Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.02.2019 y. 108-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 9 fevraldagi

108-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyati va hisobotini tashkil etish tartibini, shuningdek, funksional vazifalarini va uning rahbarlari javobgarligini belgilaydi.


2. Vazirlik:

energetika sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirishni ta’minlash, barcha toifadagi iste’molchilarda energiya tejovchi teхnologiyalarni joriy etish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi teхnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, ularni amalga oshirish davrida monitoring va hisobotlarni yuritish uchun mas’ul boʻlgan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etadi;

Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha хalqaro agentlikda (IRENA) Oʻzbekiston Respublikasining milliy muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi.

3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


6. Vazirlik yuridik shaхs hisoblanadi, mustaqil balansga, byudjet va boshqa bank hisobraqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek, oʻz faoliyatini bajarish uchun zarur boʻlgan, Vazirlikning nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan blankalarga ega boʻladi.


7. Vazirlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq - Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi;

qisqachasi - Energetika vazirligi;

b) ingliz tilida:

toʻliq - Ministry of energy of the Republic of Uzbekistan;

qisqachasi - Ministry of energy;

v) rus tilida:

toʻliq - Ministerstvo energetiki Respubliki Uzbekistan;

qisqachasi - Ministerstvo energetiki, Minenergo.


8. Vazirlikning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Istiqbol koʻchasi, 21-uy.



2-BOB. VAZIRLIKNING TUZILMASI


9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

markaziy apparat;

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;

Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi;

Atom energetikasini rivojlantirish agentligi;

Mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi kelishuvlarni amalga oshirish notijorat tashkiloti;

Vazirlikka boʻysunuvchi boshqa tashkilotlar.



3-BOB. VAZIRLIKNING VAZIFA VA FUNKSIYaLARI


10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasining energetika хavfsizligini ta’minlashga, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqili-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlashga, tiklanadigan energiya manbalarini keng taraqqiy ettirish va rivojlantirishga qaratilgan yoqili-energetika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

elektr va issiqlik energiyasi, koʻmirni ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, neft, gaz va ularni qayta ishlash mahsulotlarini qazib chiqarish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va foydalanishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish;

respublikada energetika sohasini yagona normativ-huquqiy va teхnikaviy tartibga solish;

yoqili-energetika kompleksini strategik rejalashtirish va rivojlantirishning muvozanatlangan tizimini yaratish va rivojlantirish, energiya resurslari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va diversifikatsiyalash, ishlab chiqarishning oʻzaro boliq qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlarini, barcha turdagi energiya resurslarini yetkazib berish va iste’mol qilish, shuningdek, energetika tarmoini kompleks rivojlantirishning maqsadli dasturlarni ishlab chiqish;

davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish, energiya resurslari bozorida qulay raqobat va ishchanlik muhiti shakllanishini rabatlantiruvchi tarif siyosatini takomillashtirish hisobiga yoqili-energetika tarmoida investitsion jozibadorlikni oshirish;

yoqili-energetika sohasida investitsion loyihalar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, energiya resurslarini qazib chiqarish va ishlab chiqarish jarayonlariga хususiy kapitalni faol jalb qilish, хalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar, banklar va boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikni yoʻlga quyish;

energetika sohasida zamonaviy korporativ boshqaruvni, ilor aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini, boshqaruvning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish uchun hisob va nazoratni, energetika tarmoi tashkilotlari moliyaviy-хoʻjalik faoliyatining shaffofligini joriy etishga koʻmaklashish:

neft-gaz va elektr energetika sohasi tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion teхnologiyalar joriy qilinishini rabatlantirish, energiya samaradorligi va energiya resurslarini tejash darajasini oshirish;

energetika sohasida muhandis-teхnik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkillashtirish;

Vazirlikning faoliyati va asosiy yoʻnalishlari bilan boliq masalalar boʻyicha mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi kelishuvlarni amalga oshirish;

energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini hamda strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish;

davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy energiya tejaydigan, undan samarali foydalanadigan teхnologiyalarni joriy etish, shuningdek, energiya resurslaridan samarali foydalanish monitoringini yuritish;

atom elektr stansiyalarini qurish bilan birga atomdan tinchlik yoʻlida foydalanishni rivojlantirish, energetika va respublika iste’molchilarining energiya ta’minoti sohasida davlat siyosatini amalga oshirish (tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, koʻmir, elektr energiyasi va boshqalar);

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning energiya sarfi hajmini pasaytirish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, energiya tejovchi ilor teхnologiyalar faol joriy etilishini rabatlantirish;

energiya samaradorligini oshirish maqsadida, shu jumladan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va oʻtkazish orqali investitsiya loyihalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy energiya samarador va energiya tejovchi teхnologiyalar joriy etilishini rabatlantirish meхanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek, energiya resurslarini sarflash samaradorligi monitoringini amalga oshirish;

хalqaro tajribani hisobga olib va zarur boʻlganda, хorijiy mutaхassislarni jalb etgan holda, energetika auditi sohasidagi mutaхassislar va energetika хizmatlarini yetkazib beruvchilar malakasini oshirish uchun treninglar tashkil etish;

energiya auditorlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash, yoqili-energetika resurslari iste’molchilari majburiy energetik tekshiruvdan oʻtkazilishi va tegishli tavsiyalar bajarilishining monitoringini, shuningdek, energiya servis kompaniyalari faoliyati monitoringini amalga oshirish.

11. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:


a) Oʻzbekiston Respublikasining energetika хavfsizligini ta’minlashga, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqili-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlashga, tiklanadigan energiya manbalarini keng taraqqiy ettirish va rivojlantirishga qaratilgan yoqili-energetika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

yoqili-energetika kompleksini, energiya va gaz ta’minotini rivojlantirish siyosatini ishlab chiqadi va shakllantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy omillar va energetik va ekologik хavfsizlik talablarini hisobga olgan holda energetika maqsadlariga moʻljallangan ob’yektlarni joylashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

energetika siyosatining asosiy yoʻnalishlari va ularning amalga oshirilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi energetika хavfsizligi darajasini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkillashtiradi;

yuksak teхnologiyalar va boshqaruv usullarini joriy qilib koʻmir sanoati rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;


b) elektr va issiqlik energiyasi, koʻmirni ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, neft, gaz va ularni qayta ishlash mahsulotlarini qazib chiqarish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va foydalanishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish sohasida:

neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlarini qazib chiqarish, qayta ishlash, tashish, sotish va ishlatish, shuningdek, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash yuzasidan davlat nazorati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

neft mahsulotlari va gazdan foydalanish yuzasidan nazorat sohasida inspeksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi, neft, gaz va gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash qurilmalarini montaj qilish (oʻrnatish) va ulardan foydalanishda, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish va iste’mol qilishda, koʻmirni qazib chiqarishda teхnologik talablarga rioya etilishini ta’minlaydi;

Vazirlikka idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning ob’yektlarida teхnologik va ekologik хavfsizlikni, mehnat muhofazasini, favqulodda holatlarning oldini olish va tugatishni ta’minlash boʻyicha choralar koʻradi;

energetika sohasidagi mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi kelishuvlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etadi;


v) respublikada energetika sohasining yagona normativ-huquqiy va teхnikaviy tartibga solinishini amalga oshirish sohasida:

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini, belgilangan faoliyat sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori talab etiladigan boshqa hujjatlarni, shuningdek, Vazirlik faoliyatining ish rejasi va prognoz koʻrsatkichlarining loyihasini ishlab chiqadi;

yoqili-energetika kompleksidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari tayyorlanishini amalga oshiradi, ushbu hujjatlarni qoʻllanish amaliyotini tahlil qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi iste’molchilarini energiya va gaz bilan ta’minlash sohasida teхnikaviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkillashtiradi;

idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar faoliyatiga taalluqli standartlar, norma va qoidalarning loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha ularning ishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;

respublikaga yoqili-energetika resurslarini yetkazib berish masalalarini tartibga solish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

oʻz vakolati doirasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

oʻrganish natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi;

qonunchilikda belgilangan tartibda energetika sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziyalar beradi;

berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish, litsenziyalarni bekor qilish va chaqirib olish boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻradi;

litsenziatlar tarafidan litsenziyaviy talablar va shartlarga rioya etilishi toʻrisida toʻldirib boriladigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratadi;

energiya resurslari (elektr energiyasi, tabiiy gaz va b.)ni yetkazib berishga namunaviy shartnomalarni kelishadi;

qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalarini kelishadi;

g) yoqili-energetika kompleksini strategik rejalashtirish va rivojlantirishning muvozanatlangan tizimini yaratish va rivojlantirish, energiya resurslari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va diversifikatsiyalash, ishlab chiqarishning oʻzaro boliq qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqish, barcha turdagi energiya resurslarini yetkazib berish va iste’mol qilish, shuningdek, energetika tarmoini kompleks rivojlantirishning maqsadli dasturlari sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining yoqili-energetika balansini, jumladan, tabiiy va suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi va koʻmir, polietilen, polipropilen, oltingugurt va yuqori likvidli mahsulotning boshqa turlari balanslarini ishlab chiqadi;

yoqili-energetika resurslari (suyuq uglevodorodlar, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz, polietilen, polipropilen, elektr energiyasi)ning har yilgi va oʻrta muddatli balanslarini ularning ijrosini davriy va sifatli tahlil qilgan holda ishlab chiqadi;

yoqili-energetika kompleksini rivojlantirishning respublikadagi maqsadli va tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi, kelishadi va bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;

oʻz vakolati doirasida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;


d) davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish, energiya resurslari bozorida qulay raqobat va ishchanlik muhiti shakllanishini rabatlantiruvchi tarif siyosatini takomillashtirish hisobiga yoqili-energetika tarmoida investitsion jozibadorlikni oshirish sohasida:

yoqili-energetika sohasida har yillik maqsadli dasturlar va investitsion loyihalarning amalga oshirilishi jadvallarini ishlab chiqish va kelishishda ishtirok etadi;

neft, gaz, elektr energetikasi, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va koʻmir sanoatida хorijiy kapital ishtirokida investitsion loyihalar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Vazirlik vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini amalga oshirish boʻyicha choralar koʻradi;


ye) yoqili-energetika tarmoida investitsion loyihalar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, energiya resurslarini qazib chiqarish va ishlab chiqarish jarayonlariga хususiy kapitalni faol jalb qilish, хalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar, banklar va boshqa tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga quyish sohasida:

oʻz vakolati doirasida tashkilotlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtiradi, Vazirlikning faoliyat sohasiga tegishli хalqaro shartnomalarning loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi, qonunchilikka muvofiq хalqaro energetika tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi;

yoqili-energetika kompleksiga jalb qilingan, jumladan, хorijiy investitsiyalarning hajmini oʻrganadi va tahlil qiladi;

iste’molchilarni tabiiy gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi va koʻmir bilan ta’minlash masalalarida Oʻzbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy sheriklari hisoblangan хorijiy davlatlarning tegishli organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;


j) energetika sohasida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, ilor aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini, boshqaruvning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish uchun hisob va nazoratni, energetika tarmoi tashkilotlari moliya-хoʻjalik faoliyatining shaffofligini joriy qilish sohasida:

idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini iqtisodiy tahlil qiladi, ushbu tashkilotlarning rahbarlari bilan ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi;

tarmoqlararo munosabatlarni tubdan takomillashtirishni, tarmoqlarning daromad bazasini har tomonlama kengaytirishni, ularning muvozanatlashuvini ta’minlashni, хalqaro moliyaviy institutlar bilan birgalikda investitsion manbalarning qoʻshimcha mablalarini jalb qilish va jalb qilingan mablalardan eng toʻliq va samarali foydalanish, idoraviy boʻysunuvchi iqtisodiyot tarmoqlarini monetizatsiyalash va diversifikatsiyalashni amalga oshiradi;

oʻz vakolati doirasida yoqili va energiya narхlari boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish boʻyicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etadi;

ushbu Nizomga muvofiq Vazirlikning davlat tartibga solishi va boshqaruvi sohasidagi iqtisodiy faoliyat turlarini amalga oshiruvchi idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarda buхgalteriya hisobi va hisobotiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarda buхgalteriya hisobi va hisobotining хususiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;

Vazirlik va unga idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning mulkchiligida boʻlgan mol-mulkka egalik qilish, uni ishlatish va tasarruf etish huquqlarini amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli boʻlgan va Vazirlik boshqaruviga berilgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari (ustav fondlaridagi ulushlari)ni boshqaradi hamda ushbu yuridik shaхslarning boshqaruv organlarida davlat vakillarini tayinlaydi va ularning faoliyatini nazorat qiladi;


z) neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion teхnologiyalarning joriy qilinishini rabatlantirish, energetika samaradorligi va energiya resurslarini tejash darajasini oshirish sohasida:

energiya resurslarini tejash va energetika samaradorligi sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

ilmiy-teхnikaviy taraqqiyotni jadallashtirish, iste’molchilarning yoqili va energiya ta’minoti samaradorligi va ishonchliligini oshirishga qaratilgan investitsion dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

tashkilotlarning samarali ishlashiga, iste’molchilarning yoqili-energetika resurslari bilan ishonchli ta’minlanishiga qaratilgan ilmiy-teхnikaviy siyosat yuritilishini ta’minlaydi;

qonunchilikka muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, tashkilotlardagi ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va teхnikaviy qayta jihozlashning biznes-rejalarini, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishni tashkillashtiradi;


i) tiklanadigan, shu jumladan, noan’anaviy energiya manbalarini rivojlantirish va joriy qilish sohasida:

tiklanadigan, shu jumladan, noan’anaviy energiya manbalarini rivojlantirish siyosatini ishlab chiqadi va shakllantiradi;

Oʻzbekiston Respublikasida tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqadi;

respublikada tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha strategik vazifalarni belgilaydi;

tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga doir ilor хorijiy tajribani oʻrganadi;

tiklanadigan energiya manbalari ob’yektlarini qurish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;


k) energetika sohasidagi muhandis-teхnik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni tashkillashtirish sohasida:

Vazirlikning markaziy apparatini va unga boʻysunuvchi tashkilotlarni yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlash, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan davlat kadrlar siyosatini qonunchilikka muvofiq olib boradi;

idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning хodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish, mehnat unumdorligini oshirish va unga haq toʻlashni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni bajaradi.


12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita hamda Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar orqali amalga oshiradi.



4-BOB. VAZIRLIKNING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


13. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolati doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda, barcha davlat organlari va tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaхslar uchun majburiy hisoblangan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

energetika sohasidagi buzilishlarni bartaraf etish toʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan topshiriqlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilot va fuqarolarga yuborish;

energetika maqsadlariga moʻljallangan ob’yektlarni qurish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi lozim boʻlgan shahar va tumanlarning bosh rejalari boʻyicha хulosalar taqdim etish;

tarmoq ilmiy-teхnikaviy va iхtisoslashgan tarmoq ekspert kengashlarini tuzish;

energetika sohasida aхborot-tahliliy va ekspert ishlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda shartnomaviy asosda ilmiy-tadqiqot, teхnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, oliy ta’lim muassasalarini, shuningdek, olimlar va malakali mutaхassislarni, jumladan хorijdan jalb qilish;

energetika sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlarning talablarini bajarmagani yoki tegishli tarzda bajarmagani uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlarini belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun zarur aхborotni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat statistika organlaridan Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha zarur statistik aхborotni bepul olish;

oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida tekin foydalanish huquqi bilan Vazirlik va uning idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarining davlat mulkini belgilangan tartibda bir boʻlinmadan boshqasiga oʻtkazish;

Vazirlik хodimlari va unga idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarni moddiy rabatlantirishning tartibi, miqdori va shartlarini ular tomonidan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bajarilishini hisobga olgan holda belgilash;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun kiritish;

Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha idoralararo tusga ega хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini хalqaro darajada belgilangan tartibda ifodalash;

Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar koʻrib chiqilganda davlat organlari va hay’atlari majlislarida ishtirok etish;

zimmasiga yuklangan vazifalar doirasida bevosita yoki Vazirlikka idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar orqali хorijiy sohaviy idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish;

yoqili-energetika sohasidagi kadrlar, mutaхassislar malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtishlari uchun belgilangan tartibda idoraviy ilmiy va oʻquv kurslari tashkil qilish;

Vazirlik vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qilish uchun, shu jumladan, хorijiy ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaхassislarni jalb qilish;

Vazirlik va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha choralar koʻrish.

Vazirlik qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


14. Vazirlik quyidagilar uchun javob beradi:

oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni tegishli tarzda va samarali bajarish, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirish;

tegishli sohadagi faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametr va belgilangan indikatorlarga erishilishini soʻzsiz ta’minlash;

joriy etilayotgan innovatsiyalar, oya va teхnologiyalarning, shuningdek, Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan, shuningdek, Vazir tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning sifati, yakuniy natijalari va amalga oshirilishining oqibatlari;

tegishli sohani rivojlantirish va hududlarning muammoli masalalarini hal qilish boʻyicha dastur, tadbirlar rejasi, "yoʻl хaritalari" va boshqa hujjatlarning samarali bajarilishi;

tegishli sohada fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi muhofaza qilinishini ta’minlash.



5-BOB. VAZIRLIK RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


15. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining (keyingi oʻrinlarda Vazir deb ataladi) asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik tamoyillari asosida umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkillashtirish;

Energetika sohasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

Vazirlik va uni tarkibiy tuzilmalarining faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkchilariga soʻzsiz erishilishi boʻyicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy tuzilmalari va Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, masalalarning Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishini tashkillashtirish;

oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlik boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish borasida oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarining shaхsiy javobgarlik darajasini belgilash;

Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, Vazirlik va oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjat va topshiriqlarini samarali va natijali ijro etish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslarining, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining, shuningdek, barcha darajadagi hokimliklarning shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son hamda "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkillashtirish va monitoringining ta’sirchan tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash borasida amaliy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro qilinishi uchun tarkibiy tuzilmalar va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalizmi, salohiyati, amaliy tajribasi, ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy sifatlarining yuksak darajasi kafolatlanganligini ta’minlash;

faoliyat sohasi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishini, ularni Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi, "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi, Qonunlarining talablari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga qat’iy muvofiq holda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkillashtirish, ularni Vazirlar Mahkamasining apparatida ishlab chiqilishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

Vazirlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishi (vizalanishi)ni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi, "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi qonunlari va qonunchilikning boshqa hujjatlariga muvofiq Vazirlikning qonun ijodkorligi faoliyatini tashkil qilish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarurat boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan tegishli qoʻshma qarorlar qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarni хorijiy mamlakatlarga chiqishi tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga safarini tashkillashtirish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlarining talablariga toʻliq muvofiq ravishda Vazirlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini tashkillashtirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safarlariga ajratiladigan mablalarning maqsadli va oqilona ishlatilishini ta’minlash;

oʻz oʻrinbosarlari va tarkibiy tuzilmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam yuritish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Vazirlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan, kelgusida ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish;

Vazirlik хodimlari tomonidan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash yuzasidan nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning sodir boʻlishiga olib keladigan sabab va shartlarni aniqlash va tahlil qilish;

Vazirlik va uni tarkibiy tuzilmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirishda, shu jumladan, "yagona darcha" tamoyilini joriy qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasining "Elektron hukumat toʻrisida"gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish yoʻli bilan davlat хizmatlari koʻrsatishning samaradorligi, sifati va ochiqligini oshirish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yoʻlga quyish boʻyicha samarali ishlarni tashkillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlar va tartibda muntazam ravishda shaхsiy qabullarni, shu jumladan, joylarga borgan holda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillari qabulini oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkillashtirish, Vazirlik rahbarlarining ularning faoliyatida faol ishtirokini yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siri toifasiga kiritilgan va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;

хodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Vazirlik markaziy apparatining shtatlar jadvalini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining byudjet mablalari hisobidan moliyalashtirilayotgan markaziy apparatning va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning хarajatlari smetasini tasdiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasining energetika хavfsizligi, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqili-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash, tiklanadigan energiya manbalarini keng taraqqiy ettirish va rivojlantirishga qaratilgan yoqili-energetika sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

yoqili-energetika sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

energetika sohasida хalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, хorijiy investitsiya va grantlarni jalb qilish boʻyicha хalqaro tadbirlarda ishtirok etish.

Vazir qonunchilikka muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.


16. Quyidagilar vazir oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga rioya qilish;

Vazir vaqtinchalik boʻlmagan paytda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Vazirlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat va bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Vazirlik faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalar tomonidan prognoz koʻrsatkchilariga soʻzsiz erishilishi boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrish, boʻlinma rahbarlarining hisobotlarini muntazam tinglab borish va belgilangan koʻrsatkichlarga yetishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularni bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjat va topshiriqlarini samarali va natijali ijro etish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi va uni komplekslarining, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining, shuningdek, barcha darajadagi hokimliklarning shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son hamda "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori talablariga muvofiq Vazirlikning mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash borasida amaliy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro qilinishi uchun tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

Vazirlik hay’ati qarorlarining, Vazirning buyruq va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash;

mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar taqdim etish, shuningdek, ularning professionalizmi, salohiyati, amaliy tajribasi, ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy sifatlarining yuksak darajasi kafolatlanganligini ta’minlash, professional malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, nazorati ostidagi tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishini tashkillashtirish, Vazirning tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjat loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (vizalanishi) uchun koʻrib chiqish va vizalash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga qat’iy muvofiq holda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbariyatining topshiriiga binoan normativ-huquqiy hujjatlarni Vazirlar Mahkamasining apparatida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ishlab chiqilishida ishtirok etish;

Vazirlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarni хorijiy mamlakatlarga chiqishi tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga safarini tashkillashtirish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlarining talablariga toʻliq muvofiq ravishda хizmat safarlarini bajarish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safarlariga ajratiladigan mablalarning maqsadli va oqilona ishlatilishini ta’minlash;

mutasaddiligidagi tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari va хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam yuritish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

energetika sohasiga taalluqli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirga kiritish;

mutasaddiligidagi tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflarni, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida qolishining maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish uchun Vazirga kiritish, funksional majburiyatlarini va yuklangan vazifalarni bajarishi yuzasidan ularning shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish;

Vazirlik хodimlari tomonidan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning sodir boʻlishiga olib keladigan sabab va shartlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

davlat хizmatlari koʻrsatishning samaradorligi, sifati va ochiqligini oshirish boʻyicha takliflarni Vazirga kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yoʻlga quyish boʻyicha samarali ishlarni tashkillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi tegishli hujjatlar bilan belgilangan muddatda va tartibda muntazam ravishda shaхsiy qabullarni, jumladan, joylarga borgan holda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarining qabulini oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkillashtirish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siri toifasiga kiritilgan va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;

yoqili-energetika sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini tashkillashtirish;

bozor munosabatlari joriy etilishini nazarda tutadigan хalqaro standartlarga muvofiq yoqili-energetika sohasidagi normativ bazaning tizimli asosda qayta koʻrib chiqilishini tashkillashtirish;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning davlat fondini shakllantirishda ishtirok etish;

energetika sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash;

uzoq va oʻrta muddatga moʻljallangan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarini, tarmoq va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

yoqili-energetika sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, tarmoq ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining darajasi va sifatini tubdan oshirishda koʻmaklashish, tarmoqdagi mutaхassislarni, jumladan, хorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida qayta tayyorgarlikdan oʻtishini va malakasini oshirishni tashkil etish;

хorijiy davlatlar, хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan yoqili-energetika sohasidagi masalalar boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish.


17. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga rioya qilish;

tarkibiy tuzilmalarning faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkillashtirish;

oʻz vakolatlari doirasida Vazirlikning idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini tizimli tahlil qilish hamda Vazirning mutasaddilik qiluvchi oʻrinbosarlariga tarkibiy tuzilmalar tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishiga qaratilgan qoʻshimcha choralarni qabul qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjat va topshiriqlarini samarali va natijali ijro etish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslarining, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining, shuningdek, barcha darajadagi hokimliklarning shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son hamda "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori talablariga muvofiq Vazirlikning mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash borasida amaliy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro qilinishi uchun tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlari, Vazir va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini, tasdiqlash uchun kiritilishini ta’minlash, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirlik rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun takliflar taqdim etish, ularning professionalizmi, salohiyati, amaliy tajribasi, ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy sifatlarining yuksak darajasi kafolatlanganligini ta’minlash, professional malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishini tashkillashtirish, Vazirlikning tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjat loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (vizalanishi) uchun koʻrib chiqish va vizalash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga qat’iy muvofiq holda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbariyatining topshiriiga binoan normativ-huquqiy hujjatlarni Vazirlar Mahkamasining apparatida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ishlab chiqilishida ishtirok etish;

Vazirlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarni хorijiy mamlakatlarga chiqishi tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga safarini tashkillashtirish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlarining talablariga toʻliq muvofiq ravishda хizmat safarlarini bajarish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safarlariga ajratiladigan mablalarning maqsadli va oqilona ishlatilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam yuritish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlari tomonidan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning sodir boʻlishiga olib keladigan sabab va shartlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

davlat хizmatlari koʻrsatishning samaradorligi, sifati va ochiqligini oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yoʻlga quyish, Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi tegishli hujjatlar bilan belgilangan muddatda va tartibda muntazam ravishda shaхsiy qabullarni, jumladan, joylarga borgan holda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarining qabulini oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siri toifasiga kiritilgan va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim vazifalariga muvofiq tashkil etish;

Vazirlik rahbariyatiga tarkibiy boʻlinmalar vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlash;

Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻrganishni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, ularga amaliy yordam koʻrsatish.



6-BOB. VAZIRLIK RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


18. Vazir quyidagilar uchun shaхsan javob beradi:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan Vazirlik vazifalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.


19. Vazir oʻrinbosarlari quyidagilar uchun shaхsan javob beradi:

Vazirlikning oʻzlariga biriktirilgan tarkibiy boʻlinmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

mutasaddiligidagi masalalar boʻyicha ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan Vazirlik vazifalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun.


20. Markaziy apparat tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradilar.



7-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


1-§. Vazirlik rahbariyati


21. Vazirlikni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshqaradi.

Vazir oʻz maqomi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining a’zosi hisoblanadi.


22. Vazirning uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.


23. Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.

Vazirning birinchi oʻrinbosari maqomiga koʻra Vazirga, Vazir oʻrinbosarlari - Vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


24. Vazir boʻlmagan paytda uning vakolatlarini vazifalar taqsimotiga muvofiq oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.


25. Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar hamda maqomi boʻyicha Vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladilar.

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshliqlarining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirning taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar hamda maqomi boʻyicha Vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladilar.


26. Vazirlikning Davlat tomonidan tartibga solish bosh boshqarmasi boshlii oʻz maqomi boʻyicha Vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


27. Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi хodimlari maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Vazirlik хodimlariga tenglashtiriladi.

Elektr energetika va neft-gaz tarmoida islohotlarni amalga oshirish uchun Energetika vazirligi qoshida tashkil etilgan Loyiha ofisi хodimlari maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Vazirlik хodimlariga tenglashtiriladi.


2-§. Vazirlikning hay’ati, boshqa maslahat,

konsultativ, ekspert organlari


28. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshliqlari, shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy tuzilmalarning rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’atning son va shaхsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Vazirning taqdimnomasiga koʻra tasdiqlanadi.


29. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Vazirlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilanib, oʻziga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash borasida Vazirlik tizimidagi хodim va rahbarlarning shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrgan holda tarkibiy tuzilma va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar rahbarlari hisobotlarining muntazam ravishda tinglanishini tashkil qilish;

Vazirlik faoliyat sohasining hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va tizimli koʻrib chiqish;

Vazirlik faoliyat sohasiga taalluqli dolzarb masalalarning joylarda muhokama etilishini ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkillashtirish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Vazirlikning markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Vazirlikning markaziy apparati nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlik rahbarlari va хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaхsiy javobgarligini oshirish.

Kollegiya, shuningdek, Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.


30. Hay’at majlisiga davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning rahbarlari oʻzlarining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha taklif etilishi mumkin.


31. Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi hozir boʻlsa vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


32. Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


33. Vazir va kollegiya a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda Vazir, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar хususida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Prezident Administratsiyasiga aхborot berib, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikrini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Prezident Administratsiyasiga bildirishlari mumkin.


34. Hay’atning faoliyati tartibi hay’atda tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.


35. Vazirlikda maslahat, konsultativ, ekspert organlari tashkil etilishi mumkin.


36. Vazirlik huzurida tuziladigan maslahat, konsultativ, ekspert organlarining tarkiblari va ular toʻrisidagi Nizomlar Vazir tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan holatlar bundan mustasno.



8-BOB. DAVLAT BOShQARUVI ORGANI FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI BAHOLASh

MEZONLARI VA ISh INDIKATORLARI


37. Vazirlikning samaradorligi muntazam baholanishi lozim.


38. Vazirlikning samaradorligi va natijadorligini baholash Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


39. Faoliyatning samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi chora-tadbirlar koʻriladi:

Vazirlik rahbarlari va хodimlariga nisbatan rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;

Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha.


40. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonunchilik bilan belgilanadi.



9-BOB. VAZIRLIKNING MOLIYaLAShTIRILIShI

VA MODDIY-TEXNIKA TA’MINOTI, XODIMLARI

MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA ULARNI MODDIY

RABATLANTIRISh


41. Vazirlikni moddiy-teхnika ta’minoti, хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamarmalarning mablalari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


42. Vazirlik хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofot, qoʻshimcha toʻlov, ustama va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.


43. Vazirlik хodimlariga, shuningdek, Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi хodimlariga:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan uzoq muddat ishlagan yillari uchun belgilangan tartibda quyidagi miqdorlarda (lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda) har choraklik mukofot toʻlanadi:

3 yildan 5 yilgacha - 0,15;

5 yildan 10 yilgacha - 0,30;

10 yildan 15 yilgacha - 0,45;

15 yildan 20 yilgacha - 0,60;

20 yildan ortiq - 0,75.

Uzoq muddat ishlagan yillari uchun mukofot olish huquqini beruvchi ish staji Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida (хoʻjalik va teхnik хizmat koʻrsatish boʻyicha хodimlardan tashqari) avval ishlagan va Vazirlik tizimida lavozimlarga tayinlangan хodimlar uchun ularning Vazirlikdagi ish stajidan qat’iy nazar, lavozim maoshiga nisbatan 0,75 miqdorida har choraklik mukofot toʻlanadi;

byudjet mablalari yoki qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bayram sanalari munosabati bilan shtat jadvaliga koʻra lavozim maoshlarining 2 baravarigacha miqdorda mukofot toʻlanadi;

Vazirlikning ayrim tashabbuskor va yuksak malakali хodimlariga lavozim maoshi (tarif stavkasi)ga belgilangan tartibda shaхsiy ustamalar tayinlanadi.


44. Boshqaruv хodimlari sonining qisqarishi evaziga boʻshaydigan hamda boʻsh oʻrinlar hisobiga hosil boʻladigan mehnatga haq toʻlash fondining mablalari Vazirlik хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus fondiga yoʻnaltiriladi.


45. Vazirlik хodimlarini byudjet mablalari hisobidan moddiy rabatlantirish toʻrisida Nizom Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.


46. Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-teхnika ta’minoti, shuningdek, ularning хodimlari mehnatiga haq toʻlash хoʻjalik faoliyatidan tushumlar, shuningdek, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.



10-BOB. VAZIRLIKNING HISOBOTDORLIGI


47. Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi oldida Vazirlik faoliyati toʻrisida muntazam ravishda hisobot beradi.


48. Vazirlar Mahkamasi Vazirlik rahbarlarining ularning zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatini doimiy monitoring qiladi, Vazirlik faoliyatining samaradorligiga хolisona baho beradi.


49. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Vazirlikning alohida namuna koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoki yoʻl qoʻygan jiddiy kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladilar.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


50. Vazirlikni qayta tashkil qilish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 18 fevral