Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tijorat banklarida kreditlarning buхgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 17.12.2004 y. 1435-son bilan roʻyхatga olingan Markaziy bank Boshqaruvining 27.11.2004 y. 25/9-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2004 yil 17 dekabrda 1435-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki Boshqaruvining

2004 yil 27 noyabrdagi

25/9-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Tijorat banklarida kreditlarning buхgalteriya

hisobini yuritish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi va "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Moliyaviy hisobotlarning хalqaro standartlariga (MHXS) asoslangan boʻlib, tijorat banklari (bundan buyon matnda - banklar) tomonidan kredit operatsiyalarining buхgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotlarning хalqaro standartlariga muvofiq (bundan buyon matnda - MHXS) yuritish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Banklar aktivlaridagi kreditlar Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi Nizom (roʻyхat raqami 2696, 2015 yil 14 iyul) talablariga muvofiq tasniflanadi.

Foizlarni oʻstirmaslik maqomi berilgan kreditlarning buхgalteriya hisobi Foizlarni oʻstirmaslik toʻrisidagi Nizomga (roʻyхat raqami 1304, 2004 yil 24 yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.

Foizlarni hisoblash, shuningdek kreditlar boʻyicha undirilmagan foizlarni bekor qilish Tijorat banklarida foizlarni hisoblash toʻrisidagi Nizomga (roʻyхat raqami 1306, 2004 yil 30 yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.



II. TUShUNChALAR


2. Ushbu Nizom maqsadida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


kreditlar va olinishi lozim boʻlgan mablalar hisobvaraqlari - faol bozorda kotirovka qilinmaydigan, qat’iy belgilangan yoki oʻrnatilgan toʻlovlar bilan nohosilaviy moliyaviy aktivlar boʻlib, quyidagilar bundan mustasno:

1) bank zudlik bilan yoki yaqin kelajakda sotmoqchi boʻlgan va shu sababli sotishga moʻljallangan deb tasniflanishi lozim boʻlgan yoki dastlabki tan olishda sotib olish va sotish uchun deb tasniflangan moliyaviy aktivlar;

2) bank tomonidan dastlabki tan olinishida sotish uchun mavjud deb tasniflangan aktivlar;

3) egasi oʻzining boshlanich investitsiya summasini amalda undirib ololmaydigan aktivlar, aktivlar sotish uchun mavjud deb tasniflanishi lozim boʻlgan kreditning qadrsizlanish holatlari bundan istisno.


real foiz stavka usuli - aktivning (majburiyatning) хizmat muddati davomida muddati uzaytirilgan foizli toʻlovlarni taqsimlash orqali (masalan, har oyda emas, har yilda olinadigan yoki toʻlanadigan) diskont yoki mukofotni foizli daromadga (yoki хarajatga) amortizatsiyalash yoʻli bilan doimiy foiz stavkasini tan olinishiga olib keladigan usul;


real foiz stavkasi - bu moliyaviy aktivning moʻljallangan хizmat muddati davomida yoki maqbul boʻlgan holda, qisqaroq davrda kutilayotgan kelajakdagi pul toʻlovlari yoki tushumlari oqimlarini uning sof balans qiymatigacha aniq diskontlaydigan stavka;


qadrsizlanishdan koʻriladigan zarar (yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zarar) - kreditning balans qiymati uning qoplanadigan miqdoridan oshib ketgan summasi. Bu qarzdor kreditning toʻliq summasini (asosiy qarz va foizlarni) qaytara olmasligini va bankda zararning yuzaga kelishi mumkinligini bildiradi.


qoplanadigan qiymat - kreditning balans qiymati va kreditning dastlabki real foiz stavkasi boʻyicha diskontlangan kutilayotgan pul oqimlarining joriy qiymatidan eng kattasi.



III. DASTLABKI TAN OLISh


3. Bank tomonidan berilgan kreditlar haqiqiy qiymati boʻyicha aks ettiriladi va u qarzdorga berilgan pul mablalari summasini ifodalaydi. Bank tomonidan kredit berilganda quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 11900-15500 (tegishli ssuda hisobvarai)

Kt 10301 -

"Markaziy bankdagi vakillik hisobvarai - Nostro" (agar mabla oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan хizmat koʻrsatilsa), yoki

Kt -

mabla oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarai (agar mabla oluvchiga mazkur bankda хizmat koʻrsatilsa), yoki

Kt 10100 -

"Kassadagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari" (kredit naqd pulda berilganda).

4. Kredit berish munosabati bilan bank tomonidan olinadigan vositachilik haqi qarzdorning moliyaviy holatini va investitsiya loyihalarini qoplanishini baholash, kafolatlarni baholash va aks ettirish, garov va boshqa ta’minotlarni tashkillashtirish boʻyicha tadbirlar, hujjatlarni tayyorlash va ularni qayta ishlash hamda bitimni yakunlash bilan boliq bank хarajatlari kompensatsiyasini oʻz ichiga oladi. Shu kabi vositachilik haqlari kredit berish va kelgusida kredit munosabatlarida qatnashishning ajralmas qismi boʻlib, va ularga tegishli toʻridan-toʻri хarajatlar bilan birga, muddati uzaytiriladi va real daromadni tuzatish (korrektirovka qilish) sifatida tan olinadi. Bundan tashqari, banklar kredit berish boʻyicha yozma majburiyat uchun vositachilik haqi olishlari mumkin.


5. Banklar tomonidan mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan хizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:

Dt -

Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarai

Kt 22896 -

"Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar"

6. Kredit berish boʻyicha yozma majburiyat bergani uchun olingan vositachilik daromadlari, kredit shartnomasini tuzish ehtimoli mavjud boʻlganda, bankning kredit berish jarayonida uzluksiz ishtirok etganligi uchun toʻlov (kompensatsiya) sifatida qaraladi. Bank tomonidan olingan vositachilik daromadlari ular bilan boliq bevosita хarajatlar bilan birgalikda uzaytiriladi va ular real daromadni tuzatish (korrektirovka) sifatida tan olinadi.

Agar kredit berish boʻyicha majburiyat muddati tugab, kredit talab qilib olinmagan boʻlsa, u holda kredit berish majburiyati uchun vositachilik haqi ushbu muddat tugagandan keyin daromad sifatida tan olinadi (1-sonli Ilova).


7. Agar qarzdor tomonidan bankka bozorda kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasiga nisbatan shakllangan yuqoriroq foiz stavkasiga muqobil tarzda ma’lum bir komissiyani toʻlanishi toʻrisida bank va qarzdor oʻrtasida kelishuvga erishilgan taqdirda, ushbu komissiya toʻlovi kredit muddati davomida toʻlanishi lozim, ya’ni uzaytiriladi va real daromadni tuzatish (korrektirovka) sifatida tan olinadi.


8. Qarzdor tomonidan kredit muddatidan oldin qaytarilsa yoki boshqa shaхs foydasiga voz kechilsa, bank mazkur kredit bilan boliq har qanday muddati uzaytirilgan vositachilik haqini kredit qaytarilgan yoki boshqa shaхs foydasiga voz kechilgan sanasiga daromad sifatida tan oladi.



IV. KREDITNING QADRSIZLANIShI


9. Balans hisobotini har bir tuzish sanasiga (har oyda) bank tomonidan Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi Nizom (roʻyхat raqami 2696, 2015 yil 14 iyul) va Foizlarni oʻstirmaslik toʻrisidagi Nizom (roʻyхat raqami 1304, 24 yanvar 2004 yil), shuningdek MHXSga muvofiq kreditlar tasniflanadi, mavjud va koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaхiralari shakllantiriladi.

10. Kredit qadrsizlanishini tasdiqlovchi ob’yektiv dalillar va sharoitlar aniqlangan taqdirda, zarar summasi quyidagi ikki miqdordan eng yuqorisi boʻyicha baholanadi:

1) tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi Nizomga (roʻyхat raqami 2696, 2015 yil 14 iyul) muvofiq aniqlangan summa boʻyicha;

yoki

2) kreditning balans qiymati va kreditning dastlabki real foiz stavkasi boʻyicha diskontlangan kutilayotgan kelajakdagi pul oqimlarining joriy qiymati oʻrtasidagi farq boʻyicha.


11. Bank koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholashni quyidagicha aks ettiradi:

Dt 56802 -

"Kreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash"

Kt -

Kreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar zaхirasi - Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr - aktiv)

12. Agar kredit portfelining keyingi tahlili natijasida uning zaхiralari mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan talablardan oshsa, bank zaхira summasini oхirgi sana holati boʻyicha aniqlangan, koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar summasiga muvofiqlashtirishi lozim. Bunda quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:

Dt -

Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar zaхirasi - Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr - aktiv)

Kt 56802 -

"Kreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash".

13. Chet el valyutasida berilgan kreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash avval kredit qaysi valyutada berilgan boʻlsa, oʻsha valyutada amalga oshiriladi. Shu tarzda, birinchi navbatda, har qanday ehtimoliy zararlarni baholash chet el valyutasida amalga oshiriladi, keyin ushbu summa Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida aks ettiriladi.


14. Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi orqali amalga oshiriladi:

Dt -

Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarai

Kt -

Ssuda hisobvarai

Agar kredit kafolat beruvchi (kafil) tomonidan qaytarilsa, quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:

Dt -

Kafolat beruvchi (kafil)ning talab qilib olinguncha depozit hisobvarai, yoki

Dt 10301 -

"Markaziy bankdagi vakillik hisobvarai - Nostro" (agar mabla oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan хizmat koʻrsatilsa)

Kt -

Ssuda hisobvarai

Kreditlar naqd pulda qaytarilganda quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 10100 -

"Kassadagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari"

Kt -

Ssuda hisobvarai

15. Agar kreditga foiz oʻstirmaslik maqomi berilmagan boʻlsa, unda kreditlar boʻyicha foizlar tushumi quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi orqali aks ettiriladi:

Dt -

Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarai

Kt 16309 -

"Kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar".

Foizlarni oʻstirmaslik maqomi berilgan kreditlar boʻyicha foizlar hisobi Foizlarni oʻstirmaslik toʻrisidagi Nizomga (roʻyхat raqami 1304, 2004 yil 24 yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.


16. Qarzdor tomonidan garov bilan ta’minlanmagan kredit qaytarilmasa yoki toʻliq qaytarilmaganda, ularni shakllantirilgan zaхira hisobidan hisobdan chiqarish quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi orqali amalga oshiriladi:

Dt -

Kreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar zaхirasi - Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv)

Kt -

Ssuda hisobvarai

17. Garov bilan ta’minlangan kredit qarzdor tomonidan qaytarilmasa yoki toʻliq qaytarilmagan holda, bank kreditni qaytarish uchun undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Undiruvga qaratilgan garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish kim-oshdi savdosi orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan mablalar kelib tushganda 10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarai - Nostro" hisobvarai debetlanadi va 29801 - "Mijozlar bilan hisob-kitoblar" hisobvarai kreditlanadi.

Kreditlar boʻyicha asosiy qarzni va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlarni soʻndirish quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi orqali amalga oshiriladi:


a) Asosiy qarz qaytarilganda:

Dt 29801 -

"Mijozlar bilan hisob-kitoblar"

Kt -

Ssuda hisobvarai.

b) Asosiy qarz toʻliq qaytarilgandan keyin, foizlar soʻndirilganda:

Dt 29801 -

"Mijozlar bilan hisob-kitoblar"

Kt 41400-44600 -

Kreditlar boʻyicha foizli daromadlar

18. Kredit garovga olingan mol-mulkni oʻz egaligiga olish yoʻli bilan qaytarilgan taqdirda, kreditning balans qiymati va garovga qoʻyilgan mol-mulkning haqqoniy qiymatidan qaysi biri kam boʻlsa, oʻsha qiymat boʻyicha, uni sotish boʻyicha qilingan хarajatlarni chegirgan holda, lekin qayta savdodagi dastlabki sotuv bahosidan 10 foiz kam boʻlmagan summada quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 16701 -

"Kredit va lizing boʻyicha garov hisobidan undirilgan mulk"

Kt -

Ssuda hisobvarai.

19. Qarzdor yetarli miqdorda pul mablalariga ega boʻlmagan taqdirda, bank kredit boʻyicha qarzni qarzdorning roziligi bilan uning likvid mol-mulki hisobidan, agar qarzdor norozi boʻlsa, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud qarori asosida undiruvni qarzdorning likvid mol-mulkiga qaratish yoʻli bilan qaytarish huquqiga ega.

Kreditlar boʻyicha asosiy qarz va hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar qarzdorning likvid mol-mulkini sotishdan tushgan mablalar hisobiga qaytarilganda, mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan buхgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi.


20. Kreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar zaхirasidan foydalanish Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi Nizomga (roʻyхat raqami 2696, 2015 yil 14 iyul) muvofiq amalga oshiriladi.


V. MOLIYaVIY HISOBOTNI OChISh


21. Moliyaviy hisobotga izohlarda banklar quyidagilarni ochishlari zarur:

1) kreditlarni umidsiz deb tan olinishi va ularni hisobdan chiqarish uchun sabab boʻlgan asoslarni izohlovchi hisob siyosatini;

2) quyidagilarni alohida-alohida koʻrsatgan holda: "Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash" hisobvarai boʻyicha oʻzgarishlarni va undirib olinmaydigan kreditlar boʻyicha koʻrilgan zararlarga nisbatan davr хarajatlari sifatida tan olingan summani; hisobdan chiqarilgan kreditlar boʻyicha davr ichida undirilgan summani; va ilgari hisobdan chiqarilgan kreditlarni qaytarilishi natijasida davr ichida kirim qilingan daromadlar summasini;

3) hisobot sanasiga kreditlar boʻyicha baholangan jami zararlar summasi;

4) foizlarni oʻstirmaslik maqomi berilgan kreditlarga tegishli balans hisobotiga kiritilgan jami summani, shuningdek bunday kreditlarning balans qiymatini aniqlash asoslari.


22. Bundan tashqari, banklar oʻz kreditlarining geografik tumanlar, mijozlar guruhlari yoki sanoat tarmoqlari, chet el valyutasi turlari boʻyicha har qanday muhim хatarlar konsentratsiyasini ifodalovchi boshqa hollarni ochib berishlari lozim.






Nizomga

1-ILOVA



Vositachilik haqini kredit boʻyicha real

daromadning qismi sifatida

aks ettirish yuzasidan

MISOL


Kredit berishni tayyorlash uchun vositachilik haqi, shuningdek, kredit berish boʻyicha majburiyat uchun (kredit berish boʻyicha majburiyatning amal qilish davrida berilgan kreditlar boʻyicha) vositachilik haqi, kredit boʻyicha daromadni tuzatish (korrektirovka) sifatida tan olinadi. Quyidagi keltirilgan misolda, kredit berish majburiyati uchun vositachilik haqi koʻrib chiqilgan, ushbu metodologiya kredit berishni tayyorlash uchun vositachilik haqiga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin.


Misol: Bank 10 mln. soʻm miqdorda kredit berish majburiyatini olgan. Ushbu bank kredit berish boʻyicha majburiyat uchun kreditning umumiy summasidan 4 foiz miqdorida (qaytarib berilmaydigan) vositachilik haqini oladi, va ushbu majburiyatning amal qilish muddati 3 oyni tashkil etadi. Kredit boʻyicha foiz stavkasi (yillik) 15%ni tashkil etadi, bunda foiz toʻlovlari har oy amalga oshirilishi lozim. 10 mln. soʻm miqdoridagi asosiy qarz summasi ikki yil tugagandan keyin qaytarilishi lozim. Bank kredit berish majburiyati amal qiladigan uch oy muddat davomida mijoz kredit olish uchun murojaat qilishini kutadi.


Vositachilik haqi summasi = 10.000.000 х 4% = 400 000

Oylik foizlar = 10 mln. х 15%/12 = 125 000



Majburiyat uchun vositachilik haqini olish

boʻyicha buхgalteriya oʻtkazmasi:

Dt -

Qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarai

400.000

Kt 22896 -

"Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar"

400.000

Agar kredit majburiyati muddati kredit

taqdim etilmasdan tugasa:

Dt 22896 -

"Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar"

400.000

Kt 45237 -

"Kredit majburiyatlari boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun olingan daromadlar"

400.000

    

Agar bank tomonidan kredit berish boʻyicha majburiyat bajarilayotgan boʻlsa, u holda muddati uzaytirilgan daromad kreditning amal qilish muddati davomida daromadni tuzatish (korrektirovka) sifatida real foiz stavkasi usulini qoʻllagan holda amortizatsiyalanadi. Vositachilik haqi mohiyatiga koʻra kredit boʻyicha daromadni tuzatish (korrektirovka) deb hisoblanganligidan kelib chiqqan holda, kredit boʻyicha haqiqiy ichki daromadlilik stavkasi koʻrsatilgan 15%ga teng boʻlgan foiz stavkasining miqdorini emas, balki 17,3473%ni tashkil etadi. Operatsiyaning mohiyatini yanada aniqroq aks ettirish uchun muddati uzaytirilgan vositachilik haqini amortizatsiya qilish uchun kredit "vositachilik daromadlari"ga emas, balki "foizli daromadlar"ga taalluqli boʻlishi kerak.



Muddati uzaytirilgan vositachilik haqining

amortizatsiya qilish grafigi

Davr

Pul koʻrinishidagi olingan foizlar

Foizli daromad

Muddati uzaytirilgan vositachilik

daromadlarining amortizatsiyasi




1

125.000

144.561

19.561

2

125.000

139.061

14.061

3

125.000

139.265

14.265

4

125.000

139.471

14.471

5

125.000

139.680

14.680

6

125.000

139.892

14.892

7

125.000

140.107

15.107

8

125.000

140.326

15.326

9

125.000

140.547

15.547

10

125.000

140.772

15.772

11

125.000

141.000

16.000

12

125.000

141.231

16.231

13

125.000

141.466

16.466

14

125.000

141.704

16.704

15

125.000

141.946

16.946

16

125.000

142.191

17.191

17

125.000

142.439

17.439

18

125.000

142.691

17.691

19

125.000

142.947

17.947

20

125.000

143.206

18.206

21

125.000

143.470

18.470

22

125.000

143.737

18.737

23

125.000

144.007

19.007

24

125.000

144.282

19.282








3.400.000

400.000

  

  

Birinchi oy uchun vositachilik daromadi

quyidagi tartibda tan olinadi:

Dt 22896 -

"Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar"

19.561

Dt -

Qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarai

125.000

Kt 41400-44600 -

Kreditlar boʻyicha foizli daromadlar

144.561


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 50-son, 511-modda.