Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.02.2019 y. PQ-4204-son "Oʻzbekiston Respublikasida choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

22.02.2019 y.

N PQ-4204



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

ChOʻLLANISh VA QUROQChILIKKA QARShI

KURAShISh BOʻYIChA IShLAR SAMARADORLIGINI

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Respublikada choʻllanishning oldini olish, oʻrmonlarni qayta tiklash va ihota oʻrmonlarini koʻpaytirish boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda respublika hududining 70 foizi yoki 31,4 mln ga tabiiy shoʻrlanishga, qum koʻchkilari, changli boʻronlar va garmsellar tarqalishi ta’siriga uchragan quroqchil va yarim quroqchil maydonlardan iborat. Orol fojiasi oqibatida 5,5 mln gektardan ortiq maydonli Orolqum choʻli vujudga kelgan.

Yerlar choʻllanishining oldini olish va quroqchilikka qarshi kurashish sohasida amaldagi davlat boshqaruvi tizimi ushbu yoʻnalishdagi ishlarni samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash imkonini bermayapti.

Choʻllanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash boʻyicha ishlarni olib borish samaradorligini oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro majburiyatlarini samarali bajarishni ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi 125-I-son qarori bilan Qattiq quroqchilikni boshdan kechirayotgan va (yoki) choʻlga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada choʻlga aylanib borishlarga qarshi kurash boʻyicha BMT Konvensiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konvensiya) ratifikatsiya qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklansin:

respublikada choʻllanishning oldini olish, oʻrmonlarni qayta tiklash va ihota oʻrmonlarini koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasining choʻllanish va quroqchilikka qarshi kurashish boʻyicha хalqaro majburiyatlarini bajarish;

choʻllanish va quroqchilikka qarshi kurashish masalalari boʻyicha хalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali oʻzaro hamkorlikni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasida choʻllanish va quroqchilikka qarshi kurashish boʻyicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadigan vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;

Konvensiya talablarini bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining milliy vakolatli organi vazifalarini amalga oshirish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya хizmati markazining Konvensiya doirasida хalqaro majburiyatlar bajarilishi uchun mas’ul boʻlgan shtat birliklarini kerakli miqdorda tugatish hisobiga boshqaruv хodimlarining shtat soni 4 nafardan iborat boʻlgan Choʻllanish va quroqchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tashkil etilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi:

doimiy ravishda Konvensiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro majburiyatlari oʻz vaqtida va zarur darajada bajarilishini ta’minlab borsin;

choʻllanishning oldini olish, quroqchilikka qarshi kurashish, oʻrmonlarni qayta tiklash va ihota oʻrmonlarini koʻpaytirish boʻyicha yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хorijiy iхtisoslashtirilgan tashkilotlar mutaхassislarini zarur hollarda jalb qilsin;

har chorakda choʻllanishning oldini olish, quroqchilikka qarshi kurashish, oʻrmonlarni qayta tiklash va ihota oʻrmonlarini koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida bajarilgan ishlar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot berib borsin.


5. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining choʻllanish va quroqchilikka qarshi kurashish boʻyicha хalqaro majburiyatlarini bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining milliy vakolatli organi funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasiga yuklatilgani toʻrisida belgilangan tartibda Konvensiya Kotibiyatiga хabarnoma yuborsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasida choʻllanish va quroqchilikka qarshi kurashish boʻyicha 2019-2023 yillarga moʻljallangan "Yoʻl хaritasi"ni;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflarni kiritsin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 25 fevral, 8-son, 138-modda