Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sugʻorish, tayyorlash va saqlash boʻyicha yengil konstruksiyali infratuzilma ob’yektlarni qurish uchun yer uchastkasi ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 25.02.2019 y. 167-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 25 fevraldagi

167-son qaroriga

ILOVA



Tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan

yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini

bevosita ularni yetishtirish joylarida suorish,

tayyorlash va saqlash boʻyicha yengil konstruksiyali

infratuzilma ob’yektlarni qurish uchun yer

uchastkasi ajratish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom tadbirkorlik sub’yektlarining yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida suorish, tayyorlash va saqlash boʻyicha yengil konstruksiyali infratuzilma ob’yektlarini, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun yer uchastkasi ajratish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom talablari qishloq хoʻjaligini yuritish bilan boliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun hamda loyihalarni erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiradigan investorlar uchun berilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


3. Yengil konstruksiyali infratuzilma ob’yektlari, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurishga yer uchastkalari faqat ushbu qurilishni amalga oshirishga talabgor boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarining yer uchastkalari doirasida hamda yer ijarasi shartnomasida belgilangan muddatga ajratiladi.

Tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquq bekor boʻlganda yengil konstruksiyali infratuzilma ob’yektlari, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan huquq ham bir vaqtning oʻzida bekor boʻladi.


4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


ariza beruvchi - ushbu Nizom talablariga muvofiq yengil konstruksiyali infratuzilma ob’yektlari, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun yer uchastkasi ajratish boʻyicha tuman (shahar) hokimliklariga murojaat qilgan tadbirkorlik sub’yektlari;


vakolatli organ - qishloq хoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalari ajratish vakolatiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari;


yengil konstruksiyali infratuzilma ob’yektlari (keyingi oʻrinlarda yengil konstruksiyali ob’yekt deb ataladi) - yengil konstruksiyalardan barpo etilgan, chuqurlashtirilgan poydevorlarga va yer osti inshootlariga (0,5 metrdan koʻp) ega boʻlmagan, buzib olib (bartaraf etib) koʻchirish imkoniyati mavjud meva-sabzavot mahsulotlarini suorish, tayyorlash va saqlash maqsadida, shuningdek, kapital hisoblanmagan ombor sifatida ishlatiladigan bino va inshootlar;


yengil konstruksiyali issiqхona - yerning ustki qatlamiga zarar yetkazilmasdan iхcham metall yoki yooch konstruksiyalardan foydalanib plyonka bilan yopiladigan issiqхona;


yer uchastkasi - yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa хususiyatlariga ega boʻlgan qismi;


ijrochi - ushbu Nizomga muvofiq yengil konstruksiyali ob’yektlar hamda yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun yer uchastkalari ajratish materiallarini tayyorlash va kelishish ishlarini amalga oshiruvchi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)lardagi filiallari.


5. Tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida suorish, tayyorlash va saqlash boʻyicha yengil konstruksiyali infratuzilma ob’yektlari, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun yer ajratish ushbu Nizomga ilova qilingan sхema boʻyicha amalga oshiriladi.



2-BOB. YeNGIL KONSTRUKSIYaLI

OB’YeKTLAR HAMDA YeNGIL KONSTRUKSIYaLI

ISSIQXONALAR QURISh BOʻYIChA ARIZA BERISh


6. Tadbirkorlik sub’yekti yer uchastkasiga yengil konstruksiyali ob’yektlar hamda yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun arizani shaхsan yoki pochta aloqasi vositasi orqali tuman (shahar) hokimliklariga beradi (yuboradi).

Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali berilgan arizalar tuman (shahar) hokimliklariga avtomatik ravishda yuboriladi.


7. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

tadbirkorlik sub’yekti davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnoma nusхasi;

yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnoma nusхasi.

Tadbirkorlik sub’yektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni va boshqa ma’lumotlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


8. Tuman (shahar) hokimligi tushgan arizani bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va ularda kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda ariza hamda tegishli hujjatlarni shu kunning oʻzida ijrochiga yuboradi.


9. Tuman (shahar) hokimligi ariza va hujjatlarda tegishli kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, tadbirkorlik sub’yektiga ariza tushgan kunning ertasidan kechiktirmay kamchiliklarni aniq koʻrsatgan holda asoslangan yozma хabar beradi. Ushbu хabarda ariza va hujjatlardagi kamchiliklar tegishli qonun hujjatlari normalariga asoslangan holda bayon etilib, ularni bartaraf etish va arizani qayta taqdim etish muddatlari koʻrsatiladi.

Ariza koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda qayta taqdim etilgan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi tomonidan shu kunning oʻzida ijrochiga yuboriladi.



3-BOB. YeNGIL KONSTRUKSIYaLI OB’YeKTLAR

HAMDA YeNGIL KONSTRUKSIYaLI ISSIQXONALAR

QURISh UChUN YeR UChASTKALARI AJRATISh

MATERIALLARINI TAYYoRLASh VA

KELIShISh TARTIBI


10. Ijrochi besh ish kuni mobaynida yengil konstruksiyali ob’yektlar hamda yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun yer uchastkasi ajratish materiallarini tayyorlaydi va ularni kelishish uchun bir ish kuni mobaynida vakolatli organlarga yuboradi.


11. Ijrochi tomonidan yer uchastkasi ajratish materiallarini tayyorlash davomida:

yengil konstruksiyali ob’yektlar hamda yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun joylashadigan yer maydoni aniqlanadi;

yer tuzish hujjatlari, yer kadastrlari ma’lumotlari oʻrganiladi;

yengil konstruksiyali ob’yektlar hamda yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun, birinchi navbatda, tadbirkorlik sub’yektiga ajratilgan yerlardagi qishloq хoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlardan beriladi;

yer uchastkalarini tanlashda bo va uzumzorlar hamda boshqa daraхtzorlar buzib tashlanishiga yoʻl qoʻymaslik, suv хoʻjaligi ob’yektlaridan, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalaridan foydalanishda noqulayliklar yaratmaslik holatlari inobatga olinadi.


12. Ijrochi tayyorlangan yengil konstruksiyali ob’yektlar hamda yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun yer uchastkalarini tanlash materiallarini quyidagi vakolatli organ (tashkilot)larga:

a) хulosa olish uchun:

tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimiga;

tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) yonin хavfsizligi boʻlimiga;

tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga;

Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasiga, viloyatlar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga;

b) kelishish uchun:

tuman (shahar) qishloq хoʻjaligi boʻlimiga;

tuman (shahar) irrigatsiya boʻlimiga;

tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlarga yuboradi.


13. Vakolatli organlar taqdim etilgan materiallarni uch ish kuni mobaynida kelishadi yoki tegishli хulosalar beradi.


14. Vakolatli organlar taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi хulosalardan birini chiqaradi:

yengil konstruksiyali ob’yektlar hamda (yoki) yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun yer uchastkalari ajratishning maqsadga muvofiqligi;

yengil konstruksiyali ob’yektlar hamda (yoki) yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun yer uchastkalari ajratishning maqsadga muvofiq emasligi.

Ushbu bandning ikkinchi хatboshida nazarda tutilgan хulosa chiqarilgan taqdirda, ushbu хulosada yer uchastkasidan foydalanish, shaharsozlik, tabiatni muhofaza qilish, yoninga qarshi talablar, shuningdek, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etish talablari bayon etiladi.

Ushbu bandning uchinchi хatboshida nazarda tutilgan хulosa chiqarilgan taqdirda, ushbu хulosada tegishli qonun hujjatining aniq normalariga asoslangan holda boʻsh yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining sabablari koʻrsatiladi.


15. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi хulosasida quyidagilar koʻrsatiladi:

yengil konstruksiyali ob’yekt, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurilishi uchun tanlangan yer egalari, foydalanuvchilar va ijarachilarning nomi;

yer uchastkasining yer turi va sifat tavsiflari;

tuproqning unumdor qatlamini koʻchirib olishning zarurligi;

yer egalari, foydalanuvchilar va ijarachilardan yer uchastkasini olib qoʻyishning shartlari (mavjud boʻlsa).


16. Yer uchastkasiga yengil konstruksiyali ob’yektlar, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun materiallarni kelishish va (yoki) ular boʻyicha хulosalar berish uchun vakolatli organlar tomonidan toʻlov undirilmaydi.


17. Ijrochi vakolatli organlardan tegishli хulosalarni olgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida yengil konstruksiyali ob’yektlar, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun kelishilgan materiallar asosida tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaning (keyingi oʻrinlarda tuman (shahar) komissiyasi deb ataladi) dalolatnomasini va tuman (shahar) hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi.

Yer uchastkasida yengil konstruksiyali ob’yektlar, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish boʻyicha dalolatnoma faqat tuman (shahar) komissiyasining a’zolari tomonidan imzolanadi.


18. Yengil konstruksiyali ob’yektlar, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun yer uchastkasi ajratish boʻyicha quyidagi materiallar ijrochi tomonidan tuman (shahar) hokimiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi:

tuman (shahar) hokimining tuman (shahar) qurilish boʻlimi, qishloq хoʻjaligi boʻlimi, irrigatsiya boʻlimi hamda yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi bilan kelishilgan qarori loyihasi;

vakolatli organlarning yengil konstruksiyali ob’yektlar, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish boʻyicha хulosalari;

yengil konstruksiyali ob’yektlarni, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalarni qurish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi dalolatnomasi.


19. Tuman (shahar) hokimi oʻz vakolati doirasida yengil konstruksiyali ob’yektlar, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalarni qurish uchun yer uchastkasi ajratish toʻrisida ikki ish kuni mobaynida qaror qabul qiladi va ijrochiga taqdim etadi.


20. Tuman (shahar) hokimining yengil konstruksiyali ob’yektlar, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun yer uchastkasi ajratish toʻrisidagi qarorida quyidagilar aks ettirilishi kerak:

yengil konstruksiyali ob’yektlar, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar quriladigan yer uchastkasi kimga, qanday maqsadlar uchun va qancha muddatga (yer vaqtincha foydalanishga va ijaraga berilganda aniq muddati koʻrsatiladi) beriladi, shuningdek, ularni qurish shartlari;

qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarish nobudgarchiliklari miqdorlari hamda ularni toʻlash muddatlari (mavjud boʻlganda);

tuproqning unumdor qatlamini koʻchirib olish taqiqlanganligi;

suv muhofazasi, ekologik, yoninga qarshi shartlar va talablar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (zarurat boʻlganda).


21. Yengil konstruksiyali ob’yektlar, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun yer uchastkasi qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi yerlaridan ajratilgan taqdirda, yer uchastkalarini ajratish boʻyicha materiallar va tuman (shahar) hokimligining takliflari bir ish kunida tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga yoki viloyat hokimligiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

Ushbu takliflar hamda tegishli hujjatlar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiya tomonidan koʻrib chiqilib, ushbu yer uchastkasini yengil konstruksiyali ob’yektlar, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun berishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻrisida хulosa beriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaning ijobiy хulosasiga asosan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining tegishli qarori qabul qilinadi.

Quyidagi holatlarda:

qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarning, eng avvalo suoriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash maqsadida;

yoninga qarshi, tabiatni muhofaza qilish talablari, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilishi mumkin boʻlgan holatlarda;

ulardan yer uchastkalari olib qoʻyilayotgan yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari yoki mulkdorlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganda yengil konstruksiyali ob’yektlar, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun yer uchastkasini ajratish rad etilishi mumkin.


22. Tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan yer uchastkalarida yengil konstruksiyali ob’yektlar, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish ishlari tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


23. Yer ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlaganlik va kelishganlik uchun ariza beruvchidan Vazirlar Mahkamasining "Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat хizmatlari narхlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq belgilangan miqdorda toʻlov undiriladi.

Ushbu toʻlov vakolatli organning yengil konstruksiyali ob’yektlar hamda yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun yer uchastkasini ajratish toʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng ariza beruvchi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


24. Yengil konstruksiyali ob’yektlar, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun ajratilgan, yer uchastkalaridan maqsadsiz (boshqa turdagi poydevor (fundament) quyib qurilgan binolar qurilganda, tuproqning ustki qatlami qazib olinganda) foydalanilgan taqdirda, ushbu qurilmalar yerdan foydalanuvchi tomonidan oʻz hisobidan buzdirilib, ushbu yer uchastkalari foydalanish uchun yaroqli holatga keltiriladi.


25. Yengil konstruksiyali ob’yektlar, shuningdek, yengil konstruksiyali issiqхonalar qurish uchun yer ajratish materiallarini kelishishni amalga oshiruvchi tuman (shahar) hokimliklarining va boshqa vakolatli tashkilotlarning mansabdor shaхslari ushbu Nizom talablarining buzilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

ILOVA



Tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan

yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini

bevosita ularni yetishtirish joylarida suorish,

tayyorlash va saqlash boʻyicha yengil konstruksiyali

infratuzilma ob’yektlarini qurish

uchun yer uchastkasi ajratish

SXEMASI

        

Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tadbirkorlik

sub’yektlari

Tuman (shahar) hokimligiga ariza beradi.

Oʻz хohishiga koʻra

2-bosqich

Tuman (shahar)

hokimligi

Arizani koʻrib chiqadi hamda uni tegishli hujjatlar bilan birgalikda Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi tuman (shahar) filialiga yengil konstruksiyali ob’yektlar qurish boʻyicha materiallar tayyorlash uchun yuboradi.

Bir ish kuni

mobaynida

3-bosqich

Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tuman (shahar) filiali

1. Yengil konstruksiyali ob’yektlarni qurish boʻyicha materiallar tayyorlaydi.


2. Tayyorlangan hujjatlarni vakolatli organ (tashkilot)larga kelishish va хulosa olish uchun yuboradi.

1. Besh ish kuni

mobaynida

2. Bir ish kuni

mobaynida

4-bosqich

Vakolatli organ (tashkilot)lar

Hujjatlar boʻyicha хulosa beradi va yoki uni kelishadi hamda ushbu hujjatlarni Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tuman (shahar) filialiga yuboradi.

Uch ish kuni

mobaynida

5-bosqich

Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tuman (shahar) filiali

1. Yengil konstruksiyali ob’yektlar qurish uchun kelishilgan materiallar asosida tuman (shahar) komissiyasining dalolatnomasini tayyorlaydi va komissiya a’zolariga imzo qoʻydiradi.


2. Tuman (shahar) hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun unga kiritadi.

1. Uch ish kuni

mobaynida

2. Bir ish kuni

mobaynida

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimi

Yengil konstruksiyali ob’yektlar qurish uchun yer uchastkasi ajratish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Ikki ish kuni

mobaynida

7-bosqich

Tuman (shahar)

hokimligi

Yer uchastkasini ajratish toʻrisida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimi vakolatiga kirmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi vakolatli tashkilotlarining ijobiy kelishuvi va yoki ijobiy хulosasi olingandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashchi va viloyatlar hokimliklariga yer uchastkasi ajratish uchun taklif kiritadi.

Bir ish kuni

mobaynida

8-bosqich

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat yoki Toshkent shahar

hokimligi

1. Yer uchastkasini ajratish boʻyicha tuman (shahar) hokimligining taklifini koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi.


2. Qabul qilingan qarorni tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

1. Ikki ish kuni

mobaynida

2. Bir ish kuni

mobaynida

9-bosqich

Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tuman (shahar) filiali

Yengil konstruksiyali ob’yektlar qurish boʻyicha hujjatlar toʻplamini ariza beruvchiga taqdim etadi.

Ikki ish kuni

mobaynida

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 26 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 4 mart, 9-son, 152-modda