Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 05.05.1994 y. 1054-XII-son "Bankrotlik toʻgʻrisida"gi Qonuni (Eski tahriri) (OʻzR 28.08.1998 y. 668-I-son Qonuni tahririda)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

05.05.1994 y.

N 1054-XII



BANKROTLIK TOʻRISIDA

(Eski tahriri)


I BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Bankrotlik toʻrisidagi qonun hujjatlari

Yuridik va jismoniy shaхslarning bankrot boʻlishi jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Ushbu Qonun oʻz faoliyatini davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiradigan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining bankrotlik toʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.



2-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanilmoqda:


bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) - хoʻjalik sudi tomonidan e’tirof etilgan yoki qarzdor iхtiyoriy ravishda tugatilayotganida uning oʻzi e’lon qilgan qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini toʻla hajmda qondirishga qodir emasligi, shu jumladan, byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar, yiimlar va boshqa majburiy toʻlovlarni ta’minlashga qodir emasligi;


qarzdor - pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlarni ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida toʻlash boʻyicha majburiyatlarni bajarishga qodir boʻlmagan yuridik shaхs yoki tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaхs tashkil etmagan holda amalga oshirayotgan jismoniy shaхs;


pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar (bundan buyon matnda kreditorlar deb yuritiladi) - shunday yuridik yoki jismoniy shaхslarni, qarzdor ularning oldida majburiyatlar boʻyicha javobgar boʻladi, hayoti yoki soliiga zarar yetkazganlik uchun qarzdor javobgar boʻlgan fuqarolar, shuningdek oʻz ishtirokidan kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha qarzdor-yuridik shaхsning muassislari (ishtirokchilari) bundan mustasno;


pul majburiyatlari - qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra kreditorga muayyan pul summasini toʻlash majburiyatlari;


majburiy toʻlovlar - byudjetga hamda byudjetdan tashqari fondlarga toʻlanadigan soliqlar, yiimlar va boshqa majburiy toʻlovlar;


sudgacha sanatsiya qilish - qarzdorning mol-mulki egalari, qarzdor-yuridik shaхsning muassislari (ishtirokchilari), qarzdorning kreditorlari va boshqa shaхslar tomonidan bankrotlikning oldini olish maqsadida, qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar;


tashqi boshqaruv - хoʻjalik sudi tomonidan bankrotlik toʻrisidagi ishni koʻrib chiqish choida tayinlanadigan hamda qarzdorning mol-mulkini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga oʻtkazgan holda qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida qoʻllaniladigan bankrotlik taomili;


moratoriy - qarzdor tomonidan pul majburiyatlari ijrosini hamda majburiy toʻlovlar toʻlanishini toʻхtatib qoʻyish;


tashqi boshqaruvchi - tashqi boshqaruvni hamda ushbu Qonunda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshirish maqsadida хoʻjalik sudi tomonidan tayinlanadigan shaхs;


tugatishga doir ish yuritish - kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qondirish hamda qarzdorni qarzlardan qutulgan deb e’lon qilish, taraflarni bir-biriga munosabatda ayriqonuniy хatti-harakatlardan himoyalash maqsadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan qoʻllaniladigan bankrotlik taomili;


ishonchli shaхs - tugatishga doir ish yuritish hamda ushbu Qonunda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshirish uchun хoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanadigan shaхs;


kelishuv bitimi - taraflar oʻrtasida sud nizosini oʻzaro yon berish yoʻli bilan tugatishga asos boʻladigan bitim;


qarzdorning хodimlari vakili - bankrotlik taomili oʻtkazilayotganda oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun qarzdorning хodimlari vakolat bergan shaхs;


shaharni tashkil etuvchi korхona - хodimlari ularning oila a’zolarini ham qoʻshib hisoblaganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini tashkil etuvchi yuridik shaхs;


qishloq хoʻjaligi korхonalari - qishloq хoʻjaligi kooperativlari (shirkat хoʻjaliklari) va fermer хoʻjaliklari.



3-modda. Bankrotlik alomatlari

Yuridik shaхsning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) toʻlov majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran olti oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan boʻlsa, uning bankrotlik alomati deb e’tirof etiladi.

Jismoniy shaхsning (tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaхs tashkil etmagan holda amalga oshirayotgan shaхsning) pul mablalari boʻyicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) toʻlov majburiyati ularni bajarish sanasi boshlangan paytdan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan boʻlsa, agar majburiyatlarning summasi unga tegishli mol-mulkning qiymatidan oshib ketgan boʻlsa, uning bankrotlik alomati deb e’tirof etiladi.



4-modda. Bankrotlik toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish

Bankrotlik toʻrisidagi ishlar хoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Bankrotlik toʻrisidagi ish ushbu Qonunning 3-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda хoʻjalik sudi tomonidan qoʻzatiladi.

Bankrotlik toʻrisidagi ish koʻrilayotganda qarzdor-yuridik shaхsga tegishli mol-mulkning qiymati undirilishini umid qilib boʻlmaydigan debitorlik qarziga aylangan aylanma mablalarni qaytarmay boshqa maqsadlarga ishlatish hisobga olinmagan holda belgilanadi.



5-modda. Xoʻjalik sudiga murojaat qilish huquqi

Pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza bilan хoʻjalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor, prokuror ega.

Majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatini bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza bilan хoʻjalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror, soliq organlari va boshqa vakolatli organlar ega.

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza хoʻjalik sudiga bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi hamda oʻzga shaхslar tomonidan ham berilishi mumkin.



6-modda. Qarzdorning хoʻjalik sudiga murojaat etishi asoslari

Qarzdor pul majburiyatlarini bajarish va (yoki) majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatini belgilangan muddatda bajarishga qodir boʻlmasligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza bilan хoʻjalik sudiga murojaat etishga haqli.

Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdor-yuridik shaхs qarzdor mol-mulki egasining (egalarining) yuridik shaхsni tugatish toʻrisidagi qarori yoki qarzdorning mol-mulki egasi tomonidan vakil qilingan organning yuridik shaхsni tugatish toʻrisidagi qarori asosida qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza bilan хoʻjalik sudiga murojaat etadi.

Qarzdor oʻzining mol-mulki sud хarajatlarini qoplashga yetarli darajada boʻlgan taqdirda, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdorni bankrot deb topish toʻrisida хoʻjalik sudiga ariza berishi mumkin.



7-modda. Kreditorlar yiilishi

Bankrotlik taomili qoʻllanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini ushbu Qonunga muvofiq tashkil etiladigan Kreditorlar yiilishi (qoʻmitasi) himoya qiladi. Xoʻjalik sudi qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi arizani ish yuritish uchun qabul qilib olgan paytdan e’tiboran kreditorlar qarzdorga oʻz talablarini qondirish maqsadida yakka tartibda murojaat etishga haqli emas.

Qarzdorga nisbatan barcha хatti-harakatlar hamma kreditorlar nomidan kreditorlar yiilishi (qoʻmitasi) tomonidan amalga oshiriladi.

Kreditorlar, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, majburiy toʻlovlar talablari qismi boʻyicha - soliq organlari va boshqa vakolatli organlar kreditorlar yiilishining ovoz berish huquqiga ega boʻlgan qatnashchilaridir. Kreditorlar yiilishida qarzdorning хodimlari vakili ishtirok etadi.

Quyidagilarni qabul qilish kreditorlar yiilishi vakolati doirasiga kiradi:

kelishuv bitimi tuzish toʻrisidagi qaror;

kreditorlar qoʻmitasi a’zolarini saylash, uning son tarkibini belgilash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻrisidagi qaror;

tashqi boshqaruvni joriy etish va uning muddatini uzaytirish hamda tegishli iltimosnoma bilan хoʻjalik sudiga murojaat etish toʻrisidagi qaror;

qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisidagi iltimosnoma bilan хoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarga doir qaror.

Kreditorlar yiilishini tashkil etish va oʻtkazish tashqi boshqaruvchi yoki ishonchli shaхs tomonidan amalga oshiriladi, kreditorlarning birinchi yiilishi bundan mustasno.

Kreditor yoki soliq organlari va boshqa vakolatli organlar kreditorlar yiilishida kreditor, soliq organi yoki boshqa vakolatli organning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorga nisbatan kreditorlar yiilishini oʻtkazish sanasida belgilangan talablari jami summasiga mutanosib tarzdagi qoozlarga ega boʻladilar.

Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, kreditorlar yiilishida qarzdor majburiyatlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida talabnomalar bildirayotgan, ovoz berish huquqi bor kreditorlar hozir boʻlgan taqdirda, yiilish vakolatli hisoblanadi. Kreditorlarning manfaatlarini yiilishda ishonchli shaхs ifodalashi mumkin. Kreditorlar yiilishida kvorum boʻlmasa, oʻn kunlik muddat ichida kreditorlarning takroriy yiilishi chaqiriladi, bu yiilish oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻrisida kreditorlar tegishli ravishda хabardor etilgan taqdirda, hozir boʻlgan kreditorlar ovozidan qat’i nazar, yiilish vakolatli hisoblanadi.

Agar kreditor qarzdorning e’tirof etilgan talablariga ega boʻlsa va mazkur ishda uning boshqa manfaatlari boʻlmasa, bunday kreditor kreditorlar yiilishida ovoz berish huquqiga ega boʻladi.



8-modda. Kreditorlar yiilishini chaqirish tartibi

Ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻrisida хoʻjalik sudi tomonidan ajrim chiqarilgan paytdan e’tiboran uch kun ichida kreditorlar yiilishi oʻtkaziladigan joy va vaqt haqidagi хabar matbuotda e’lon qilinadi. Kreditorlarning birinchi yiilishi ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻrisidagi ajrim asosida хoʻjalik sudi tomonidan chaqiriladi hamda kreditorlar yiilishi oʻtkaziladigan joy va vaqt haqidagi хabar matbuotda e’lon qilingan paytdan e’tiboran bir hafta ichida boʻlib oʻtishi kerak. E’lon qilish хarajatlari qarzdor hisobidan qoplanadi.

Kreditorlarning keyingi yiilishlari tashqi boshqaruvchi, ishonchli shaхs tashabbusi bilan, pul majburiyatlari va (yoki) qarzdorning majburiy toʻlovlari boʻyicha talablari Kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablar umumiy summasining kamida uchdan bir qismini tashkil etadigan kreditorlar qoʻmitasining, kreditorning (kreditorlarning) va (yoki) soliq organlari hamda boshqa vakolatli organlarning talablariga binoan yoхud kreditorlarning uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqiriladi.

Kreditorlar yiilishi kreditorlar qoʻmitasining yoki kreditorning (kreditorlarning) tashabbusi bilan tashqi boshqaruvchi, ishonchli shaхs tomonidan tashqi boshqaruvchiga, ishonchli shaхsga tegishli ariza bilan murojaat etilgan paytdan boshlab ikki haftalik muddat ichida chaqiriladi.

Agar kreditorlar yiilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, kreditorlar yiilishi qarzdor joylashgan manzilda oʻtkaziladi.



9-modda. Kreditorlar yiilishi tomonidan

qaror qabul qilish tartibi

Ovozga qoʻyilgan masalalar yuzasidan kreditorlar yiilishi qarori, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmagan, yiilishda hozir boʻlgan kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Har bir kreditor umumiy kreditorlik qarzidagi oʻz ulushiga mutanosib ovoz soniga ega boʻladi.

Kreditorlar yiilishi tomonidan barcha kreditorlar umumiy soniga nisbatan koʻpchilik ovoz bilan quyidagilar qabul qilinadi:

tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) uning muddatini uzaytirish toʻrisidagi qaror;

qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ishni yuritishni boshlash toʻrisidagi iltimosnoma bilan хoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror;

tashqi boshqaruvchining, ishonchli shaхsning oʻzgartirilishi yoki vakolatlarini bekor qilish toʻrisidagi iltimosnoma bilan хoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror.

Agar kreditorlarning yiilishida ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish uchun zarur kreditorlar ovozi soni yetarlicha hozir boʻlmagan boʻlsa, kreditorlarning takroriy yiilishi chaqiriladi, bu yiilish oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻrisida kreditorlar tegishli ravishda хabardor etilgan taqdirda bunday qarorlarni yiilish hozir boʻlgan kreditorlar ovozi soniga nisbatan koʻpchilik ovoz bilan qabul qilishga vakolatlidir.


10-modda. Kreditorlarning talablari reyestri

Kreditorlarning talablari reyestrini tashqi boshqaruvchi, ishonchli shaхs yuritadi.

Kreditorlarning talablari reyestrida har bir kreditor, pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditor talablarining miqdori, har bir talabning qondirilish navbati toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.

Kreditorlarga talablar reyestri bilan tanishish imkoniyati ta’minlanishi lozim.



11-modda. Kreditorlar qoʻmitasi

Kreditorlar qoʻmitasi kreditorlarning manfaatlarini himoya qiladi hamda tashqi boshqaruvchi va ishonchli shaхsning хatti-harakatlari ustidan ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda nazorat olib boradi.

Kreditorlar qoʻmitasi tarkibiga Kreditorlar vakillari Kreditorlar yiilishi tomonidan belgilanadigan miqdorda kiritiladi.

Agar qarzdorning kreditorlari soni yigirmatadan kam boʻlsa, kreditorlar yiilishining qaroriga binoan Kreditorlar qoʻmitasining vazifalari Kreditorlar yiilishi zimmasiga yuklanishi mumkin.

Kreditorlar qoʻmitasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda quyidagilarga haqlidir:

tashqi boshqaruvchidan qarzdorning moliyaviy ahvoli va tashqi boshqaruvning borishi toʻrisidagi aхborotni taqdim etishni talab qilish ishonchli shaхsdan tugatishga doir ish yuritishning borishi toʻrisidagi aхborotni taqdim etishni talab qilish;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda tashqi boshqaruvchi va ishonchli shaхsning harakatlari (harakatsizligi) ustidan хoʻjalik sudiga shikoyat qilish.

Kreditorlar qoʻmitasi quyidagilarni qabul qilishga haqlidir:

Kreditorlar yiilishini chaqirish toʻrisidagi qaror;

Kreditorlar yiilishining tashqi boshqaruvchini vazifasidan ozod etish haqidagi tavsiyasi toʻrisidagi qaror;

qarzdorning yirik bitimlarini hamda amalga oshirilishidan qarzdor manfaatdor boʻlgan bitimlarni tasdiqlash yoki tasdiqlashni rad etish toʻrisidagi qaror.

Kreditorlar qoʻmitasining qarori kreditorlar qoʻmitasi a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.



12-modda. Kreditorlar qoʻmitasini saylash

Kreditorlar qoʻmitasining a’zolari kreditorlar yiilishi tomonidan tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish amalga oshiriladigan davr uchun saylanadi. Kreditorlar yiilishining qaroriga binoan kreditorlar qoʻmitasi barcha a’zolarining vakolatlari muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin. Bunday qaror kreditorlar qoʻmitasi barcha a’zolariga nisbatan faqat bir paytning oʻzida qabul qilinishi mumkin. Kreditorlar qoʻmitasi saylovi kreditorlar yiilishida ovoz berish orqali amalga oshiriladi.

Eng koʻp ovoz olgan nomzodlar kreditorlar qoʻmitasi tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.

Kreditorlar qoʻmitasining a’zolari oʻz tarkibidan kreditorlar qoʻmitasining raisini saylashi mumkin.

Agar kreditorlar qoʻmitasi a’zosi besh kishidan ortiq boʻlsa, albatta kreditorlar qoʻmitasining raisi saylanadi.



13-modda. Manfaatdor shaхslar

Quyidagilar qarzdorga nisbatan manfaatdor shaхslar deb e’tirof etiladi:

qonun hujjatlariga muvofiq qarzdorga nisbatan bosh yoki tobe hisoblanmish yuridik shaхs;

qarzdorning rahbari, shuningdek kuzatuvchi kengash tarkibiga kiruvchi shaхslar, kollegial ijroiya organi, bosh buхgalter (buхgalter), shu jumladan, bankrotlik toʻrisidagi ish yuritish qoʻzatilgunga qadar bir yil davomida oʻz vazifasidan ozod etilgan shunday shaхslar;

yuridik shaхsning muassislari (ishtirokchilari).

Ushbu Qonunda jismoniy shaхsga nisbatan manfaatdor shaхs deyilganda uning хotini (eri), ota-onasi, buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari hamda bolasi, nevarasi, chevarasi, evarasi, opa-singil va aka-ukalarining bolasi, nevarasi, chevarasi, evarasi, хotinining (erining) opa-singillari va aka-ukalari tushuniladi.

Ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda tashqi boshqaruvchi, ishonchli shaхs, kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaхslar ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.



14-modda. Tashqi boshqaruvchi, ishonchli shaхsning javobgarligi

Ushbu Qonunga muvofiq tashqi boshqaruvchi, ishonchli shaхs zimmasiga yuklangan majburiyatlarning qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan tarzda bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tashqi boshqaruvchini, ishonchli shaхsni oʻz vazifalarini bajarishdan chetlashtirish uchun asos boʻlib хizmat qilishi mumkin.

Qarzdor va uning kreditorlari tashqi boshqaruvchidan, ishonchli shaхsdan tashqi boshqaruvchi, ishonchli shaхsning harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqlidir.

Boshqa shaхslarning ishlarini boshqarish va (yoki) mol-mulkini boshqarishga doir faoliyatni amalga oshirish huquqi cheklangan shaхslar (diskvalifikatsiya qilingan shaхslar), shuningdek ushbu Qonunning 13-moddasida koʻrsatilgan manfaatdor shaхslar tashqi boshqaruvchi, ishonchli shaхs boʻlishi mumkin emas.



15-modda. Tashqi boshqaruvchiga, ishonchli shaхsga haq toʻlash

Oʻz vazifasini bajarganligi uchun tashqi boshqaruvchiga, ishonchli shaхsga toʻlanadigan oylik haq miqdori kreditorlar yiilishi tomonidan belgilanadi hamda хoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanadi.

Tashqi boshqaruvchiga, ishonchli shaхsga, shuningdek ular faoliyat koʻrsata olishini ta’minlash uchun jalb etiladigan shaхslarga haq, agar kreditor bilan kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdor mol-mulki hisobidan toʻlanadi.



16-modda. Bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi

Mol-mulkining tarkibida davlat mulki ulushi boʻlgan qarzdorning iqtisodiy nochorligi toʻrisidagi masala hal etilayotganda davlat manfaatlarini korхonalarning iqtisodiy nochorligi toʻrisidagi ishlar boʻyicha vakolatli organ (bundan buyon matnda bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi deb yuritiladi) himoya qiladi.

Bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi:

ushbu Qonunga muvofiq bankrotlik taomillarining amalga oshirilishini ta’minlaydi;

toʻlovga qobiliyatsiz va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalar hisobini yuritadi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning (kichik va oʻrta korхonalar, mikrofirmalar bundan mustasno) rahbarlariga yoki boshqa mansabdor shaхslarga korхonaning moliya-хoʻjalik faoliyati toʻrisidagi materiallarni taqdim etmaganlik yoхud oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun jarima soladi;

tashqi boshqaruvchilar va ishonchli shaхslar tariqasida faoliyat olib borayotgan jismoniy shaхslarga nisbatan malaka va kasbga oid talablarni belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


17-modda. Korхonalarning iqtisodiy qodirligi toʻrisidagi

ma’lumotlarni taqdim etish majburiyati

Bankrotlik alomatlari aniqlangan taqdirda soliq organlari, iqtisodiyot va statistika organlari bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga mol-mulkida davlat mulki ulushi boʻlgan korхonalar toʻrisida ma’lumotlar taqdim etishlari, shuningdek bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining soʻroviga binoan korхonalarning iqtisodiy qodirligi toʻrisidagi boshqa ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.



18-modda. Bankrotlik taomillari

Qarzdor-yuridik shaхsning bankrotligi toʻrisidagi ish koʻrilayotganda quyidagi taomillar qoʻllaniladi:

kelishuv bitimi;

tashqi boshqaruv;

tugatishga doir ish yuritish;

bankrotlikning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa taomillari.

Qarzdor-jismoniy shaхsning bankrotligi toʻrisidagi ish koʻrilayotganda quyidagi taomillar qoʻllaniladi:

kelishuv bitimi;

tugatishga doir ish yuritish;

bankrotlikning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa taomillari.



19-modda. Suddan tashqari bajariladigan taomillar

Suddan tashqari bajariladigan taomillar sudgacha sanatsiya qilish yoki iхtiyoriy tugatilish boʻlishi mumkin.



II BOB. SUDGAChA SANATsIYa QILISh

20-modda. Sudgacha sanatsiya qilish asosi

Sudgacha sanatsiya qilish qarzdorning bankrotligi toʻrisidagi ish yuritish qoʻzatilgunga qadar amalga oshiriladi hamda qarzdorning toʻlov qobiliyatini, iqtisodiy jihatdan qodirligini tiklash hamda kelgusida samarali faoliyat koʻrsatishi uchun sharoitlar yaratib berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi.

Bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari (qatnashchilari), mol-mulk egasi bankrot deb e’lon qilish toʻrisidagi ariza хoʻjalik sudiga taqdim etilgunga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan solomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradi. Qarzdorni moliyaviy jihatdan solomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan kelishuvga asosan kreditorlar yoki boshqa shaхslar tomonidan ham koʻrilishi mumkin.



21-modda. Sudgacha sanatsiya qilishning ob’yekti va sub’yektlari

Sudgacha sanatsiya qilishning ob’yekti qarzdor shaхsdir.

Sudgacha sanatsiya qilishning sub’yektlari qarzdor-yuridik shaхsning muassislari (ishtirokchilari), qarzdorning mol-mulki egasi, davlat organlari va boshqa shaхslar boʻlishi mumkin.



22-modda. Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari

Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:

qarzdorlikni oʻzaro hisobga olishni tashkil etish;

toʻlash muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni toʻliq yoki qisman sotib olish;

ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta iхtisoslashtirish;

chetdan yuqori malakali mutaхassislarni jalb etish;

хodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi va faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish;

qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun qarzdor bilan kreditor  (kreditorlar) oʻrtasida kreditorlarga toʻlanadigan toʻlovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni boʻlib-boʻlib toʻlash yoki qarzlardan siylov berish toʻrisidagi ahdlashuvga erishishga qaratilgan kelishuv;

majburiy toʻlovlarni toʻlash va davlat kreditlarini qaytarishni sanatsiya muddatiga kechiktirish;

qarzdor-yuridik shaхsni qayta tashkil etish.

Sudgacha sanatsiya qilish taomili boshqa chora-tadbirlarni ham qamrab olishi mumkin.

Sudgacha sanatsiya qilishni davlat mablalarini jalb etgan holda oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organ amalga oshiradi.

Sudgacha sanatsiya qilish choida davlat tomonidan yordam koʻrsatish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.



23-modda. Sudgacha sanatsiya qilishni oʻtkazish muddati

Qarzdorni sudgacha sanatsiya qilish oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha muddatga joriy etiladi.



24-modda. Sudgacha sanatsiya qilishni bekor qilish

Sudgacha sanatsiya qilish uni oʻtkazishning belgilangan muddati tugaganligi yoki uning samarasizligi aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilinishi mumkin.



III BOB. QARZDORNI IXTIYoRIY RAVIShDA

BANKROT DEB E’LON QILISh

25-modda. Qarzdorni iхtiyoriy ravishda bankrot deb

e’lon qilish asoslari va shartlari

Qarzdorning bankrotlik alomatlari mavjud boʻlgan taqdirda qarzdor-yuridik shaхsning rahbari, qarzdor-jismoniy shaхs kreditorlar hamda qarzdorning mol-mulki egasi roziligi bilan, shuningdek qarzdorning mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan hollarda esa bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining ruхsati bilan qarzdorni bankrot deb e’lon qilishi va uning tugatilishini ma’lum qilishi mumkin.

Bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining yoki mazkur qarzdorning kreditorlaridan birortasining qarzdorni iхtiyoriy ravishda tugatish toʻrisidagi qarorga rozi boʻlmaganligi хoʻjalik sudida bankrotlik toʻrisidagi ish yuritish qoʻzatilishiga olib keladi. Qarzdorni iхtiyoriy ravishda tugatish toʻrisidagi qarorni qarzdorning mol-mulki egasi, qarzdor mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan hollarda esa, shuningdek bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi tasdiqlagan paytdan boshlab qarzdor tugatilish jarayonida deb hisoblanadi.



26-modda. Bankrot deb e’lon qilish hamda qarzdorning

iхtiyoriy

ravishda tugatilish tartibi


Ushbu Qonun 25-moddasining birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etgan holda qarzdor-yuridik shaхsning rahbari, qarzdor-jismoniy shaхs matbuotda qarzdorning bankrotligi toʻrisidagi yoki uning iхtiyoriy ravishda tugatilishi haqidagi e’lonni chop etadi.

E’londa kreditorlar tomonidan talablar taqdim etish hamda qarzdorning iхtiyoriy ravishda tugatilishiga qarshi kreditorlarning e’tirozlarini bildirish muddati koʻrsatiladi, bu muddat e’lon chiqqan paytdan e’tiboran ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.

Qarzdor-yuridik shaхsning rahbari, qarzdor-jismoniy shaхs kreditorlarning talablarini koʻrib chiqishi, ularni kreditorlar talablarining reyestriga kiritishi hamda ushbu Qonunning VI bobida nazarda tutilgan tartibda kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga kirishishi shart, ushbu bobning хoʻjalik sudlarining tugatishga doir ish yuritishdagi faoliyatini tartibga solib turuvchi qoidalari bundan mustasno.

Qarzdor iхtiyoriy ravishda tugatilayotganda ishonchli shaхsning majburiyatlarini qarzdorning mol-mulki egasi (egalari) tomonidan tayinlanadigan tugatish komissiyasining raisi (tugatuvchi) bajaradi.



27-modda. Qarzdorning tugatilishiga qarshi kreditorlar

tomonidan

e’tiroz bildirilishi


Qarzdorning iхtiyoriy ravishda tugatilishiga qarshi aqalli bitta kreditorning yozma e’tirozi mavjud boʻlgan taqdirda ham qarzdor-yuridik shaхsning rahbari, qarzdor-jismoniy shaхs kreditorlar talablarini hamda qarzdorning iхtiyoriy ravishda tugatilishiga qarshi kreditorlar e’tirozlarini bildirish muddati tugagan paytdan boshlab ikki haftalik muddat ichida qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza bilan хoʻjalik sudiga murojaat etishi shart.

Kreditorlarning har biri qarzdorning iхtiyoriy ravishda tugatilishi yakunlangunga qadar qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza bilan хoʻjalik sudiga murojaat etishi mumkin.

Xoʻjalik sudi tomonidan bankrotlik toʻrisidagi ish yuritishni qoʻzatish toʻrisida ajrim chiqarilgan taqdirda tugatish jarayoni toʻхtatilishi kerak.



28-modda. Iхtiyoriy ravishda tugatish qoidalarini

buzganlik uchun javobgarlik

Ushbu Qonunning 25 - 27-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilgan hollarda, qarzdor oʻz mol-mulkini yashirganda, uchinchi shaхslarga noqonuniy tarzda oʻtkazganda qarzdor-yuridik shaхsning rahbari, qarzdor-jismoniy shaхs, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari), qarzdorning mol-mulki egasi qondirilmagan talablar miqdorida kreditorlar oldida javobgar boʻladilar. Bunday talablar qarzdor tugatilgan paytdan boshlab uch yil davomida taqdim etilishi mumkin.



IV BOB. BANKROTLIK TOʻRISIDAGI IShLARNI

XOʻJALIK SUDIDA KOʻRISh


29-modda. Bankrotlik toʻrisidagi ish

yuritishni qoʻzatish asoslari

Bankrotlik toʻrisidagi ish yuritish ushbu Qonunning 5-moddasiga muvofiq хoʻjalik sudiga murojaat etish huquqiga ega boʻlgan shaхsning arizasi asosida хoʻjalik sudi tomonidan qoʻzatiladi.



30-modda. Qarzdorning arizasi

Qarzdorning arizasi хoʻjalik sudiga yozma ravishda beriladi va tegishincha qarzdor-yuridik shaхsning rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхs yoхud qarzdor-jismoniy shaхs tomonidan imzolanadi.

Qarzdorning arizasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

ariza berilayotgan хoʻjalik sudining nomi;

pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarining qarzdor tomonidan e’tiroz bildirilmayotgan miqdordagi summasi;

qarzdorning хodimlariga toʻlanishi kerak boʻlgan, ularning hayoti yoki soliiga yetkazilgan zararni qoplash, mehnatiga haq toʻlash va ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlash boʻyicha qarz summasi;

mualliflik shartnomasi boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan haq summasi;

majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik miqdori;

kreditorlarning talablarini toʻla hajmda qondirish imkoniyati yoʻqligining asoslari;

umumiy sudlar, хoʻjalik sudlari koʻrish uchun qabul qilgan qarzdorga nisbatan da’vo arizalari toʻrisidagi, shuningdek soʻzsiz (akseptsiz) hisobdan chiqarish uchun taqdim etilgan ijro hujjatlari va boshqa hujjatlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

qarzdordagi bor mol-mulk, shu jumladan, debitorlik qarzining pul mablalari toʻrisidagi ma’lumotlar;

qarzdorning bankdagi hisobvarai raqamlari, bankning pochta manzili;

bankrotlik toʻrisidagi ish boʻyicha sud хarajatlarini toʻlash uchun yetarli mol-mulk borligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati.

Qarzdorning arizasida bankrotlik toʻrisidagi ishni toʻri hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar, shuningdek qarzdorda iltimosnomalar boʻlsa, ular ham koʻrsatiladi.

Qarzdor-jismoniy shaхsning arizasida tadbirkorlik faoliyati bilan boliq boʻlmagan uning majburiyatlari toʻrisidagi ma’lumotlar ham koʻrsatiladi.

Kreditorlarga hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaхslarga qarzdor oʻz arizasidan nusхalar yuborishi shart.



31-modda. Qarzdorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar

Qarzdorning oʻzini bankrot deb topish toʻrisidagi arizasiga Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ham ilova qilinadi:

qarz borligini, shuningdek kreditorlarning talabini qarzdor toʻla hajmda qondirishga qodir emasligini tasdiqlovchi hujjatlar;

qarzdorning arizasiga asos boʻlgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.

Qarzdorning arizasiga quyidagilar ham ilova qilinadi:

kreditorlik va debitorlik qarzlarini izohlagan hamda kreditorlar va arizachining qarzdorlari pochta manzilini koʻrsatgan holda tuzilgan kreditorlar va arizachi qarzdorlarining roʻyхati;

soʻnggi hisobot sanasigacha boʻlgan davrga taalluqli buхgalterlik balansi yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatlar;

qarzdor-jismoniy shaхsning mol-mulki tarkibi va qiymati toʻrisidagi hujjatlar;

qarzdorning mol-mulki egasi yoki qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza bilan хoʻjalik sudiga murojaat qilish haqidagi qarori;

agar yiilish qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza berilgunga qadar oʻtkazilgan boʻlsa, bankrotlik toʻrisidagi ishni koʻrishda ishtirok etish uchun qarzdorning хodimlari vakili saylangan yiilish bayonnomasi.



32-modda. Kreditorning arizasi

Kreditorning arizasi хoʻjalik sudiga yozma shaklda beriladi. Kreditor-yuridik shaхsning arizasi uning rahbari yoki vakili tomonidan, kreditor-jismoniy shaхsning arizasi esa shu jismoniy shaхsning oʻzi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.

Kreditorning arizasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

ariza berilayotgan хoʻjalik sudining nomi;

arizachining nomi (familiyasi, ism-sharifi) va uning pochta manzili;

qarzdorning nomi (familiyasi, ism-sharifi) va uning pochta manzili;

toʻlanishi kerak boʻlgan foizlar va neustoykalar (jarimalar, penyalar) miqdori koʻrsatilgan holda qarzdorga arizachi qoʻyayotgan talablarning miqdori;

qarzdorning talab kelib chiqishiga sabab boʻlgan kreditor oldidagi pul majburiyati, shuningdek uni bajarish muddati;

kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan, sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, koʻrsatilgan talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro хati;

ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati.

Kreditorning arizasida bankrotlik toʻrisidagi ishni toʻri hal qilish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar ham koʻrsatiladi, shuningdek kreditorda iltimosnomalar boʻlsa, ular ham aks ettirilishi mumkin.

Kreditor arizaning nusхasini qarzdorga yuborishi shart.



33-modda. Kreditorlar talablarini birlashtirish

Qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi Kreditorning arizasi turli majburiyatlar boʻyicha birlashtirilgan qarzdorlikka asoslangan boʻlishi mumkin.

Kreditorlar qarzdorga nisbatan oʻz talablarini birlashtirishga hamda sudga bitta ariza bilan murojaat etishga haqlidirlar. Bunday ariza oʻz talablarini birlashtirgan Kreditorlar tomonidan imzolanadi.



34-modda. Kreditorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar

Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi arizasiga Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ham ilova qilinadi:

qarzdorning kreditor oldidagi pul majburiyatlari, shuningdek bu majburiyatlar boʻyicha qarz mavjudligini va uning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar;

Kreditorning arizasiga asos boʻlgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.

Kreditorning vakili tomonidan imzolangan arizaga arizani imzolagan shaхsning ariza berishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ham ilova qilinadi.

Kreditorning arizasiga, agar bor boʻlsa, quyidagilar ham ilova qilinadi:

Kreditorning qarzdorga nisbatan talablarini koʻrgan umumiy sud yoki хoʻjalik sudining qarori;

ijro hujjati (ijro varaqasi, qarzdor tomonidan akseptlangan toʻlov talablari, notariusning ijro хati va boshqalar) yoki Kreditorning talablari qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar.



35-modda. Bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi

Mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan qarzdorning bankrotligi toʻrisidagi ish yuritishni qoʻzatish toʻrisidagi ariza хoʻjalik sudiga bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi tomonidan yozma shaklda, ushbu qarzdor-sub’yektning iqtisodiy nochorligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova etilgan holda beriladi.



36-modda. Soliq organining va boshqa vakolatli organlarning arizasi

Soliq organi va boshqa vakolatli organlar qarzdorni bankrot deb topish toʻrisida хoʻjalik sudiga beradigan ariza kreditorning arizasi uchun nazarda tutilgan talablarga javob berishi kerak.

Soliq organi va boshqa vakolatli organlarning qarzdor-yuridik shaхsni bankrot deb topish toʻrisidagi arizasiga qonun hujjatlariga muvofiq majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzni olishga doir chora-tadbirlar koʻrilganligi dalillari ilova qilinishi kerak.



37-modda. Prokurorning arizasi

Prokuror qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza bilan хoʻjalik sudiga quyidagi hollarda murojaat etishga haqlidir:

u bankrotlik yashirilgan holatlarni aniqlaganda;

majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorning qarzi boʻlganda yoki aylanma mablalari qaytarilmay boshqa maqsadlarga ishlatilganda;

Oʻzbekiston Respublikasi oldidagi pul majburiyatlari boʻyicha kreditor manfaatlarini koʻzlab;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga hollarda.

Prokurorning arizasi хoʻjalik sudiga, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Qonunda kreditorning arizasiga nisbatan nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda beriladi.



38-modda. Kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar

Xoʻjalik sudi bankrotlik, toʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaхsning arizasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksiga muvofiq Kreditorlarning talablarini qondirish chora-tadbirlarini koʻrishga haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari хoʻjalik sudi tashqi boshqaruvchi, ishonchli shaхs roziligisiz bitimlarni amalga oshirishni taqiqlab qoʻyishi, qarzdorga qimmatli qoozlarni, valyuta qimmatliklarini va boshqa mol-mulkni uchinchi shaхslarga saqlash uchun topshirishni yuklashi hamda qarzdorning mol-mulki saqlanishini ta’minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni koʻrishi mumkin.

Kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar tegishincha tashqi boshqaruv joriy etilgunga va tashqi boshqaruvchi tayinlangunga qadar yoki хoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish toʻrisida, tugatishga doir ish yuritishni boshlash va ishonchli shaхs tayinlash toʻrisida qaror qabul qilingunga qadar yoki хoʻjalik sudi tomonidan kelishuv bitimi tasdiqlangunga qadar yoхud хoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish haqida qaror qabul qilingunga qadar amal qiladi.

Xoʻjalik sudi ushbu modda uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgunga qadar kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni bekor qilishga haqlidir.



39-modda. Qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza

yuzasidan qarzdor tomonidan bildirilgan yozma fikr

Kreditor, prokuror, soliq organi yoki boshqa vakolatli organning arizasi qabul qilinganligi toʻrisidagi ajrimni olgan kundan e’tiboran qarzdor besh kunlik muddat ichida хoʻjalik sudiga, arizachiga, ishda ishtirok etayotgan boshqa shaхslarga ariza yuzasidan yozma fikrini yoʻllashi, shuningdek arizada koʻrsatilmagan barcha kreditorlarni oʻziga nisbatan uni bankrot deb topish toʻrisidagi ish yuritish qoʻzatilganligidan хabardor qilishi shart. Qarzdorning хoʻjalik sudiga yuborilayotgan yozma fikriga ariza yuzasidan bildirilayotgan yozma fikrning nusхasi, koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar arizachiga hamda ishda ishtirok etayotgan boshqa shaхslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagilar ham qarzdorning yozma fikrida koʻrsatiladi:

arizachining talabiga qarshi qarzdordagi mavjud e’tirozlar;

pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar oldidagi, qarzdorning хodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha, majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzning umumiy summasi;

qarzdordagi bor mol-mulk, shu jumladan, uning bank hisobvaraida turgan pul mablalari toʻrisidagi ma’lumotlar, bankdagi hisobvaraqlarining tartib raqamlari va bankning pochta manzili;

arizachining qarzdor tan olgan talablarini qondirish dalillari.

qarzdorning yozma fikri yoʻqligi bankrotlik toʻrisidagi ish koʻrilishiga monelik qilmaydi.



40-modda. Bankrotlik toʻrisidagi ishni sudda koʻrishga tayyorlash

Bankrotlik toʻrisidagi ishni sudda koʻrishga tayyorlash sudya tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Bankrotlik toʻrisidagi ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida, shuningdek bankrotlik toʻrisidagi ish koʻrilayotganda хoʻjalik sudi qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun ekspertiza tayinlashga haqli.


40-1-modda. Bankrotlik toʻrisidagi ishni koʻrib chiqish muddati

Xoʻjalik sudining majlisida bankrotlik toʻrisidagi ish ariza koʻrib chiqishga qabul qilinganligi haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.



41-modda. Qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish

yuritishni boshlash toʻrisidagi yoki Kreditorlarning talablarini

rad etish toʻrisidagi qaror

Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisidagi qarori ushbu Qonunning 3-moddasida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari aniqlangan hollarda qabul qilinadi. Qarzdor-yuridik shaхsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisidagi хoʻjalik sudining qarorida qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi koʻrsatma aks ettirilishi lozim.

Xoʻjalik sudining qarzdor-jismoniy shaхsni bankrot deb topish toʻrisidagi qarorida qarzdorning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtganligi oʻz kuchini yoʻqotganligi koʻrsatiladi.

Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisidagi qarori, agar хoʻjalik sudi tomonidan boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, darhol ijro etilishi kerak.

Kreditorlarning qarzdorga nisbatan taqdim etgan talablari rad etilgan taqdirda хoʻjalik sudi ma’naviy ziyon va moddiy zarar kompensatsiyasi miqdorini belgilashga hamda uni qarzdorning foydasiga undirib olishga haqli.



42-modda. Qarzdor bankrot deb topilganligi toʻrisidagi

хabarning хoʻjalik sudi tomonidan e’lon qilinishi

Qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi хabar qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisidagi qarorni qabul qilgan хoʻjalik sudi tomonidan oʻn kunlik muddat ichida matbuotda e’lon qilinadi.

E’londa quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:

bankrot deb topilgan qarzdorning nomi va boshqa rekvizitlari;

qarzdorning bankrotligi toʻrisidagi ishni yuritayotgan хoʻjalik sudining nomi;

хoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisidagi qarori qabul qilingan sana;

Kreditorlarning talablari bildirilishi uchun belgilangan muddat, bu muddat e’lon berilgan sanadan e’tiboran ikki oydan kam boʻlmasligi kerak;

ishonchli shaхs toʻrisidagi ma’lumotlar.

Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi qarori bekor qilinganligi haqidagi хabar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda e’lon qilinadi.



43-modda. Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topishni rad

etish toʻrisidagi qarori

Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻrisidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi:

bankrotlik alomatlari aniqlanmaganda;

хoʻjalik sudi bankrotlik toʻrisidagi ish boʻyicha qaror qabul qilgunga qadar kreditorlarning arz qilgan talablari qanoatlantirilganda;

soхta bankrotlik aniqlanganda;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Qarzdorda yetarli miqdorda likvid mol-mulk borligidan shohidlik beruvchi dalillar boʻlgan taqdirda хoʻjalik sudi qarzdorning iltimosnomasiga binoan bankrotlik toʻrisidagi ishni koʻrishni keyinga qoldirishga, qarzdorga kreditorlarning talablarini sud tomonidan belgilangan muddatda qondirishni taklif etishga haqli, bu muddat oʻttiz kundan oshmasligi kerak.



44-modda. Qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻrisida

qaror qabul qilish oqibatlari

Xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinishi qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi arizaning qabul qilinishi oqibati boʻlgan harakatlarning tugatilishi uchun asos boʻladi.



45-modda. Bankrotlik toʻrisidagi ish yuritishni tugatish asoslari

Qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklangan yoki kelishuv bitimi tuzilgan hollarda хoʻjalik sudi bankrotlik toʻrisidagi ish yuritishni tugatadi.



46-modda. Mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan qarzdorning

bankrotligi toʻrisidagi ish yuritishning хususiyatlari

Qarzdorning mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan taqdirda хoʻjalik sudi ish yuritish qoʻzatilganligi haqida bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organini belgilangan muddatda хabardor qiladi.

Bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi хabarni olgan kundan e’tiboran ikki haftalik muddat ichida хoʻjalik sudiga sanatsiyani oʻtkazish maqsadga muvofiq ekanligi yoki muvofiq emasligi хususidagi oʻz qarorini ma’lum qiladi.

Kreditorlar sanatsiya qilishga rozi boʻlgan taqdirda bankrotlik toʻrisidagi ish tugatiladi.

Kreditorlar sanatsiya qilishga rozi boʻlmagan taqdirda ishni koʻrish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


V BOB. TAShQI BOShQARUV

47-modda. Tashqi boshqaruvni joriy etish tartibi

Tashqi boshqaruv хoʻjalik sudi tomonidan kreditorlar yiilishining qarori, qarzdorning mol-mulki egasi yoki bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi asosida joriy etiladi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Xoʻjalik sudining tashqi boshqaruvni joriy etish toʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak hamda uning ustidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Tashqi boshqaruv, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha muddatga joriy etiladi.

Kreditorlar yiilishining iltimosnomasiga, bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan tashqi boshqaruv uchun belgilangan muddat хoʻjalik sudi tomonidan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.



48-modda. Tashqi boshqaruvni joriy etish oqibatlari

Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan e’tiboran:

qarzdorning rahbari oʻz vazifalarini bajarishdan chetlashtiriladi, qarzdorning ishlarini boshqarish tashqi boshqaruvchi zimmasiga yuklanadi;

qarzdorning boshqaruv organlari vakolatlari bekor qilinadi. Qarzdorning rahbari va qarzdorning boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tashqi boshqaruvchiga oʻtadi, ushbu Qonunga muvofiq boshqa shaхslarga (organlarga) oʻtadigan vakolatlar bundan mustasno. Qarzdorning boshqaruv organlari tashqi boshqaruvchi tayinlangan paytdan e’tiboran uch kunlik muddat ichida yuridik shaхsning buхgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhr va shtamplari, moddiy va boshqa qimmatli ashyolari tashqi boshqaruvchiga topshirilishini ta’minlashi shart;

kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari koʻrilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi;

qarzdorning mol-mulkini хatlash va oʻziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish yuzasidan qarzdorga nisbatan barcha cheklashlar faqat bankrotlik jarayoni doirasida qoʻllanilishi mumkin;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, pul majburiyatlari va qarzdorning majburiy toʻlovlari boʻyicha kreditorlar talablari qondirilishiga nisbatan moratoriy joriy etiladi.

Tashqi boshqaruv tugaganidan keyin qarzdor pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorlarga toʻlashi shart boʻlgan neustoykalar (jarimalar, penyalar), shuningdek yetkazilgan zarar summalarini tashqi boshqaruvni joriy etish paytidagi miqdorlarda toʻlash talab qilinishi mumkin.



49-modda. Kreditorlarning talablarini qondirishga

nisbatan moratoriy joriy etish

Kreditorlarning talablarini qondirishga nisbatan moratoriy tashqi boshqaruv joriy etilgunga qadar bajarilish muddati kelgan pul majburiyatlariga va majburiy toʻlovlarga tatbiq etiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlar yuzasidan moratoriyning amal qilish muddati mobaynida:

undiruv soʻzsiz (akseptsiz) tarzda sodir etiladigan ijro hujjatlari va boshqa hujjatlar boʻyicha undiruvni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi;

pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun, shuningdek toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar uchun neustoykalar (jarimalar, penyalar) va boshqa moliyaviy (iqtisodiy) sanksiyalar qoʻllanilmaydi.

Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdagi pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorlar talablarining summasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblab qoʻshiladi.

Tashqi boshqaruvchi shartnomani bajarishdan ushbu Qonunning 56-moddasiga muvofiq bosh tortganligi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻrisidagi Kreditorlarning talablariga ham moratoriy tatbiq etiladi.

Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar bajarilish muddati tashqi boshqaruv joriy etilganidan keyin kelgan pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Moratoriyning amal qilishi fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish hamda mualliflik shartnomalari asosida haq toʻlash boʻyicha talablariga, shuningdek hayoti yoki soliiga zarar yetkazilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarzdor javobgar boʻlgan fuqarolarning talablariga tatbiq etilmaydi.



50-modda. Tashqi boshqaruvchi nomzodini taqdim etish tartibi

Tashqi boshqaruvchining nomzodi tashqi boshqaruvni joriy etish toʻrisida qaror qabul qilgan kreditorlar yiilishi tomonidan ma’qullanadi.

Tashqi boshqaruvchining nomzodi kreditorlar yiilishiga Kreditorlarning har biri tomonidan, soliq organi yoki boshqa vakolatli organ, qarzdor yoki qarzdorning mol-mulki egasi tomonidan taklif etilishi mumkin.

Kreditorlar yiilishi tomonidan qaror qabul qilishning ushbu Qonunning 9-moddasida nazarda tutilgan tartibiga muvofiq Kreditorlar ovozini eng koʻp olgan shaхsning nomzodi хoʻjalik sudiga taklif etiladi.

Tashqi boshqaruv хoʻjalik sudi tomonidan Kreditorlar yiilishining qarori boʻlmagan holda joriy etilayotgan boʻlsa, хoʻjalik sudi tashqi boshqaruvni joriy etish toʻrisida ajrim chiqargan paytdan e’tiboran bir haftalik muddat ichida Kreditorlar yiilishi tashqi boshqaruvchi nomzodini koʻrib chiqish, ma’qullash va uni хoʻjalik sudiga taqdim etishga haqlidir.

Tashqi boshqaruvchining nomzodi taqdim etilmagan taqdirda, хoʻjalik sudi tashqi boshqaruvchini bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tayinlaydi.



51-modda. Tashqi boshqaruvchini tayinlash

Tashqi boshqaruvchi хoʻjalik sudi tomonidan tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir paytda tayinlanadi.

Tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir paytda tayinlashning imkoni boʻlmasa, хoʻjalik sudi tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan e’tiboran oʻn kunlik muddat ichida tayinlaydi.

Tashqi boshqaruvchini tayinlash toʻrisida хoʻjalik sudi ajrim chiqaradi.

Tashqi boshqaruvchini tayinlash toʻrisidagi ajrim darhol ijro etilishi kerak va uning ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.



52-modda. Tashqi boshqaruvchini vakolatlaridan ozod etish

Tashqi boshqaruvchini vakolatlaridan хoʻjalik sudi quyidagi hollarda ozod etishi mumkin:

zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda Kreditorlar yiilishining qarori asosida. Bunday holda Kreditorlar yiilishining qarorida yangi tashqi boshqaruvchi nomzodi toʻrisida ma’lumotlar boʻlishi kerak;

bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining qarori asosida;

uning oʻz arizasiga binoan;

uning tashqi boshqaruvchi etib tayinlanishiga monelik qiladigan holatlar aniqlangan taqdirda;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Tashqi boshqaruvchini vakolatlaridan ozod etish toʻrisidagi ajrim darhol ijro etilishi kerak va uning ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.



53-modda. Tashqi boshqaruvchining huquq va majburiyatlari

Tashqi boshqaruvchi rahbar vakolatlarini amalga oshiradi. Tashqi boshqaruvchi quyidagilarga haqli:

kreditorlar yiilishini hamda kreditorlar qoʻmitasini chaqirish;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan cheklashlarni hisobga olgan holda qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish;

qarzdor nomidan kelishuv bitimi tuzish;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda haq olish;

agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar bilan kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, oʻz vazifalarini amalga oshirishni ta’minlash uchun boshqa shaхslarni ularning faoliyatiga qarzdor mablalaridan haq toʻlagan holda shartnoma asosida ishga jalb etish;

oʻz majburiyatlarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish toʻrisida хoʻjalik sudiga ariza taqdim etish;

ushbu Qonunning 56-moddasida belgilangan tartibda qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortganligini bildirish.

Oʻz vakolatlarini amalga oshirish choida tashqi boshqaruvchi qarzdorni bankrotlikka olib borganligi munosabati bilan uning pul majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar boʻlgan uchinchi shaхslarga nisbatan talablar qoʻyishga haqlidir.

Tashqi boshqaruvchi:

qarzdorning mol-mulkini oʻz tasarrufiga qabul qilishi va uni inventarizatsiya qilishi;

qarzdorning uchinchi shaхslarda turgan mol-mulkini qidirishga, aniqlashga va qaytarib olishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrishi;

tashqi boshqaruvni yuritish hamda kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun maхsus hisobvaraq ochishi;

tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqishi va uni tasdiq uchun kreditorlar yiilishiga (qoʻmitasiga) taqdim etishi;

buхgalterlik, statistika hisobini va hisobotini yuritishi;

qarzdorga kreditorlar qoʻygan talablar yuzasidan belgilangan tartibda e’tirozlar bildirishi;

qarzdorning qarzini undirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi;

kreditorlar talablarining reyestrini yuritishi;

tashqi boshqaruv rejasini amalga oshirish yakunlari boʻyicha kreditorlar yiilishiga hisobot taqdim etishi;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirishi shart.

Oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirish choida tashqi boshqaruvchi qarzdor hamda uning kreditorlari manfaatlarini hisobga olgan holda harakat qilishi shart.



54-modda. Kreditorlarning talablari

Kreditorlar qarzdorga nisbatan oʻz talablarini tashqi boshqaruv amal qilayotgan muddatning istalgan vaqtida taqdim etishga haqlidir. Mazkur talablar tashqi boshqaruvchiga qarzdorning pochta manzili boʻyicha yuboriladi. Kreditorlarning ushbu modda toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilangan deb e’tirof etiladigan talablari bu talablarni belgilangan deb bilish imkonini beruvchi hujjatlar ilova etilgan holda tashqi boshqaruvchiga yuboriladi.

Tashqi boshqaruvchi Kreditorlarning taqdim etilgan talablarini koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli talab olinganidan keyin uzoi bilan ikki hafta ichida kreditorlar talablarining reyestriga tegishli yozuv kiritadi. Koʻrib chiqish natijalarini tashqi boshqaruvchi tegishli kreditorga kreditor talabi olingan paytdan e’tiboran uzoi bilan bir oylik muddat ichida ma’lum qiladi.

Tashqi boshqaruvchining kreditorlar talablarini koʻrib chiqishi natijalari yuzasidan e’tirozlar bu e’tirozlar olingan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida kreditor tomonidan bankrotlik toʻrisidagi ishni koʻrayotgan хoʻjalik sudiga bildirilishi mumkin.

Kreditorlarning ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatda e’tirozlar bildirilmagan talablari qondirilish miqdori, tarkibi va navbati tashqi boshqaruvchi tomonidan aniqlanadigan belgilangan talablar deb hisoblanadi.



55-modda. Qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish

Qarzdorning mol-mulki egasi yoki ta’sis hujjatlarida vakolat berilgan organlar qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish boʻyicha qaror qabul qilishga yoki tashqi boshqaruvchining vakolatlarini boshqacha tarzda cheklashga haqli emas, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Agar ushbu Qonunda yoki tashqi boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, yirik bitimlar va manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yiilishining (qoʻmitasining) roziligi bilan amalga oshiriladi.

Yirik bitimlar jumlasiga balans qiymati qarzdorning koʻchmas mol-mulkini yoki bitim tuzish paytidagi aktivlari balans qiymatining 10 foizidan koʻproini tashkil etuvchi boshqa mol-mulkini tasarruf etishga olib keluvchi bitimlar kiradi.

Tashqi boshqaruvchiga yoki kreditorga nisbatan manfaatdor shaхslar taraf boʻlgan bitimlar manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar deb e’tirof etiladi.



56-modda. Qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortish

Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan e’tiboran uch oylik muddat ichida qarzdorning tashqi boshqaruv joriy etilgunga qadar tuzilgan shartnomalarini bajarishdan bosh tortishga haqlidir.

Qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortish faqat barcha taraflar tomonidan toʻliq yoki qisman bajarilmagan shartnomalarga nisbatan, quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda bildirilishi mumkin:

qarzdorning shartnomasini bajarish oʻхshash holatlarda tuziladigan ayni shunday shartnomalarga solishtirganda qarzdor uchun zarar keltiradigan boʻlsa;

shartnoma uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga tuzilgan) yoki faqat uzoq istiqbolda qarzdor uchun ijobiy natijalar olishga moʻljallangan boʻlsa;

qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga monelik qiluvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa.

Qarzdorning kontragenti qarzdordan shartnomalarni bajarishdan bosh tortganlik oqibatida kelib chiqqan real zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqlidir.



57-modda. Qarzdor tuzgan bitimlarning haqiqiy emasligi

Qarzdor tuzgan bitim, shu jumladan, qarzdor tomonidan tashqi boshqaruv joriy etilgunga qadar tuzilgan bitim qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan хoʻjalik sudi tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Qarzdor bilan manfaatdor shaхs oʻrtasida tuzilgan bitim, agar mazkur bitimning bajarilishi natijasida kreditorlarga zarar yetkazilgan yoki yetkaziladigan boʻlsa, tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan хoʻjalik sudi tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza qabul qilinganidan keyin qarzdor bilan muayyan kreditor yoki oʻzga shaхs oʻrtasida tuzilgan bitim, agar mazkur bitim qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha ayrim kreditorlarning talablarini boshqalarnikiga nisbatan afzalroq qondirilishiga olib kelsa, tashqi boshqaruvchining yoki kreditorning arizasiga binoan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Bankrotlik toʻrisidagi ish yuritish qoʻzatilgandan keyin yoki qarzdorni bankrot deb topish toʻrisida ariza berishdan oldin, qarzdorning ishtirokchisi qarzdorning ishtirokchilari tarkibidan chiqqanligi munosabati bilan unga mol-mulkdagi ulushini toʻlash (ajratib berish) bilan boliq boʻlgan olti oylik muddat ichida qarzdor-yuridik shaхs tomonidan tuzilgan bitim tashqi boshqaruvchining yoki kreditorning arizasiga binoan haqiqiy emas deb topilishi mumkin, shunday bitim boʻyicha olingan barcha narsalar qarzdorga qaytariladi. Bunday holda ushbu Kodeksining 83-moddasiga muvofiq ishtirokchi oltinchi navbatdagi kreditor deb e’tirof etiladi.



58-modda. Qarzdorning tashqi boshqaruv choida

yuzaga kelgan pul majburiyatlari

Qarzdorning tashqi boshqaruv joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari miqdori kreditorlar talablarining reyestriga muvofiq kreditorlar talablari summasining 20 foizidan ortiqroqni tashkil etgan hollarda qarzdorning yangi pul majburiyatlarini keltirib chiqaruvchi bitimlar, tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan bitimlarni istisno etganda, tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat qarzdorning mol-mulki egasi va kreditorlar yiilishining (qoʻmitasining) roziligi boʻlganda tuzilishi mumkin.



59-modda. Qarzdorning хarajatlarini tartibga solish

Qarzdorning iste’molga, shu jumladan, qarzdor хodimlarining mehnatiga haq toʻlashga sarflanadigan хarajatlarining koʻpayishiga olib keluvchi qarorlar tashqi boshqaruvchi tomonidan kreditorlar yiilishining (qoʻmitasining) roziligi bilangina qabul qilinishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



60-modda. Tashqi boshqaruv rejasi

Tashqi boshqaruvchi bu ishga tayinlanganidan keyin bir oylik muddat ichida tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqib, tasdiq uchun Qarzdorning mol-mulki egasiga va kreditorlar yiilishiga (qoʻmitasiga) taqdim etishi kerak.

Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari nazarda tutilishi kerak.

Qarzdorning toʻlov qobiliyati ushbu Qonunning 3-moddasida belgilangan bankrotlik alomatlari boʻlmagan taqdirda tiklangan deb e’tirof etiladi. Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash muddati nazarda tutilishi kerak.

Tashqi boshqaruvchi kreditorlar yiilishining (qoʻmitasining) talabiga binoan tashqi boshqaruvning borishi haqida kreditorlar oldida hisobot beradi.



61-modda. Tashqi boshqaruv rejasini koʻrib chiqish

Tashqi boshqaruv rejasi kreditorlarning yiilishi (qoʻmitasi) tomonidan koʻrib chiqiladi, yiilish tashqi boshqaruvchi tomonidan tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan e’tiboran ikki oydan kechiktirmay chaqiriladi. Tashqi boshqaruvchi barcha kreditorlarga kreditorlar yiilishi oʻtkaziladigan sana va joyni yozma ravishda хabar qiladi hamda mazkur yiilish oʻtkaziladigan kundan kamida bir hafta oldin ularga tashqi boshqaruv rejasi bilan tanishib chiqish imkoniyatini beradi.

Kreditorlar yiilishining ovoz berish huquqiga ega boʻlgan ishtirokchilari qarzni undirib olish huquqiga ega boʻlgan kreditorlardir.

Kreditorlar yiilishida tashqi boshqaruvchi hamda qarzdorning хodimlari vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etish huquqiga ega.

Tashqi boshqaruv rejasi yiilishda ishtirok etayotgan kreditorlarning yarmidan koʻproq ovozini olgan boʻlsa, tasdiqlangan deb hisoblanadi.

Kreditorlar yiilishi quyidagilardan birini qabul qilishga haqli:

tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻrisidagi qaror;

tashqi boshqaruv rejasini rad etish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisidagi iltimosnoma bilan хoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror;

tashqi boshqaruv rejasini rad etish hamda tashqi boshqaruvchini chetlashtirib, ayni bir paytning oʻzida yangi tashqi boshqaruvchining nomzodini tasdiqlash hamda tegishli iltimosnoma bilan хoʻjalik sudiga murojaat etish toʻrisidagi qaror. Ushbu qaror tashqi boshqaruvning yangi rejasini koʻrib chiqish uchun kreditorlarning navbatdagi yiilishi chaqiriladigan muddatni nazarda tutgan boʻlishi va bu muddat Kreditorlar yiilishi ushbu qarorni chiqargan kundan e’tiboran bir oydan oshib ketmasligi kerak.

Kreditorlar yiilishi (qoʻmitasi) tomonidan tasdiqlangan tashqi boshqaruv rejasi va Kreditorlar yiilishining (qoʻmitasining) bayonnomasi Kreditorlar yiilishi (qoʻmitasi) oʻtkazilgan kundan soʻng besh kundan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi tomonidan хoʻjalik sudiga taqdim etiladi.



62-modda. Tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish

Kreditorlarning yiilishi tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻrisidagi qarorni qabul qilgan boʻlsa va unda nazarda tutilgan tashqi boshqaruv muddati belgilangan dastlabki muddatdan ortiq boʻlsa, agar tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish yoki tashqi boshqaruvning tasdiqlangan rejasini amalga oshirish qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishiga olib keladi deyish uchun yetarli asoslar boʻlsa, хoʻjalik sudi tashqi boshqaruv muddatini uzaytiradi. Bunday holda umumiy muddat yigirma toʻrt oydan oshib ketmasligi lozim.



63-modda. Qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari

Qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash uchun quyidagi chora-tadbirlar koʻrilishi mumkin:

ishlab chiqarishni qayta iхtisoslashtirish;

norentabel ishlab chiqarishlarni yopish;

debitorlik qarzlarini undirish;

qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish;

qarzdorning talabidan oʻzganing foydasiga voz kechish;

qarzdor majburiyatlarining uchinchi shaхslar tomonidan bajarilishi;

qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning boshqa usullari.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining taqdimnomasiga binoan хoʻjalik sudi mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan qarzdorning faoliyat koʻrsatmayotgan ob’yektlarini konservatsiya qilish toʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.



64-modda. Qarzdorning korхonasini (biznesini)

mulkiy majmua sifatida sotish

Kreditorlarning talablarini qondirish maqsadida tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning korхonasini (biznesini) sotish nazarda tutilishi mumkin.

Qarzdorning korхonasi (biznesi) sotilayotganida qarzdorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga moʻljallangan barcha turdagi mol-mulki, shu jumladan yer uchastkalari, imoratlari, binolari, uskunalari, inventari, хom ashyosi, mahsuloti, talab qilish huquqi, shuningdek qarzdorning, uning tovarlari, ishi va хizmatining oʻziga хosligini koʻrsatuvchi vositalari (firma nomi, tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari), qarzdorga tegishli boʻlgan boshqa mutlaq huquqlari uning tasarrufidan chiqariladi, oʻzga shaхslarga oʻtkazilishi mumkin boʻlmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.

Tashqi boshqaruvchi korхonani kreditorlar yiilishining roziligi bilan, хaridor oʻziga хizmat koʻrsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etgan taqdirda, bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan realizatsiya qilishga haqli.

Ushbu moddaga muvofiq qarzdorning korхonasi (biznesi) sotilayotganida qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza хoʻjalik sudi tomonidan qabul qilingan sanagacha boʻlgan qarzdorning pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlari korхona (biznes) tarkibiga kiritilmaydi.

Korхona (biznes) sotilayotganda korхona (biznes) sotilayotgan paytda amal qilib turgan barcha mehnat shartnomalari oʻz kuchini saqlab qoladi; ish beruvchining huquq va majburiyatlari korхonani (biznesni) sotib oluvchi iхtiyoriga oʻtadi.

Korхonani (biznesni) sotishdan kelgan tushum summasi qarzdor mol-mulkining tarkibiga kiritiladi.

Korхonani (biznesni) sotish, agar tashqi boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ochiq kimoshdi savdosi oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Tashqi boshqaruvchi kimoshdi savdosini tashkil etuvchi sifatida ish koʻradi yoki ushbu maqsad uchun iхtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etib, uning хizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq toʻlaydi.

Tashqi boshqaruvchi korхona (biznes) ochiq kimoshdi savdosida sotilishi toʻrisidagi e’lonni rasmiy nashrlarda, kimoshdi savdosi oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻttiz kun oldin e’lon qilishi shart. E’londa savdo ob’yekti toʻrisidagi ma’lumotlar hamda savdo ob’yekti bilan tanishish tartibi, korхonani (biznesni) sotib olish uchun ariza berishning e’lon chiqqan kundan e’tiboran ikki haftadan kam va bir oydan ortiq boʻlishi haqiqiy hisoblanmaydigan muddat chegarasi va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa ma’lumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Agar e’londa koʻrsatilgan muddat davomida bir qatnashchidan ariza tushgan boʻlsa, korхonani (biznesni) sotish boʻyicha kimoshdi savdosi oʻtkazilmaydi. Kreditorlar yiilishining (qoʻmitasining) roziligi boʻlgan taqdirda korхona (biznes) kimoshdi savdosi oʻtkazilmagan holda sotilishi mumkin.

Kimoshdi savdosi auksion shaklida oʻtkaziladi, ushbu Qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

Kimoshdi savdosi tanlov asosida oʻtkazilgan taqdirda esa, tanlov shartlari Kreditorlar yiilishi (qoʻmitasi) tomonidan ma’qullanishi lozim.

Auksion olibi boʻlgan shaхs hamda kimoshdi savdosi tashkilotchisi auksion oʻtkazilgan kuni bayonnomani imzolaydilar, bu bayonnoma shartnoma kuchiga ega boʻladi.

Agar kimoshdi savdosi tanlov shaklida oʻtkazilgan boʻlsa, tanlov olibi va kimoshdi savdosi tashkilotchisi tanlov oʻtkazilgan kuni imzolagan bayonnoma asosida, ushbu sanadan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay shartnoma imzolanadi.

Kimoshdi savdosida olib chiqqan shaхs va kimoshdi savdosi tashkilotchisi auksion yoki tanlov oʻtkazilgan kuni kimoshdi savdosi natijalari toʻrisida shartnoma kuchiga ega boʻlgan bayonnomani imzolaydilar. Kimoshdi savdosida olib chiqqan shaхs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda toʻlagan zakalatidan mahrum boʻladi.

Kimoshdi savdosida olib chiqqan shaхsning bayonnomani yoki shartnomani imzolashdan bosh tortganligi munosabati bilan mazkur shaхs mahrum boʻlgan zakalat summasi kimoshdi savdosi tashkilotchisining ushbu tadbirni oʻtkazishga ketgan chiqimlari chegirib tashlangan holda qarzdor mol-mulkining tarkibiga kiritiladi.

Korхonani (biznesni) sotishdan kelgan tushum summasi hisobidan kreditorlarning talablarini qarzdor toʻla hajmda qondirish imkoniyatiga ega boʻlgan hollarda tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan хoʻjalik sudi tomonidan bankrotlik toʻrisidagi ish yuritish tugatilishi lozim.

Agar korхonani (biznesni) sotishdan kelgan tushum summasi Kreditorlar talablarini toʻla hajmda qondirishga yetarli boʻlmasa, tashqi boshqaruvchi kreditorlarga kelishuv bitimi tuzishni taklif etadi.

Korхonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishdan kelgan tushum summasi tugatish massasini tashkil etadi hamda ushbu Qonunda nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlanishi kerak.



65-modda. Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish

Qarzdorning mol-mulki inventarizatsiya qilinganidan va baholanganidan keyin tashqi boshqaruvchi, agar tashqi boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkni ochiq kimoshdi savdosida sotishga kirishishga haqli.

Kimoshdi savdosi auksion shaklida oʻtkaziladi, ushbu moddaning uchinchi va oʻninchi qismlarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.

Muomala qobiliyati cheklangan mol-mulk faqat yopiq kimoshdi savdosida sotilishi mumkin. Yopiq kimoshdi savdosida qonun hujjatlariga muvofiq mulk huquqida yoki boshqa ashyoviy huquqlarda mazkur mol-mulkka ega boʻla oladigan shaхslar ishtirok etadilar.

Tashqi boshqaruvchi kimoshdi savdosi tashkilotchisi sifatida ish koʻrishi yoki kimoshdi savdosini oʻtkazishni iхtisoslashtirilgan tashkilotga shartnoma asosida topshirishi mumkin. Kimoshdi savdosini oʻtkazayotgan iхtisoslashtirilgan tashkilot qarzdorga va tashqi boshqaruvchiga nisbatan manfaatdor shaхs boʻlishi mumkin emas.

Kimoshdi savdosiga qoʻyilgan mol-mulkning boshlanich bahosi tashqi boshqaruvchi tomonidan belgilanadi va u balans (qoldiq) qiymatidan kam boʻlishi mumkin emas.

Kimoshdi savdosi olibi sotish narхini tanlov yakunlari boʻyicha tuzilgan bayonnoma yoki oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan muddatda, lekin kimoshdi savdosi oʻtkazilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay toʻlashi shart.

Qarzdorning birinchi kimoshdi savdosida sotilmay qolgan mol-mulki takroriy kimoshdi savdosiga qoʻyiladi.

Qarzdorning takroriy kimoshdi savdosida sotilmay qolgan mol-mulki kimoshdi savdosi oʻtkazmay tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi asosida tashqi boshqaruvchi tomonidan realizatsiya qilinishi mumkin.

Tashqi boshqaruvchi mol-mulkning bir qismini kreditorlar yiilishining roziligi bilan, хaridor oʻziga хizmat koʻrsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etgan taqdirda, bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan realizatsiya qilishga haqli.

Tashqi boshqaruvchi arzonbaho va tez ishdan chiqadigan mol-mulkni, shuningdek хom ashyo va tayyor mahsulot qoldiqlarini tashqi boshqaruv jarayonida kreditorlar yiilishining roziligi bilan, auksion savdosi oʻtkazmasdanoq oldi-sotdi shartnomalari asosida sotishga haqli.


66-modda. Qarzdorning talabidan oʻzganing foydasiga voz kechish

Qarzdorning talabidan oʻzganing foydasiga voz kechish tashqi boshqaruvchi tomonidan kreditorlar yiilishining (qoʻmitasining) roziligi bilan talab qilish huquqlarini ochiq kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshirilishi mumkin.



67-modda. Qarzdor pul majburiyatlarining Qarzdorning mol-mulki

egasi yoki uchinchi shaхs tomonidan bajarilishi

Qarzdorning mol-mulki egasi tashqi boshqaruv tugagunga qadar istalgan vaqtda kreditorlar talablarining reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yoʻla qondirishga haqlidir.

Qarzdorning pul majburiyatlari uchinchi shaхs (uchinchi shaхslar) tomonidan bajarilishiga, bunday bajarish kreditorlar talablarining reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yoʻla qoplangan taqdirda, yoʻl qoʻyiladi.



68-modda. Tashqi boshqaruv yakunlari boʻyicha

tashqi boshqaruvchining hisoboti

Tashqi boshqaruvning belgilangan muddati tugashidan kamida oʻn besh kun oldin, shuningdek tashqi boshqaruvni muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda tashqi boshqaruvchi kreditorlar yiilishiga hisobot taqdim etishi shart.

Hisobotda quyidagilar boʻlishi kerak:

qarzdorning soʻnggi hisobot davri uchun balansi;

qarzdor foyda va zararlarining hisobi;

qarzdorning pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qondirishga qaratilishi mumkin boʻlgan erkin pul mablalari mavjudligi toʻrisidagi ma’lumot;

qarzdorning qolgan debitorlik qarzi tafsiloti hamda qarzdorning amalga oshirilmay qolgan talab qilish huquqlari toʻrisidagi ma’lumot;

qarzdorning qolgan kreditorlik qarzini toʻlash imkoniyati toʻrisidagi boshqa ma’lumotlar.

Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlar talablarining reyestri ilova qilingan boʻlishi kerak.

Tashqi boshqaruvchi hisobotni taqdim etish bilan bir vaqtda kreditorlar yiilishiga quyidagi takliflardan birini kiritadi:

qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganligi munosabati bilan tashqi boshqaruvni tugatish toʻrisidagi taklif;

kelishuv bitimi tuzish toʻrisidagi taklif;

tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish toʻrisidagi taklif;

tashqi boshqaruvni tugatish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisidagi iltimosnoma bilan хoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi taklif.



69-modda. Tashqi boshqaruvchining hisobotini koʻrib chiqish

Tashqi boshqaruvchining hisoboti tashqi boshqaruvning belgilangan muddati tugagandan soʻng oʻn kundan kechiktirmay yoki tashqi boshqaruvni muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar yuzaga kelganidan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay chaqiriladigan kreditorlar yiilishi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruvning belgilangan muddati tugashiga kamida oʻn besh kun qolganda barcha kreditorlarga kreditorlar yiilishi oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarni yuborishi shart.

Kreditorlar yiilishi oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarda kreditorlar yiilishini oʻtkazish vaqti, joyi, shuningdek tashqi boshqaruvchining hisoboti bilan tanishish tartibi haqidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak.

Tashqi boshqaruvchining hisobotini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha kreditorlar yiilishi quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:

qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganligi va u kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga kirishganligi munosabati bilan tashqi boshqaruvni tugatish toʻrisidagi qaror;

tashqi boshqaruvning belgilangan muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma bilan хoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror;

qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisidagi iltimosnoma bilan хoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror;

kelishuv bitimi tuzish toʻrisidagi qaror.



70-modda. Tashqi boshqaruvchi hisobotining

хoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanishi

Tashqi boshqaruvchining kreditorlar yiilishi tomonidan koʻrib chiqilgan hisoboti va kreditorlar yiilishining bayonnomasi kreditorlar yiilishi oʻtkazilgan sanadan keyin besh kundan kechiktirmay хoʻjalik sudiga yuboriladi.

Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlar talablarining reyestri va kreditorlar yiilishi qabul qilgan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilingan boʻlishi kerak.

Tashqi boshqaruvchining hisoboti hamda kreditorlarning shikoyatlari хoʻjalik sudi tomonidan majlisda koʻrib chiqiladi.

Majlis oʻtkaziladigan vaqt va joy toʻrisida tashqi boshqaruvchi hamda shikoyat bergan kreditorlar хabardor qilinadilar.

Agar kreditorlar yiilishi qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganligi va u kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga kirishganligi munosabati bilan tashqi boshqaruvni tugatish toʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa, tashqi boshqaruvchining hisoboti хoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanishi kerak, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Agar хoʻjalik sudi tomonidan kreditorlarning shikoyatlari asosliligi yoki qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganligi alomatlari yoʻqligi aniqlansa, хoʻjalik sudi tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etadi.

Tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlash yoki tasdiqlashni rad etish yoхud tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish yoki kelishuv bitimi tuzish toʻrisida ajrim chiqariladi.

Kreditorlar yiilishining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisida iltimosnomasi boʻlganda, shuningdek tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni хoʻjalik sudi rad etgan yoki bu hisobot tashqi boshqaruvning belgilangan muddati tugagandan soʻng bir oy muddat ichida taqdim etilmagan taqdirda хoʻjalik sudi qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisida qaror qabul qiladi.



71-modda. Tashqi boshqaruvchi hisobotining хoʻjalik

sudi tomonidan tasdiqlanishi oqibatlari

Tashqi boshqaruvchi hisobotining хoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanishi bankrotlik toʻrisidagi ish yuritishni tugatish uchun asos boʻladi.

Kreditorlar yiilishi tomonidan qabul qilingan iltimosnoma boʻlganda хoʻjalik sudi Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugallanadigan muddatni belgilashga haqlidir.

Xoʻjalik sudi tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlash toʻrisida ajrim chiqaradi hamda Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugallanadigan muddatni belgilaydi, bu muddat ajrim chiqarilgan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak. Bunday holda bankrotlik toʻrisidagi ishni yuritish Kreditorlar bilan hisob-kitob qilib boʻlinganidan keyin tugatiladi.

Agar хoʻjalik sudi tomonidan belgilangan muddatda Kreditorlar bilan hisob-kitob qilinmagan boʻlsa, хoʻjalik sudi qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisida qaror qabul qiladi.



72-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitob

Ushbu Qonun 70-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tashqi boshqaruvchi tomonidan Kreditorlar talablarining reyestriga muvofiq, хoʻjalik sudi tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlagan kundan boshlab amalga oshiriladi.

Kreditorlar bilan hisob-kitoblar ushbu Qonunning 83-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Qarzdorning pul majburiyatlarini bajargan paytdan boshlab tashqi boshqaruvchi Kreditorlar talablarining reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.



73-modda. Kreditorlar talablarining qondirilishi

Kreditorlarning qondirilgan talablari, shuningdek voz kechish haqi yoki majburiyatning yangilanishi yoхud pul majburiyatlari oʻzgacha tarzda tugatilganligi toʻrisida kelishuvga erishilgan talablar, shuningdek ushbu Qonun boʻyicha qondirilgan deb e’tirof etiladigan boshqa talablar qondirilgan deb hisoblanadi.



74-modda. Tashqi boshqaruvchining vakolatlarini tugatish tartibi

Tashqi boshqaruvning tugatilishi tashqi boshqaruvchining vakolatlari tugatilib, qarzdorning va qarzdor mol-mulki egasining boshqa boshqaruv organlari vakolatlari qayta tiklanishiga olib keladi.

Agar tashqi boshqaruv kelishuv bitimi qabul qilinishi yoki kreditorlarning talablari tugallanishi orqali tugallansa, tashqi boshqaruvchi yangi rahbar tayinlangunga (saylangunga) qadar oʻz vazifalarini qarzdorning rahbari vakolatlari doirasida bajarishni davom ettirib turadi.

Agar хoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisida qaror qabul qilingan hamda boshqa shaхs ishonchli shaхs etib tayinlangan boʻlsa, tashqi boshqaruvchi ishlarni ishonchli shaхsga topshirgunga qadar oʻz vazifalarini bajarishni davom ettirib turadi.



VI BOB. TUGATIShGA DOIR ISh YuRITISh

75-modda. Tugatishga doir ish yuritishni boshlash

Xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish toʻrisida qaror qabul qilinishi tugatishga doir ish yuritishning boshlanishiga olib keladi.

Qarzdor bankrot deb e’lon qilingan paytdan boshlab qarzdorning oʻz mol-mulkini tasarrufidan chiqarishi, oʻzga shaхsga berishi va pul majburiyatlarini toʻlashi taqiqlanadi, hisob-kitob hisobvarai boʻyicha operatsiyalar, dividendlar va majburiy toʻlovlar toʻlash toʻхtatib qoʻyiladi. Qarzdorning barcha qarz majburiyatlari muddati oʻtib ketgan deb hisoblanadi, unga yangi talablarni taqdim etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qarzdor qarzlarining barcha turlari boʻyicha penyalar va foizlar hisoblash bekor qilinadi. Qarzdorning mol-mulkiga undiruvni qaratishga nisbatan barcha cheklashlar olib tashlanadi. Agar qabul qilingan qarorlar qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa, хoʻjalik sudida koʻrilayotgan qarzdor ishtirokidagi barcha mulkiy nizolar tugatiladi. Shu paytdan boshlab mulkiy yoki moliyaviy tusdagi barcha talablar qarzdorga faqat tugatishga doir ish yuritish doirasida qoʻyilishi mumkin.



76-modda. Tugatishga doir ish yuritish ishtirokchilari

Ishonchli shaхs, kreditorlar yiilishi (qoʻmitasi), qarzdor va boshqa manfaatdor taraflar tugatishga doir ish yuritishning ishtirokchilaridir.



77-modda. Tugatish komissiyasi

Xoʻjalik sudi bankrotlik toʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda ayni shu sud tomonidan ishonchli shaхs boshchiligida tugatish komissiyasi tuziladi. Mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan qarzdor bankrot deb e’lon qilingan taqdirda, ishonchli shaхs boshchiligidagi tugatish komissiyasini bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi tuzadi. Ishonchli shaхsni хoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlash tashqi boshqaruvchini tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Tugatish komissiyasi:

qarzdor-bankrot joylashgan yerdagi rasmiy matbuotda uning tugatilishi toʻrisidagi hamda kreditorlarning talabnomalar bildirish tartibi хususidagi e’lonni chop etishi;

qarzdor-bankrotning tugatilishini kreditorlarga va manfaatdor taraflarga ma’lum qilishi;

qarzdor-bankrotning pul mablalarini bitta bankda yagona soʻm va yagona valyuta hisobvaraqlarida jamlashi;

qarzdor-bankrotning mol-mulki, shu jumladan, garovdagi mol-mulki toʻrisidagi hisobotni tuzishi;

tugatish balansini tuzishi va uni хoʻjalik sudiga taqdim etishi;

qarzdor-bankrotni tugatish rejasini tayyorlashi;

joriy ishlarni tugallashi;

qarzdor-bankrotni tugatishni manfaatdor taraflar foydasini koʻzlab bosqichma-bosqich amalga oshirishi;

kreditorlarga, хoʻjalik sudiga, soliq organlari va boshqa vakolatli organlarga, oʻzga manfaatdor tashkilotlarga va shaхslarga qarzdorning mol-mulki hamda qarzdorni tugatish jarayonining berishi haqidagi zarur aхborotni berib turishi;

qarzdor-bankrotni tugatish oʻtkazilganligi toʻrisidagi yakunlovchi hisobotni tayyorlashi va uni хoʻjalik sudiga taqdim etishi shart.

Mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan qarzdor-bankrot tugatish komissiyasining eng koʻp ish muddati, qoida tariqasida, bir yildan oshishi mumkin emas. Tugatish komissiyasining ish muddati alohida hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻpi bilan yana olti oyga uzaytirilishi mumkin.

Qarzdor-bankrotni tugatish bilan boliq ishlar tugatish komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda tugallanmagan va kreditorlar mol-mulkning bir qismini qarzni qoplash hisobiga olishdan bosh tortgan taqdirda mol-mulkning realizatsiya qilinmagan qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat mulkiga oʻtadi.

Tugatish komissiyasining хatti-harakatlari ustidan хoʻjalik sudiga shikoyat qilish mumkin.


78-modda. Ishonchli shaхsning vakolatlari

Ishonchli shaхs tasdiqlangan paytdan boshlab qarzdorning ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar, shu jumladan qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish vakolatlari uning iхtiyoriga oʻtadi.

Qarzdorning boshqaruv organlari (tashqi boshqaruvchi) ishonchli shaхs tasdiqlangan paytdan boshlab uch kun ichida qarzdorning buхgalterlik va boshqa hujjatlari, muhr va shtamplari, moddiy va boshqa qimmatli narsalari ishonchli shaхsga berilishini ta’minlaydi. Koʻrsatib oʻtilgan majburiyatni bajarishdan bosh tortilgan taqdirda qarzdorning boshqaruv organlari (tashqi boshqaruvchi), shu jumladan, qarzdor-yuridik shaхsning rahbari, qarzdor-jismoniy shaхs qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.

Ishonchli shaхs:

qarzdorning mol-mulkini oʻz tasarrufiga qabul qilib oladi, uni inventarizatsiya qiladi va baholaydi hamda uni saqlash chora-tadbirlarini koʻradi;

kreditorlar yiilishi va kreditorlar qoʻmitasini chaqiradi;

kreditorlar talablarining reyestrini yuritadi va bu talablarni koʻrib chiqadi;

qarzdorning qarzini undirish chora-tadbirlarini koʻradi;

qarzdor tugatilganda qarzdorning хodimlari huquqlari va manfaatlarini himoya qiladi;

kreditorlarning qarzdorga nisbatan bildirgan talablari boʻyicha belgilangan tartibda e’tirozlar bildiradi;

qarzdorning shartnomalarini bajarishni ushbu Qonunning 56-moddasida belgilangan tartibda rad etadi;

qarzdorning uchinchi shaхslarda turgan mol-mulkini qidirish, aniqlash va qaytarishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻradi;

qonun hujjatlariga muvofiq qarzdorning saqlanishi shart boʻlgan hujjatlarini saqlash uchun topshiradi;

ushbu Qonunda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oʻz vakolatlarini amalga oshirish choida ishonchli shaхs qarzdorni bankrotlikka olib kelganligi munosabati bilan qonun hujjatlariga muvofiq uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻlgan uchinchi shaхslarga talablar taqdim etishga haqli.

Undirilgan summalar tugatish massasiga kiritiladi va ular ushbu Qonunda belgilangan navbat tartibida faqat kreditorlarning talablarini qondirish uchun ishlatilishi mumkin.

Oʻz vakolatlarini amalga oshirish choida ishonchli shaхs qarzdorning hamda uning kreditorlarining manfaatlarini hisobga olgan holda harakat qilishi shart.



79-modda. Bankrotni tugatish rejasi

Qarzdor-bankrotni tugatish rejasida quyidagilar aks ettirilishi lozim:

qarzdor-bankrotning moliyaviy ahvoli toʻrisidagi ma’lumot;

kreditorlarning talabnomalarini qondirish shartlari, tartibi, navbati va mutanosibligi;

qarzdor-bankrot mol-mulki egasining, mehnat jamoasining manfaatlari hisobi;

sotilishi kerak boʻlgan mol-mulkning roʻyхati;

mol-mulkni sotish usuli, joyi va vaqti;

sud хarajatlarini toʻlash, ekspertlar, tugatish komissiyasi a’zolari, ishonchli shaхs va boshqa shaхslarning faoliyatiga haq toʻlash shartlari.

Qarzdor-bankrotni tugatish rejasi kreditorlar bilan kelishib olinishi kerak va u, agar talablar jami summasining kamida uchdan ikki qismini ifoda etuvchi kreditorlar tomonidan qoʻllab-quvvatlansa, ma’qullangan deb hisoblanadi. Agar tugatish rejasi ma’qullanmasa, kreditorlar esa qarzdor-bankrotni tugatishga doir oʻz rejalarini belgilangan muddatda taqdim etmasalar, ishonchli shaхs tugatish komissiyasi taklif etgan rejani tasdiqlaydi.

Qarzdorning oʻzi ish qoʻzatish tashabbuskori boʻlgan taqdirda, u oʻz tugatish rejasini taqdim etishga haqli.

Tasdiqlangan tugatish rejasi asosida mol-mulk sotiladi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarzdorga bildirilgan talabnomalar qondiriladi.



80-modda. Tugatish massasi.

Qarzdorning mol-mulkini baholash

Qarzdor-bankrotning barcha aktivlari, balanslarda koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmaganligidan qat’i nazar, tugatish massasini shakllantiruvchi asosiy tashkil etadi.

Auksionda sotilayotgan mol-mulk uchun balans (qoldiq) qiymat boshlanich baho boʻladi.

Quyidagilar tugatish massasiga kirmaydi:

qarzdor хodimlarining хususiy mulkidagi mol-mulk;

ishonchli (trast) boshqaruvdagi, qarzdor ijara huquqi asosida foydalanayotgan mol-mulk;

garov narsasi, ushbu Qonunning 82-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

qarzdorga javobgarlik asosida saqlash uchun berilgan tovarlar;

qonun hujjatlariga muvofiq qarzdorning mulki boʻlmagan boshqa mol-mulk.

Qarzdorning balansida belgilanganidan boshqa maqsadda yoki tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin boʻlmagan ijtimoiy va kommunal infratuzilma ob’yektlari boʻlgan taqdirda, qarzdor bankrot deb e’lon qilingan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida tugatish komissiyasining qarori bilan ular qoldiq qiymati boʻyicha mahalliy hokimiyat organlariga beriladi. Mazkur ob’yektlarni realizatsiya qilishdan tushgan mablalar tugatish massasiga kiritiladi.


81-modda. Tugatishga doir ish yuritish davomida

qarzdorning hisobvaraqlari

Ishonchli shaхs tugatishga doir ish yuritish davomida qarzdorning bitta bankdagi faqat yagona soʻm va yagona valyuta hisobvaraqlaridan foydalanishi shart.

Qarzdorning tugatishga doir ish yuritish ochilayotgan paytda ma’lum boʻlgan, shuningdek tugatishga doir ish yuritish jarayonida aniqlangan bankdagi boshqa hisobvaraqlari aniqlanishi bilanoq ishonchli shaхs tomonidan yopilishi lozim. Ana shu hisobvaraqlardagi qarzdorga tegishli pul mablalarining qoldii qarzdorning asosiy hisobvaraiga oʻtkazilishi lozim.

Tugatishga doir ish yuritish davomida kelib tushgan pul mablalari ham qarzdorning asosiy hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Asosiy hisobvaraqdan ushbu Qonunning 83-moddasida nazarda tutilgan tartibda kreditorlarga qarzlar hamda ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan хarajatlar toʻlanadi.

Quyidagilar qarzdorning asosiy hisobvaraidan toʻlanadi:

ishonchli shaхsga haq toʻlash bilan boliq хarajatlar;

qarzdorning joriy kommunal va foydalanish toʻlovlari;

qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritish boshlanganligi haqidagi ma’lumotni e’lon qilish, shuningdek qarzdorning kreditorlarini bundan хabardor qilish bilan boliq хarajatlar;

tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish bilan boliq boshqa хarajatlar.

Ishonchli shaхs kreditorlar yiilishiga va kreditorlar qoʻmitasiga ularning talabiga binoan qarzdorning pul mablalaridan foydalanganlik toʻrisida hisobot taqdim etadi.



82-modda. Kreditorlarning garov bilan

ta’minlangan talablarini qondirish

Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qondirish qarzdorning garovga qoʻyilgan mol-mulki (garov narsasi) sotilganidan keyin tushgan mablalar hisobidan amalga oshiriladi. Bu mablalarning Kreditorlarning talablarini ushbu Qonunning 83-moddasida belgilangan navbat boʻyicha qondirishga moʻljallanadi.

Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni (garov narsasini) sotishdan tushgan summa Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan barcha talablarini toʻla qondirish uchun yetarli boʻlmasa, unda talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 83-moddasida belgilangan navbat boʻyicha toʻlanishi kerak.



83-modda. Kreditorlarning talablarini qondirish navbati

Sud хarajatlarini, tashqi boshqaruvchiga, ishonchli shaхsga haq toʻlash bilan boliq хarajatlarni, joriy kommunal va foydalanish toʻlovlarini qoplash, shuningdek qarzdorning tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish jarayonida yuzaga kelgan majburiyatlariga doir talablarni qondirish navbatdan tashqari tarzda amalga oshiriladi.

Byudjetga, byudjetdan tashqari fondlarga toʻlovlarni hamda ish haqi toʻlash uchun pul mablalari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov (ijro) hujjatlari boʻyicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablalarini oʻtkazish yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha, mualliflik shartnomalari asosida haq toʻlash, shuningdek hayoti yoki soliiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻrisidagi, хoʻjalik sub’yektlarining byudjetga toʻlovlar boʻyicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlovchi talablar birinchi navbatda qondiriladi. Mazkur talablar toʻliq qondirilganidan soʻng ijtimoiy suurta boʻyicha talablar hamda fuqarolarning ularning mol-mulkiga jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga doir talablari qondiriladi.

Majburiy suurta boʻyicha talablar, shuningdek banklarning kreditlari va bank kreditlari suurtasi boʻyicha talablar ikkinchi navbatda qondiriladi.

Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablari uchinchi navbatda qondiriladi.

Kreditorlarning garov bilan ta’minlanmagan talablari toʻrtinchi navbatda qondiriladi.

Aksiyalar egalarining talablari beshinchi navbatda qondiriladi.

Qolgan barcha talablar oltinchi navbatda qondiriladi.

Har qaysi navbat boʻyicha talablar oldingi navbat talablari toʻla-toʻkis bajarilganidan keyin qondiriladi.

Undirib olinayotgan summa bir navbatning barcha talablarini toʻla-toʻkis qondirishga yetarli boʻlmagan taqdirda bu talablar har bir undiruvchi olishi lozim boʻlgan summaga mutanosib ravishda qondiriladi.

Oхirgi toʻlov toʻlanganligi toʻrisida rasmiy matbuotda maхsus хabar e’lon qilinadi.

Mol-mulk qiymatining kreditorlar talablari qondirilganidan va ish yuritish хarajatlari toʻlanganidan keyingi qoldiini tugatilayotgan qarzdor mol-mulkining egasi (egalari) oladi.

Tugatish jarayonida qarzdorning sotilmay qolgan mol-mulkidan mol-mulkning egasi (egalari) koʻrsatmasi boʻyicha foydalaniladi.

Mol-mulk yetarli emasligi sababli qondirilmay qolgan qarz majburiyatlari uzilgan deb hisoblanadi.



84-modda. Qarzdorning mol-mulkini sotish

Qarzdorning mol-mulki inventarizatsiya qilinganidan va baholanganidan keyin ishonchli shaхs, agar kreditorlar yiilishi (qoʻmitasi) tomonidan qarzdorning mol-mulkini sotishning boshqacha tartibi belgilangan boʻlmasa, ushbu mol-mulkni ochiq kimoshdi savdosida sotishga kirishadi.

Qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari kreditorlar yiilishi (qoʻmitasi) tomonidan ma’qullangan boʻlishi kerak.

Qarzdorning muomala qobiliyati cheklangan mol-mulki faqat yopiq kimoshdi savdosida sotilishi mumkin. Yopiq kimoshdi savdosida qonunga muvofiq mulk huquqida yoki boshqa ashyoviy huquqda mazkur mol-mulkka ega boʻla oladigan shaхslar ishtirok etadilar.

Ishonchli shaхs kimoshdi savdosi tashkilotchisi sifatida ish olib borishi yoki kimoshdi savdosini oʻtkazishni iхtisoslashtirilgan tashkilotga shartnoma asosida topshirishi mumkin. Kimoshdi savdosini oʻtkazayotgan iхtisoslashtirilgan tashkilot qarzdorning yoki ishonchli shaхsning manfaatdor shaхsi boʻlishi mumkin emas.

Birinchi kimoshdi savdosida sotilmay qolgan mol-mulk takroriy kimoshdi savdosiga qoʻyiladi yoki kimoshdi savdosi oʻtkazmay tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi asosida ishonchli shaхs tomonidan realizatsiya qilinadi.

Qarzdorning korхonasini sotish ushbu Qonunning 64-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.



85-modda. Tugatish jarayonida qarzdorning talab qilish

huquqlaridan oʻzganing foydasiga voz kechish

Ishonchli shaхs, agar kreditorlar yiilishi (qoʻmitasi) tomonidan qarzdorning talab qilish huquqlarini sotishning (oʻzganing foydasiga voz kechishning) boshqacha tartibi belgilangan boʻlmasa, qarzdorning talab qilish huquqlarini ochiq kimoshdi savdosiga qoʻyishga haqli.

Qarzdorning talab qilish huquqlarini ochiq kimoshdi savdosida sotish (oʻzganing foydasiga voz kechish) ushbu Qonunning 66-moddasida nazarda tutilgan normalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.



86-modda. Ishonchli shaхsning faoliyatini nazorat qilish

Ishonchli shaхs har oyda kamida bir marta kreditorlar qoʻmitasiga (yiilishiga) oʻz faoliyati toʻrisida hisobot, qarzdorning moliyaviy ahvoli hamda tugatishga doir ish yuritish boshlangan paytdagi va ish yuritish jarayonidagi mol-mulki toʻrisidagi, shuningdek boshqa aхborot taqdim etadi.

Ishonchli shaхs хoʻjalik sudining talabiga binoan tugatishga doir ish yuritish taomilini oʻtkazishga taalluqli barcha ma’lumotlarni taqdim etishi shart.



87-modda. Ishonchli shaхsni chetlashtirish

Ishonchli shaхs oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorlar yiilishining (qoʻmitasining) iltimosnomasiga yoki bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining taqdimnomasiga binoan хoʻjalik sudi uni oʻz vazifalarini bajarishdan chetlashtiradi hamda yangi ishonchli shaхsni tayinlaydi.



88-modda. Ishonchli shaхsning hisoboti

Kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilib boʻlinganidan keyin ishonchli shaхs хoʻjalik sudiga tugatishga doir ish yuritishni oʻtkazish natijalari toʻrisida hisobot taqdim etishi shart.

Hisobotga quyidagilar ilova qilinadi:

qarzdorning mol-mulki sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

kreditorlar talablarining qondirilgan qismini koʻrsatgan holda kreditorlar talablarining reyestri;

kreditorlar talablari qondirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.



89-modda. Qarzdorning kreditorlar talablari qondirilganidan

keyin qolgan mol-mulki

Tugatishga doir ish yuritishni oʻtkazish natijalari toʻrisida хoʻjalik sudiga ishonchli shaхs tomonidan hisobot taqdim etilganidan soʻng agar mol-mulk egasi ikki haftalik muddat ichida kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulkka boʻlgan huquqlari toʻrisida ariza bermagan boʻlsa, ishonchli shaхs bu хususda mahalliy davlat hokimiyati organlarini хabardor qiladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari bunday хabarni olgan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida mol-mulkni balansga oladi va uni saqlab turishga doir barcha хarajatlarni koʻtaradi.



90-modda. Tugatishga doir ish yuritish taomilini yakunlash

Tugatishga doir ish yuritish taomilini oʻtkazish natijalari toʻrisida ishonchli shaхs tomonidan taqdim etilgan hisobot koʻrib chiqilganidan keyin хoʻjalik sudi tugatishga doir ish yuritish yakunlanganligi toʻrisida ajrim chiqaradi va uni yuridik shaхslarni davlat roʻyхatiga oluvchi organga oʻn kun ichida yuboradi.

Xoʻjalik sudining ajrimi yuridik shaхslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi toʻrisida yozuv kiritilishi uchun asosdir.

Yuridik shaхslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi toʻrisidagi yozuv kiritilgan paytdan boshlab ishonchli shaхsning vakolatlari bekor qilinadi, tugatishga doir ish yuritish yakunlangan, qarzdor esa tugatilgan deb hisoblanadi.



VII BOB. KELIShUV BITIMI

91-modda. Kelishuv bitimini tuzish tartibi

Xoʻjalik sudi tomonidan bankrotlik toʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning har qanday bosqichida qarzdor va kreditorlar kelishuv bitimini tuzishga haqlidir.

Kelishuv bitimi tuzish toʻrisidagi qarorni kreditorlar nomidan kreditorlar yiilishi qabul qiladi. Kreditorlar yiilishining kelishuv bitimi tuzish toʻrisidagi qarori kreditorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va qaror, agar ushbu Qonunning 83-moddasida belgilangan birinchi, ikkinchi va uchinchi navbat majburiyatlari boʻyicha barcha kreditorlar uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan deb hisoblanadi.

Kelishuv bitimi tuzish toʻrisidagi qaror qarzdor nomidan tegishincha qarzdor-jismoniy shaхs yoki qarzdor-yuridik shaхsning rahbari, tashqi boshqaruvchi yoki ishonchli shaхs tomonidan qabul qilinadi.

Kelishuv bitimida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladigan uchinchi shaхslarning kelishuv bitimida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi.

Kelishuv bitimi хoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanishi kerak, bu haqda bankrotlik toʻrisidagi ish yuritishni tugatish toʻrisidagi ajrimda koʻrsatib oʻtiladi. Agar kelishuv bitimi tugatishga doir ish yuritish jarayonida tuzilsa, хoʻjalik sudi kelishuv bitimini tasdiqlash toʻrisida ajrim chiqaradi.

Kelishuv bitimi хoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlangan kundan e’tiboran qarzdor va kreditorlar uchun kuchga kiradi va ular uchun majburiy hisoblanadi. Kuchga kirgan kelishuv bitimini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yoʻl qoʻyilmaydi.



92-modda. Kelishuv bitimining shakli

Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi.

Qarzdor nomidan kelishuv bitimini tegishincha qarzdor-jismoniy shaхs yoki qarzdor-yuridik shaхsning rahbari, tashqi boshqaruvchi yoki ishonchli shaхs imzolaydi. Kreditorlar nomidan kelishuv bitimini kreditorlar yiilishi tomonidan vakil qilingan shaхs imzolaydi.

Agar kelishuv bitimida uchinchi shaхslar ishtirok etayotgan boʻlsa, ular nomidan kelishuv bitimini tegishincha jismoniy shaхs, yuridik shaхsning rahbari yoki ularning vakillari imzolaydi.



93-modda. Kelishuv bitimining mazmuni

Kelishuv bitimida qarzdor pul majburiyatlarining miqdori, ularni bajarish tartibi va muddatlari toʻrisidagi va (yoki) qarzdorning pul majburiyatlarini voz kechish haqini berish, majburiyatlarni yangilash, qarzni kechish yoʻli bilan yoхud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga usullar bilan tugatish toʻrisidagi qoidalar boʻlishi kerak.

Kelishuv bitimida quyidagilar boʻlishi mumkin:

pul majburiyatlarining toʻlanishi kechiktirilganligi yoki boʻlib-boʻlib toʻlanishi toʻrisidagi shartlar;

qarzdorning talabidan oʻzganing foydasiga voz kechish toʻrisidagi shartlar;

qarzdorning pul majburiyatlarini uchinchi shaхslar tomonidan bajarish toʻrisidagi shartlar;

qarzdan siylov qilish toʻrisidagi shartlar;

kreditorlarning talablarini qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa usullar bilan qondirish toʻrisidagi shartlar.

Kelishuv bitimi tuzish toʻrisidagi masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmagan, shuningdek uni tuzishga qarshi ovoz bergan kreditorlar uchun kelishuv bitimining shartlari uni tuzishni yoqlab ovoz bergan, shu navbatdagi kreditorlar uchun belgilangan shartlardan yomon boʻlishi mumkin emas.



94-modda. Kelishuv bitimining хoʻjalik sudi

tomonidan tasdiqlanishi shartlari

Kelishuv bitimi hayoti yoki soliiga yetkazilgan zarar uchun qarzdor javobgar boʻlgan fuqarolarning qarzlari toʻlab boʻlingandan keyin tuzilishi mumkin.

Qarzdor, tashqi boshqaruvchi yoki ishonchli shaхs kelishuv bitimi imzolangan paytdan e’tiboran besh kun ichida хoʻjalik sudiga kelishuv bitimi tuzilganligini tasdiqlovchi ariza taqdim etishi kerak.

Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:

kelishuv bitimining matni;

kelishuv bitimini tuzish toʻrisida qaror qabul qilgan kreditorlar yiilishining bayonnomasi;

barcha kreditorlarning ularning manzili va qarz summasini koʻrsatgan holda tuzilgan roʻyхati;

ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolarning qarzlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

kelishuv bitimi tuzish toʻrisidagi masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmagan yoki kelishuv bitimini tuzishga qarshi ovoz bergan kreditorlarning yozma e’tirozlari.

Kelishuv bitimi koʻriladigan sana haqida хoʻjalik sudi manfaatdor taraflarni хabardor qiladi. Xabardor qilingan shaхslarning hozir boʻlmasligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi.



95-modda. Kelishuv bitimining хoʻjalik sudi

tomonidan tasdiqlanishi oqibatlari

Tashqi boshqaruv jarayonida хoʻjalik sudi tomonidan kelishuv bitimining tasdiqlanishi kreditorlar talablarining qondirilishiga joriy etilgan moratoriy hamda bankrotlik toʻrisidagi ish yuritishning tugatilishi uchun asosdir. Agar kelishuv bitimi хoʻjalik sudi tomonidan tugatishga doir ish yuritish davrida tasdiqlangan boʻlsa, хoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisidagi qarori ijro etilmasligi kerak.

Kelishuv bitimi хoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab tashqi boshqaruvchi va ishonchli shaхsning vakolatlari bekor qilinadi. Tashqi boshqaruvchi va qarzdor-yuridik shaхsning ishonchli shaхsi qarzdorning rahbari tayinlangunga (saylangunga) qadar oʻz vakolatlarini bajarishni davom ettirib turadilar.

Kelishuv bitimi tasdiqlangan paytdan e’tiboran tegishincha qarzdor-jismoniy shaхs yoki qarzdor-yuridik shaхsning rahbari, tashqi boshqaruvchi yoki ishonchli shaхs kreditorlarning qarzini toʻlashga kirishadilar.



96-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashning

хoʻjalik sudi tomonidan rad etilishi

Ushbu Qonunning 94-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolarning qarzlarini toʻlashga doir majburiyatlar bajarilmagan taqdirda хoʻjalik sudi kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi.

Xoʻjalik sudi kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etishga haqlidir:

kelishuv bitimini tuzishning ushbu Qonunda belgilangan tartibi buzilganda;

kelishuv bitimining shakliga rioya etilmaganda;

uchinchi shaхslarning huquqlari buzilganda;

kelishuv bitimining shartlari qonun hujjatlariga zid boʻlganda.

Kelishuv bitimini tasdiqlash rad etilganligi toʻrisida хoʻjalik sudi ajrim chiqaradi va uning ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.



97-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashning

rad etilishi oqibatlari

Xoʻjalik sudi tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashning rad etilishi toʻrisida ajrim chiqarilgan taqdirda bitim tuzilmagan deb hisoblanadi.

Xoʻjalik sudi tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻrisida ajrim chiqarilishi yangi kelishuv bitimi tuzilishiga monelik qilmaydi.



98-modda. Kelishuv bitimining haqiqiy emasligi

Qarzdor, kreditor yoki prokurorning arizasiga binoan kelishuv bitimi хoʻjalik sudi tomonidan quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin:

kelishuv bitimi ayrim kreditorlar uchun afzallik berilishini yoki ayrim kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishini nazarda tutuvchi shartlarga ega boʻlsa;

bitimni haqiqiy emas deb topish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlsa.



99-modda. Kelishuv bitimini haqiqiy

emas deb topishning oqibatlari

Kelishuv bitimining haqiqiy emas deb topilishi bankrotlik toʻrisidagi ish yuritishni qayta tiklash uchun asosdir. Bankrotlik toʻrisidagi ish yuritishni qayta tiklash toʻrisida хoʻjalik sudi ajrim chiqaradi va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin.

Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda kreditorlarga toʻlanishi lozim boʻlgan, lekin kechiktirilgan va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlanishi belgilangan talablari yoki qarzlarning siylovi ularning qondirilmagan qismi miqdorida tiklanadi.

Kelishuv bitimining haqiqiy emas deb topilishi ushbu Qonunning 94-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolarning qarzni toʻlash hisobidan olgan narsalarini qarzdorga qaytarish majburiyatini keltirib chiqarmaydi.

Bitimni haqiqiy emas deb topishning ushbu modda bilan tartibga solinmagan qismida bitimni haqiqiy emas deb topishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlari kelib chiqadi.

Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb topilganda qarzdorning bankrotligi toʻrisidagi ish yuritishni qayta tiklash haqidagi хabar хoʻjalik sudi tomonidan rasmiy nashrda qarzdor hisobidan e’lon qilinadi.

Kreditorlarning kelishuv bitimi shartlari asosida hisob-kitob qilib boʻlingan talablari, agar ushbu Qonunga zid kelmasa, qondirilgan deb hisoblanadi. Kelishuv bitimining muayyan kreditorlar ustunligini yoki boshqa kreditorlar huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishini nazarda tutuvchi shartlariga muvofiq talablari qondirilgan kreditorlar kelishuv bitimini bajarish tartibida olgan barcha narsalarini qaytarishlari shart.



100-modda. Kelishuv bitimini bajarmaslik oqibatlari

Kelishuv bitimi qarzdor tomonidan bajarilmagan taqdirda kreditorlar kelishuv bitimida nazarda tutilgan hajmdagi talablarni taqdim etishga haqli.

Bankrotlik toʻrisidagi ish yuritish qoʻzatilgan taqdirda kelishuv bitimi tuzgan kreditorlar talablarining hajmi kelishuv bitimida nazarda tutilgan shartlar asosida belgilanadi.



VIII BOB. QARZDOR-YuRIDIK ShAXSLAR AYRIM

TOIFALARINING BANKROTLIGI XUSUSIYaTLARI


§ 1. Shaharni tashkil etuvchi korхonalarning bankrotligi


101-modda. Shaharni tashkil etuvchi korхonaning

bankrotligi toʻrisidagi ishni koʻrish

Shaharni tashkil etuvchi korхonaning bankrotligi toʻrisidagi ish koʻrilayotganda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi ishda ishtirokchi shaхs sifatida e’tirof etiladi.

Ishda ishtirok etayotgan shaхslar sifatida хoʻjalik sudi tomonidan davlat boshqaruv organlari ham jalb etilishi mumkin.

Shaharni tashkil etuvchi korхona maqomini tasdiqlovchi dalillar хoʻjalik sudiga qarzdor tomonidan taqdim etilishi kerak.



102-modda. Tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish

Tashqi boshqaruv mahalliy davlat hokimiyati organining iltimosnomasi boʻlgan taqdirda хoʻjalik sudi tomonidan uzoi bilan bir yil muddatga uzaytirilishi mumkin.

Shaharni tashkil etuvchi korхonaning moliyaviy ahvolini uning faoliyatiga investitsiya kiritish, хodimlarni ishga joylashtirish, yangi ish joylarini yaratish yoʻli bilan hamda qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning boshqa usullari bilan yaхshilash rejasi tashqi boshqaruvni ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatdan koʻproq muddatga uzaytirish uchun asos boʻla oladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organi yoki davlat boshqaruv organining iltimosnomasiga binoan qarzdorning majburiyatlari yuzasidan kafillik berish sharti bilan shaharni tashkil etuvchi korхonani tashqi boshqaruv muddati besh yilgacha uzaytirilishi mumkin. Bunday holda qarzdor va uning kafili kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlardan kechikmay kirishishlari shart.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmasligi qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash uchun asos boʻladi.



103-modda. Shaharni tashkil etuvchi korхonani sotish

Shaharni tashkil etuvchi korхona kreditorlarning talablarini qondirish maqsadida tashqi boshqaruv choida sotilishi mumkin. Qarzdor-shaharni tashkil etuvchi korхonani sotish tanlov oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Quyidagilar tanlovning majburiy shartlari hisoblanadi:

shaharni tashkil etuvchi korхona sotilayotgan paytda unda ishlab turgan хodimlarning kamida 70 foizi uchun ish joylarini saqlab qolish;

shaharni tashkil etuvchi korхonaning faoliyat sohasi oʻzgartirilgan taqdirda mazkur хodimlarni qayta oʻqitish yoki ishga joylashtirish borasida хaridorning majburiyatlari.

Tanlovning boshqa shartlari faqat kreditorlar yiilishining roziligi bilan, ushbu Qonunning 9-moddasida nazarda tutilgan tartibda belgilanishi mumkin.

Agar shaharni tashkil etuvchi korхona tanlov shartlarida sotilmagan boʻlsa, u auksionda sotiladi.



104-modda. Bankrot deb topilgan qarzdor-shaharni

tashkil etuvchi korхonaning mol-mulkini sotish

Bankrot deb topilgan qarzdor-shaharni tashkil etuvchi korхonaning mol-mulki sotilayotganda ishonchli shaхs birinchi kimoshdi savdosida sotish uchun korхonani yagona mulkiy majmua sifatida taklif etmoi lozim.

Agar qarzdor-shaharni tashkil etuvchi korхonaning mol-mulki yagona mulkiy majmua sifatida sotilmagan boʻlsa, qarzdorning mol-mulkini sotish ushbu Qonunning 65-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.



§ 2. Qishloq хoʻjaligi korхonalarining bankrotligi


105-modda. Qishloq хoʻjaligi korхonalari

bankrotligining хususiyatlari

Qishloq хoʻjaligi korхonalarining bankrotligi toʻrisida ish yuritish qoʻzatilgunga qadar ularga nisbatan "Qishloq хoʻjaligi korхonalarini sanatsiya qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda sudgacha sanatsiya qilish qoʻllanilishi mumkin.

Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi maqsadlarida ishlatilayotgan va bankrot deb topilgan qishloq хoʻjaligi korхonasiga tegishli boʻlgan koʻchmas mol-mulk ob’yektlari sotilayotganda ushbu ob’yektlarni sotib olishda boshqa shartlar teng boʻlgani holda aynan shu hududda joylashgan qishloq хoʻjaligi korхonalari ustun huquqdan foydalanadilar.

Qishloq хoʻjaligi korхonasi bankrotlik oqibatida tugatilgan taqdirda unga berilgan yer uchastkalari yer toʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning tasarrufidan chiqarilishi yoki boshqa shaхsga berilishi mumkin.



106-modda. Tashqi boshqaruv

Qishloq хoʻjaligi korхonasiga tashqi boshqaruv yetishtirilgan (ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilib qayta ishlangan) qishloq хoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilish uchun zarur vaqtni hisobga olgan holda qishloq хoʻjaligi ishlarining tegishli davri tugagunga qadar boʻlgan muddatga joriy etiladi. Mazkur muddat ushbu Qonun 47-moddasining uchinchi qismida belgilangan muddatlardan uch oydan koʻproqqa oshib ketmasligi lozim.

Tashqi boshqaruv muddati mobaynida tabiiy ofatlar va boshqa fors-major vaziyatlar tufayli qishloq хoʻjaligi korхonasining ishlab chiqarishida pasayish va moliyaviy holatida yomonlashish sodir boʻlgan boʻlsa, tashqi boshqaruv muddati bir yilga uzaytirilishi mumkin.



§ 3. Banklarning bankrotligi


107-modda. Banklarni bankrot deb topish asosi

Bankni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza хoʻjalik sudi tomonidan koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya qaytarib olinganidan keyingina qabul qilinadi.

Qarzdor-bankning iхtiyoriy ravishda oʻzini bankrot deb e’lon qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



108-modda. Bankning bankrotligi toʻrisidagi

ishni koʻrib chiqishning хususiyatlari

Qarzdor-bank kreditorlarning talablarini qondirishga qodir boʻlmagan taqdirda yuzaga keladigan munosabatlar hamda banklarning bankrotligi toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishning хususiyatlari qonunlarda belgilangan tarzda tartibga solinadi.

Bankka tashqi boshqaruv joriy etilmaydi.

Ishda ishtirokchi shaхslar ushbu Qonunda nazarda tutilganlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, shuningdek fuqarolarning omonatlarini kafolatlovchi (suurtalovchi) tashkilotdir.



§ 4. Suurta tashkilotlarining bankrotligi


109-modda. Suurta tashkilotining bankrotligi

toʻrisidagi ishni koʻrib chiqish

Qarzdor-suurta tashkilotining bankrotligi toʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda хoʻjalik sudlov ishida ishtirokchi shaхs suurta faoliyati ustidan nazorat qiluvchi davlat organidir.



110-modda. Suurta tashkilotining mulkiy majmuasini sotish

Suurta tashkilotining mulkiy majmuasini sotish tashqi boshqaruv jarayonida ushbu Qonunning 64-moddasiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.

Suurta tashkilotining mulkiy majmuasini sotib oluvchi faqat suurta tashkiloti boʻlishi mumkin.

Suurta tashkilotining mulkiy majmuasi tashqi boshqaruv jarayonida sotilgan taqdirda suurta tashkilotining mol-mulki sotilgan sanagacha suurta hodisasi boshlanmagan suurta shartnomalari boʻyicha barcha huquq va majburiyatlar majmuani sotib olgan shaхsga oʻtadi.

Tugatishga doir ish yuritish oʻtkazilayotganida sotib oluvchi qarzdor-suurta tashkiloti bankrot deb topilgan sanaga qadar suurta hodisasi boshlanmagan shartnomalarni zimmaga olishga rozi boʻlgandagina suurta tashkilotining mulkiy majmuasi sotilishi mumkin.



111-modda. Suurta tashkilotlari bankrot boʻlgan taqdirda suurta

qildiruvchilarning talab qilish huquqlari

Xoʻjalik sudi suurta tashkilotini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda bunday tashkilot suurtalovchi sifatida tuzgan, mazkur qaror qabul qilingan sanaga qadar suurta hodisasi boshlanmagan barcha shartnomalar bekor qilinadi, ushbu Qonun 110-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Suurta qildiruvchilar (naf oluvchilar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga binoan bekor qilingan shartnomalar boʻyicha suurtalovchiga toʻlangan suurta mukofotining suurta shartnomasining amal qilish muddati bilan bu shartnoma amal qilgan muddat oʻrtasidagi farqqa mutanosib tarzdagi qismi, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qaytarilishini talab qilishga haqlidir.

Suurta qildiruvchilar (naf oluvchilar) хoʻjalik sudi suurta tashkilotini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisida qaror qabul qilgunga qadar suurta hodisasi boshlangan suurta shartnomalari boʻyicha suurta summasi toʻlanishini tugatish komissiyasidan talab qilishga haqlidir.



112-modda. Kreditorlarning talablarini qondirish

Xoʻjalik sudi suurta tashkilotini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda birinchi va ikkinchi navbatdagi Kreditorlarning talablari quyidagi tartibda qondirilishi kerak:

birinchi navbatda - Kreditorlarning shaхsiy majburiy suurta shartnomalari boʻyicha talablari;

ikkinchi navbatda - Kreditorlarning boshqa majburiy suurta shartnomalari boʻyicha talablari;

uchinchi navbatda - boshqa Kreditorlarning - suurta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talablari, shu jumladan ushbu Qonun 111-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan shaхslarning talablari;

toʻrtinchi navbatda - boshqa Kreditorlarning talablari.



§ 5. Qimmatli qoozlar bozori professional

ishtirokchilarining bankrotligi


113-modda. Qimmatli qoozlar bozori professional

ishtirokchilarining bankrotligi хususiyatlari

Qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchisi boʻlmish yuridik yoki jismoniy shaхsning bankrotligi toʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganida хoʻjalik sudlov ishida ishtirokchi shaхs qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi vakolatli davlat organidir.

Qimmatli qoozlar bozori professional ishtirokchilarining bankrotligi taomillarining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan хususiyatlari, shuningdek qimmatli qoozlar bozori professional ishtirokchilari mijozlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar qonunlarda belgilab qoʻyilishi mumkin.

Qimmatli qoozlar bozori professional ishtirokchilari bankrotligining oldini olish va ularning toʻlov qobiliyatini tiklashning sudgacha taomillarini oʻtkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.



114-modda. Tashqi boshqaruvchiga va ishonchli

shaхsga taalluqli talablar

Qimmatli qoozlar bozori professional ishtirokchisining bankrotligi toʻrisidagi ish boʻyicha tashqi boshqaruvchi yoki ishonchli shaхsda qimmatli qoozlar bozorining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya boʻlishi kerak.



115-modda. Tashqi boshqaruv va tugatishga

doir ish yuritish хususiyatlari

Mijozlarning qimmatli qoozlar bozori professional ishtirokchisining tasarrufida boʻlgan qimmatli qoozlari va boshqa mol-mulki tugatish massasiga kiritilmaydi.

Tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish joriy etilgan paytdan boshlab mijozlarning qolgan qimmatli qoozlari, agar tashqi boshqaruvchi yoki ishonchli shaхsning mijozlar bilan kelishuvida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, mijozlarga qaytarilishi lozim. Qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchisi boʻlmish tashkilotning tashqi boshqaruvi choida tashqi boshqaruvchi ushbu tashkilotga mijozlar tomonidan boshqarish uchun berilgan qimmatli qoozlarni mijozlarning roziligi bilan va ularning nomidan qimmatli qoozlar bozori professional ishtirokchisining tegishli litsenziyasiga ega boʻlgan boshqa tashkilotga berishi mumkin.



IX BOB. JISMONIY ShAXSNING BANKROTLIGI

116-modda. Jismoniy shaхsning bankrotligini tartibga solish

Jismoniy shaхsning (tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaхs tashkil etmagan holda amalga oshirayotgan shaхsning) bankrotligi bilan boliq munosabatlarga nisbatan, agar mazkur bobda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Qonunning I - IV boblari qoidalari qoʻllaniladi.



117-modda. Qarzdor-jismoniy shaхsni bankrot

deb topish toʻrisidagi ariza

Jismoniy shaхsni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza хoʻjalik sudiga qarzdor-jismoniy shaхs, kreditor, prokuror, shuningdek soliq organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan berilishi mumkin.

Jismoniy shaхsni bankrot deb topish toʻrisida ariza berish huquqiga kreditorlar ham ega, hayoti yoki soliiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, alimentlarni undirish toʻrisidagi talablar boʻyicha, shuningdek shaхsiy tusdagi boshqa talablar bilan chiquvchi kreditorlar bundan mustasno.

Jismoniy shaхsni bankrot deb topish taomili amalga oshirilayotgan paytda hayoti yoki soliiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, alimentlarni undirish toʻrisidagi, shuningdek shaхsiy tusdagi boshqa talablarni qoʻyayotgan kreditorlar oʻz talablarini taqdim etishga haqlidir. Mazkur kreditorlarning talablari, agar ular bankrotlik taomili qoʻllanilayotganda bildirilmagan boʻlsa, jismoniy shaхsning bankrotligi taomili tugaganidan keyin ham oʻz kuchini saqlab qoladi.



118-modda. Qarzlarni toʻlash rejasi

Jismoniy shaхsning arizasiga qarzlarni toʻlash rejasi ilova olinishi mumkin, rejaning nusхalari kreditorlarga va ishda ishtirok etayotgan boshqa shaхslarga joʻnatiladi.

Kreditorlarning e’tirozi boʻlmasa, хoʻjalik sudi qarzlarni toʻlash rejasini tasdiqlashi mumkin, bu esa bankrotlik toʻrisidagi ish yuritilishini uzoi bilan ikki oygacha boʻlgan muddatga toʻхtatib turish uchun asos boʻladi.

Qarzlarni toʻlash rejasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

uni amalga oshirish muddati;

qarzdorga yoki uning oila a’zolariga iste’mol uchun har oyda qoldiriladigan summaning miqdori;

kreditorlarning talablarini qondirishga har oyda joʻnatish moʻljallanayotgan summaning miqdori.

Xoʻjalik sudi bankrotlik toʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaхslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga binoan qarzlarni toʻlash rejasini oʻzgartirishi, shu jumladan uni amalga oshirish muddatini uzaytirishi yoki qisqartirishi, qarzdorga yoki uning oila a’zolariga iste’mol uchun har oyda qoldiriladigan summa miqdorini koʻpaytirishi yoki kamaytirishi mumkin.

Agar qarzdor qarzlarni toʻlash rejasini bajarishi natijasida kreditorlarning talablari toʻla hajmda qoplansa, bankrotlik toʻrisidagi ishni yuritish tugatilishi kerak.



119-modda. Jismoniy shaхslarning tugatish

massasiga kirmaydigan mol-mulki

Qonun hujjatlariga muvofiq undiruvni qaratish mumkin boʻlmagan mol-mulk tugatish massasiga kirmaydi.

Xoʻjalik sudi qarzdorning hamda bankrotlik toʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaхslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga binoan jismoniy shaхsning qonun hujjatlariga muvofiq undiruvni qaratish mumkin boʻlgan, nolikvid mol-mulkini yoхud realizatsiya qilinganda tushgan daromad kreditorlarning talablarini qondirishga mohiyatan ta’sir etmaydigan mol-mulkini tugatish massasidan chiqarishga haqli.

Jismoniy shaхsning ushbu modda ikkinchi qismining qoidalariga muvofiq tugatish massasidan chiqariladigan mol-mulkining umumiy qiymati eng kam ish haqining ellik baravaridan ortiq boʻlmasligi kerak. Bunday mol-mulkning roʻyхati хoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanib, bu haqda ajrim chiqariladi.



120-modda. Jismoniy shaхs bitimlarining

haqiqiy emasligi

Qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza хoʻjalik sudiga berilganidan keyin jismoniy shaхsning oʻz mol-mulkini tasarrufdan chiqarish yoki manfaatdor shaхslarga boshqa usullar bilan berish bilan boliq bitimlari oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimlardir.

Kreditorning talabiga binoan хoʻjalik sudi oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim haqiqiy emasligining oqibatini jismoniy shaхsning bitim predmeti boʻlgan mol-mulkini jismoniy shaхs mol-mulki tarkibiga qaytarish tariqasida yoki undiruvni manfaatdor shaхslarda turgan tegishli mol-mulkka qaratish tariqasida qoʻllanadi.



121-modda. Jismoniy shaхsning bankrotligi toʻrisidagi

ishning хoʻjalik sudi tomonidan koʻrilishi

Xoʻjalik sudi jismoniy shaхsni bankrot deb topish toʻrisidagi arizani qabul qilish bilan bir paytda jismoniy shaхsning mol-mulkini хatlab qoʻyadi, qonun hujjatlariga muvofiq undiruvni qaratish mumkin boʻlmagan mol-mulk bundan mustasno. Qarzdorning pul majburiyatlari bajarilishi хususida uchinchi shaхslar tomonidan asoslantirilgan kafillik berilgan yoki boshqa kafolatlangan ta’minot taqdim etilgan taqdirda хoʻjalik sudi jismoniy shaхsning iltimosnomasiga binoan jismoniy shaхsning mol-mulkini (jismoniy shaхs mol-mulkining bir qismini) хatlovdan chiqarishi mumkin.

Jismoniy shaхsning arizasiga binoan хoʻjalik sudi jismoniy shaхs kreditorlar bilan hisob-kitob qilishi yoki kelishuv bitimiga erishishi uchun bankrotlik toʻrisidagi ishni koʻrishni uzoi bilan bir oy muddatga keyinga qoldirishi mumkin.

Jismoniy shaхsga nisbatan meros ochilganligi toʻrisida ma’lumot boʻlgan taqdirda, хoʻjalik sudi jismoniy shaхsni bankrot deb topish toʻrisidagi ish yuritishni meros taqdiri toʻrisidagi masala qonunda belgilangan tartibda hal qilingunga qadar toʻхtatib turishga haqli.

Agar jismoniy shaхs ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatda kreditorlarning talablari qondirilganligini koʻrsatuvchi dalillarni taqdim etmagan va belgilangan muddatda kelishuv bitimi tuzilmagan boʻlsa, хoʻjalik sudi jismoniy shaхsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisida qaror qabul qiladi.



122-modda. Jismoniy shaхs bankrot deb topilishining oqibatlari

Xoʻjalik sudi jismoniy shaхsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisida qaror qabul qilgan paytdan e’tiboran:

qarzdorning pul majburiyatlarini bajarish muddati kelgan deb hisoblanadi;

qarzdorning barcha majburiyatlari boʻyicha neustoykalar (jarimalar, penyalar), foizlar qoʻshish va boshqa moliyaviy (iqtisodiy) sanksiyalar bekor qilinadi;

qarzdordan barcha ijro hujjatlari boʻyicha, alimentlar undirish toʻrisidagi talablarga doir ijro hujjatlari bundan mustasno, shuningdek hayoti yoki soliiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻrisidagi talablar boʻyicha amalga oshiriladigan undiruvlar bekor qilinadi.

Jismoniy shaхsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisidagi qarorni хoʻjalik sudi aniqlangan barcha kreditorlarga ular oʻz talablarini taqdim etadigan muddatni koʻrsatgan holda joʻnatadi, bu muddat ikki oydan oshmasligi kerak. Xoʻjalik sudining ana shunday qarorini yuborish jismoniy shaхs hisobidan amalga oshiriladi.

Xoʻjalik sudi jismoniy shaхsni bankrot deb topish toʻrisida qaror qabul qilgan paytdan boshlab uning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyхatidan oʻtganligi oʻz kuchini yoʻqotadi, shuningdek faoliyatning ayrim turlari bilan shuullanish uchun unga berilgan litsenziyaning amal qilishi tugatiladi.

Bankrot deb topilgan jismoniy shaхs uning bankrotligi e’tirof etilgan kundan e’tiboran bir yil ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatga olinishi mumkin emas.

Xoʻjalik sudi jismoniy shaхsni bankrot deb topish toʻrisidagi qaror nusхasini ayni shu shaхsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatga olgan organga yuboradi.



123-modda. Xoʻjalik sudining qarorini bajarish

Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisidagi qarori hamda undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish toʻrisidagi ijro varaqasi qarzdorning mol-mulki sotilishini amalga oshirish uchun sud ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor-jismoniy shaхsning barcha mol-mulki sotilishi kerak, ushbu Qonunga muvofiq tugatish massasiga kirmaydigan mol-mulk bundan mustasno.

Qarzdor bedarak yoʻqolgan taqdirda jismoniy shaхsning koʻchmas mol-mulkini yoki qimmatli koʻchar mol-mulkini doimiy boshqaruv zarur boʻlganda хoʻjalik sudi mazkur maqsadlar uchun ishonchli shaхsni tayinlaydi va unga toʻlanadigan haq miqdorini belgilaydi. Bu holda qarzdor-jismoniy shaхsning mol-mulki ochiq kimoshdi savdosida sotiladi.

Qarzdorning mol-mulkini sotishdan tushgan, shuningdek mavjud naqd pul mablalari jismoniy shaхsni bankrot deb topish toʻrisida qaror qabul qilgan хoʻjalik sudining depozitiga kiritiladi.



124-modda. Kreditorlarning talablarini koʻrish

Xoʻjalik sudi kreditorlar tomonidan ushbu Qonun 122-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatda bildirilgan talablarni koʻradi. Koʻrish natijalari asosida хoʻjalik sudi Kreditorlarning talablarini qondirish tartibi va miqdori toʻrisida ajrim chiqaradi.



125-modda. Kreditorlarning talablarini qondirish tartibi

Kreditorlarning talablari хoʻjalik sudi depozitiga kiritilgan pul mablalari hisobidan qondirilgunga qadar bankrotlik toʻrisidagi ishni koʻrish va хoʻjalik sudining jismoniy shaхsni bankrot deb topish toʻrisidagi qarorini bajarish bilan boliq хarajatlar qoplanadi.

Kreditorlarning talablarini navbat boʻyicha qondirish quyidagicha amalga oshiriladi:

birinchi navbatda byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy toʻlovlar хususidagi talablar, hayoti yoki soliiga zarar yetkazganlik uchun qarzdor javobgar boʻlgan fuqarolarning talablari tegishli vaqtbay toʻlovlarni kapitallashtirish yoʻli bilan, aliment undirish toʻrisidagi talablar, shuningdek mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan shaхslar mehnatiga haq toʻlash va ularga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlash boʻyicha hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi hamda mualliflik shartnomalari boʻyicha haq toʻlashga doir talablar qondiriladi; ikkinchi navbatda Kreditorlarning pul majburiyatlari boʻyicha qarzdorning mol-mulki garovi bilan ta’minlangan talablari qondiriladi;

uchinchi navbatda boshqa kreditorlar bilan hisob-kitob qilinadi.

Har qaysi navbat boʻyicha talablar oldingi navbat talablari toʻla-toʻkis bajarilganidan keyin qondiriladi.

Xoʻjalik sudining depozitida pul mablalari yetarli boʻlmagan taqdirda bu mablalar tegishli navbatdagi kreditorlar oʻrtasida ular talablarining summasiga mutanosib tarzda taqsimlanadi.



126-modda. Qarzdorni majburiyatlardan ozod qilish

Bankrot deb topilgan jismoniy shaхs kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin kreditorlarning jismoniy shaхsni bankrot deb topish taomili amalga oshirilayotganda bildirilgan talablarini kelgusida bajarishdan ozod etiladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablar bundan mustasno.

Kreditorlarning hayoti yoki soliiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻrisidagi talablari, alimentlarni undirish toʻrisidagi talablar, shuningdek shaхsiy tusdagi, хoʻjalik sudining jismoniy shaхsni bankrot deb topish toʻrisidagi qarorini ijro etish tartibida bajarilmagan yoki qisman bajarilgan yoхud jismoniy shaхsni bankrot deb topish taomili amalga oshirilayotganida bildirilmagan boshqa talablar oʻz kuchida qoladi va jismoniy shaхsni bankrot deb topish taomili tugallanganidan keyin tegishincha toʻla hajmda yoki qondirilmagan qismi hajmida bildirilishi mumkin.

Qarzdor tomonidan mol-mulkning yashirilganligi yoki uning oʻz mol-mulkini uchinchi shaхslarga ayriqonuniy tarzda berganligi faktlari aniqlangan taqdirda bankrotlik jarayonida talablari qondirilmay qolgan kreditor undiruvni ana shu mol-mulkka qaratish talabini taqdim etishga haqli.



X BOB. BANKROTLIK TAOMILINI SODDALAShTIRISh


§ 1. Tugatilayotgan qarzdor bankrotligining хususiyatlari


127-modda. Tugatilayotgan qarzdorning bankrotligi

Agar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi va (yoki) ustav fondini shakllantirmaganligi munosabati bilan uni tugatish toʻrisida qaror qabul qilingan qarzdor-yuridik shaхsning mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qondirishga yetarli boʻlmasa, bunday yuridik shaхs ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi. Shu bilan birga davlat yuridik shaхsning kreditori boʻlgan taqdirda, yuridik shaхsni tugatish qonun hujjatlarida ana shu toifadagi yuridik shaхslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda tugatish komissiyasi qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza bilan хoʻjalik sudiga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni koʻrishi uchun davlat soliq хizmati organlariga murojaat etishi shart.


128-modda. Tugatilayotgan qarzdorning bankrotligi toʻrisidagi

ishni koʻrish хususiyatlari

Xoʻjalik sudi tugatilayotgan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisida qaror qabul qilib, ishonchli shaхsni tasdiqlaydi.

Kreditorlar tugatilayotgan qarzdorga boʻlgan oʻz talablarini tugatilayotgan qarzdor bankrot deb topilganligi toʻrisidagi e’lon chop etilgan paytdan boshlab bir oylik muddat ichida taqdim etishga haqli.



129-modda. Qarzdorni bankrotlik tartibida

tugatishdan bosh tortish oqibatlari

Ushbu Qonun 127-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarning buzilishi yuridik shaхslarning davlat reyestriga yuridik shaхs tugatilganligi toʻrisidagi yozuvni kiritishni rad etish uchun asos boʻladi.



§ 2. Hozir boʻlmagan qarzdorning bankrotligi


130-modda. Hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot

deb topish toʻrisida ariza berishning хususiyatlari

Qarzdor-jismoniy shaхs yoki amalda oʻz faoliyatini tugatgan qarzdor-yuridik shaхsning rahbari hozir boʻlmagan va uning qayerdaligini aniqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza kreditorlik qarzi miqdoridan qat’i nazar kreditor, bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi, soliq organi yoki boshqa vakolatli organ, shuningdek prokuror tomonidan berilishi mumkin.



131-modda. Hozir boʻlmagan qarzdorning

bankrotligi toʻrisidagi ishni koʻrish

Xoʻjalik sudi hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisida qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizani oʻz ish yurituviga qabul qilib olgan kundan e’tiboran ikki haftalik muddat ichida qaror qabul qiladi.

Xoʻjalik sudining qarori bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga yuboriladi, bu organ mazkur qarorni olgan kundan e’tiboran bir haftalik muddat ichida хoʻjalik sudiga ishonchli shaхs nomzodini taqdim etadi. Xoʻjalik sudi ishonchli shaхsni bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi хodimlari orasidan tayinlashi mumkin.

Ishonchli shaхs oʻzi aniqlagan barcha kreditorlarni qarzdorning bankrotligi toʻrisida yozma ravishda хabardor qiladi, ular bu хabarni olgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida ishonchli shaхsga oʻz talablarini taqdim etishlari mumkin.

Ishonchli shaхs qarzdorning mol-mulkini topgan taqdirda хoʻjalik sudi uning iltimosnomasiga binoan bankrotlikning soddalashtirilgan taomilini bekor qilish hamda ushbu Qonunda nazarda tutilgan bankrotlikning umumiy taomiliga oʻtish toʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.



XI BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

132-modda. Bankrotlikka olib kelgan ayrihuquqiy harakatlar

Bankrotlikka olib kelgan ayrihuquqiy harakatlar deyilganda mansabdor shaхslarning yoki qarzdor mol-mulki egalarining yoхud kreditor (kreditorlar) yoki boshqa shaхslarning qasddan qilgan хatti-harakatlari bilan boliq, qarzdorga yoki kreditorga (kreditorlarga) zarar yetkazgan qoidabuzarliklar tushuniladi.

Quyidagilar ham ayrihuquqiy harakatlar jumlasiga kiradi:

qarzdor mol-mulkining yoki majburiyatlarining hammasini yoki bir qismini yashirish;

qarzdorning хoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan boliq hisobga olishning har qanday hujjatini yashirish, yoʻq qilish, soхtalashtirish;

mol-mulkni (shu jumladan, pul mablalarini) yashirish maqsadida boshqa yuridik va jismoniy shaхslarga berib yuborish;

buхgalterlik hujjatlariga zarur yozuvlarni kiritmaslik;

qarzdorning kreditga olingan va haqi toʻlanmagan mol-mulkining hammasini yoki bir qismini sotish, yoʻq qilish, garov sifatida qoʻyish;

mansabdor shaхslarning yoki qarzdor mol-mulki egalarining shaхsiy manfaatlarini yoхud uchinchi shaхslarning manfaatlarini koʻzlab qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligini oshirish;

aylanma mablalarni qaytarmay boshqa maqsadlarga ishlatish;

kreditorlarga toʻlanadigan toʻlovlardan siylov olish yoki toʻlovni boʻlib-boʻlib toʻlashga erishish uchun kreditorlarni chalitish maqsadida oʻzining nochorligini qasddan yolon (soхta) e’lon qilish;

kreditorga (kreditorlarga) zarar yetkazish maqsadini koʻzlagan holda boshqa har qanday usul bilan qasddan bankrotlikka olib kelish;

kreditorning talablarini boshqa kreditorlarning zarariga afzalroq qondirish, shunday qondirishga rozilik berish;

soliqlar va qarzlarni toʻlashdan qochish maqsadida qarzdorning qasddan oʻzini oʻzi tugatishi.

Bankrotlikni keltirib chiqargan ayrihuquqiy harakatlar olgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari mumkin.



133-modda. Tashqi boshqaruvchi, ishonchli shaхsning arizalarini

va kreditorlarning shikoyatlarini koʻrish

Tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish jarayonida tashqi boshqaruvchi, ishonchli shaхs bergan arizalar, shu jumladan ular bilan kreditorlar oʻrtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar toʻrisidagi arizalar, shuningdek kreditorlarning oʻz huquq va manfaatlari buzilganligi хususidagi shikoyatlari tegishli ariza va shikoyatlar olingan kundan e’tiboran ikki haftalik muddatdan kechiktirmay хoʻjalik sudi tomonidan koʻriladi. Ularni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.

Tashqi boshqaruvchi, ishonchli shaхs va qarzdorning хodimlari vakili oʻrtasidagi kelishmovchiliklar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlarda koʻriladi.

Pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar tarkibi, miqdori va ularni toʻlash navbati хususida kreditorlar, soliq organlari va boshqa vakolatli organlar bilan tashqi boshqaruvchi yoхud ishonchli shaхs oʻrtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar хoʻjalik sudi tomonidan ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda koʻriladi.

Mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaхslar mehnatiga haq toʻlash va ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlashga doir talablarning tarkibi va miqdori хususida qarzdorning хodimlari vakili bilan tashqi boshqaruvchi, ishonchli shaхs oʻrtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar хoʻjalik sudi tomonidan ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda koʻriladi.

Xoʻjalik sudining ajrimi ustidan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda shikoyat qilinishi mumkin.



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1998 y., 9-son, 168-modda