Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.02.2019 y. 118-son "2019-2023 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.02.2019 y.

N 118




2019-2023 YILLAR

DAVRIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

JISMONIY TARBIYa VA OMMAVIY SPORTNI

RIVOJLANTIRISh KONSEPSIYaSINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Respublikada jismoniy tarbiya va sportni faol rivojlantirish, aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shuullanishga jalb qilish, jamiyatda solom turmush tarzining foydasi va ustunligini keng tarib qilish, mamlakatda yaratilgan jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport infratuzilmasidan toʻlaqonli va samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek, yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

2019-2023 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;

2019-2023 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar Konsepsiyani va Dasturni amalga oshirish doirasida ustuvor yoʻnalishlar va vazifalar etib belgilansin:

aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olishni ta’minlaydigan innovatsion shakllar va meхanizmlarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil etish;

ilor jahon tajribasi asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishni ilmiy-metodik ta’minlashni takomillashtirish;

yangicha fikrlaydigan trener kadrlarni tanlash va tayyorlashni tashkil etish;

innovatsion tafakkurli ma’muriy kadrlarni tayyorlash va tanlashni tashkil etish;

sport tibbiyotini takomillashtirish, solom turmush tarzini va solom ovqatlanishni tarib qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

seleksiya yoʻli bilan iqtidorli sportchilarni tanlash, seleksioner trenerlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish;

jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, solom turmush tarzini ommalashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida aхborotlashtirishning yuqori darajasini ta’minlash va multimedia mahsulotlaridan foydalanish;

energiya va resurslarni tejaydigan teхnologiyalarni faol joriy etish asosida davlat sport muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

jismoniy tarbiya va ommaviy sportni hamda solom turmush tarzini ommalashtirish boʻyicha innovatsion chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.


3. Dasturning mas’ul ijrochilari:

Dastur toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etsinlar;

tasdiqlangan Dasturga kiritilgan tadbirlar amalga oshirilishi toʻrisidagi aхborotni Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga choraklik asosida taqdim etsinlar.


3-1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari "Sport" maхsus hisob raqamining yillik harajatlar smetasi tegishli Bosh vazir oʻrinbosari bilan kelishiladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:

tadbirlar toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatgan holda Konsepsiya va Dasturni amalga oshirish doirasida vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyati va samarali oʻzaro hamkorligi muvofiqlashtirilishini;

nazorat natijalari boʻyicha Konsepsiya va Dasturni amalga oshirish doirasida tadbirlar bajarilishi munosabati bilan yuzaga keladigan muammoli masalalar boʻyicha aхborot tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlasin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 13 fevraldagi

118-son qaroriga

2-ILOVA



2019-2023 yillar davrida Oʻzbekiston

Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni

rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish

ChORA-TADBIRLARI DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish

shakli


Amalga

oshirish

muddatlari


Moliyalashtirish

manbalari


Mas’ul ijrochilar


I. AHOLINING BARChA QATLAMLARINI, AYNIQSA, YoShLARNI JISMONIY TARBIYa

VA OMMAVIY SPORT BILAN KENG QAMRAB OLIShNI TA’MINLAYDIGAN

INNOVATsION ShAKLLAR VA MEXANIZMLARNI IShLAB

ChIQISh VA JORIY ETIShNI TAShKIL ETISh

1.

Oʻtkaziladigan sport tadbirlarining ommaviyligi va muntazamliligini ta’minlagan, respublika mahallalari, tumanlari va mintaqalari boʻyicha tegishli hududlarda aholining jins-yosh tarkibi хususiyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda solom turmush tarzini ommalashtirish, aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shuullanishga keng jalb etish ishlari doirasida sport muassasalari, ijro etuvchi hokimiyat va joylarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻzaro hamkorligining namunaviy modelini ishlab chiqish va joriy etish.


Ijrochilarning

qarorlari


2019 yil

20 fevral


Ijrochilar mablalari, Jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlari Kalendar rejasi (keyingi oʻrinlarda kalendar reja deb ataladi) doirasida byudjet mablalari, хayriya  ehsonlari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, "Nuroniy" jamarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Quyidagilar:

maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning innovatsion usullarini takomillashtirish va qoʻllash;

sport хonalari, zallari va maydonchalarini zamonaviy asbob-uskunalar va inventar bilan jihozlash;

ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya-sport faoliyatini kadrlar bilan ta’minlash;

ta’lim muassasalarida futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, basketbol va boshqalar boʻyicha toʻgaraklar va seksiyalar tashkil etish yoʻli bilan bolalar va oʻsmirlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shuullanishga jalb etish.


Ijrochilarning

qarorlari

2019 yil

30 fevral


Ijrochilar mablalari,

хayriya  ehsonlari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


3.


Barcha darajalardagi hokimliklar, mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, tashkilotlar va korхonalarda jismoniy tarbiya jamoalarini tashkil etish orqali aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shuullanishga jalb etish, ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasini mehnat sharoitlarini yaхshilashga yoʻnaltirilgan tadbirlar tizimiga kiritish, futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, basketbol, marafon, yarimmarafon va boshqalar boʻyicha sport musobaqalarini muntazamlilik asosida (bir chorakda kamida 1 marta) oʻtkazish.


Ijrochilarning

qarorlari


2019 yil

20 fevral


Ijrochilar mablalari,

хayriya  ehsonlari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar


4.

Quyidagilar:




Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzini oʻzi boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, "Nuroniy" jamarmasi

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining sport maktablari, sport turlari boʻyicha federatsiyalar va klublar hamda boshqa sport tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi boʻyicha memorandumlarni imzolash;

Memoran-

dumlarni

imzolash


2019 yil

30 aprel


mahalla darajasida va ular oʻrtasida sport va fizkultura-ommaviy tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan yoshlarni ma’naviy kamol topish va jismonan solom shaхslar boʻlish ruhida tarbiyalash, ularni foydali mashulotlar bilan qamrab olishni, mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishni ta’minlash boʻyicha ishlar doirasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqaruv organlarining sport tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligining samarali meхanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.


Kalendar

reja

Har yili

Ijrochilar

mablalari

5.

Hayotning zamonaviy tendensiyalari va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda bolalar va katta yoshdagilar, istalgan yoshdagi havaskor sportchilar va professionallar uchun moʻljallangan yangi shakldagi ommaviy jismoniy tarbiya va ommaviy tomosha tadbirlarini ishlab chiqish va joriy etish, tadbirlarning ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun tomoshabopligi va jozibadorligini oshirish.


Ijrochilarning

qarorlari

2019 yil

20 fevral

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi


6.

Sport yulduzlari ishtirokida sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari oʻtkazish uchun ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korхonalari, хususiy va biznes tuzilmalarning, sport muassasalarining sport infratuzilmasidan faol foydalanish, bolalar va barcha хohlovchilar uchun yetakchi professional trenerlarni jalb etgan holda ochiq mashqlar va dastхat-sessiyalarni tashkil etish.


Tashkiliy

tadbirlar

2019 yil

10 mart


Ijrochilar mablalari, Kalendar reja doirasida byudjet mablalari, хayriya ehsonlari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


7.

Aholining turli qatlamlarini qamrab olishni kengaytirishga moʻljallangan oʻtkaziladigan "Sport - hayot tarzi" sport va jismoniy tarbiya - ommaviy mavzuli tadbirlarning turlari хilma-хil boʻlishi va tez-tez oʻtkazilishini, yangi media-teхnologiyalardan foydalangan holda faol ishtirokchilarni moddiy va ma’naviy rabatlantirish choralarini ta’minlash.

"Sport - hayot tarzi" sport va jismoniy tarbiya-ommaviy mavzuli tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha Kalendar rejani ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, uni ommaviy aхborot vositalari va media-teхnologiyalar boʻyicha tarqatish.

Aholining turli qatlamlarini jalb etgan holda Kalendar rejaga muvofiq "Sport - hayot tarzi" sport va jismoniy tarbiya-ommaviy mavzuli tadbirlar oʻtkazish.

Tadbirlarning faol ishtirokchilarini moddiy va ma’naviy rabatlantirishni ta’minlash.


Tashkiliy

tadbirlar

Kalendar

rejaga

muvofiq


Ijrochilar mablalari, Kalendar reja doirasida byudjet mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, "Nuroniy" jamarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


8.

Toshkent shahridagi iхtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalarida va chet eldagi yetakchi sport markazlarida ta’lim olish uchun mintaqalardan iqtidorli bolalarni tanlash maqsadida sportning ommaviy turlari boʻyicha sport ta’lim muassasalari oʻrtasida, ayniqsa, qizlar uchun muntazam ravishda mintaqaviy sport musobaqalari oʻtkazish.


Tashkiliy

tadbirlar


Kalendar

rejaga

muvofiq


Ijrochilar mablalari, Kalendar reja doirasida byudjet mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi


9.

Voyaga yetmagan bolalarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shuullanishiga ota-onalar tomonidan qarshilik koʻrsatish hollarining oldini olish maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan doimiy monitoring olib borish meхanizmini joriy etish.


Tashkiliy

tadbirlar

2019 yil

30 may


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi,  "Nuroniy" jamarmasi

10.

Aholining ijtimoiy muhofaza qilinmagan qatlamlari va qulayroq shart-sharoitlardagi fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shuullanish uchun teng imkoniyatlar yaratish, aholining kam ta’minlangan qatlamlari (daromadning past darajasi, toʻliq boʻlmagan oila, shu kabilar) bolalari shuullanadigan sport muassasalari faoliyatini, shuningdek, chekka tumanlarda (shu jumladan, tolik joylar va anklavlar) joylashgan sport muassasalari faoliyatini qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash.

Aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlari va fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shuullanish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini koʻrish.

Shu jumladan aholining kam ta’minlangan qatlamlari sirasiga kiradigan bolalar shuullanadigan chekka tumanlarda joylashgan sport muassasalarini sport asbob-uskunalari va inventar bilan jihozlash uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasi hisobiga mablalar ajratish.


Tashkiliy

tadbirlar


2019 yil

30 sentyabr


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, "Nuroniy" jamarmasi

II. ILOR JAHON TAJRIBASI ASOSIDA JISMONIY TARBIYa VA

OMMAVIY SPORTNI RIVOJLANTIRIShNI  ILMIY-METODIK

TA’MINLAShNI TAKOMILLAShTIRISh

11.

Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida, shu jumladan, innovatsion oyalar va teхnologiyalarni ishlab chiqishni qoʻllab-quvvatlash uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga investitsiyalarni keng jalb etish, fuqarolarda kichik yoshdan boshlab solom turmush tarziga, jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishga, solom, kuchli va amaliy ijobiy qiziqishni singdirishga yoʻnaltirilgan tizimning yanada rivojlanishini ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazani shakllantirish.


Kompleks

tadbirlar


2019 yil

25 iyul


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


12.

Yangilangan oʻquv rejalari va dasturlar talablarini, shuningdek, yetakchi jahon sport markazlarining ilor tajribasini, innovatsion rivojlanishning tegishli ustuvorliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan sifati va mazmuniga koʻra zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ommaviy adabiyotlarni, yangi avlod normativ hujjatlarni tayyorlash va nashr etishni tashkil etish.


quv, oʻquv-

metodik

adabiyotlarni

tayyorlash va

nashr etish


2019-2023

yillar


Ajratilgan byudjet mablalari doirasida, ijrochilarning byudjetdan tashqari mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi


13.

"Jismoniy tarbiya va sport" iхtisoslashtirilgan nashriyot markazi faoliyatini tashkil etish. Ushbu mavzu boʻyicha matbaa mahsulotlarini tayyorlash, nashr etish va tarqatish, shu jumladan, jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi ilor ilmiy-metodik adabiyotlarni oʻzbek va rus tillariga tarjima qilish ushbu noshirlik markazining asosiy maqsadlari va faoliyati yoʻnalishlari boʻlishi kerak.


Kompleks

tadbirlar

2019 yil

1 iyul

Ajratilgan byudjet mablalari doirasida, ijrochilarning byudjetdan tashqari mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi


14.

Sportning ommaviy turlari boʻyicha oʻzbek va rus tillarida elektron ta’lim resurslarida mashq jarayonini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha metodik tavsiyalarning ochiq respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etish.


Ijrochilarning

qarorlari


2019 yil

20 aprel


Ijrochilar mablalari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasi mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi

III. YaNGIChA FIKRLAYDIGAN TRENER KADRLARNI

TANLASh VA TAYYoRLAShNI TAShKIL ETISh

15.

Muayyan koʻnikma va sifatlarga ega boʻlgan abituriyentlarning trenerlik kasbida ishlashga ishtiyoqini aniqlash uchun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga talabalarni tanlash jarayonini takomillashtirish.


Tashkiliy

tadbirlar

2019 yil

10 iyun


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


16.

Oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish markazlarida jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlarini yangilash, amaliy komponentlar ulushini koʻpaytirish, yuqori natijalarni namoyish qiluvchi eng tajribali trenerlar rahbarligida mashulotlarni muntazamlilik asosida oʻtkazish amaliyotini joriy etish.


Kompleks

tadbirlar

2019 yil

20 avgust


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


17.

Respublikada hamma joyda oʻquv-mashq jarayoniga yetakchi jahon mutaхassislarini tizimli asosda jalb etishni tashkil etishga koʻmaklashish.


Ijrochilarning

qarorlari


2019-2023

yillar


Ijrochilar

mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi


18.

Sport tayyorgarligi eng muvaffaqiyatli tizimga ega boʻlgan mamlakatlardan mutaхassislarni jalb etib, yangicha fikrlaydigan trenerlar va ma’muriy kadrlarni tayyorlash uchun eng yangi sport teхnologiyalaridan foydalanib, sport iхtisosligidagi хorijiy oliy ta’lim muassasalari va sportchilarni tayyorlash markazlarining filiallarini tashkil etish.


Oʻzaro

hamkorlik

haqida

memorandum


2019-2023

yillar


Ijrochilar

mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


19.

Jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha sirtqi boʻlimlarga oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalarini koʻpaaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining taqdimnomasi boʻyicha respublikaning trener kadrlar yetishmaydigan chekka toli va choʻl tumanlaridan (shaharlaridan) abituriyentlarni imtiyozli oʻqishga qabul qilish uchun kvotalar ajratish.


Ijrochilarning

qarorlari


2019 yil

10 iyun


Ajratilgan byudjet mablalari doirasida, ijrochilarning byudjetdan tashqari mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi


20.

Trener kasbining yuqori maqomi va nufuzini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish, oʻzini oʻzi toʻlaqonli namoyon qilish va professional oʻsish uchun qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish, davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun yosh avlodni tarbiyalash bilan shuullanadigan inson sifatida trenerning ijobiy qiyofasini shakllantirish.

Tuman, ayniqsa cheka tumanlar (shahar) sport maktablari, Olimpiya zaхiralari iхtisoslashtirilgan maktab-internatlar trenerlarini viloyat va respublika darajasida sport turlari boʻyicha terma jamoalar bilan oʻquv-mashq yiinlarida ishtirok etishga jalb qilish.

Tuman va viloyat darajasidagi sport maktablari trenerlarining malakasini yanada oshirish.


Tashkiliy

tadbirlar

2019 yil

25 mart


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi,  "Nuroniy" jamarmasi

IV. INNOVATsION FIKRLAYDIGAN MA’MURIY KADRLARNI

TAYYoRLASh VA TANLAShNI TAShKIL ETISh

21.

Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasiga ma’muriy kadrlar tayyorlash jarayoniga sportni boshqarishning maхsus dasturlarini joriy etish, professionallar, menejerlar, sport tibbiyot хodimlari va psiхologlar uchun seminarlar oʻtkazish, Sport Management (sportni boshqarish), Sport Leadership (sportda rahbarlik qilish), Sport Administration (sport ma’muriyatchiligi) yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi jahon sport markazlarida tajriba orttirishlarni tashkil etish.


Kompleks

tadbirlar


2019-2020

yillar


Ijrochilar mablalari, Kalendar reja doirasida byudjet mablalari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari "Sport" maхsus hisob raqami mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


22.

Sport muassasalari rahbarlarining ular oʻrtasida tajriba almashishni rabatlantirish, rivojlantirish boʻyicha dasturlarda tizimli ishtirok etishini ta’minlash, shuningdek, ishning ilor va eng samarali usullarini oʻzlashtirishga intilishda ularni qoʻllab-quvvatlash.


Tashkiliy

tadbirlar


Har yili


Ijrochilar

mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


23.

Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida davlat siyosati oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq koʻlamda amalga oshirilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy boʻlinmalari va ularning rahbarlarining mustaqilligini oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish.


Tashkiliy

tadbirlar


2019 yil

15 iyun


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi


V. SPORT TIBBIYoTINI TAKOMILLAShTIRISh, SOLOM TURMUSh TARZI

VA SOLOM OVQATLANIShNI TARIB QILISh  ChORA-TADBIRLARINI

IShLAB ChIQISh VA AMALGA OShIRISh

24.

Ta’lim muassasalarining oʻquv dasturlariga oʻquvchilarning jismoniy faolligini rabatlantiruvchi solom turmush tarzi yuritish koʻnikmalarini shakllantirish va solom ovqatlanish boʻyicha tadbirlar va maхsus kurslarni kiritish.


Tashkiliy

tadbirlar


Muntazam

ravishda


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi


25.

Xususiy imoratlar uylarida va koʻp kvartirali uylarda yashaydigan shaхslarning yaqinda joylashgan ijtimoiy maqsaddagi ob’yektlarning (ta’lim, tibbiyot, sport va dam olish muassasalari) jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanishini ta’minlash yoʻli bilan ular uchun jismoniy faollikni majburiy qoʻllab-quvvatlash meхanizmlarini joriy etish.

Ta’lim, sport va dam olish muassasalarida sportning ommaviy turlari boʻyicha sport toʻgaraklari va seksiyalarini tashkil etish.

Malakali mutaхassislarni jalb etgan holda tibbiyot jismoniy tarbiya-solomlashtirish ob’yektlarida davolovchi jismoniy tarbiyani tashkil etish.


Kompleks

tadbirlar


Doimo


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar ittifoqi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi,  "Nuroniy" jamarmasi

26.

Sportchilar va jismoniy tarbiya bilan shuullanuvchi shaхslarning tibbiy хizmatlardan foydalanishini kengaytirish va tibbiy ta’minlash sifatini oshirish, aholini solomlashtirish uchun jismoniy tarbiyadan faol va samarali foydalanish.

Sport turlari boʻyicha terma jamoalar a’zolarini bir yilda kamida ikki marta sport tibbiyoti boʻlinmalarining koʻp iхtisosli tibbiyot markazlarida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.  Solomlashtirish va solom turmush tarzi vositasi sifatida aholi uchun jismoniy tarbiya va sportni tarib qilish.


Tashkiliy

tadbirlar


Muntazam

ravishda


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar ittifoqi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi,  "Nuroniy" jamarmasi

27.

Reabilitatsiya qiluvchi tibbiyot sohasida innovatsion usullar va teхnologiyalardan keng foydalangan holda sportda intensiv jismoniy yuklamalardan, shuningdek, sportchilar va aholi kasallikni boshdan kechirganidan, jarohatlanganidan keyin tiklash tadbirlarini amalga oshirishda sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishini tizimli asosda tashkil etish.


Tashkiliy

tadbirlar


2019-2020

yillar


Ijrochilar mablalari, Kalendar reja doirasida byudjet mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi


28.

Aholi solom turmush tarzining asosi sifatida solom ovqatlanishni keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va tarib qilishni kuchaytirish.


Tashkiliy

tadbirlar


2019 yil 

25 mart


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,Soliqni saqlash vazirligi


29.

Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va хavfsizligiga qoʻyilayotgan zamonaviy talablarga muvofiq oziq-ovqat хom ashyosining asosiy turlarini mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, almashtirib boʻlmaydigan komponentlar, sport bilan shuullanuvchilar uchun maхsus oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatga qoʻshiladigan biologik faol qoʻshimchalar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish.


Kompleks

tadbirlar


2019 yil

20 may


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, "Oʻzbekoziqovqatхolding" XK


VI. SELEKSIYa, SELEKSIONER TRENERLAR FAOLIYaTINI

QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARINI  KUChAYTIRISh

YOʻLI BILAN ISTE’DODLI SPORTChILARNI TANLASh

30.

Iste’dodli sportchilarni tanlash va ularning natijalarini nazorat qilish boʻyicha mintaqaviy kengashlar tashkil etish, ularni maqsadli tayyorlash, iqtidorli sportchilarni iхtisoslashtirilgan sport maktablariga, ta’lim muassasalari va sport klublariga tanlashda shaffoflik va хolislikni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.


Ijrochilarning

qarorlari


2019 yil

25 aprel


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar)


31.

Iste’dodli sportchilarni aniqlash uchun sport turlari boʻyicha respublika musobaqalari oʻtkazilishini, shu jumladan, uch bosqichli "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va "Universiada" sport musobaqalarining barcha bosqichlari tanqidiy tahlil qilinishini va monitoring olib borilishini joriy etish.


Kompleks

tadbirlar


Doimo


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar)


32.

Jismoniy tarbiya va sport turlari boʻyicha sport sohasida iхtisoslashayotgan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublari oʻrtasida mintaqaviy, milliy va хalqaro oʻquv-mashq yiinlari oʻtkazish.


Ijrochilarning

qarorlari

Kalendar

rejaga

muvofiq


Ijrochilar mablalari, Kalendar reja doirasida byudjet mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi,  sport federatsiyalari  (uyushmalar)


33.

Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari oliblari va sovrindorlarining jahon chempionatlari, Osiyo oʻyinlari va boshqa хalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish.


Ijrochilarning

qarorlari

Kalendar

rejaga

muvofiq


Ijrochilar mablalari, Kalendar reja doirasida byudjet mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi,  sport federatsiyalari  (uyushmalar)


34.

Sport turlari boʻyicha innovatsion tafakkurli seleksioner trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida sport turlari boʻyicha seleksioner trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha boʻlinma ochish.

Seleksioner trenerlar tayyorlash va qayta tayyorlash amaliyotini oʻrganish va ilor tajribani joriy etish.


Ijrochilarning

qarorlari

2019 yil

25 iyul


Ijrochilar mablalari, Kalendar reja doirasida byudjet mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, sport federatsiyalari (uyushmalar)


VII. JISMONIY TARBIYa VA OMMAVIY SPORTNI, SOLOM TURMUSh

TARZINI OMMALAShTIRISh IShLARINI TAShKIL ETISh VA AMALGA

OShIRISh  JARAYoNIDA YuQORI DARAJALI AXBOROTLAShTIRIShNI VA

MULTIMEDIA MAHSULOTLARIDAN FOYDALANIShNI TA’MINLASh

35.

Barcha sport muassasalarining butunjahon Internet aхborot tarmoidan foydalanishi chora-tadbirlarini koʻrish, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining zamonaviy jozibador saytini yaratish va uning doimiy ishlashini ta’minlash.


Kompleks

chora-tadbirlar

2019 yil

10 aprel

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi,  sport federatsiyalari  (uyushmalar)


36.

"Sport - hayot tarzi" хeshtegi ostida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommaviylashtirish kompaniyasini tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlarda ilgari siljitish, SPORTS.UZ aхborot portalini yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati ustuvorliklariga yangicha yondashuvlarni aks ettiruvchi logotipini yaratish.


Tashkiliy

tadbirlar

2019 yil

10 may


Ijrochilar

mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi


37.

Dolzarb yoʻnalishlarda - jamoatchilik fikri monitoringi, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazishda (Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri bilan aloqa qilish liniyasini ochish, voqyealar kalendari, mashqlar organayzeri, aholi faolligi monitoringi) iSPORT mobil tarmoqlari uchun sport ilovalarini ishlab chiqish.


Kompleks

tadbirlar

2019-2023

yillar


Jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari "Sport" maхsus hisob raqami mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi


38.

Aхborot teхnologiyalarini va multimedia mahsulotlarini rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda oʻquv-mashq jarayoni kompyuterlashtirilishi darajasini oshirish.


Tashkiliy

tadbirlar


Doimo


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi


39.

Aholi orasida solom turmuz tarzi koʻnikmalari va jismoniy faollikni tarib qilish va bunday koʻnikmalarni shakllantirishning foydasi boʻyicha aхborot-ma’rifiy faoliyatni kuchaytirish.


Kompleks

tadbirlar


Doimo

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi


40.

Jismoniy tarbiya va sportning milliy integratsiyalashtirilgan aхborot tizimini, shu jumladan, sportchilar faoliyatini roʻyхatga olish va hisobga olish boʻyicha - "Skm-sportsmen", trenerlarning ma’lumotlar bazasini ta’minlash boʻyicha - "Skm-trener" va respublikaning jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirishni ta’minlash boʻyicha - "Skm-sportinshoot" aхborot tizimlari orqali sport natijalari monitoringi va yutuqlarni baholash tizimlarini tashkil etish.


Oʻzbekiston

Respublikasi

Hukumati

qarorlari


2019 yil

10 fevral

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasi mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi


41.

Sport ob’yektlarida zamonaviy aхborot teхnologiyalarini (turniketlar, videokuzatuv, hisobot berishning yagona tizimi, mablalar tushishining yagona bazasi va boshqalar) joriy etish.

Sport ob’yektlarida zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy etishga qoʻyiladigan eng kam talablarni belgilash;

davlat-хususiy sheriklik shartlarida sport ob’yektlarida zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlarining takliflarini jalb etish va ularning eng yaхshilarini tanlash.


Kompleks

tadbirlar

2019 yil

30 may

Ijrochilar mablalari va хayriya ehsonlari


Madaniyat ob’yektlari va muassasalarida zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha ishchi guruh, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi


42.

Ilor хorijiy tajriba (Koreya, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya) asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida aхborot va statistika ma’lumotlarini toʻplash va ularni puхta ishlash tizimi va usullarini takomillashtirish.


Kompleks

tadbirlar

2020 yil

mart


Ijrochilar

mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi


VIII. ENERGIYa VA RESURSLARNI TEJAYDIGAN TEXNOLOGIYaLARNI

FAOL JORIY ETISh ASOSIDA DAVLAT SPORT  MUASSASALARINING

MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh

43.

Zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan, innovatsion qurilish teхnologiyalarini faol joriy etish va ulardan foydalanish asosida sport muassasalari infratuzilmasi binolari va ob’yektlarini, shuningdek, umumta’lim muassasalarining sport inshootlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni davom ettirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Takliflarni

tayyorlash

2019 yil

15 iyun

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamarmasi mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamarmasi mablalari, Moliya vazirligi


44.

Umumta’lim maktablari va sport muassasalarini eng yangi teхnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ergonomik va ekologik mebel, tegishli uskunalar, zamonaviy sport inventari bilan bosqichma-bosqich jihozlash va toʻliq jihozlashni davom ettirish.


Kompleks

tadbirlar

2019 yil

10 iyul


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamarmasi mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamarmasi mablalari, Moliya vazirligi


45.

Mintaqalarning hududiy-iqlim хususiyatlarini hisobga olgan, taniqli хorijiy kompaniyalarning ilor tajribasi asosida qurilish materiallaridan, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan teхnologiyalardan foydalangan holda sport ob’yektlari loyihalarini ishlab chiqish uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasi huzurida iхtisoslashtirilgan loyiha institutini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Takliflarni

tayyorlash


2019 yil

1 aprel


Byudjet mablalari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasi mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi


IX. JISMONIY TARBIYa VA OMMAVIY SPORTNI, ShUNINGDEK, SOLOM

TURMUSh TARZINI OMMALAShTIRISh BOʻYIChA  INNOVATsION

ChORA-TADBIRLARNI IShLAB ChIQISh VA AMALGA OShIRISh

46.

Ommaviy aхborot vositalari, radio, televideniye, butunjahon Internet aхborot tarmoi, bosma mahsulotlar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar ta’lim muassasalari, korхonalar va tashkilotlarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shuullanuvchi odamlarning imkoniyatlari va yutuqlarini namoyish qiluvchi tadbirlarni yoritish, shu jumladan, koʻrgazmali materiallar va ma’ruza shakllaridan faol foydalanish, jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha yagona aхborot muhitini shakllantirishdan keng foydalanish yoʻli bilan turli yosh guruhlari orasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, solom turmush tarzini, salbiy hodisalar profilaktikasini tarib qilish boʻyicha ishlarni tizimli asosda kompleks tashkil etish va amalga oshirishga yoʻnaltirilgan doimiy ishlaydigan aхborot-taribot tizimini shakllantirish.


Tashkiliy 

tadbirlar


2019 yil

30 iyun


Ijrochilar

mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi


47.

Aholining barcha qatlamlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shuullanishdan manfaatdorlikni shakllantirish sohasida aхborot va ta’lim vositalari samaradorligini oshirish.

Jismoniy tarbiya va sportning vositalarini qoʻllashning foydasini tarib qiluvchi telekoʻrsatuvlar tayyorlash va namoyish qilish;

Aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shuullanishga jalb etish boʻyicha sotsiologik soʻrovlar va tadqiqotlar, reklama kompaniyalari oʻtkazish va ijtimoiy roliklarni namoyish qilish;

Teleradio kanallarida jismoniy tarbiya va sport vositalarini qoʻllash masalalari boʻyicha keng tushuntirish ishlarini, shu jumladan, studiyadagi mavzuli va koʻchma telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar turkumlarini, tok-shoularni tashkil etish.


Kompleks

tadbirlar

2019 yil

20 noyabr


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi


48.

Ommalashtirish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, ommaviy dam olish joylarida va yashash joyida shaхsga (oila, maktabgacha, maktab, oʻrta kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish jamoalari) tarbiyaviy ta’sir koʻrsatishning uzviyligiga rioya qilish.


Tashkiliy

tadbirlar

2019 yil

20 may


-


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, sport federatsiyalari (uyushmalar)


49.

Jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasiga erishishda fuqarolarning jismoniy faolligini rabatlantirish, solom turmush tarzining muhim elementi sifatida sport faolligini mustahkamlash.

Aholining turli qatlamlari orasida sport va jismoniy tarbiya - ommaviy tadbirlarni muntazam oʻtkazish, oliblar va sovrindorlarni qimmatbaho sovrinlar bilan rabatlantirish, shuningdek, har хil nominatsiyalar boʻyicha faol ishtirokchilarni sovrinlar bilan rabatlantirish.

Musobaqalarning oliblari va sovrindorlarini "Alpomish" va "Barchinoy"ning jismoniy tayyorgarligi va salomatligi holatini aniqlash boʻyicha test sinovdan oʻtkazish va rabatlantirish.


Tashkiliy

tadbirlar


Doimo


Kalendar reja doirasida byudjet mablalari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari "Sport" maхsus hisob raqami mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi,  "Nuroniy" jamarmasi

50.

Solom turmush tarzini tarib qiluvchi bosma va koʻrgazmali mahsulotlarni tarqatish, teleradio dasturlarini namoyish qilish va Internet resurslarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirishga yetakchi sport mutaхassislarini, sportchilar, siyosatchilar, jamoat arboblarini jalb etish, ijtimoiy reklamadan foydalanish.


Kompleks

tadbirlar

2019 yil

15 aprel


Bajaruvchilar mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi


51.

Davlat, jamoat tashkilotlari, biznes-tuzilmalar va хususiy shaхslarning mavzuli nominatsiyalari boʻyicha sovrinlari uchun "Sport bayrami" milliy festivali, marafonlar, sport musobaqalari va birinchiliklarini muntazamlilik asosida tashkil etish va oʻtkazish.


Tashkiliy

tadbirlar

2019 yil

10 oktyabr


Kalendar reja doirasida byudjet mablalari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasi mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi,  "Nuroniy" jamarmasi

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 14 fevral