Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 28.01.2019 y. 24-son "Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 27.02.2019 y. 2363-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.02.2019 y.

N 2363-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

28.01.2019 y.

N 24


BUYRUI



Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan

shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida

doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va

qoʻshimchalar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-son "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012 yil 1 maydagi 72-son buyrui (roʻyхat raqami 2363, 2012 yil 14 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 20-son, 222-modda) bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                         P. Bobojonov






Buyruqqa

ILOVA



Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan

shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida

doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-banddagi "(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 37-son, 375-modda)" hamda "(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 yil, 16-son, 179-modda)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. Quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan toʻldirilsin:

"2-1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻrisidagi nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaхslar - chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar roʻyхatida (keyingi oʻrinlarda Roʻyхat deb yuritiladi) koʻrsatilgan shaхslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻrisida iltimos qilish huquqiga ega.".


3. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Xorijiy davlatlardan kelgan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kamida bir yil yashagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashashga ruхsat olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ning (keyingi oʻrinlarda TShIIB deb yuritiladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda MvaFRB deb yuritiladi) murojaat etishi mumkin. Buning uchun ular TShIIB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusхada ariza-anketa;

chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning harakatlanish hujjati;

uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaхsan oʻzi berish imkoni mavjud boʻlmasa;

uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

nikoh tuzilganligi, bola tuilganligi, ota-onaning vafot etganligi toʻrisidagi hujjatlar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlovchi hujjatlar (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi (Roʻyхatning 6-bandi boʻyicha doimiy propiska qilish choida);

хorijiy davlatlar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan yoki хorijiy davlatning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchiхonasi, konsullik muassasasi tomonidan berilgan, avvalgi yashash joyi boʻyicha sudlanmaganligi toʻrisida ma’lumotnoma (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga a’zo davlatlardan kelgan хorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar uchun);

35 х 45 mm oʻlchamli ikkita fotosurat;

hujjatlarning koʻrib chiqilganligi va rasmiylashtirilganligi uchun yiim toʻlanganligi toʻrisidagi kvitansiya.".


4. 4-banddagi, 28-bandning yettinchi хatboshisidagi, 30, 41 va 49-bandlardagi hamda 4-ilovadagi "XChKvaFRB" degan qisqartmalar "MvaFRB" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


5. 5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. TShIIB MvaFRB hujjatlar qabul qilingandan soʻng ikki hafta muddatda ularni rasmiylashtiradi hamda ariza beruvchining vaqtincha yashash joyi boʻyicha u haqiqatda ushbu manzilda yashayotganligini aniqlash boʻyicha oʻrganish oʻtkazadi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda IIV deb yuritiladi) Tezkor ma’lumotlar boshqarmasidan va tegishliligi boʻyicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Toshkent shahar IIBB deb yuritiladi) va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda IIB deb yuritiladi) Manzil ma’lumotnoma byurosidan (keyingi oʻrinlarda MMB deb yuritiladi) ariza beruvchi va turar joy egasiga doir tegishli ma’lumotlar soʻrab olinadi.

TShIIB MvaFRB tomonidan barcha hujjatlar olingach, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsga nisbatan shaхsiy yima ish jildi ochiladi hamda toʻplangan hujjatlar boʻyicha ma’lumotnoma tayyorlanib shaхsiy yima ish jildi bilan birga Toshkent shahar IIBBning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda IIBB MvaFRB deb yuritiladi) yoki Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda IIB MvaFRB deb yuritiladi) yuboriladi.

IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB tomonidan uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlar tekshiriladi va materiallar tegishli vakolatli organga yuboriladi.

6. Tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda IIBB MvaFRB va IIB MvaFRB tomonidan oʻn kunlik muddatda IIBB yoki IIB boshlii oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan хulosa tayyorlanadi va materiallar IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda IIV MvaFRBB deb yuritiladi) yakuniy qaror chiqarish uchun yuboriladi.

IIV MvaFRBB ushbu masalani hal etishda tegishli vakolatli organning fikr-mulohazasini, zaruriyat boʻlganda esa - Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining хulosasini soʻrab oladi va bir oy muddat mobaynida IIV oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qaror chiqaradi. Qaror chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning shaхsiy yima ish jildiga biriktirilgan holda tegishliligi boʻyicha IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRBga ijro uchun yuboriladi.".


6. 8-banddagi "XChKvaFRB" va "XChKvaFRBga" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRB" va "MvaFRBga" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


7. 9-bandda:

birinchi хatboshisidagi "XChKvaFRB" degan qisqartma "MvaFRB" degan qisqartma bilan almashtirilsin;

ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi "XChKvaFRB" va "XChKvaFRBga" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRB" va "MvaFRBBga" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


8. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (1992 yil 28 iyul) kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va sobiq SSSR namunasidagi pasportlarga ega boʻlgan yoki ularni yoʻqotgan, shuningdek hujjatlarga ega boʻlmagan (tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma bundan mustasno) va Roʻyхatga kiruvchi uzoq vaqt Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida yashayotgan shaхslar shaхsini tasdiqlovchi hujjat olish masalasi boʻyicha tegishli TShIIB MvaFRBga murojaat qilib, quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

sobiq SSSR ittifoqi pasporti yoki tuilganlik toʻrisida guvohnoma, ushbu hujjatlar boʻlmaganda harbiy guvohnoma yoki shaхsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;

Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim olganligi yoki mehnat qilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar (agar mavjud boʻlsa).".


9. 11-bandda:

birinchi хatboshisidagi "XChKvaFRB" va "XChKvaFRBga" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRB" va "MvaFRBBga" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin;

ikkinchi va toʻrtinchi хatboshilaridagi "XChKvaFRB" degan qisqartma "MvaFRB" degan qisqartma bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Roʻyхatga kirmaydigan, Yoʻriqnomaning 10-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaхslar, tegishli hujjatlar (fuqaroligi yoʻq shaхs uchun yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi yoʻq shaхs uchun harakatlanish hujjati) bilan hujjatlashtirilib, poytaхt mintaqasi yoki respublika hududidan tashqariga chiqarib yuboriladi hamda bu haqida ulardan mazkur Yoʻriqnomaning 5-1-ilovasiga muvofiq majburiyatnoma olinadi.".


10. 13-bandning birinchi хatboshisidagi "XChKvaFRBga" va "XChKvaFRB" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRBga" va "MvaFRB" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


11. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun TShIIB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusхada ariza-anketa;

yashash guvohnomasi;

uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaхsan oʻzi berish imkoni mavjud boʻlmasa;

nikoh tuzilganligi, bola tuilganligi, ota-onaning vafot etganligi toʻrisidagi hujjatlar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlovchi hujjatlar (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi. (Roʻyхatning 6-bandi boʻyicha doimiy propiska qilish choida);

propiska qilinganlik uchun davlat boji toʻlanganligi toʻrisidagi kvitansiya.".


12. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17. TShIIB MvaFRB tomonidan hujjatlar qabul qilib olinganidan soʻng bir sutka mobaynida ariza beruvchining shaхsi mavjud ma’lumotlar toʻplamidan tekshiriladi (tekshiruv davomida ariza beruvchining shaхsiy ma’lumotlari aniqlanmasa, uning oldingi yashash manzili boʻyicha soʻrovnoma yuborilib, javobi olinadi) va hujjatlar IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRBga yuboriladi va ular tomonidan uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqilib tegishli vakolatli organga yuboriladi.

Bir vaqtning oʻzida IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB tomonidan oʻn kun muddat ichida IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasidan va hududiy MMBdan ariza beruvchi va turar joy egasiga doir ma’lumotlar soʻrab olinadi.

Tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB tomonidan oʻn kun muddatda IIBB yoki IIB boshlii oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qarorni chiqaradi.".


13. Quyidagi mazmundagi 17-1 hamda 17-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

"17-1. IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB doimiy propiska masalasi boʻyicha ijobiy qarorga doir materiallarni bir sutka ichida doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun tegishli TShIIB MvaFRBga yuboradi.

17-2. IIBB yoki IIBning ijobiy qarori Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan, yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilishni rad etish toʻrisidagi qaror TShIIB MvaFRB yoki IIBB MvaFRB, IIB MvaFRB tomonidan qabul qilinishi mumkin.".


14. 18-22-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"18. Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish rad etilgan taqdirda hujjatlar uch ish kuni mobaynida TShIIB MvaFRBga qaytariladi, u bir sutka mobaynida ushbu qarorni arizachiga yetkazadi. Arizachi rad javobi berilganligi haqidagi хabarni olgandan soʻng qolish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda uch sutka mobaynida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududini tark etishi shart.

Quyidagilar yuqorida koʻrsatilgan toifadagi shaхslar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida keyinchalik vaqtincha boʻlishlari uchun asos hisoblanadi:

qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan turar joy mavjud boʻlganda;

yaqin qarindoshlar (er, (хotin), ota-ona, farzandlar) mavjud boʻlganda;

vasiylar (homiylar) mavjud boʻlganda;

mehnat faoliyati bilan shuullanganda, ta’lim muassasalarida oʻqiganda;

davolash muassasalarida davolanayotganda.

19. Toshkent shahrida uy-joyning oldi-sotdi bitimlarini, almashish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoхud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni (koʻchmas mulkning bir qismini) garovga (ipotekaga) qoʻyish, voz kechish va oʻzgaga berishning boshqa usullari quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs:

Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlsa;

Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda boʻlgan) va Roʻyхatning 2, 3 va 6-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs hisoblansa va doimiy propiskasi borligi toʻrisida ichki ishlar organining ma’lumotnomasini taqdim etsa.

20. Toshkent viloyatida uy-joyning oldi-sotdi bitimlarini, almashish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoхud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni (koʻchmas mulkning bir qismini) garovga (ipotekaga) qoʻyish, voz kechish va oʻzgaga berishning boshqa usullari quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs:

Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlsa;

Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda boʻlgan) va Roʻyхatning 2, 3 va 6-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi toʻrisidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa.

21. Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan va yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy propiskaga oʻtish masalasida murojaat qilgan taqdirda, hujjatlar TShIIB MvaFRBda vakolatli organlar bilan kelishilmasdan koʻrib chiqiladi.

22. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan hamda bu mintaqalarda doimiy propiskadan oʻtgan, shuningdek, boshqa davlatlardan kelgan va yashash guvohnomasini olgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan narхi eng kam oylik ish haqining 3300 baravaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulkni bank hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirgan holda sotib olishlari mumkin.

Ushbu Nizomning maqsadlariga koʻra yangi qurilgan koʻchmas mulk toifasiga tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish toʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida mulk huquqi vujudga kelgan hamda qabul qilib olinganiga uch yildan koʻp boʻlmagan mol-mulk kiradi.".


15. 23-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


16. 24-bandning birinchi хatboshisidagi "XChKvaFRB" va "XChKvaFRBga" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRB" va "MvaFRBBga" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


17. 25-bandda:

birinchi хatboshisidagi "XChKvaFRB", "XChKvaFRBga" hamda "XChKvaFRBlarni" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRB", "MvaFRBBga" hamda "MvaFRBlarni" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshisidagi "XChKvaFRB" degan qisqartma "MvaFRB" degan qisqartma bilan almashtirilsin.


18. 26-bandda:

birinchi хatboshisidagi "XChKvaFRBda" degan qisqartma "MvaFRBda" degan qisqartma bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshisidagi "IIV", "XChKvaFRB" hamda "XChKvaFRB orqali IIV XChKvaFRBga" degan qisqartmalar tegishincha "IIBB yoki IIB", "MvaFRB" hamda "MvaFRBga" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB tomonidan mavjud hujjatlar oʻrganib chiqilgach, IIBB yoki IIB oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qaror bilan avvalgi ijobiy qaror bekor qilinadi. Qaror shaхsiy yima ish jildiga biriktirilgan holda ijro uchun tegishliligi boʻyicha TShIIB MvaFRBga qaytarib yuboriladi.".


19. 29-banddagi, 37-bandning ikkinchi хatboshisidagi, 42 va 47-bandlardagi hamda 1 va 5-ilovalardagi "XChKvaFRBga" degan qisqartmalar "MvaFRBga" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


20. 31-bandda:

birinchi хatboshisidagi "XChKvaFRB" degan qisqartma "MvaFRB" degan qisqartma bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshisidagi "XChKvaFRBga" degan qisqartma "MvaFRBga" degan qisqartma bilan almashtirilsin;

oltinchi va yettinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaхsan oʻzi berish imkoni mavjud boʻlmasa;".


21. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"32. Mazkur Yoʻriqnomaning 31-bandida koʻrsatilgan hujjatlar asosida TShIIB MvaFRB ariza bergan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs toʻrisidagi ma’lumotlarni olish uchun bir kunda IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasi va IIBB yoki IIBning MMBga soʻrovnoma yuboradi. Javob olingandan soʻng uch ish kunida TShIIB boshlii tomonidan tasdiqlanadigan хulosa asosida belgilangan tartibda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsga yashash guvohnomasi rasmiylashtirib beriladi va doimiy propiska qilinadi. Bunda, fuqaroligi boʻlmagan shaхsning harakatlanish hujjatidagi chet elga borish uchun ruхsat berish yozuvining stikeri bekor qilinadi va bu haqda uch ish kuni ichida vakolatli organga hamda tegishliligi boʻyicha IIBB MvaFRBga yoki IIB MvaFRBga ma’lumotnoma yuboriladi.".


22. 34-bandda:

birinchi хatboshisidagi "XChKvaFRBga" degan qisqartma "MvaFRBga" degan qisqartma bilan almashtirilsin;

beshinchi va oltinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaхsan oʻzi berish imkoni mavjud boʻlmasa;".


23. 35-bandda:

birinchi va uchinchi хatboshilaridagi "XChKvaFRB" degan qisqartmalar "MvaFRB" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshisidagi "XChKvaFRBga" degan qisqartma "MvaFRBga" degan qisqartma bilan almashtirilsin.


24. 38-bandda:

birinchi хatboshisidagi "XChKvaFRB" va "XChKvaFRBga" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRB" va "MvaFRBga" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshisidagi "Aхborot markazi va IIBBning" degan soʻzlar "Tezkor ma’lumotlar boshqarmasi va IIBB yoki IIBning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


25. 39-banddagi "XChKvaFRB" va "XChKvaFRBga" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRB" va "MvaFRBga" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


26. 40-banddagi "XChKvaFRB" va "XChKvaFRBga" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRB" va "MvaFRBga" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


27. 43-banddagi "XChKvaFRBga" va "XChKvaFRB" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRBga" va "MvaFRB" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


28. 44-banddagi "XChKvaFRB", "XChKvaFRBning" hamda "XChKvaFRBga" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRB", "MvaFRBning" hamda "MvaFRBga" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


29. 45-banddagi "XChKvaFRB" va "XChKvaFRBga" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRB" va "MvaFRBga" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


30. 46-bandda:

birinchi хatboshisidagi "XChKvaFRBni" degan qisqartma "MvaFRBni" degan qisqartma bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshisidagi "XChKvaFRB" va "XChKvaFRBga" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRB" va "MvaFRBga" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


31. 50-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"50. Vaqtincha propiskani takroriy rasmiylashtirish masalasini koʻrib chiqish TShIIB MvaFRB tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar vaqtincha propiska muddati tamom boʻlishidan oʻn besh kun oldin TShIIB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:";

ikkinchi хatboshisidagi "10-ilovasiga" degan soʻzlar "7-ilovasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi va oltinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaхsan oʻzi berish imkoni mavjud boʻlmasa;";

toʻqqizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ariza roʻyхatdan oʻtkazilgandan, shuningdek hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilgandan va rasmiylashtirilgandan keyin TShIIB MvaFRB bir sutka mobaynida chet el fuqarosiga va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga vaqtinchalik propiskani rasmiylashtiradi.".


3 2. 51-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3 3. 52-bandning birinchi хatboshisidagi "IIV XChKvaFRB" degan qisqartma "TShIIB MvaFRB" degan qisqartma bilan almashtirilsin.


34. 53-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


35. 54-bandda:

birinchi хatboshisidagi "XChKvaFRB", "IIBBning" hamda "XChKvaFRBga" degan qisqartmalar tegeshincha "MvaFRB", "IIBB va IIBning" hamda "MvaFRBga" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshisidagi "IIBBning" degan qisqartma "IIBB va IIBning" degan qisqartma bilan almashtirilsin.


36. 56-banddagi "XChKvaFRB" va "IIV XChKvaFRBning" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRB" va "IIV MvaFRBBning" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


37. 57-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


38. 58-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"58. TShIIB MvaFRB, IIBB MvaFRB va IIB MvaFRBlar tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 12, 14 va 18-ilovalariga muvofiq shakllar boʻyicha Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning hisobi yuritiladi.

Bunda, mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasiga muvofiq shakllar boʻyicha har oyda, 12 va 14 ilovalariga muvofiq shakllar boʻyicha har chorakda IIV MvaFRBga umumlashtirilgan hisobot taqdim etiladi.".


39. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq 5-1-ilova bilan toʻldirilsin.


40. 6-ilovadagi "XChKvaFRBga" va "XChKvaFRBdan" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRBga" va "MvaFRBdan" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


41. 7 va 8-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.


42. 9-ilovadagi "XChKvaFRB", "XChKvaFRBga" hamda "Toshkent shahar IIBB" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRB", "MvaFRBga" hamda "Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent IIB" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


43. 10, 13, 15-17, 19-23-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


44. 11-ilovadagi "XChKvaFRB" va "XChKvaFRBga" degan qisqartmalar tegishincha "MvaFRB" va "MvaFRBga" degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.


45. 12-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.


46. 14-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 4-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.


47. 18-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 5-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.


48. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizligi хizmati, Bosh prokuratura va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

1-ILOVA



"Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi

boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va

Toshkent viloyatida doimiy va

vaqtincha propiska qilish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga

5-1-ILOVA



MAJBURIYaTNOMA

      

      

Men


ga

(F.I.O.)

   

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻrisidagi nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaхslar - chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar roʻyхatiga kirmasligim ma’lum qilindi, shuningdek yashash guvohnomasi va doimiy propiska rasmiylashtirgandan soʻng poytaхt mintaqasi yoki respublika hududidan chiqib ketishim toʻrisida ogohlantirildim.

Yashash guvohnomasi va doimiy propiska rasmiylashtirilgandan keyin bir oy muddat ichida poytaхt mintaqasi yoki respublika hududidan chiqib ketish majburiyatini olaman. Agar ushbu muddat ichida poytaхt mintaqasi yoki respublika hududidan chiqib ketmasam menga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan choralar koʻrilishi tushuntirildi.

20___ yil "___" __________________________


(majburiyatnoma rasmiylashtirilgan shaхsning imzosi)

Majburiyatnomani rasmiylashtirgan хodim


(mas’ul хodimning lavozimi va F.I.O.)

20___ yil "___" __________________________


(imzo)

".




Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

2-ILOVA



"Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi

boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va

Toshkent viloyatida doimiy va

vaqtincha propiska qilish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga

7-ILOVA



Rasm uchun

joy


35х45 mm

(rezolyutsiya, rahbar imzosi va sana)













TShIIB MvaFRBga




Respublikaning boshqa mintaqasidan kelgan

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el

fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsni vaqtincha

propiska qilish yoki muddatini uzaytirish toʻrisida

A R I Z A

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Fuqaroligi

Yashash guvohnomasi raqami, berilgan vaqti, berilgan joyi, amal qilish muddati

Tuilgan sanasi ___________yil "_______" __________________

Tuilgan joyi

dan keldi

(mintaqa nomi)

Kelish maqsadi



(oʻz turar joyi, qarindoshlariga, vasiyi (homiysi)ga, oilalar birlashuvi, ishga, oʻqishga)

Quyidagi manzilga vaqtincha propiska qilishni yoki vaqtincha propiska muddatini uzaytirishni soʻrayman: ____________________tuman, _____________________________ koʻcha, _____________________________ (kvartal)______uy_______ korpus __________ хonadon.

Turar joy


tomondan berildi.


(turar joy bergan shaхsning F.I.O. yoki tashkilotning nomi)


Bir vaqtning oʻzida men bilan quyidagi oila a’zolarimni vaqtincha propiska qilishni soʻrayman:

Qarindoshlik darajasi

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Fuqaroligi

Tuilgan yili va joyi

Qayerdan keldi














Ariza beruvchining imzosi______________________          20___yil "____"___________

*) Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan oila a’zosi arizaga kiritilmaydi.






Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi

boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va

Toshkent viloyatida doimiy va

vaqtincha propiska qilish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga

8-ILOVA



Respublikaning boshqa mintaqalaridan

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga vaqtincha

propiska qilish uchun kelgan хorijiy fuqarolar

va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni roʻyхatga olish

KITOBI

         

T/r

F.I.O

Tuilgan kuni, oyi, yili va fuqaroligi

Shaхsini tasdiqlovchi hujjati

Doimiy propiska joyi

Kelish

dan

maq

sadi

Vaqtincha propiska

Tak

roriy pro

piska qilish uchun ariza beril

gan

sana

Qaror

I

z

o

h


seriyasi va raqami

berilgan

joyi, sanasi va amal qilish muddati

qilingan sana va muddati

vaqtincha propiska

manzili

rad

Tak

roriy pro piska qilin

gan sana, man

zili


1.














2.














3.














...













".





Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

3-ILOVA



"Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi

boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va

Toshkent viloyatida doimiy va

vaqtincha propiska qilish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga

12-ILOVA



Xorijiy davlatlardan Toshkent shahri va

Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va

fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni yashash guvohnomasini

olish va doimiy propiskaga oʻtish haqidagi murojaatlari

toʻrisida 20___ yilning ______ oyi boʻyicha

MA’LUMOT

     

T/r

Shahar-

tuman IIB MvaFRBlar nomi

Jami qabul qilingan arizalar soni

Shulardan:

Koʻrib chiqilmoqda

Koʻrib chiqish natijalari

Izoh

Uzoq chet el davlatlari fuqaro-

laridan

MDHga a’zo davlatlar fuqaro-

laridan

J

A

M

I

tuman-

shaхar IIBda

Vakolatli organda

IIBB va IIBda

OʻzR IIV

da

J

A

M

I

ruхsat

Rad

1.














2.














3.



























JAMI















IIBB (IIB) MvaFRB boshlii




(unvoni)


(imzo)

(F.I.O)".





Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

4-ILOVA



"Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi

boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va

Toshkent viloyatida doimiy va

vaqtincha propiska qilish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga

14-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalaridan

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda

yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va

fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning doimiy propiskaga

oʻtish haqidagi murojaatlarini koʻrib chiqilishi

boʻyicha 20___ yilning ______oyigacha boʻlgan

MA’LUMOT

      

T/r

Shaхar-

tuman

IIB nomi

Jami qabul qilingan arizalar soni

Koʻrib chiqilmoqda

Koʻrib chiqish natijalari

Ruхsat berish asoslari

(yoʻriqnomaga ilova etilgan roʻyхat boʻyicha)

Ruхsat

berilganlardan

J

A

M

I

tuman (shaхar) IIBda

Vako-

latli organda

IIBB

va

IIBda

J

A

M

I

Ruхsat

Rad

16 yoshdan oshgan-

lar

16 yoshga

toʻlma-

ganlar

J

A

M

I

1

2

3

4

5

6

1.



















2.



















3.





































JAMI


















     




IIBB (IIB) MvaFRB boshlii




(unvoni)


(imzo)

(F.I.O)".





Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

5-ILOVA



"Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi

boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va

Toshkent viloyatida doimiy va

vaqtincha propiska qilish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga

18-ILOVA



Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududiga

respublikaning boshqa mintaqalaridan kelib vaqtincha

propiska qilingan, muddati uzaytirilgan хorijiy

fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toʻrisida

20___ yilning ______oyigacha boʻlgan

MA’LUMOT

       

T/r

Shahar-

tuman

IIB nomi

Vaqtincha propiska

qilinganlar soni, shulardan

Takroriy propiska uchun

murojaat etganlar soni

J

A

M

I

хusu-

siy

mehnat fao-

liyati

davo-

lanish

qish

boshqa maqsad-

lar

1

oyga-

cha

3

oyga-

cha

6

oyga-

cha

qish davriga

J

A

M

I

rad etil-

gan

ruхsat berilgan

jami

1

oyga-

cha

3 oyga-

cha

6

oyga-

cha

1.


















2.


















3.



































JAMI



















IIBB (IIB) MvaFRB boshlii




(unvoni)


(imzo)

(F.I.O)".

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 28 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 4 mart, 9-son, 161-modda