Davlat patent idorasi direktorining 11.11.2003 y. 66-son "Patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyхatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 24.12.2003 y. 1294-son bilan roʻyхatga olingan)
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
24.12.2003 y.
N 1294
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT PATENT IDORASI
DIREKTORINING
11.11.2003 y.
N 66
BUYRUGʻI
Patent vakillarini attestatsiyadan
va roʻyхatdan oʻtkazish qoidalarini
tasdiqlash toʻgʻrisida
2004 yil 3 yanvardan kuchga kiradi
Oʻzbekiston Respublikasining "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida"gi Qonunini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 1 iyuldagi 298-son "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyхatdan oʻtkazish qoidalari (bundan keyin - Qoidalar) tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan soʻng 10 kundan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqning ijro etilishi yuzasidan nazorat qilish direktor oʻrinbosari V.V. Yermolayeva zimmasiga yuklatilsin.
Direktor A. Azimov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)