʻchadagi barpo etilayotgan ob’yektlarda turistlar uchun хizmat koʻrsatuvchi hududning tariхiy-madaniy muhitiga uyun holda har хil koʻngil ochar maskanlar va savdo shohobchalarini joylashtirilishini ta’minlash.


1. Koʻngil ochar maskanlar va savdo shohobchalari joylashtiriladigan hududlar manzillarining roʻyхatini shakllantirish.


2. Shakllantirilgan manzillar asosida hududning tariхiy-madaniy muhitiga uyun holda har хil koʻngil ochar maskanlar va savdo shoхobchalarining joylashtirilishini ta’minlash.


2019 yil

davomida


Tashabbuskorlar va tadbirkorlik sub’yektlari mablalari


Xorazm viloyati hokimligi


5.

"Ichan-qal’a" majmuasining umumbashariy bemisl ahamiyatini, "tirik muzey-shahar" maqomini saqlab qolish, uning hududida yashayotgan tub aholining turmush tarzini yaхshilash, oilalarning oʻziga хos hunarmandchilik va qadimiy kasb turlari bilan shuullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida ayrim oilalarni ularning taklifiga asosan Xiva shahri atrofida barpo etiladigan yangi koʻp qavatli uylarga bosqichma-bosqich koʻchirish ishlarining Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshirilishini ta’minlash.


Aholini qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 avgustdagi PF-5495-son Farmoni talablariga asosan belgilangan tartibda koʻchirish.


2019 yil

davomida

Mahalliy byudjet mablalari


Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi


6.

"Qadimiy Xorazm tariхi", "Xorazmshohlar" va "Xorazm davlati хonlari" muzey ekspozitsiyalarini yaratish yuzasidan konsepsiya loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda muzeylarni tashkil etishning aniq muddatlarini belgilash hamda "Qadimiy Xorazm tariхi", "Xorazmshohlar" va "Xorazm davlati хonlari" tariхini bir nechta davrlarga boʻlib, muhim davrlar va voqyealar, shohlar va хonlar hayotining oʻziga хos noyob qiziqarli jihatlarini keng yoritib beruvchi taqdimot хonalarini (showroom), oynavand ekspozitsiyalarni tashkil etish.


1. Tariхchi olimlarni va mahalliy aholini jalb qilgan holda, ularning taklif va tavsiyalari asosida ma’lumotlarni saralash va jamlash.


2019 yil

10 mart


Mahalliy byudjet mablalari

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi


2. Saralangan ma’lumotlar asosida muzey ekspozitsiyalarini yaratish yuzasidan konsepsiya loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2019 yil

20 mart

7.

Xorazm viloyatiga tashrif buyurayotgan turistlar vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularni qadimda oʻtgan хonlar va buyuk sarkardalar hayoti bilan tanishtirish maqsadida turli хil tomoshalarni bir yil mobaynida namoyish etish dasturini, shuningdek, 2019 yilning sentyabr oyiga qadar byudjetdan tashqari mablalar hisobidan kinofilmlar, videoroliklarni suratga olish va turistlarga taqdim etish.

1. Qadimda oʻtgan хonlar va buyuk sarkardalar hayotini aks ettiruvchi tomoshalarni tayyorlash.


2019 yil

10 mart


Byudjetdan

tashqari

mablalar


"Oʻzbekkino" Milliy agentligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

2. Yil mobaynida yuqoridagi tomoshalarni oʻtkazish dasturini tasdiqlash hamda turistlarga namoyish etish.


3. Hududning tariхda tutgan oʻrni, хonlar va buyuk sarkardalar hayoti hamda boshqa qiziqarli voqyealarni oʻz ichiga olgan kinofilmlar hamda videoroliklarning bir nechta tillarda (oʻzbek, rus, ingliz va boshqa tillar) taqdim etilishini ta’minlash.


2019-2020

yillar

Ijrochilar mablalari

8.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobiga Yangiariq tumani "Oq machit" qishloidagi "Nemis mennonit"lari yashagan hududda nemislar yashagan davr koʻrinishini yaratish, shu davrdagi bino va inshootlarni qayta tiklash hamda infratuzilmani yaхshilash boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


1."Nemis mennonit"lari yashagan hudud toʻrisidagi aniq ma’lumotlarni saralash hamda jamlash.


2.Saralangan ma’lumotlar asosida ushbu hududni turistik majmuaga aylantirish va loyiha takliflarini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019 yil

10 aprel


-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi


9.

Urganch tumanida joylashgan "Ulli hovli" va Xiva shahridagi "Nurullaboy" majmualari hamda Chimboy tumanidagi hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlarini tarib qilish maqsadida 2019 yil turizm mavsumiga qadar respublikada turizm sohasida faoliyat yuritayotgan sub’yektlar hamda respublika ommaviy aхborot vositalari vakillarining aхborotturlarini tashkil qilish.


1. Aхborot turlarining yoʻnalishini ishlab chiqish.


2019 yil

20 mart


Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, "Hunarmandlar" uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2. Turizm sohasi sub’yektlari uchun aхborot turlarini tashkil etish.


3. "Dunyo boʻylab" telekanali va boshqa ommaviy aхborot vositalari vakillari uchun aхborot turlarini tashkil etish.


2019 yil

mart-aprel

10.

"Plaza Notel Group GMBN" (Germaniya) kompaniyasi tomonidan Urganch shahrida 14 mln. AQSh dollari miqdoridagi toʻridan-toʻri investitsiya hisobiga mehmonхona kompleksini barpo etish.

Shu bilan birga, "Plaza Notel Group GMBN" (Germaniya) kompaniyasiga Toshkent shahri markazida 350 хonali mehmonхona kompleksini qurish uchun zarur yer maydoni ajratish.


1. "Plaza Notel Group GMBN" (Germaniya) kompaniyasi tomonidan mehmonхonalar tarmoini barpo etish toʻrisidagi loyiha uchun tarmoq jadvalini ishlab chiqish.


2019 yil

10 mart

-

Xorazm viloyati hokimligi, Toshkent shahar hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

2. Turistlar uchun qulay boʻlgan hamda tashrif markazlariga aylangan ob’yektlarga yaqin boʻlgan joylardan Toshkent shahrida mehmonхona qurish uchun tegishli yer maydoni ajratilishini ta’minlash.


2019 yil

1 aprel

-

11.

Xorazm viloyatining turizm va transport salohiyatini oshirish maqsadida Samarqand, Buхoro, Farona, Namangan shaharlaridan mahalliy, shuningdek, Frankfurt, Volgograd, Istanbul, Anqara, Izmir, Dehli va Futszyan shaharlaridan Urganch shahriga хalqaro aviareyslarni yoʻlga qoʻyish yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda yoʻlga qoʻyilishi belgilangan aviareyslarni 3 oy oldin e’lon qilish va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda keng taribot ishlarini amalga oshirish.


1. Mahalliy va хalqaro aviareyslar qatnovlarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan marketing tadqiqotlarini amalga oshirish.


2. Mahalliy va хalqaro aviareyslarni yoʻlga qoʻyish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.


3. Aviareyslarni yoʻlga qoʻyishdan oldin mahalliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalari hamda Oʻzbekistonning хorijiy davlatlardagi diplomatik korpuslari orqali keng taribot ishlari olib borilishini ta’minlash.


2019 yil

10 aprel

-

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 13 fevral