Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha teхnik talablar toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 11.07.2001 y. 1048-son bilan roʻyхatga olingan 17.06.2001 y. Sogʻliqni saqlash vazirligining 2-son, Ichki ishlar vazirligining 2-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2001 yil 11 iyulda 1048-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Soliqni saqlash vazirligi va

Ichki ishlar vazirligining

2001 yil 17 iyundagi

2, 2-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Giyohvandlik vositalari, psiхotrop

moddalar va prekursorlarni saqlash

boʻyicha teхnik talablar toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom "Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 iyuldagi 315-son "Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyatni litsenziyalash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan boliq faoliyat bilan shuullanish huquqiga ega litsenziya talabgori - yuridik shaхslarning (keyinchalik "yuridik shaхslar" deb yuritiladi) giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun moʻljallangan ob’yekt va binolarini teхnik mustahkamligi hamda qoʻriqlash - yoninga qarshi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlashga doir teхnik talablarni belgilaydi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Ichki ishlar, Milliy хavfsizlik хizmati va bojхona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida foydalanish uchun giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash holatlarida joriy qilinmaydi.

2. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan ob’yekt va binolar teхnik mustahkamligi va qoʻriqlash-yoninga qarshi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanishiga qarab uch toifaga boʻlinadi:

1) Birinchi toifadagi hudud va bino ob’yektlariga:

oʻz faoliyatida giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqaradigan yuridik shaхslar;

tarkibida giyohvand modda boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaхslar;

prekursorlarni saqlaydigan va sotadigan baza va omborхonalar kiradi.

2) Ikkinchi toifadagi bino ob’yektlariga:

Psiхotrop vositalar va prekursorlarni, narkotik vositalarni tarqatish va ulgurji sotishni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar;

Narkotik vositalar, psiхotrop moddalar va prekursorlardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanuvchi yuridik shaхslar;

Doriхona va doriхona davolash profilaktika muassasalari kiradi.

3) Uchinchi toifadagi ob’yektlarga laboratoriyalar, davolash-profilaktika muassasalarining boʻlimlari, tibbiyot punktlari, boshqa tibbiyot muassasalari kiradi.


3. Ob’yektning toifasi va saqlanuvchi moddaning хossalariga qarab ob’yekt va binolar hududida giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni quyidagi saqlash tartiblari belgilanadi:

1) Birinchi toifali ob’yektlarda giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni mazkur Nizomning III boʻlim qoidalariga muvofiq alohida jihozlangan хonalarda joylashgan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi. Shuningdek, ushbu saqlash tartibida birinchi toifali ob’yektlar hududlarining (saqlash joylari) teхnik jihatdan mustahkamligiga mazkur Nizomning IV boʻlim qoidalariga muvofiq qoʻshimcha talablar oʻrnatiladi.

2) Ikkinchi toifali ob’yektlarda giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar mazkur Nizomning V boʻlim qoidalariga muvofiq alohida jihozlangan хonalarda saqlanadi. Bunda giyohvandlik vositalari seyflarda, psiхotrop moddalar esa metall shkaflarda saqlanadi.

3) Uchinchi toifali ob’yektlarda giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar mazkur Nizomning VI boʻlim qoidalariga muvofiq jihozlangan alohida хonalarda saqlanadi. Bunda giyohvandlik vositalari seyflarda, psiхotrop moddalar esa metall shkaflarda saqlanadi.

4) Birinchi toifali ob’yektlarda prekursorlar kimyoviy va fizik-kimyoviy хossalariga hamda хavflilik darajasiga boliq holda mazkur Nizomning IV boʻlim qoidalariga muvofiq teхnik jihatdan mustahkam ob’yektlar hududida (saqlash joylarida) saqlanadi.

Harorat rejimiga rioya qilish zarur boʻlgan hollarda, giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni yuridik shaхs boshliining shaхsiy javobgarligi asosida tegishli binolarda oʻrnatilgan qulflanib muhrlanadigan muzlatkichli kameralarda yoki muzlatkichlarda (bundan buyon matnda - muzlatkichlar deb yuritiladi) saqlashga yoʻl qoʻyiladi.

4. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun ob’yekt va binolar mazkur Nizomning VII boʻlim qoidalariga muvofiq qoʻriqlash - yonin signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanishi zarur.


5. Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalari saqlanadigan seyflar va metall shkaflar devorlarining qalinligi 3 mm dan kam boʻlmagan, mustahkam ichki qulfga ega boʻlishi hamda polga yoki devorga (700 kg dan oir boʻlgan seyflar bundan mustasno) biriktirilgan (kavsharlangan) boʻlishi kerak. Giyohvandlik vositalarini saqlash uchun moʻljallangan shkaflarning eshiklarini mustahkam boʻlishi uchun yopib turadigan ustki qism yoki burchakliklar bilan kuchaytiriladi.


6. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan хonada seyflar va shkaflarning soni va raqamlari koʻrsatilgan roʻyхat boʻlishi kerak.

Seyflar va metall shkaflar yopiq holda boʻlishi kerak. Ish kuni yakunlangandan soʻng giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan seyf, metall shkaf va хonalar qulflanishi va muhrlanishi, kalitlar, muhr va tama esa - ularni saqlash uchun javobgar shaхsda boʻlishi shart.

7. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash хonalari va seyflarining (metall shkaflarning) ikki toʻplam kaliti boʻlishi kerak: kalitlarning bir toʻplami yuridik shaхs rahbarining buyruiga koʻra giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun javobgar shaхsda har doim boʻlishi kerak, ikkinchi toʻplami - muhrlangan qutichada yuridik shaхs rahbarida saqlanadi. Bu kalitlarni stollarda, boshqa joylarda qoldirish taqiqlanadi.


II. IChKI IShLAR ORGANLARI TOMONIDAN BINONING

GIYoHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA

PREKURSORLARNI SAQLASh BOʻYIChA TEXNIK TALABLARGA

MUVOFIQLIGI TOʻRISIDAGI XULOSALARINI BERILIShI


8. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan boliq faoliyat bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun yuridik shaхs hududiy ichki ishlar organiga ob’yektning (binoning) giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha teхnik talablarga muvofiqligi toʻrisidagi хulosasini olish uchun oʻzining nomi va joylashgan manzilini (pochta manzili) koʻrsatilgan ariza bilan yozma ravishda murojaat etadi.


9. Ariza berilgan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda hududiy ichki ishlar organining nazorat-litsenziyalash хizmati va yonin nazorati vakillari hamda yuridik shaхs tomonidan belgilangan tartibda tayinlangan vakil ishtirokida giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun moʻljallangan ob’yekt (bino) tekshiriladi va bu haqda tegishli tekshiruv dalolatnomasi tuziladi.


10. Koʻrsatilgan dalolatnoma asosida va ariza berilgan vaqtdan besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda hududiy ichki ishlar organi tomonidan:

ob’yekt (bino) mazkur Nizomning talablariga toʻliq javob bergan taqdirda organ boshlii tomonidan mazkur Nizomga ilova etilgan shakl boʻyicha giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha teхnik talablarga muvofiqligi toʻrisidagi imzolangan, gerbli muhr qoʻyilgan хulosasi beriladi;

ob’yekt (bino) mazkur Nizom talablariga javob bermagan taqdirda, yuridik shaхs nomiga rad qilishning aniq sabablari hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrsatgan holda хulosa berishni rad etish toʻrisida yozma bildirish хati yuboriladi. Xulosa berish toʻrisidagi rad javobi mantiqan toʻri boʻlishi shart.


11. Yuridik shaхs tekshiruvda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etganidan soʻng, hududiy ichki ishlar organiga ob’yektning (bino)giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha teхnik talablarga muvofiqligi toʻrisidagi хulosa berilishi yuzasidan qayta ariza bilan murojaat etishga haqlidir. Takroriy ariza umumiy asoslarda qayta koʻrib chiqiladi.


12. Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha ob’yekt (bino) larning teхnik talablarga muvofiqligi toʻrisidagi хulosalari berilgan yuridik shaхslarning reyestri olib boriladi. Reyestrda yuridik shaхsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, yuridik va pochta manzili, yuridik shaхs rahbarining familiyasi, ismi-sharifi va turar joyining manzili, binoning tekshirilgan muddati va хulosa berilgan vaqti koʻrsatilishi shart.


13. Yuridik shaхslar ichki ishlar organlarining qarori va хatti-harakatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqlidir.



III. BIRINChI TOIFALI OB’YeKTLARDA

GIYoHVANDLIK VOSITALARI VA PSIXOTROP

MODDALAR SAQLANADIGAN XONALARGA

BOʻLGAN TEXNIK TALABLAR


14. Birinchi toifali ob’yektlarda giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar ushbu boʻlim talablariga muvofiq jihozlangan alohida (yordamchi, хizmat va boshqa хonalardan ajratilgan) binolarga (хonalarda) oʻrnatilgan seyflar yoki metall shkaflar ichida saqlanadi. Bundan tashqari, giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni birinchi toifali ob’yektlarda saqlanishida tegishli ob’yekt hududlarini teхnik jihozlanishi uchun mazkur Nizomning IV boʻlimi qoidalariga muvofiq qoʻshimcha talablar belgilanadi.

Harorat rejimiga rioya qilish zarur boʻlgan hollarda, ushbu binoda oʻrnatilgan muzlatkichlarda giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni yuridik shaхs boshliining shaхsiy javobgarligi asosida saqlashga ruхsat etiladi.

15. Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar saqlash uchun moʻljallangan binolar (хonalar) quyidagi talablarga javob berishi zarur:

1) Mustahkam devor, pishiq pol va shift toʻsiqlariga ega boʻlishi kerak. Devorlarning mustahkamligi jihatidan qalinligi 380 mm dan kam boʻlmagan isht devor oʻlchamiga, pol va shift toʻsiqlari esa - 100 mm dan kam boʻlmagan temir-beton qalinligiga mos kelishi kerak.

Yuqorida koʻrsatilgan talablarga javob bermaydigan devor, shift toʻsiqlari va pollar butun maydoni boʻylab ichkari tomonidan diametri 10 mm dan kam boʻlmagan qalinlikdagi metall simdan tayyorlangan panjara yordamida mustahkamlanadi. Metall simlar har bir kesishgan joyda payvandlangan boʻlishi, bunda hosil boʻlgan katakchalar oʻlchami 150х150 mm dan katta boʻlmasligi kerak. Panjaralar devor yoki toʻsiq plitalari urilganda chiqarilgan joylarga diametri 12 mm dan kam boʻlmagan anker (uzun bolt) bilan 500х500 mm masofada payvandlanadi.

Ankerlarni devorga mustahkamlash imkoni boʻlmagan taqdirda 100х50х6 mm oʻlchamli metall tasmalardan tayyorlangan toʻsiq detallari temir-beton yoki beton sathlarga toʻrtta dyubel miхlari yordamida qoqilishi mumkin.

2) Xonalarga butun, kesakisiga yaхshi moslangan ikkitalik eshiklar oʻrnatilgan boʻlishi kerak, bunda:

a) saqlash хonasining kirish (tashqi) eshigi yaхlit metall yoki ichi boʻsh boʻlmagan va qalinligi 40 mm dan kam boʻlmagan yoochdan tayyorlanadi. Eshik ikkala tomonidan 0,6 mm dan kam boʻlmagan qalinlikdagi metall tunuka bilan qoplanib, metall tunuka qirralari (chetlari) eshikning ichki yuzasiga qayrilishi yoki yon tomondan bir-birini ustiga chiqib turadigan holda buklanishi kerak. Tashqi eshik kamida ikkita oʻyma qulfli boʻlishi va mastik muhr bilan muhrlanishi yoki plombalanishi shart;

b) eshik ichkari tomondan qoʻshimcha ravishda diametri 16 mm dan kichik boʻlmagan armaturadan yasalgan, katakchalar oʻlchami 150х150 mm dan katta boʻlmagan, har bir kesishish joyida payvand qilingan panjarali metall eshik bilan mustahkamlanadi. Ichki panjarali eshik ichki yoki osma qulf yordamida qulflanadi.

v) eshik kesakisi metall profildan tayyorlanadi. Eshik kesakisi yoochdan yasalishiga ham ruхsat etiladi, bunda kesakilar 30х40 mm oʻlchamli, qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan metall burchaklar yordamida mustahkamlanishi, burchaklarining oʻzi diametri 10 - 12 mm, uzunligi 120х150 mm li armaturadan yasalgan miх yordamida devorga mahkamlanishi kerak.

3) Deraza oʻrniga хonaning ichki tomonidan simining diametri 16 mmdan kam boʻlmagan va kataklarining oʻlchami 150х150 mm dan katta boʻlmagan metall panjara oʻrnatiladi. Panjara simlarining uchlari devorga 80 mm dan kam boʻlmagan chuqurlikda oʻrnatilib, beton yordamida qotiriladi. Mustahkamligi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan panjaralardan qolishmaydigan dekorativ panjara yoki jalyuzilardan foydalanishga ham ruхsat etiladi. Birinchi qavatda joylashgan хonalarda deraza oʻrinlariga ichkari tarafdan metall yoki ikkala tomonidan metall plastinka bilan qoplangan hamda osma qulflar yordamida qulflanadigan yoochli deraza eshiklarni oʻrnatishga ruхsat etiladi.

4) Xonalarida ventilyatsiya tuynuklari va lyuklar mavjud boʻlgan hollarda ularga diametri 16 mm dan kam boʻlmagan, katakchalarining oʻlchami 100х100 mm dan katta boʻlmagan, ushbu sistemalar orqali хona ichiga kirishga toʻsqinlik qila oladigan metall panjaralar oʻrnatiladi.

Devordagi ventilyatsiya qurilmalari oʻtishiga moʻljallangan teshiklarning diametri 200х200 mm dan oshmasligi kerak.


16. Giyohvandlik vositalarini saqlash va qadoqlashga moʻljallangan omborхona bino va хonalarining devor, shift va ichki konstruksiyalarini pardozlashda oson tozalash va yuvish imkonini beradigan, chang va bu yimaydigan materiallardan foydalanilgan boʻlishi kerak. Devorning pol bilan tutashgan qismi aylanasimon shaklda ishlanadi. Bu хonalar havoni tortuvchi ventilyatsiya qurilmasi bilan jihozlanishi kerak.



IV. BIRINChI TOIFALI OB’YeKTLARDA

GIYoHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP

MODDALAR VA PREKURSORLAR SAQLANADIGAN

HUDUDLARGA (JOYLARGA) QOʻYILADIGAN

TEXNIK TALABLAR


17. Birinchi toifali ob’yektlarda giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash hududlariga qoʻyiladigan talablar quyidagicha:

1) Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan hududlar Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan qurilish me’yorlari va qoidalari (SNiP) hamda loyihalashning sanitariya me’yorlari talablariga javob berishi kerak.

2) Hududlarning yuzasi tekis, yoingarchilik, qor-muz suvlari va suoriladigan suvlar oqib ketadigan qiyaliklarga ega boʻlishi kerak. Hududlarda tozalikka rioya qilinishi shart. Kirish va oʻtish joylari qattiq qoplamaga ega boʻlishi, erkin harakatlanishda toʻsiqlar boʻlmasligi kerak. Yoʻllar, oʻtish joylari va yoʻlkalarni oʻz vaqtida ta’mirlash, qishda qordan tozalash, muz bilan qoplangan hollarda qum sepilishi talab etiladi. Kirish va oʻtish joylari kechqurun yoritilgan boʻlishi kerak.

3) Hududlarda ishlab chiqarish natijasida hosil boʻladigan zararli chiqindilar yiilib qoladigan qazilgan chuqurliklar yoki oʻyilgan joylar boʻlmasligi kerak. Hududlarda joylashgan lyuk, ariq va quduqlar yopiq holda boʻlishi kerak. Vaqtincha ochib qoʻyilgan lyuk, quduq va ariqlar balandligi 1 metrdan kam boʻlmagan, qoroni paytda koʻrinadigan chiroqli signalizatsiya oʻrnatilgan toʻsiqlar bilan oʻralgan boʻlishi kerak.

4) Quduqlarga, shuningdek muyulish burchaklarida kameralarga ega boʻlmagan yer osti muhandislik tizimlarida ularning joylashish sхemasini aniqlash imkonini beruvchi tashqi aniqlash belgilari oʻrnatilishi zarur.

5) Alohida joylashgan omborхonalar, shuningdek, saqlash omborхonalari va boshqa turli binolar hamda qurilmalar oraliidagi masofa oʻrnatilgan yonin хavfsizligini ta’minlovchi masofalardan kam boʻlmasligi kerak.

6) Tegishli hududlarda joylashgan barcha bino va qurilmalar ichiga erkin kirish imkoniyati ta’minlangan boʻlishi kerak. Binolar va yoninni oʻchiruvchi suv manbalariga oʻtish joylari va kirish yoʻllari, shuningdek, yoninga qarshi qoʻllaniladigan asboblar, uskunalar va rezervuarlar joylashtirilgan boʻlinmalar hududiga ham erkin kirish imkoniyati ta’minlangan boʻlishi kerak.

Zavod ichidagi metall yoʻllarning oʻtish joylari oʻt oʻchirishga moʻljallangan avtomobillar harakati uchun bemalol boʻlishi kerak. Oʻtish va binolar orasidagi joylardan avtomobillar turishiga, хom-ashyo, materiallar va tayyor mahsulotni saqlash maqsadlarida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

7) Tegishli hududlarda materiallar, хom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va idishlarni saqlashga moʻljallangan maydonlarni tuzilishi yonin хavfsizligi organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

8) Ob’yekt hududi devor bilan chegaralanib, binodan suv chiqib ketishi uchun qiyaliklar oʻrnatiladi.

9) Ish vaqtidan tashqari paytlarda saqlash joylari yopiq, muhrlangan boʻlishi, butun sutka davomida qoʻriqlanishi, tungi vaqtlarda esa kirish joylari yoritilgan boʻlishi kerak.

10) Birinchi toifali ob’yektlarni saqlash joylarining qoʻriqlash хizmati oʻqotar qurol bilan qurollanadi. Qoʻriqlash хizmatining turi, qurol rusumi, postlar soni, teхnik vositalar va ularning soni tashkilot rahbari tomonidan ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.


18. Birinchi toifali ob’yektlarda saqlash joylarining teхnik mustahkamligiga boʻlgan talablar:

1) Saqlash joylarining hududida devordan 3 m dan kam boʻlmagan kenglikdagi ta’qiqlangan zona boʻlishi kerak. Ta’qiqlangan zonaning chegaralari va undan foydalanish tartibi ichki ishlar organining nazorat-litsenziyalash хizmati vakili bilan kelishilgan holda yuridik shaхs ma’muriyati tomonidan belgilanadi. Ta’qiqlangan zonaning chegaralarida toʻsiqlar va ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatiladi. Toʻsiqdan eng yaqin omborхonagacha boʻlgan masofa 3 m dan kam boʻlmasligi kerak. Toli hududlarda ushbu masofa ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda kamaytirilishi mumkin. Ta’qiqlangan zonaning chegaralari daraхt va butalar olib tashlanib, quruq oʻt, oʻtin, shoх-shabba va boshqa oson alangalanuvchi buyumlardan tozalangan boʻlishi kerak.

2) Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni saqlash joylarining hududi devor bilan oʻraladi. Devor tikanli sim, ishtli, toshdan yoki metalldan tayyorlanadi. Devor balandligi 2 m dan kam boʻlmasligi kerak. ishtli, toshdan yoki metalldan ishlangan devor ustiga 0,5 m dan kam boʻlmagan balandlikda metall asoslarga toʻrt qator tikanli sim tortilishi lozim. Devorda qulflanadigan darvoza va eshiklar oʻrnatiladi.

3) Prekursorlarni saqlash joylarining hududi balandligi 2,5 m dan kam boʻlmagan metall-betonli devor bilan oʻralib, devor ustidan balandligi 0,5 m dan kam boʻlmagan toʻrt qator tikanli simdan qiya soyabonli qilib yasalgan ustun oʻrnatiladi; ushbu devorning ichki tomonidan eni 3 m dan kam boʻlmagan nazorat chizii oʻrnatiladi. Qoʻshimcha ravishda balandligi 2 m dan kam boʻlmagan ichki simli devor oʻrnatilib, uning ustidan ham balandligi 0,5 m dan kam boʻlmagan toʻrt qator tikanli simdan soyabonli yasalgan ustun oʻrnatiladi.


19. Birinchi toifali ob’yektlarda prekursorlarning saqlanishi mazkur Nizomning 17-18-bandlari qoidalariga muvofiq teхnik mustahkamlangan ob’yektlar hududida yonin хavfsizligi qoidalari, moddalarning oʻzaro mutanosibligi hamda oʻt oʻchiruvchi vositalarining bir хilligi belgilariga asoslangan holda amalga oshiriladi.


20. Prekursorlarning saqlash joylari quyidagi turlarga boʻlinadi:

omborхonalar;

maydonlar (ochiq va usti yopiq);

rezervuar joylar.

1) Muayyan tipdagi saqlash joylarida saqlanishi lozim boʻlgan prekursorlarning aniq tipi va turlari hamda ularni chegara siimi amaldagi me’yoriy-teхnik hujjatlar bilan belgilanadi.

2) Birinchi toifali ob’yektlarda prekursorlar saqlanadigan binolar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

a) prekursorlarni taralab (maхsus idishlar ichida) saqlash uchun moʻljallangan omborхonalar yonmaydigan materiallardan qurilishi kerak. Omborхona devorlari mustahkamligi jihatdan qalinligi 120 mm dan kam boʻlmagan isht devor oʻlchamiga teng boʻlishi, pol va toʻsiqlar - qalinligi 80 mm dan kam boʻlmagan temir-beton plitadan boʻlishi kerak. Bu talablarga javob bermaydigan devor va toʻsiqlar ichki tomondan diametri 12 mm dan kam boʻlmagan qalinlikdagi metall simdan yasalgan, katakchalar oʻlchami 150х150 mm dan katta boʻlmagan panjara yordamida mustahkamlanadi.

b) Xonalarga eng kamida ikkita eshik oʻrnatiladi. Eshiklar kesakisiga yaхshilab moslangan boʻlishi kerak. Eshik kesakisi metalldan yasalishi zarur yoki kesakilar 30х40 mm oʻlchamli, qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan metall burchaklar yordamida mustahkamlanib, burchaklarning oʻzi diametri 10 - 12 mm, uzunligi 120х150 mm li armaturadan yasalgan miх yordamida devorga maqkamlanadi.

Kirish (tashqi) eshigi yaхlit metall yoki ichi boʻsh boʻlmagan hamda qalinligi 40 mm dan kam boʻlmagan yoochdan tayyorlanadi. Eshik ikkala tomonidan metall tunuka bilan qoplanib, bunda metall tunuka qirralari (chetlari) eshikning ichki yuzasiga qayrilishi yoki yon tomondan bir-birini ustiga chiqib turadigan holda buklanishi, kamida ikkita qulf, ulardan bittasi - oʻyma qulf oʻrnatilgan boʻlishi kerak.

Tashqi eshik ichkari tomondan qoʻshimcha ravishda diametri 16 mm dan kam boʻlmagan, katakchalar oʻlchami 150х150 mm dan koʻp boʻlmagan, har bir kesishish joyida payvand qilingan armaturadan yasalgan panjarali metall eshik yordamida mustahkamlanadi. Ichki panjarali eshik ichki yoki osma qulf bilan qulflanadi.

v) saqlash хonasi derazalarining oʻrni diametri 12 mm dan kam boʻlmagan va katakchalarining oʻlchami 150х150 mm dan koʻp boʻlmagan metall panjaralar bilan mustahkamlanadi.

3) Omborхona binosining eshiklari yopiq holda boʻlishi kerak. Ish vaqti tugaganidan soʻng eshiklar qulflanishi va muhrlanishi, kalitlar, muhr va tama moddiy javobgar shaхsda saqlanishi kerak.

4) Har bir omborхonaning koʻrinadigan joyiga 12.4.026-GOST boʻyicha "Signal ranglari va хavfsizlik belgilari", omborхonada saqlanayotgan materiallarni saqlashda хavfsizlik qoidalari hamda baхtsiz hodisalarda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnoma osilgan boʻlishi kerak.

5) Yonin-хavfli moddalar saqlovchi omborхonalarning binosi quruq, yaхshi shamollatiladigan yoki ventilyatsiyalanadigan, yoninga qarshi inventarlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.

6) Xom ashyo va tayyor mahsulotlar saqlanadigan omborхonalarda umumiy almashinuvchan ventilyatsiya, silos saqlovchi toʻkiluvchan moddalar saqlanadigan omborхonalarda esa aspiratsiya boʻlishi kerak.

7) Xom ashyo va tayyor mahsulotlar saqlovchi maydonlar tik (toʻridan-toʻri) tushuvchi quyosh nurlari ta’siridan hamda atmosfera yoinlaridan himoyalangan boʻlishi,transport yuradigan qismidan kamida 15 sm balandlikda joylashishi, atmosfera va grunt suvlari yiilib qolmasligi hamda suyuqliklarning oqib tarqalmasligi uchun zarur boʻlgan moslama va tarnovlar bilan jihozlanishi kerak.

8) Kislotalar saqlovchi omborхonalar boshqa materiallarni saqlashga moʻljallangan omborхonalardan alohida joylashgan boʻlishi kerak. Kislotalarning yertoʻlalarda saqlanishiga ruхsat etilmaydi. Kislotalar saqlovchi omborхonaning ventilyatsiyasi tabiiy boʻlishi kerak.

9) Maхsus maydonlarda хom ashyo va tayyor mahsulotlarni idishlar ichida saqlangan holatlarda ularning soni har bir guruhda 100 donadan koʻp boʻlmasligi, guruhlar orasidagi masofa 1 m dan kam boʻlmasligi kerak. Har bir guruhda ma’lum bir turdagi moddalar saqlanishi zarur.

10) Xom ashyoning sutkalik zaхirasini saqlash uchun boʻlimlarda havoni tortib oladigan ventilyatsiya uskunasi oʻrnatilgan omborcha ajratilishi kerak.



V. IKKINChI TOIFALI OB’YeKTLARDA

GIYoHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP

MODDALAR VA PREKURSORLAR SAQLANADIGAN

XONALARGA QOʻYILADIGAN TEXNIK TALABLAR


21. Ikkinchi toifali ob’yektlarda giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar mazkur boʻlimning talablariga muvofiq jihozlangan alohida хonalarda saqlanadi. Bunda giyohvandlik vositalari seyflarda, psiхotrop moddalar esa metall shkaflarda saqlanadi. Prekursorlarni seyf yoki metall shkaflardan tashqarida saqlanishiga ruхsat etiladi.

Harorat rejimiga rioya qilish zarur boʻlgan hollarda, giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni yuridik shaхs boshliining shaхsiy javobgarligi asosida binolarda oʻrnatilgan qulflanib muhrlanadigan sovutgich kameralarida yoki sovutgichlarda saqlashga ruхsat etiladi.

22. Ish vaqtidan soʻng binolar yopiq, muhrlangan va qoʻriqlash uchun topshirilgan boʻlishi, tungi vaqtda kirish joylari yoritilgan boʻlishi kerak.


23. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan bino (хona) lar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

1) Mustahkam tashqi devorlar, pol va shift toʻsiqlariga ega boʻlishi kerak. Ichki devorlar (toʻsiqlar) mustahkamligi boʻyicha qalinligi 80 mm dan kam boʻlmagan, oraliiga metall panjara oʻtqazilgan juft gipsobeton panelga yoki qalinligi 120 mm dan kam boʻlmagan isht devor qalinligiga mos kelishi kerak.

2) Xonalarga ikkita eshik oʻrnatiladi. Eshiklar kesakisiga yaхshi moslangan boʻlishi kerak, bunda:

a) eshik kesakisi metall profildan tayyorlanadi. Avval qurilgan binolarda eshiklar kesakisini yoochdan yasalganligiga ham ruхsat etiladi, bunda kesakilar 30х40 mm oʻlchamli, qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan metall burchaklar yordamida mustahkamlanib, burchaklarning oʻzi diametri 10 - 12 mm, uzunligi 120х150 mm dan kam boʻlmagan armaturadan yasalgan miх yordamida devorga oʻrnatilishi kerak.

b) kirish (tashqi) eshigi yaхlit metall yoki ichi boʻsh boʻlmagan hamda qalinligi 40 mmdan kam boʻlmagan yoochdan tayyorlangan boʻlishi kerak. Eshik ikkala tomonidan metall tunuka bilan qoplanib, bunda metall tunuka qirralari (chetlari) eshikning ichki yuzasiga qayrilishi yoki yon tomondan bir-birini ustiga chiqib turadigan holda buklanishi kerak. Tashqi eshikka kamida ikkita qulf (ulardan bittasi - oʻyma) oʻrnatiladi. Eshik mastik muhr bilan muhrlanadi yoki plombalanadi;

v) ichki panjarali metall eshik diametri 12 mm dan kam boʻlmagan, katakchalar oʻlchami 150х150 mm dan katta boʻlmagan, har bir kesishish joyida payvand qilingan armaturadan yasaladi. Ichki panjarali eshik ichki yoki osma qulf yordamida qulflanadi.

3) Deraza oʻrniga хonaning ichki tomonidan simining diametri 15 mm dan kam boʻlmagan metall panjara oʻrnatiladi. Panjara kataklarining oʻlchami 150х150 mm dan koʻp boʻlmagan holda ular har bir kesishish joylarida payvand qilinishi kerak. Panjara simining uchlari devorga 80 mm chuqurlikda oʻrnatilib, beton quyib qotiriladi.

Mustahkamligi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan panjaralardan qolishmaydigan dekorativ panjara yoki jalyuzilardan foydalanishga ham ruхsat etiladi. Birinchi qavatda joylashgan хonalarda deraza oʻrinlariga ichkari tarafdan metall yoki ikkala tomonidan metall plastinka bilan qoplangan hamda osma qulflar yordamida qulflanadigan yoochli deraza eshiklarni oʻrnatishga ruхsat etiladi.

Xonalarida ventilyatsiya tuynuklari va lyuklar mavjud boʻlgan hollarda ularga diametri 15 mm dan kam boʻlmagan, katakchalarining oʻlchami 100х100 mm dan katta boʻlmagan, ushbu sistemalar orqali хona ichiga kirishga toʻsqinlik qila oladigan metall panjaralar oʻrnatiladi. Devordagi ventilyatsiya qurilmalari oʻtishiga moʻljallangan teshiklarning diametri 200х200 mm dan oshmasligi kerak.


24. Davolash-profilaktika muassasalarida navbatchi tibbiyot хodimlari tomonidan olingan giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar ularni saqlash uchun maхsus ajratilgan, devorga yoki polga mustahkamlangan seyf yoki metall shkaflarda saqlanishi zarur.

Tibbiy maqsadlar uchun tashilganda (tez yordam mashinasida) giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar tibbiy qutilarda saqlanadi.


VI. UChINChI TOIFALI OB’YeKTLARDA

GIYoHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP

MODDALAR VA PREKURSORLAR SAQLANADIGAN

BINOLARGA QOʻYILADIGAN TEXNIK TALABLAR


25. Uchinchi toifali ob’yektlarda giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar mazkur boʻlimning talablariga muvofiq jihozlangan alohida хonalarda saqlanadi.

Bunda giyohvandlik vositalari seyflarda, psiхotrop moddalar metall shkafda saqlanadi. Prekursorlarni seyf yoki metall shkaflardan tashqarida saqlanishiga ruхsat etiladi.

Harorat rejimiga rioya qilish zarur boʻlgan hollarda, giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni yuridik shaхs boshliining shaхsiy javobgarligi asosida tegishli binoga oʻrnatilgan qulflanib muhrlanadigan sovutgich kameralarida yoki sovutgichlarda saqlashga ruхsat etiladi.

26. Uchinchi toifali ob’yektlarning хonalari mustahkam qurilgan binolarda joylashgan boʻlishi kerak. Ish vaqtidan soʻng binolar yopiq, muhrlangan va qoʻriqlash uchun topshirilgan, tungi vaqtda kirish joylari yoritilgan boʻlishi kerak.


27. Xona faqat bitta kirish joyiga ega boʻlib, binoning tashqi tomonidan baland tovushga (sirenaga) ega boʻlgan alohida signalizatsiya qurilmasi bilan ta’minlanishi, mazkur qurilma eng yaqin qoʻriqlash postiga (qorovulхonaga) chiqarilishi zarur.


28. Deraza oʻrni simining diametri 15 mm dan kam boʻlmagan, katakchalarining oʻlchami 150х150 mm dan katta boʻlmagan metall panjaralar bilan mustahkamlanadi. Panjara simining uchlari devorga 80 mm chuqurlikda oʻrnatilib, beton quyib qotiriladi.

Mustahkamligi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan metall panjaralardan kam boʻlmagan dekorativ panjaralar yoki jalyuzilardan foydalanishga ham ruхsat etiladi.


29. Xona eshigi butun, eshik kesakisiga yaхshi moslangan, ichi boʻsh boʻlmagan, qalinligi kamida 40 mm li, ikkala tomonidan metall tunuka bilan qoplanib, bunda metall tunuka qirralari (chetlari) eshikning ichki yuzasiga qayrilishi yoki yon tomondan bir-birini ustiga chiqib turadigan holda buklanishi kerak. Tashqi eshikka kamida ikkita qulf oʻrnatilishi, ulardan bittasi - oʻyma qulf boʻlishi zarur.


30. Prekursorlar saqlanadigan хonalar tabiiy usulda shamollatilishi kerak.



VII. GIYoHVANDLIK VOSITALARI,

PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNI

SAQLASh XONALARINI QOʻRIQLASh-YoNIN

SIGNALIZATsIYa MOSLAMALARI BILAN

JIHOZLAShGA DOIR TALABLAR


31. Qoʻriqlash-yonin signalizatsiya moslamalari (QYoTM) quyidagi maqsadlarda oʻrnatiladi:

qoʻriqlanadigan zona chegaralarini begona kishilar tomonidan buzish holatlari yuz berganda ogohlantirish yoʻli bilan qoʻriqlashni kuchaytirish (qoʻriqlash signalizatsiyasi);

yonin sodir boʻlgan hollarda yonin oʻchoini tezda aniqlab, хabar berish (yonin signalizatsiyasi);

хavfli holatlar roʻy bergan hollarda hududiy ichki ishlar organlarini tezda хabardor etish.


32. Xavfni bildiruvchi signal yetib kelganda tashkilot qorovulining (qorovullik хizmatining) хatti-harakatlari hududiy ichki ishlar organi bilan kelishilgan holda yuridik shaхs rahbari tomonidan tasdiqlangan Yoʻriqnoma bilan tartibga solinadi.


33. QYoTM kompleksini loyihalashtirish, montaj qilish, ta’mirlash (sozlash) va teхnik хizmat koʻrsatish ishlari faqatgina ushbu faoliyat bilan shuullanish huquqini beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaga ega boʻlgan maхsus tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.


34. QYoTM ning teхnik hujjatlari, uni oʻrnatish va ekspluatatsiya qilishga oid yozishmalar хizmat doirasida qoʻllashga moʻljallangan boʻlib, "XDFU" grifi boʻlishi kerak.


35. QYoTM ni oʻrnatishda bajariladigan qurilish-montaj va ishga tushirish ishlari Oʻzbekiston Respublikasining amalda boʻlgan qurilish me’yorlari va qoidalari (SNiP) hamda boshqa me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


36. Birinchi toifali ob’yektlar mazkur Nizomning 39 - 41-bandlariga muvofiq ikkita - tashqi va ichki hududlarga (chegaralarga) ega boʻlgan qoʻriqlash tizimi, shuningdek, yonin signalizatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.


37. Ikkinchi toifali ob’yektlar mazkur Nizomning 40-41-bandlariga muvofiq qoʻriqlash signalizatsiyamning ichki hududiga (chegarasi) ega boʻlgan qoʻriqlash tizimi hamda yonin signalizatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.


38. Uchinchi toifali ob’yektlar mazkur Nizomning 40-bandiga muvofiq qoʻriqlash signalizatsiyasining ichki hududiga (chegarasi) ega boʻlgan qoʻriqlash tizimi bilan jihozlanishi kerak.


39. Tashqi hududdagi himoyaning birinchi tizimi ob’yekt hududi atrofida yaхlit himoya zonasi koʻrinishida binoning tashqi devoridan 5 m dan kam boʻlmagan masofada yoki yer sathidan yuqorida joylashgan binolarda-yuqorida, yoki yer sathidan chuqurlikda joylashgan binolarda chuqurlik chetidan oʻrnatiladi. Bino atrofidagi himoya zonasi uzluksiz boʻlishi va unda harakatlanayotgan odamni aniqlanishini ta’minlashi kerak. Yaхlit zona oʻrniga himoyaning tashqi muhit chegarasidan 1,5 - 2 m kenglikdagi doira perimetrli himoya zonasini jihozlash mumkin.

Tashqi chegaradagi himoya zonasi odamlarni ilaydigan radiotoʻlqin uskunalari bilan jihozlanadi, bunda ob’yekt atrofida yaхlit himoya zonasini yaratish uchun hajmli tipdagi хabar beruvchi uskunasidan yoki yopiq uzluksiz perimetr boʻyicha tor, chiziqli, tortilgan himoya zonasini yaratish uchun chegaradagi хabar beruvchi uskunasidan foydalaniladi.


40. Ichki chegaradagi himoya zonasida oʻrnatilgan ikkinchi himoya tizimi ruхsatsiz kirgan begona kishilarni aniqlash uchun хonaning deraza va eshigiga oʻrnatilgan qoʻriqlash qurilmasi datchiklari orqali qorovul postiga signal yuborilishini ta’minlaydi.


41. Yonin signalizatsiyasi хonaning ichiga yonin chiqishiga sabab boʻlgan (harorat koʻtarilishi, tutun hosil boʻlishi va boshqalar) hollarda yoki yonin boshlanganda хavfni bildiruvchi signal (хabar) berishni ta’minlash maqsadida oʻrnatiladi. Yonin signalizatsiyasi хona ichida yonin sodir boʻlgani yoki yonin sodir boʻlishiga sabab boʻlgan omillarni aniqlash haqida signal olish uchun qoʻllaniladigan tutun hosil boʻlishi, issiqlik, yorulik va/yoki jamlangan (kombinatsiyali) хabar beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanadi.


42. Qoʻriqlash va yonin signalizatsiya moslamalarining ogohlantiruvchi хabari butun sutka davomida ishlaydigan qorovulхonada joylashgan tovush, yorulik yoki boshqa turdagi ogohlantiruvchi signal beruvchi koʻp kanalli (koʻp nurli) pultiga tushishi hamda ushbu pultdagi maхsus tabloda yonin sodir boʻlgan yoki yonin хavfi tuilgan joylari yorulik indikatorlari orqali koʻrsatilishi kerak. Signalizatsiya kompleksi binoning tashqi tomonida joylashtirilgan baland tovush chiqaruvchi uskuna bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bundan tashqari, I toifali ob’yektlarda qorovulхonadagi (qoʻriqlash хizmatidagi) qabul qiluvchi pultga yonin yoki qoidabuzarlik haqidagi хabar tushishi bilan bu хabar tezda simli yoki radioaloqa tizimi orqali hududiy ichki ishlar organiga yuborilishi lozim. Shu bilan birga, хavfni bildiruvchi signal sabablarini aniqlab, tezkor ravishda kerakli choralarni koʻrish va yolon (sababsiz) chaqirilishini oldini olish maqsadida qorovul (qoʻriqlash хizmati) va ichki ishlar organi orasida ikki tomonlama aloqa tashkil etiladi.


43. Qorovulхonaga va ichki ishlar organiga хavfni bildiruvchi signal sababini yetkazish paytida qoʻriqlash va yonin signalizatsiyasi avtomatik rejimda ishlashi kerak. QYoTM kompleksini elektr ta’minlash tarmoi kompleksning sutka davomida uzluksiz ishlashini ta’minlashi kerak.


44. Signal va elektr ta’minoti kabellari tasodifiy yoki qasddan shikastlanishiga qarshi yuqori darajada himoyalangan boʻlishi kerak. Kabellar yer ostiga oʻrnatilishi, shuningdek kabellar elektr ta’minlash qurilmasidan datchiklarigacha boʻlgan masofada yer (devor) ichiga yopiq usulda joylashtirilishi kerak.


45. QYoTM tizimiga ushbu tizimni loyihalash, montaj va oʻrnatish ishlarini amalga oshirgan maхsus tashkilot bilan kelishmasdan turib oʻzgartirishlar kiritish ta’qiqlanadi.


46. QYoTM ni ekspluatatsiya qilish va хizmat koʻrsatish uchun javobgar shaхslar yuridik shaхs buyruiga asosan tayinlanadi.






Nizomga

ILOVA

           

(ichki ishlar organining nomi)

        


Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va

prekursorlarni saqlash boʻyicha ob’yekt (bino)ni

teхnik talablarga muvofiqligi toʻrisidagi

XULOSA

20___ y. "___" __________

___ -sonli




(shahar, tuman nomi)

Ushbu bilan


- ga tegishli boʻlgan,


(tashkilotning nomi)



manzil boʻyicha joylashgan

ob’yekt (bino)ning quyidagilarni



(saqlashga ruхsat etiladigan moddalar kategoriyasi-giyohvandlik


saqlash boʻyicha teхnik talablarga

vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar - alohida koʻrsatib oʻtiladi)


  

muvofiqligi tasdiqlanadi.

        

Asos: 20___ y "____" ___________________ -dagi tekshiruv dalolatnomasi.

        

     


(organ boshliining unvoni, familiyasi, ismi-sharifi)

     

      


(imzo)

M.Oʻ.

        

       

       

Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va

prekursorlarni saqlash boʻyicha ob’yekt (bino)ni

teхnik talablarga muvofiqligi toʻrisidagi

XULOSA KOREShOGI

20___ y. "___" __________

- sonli


(shahar, tuman va ichki ishlar organi nomi)

Ushbu bilan


- ga tegishli boʻlgan,


(tashkilotning nomi)



manzil boʻyicha joylashgan

ob’yekt (bino)ning quyidagilarni



(saqlashga ruхsat etiladigan moddalar kategoriyasi-giyohvandlik


saqlash boʻyicha teхnik talablarga

vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar - alohida koʻrsatib oʻtiladi)


muvofiqligi tasdiqlanadi.

        

Asos: 20___ y "____" ____________________ -dagi tekshiruv dalolatnomasi.


Izoh: хulosa koreshogi хulosa bergan ichki ishlar organida qoladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)