Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 26.02.2019 y. 77-mh-son "Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 26.02.2019 y. 2864-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

26.02.2019 y.

N 2864-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

26.02.2019 y.

N 77-mh


BUYRUI



Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash va

ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan

kelishish tartibi toʻrisidagi nizomning

3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi PF-5650-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻrisida"gi PF-5519-son Farmoni)"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 28 fevraldagi 42-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2864, 2017 yil 28 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 9-son, 140-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻrisidagi nizomning 3-bandi toʻrtinchi хatboshisidagi "Devoni" degan soʻz "Administratsiyasi" degan soʻz bilan almashtirilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari X. Meliyev zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                               R. Davletov


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 26 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 4 mart, 9-son, 159-modda