Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.02.2019 y. 177-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.02.2019 y.

N 177



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh VAZIRINING AGRAR VA OZIQ-OVQAT

SOHALARINI RIVOJLANTIRISh MASALALARI

BOʻYIChA MASLAHATChISINING FUNKSIONAL

VAZIFALARI HAMDA AGRAR VA OZIQ-OVQAT

SOHALARINI RIVOJLANTIRISh MASALALARI

KOTIBIYaTI TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisining funksional vazifalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻn kun muddatda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari aхborot-tahlil departamenti toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2018 yil 2 martdagi 163-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi zimmasiga hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 28 fevral